SANOAT TARMOG'I IQTISODIY SAMARADORLIGINI BAHOLASH USULLARI VA ULARNI TAKOMILLASHTIRISH
Kasimov Azamat Abdukarimovich
Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, mustaqil izlanuvchisi (DSc)
a. kasimov@tsue. uz
Annotatsiya: Ushbu maqolada sanoat tarmog'ining iqtisodiy samaradorlik ko'rsatkichlari va ularni hisoblash usullari batafsil o'rganilgan. Bu borada mavjud usullardan foydalanib, ularning takomillashtirilgan usullari hamda chegaraviy mezonlari taklif etilgan. Shuningdek, mazkur usullar asosida sanoat tarmog'i resurslari iqtisodiy samaradorligi baholanib, tahlil qilingan. Bundan tashqari, sanoat tarmog'ining iqtisodiy samaradorligini oshirish bo'yicha takliflar ishlab chiqilgan.
Kalit so'zlar: sanoat, samaradorlik, sanoat tarmog'i iqtisodiy samaradorligi, baholash usullari, baholash mezonlari.
METHODS OF EVALUATING THE ECONOMIC EFFICIENCY OF THE INDUSTRY NETWORK AND THEIR IMPROVEMENT
Kasimov Azamat Abdukarimovich
Tashkent State University of Economics, independent study (DSc)
a. kasimov@tsue. uz
Abstract: In this article, the indicators of economic efficiency of the industrial sector and their calculation methods are studied in detail. In this regard, using the existing methods, their improved methods and threshold criteria are proposed. Also, based on these methods, the economic efficiency of the resources of the industrial sector was evaluated and analyzed. In addition, proposals for increasing the economic efficiency of the industrial sector have been developed.
Keywords: industry, efficiency, economic efficiency of the industrial sector, evaluation methods, evaluation criteria.
МЕТОДЫ ОЦЕНКИ ЭКОНОМИЧЕСКОЙ ЭФФЕКТИВНОСТИ ПРОМЫШЛЕННОЙ СЕТИ И ИХ СОВЕРШЕНСТВОВАНИЕ
Касимов Азамат Абдукаримович
Ташкентский государственный экономический университет, самостоятельное
обучение (доктор наук)
a. kasimov@tsue. uz
Аннотация: В данной статье подробно исследованы показатели экономической эффективности промышленного сектора и методы их расчета. В связи с этим с использованием существующих методов предложены их усовершенствованные методы и пороговые критерии. Также на основе этих методов оценена и проанализирована экономическая эффективность ресурсов промышленного сектора. Кроме того, разработаны предложения по повышению экономической эффективности промышленного сектора.
Ключевые слова: промышленность, эффективность, экономическая эффективность промышленного сектора, методы оценки, критерии оценки.
KIRISH
Jahonda kechayotgan global inqiroz va geosiyosiy vaziyatning hozirgi sharoitida sanoat tarmog'ida iqtisodiy va texnologik samaradorlik darajasi pasayishi, xususan tarmoqda mehnat va boshqa iqtisodiy resurslar samaradorligining kamayishi kuzatilmoqda. Vaholanki, sanoat ishlab chiqarishda samaradorlikning oshishi har doim jamiyatlarning uzoq muddatli farovonligi va rivojlanish imkoniyatlarining asosiy ko'rsatkichi bo'lib kelgan. Jumladan, sanoat mahsulotlarining YalMdagi ulushi Germaniyada 24,4 foiz, Polshada 25,2 foiz, Shveysariyada 20,7 foiz, Italiyada 20,4 foiz, Qozog'istonda 28,6 foiz [8] hamda O'zbekistonda 26,7 foizni, shuningdek jami bandlikning Xitoyda 32 foiz, Germaniya va Italiyada 27 foiz, Yaponiyada 24 foiz, Qozog'istonda 22 foiz va O'zbekistonda 13,5 foizni tashkil etadi [9].
Shu boisdan, mamlakatimizda keyingi yillarda sanoatning mavjud salohiyatlaridan samarali foydalanish va yanada rivojlantirish, sanoat ishlab chiqarishni modernizatsiyalash va mahsulotlarni diversifikatsiyalash, jarayonlarni raqamlashtirish, investitsion jozibadorligini oshirish, mavjud omillardan samarali foydalanish asosida tarmoq samaradorligini oshirish hisobiga iqtisodiyotni barqaror rivojlantirish hamda aholi turmush darajasini yaxshilash, bandlikni ta'minlashda sanoatning ulushini oshirish bo'yicha jadal islohotlar amalga oshirilmoqda.
O'zbekistonda "0'zbekiston-2030" strategiyasi doirasida "Sanoatning "drayver" sohalarini rivojlantirish va hududlarning sanoat salohiyatini to'liq ishga solish, sanoatda qo'shilgan qiymat hajmini 45 milliard dollarga yetkazish va 2,5 millionta yuqori daromadli ish o'rinlarini yaratish, sanoatda ishlab chiqariladigan texnologik mahsulotlar ulushini 25 foizdan 32 foizga yetkazish, qayta ishlash sanoatida mehnat unumdorligini 2 barobar oshirish" kabi muhim vazifalar belgilab berilgan [1]. Mazkur vazifalarning samarali ijrosini ta'minlash maqsadida mamlakatimizda mavjud sanoat salohiyatini chuqur tahlil qilish, ulardan samarali foydalanish va yanada barqaror rivojlanishini ta'minlash, unga ta'sir qiluvchi omillarni tanlash va holatini
iqtisodiy jihatdan baholash, shuningdek istiqboldagi prognoz ko'rsatkichlarini ishlab chiqish orqali ilmiy asoslangan taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishni talab etilmoqda. Bu esa mazkur tadqiqot mavzusining dolzarbligini ifodalaydi.
ADABIYOTLAR TAHLILI
Sanoat tarmog'ining ma'lum bir davrdagi rivojlanish darajasini o'rganish, ayniqsa ularning tashqi ta'sirlarga chidamliligini baholash va og'ir sharoitlarda iqtisodiy o'sishga ega va rivojlanishda davom etayotgan tarmoqlarini aniqlash imkonini beradi [2]. Shu bilan birga, samaradorlik ko'rsatkichlari asosida baholash tarmoq faoliyati bo'yicha "kirish" va "natijalar" o'rtasidagi bog'liqlikni ifodalaydi. Shuningdek, hamma turli xil mahsulotlar uchun resurslar qanday taqsimlanishi va ishlatilishini yaxshiroq tushunishga yordam beradi [3]. Bundan tashqari, sanoat ishlab chiqarishi samaradorligini baholash moddiy va mehnat resurslarini hamda vaqtni tejash choralarini samarali tashkil etishda qo'l keladi [4].
M.Mojaverian fikricha, har bir tarmoqdagi iqtisodiy o'sish shu tarmoqning ishlab chiqarish hajmini oshirishni taqozo etadi. Ishlab chiqarish va ta'minot nazariyalariga ko'ra, ishlab chiqarishni ikki yo'l bilan oshirish mumkin: birinchidan, ko'proq ishlab chiqarish omillarini qo'llash orqali ishlab chiqarishni oshirish hamda ikkinchidan, ilg'or texnologiyalarni qo'llash va ishlab chiqarish omillaridan samarali foydalanish orqali ishlab chiqarishni oshirish mumkin [5].
Fikrimizcha, aynan bugungi noaniqlik va bozor iqtisodiyoti sharoitida yuqorida ta'kidlangan "ikkinchi nazariya"ga asosan ishlab chiqarish hajmini oshirish maqsadga muvovofiqdir. Chunki, resurslar cheklangan va o'z-o'zidan ularning tannarxi oshishda davom etmoqda. Bu esa sanoatda resurslardan samarali va optimal variantda foydalanishni taqozo etsa, ushbu jarayon esa tarmoq bo'yicha iqtisodiy samaradorlikni baholash asosida amalga oshiriladi.
Ammo, amaliyotda sanoat tarmog'ining iqtisodiy samaradorligi yagona metodologiya yoki bitta usulda baholanmaydi. Chunki, bu murakkab jarayon bo'lib, y a'ni murakkabligi shundaki birinchidan foydalanilayotgan omillarni real vaqt oralig'ida o'lchash yoki natijalarni (ko'rsatkichlarni) aniq hisoblash imkoni to'liq mavjud emas, shuningdek ayrim omillarni umuman o'lchab bo'lmaydi (masalan, sifat omillari va ekologik omillar). Shu boisdan, bu borada turlicha ilmiy qarashlar mavjud.
Xususan, A.T.Trofimovaning fikricha ham sanoatning iqtisodiy samaradorligi aynan bir ko'rsatkich bilan emas, balki, iqtisodiy samaradorlik ko'rsatkichlari tizimi dinamikasi asosida baholanishi lozim. Shu jumladan, mehnat unumdorligi, kapital samaradorligi, material samaradorligi, xarajat ko'rsatkichlari, ishlab chiqarish birligining zaxira sig'imi, moddiy iste'mol, ish haqi intensivligi kabilar. A.Trofimova o'z tadqiqotlarida sanoaning iqtisodiy samaradorligini baholash metodikasini quyidagicha ifodalaydi [6] (1-rasm).
1-rasm. Sanoat tarmog'ining iqtisodiy samaradorligini baholash metodikasi
Iqtisodchi N.S.Kalita va G.I.Mansurovlar iqtisodiy samaradorlikni baholashning umumlashtirilgan metodologiyalar asosida baholashda quyidagilarni hisobga olish lozimligini ta'kidlashgan [7]:
- mehnat va moddiy xarajatlarni tejashni hisobga olgan holda xarajatlarni kamaytirish;
- ishlab chiqarish hajmi va mehnat unumdorligining o'sish sur'atlariga erishish;
- asosiy ishlab chiqarish fondlaridan samarali foydalanish natijasida yuzaga keladigan kapital qo'yilmalarni shartli ravishda tejash;
- boshqaruvning butun tuzilmasi va tashkil etilishini takomillashtirish natijasida yuzaga keladigan boshqaruv xarajatlarini tejash.
Yuqorida ta'kidlanganidek, sanoat tarmog'ining iqtisodiy samaradorligini faoliyat yo'nalishlari bo'yicha ko'rib chiqish maqsadga muvofiq bo'ladi. Jumladan:
- boshqaruv samaradorligi;
- iqtisodiy samaradorlik;
- moliyaviy samaradorlik;
- innovatsion samaradorlik;
- investitsion samaradorlik;
- ijtimoiy samaradorlik.
METODOLOGIYA
Ushbu tadqiqotda canoat tarmog'ining iqtisodiy samaradorligini baholashning usullari va ularni takomillashtirish bo'yicha empirik tadqiqotlar hamda nazariy qarashlar o'rganilgan. Shuningdek, empirik tadqiqotlar va nazariy qarashlardan kelib chiqib, canoat tarmog'ining iqtisodiy samaradorligini baholashning usullari takomillashtirilgan. Tadqiqotda tahlil va sintez, deduksiya va induksiya, jadval, grafik, iqtisodiy-matematik usullardan, shuningdek mavzuga oid mahalliy va xorijiy olimlar ishlaridan foydalanilgan.
MUHOKAMA VA NATIJALAR
Yuqorida ta'kidlanganidek, sanoat tarmog'i samaradorligini yanada oshirishda iqtisodiy samaradorlik (Ef) muhim ko'rsatkichlar bo'lib, klassik va noklassik
iqtisodiyot nazariyalariga ko'ra, u umumiy ko'rinishda quyidagicha ifodalanadi.
Ef = R (D
bu yerda, R - jami daromad, F - jami resurslar.
Mazkur formula iqtisodiy samaradorlikni baholashning umumiy ifodasi bo'lib, uning tarkibiy qismlarini quyidagi baholash usullari tashkil etadi.
1) Sanoat tarmog'ida asosiy va aylanma fondlar (qaytimi) samaradorligi (E( va
Ef ).
w /•
Ef=BF ®
bu yerda, Q - sanoat mahsulotlari hajmi, BF - asosiy fondlarning yillik o'rtacha qiymati.
Ef =Q (3)
f wF '
bu yerda, WF - aylanma fondlarning yillik o'rtacha qiymati.
2) Sanoat tarmog'ida kapital samaradorligi (Ek).
E>=Q <4)
bu yerda, K - kapital hajmi.
3) Sanoat tarmog'ida mehnat unumdorligi (Lp).
Lp = Q (5)
bu yerda, L - mehnat sarfi.
Sanoat tarmog'ida foydalaniladigan barcha resurslar bo'yicha bundan baholashni amalga oshirish mumkin.
Shuningdek, bozor iqtisodiyoti sharoitida sanoat korxonalarida aylanma mablag'lardan foydalanish samaradorligini iqtisodiy jihatdan baholash muhim ahamiyatga ega. Chunki, kuchli raqobatga asoslangan bunday sharoitda korxonalarning chekli daromadi chekli xarajatiga teng bo'ladi ( MR = MC ). Bu esa korxonaning eng yuqori samaradorlikka erishishi mumkin bo'lgan optimal holatini ifodalaydi.
Demak, har bir sanoat korxonasi bo'yicha "u yuqori samaradorlikka erishishi mumkin bo'lgan optimal holatdami yoki yo'q?" degan savolga javob topish zarur. Bunda sanoat korxonalari faoliyati samaradorligini moliyaviy jihatdan baholash umumiy baholash metodi bo'lib, bu korxona moliyaviy resurslardan optimal foydalanayotganligini ifodalamaydi. Shuning uchun sanoat korxonalarida foydalanilayotgan har bir moliyaviy resurs (omil)dan foydalanish samaradorligini iqtisodiy jihatdan baholash maqsadga muvofiq bo'ladi.
Mazkur tadqiqotdan kelib chiqib, sanoat tarmog'ining iqtisodiy samaradorligini baholashning asosiy ko'rsatkichlari bo'lgan asosiy va aylanma fondlar (qaytimi) samaradorligi, kapital samaradorligi, mehnat unumdorligi, investitsiya qaytimi samaradorligi va innovatsion samaradorligi ko'rsatkichlarini hisoblashning quyidagi usullarini taklif etamiz (1-jadval).
1-jadval
Sanoat tarmog'ining iqtisodiy samaradorligini baholash ko'rsatkichlari va
ularni hisoblash usullari1
Samaradorlik ko'rsatkichi Hisoblash usuli Izoh
Asosiy fondlar samaradorligi ( EJ ) Ef = 1 Q /100 b BF Q - sanoat mahsulotlari hajmi, BF - asosiy fondlarning yillik o'rtacha qiymati.
Aylanma fondlar samaradorligi ( Ef ) Efw = 1 Q /100 f WF WF - aylanma fondlarning yillik o'rtacha qiymati.
Kapital samaradorligi ( Ek ) E, = 1 - Q/100 k K K - kapital hajmi.
Mehnat unumdorligi ( Lp ) Ln = 1 - Q/100 p L L - mehnat sarfi.
Investitsiya qaytimi samaradorligi ( Iff ) Iff =f, -Q * Q2 Kf ÀQ - qo'shimcha ishlab chiqarish xajmi,
1 Muallif tomonidan ishlab chiqilgan.
(investitsiyalarning har aylanish sikliga to 'g 'ri keladigan qo'shimcha mahsulot hajmi) Kw - aylanma mablag'larning aylanuvchanligi.
Innovatsion samaradorlik ( Inef )* inn ! Tef 2 + ACef 2 + PRef 2 + Tef 2 T ef f ^^inn ^ 1 inn InL f 4 Lef - salohiyatli kadrlar hissasi, AC^ - innovatsion faoliyat hissasi, PRienfn - innovatsion mahsulot hissasi, T^ - innovatsion texnologiyalar hissasi.
Izoh: * mazkur ko'rsatkichni hisoblashda foydalanilgan integral ko'rsatkichlar quyidagicha aniqlanadi.
1) Calohiyatli kadrlar hissasi (Lef ).
„ L
ref _ _p_
Lf _ L
(6)
bu yerda, Lf - sanoatda band bo'lgan malakali xodimlar soni (yoki ularning mehnat sarfi), Lt - sanoatda band bo'lgan jami xodimlar soni. 2) Innovatsion faoliyat hissasi (ACf).
AC,.„
ACf _-
AC
(7)
bu yerda, ACmn - yangi tashkil etilgan innovatsion faoliyatlar (yo'nalishlar) soni, ACt - jami faoliyatlar (yo'nalishlar) soni.
3) Innovatsion mahsulotlar hissasi (PRf).
(8)
f - PRin
PRf _
PRt
bu yerda, PRinn - yangi ishlab chiqarilayotgan innovatsion mahsulotlar (xizmatlar) hajmi, PRt - jami mahsulotlar (xizmatlar) hajmi. 4) Innovatsion texnologiyalar hissasi (Tf).
T
Tef _ inn
T
(9)
bu yerda, Tmn - yangi kiritilgan innovatsion texnologiyalar, tt - jami texnologiyalar.
Taklif etilayotgan (2-jadval) sanoat tarmog'ining iqtisodiy samaradorligini baholash ko'rsatkichlarining chegaraviy mezonlarini qiyidagicha ifodalash mumkin.
2-jadval
Sanoat tarmog'ining iqtisodiy samaradorlik ko'rsatkichlarining baholash
mezonlari va chegaraviy qiymatlari2
№ Baholash ko'rsatkichlari Baholash mezonlari va chegaraviy qiymatlari
1 Asosiy fondlar samaradorligi ( Efb ) Ushbu ko'rsatkich -да < El < 1 interval qiymatlarini qabul qiladi va uni quyidagi chegaraviy mezonlar bo'yicha 4 ta tartib bo'yicha baholash mumkin: - samaradorlik darajasi nol, bunda Ef = 1 bo'lsa; - samaradorlik darajasi past, bunda o< Ef <1 bo'lsa; - samaradorlik darajasi o'rta, bunda Ef = 0 bo'lsa; - samaradorlik darajasi yuqori, bunda Ei <0 bo'lsa.
2 Aylanma fondlar samaradorligi ( Ef ) Ushbu ko'rsatkich -да < Ef < 1 interval qiymatlarini qabul qiladi va uni quyidagi chegaraviy mezonlar bo'yicha 4 ta tartib bo'yicha baholash mumkin: - samaradorlik darajasi nol, bunda Ef=1 bo'lsa; - samaradorlik darajasi past, bunda 0< Ef <1 bo'lsa; - samaradorlik darajasi o'rta, bunda Ef=0 bo'lsa; - samaradorlik darajasi yuqori, bunda Ef <0 bo'lsa.
3 Kapital samaradorligi ( Ek ) Ushbu ko'rsatkich -да < Ek < 1 interval qiymatlarini qabul qiladi va uni quyidagi chegaraviy mezonlar bo'yicha 4 ta tartib bo'yicha baholash mumkin: - samaradorlik darajasi nol, bunda E = 1 bo'lsa; - samaradorlik darajasi past, bunda 0<E <1 bo'lsa; - samaradorlik darajasi o'rta, bunda E = 0 bo'lsa; - samaradorlik darajasi yuqori, bunda E <0 bo'lsa.
4 Mehnat unumdorligi ( LP ) Ushbu ko'rsatkich -да < Lp < 1 interval qiymatlarini qabul qiladi va uni quyidagi chegaraviy mezonlar bo'yicha 4 ta tartib bo'yicha baholash mumkin: - samaradorlik darajasi nol, bunda L = 1 bo'lsa; - samaradorlik darajasi past, bunda 0<Lp <1 bo'lsa; - samaradorlik darajasi o'rta, bunda Lp = 0 bo'lsa; - samaradorlik darajasi yuqori, bunda L <0 bo'lsa.
5 Investitsiya qaytimi samaradorligi ( Iwf ) Ushbu ko'rsatkich 0 < Iff < Kf interval qiymatlarini qabul qiladi va uni quyidagi chegaraviy mezonlar bo'yicha 4 ta tartib bo'yicha baholash mumkin: - samaradorlik darajasi nol, bunda Iff = 0 bo'lsa;
2 Muallif tomonidan ishlab chiqilgan.
j ef 1 j^r t - samaradorlik darajasi o'rta, bunda if _ ^Kf bo'lsa; - samaradorlik darajasi yuqori, bunda Iff ^ Kf intiladi; - samaradorlik darajasi eng yuqori (max), bunda Iff _ Kf bo'lsa. Kf - t-davrdagi aylanma mablag'lar hajmi.
б Innovatsion samaradorlik ( Inf ) Ushbu ko'rsatkich 0 < Inf ^да qiymatlarni qabul qilib, uning qiymati qanchalik Inf ^ 1 intilsa, shunchalik innovatsion samaradorlik "yuqori" bo'ladi va aksincha.
Yuqorida taklif etilayotgan sanoat tarmog'ining iqtisodiy samaradorlik ko'rsatkichlari, ularning baholash mezonlari va chegaraviy qiymatlari sanoat tarmog'i (korxonalari)ning iqtisodiy samaradorligini baholash uslubiyatini yanada ta'komillashtirish va uni baholash natijalarining aniqlilik darajasini oshishiga xizmat qiladi.
Yuqorida keltirilgan sanoat tarmog'i resurslarining samaradorlik ko'rsatkichlari ananaviy usullar asosida baholandi. Mazkur ko'rsatkichlar yuqorida ta'kidlanganidek sanoat tarmog'ining iqtisodiy samaradorligiga ta'sir qiluvchi ichki (ekstensiv) omillar hisoblanadi (3-jadval).
3-jadval
Sanoat tarmog'ining iqtisodiy samaradorligiga ta'sir qiluvchi ichki (intensiv)
omillar3
Yillar Sanoat tarmog'ida inves-titsiyalar samaradorligi, mlrd. so'm Sanoat tarmog'ida asosiy fondlar samaradorligi, mlrd. so'm Sanoat tarmog'ida mehnat unumdorligi, mlrd. so'm/ming kishi
mavjud usul yangi usul mavjud usul yangi usul mavjud usul yangi usul
2010 7,84 0,922 1,50 0,985 23,74 0,763
2011 7,66 0,923 1,53 0,985 29,00 0,710
2012 7,12 0,929 1,49 0,985 34,47 0,655
2013 6,81 0,932 1,45 0,985 41,47 0,585
2014 6,05 0,939 1,42 0,986 48,38 0,516
2015 5,50 0,945 1,43 0,986 55,18 0,448
2016 5,71 0,943 1,18 0,988 62,07 0,379
2017 4,53 0,955 1,29 0,987 81,46 0,185
2018 3,93 0,961 1,39 0,986 130,53 -0,305
2019 3,36 0,966 1,46 0,985 177,07 -0,771
2020 3,92 0,961 1,31 0,987 203,78 -1,038
2021 4,63 0,954 1,29 0,987 244,77 -1,448
2022 4,72 0,953 1,32 0,987 305,57 -2,056
2023 3,49 0,965 1,37 0,986 358,61 -2,586
3 O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi ma'lumotlari asosida muallif hisob-kitobi.
Taklif etilayotgan usullar asosida hisoblanadigan samaradorlik ko'rsatkichlari qabul qiladigan interval qiymatlarining chegaraviy mezonlaridan foydalanib, 4 ta tartib bo'yicha sanoat tarmog'i rerurslari samaradorlik darajalari quyidagicha baholandi:
1) Sanoat tarmog'ida investitsiyalar samaradorligi baholashning ikkinchi tartibli mezoniga mos kelib, ya'ni, tarmoqda investitsiyalarning "samaradorlik darajasi past" mezoni bilan baholandi;
2) Sanoat tarmog'ida asosiy fondlar samaradorligi ham baholashning ikkinchi tartibli mezoniga mos kelib, ya'ni, tarmoqda asosiy fondlarning "samaradorlik darajasi past" mezoni bilan baholandi;
3) Sanoat tarmog'ida mehnat unumdorligi baholashning uchinchi va to'rtinchi tartibli mezonlariga mos kelib, ya'ni, tarmoqda mehnat unumdorligi 2010-2017 yillar mobaynida "samaradorlik darajasi o'rta" va 2018-2023 yillarda "samaradorlik darajasi yuqori" mezoni bilan baholandi.
XULOSA VA TAKLIFLAR
Demak, investitsiya samaradorligini baholash bo'yicha hisob-kitoblar 20102023 yillarda sanoat tarmog'ida asosiy kapitalga o'zlashtirilgan investitsiyalar samaradorligi bo'yicha pasayish tendensiyalari kuzatildi. Ushbu holatni quyidagilar bilan izohlash mumkin:
- sanoat tarmog'iga kiritilgan investitsiyalar hajmining oshishi asosan so'ngi 56 yillik to'g'ri keladi. Shuningdek, ularning katta qismi o'rta va uzoq muddatli yirik investitsion loyihalar hisoblanadi. Mazkur loyihalar bo'yicha yo'naltirilgan investitsiyalar qaytimi albatta loyiha to'la quvvatda ishga tushirilgandan so'ng boshlaladi, ya'ni, bu yerda "log"lar mavjud;
- tarmoqqa kiritilgan investitsiyalarning to'g'ridan-to'g'ri ishlab chiqarish jarayoniga emas, balki, noishlab chiqarish maqsadlarida foydalanilganligi, masalan: bino, ofes, boshqaruv uchun qimmat baho inventarlar xaridi kabilarga yo'naltirilganligi;
- investitsiyalarning aksariyat qismi texnika va toxnologiyalar xaridiga yo'naltirilganligi, ma'lumki, texnologiyalar yuqori qiymatga ega bo'lib, bunday holatda investitsiyalar hajmi ishlab chiqarish hajmiga nisbatan yuqori miqdorni tashkil etadi. Bu esa o'z-o'zidan investitsiya samaradorligining pasayishiga olib keladi.
Sanoat tarmog'ining iqtisodiy samaradorligiga ta'sir qiluvchi omillarni kelib chiqish manbasi va ta'sir yetish mumkin yoki mumkin emasligi bo'yicha ikki guruhga ajratish maqsadga muvofiq. Ya'ni,
1) ichki omillar, ya'ni, boshqarish mumkin bo'lgan omillar (o'z navbatida ularni ham ikki xil yondoshuv bo'yicha ajratib olish lozim):
a) ekstensiv omillar (miqdoriy ko'rsatkichlar);
b) intensiv omillar (nisbiy ko'rsatkichlar).
2) tashqi omillar, ya'ni, boshqarib bo'lmaydigan omillar ajritib o'rganish va tahlil qilish lozim;
Tadqiqot davomida sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmiga ta'sir qiluvchi omillar ta'siri miqdoriy jihatdan baholandi. Xususan, ichki (ekstensiv) omillar: investitsiyalar hajmi (3,61), asosiy fondlarning yillik o'rtacha qiymati (0,96), band bo'lganlar soni (1819,57), sanoat korxonalari soni (8,19) hamda ichki (intensiv) omillar: investitsiyalar samaradorligi (53,46), mehnat unumdorligi (1,04), shuningdek, tashqi omillar: sanoat mahsulotlari eksporti (0,98), sanoat mahsulotlari importi (1,58), aholi real daromadlari hajmi (1,08) kabi omillar miqdoriy ta'siri baholandi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO'YXATI
1. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 11 sentabrdagi "O'zbekiston - 2030" Strategiyasi to'g'risida"gi PF-158-sonli farmoni. www.lex.uz
2. Шаsкий А.А. Региональное развитие промышленности в Российской Федераsии в условиях сан^ий и ограничений // УПРАВЛЕНИЕ T. 11 №2 2 / 2023. С. 172
3. Shahnavazi, A. (2017). Determining the efficiency rank of irrigated crops in Iranian agricultural sector. Iranian Journal of Agricultural Economics and Development Research, 48 (2), 227-240.
4. Котылева Н.Ю. Экономическая эффективност деятельности промышленных предприятий, ее оsенка и прогнозирование в современных условиях хозяйствования. Дисс. автореф. к.э.н., Орел.- 1998 г. 176 с.
5. Mojaverian M. (2003). Estimation of Malmquist productivity index for strategic crops over the 1990-2000 period. Agricultural Economics and Development, 11 (43 and 44), 143-162.
6. Трофимова А.Т. Особенности методики оsенки экономической эффективности производства в современных условиях // Вестник ТГАСУ №2, 2005. 60-61 с.
7. Калита Н.С., Машуров Г.И. Соsиалистическое производственное объединение. М.: Экономика, 1972. С.91
8. https://w3.unece.org/PXWeb/ru/CountryRanking?IndicatorCode=11
9. https://data.worldbank.org/indicator/SL.IND.EMPL.ZS
10. https://stat.uz