PPSUTLSC-2024
PRACTICAL PROBLEMS AND SOLUTIONS TO THE USE OF THEORETICAL LAWS IN THE SCIENCES OF THE 21ST CENTURY
tashkent, o-8 MAv 2004 www.in~academy.uz
IQTISODIYOTDA - KICHIK BIZNES VA XUSUSIY TADBIRKORLIKDA ISHLAB CHIQARISH OMILLARI SAMARADORLIGINI BAHOLASHNING
HOZIRGI HOLATI TAHLILI
Kunakova Fotima Boxodir qizi
Toshkent amaliy fanlar universiteti "Umumiqtisodiy fanlar" kafedrasi assistenti, Gavhar ko'chasi 1 -uy,
Tashkent 100149, O'zbekiston [email protected] https://doi.org/10.5281/zenodo.13326111 Annotatsiya: Tadbirkorlik faoliyatida tarmoqlar bo'yicha ishlab chiqarish omillari samaradorligi haqida tushunchalar va uni rivojlantirish. Ishlab chiqarish samaradorligini oshirish O'zbekiston Respublikasini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishni 2030 yilgacha konsepsiyasida makroiqtisodiy barqarorlikni va iqtisodiy o'sish bararorligini ta'minlash, iqtisodiyot tarmoqlarining raqobatbardoshligini, investitsion va eksport salohiyatini oshirish, tadbirkorlikni rivojlantirish va himoya qilish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, mehnat bozorida keskinlik darajasini pasaytirish, aholi daromadlari o'sishi va kam ta'minlanganlikni qisqartirish nazarda tutiladi.
Kalit so'zlar: Tadbirkorlik, tarmoqlar, mahsulot, resurs, investitsiya, ishlab chiqarish, aholi daromadi.
KIRISH
Ishlab chiqarish jarayonida bevosita qo'llaniluvchi barcha resurslar ishlab chiqarish omillari deyiladi. Ishlab chiqarish - bu kerakli mahsulotlarni tayyorlash uchun ishchi kuchidan, uskuna va texnologiyadan, tabiiy resurslardan hamda materiallardan ma'lum miqdordagi kombinasiyada foydalanish jarayonidir. Masalan, o'z ustaxonasiga yega bo'lgan shaxs stol ishlab chiqarish uchun ishchi kuchidan, xom ashyo sifatida taxta, temir, arra va boshqa uskunalarga sarflangan kapitaldan foydalanadi.
O'zbekiston Respublikasini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishni 2030 yilgacha konsepsiyasida makroiqtisodiy barqarorlikni va iqtisodiy o'sish bararorligini ta'minlash, iqtisodiyot tarmoqlarining raqobatbardoshligini, investision va eksport salohiyatini oshirish, tadbirkorlikni rivojlantirish va himoya qilish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, mehnat bozorida keskinlik darajasini pasaytirish, aholi daromadlari o'sishi va kam ta'minlanganlikni qisqartirish nazarda tutiladi.
Mamlakatimiz Prezidenti Sh.M.Mirziyoev 20172021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishlari bo'yicha Harakatlar Strategiyasida "yuqori texnologiyali qayta ishlash tarmoqlarini, eng avvalo, mahalliy xom ashyo resurslarini chuqur qayta ishlash asosida yuqori qo'shimcha qiymatli tayyor mahsulot ishlab chiqarishni jadal rivojlantirishga qaratilgan sifat jihatidan yangi bosqichga o'tkazish orqali sanoatni yanada modernizasiya va diversifikatsiya qilish, iqtisodiyotda energiya va resurslar sarfini kamaytirish, ishlab chiqarishga energiya tejaydigan texnologiyalarni keng joriy etish, qayta tiklanadigan energiya manbalaridan foydalanishni kengaytirish, iqtisodiyot tarmoqlarida mehnat unumdorligini oshirish"1 lozimligi to'g'risida alohida to'xtalib o'tgan.
2 ^HIK BIZNЕS VА ХUSUSIY TАDBIRKОRLIKDА ISHLАB СHIQАRISH ОMILLАRI SАMАRАDОRLIGINI
BАHОLАSHNING TOZIRGI HОLАTI TАHLILI
Kichik tadbirkorlik faoliyatida tarmoqlar bo'yicha ishlab chiqarish omillari samaradorligi quyidagi holatlar orqali namoyon bo'ladi:
- muayyan tarmoqda band bo'lgan iqtisodiy resurslar miqdori va sifatining oshishi;
- har bir qo'shimcha band bo'lgan iqtisodiy resurs hisobiga iqtisodiy faoliyat natijalarining o'zgarishi;
- tarmoqlar bo'yicha tadbirkorlik kapitalining har bir birligiga to'g'ri keluvchi samara ko'rsatkichlari darajasining o'zaro yaqinlashuvi.
Yuqoridagi holatlar ichida har bir qo'shimcha band bo'lgan iqtisodiy resurs hisobiga iqtisodiy faoliyat natijalarining o'zgarishi muhim ahamiyat kasb etadi. Mazkur masalaga ko'plab iqtisodiy manbalarda to'xtalib o'tilgan. Ko'plab manbalarda tahlilning ushbu ko'rinishi "so'nggi qo'shilgan omil unumdorligi" tushunchasi orqali namoyon bo'ladi. "Ishlab chiqarish natijasini baholashda ishlab chiqarish omillari navbatdagi birligini sarflashning maqsadga muvofiqligini o'rganish, ya'ni har bir omil qo'shimcha sarfining u keltiradigan samara bilan taqqoslash muhimdir. Bu so'nggi qo'shilgan mahsulot ko'rsatkichi orqali ifodalanadi.
So'nggi qo'shilgan mahsulot - eng so'nggi qo'shilgan omil (kapital yoki ishchi kuchi) evaziga o'sgan mahsulot hajmi. Har bir qo'shilgan omil evaziga olingan qo'shilgan mahsulot so'nggi qo'shilgan omil unumdorligi deb aytiladi. So'nggi qo'shilgan mahsulot (o'sgan) miqdorini so'nggi qo'shilgan (o'sgan) ishchi kuchi yoki kapital miqdoriga bo'lish yo'li bilan qo'shilgan omil, ya'ni qo'shilgan kapital yoki qo'shilgan ishchi kuchi unumdorligi aniqlanadi, ya'ni:
1 O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "O'zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo'yicha Harakatlar
strategiyasi to'g'risida" gi 2017 yil 7 fevraldagi PF-4947-sonli Farmoni
PRACTICAL PROBLEMS AND SOLUTIONS TO THE USE OF THEORETICAL LAWS IN THE SCIENCES OF THE 2IST CENTURY
TASHKENT, e-s MAY 2024
KM = AM/ AK yQki KM = AM/AH ,,2
Biz ushbu ko'rsatkichni tadqiqotimiz davomida iqtisodiy resurslarning me'yoriy samaradorligi deb ataymiz. Biroq, tarmoqqa kiritilayotgan har bir iqtisodiy resurs sarfi evaziga olinayotgan me'yoriy samaradorlikni aniqlashning o'zi yetarli emas. Bu o'rinda mazkur ko'rsatkich tarmoq faoliyatining kengayishi (o'sishi) jarayoniga qay darajada ta'sir ko'rsatayotganligini ham baholash zarur. Buning uchun iqtisodiy resurs sarfi evaziga olinayotgan o'rtacha mahsulot ko'rsatkichidan foydalanish maqsadga muvofiq.
"O'rtacha mahsulot - jalb qilingan barcha ishlab chiqarish omillarining bir birligiga to'g'ri keladigan mahsulot hajmi:
yMM = M/(H, K) ,,3
Biz ushbu ko'rsatkichni tadqiqotimiz davomida iqtisodiy resurslar sarfi hisobiga olingan o'rtacha natija deb ataymiz. Mazkur ko'rsatkichdan foydalanishdan ko'zlangan maqsad shuki, qachonki resurslarning me'yoriy samaradorligi qiymati o'rtacha natija qiymatidan katta bo'lsagina mazkur tarmoq faoliyatini kengaytirish samarali hisoblanadi. Shunga ko'ra, bu ikkala ko'rsatkichlarning nisbati orqali tarmoqqa kiritilayotgan iqtisodiy resurslarning samaradorlik darajasini aniqlaymiz va uni resurslarni tarmoqqa kiritishning jozibadorlik darajasi deb ataymiz:
JD=^,
J o,N'
bu yerda:
JD - resurslarni tarmoqqa kiritishning jozibadorlik darajasi;
MS - iqtisodiy resurslarning me'yoriy samaradorligi;
O'N - iqtisodiy resurslar sarfi hisobiga olingan o'rtacha natija.
Resurslarni tarmoqqa kiritishning jozibadorlik darajasining joriy davr uchun qiymati bu boradagi to'liq tasavvurni hosil qilmasligi mumkin. Shunga ko'ra, tarmoqdagi qo'shimcha har bir birlik xarajatlar hisobiga to'g'ri keluvchi ishlab chiqarish natijalari o'rtacha va me'yoriy samaradorlik ko'rsatkichlarining jozibadorlik darajasining bir necha yillar davomidagi dinamikasi asosida o'rtacha ko'rsatkichni aniqlash maqsadga muvofiq:
bu yerda:
O'JD - muayyan davr oralig'i uchun resurslarni tarmoqqa kiritishning o'rtacha jozibadorlik darajasi;
MS - iqtisodiy resurslarning me'yoriy samaradorligi;
O'N - iqtisodiy resurslar sarfi hisobiga olingan o'rtacha natija;
2 Shodmonov Sh.Sh., G'aforov U.V. Iqtisodiyot nazariyasi. Darslik; O'zbekiston Respublikasi Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi. - T.: IQTISOD-MOLIYA, 2010.
3 Shodmonov Sh.Sh., G'aforov U.V. Iqtisodiyot nazariyasi. Darslik;
O'zbekiston Respublikasi Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi. - T.: IQTISOD-MOLIYA, 2010.
i - tahlil davriga kiritilgan yil;
n - tahlil davriga kiritilgan yillar soni.
Fikrimizcha, kichik biznes subyektlarining iqtisodiyot tarmoqlari bo'yicha ixtisoslashuvini takomiUashtirish borasidagi iqtisodiy samaradorlikni quyidagi ko'rsatkichlar tizimi orqali ifodalash maqsadga muvofiq:
- tarmoqdagi qo'shimcha har bir birlik xarajatlar hisobiga to'g'ri keluvchi ishlab chiqarish natijalari ko'rsatkichlari;
- tarmoqda qo'shimcha tashkil etilgan har bir korxona hisobiga to'g'ri keluvchi ishlab chiqarish natijalari ko'rsatkichlari;
- tarmoqda qo'shimcha ravishda band bo'lgan har bir ishlovchi hisobiga to'g'ri keluvchi ishlab chiqarish natijalari ko'rsatkichlari;
- tarmoqda qo'shimcha har bir birlik investitsiya resursi hisobiga hisobiga to'g'ri keluvchi ishlab chiqarish natijalari ko'rsatkichlari.
Agar ishlab chiqarish natijalarini tarmoq yalpi ishlab chiqarish hajmi hamda tarmoq moliyaviy natijalari (foyda, zarar) orqali ifodalasak, u holda yuqoridagi ko'rsatkichlar tizimini quyidagi formulalar ko'rinishida namoyon etish mumkin (2.2.1-jadval).
Ushbu jadvaldagi formulalarda ifodalangan hisobot va bazis davrlarini tahlilning maqsadi va qamrovidan kelib chiqqan holda turli ko'rinishda qo'llash mumkin. Masalan, agar alohida holdagi va qisqa muddatli davrdagi o'zgarishlarni tahlil zarur bo'lsa, u holda ikkita yil, ya'ni hisobot davri sifatida muayyan yil, bazis davri sifatida esa oldingi yil ma'lumotlari olinishi mumkin. Agar dinamik holdagi uzoq yillik o'zgarishlarni tahlil qilish zarur bo'lsa, u holda:
- har bir yilni hisobot davri, undan oldingi yilni esa bazis davri sifatida qabul qilish;
- joriy yilni hisobot davri, tahlil davrining birinchi yilini esa bazis davri sifatida qabul qilish mumkin.
Kichik biznes subyektlarining iqtisodiyot tarmoqlari bo'yicha ishlab chiqarish omillari samaradorligini ifodalovchi ko'rsatkichlarni hisoblash usullari4
Ko'rsatkich
Tarmoqdagi qo'shimcha har bir birlik xarajatlar hisobiga to'g'ri keluvchi ishlab chiqarish natijalari (XSYaIH; XSmn)
Hisoblash usuli
XSYaIH = YaIHh-YaIHb
xh-xb ' xsMN
MNh - MNb
Xh — X,
b
Shartli belgi
YaIHh - hisobot davridagi tarmoq
yalpi ishlab chiqarish hajmi; YaIHb - bazis davridagi tarmoq
yalpi ishlab chiqarish hajmi; MNh - hisobot davridagi tarmoq
moliyaviy natijalari (foyda, zarar); MNb - bazis davridagi tarmoq
moliyaviy natijalari (foyda, zarar); Xh - hisobot
Muallif ishlanmalari
PRACTICAL PROBLEMS AND SOLUTIONS TO THE USE OF THEORETICAL LAWS IN THE SCIENCES OF THE 2IST CENTURY
TASHKENT. 0-8 MAY 2024
davridagi tarmoq ishlab chiqarish xarajatlari hajmi; Xb - bazis davridagi tarmoq ishlab chiqarish xarajatlari hajmi.
Tarmoqda qo'shimcha tashkil etilgan har bir korxona hisobiga to'g'ri keluvchi ishlab chiqarish natijalari (KSYalH; KSmn) K$YaIH — YaIHb-YaIHb KSb-KSb ' KSMN MNh - MNb KSh — KSb KS'h - hisobot davrida tarmoqda faoliyat ko'rsatgan korxonalar soni; KSb - bazis davrida tarmoqda faoliyat ko'rsatgan korxonalar soni.
Tarmoqda qo'shimcha ravishda band bo'lgan har bir ishlovchi hisobiga to'g'ri keluvchi ishlab chiqarish natijalari (BSysih; BSmn) BSyalH — YaIHb-YaIHb BSh-BSb ' BSMN MNh - MNb BSh - BSb BS'h - hisobot davrida tarmoqda band bo'lgan ishlovchilar soni; BSb - bazis davrida tarmoqda band bo'lgan ishlovchilar soni.
Tarmoqda qo'shimcha har bir birlik investisiya resursi hisobiga hisobiga to'g'ri keluvchi ishlab chiqarish natijalari (ISYaiH; ISmn) l^YalH — YaIHh-YaIHb IHh-IHb ' ISMN MNh - MNb IHh - IH„ IHh - hisobot davrida tarmoqqa kiritilgan investisiya hajmi; IHb - bazis davrida tarmoqqa kiritilgan investisiya hajmi.
O'zbekistondagi kichik biznes korxonalarining tarmoqlar bo'yicha yalpi ishlab chiqarish hajmi va moliyaviy natijalari (foyda, zarar), mlrd. so'm5
Shuningdek, kichik biznes subyektlarining iqtisodiyot tarmoqlari bo'yicha ixtisoslashuvi jarayonlari samaradorligini ifodalovchi
ko'rsatkichlarning har biridan xususiy holda hamda ular asosidagi integral ko'rsatkichni hisoblash orqali kompleks holda foydalanish mumkin.
Eng avvalo mamlakatimiz tarmoqlaridagi kichik biznes korxonalarida qo'shimcha har bir birlik xarajatlar hisobiga to'g'ri keluvchi ishlab chiqarish natijalarini ko'rib chiqamiz. Bunda yalpi ishlab chiqarish hajmi ko'rsatkichi sifatida O'zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo'mitasining "O'zbekistonda kichik tadbirkorlik" yillik statistik to'plamidagi "Mahsulot (tovarlar, ishlar va xizmatlar) sotishdan tushgan sof tushum" ko'rsatkichi ma'lumotlaridan, moliyaviy natijalar (foyda, zarar) ko'rsatkichi sifatida esa "Foyda solig'ini to'lagunga qadar foyda (zarar)" ko'rsatkichi ma'lumotlaridan foydalanamiz. Hisobot davri sifatida 2021 yil, bazis davri sifatida esa 2020 yil ma'lumotlari olinadi (2.2.2-jadval).
Ko'rsatkich Tarmoqlar Yalpi ishlab chiqarish hajmi Moliyaviy natijalari (foyda, zarar)
2020 2021 2020 2021
Hammasi 283972 418280 15963,3 23070
Qishloq, o'rmon va baliq xo'jaligi 7757,5 10984 -235,4 72,5
Sanoat 78461,1 108725 4235,9 6176,3
Qurilish 40122,9 62848,5 1925,2 2550,1
Savdo 131141 194740 6475,1 8433,1
Tashish va saqlash 6192,7 7528,8 506 769,1
Yashash va ovqatlanish bo'yicha xizmatlar 3610,8 6564,3 -35,4 68,5
Axborot va aloqa 3320,5 5039,8 722,5 1051,9
Moliyaviy va sug'urta faoliyati 1625,6 1602,9 585,6 868,4
Ta'lim 620,4 1064,9 39,4 144,4
Sog'liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlarni ko'rsatish 1594,3 2624,4 138,5 316,4
San'at, ko'ngil ochish va dam olish 233,4 435,4 -20 -12,6
Boshqa turlari 9291,9 16122,9 1625,9 2631,9
Jadval ma'lumotlaridan ko'rinadiki, tahlil davrida butun iqtisodiyot bo'yicha kichik biznes korxonalarining yalpi ishlab chiqarish hajmi 147,3 foizga oshgan, foyda hajmi esa, 144,5 foiz darajasiga oshgan. Shunisi e'tiborliki, bu ko'rsatkich tarmoqlar bo'yicha farqlanmoqda. Jumladan, yalpi ishlab chiqarish hajmi jihatidan san'at, ko'ngil ochish va dam olish (186,5 %), Yashash va ovqatlanish bo'yicha xizmatlar (181,8 %), ta'lim (171,6 %), sog'liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlarni
ko'rsatish (164,6%), qurilish (156,6%), axborot va aloqa (151,8%), savdo (148,5%) da ushbu ko'rsatkich o'rtacha darajadan yuqori bo'lsa, qishloq, o'rmon va baliq xo'jaligi (141,6%), sanoat (138,6%), tashish va saqlash (121,6%), moliyaviy va sug'urta faoliyati (98,6%) tarmoqlarda esa aksincha o'rtacha darajadan past bo'lgan. Olingan foyda darajasi bo'yicha ta'lim (366,5%), sog'liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlarni ko'rsatish (228,4%), tashish va saqlash (152,0%), moliyaviy va sug'urta faoliyati (148,3%), sanoat
5 O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi statistika agentligi (stat.uz)ma'lumotlari asosida muallif tomonidan hisoblangan.
. PRACTICAL PROBLEMS AND SOLUTIONS TD THE
55 USE OF THEORETICAL LAWS IN THE SCIENCES OF
I Li I ™ ^ЭТ CENTURY
TASHKENT, e-e MAY 2024
(145,8%), axborot va aloqa (145,6%) tarmoqlarida ushbu ko'rsatkich o'rtacha darajadan yuqori bo'lsa, qurilish (132,5%), savdo (130,2 %) tarmoqlarda esa aksincha o'rtacha darajadan past bo'lgan. Yashash va ovqatlanish bo'yicha xizmatlar (-193,5%), qishloq, o'rmon va baliq xo'jaligi (-30,8%) tarmoqlarida zarar ko'rilgan. Qishloq, o'rmon va baliq xo'jaligi tarmog'ida 2020 yilda 235,4 mlrd. so'm hajmida zarar ko'rilgan bo'lsa, 2021 yilda 72,5 mlrd. so'm hajmida foyda olingan.
2.2.3-jadval ma'lumotlaridan ko'rinadiki, tahlil davrida iqtisodiyot bo'yicha kichik biznes korxonalarining ishlab chiqarish xarajatlari hajmi 144,0 foizga oshgan. Biroq bu ko'rsatkich tarmoqlar bo'yicha farqlanadi. Jumladan, moliyaviy va sug'urta faoliyati (296,7%), qishloq, o'rmon va baliq xo'jaligi (194,5%),
San'at, ko'ngil ochish va dam olish tarmog'ida 2020 yilda 20 mlrd. so'm hajmida zarar ko'rilgan bo'lsa, 2021 yilda 12,6 mlrd. so'm hajmida zarar ko'rilgan.
Tarmoqdagi qo'shimcha har bir birlik xarajatlar hisobiga to'g'ri keluvchi ishlab chiqarish natijalari ko'rsatkichlarini tahlil qilishda yuqorida qayd etib o'tilgan statistik to'plamdagi "Sotilgan mahsuloti (tovarlar, ishlar va xizmatlar) tannarxi" ko'rsatkichi ma'lumotlaridan foydalanamiz (2.2.3-jadval).
savdo va ta'lim (161%) tarmoqlarda ushbu ko'rsatkichlar o'rtacha darajadan yuqori bo'lsa, sanoat (122,8%), sog'liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlarni ko'rsatish (138%), san'at, ko'ngil ochish va dam olish (140,3%) tarmoqlarida esa aksincha past bo'lgan.
^^^Ko'rsatkich Ishlab chiqarish xarajatlari hajmi, mlrd. so'm Bir birlik xarajatning o'rtacha natijasi, birlik Xarajatlarning me'yoriy samaradorligi, birlik Jozibadorlik darajasi, marta
Tarmoqlar 2020 2021 YalH MN YalH MN YalH MN
Hammasi 233212,4 349330,4 1,20 0,07 1,16 0,06 1,0 0,9
Qishloq, o'rmon va baliq xo'jaligi 6587,4 9506,8 1,16 0,01 1,11 0,11 1,0 13,8
Sanoat 63651,5 90011,2 1,21 0,07 1,15 0,07 1,0 1,1
Qurilish 33668 53543 1,17 0,05 1,14 0,03 1,0 0,7
Savdo 114642,1 173197,8 1,12 0,05 1,09 0,03 1,0 0,7
Tashish va saqlash 4019,8 4973,3 1,51 0,15 1,40 0,28 0,9 1,8
Yashash va ovqatlanish bo'yicha xizmatlar 2507 4495,7 1,46 0,02 1,49 0,05 1,0 3,4
Axborot va aloqa 1488,3 2387 2,11 0,44 1,91 0,37 0,9 0,8
Moliyaviy va sug'urta faoliyati 657,1 496 3,23 1,75 0,14 -1,76 0,0 -1,0
Ta'lim 344,6 550,6 1,93 0,26 2,16 0,51 1,1 1,9
Sog'liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlarni ko'rsatish 829,3 1335,6 1,96 0,24 2,03 0,35 1,0 1,5
San'at, ko'ngil ochish va dam olish 143,3 226,8 1,92 -0,06 2,42 0,09 1,3 -1,6
Boshqa turlari 4673,9 8606,6 1,87 0,31 1,74 0,26 0,9 0,8
Tarmoqdagi qo'shimcha har bir birlik xarajatlar hisobiga to'g'ri keluvchi ishlab chiqarish natijalari6
6 O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi statistika agentligi (stat.uz)ma'lumotlari asosida muallif tomonidan hisoblangan.
. PRACTICAL PROBLEMS AND SOLUTIONS TO THE
55 USE OF THEORETICAL LAWS IN THE SCIENCES OF
I Li I ™ ^ЭТ CENTURY
TASHKENT, e-e MAY 2024
Bir birlik xarajatning o'rtacha natijasi iqtisodiyot bo'yicha yalpi ishlab chiqarish hajmiga ko'ra 1,20 birlik, olingan moliyaviy natija (foyda)ga ko'ra 0,07 birlikni tashkil etgan. Biroq bu ko'rsatkich tarmoqlar bo'yicha farqlanmoqda. Jumladan, yalpi ishlab chiqarish hajmiga ko'ra axborot va aloqa tarmog'ida 2,11, moliyaviy va sug'urta faoliyati tarmog'ida 3,23, sog'liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlarni ko'rsatish tarmog'ida 1,96, tashish va saqlash tarmog'ida 1,51, ta'limda 1,93, san'at, ko'ngil ochish va dam olish tarmog'ida 1,92, yashash va ovqatlanish bo'yicha xizmatlar tarmog'ida 1,46, sanoat tarmog'ida 1,21, ya'ni ushbu ko'rsatkich nisbatan yuqori bo'lsa, savdo (1,12 birlik), qishloq, o'rmon va baliq xo'jaligi (1,16 birlik) hamda qurilish (1,17 birlik) tarmoqlarida esa aksincha past bo'lgan.
Olingan moliyaviy natija (foyda)ga ko'ra an'anaviy tarmoqlar, ya'ni qishloq, o'rmon va baliq xo'jaligi (0,01 birlik), qurilish (0,05 birlik), savdo (0,05 birlik), yashash va ovqatlanish bo'yicha xizmatlar (0,02 birlik) da mazkur ko'rsatkichning nisbatan past bo'lganligini, moliyaviy va sug'urta faoliyati (1,75 birlik), axborot va aloqa (0,44 birlik), ta'lim (0,26 birlik), sog'liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlarni ko'rsatish (0,24 birlik), tashish va saqlash (0,15) tarmoqlarida esa o'rtacha ko'rsatkichdan yuqori bo'lganligini ko'rish mumkin.
Xarajatlarning me'yoriy samaradorligi, ya'ni qo'shimcha 1 so'mlik xarajatning ko'payishi evaziga iqtisodiyot bo'yicha yalpi ishlab chiqarish hajmiga ko'ra 1,16 birlik, olingan moliyaviy natijaga ko'ra esa 0,06 birlikni tashkil etgan. Ushbu ko'rsatkich ham tarmoqlar bo'yicha farqlanadi. Jumladan, yalpi ishlab chiqarish hajmi jihatidan sog'liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlarni ko'rsatish (2,42 birlik), ta'lim (2,16 birlik), san'at, ko'ngil ochish va dam olish (2,02 birlik), tashish va saqlash (1,40 birlik), yashash va ovqatlanish bo'yicha xizmatlar (1,49 birlik), axborot va aloqa (1,91 birlik) tarmoqlarida o'rtacha ko'rsatkichdan yuqori bo'lsa, qishloq, o'rmon va baliq xo'jaligi (1,11 birlik), sanoat (1,15 birlik), qurilish (1,14 birlik), savdo (1,09 birlik), moliyaviy va sug'urta faoliyati (0,14) tarmoqlarda esa aksincha past bo'lgan.
Olingan moliyaviy natija jihatidan qishloq, o'rmon va baliq xo'jaligi (0,11 birlik), sanoat (0,05 birlik), tashish va saqlash (0,28 birlik), axborot va aloqa (0,37 birlik), ta'lim (0,51 birlik), sog'liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlarni ko'rsatish (0,35 birlik), san'at, ko'ngil ochish va dam olish (0,09 birlik) tarmoqlarida o'rtacha ko'rsatkichdan yuqori bo'lsa, qurilish (0,03), savdo (0,03 birlik), yashash va ovqatlanish bo'yicha xizmatlar (0,05 birlik) tarmoqlaridao'rtacha ko'rsatkichdan past bo'lgan. Moliyaviy va sug'urta faoliyati (-1,76 birlik) tarmog'ida qo'shimcha 1 so'mlik xarajatning oshishi evaziga zarar ko'rilgan.
Jozibadorlik darajasi iqtisodiyot bo'yicha yalpi ishlab chiqarish hajmiga ko'ra 1,0 marta, olingan moliyaviy natija (foyda)ga ko'ra 0,9 martani tashkil etgan. Biroq bu ko'rsatkich ham tarmoqlar bo'yicha farqlanib, jumladan, yalpi ishlab chiqarish hajmi jihatidan san'at, ko'ngil ochish va dam olish tarmog'ida
1,3 marta, ta'lim 1,1 marta, qishloq, o'rmon va baliq xo'jaligi, sanoat, qurilish, savdo, yashash va ovqatlanish bo'yicha xizmatlar, sog'liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlarni ko'rsatish tarmoqlarida 1,0 martaga teng bo'lgan, qolgan tarmoqlarda, ya'ni tashish va saqlash 0,9 marta, axborot va aloqa 0,9 marta, va moliyaviy va sug'urta faoliyati 0,0 marta o'rtacha darajadan past bo'lgan. Olingan moliyaviy natija (foyda)ga ko'ra jozibadorlik darajasi yashash va ovqatlanish bo'yicha xizmatlar tarmog'ida 3,4 marta, ta'lim tarmog'ida 1,9 marta, Sog'liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlarni ko'rsatish tarmog'ida 1,5 marta, Qishloq, o'rmon va baliq xo'jaligi tarmog'ida 13,8 marta, sanoat tarmog'ida 1,1 marta, qurilish tarmog'ida 0,7 marta, savdo tarmog'ida 0,7 marta, tashish va saqlash tarmog'ida 1,8 marta, axborot va aloqa tarmog'ida 0,8 martani tashkil etgan. Qolgan barcha tarmoqlarda manfiy ishoraga ega bo'lgan.
Tahlillardan ko'rinadiki, mamlakatimiz tarmoq faoliyatlaridagi rentabellik darajasining o'zgarishi bilan tarmoqdagi kichik biznes korxonalari sonining o'zgarishi o'rtasida o'zaro bog'liqlik mavjud emas. Fikrimizcha, buning asosiy sabablari sifatida quyidagilarni ko'rsatish mumkin:
1) rentabellik darajasi yuqori bo'lgan moliya va sug'urta, axborot va aloqa, tashish va saqlash, ta'lim tarmoqlarida faoliyat yuritish uchun maxsus ruxsat (lisenziya) talab etilishi;
2) shuningdek, ushbu tarmoq xodimlaridan aksariyat hollarda tor mutaxassislik malaka va ko'nikmalari taqozo etilishi;
3) san'at, ko'ngil ochish va dam olish tarmog'idagi ayrim faoliyat turlarining bozor tavsifiga ega emasligi; shu bilan bir qatorda, mazkur tarmoqdagi iqtisodiy faoliyat natijalarining to'liq hisobi yuritilmasligi va h.k.
Mamlakatimizda iqtisodiyot tarmoqlari bo'yicha kichik biznes korxonalarining rentabellik darajasi ularning ixtisoslashuv jarayonlarini tartibga soluvchi dastak sifatida samarali ta'sir ko'rsatishini ta'minlash uchun, fikrimizcha quyidagi chora-tadbirlarni amalga oshirish lozim:
- har bir tarmoqning ishlab chiqarish xarajatlari hamda moliyaviy natijalarining to'g'ri, aniq va to'liq hisobga olinishini ta'minlash;
- muayyan tarmoq kichik biznes korxonalari faoliyatida lisenziyalash amaliyoti tarmoqdagi raqobat muhitini susaytirib, monopol foyda olish imkonini yaratish imkoniyati paydo bo'lgan holatlarda lisenziya talablariga ma'lum darajada "yumshatish" me'yorlarini kiritish. Chunki "Faoliyatning lisenziyalanadigan turlari jumlasiga amalga oshirilishi fuqarolarning huquqlari va qonuniy manfaatlariga, sog'lig'iga, jamoat xavfsizligiga zarar yetkazishi mumkin bo'lgan hamda tartibga solib turilishi lisenziyalashdan tashqari usullar bilan amalga oshirilishi mumkin bo'lmagan faoliyat turlari kiradi"7;
7 О^е^^ Rеspublikаsining qоnuni. Fаоliyаtning аyrim tur^ini lisеnziyаlаsh tо'g'risidа. 7-mоddа. 2000 yil 25 mаy, 71-И^оп. - https://www.lех.uz/dоcs/32924
. PRACTICAL PROBLEMS AND SOLUTIONS TO THE
55 USE OF THEORETICAL LAWS IN THE SCIENCES OF
I Li I ™ ^ЭТ CENTURY
TASHKENT, e-e MAY 2024
- iqtisodiyotning muayyan tarmoqlarida tor mutaxassislikka ega xodimlar taqchilligini kamaytirish maqsadida turli xil o'qitish, malaka oshirish va qayta tayyorlash muassasalarining faoliyatini yo'lga qo'yish va h.k.
Yuqoridagi ma'lumotlardan ko'rinadiki, mamlakatimizdagi kichik biznes subyektlarining iqtisodiyot tarmoqlari bo'yicha ixtisoslashuvi jarayonlari samaradorligini ifodalovchi ko'rsatkichlarni hisoblash orqali ushbu jarayonlarni takomillashtirish yo'nalishlarini aniqlash imkoniyati qo'lga kiritiladi.
XULOSA
Yuqoridagilardan umumiy xulosa qilgan holda, hozirgi kunda mamlakatimizda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni yanada rivojlantirish va sohada ishlab chiqarish samaradorligini oshirish uchun quyidagi tavsiyaviy xarakterdagi ilmiy taklif va amaliy tavsiyalarni ishlab chiqdik.
- kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlariga ajratilayotgan kreditlarning stavkalarini pasaytirish va qulay shartlarda uzoq muddatga berish;
- soliq tizimini takomillashtirish, biznesga soliq yukini imkon qadar kamaytirish, qo'shilgan qiymat solig'ini qo'shimcha hujjatsiz qaytarish tartibini amaliyotga joriy etish;
- yerlarni iqtisodiy oborotga kiritish, ularni oldi-sotdi va garov obyektiga aylantirish, korxonalarning hozir egalik qilish, foydalanish yoki ijara huquqi asosida egallab turgan yer maydonlari, ularga mulk qilib rasmiylashtirib berish, davlat mulki obyektlarini ular joylashgan yer bilan birga, yagona mulkiy majmua sifatida auksion orqali sotish;.
- tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish uchun zarur bo'lgan elektr, tabiiy gaz, suv tarmoqlari va yo'l infratuzilmasi bilan bog'liq masalalarni hal etish;
- tadbirkorlik faoliyatiga aralashuvlarni qisqartirish, sohadagi tartib-taomillarni soddalashtirish, xususiy mulk daxlsizligi borasidagi davlat siyosatini qat'iy davom ettirish;
- biznes subyektlari tomonidan yaratilayotgan mahsulotlar raqobatbardoshligini oshirish, yangi bozorlarga chiqish, hududlararo savdo va kooperasiya aloqalarini bog'lashda transport-logistika tizimini takomillashtirish;
- eksportga mo'ljallangan mahsulotlar ishlab chiqaradigan biznes subyektlarini qo'llab-quvvatlash, kichik biznesni eksport faoliyatiga yanada keng jalb etish, xom ashyo va yarim tayyor mahsulotlar uchun import boji stavkalarini pasaytirish.
Bizning hisob-kitoblarimiz bo'yicha kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning yalpi ichki mahsulot hajmida ulushi keyingi besh yillikda barqaror yuqori o'sish tendensiyasiga ega bo'ladi. 2030 yilga borib uning YalMdagi ulushi 82 foizni tashkil etadi.
ADABIYOTLAR:
[1] Shodmonov Sh., G'afurov U. Iqtisodiyot nazariyasi (darslik). - T.: IQTISOD-MOLIYA nashriyoti, 2010. 477-b.
[2] Abdukarimov I.T., Abdukarimova L.G., Smagina V.V. Analiz finansovo xozyaystv-yennoy deyatelnosti predpriyatiya. Uchebnoye posobiye. 2-ye -Tambov: Izdatelskiy dom TGU, 2008.-667 s.
[3] Abdukarimov B.A. va boshqalar. Korxona iqtisodiyoti. Darslik. 2-nashri. -T.: Fan va texnologiya, 2013.
[4] Abdurahmonov Q.X. Mehnat iqtisodiyoti va sosiologiyasi. Darslik. - T.: Fan va texnologiya, 2012. -217-b.
[5] Akbarova Z. Mehnat statistikasi. O'quv qo'llanma. - T.: TDIU, 2014.;
[6] Ekonometrika: Uchebnik. /Pod red. I.I.Yeliseyevoy. - M.: Finansbi i statistika, 2003. - 5153 s.:
[7] Ekonomicheskaya teoriya: Ucheb. dlya stud. vbissh. ucheb. zavedeniy / Pod red. V.D.Kamayeva. -10-ye izd., pererab. i dop. - M.: Gumanit. izd. sentr VLADOS, 2004, 217-bet.
[8] O'zbekiston iqtisodiyoti statistik ma'lumotlar to'plami-T.: 2012-2021
[9] www.stat.uz - O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi statistika agentligi rasmiy sayti.
[10] www.sbu.uz - O'zbekiston Respublikasi Markaziy banki rasmiy sayti.
[11] www.minesonomy.uz - O'zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi rasmiy sayti
[12] www.mf.uz - O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi rasmiy sayti
[13] www.norma.uz -O'zbekiston Respublikasi qonunchiligi sayti
[14] http://www.doingbusiness.org
[15] http://www.doingbusiness.org/methodology.
[16] Doing Business. Osenka biznes regulirovaniya. -http ://russian. doingbusiness.org/
[17] https://review.uz/oz/post/ot-doing-business-2019-k-doing-business-2020
[18] instat.uz
[19] http:// www.zamin.uz
[20] http//www.world.bank.