IQTISODIY TAHLILNING TURLARI VA SHAKLLARI, ULARNING
TASNIFI VA TAVSIFI
Xoliqulov Anvar Nematovich
Samarqand iqtisodiyot va servis instituti Iqtisodiy tahlil va satatistika kafedrasi mudiri, i.f.n., dots.
Xamroyev Yusuf
Samarqand iqtisodiyot va servis instituti IK-S-420 guruh talabasi
Iqtisodiy tahlil mazmun va mohiyati jihatidan turli shakllarga xillarga ega. Ammo ko'pgina iqtisodiy adabiyotlarda ular farqlanmasdan ishlatiladi. Ammo ular mazmun jihatidan bir-biridan farq qiladi.
Iqtisodiy tahlilning turi_deganda ma'lum belgilari, xossalari, vazifasi va shu kabilar bilan umumiy bo'lgan guruhlar yoki bir butunlikni tashkil etgan yaxlit xillari tushuniladi.
Iqtisodiy tahlilning shakli deganda uning o'ziga xos bo'lgan tashqi ko'rinishi, sirtqi qiyofasi, bilan birga o'ziga xos mazmuni, ya'ni uni amalga oshirish yo'llari, usullari tushuniladi.
Iqtisodiy tahlilning turi va shakli mazmun jihatidan bir-biriga juda yaqin, chunki ularning ikkalasi ham tahlil qiluvchining o'z oldigan qo'ygan maqsadini amalga oshirishga xizmat qiladi. Ammo ular bir-biridan ma'lum belgilari, shakli va mazmuni bo'yicha farqi bor. Tahlilning turi necha xil bo'lishidan qatiy nazar ularda bir-biriga juda yaqin va o'xshash usullardan foydalaniladi. Tahlilning shaklida esa har birida o'ziga xos usullar majmuasi qo'llanilishi mumkin.
Iqtisodiy tahlilning turi uning belgilari bo'yicha guruhlanadi. Bu tahlilga qaysi nuqtai nazardan qarashga bog'liq. Masalan, iqtisodiy tahlil mazmun jihatidan qaralsa u glabal, lokal va tematik tahlilga bo'linadi. Bularning hammasida bir xil usullardan foydalanish mumkin. Ammo iqtisodiy tahlilning shaklini ko'radigan bo'lsak, uni makon va zamon nuqtai nazaridan qarab, unda qo'llaniladigan o'ziga xos usullarning majmuasidan kelib chiqiladi. Masalan, kompleks tahlilda qo'llaniladigan kompleks baholash usullari funksional qiymat tahlilida (FQT) qo'llanilmaydi. FQT da qo'llaniladigan usullar omilli tahlilda qo'llanilmasligi mumkin va hokazo.
Iqtisodiy tahlil turli belgilari bo'yicha tasniflanadi. Bu masala turli darslik va adabiyotlarda turlicha yoritilgan. Ko'p adabiyotlarda 2-3 ta, ba'zilarida 6-7 ta, ba'zilarida 8 ta belgilari bo'yicha tasniflanadi. Ta'kidlanganidek, ko'pgina adabiyotlarda iqtisodiy tahlilning turi bilan shakli farqlanmagan holda berilgan.
Tadqiqotlar natijasida iqtisodiy tahlilning turlarini tasniflashda quyidagi belgilardan foydalanish maqsadga muvofiq degan xulosaga kelindi. Bularga: mazmuni bo'yicha tasniflash; makon nuqtai nazaridan qarash bo'yicha; tahlil qiluvchilar subekti bo'yicha; tarmoq tamoyili bo'yicha; zamon nuqtai nazaridan tasniflash bo'yicha; ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarni o'rganish bo'yicha; kengaytirilgan
taror ishlab chiqarish bosqichlari bo'yicha; kompyuterlashtirish darajasi bo'yicha tasniflash kabi belgilari kiradi. Bu quyidagi chizmada keltirilgan (1-chizma).
1-chizma. Iqtisodiy tahlil turlarini tasniflashda qo'llaniladigan belgilar
Iqtisodiy adabiyotlarda ushbu mavzu bo'yicha turli takliflar mavjud. Ulami o'rganib va umumlashtirib hamda bu soha bo'yicha uzoq yilik tajribadan kelib chiqib ushbu holatga to'xtaldik. Bu bizning fikrimizcha iqtisodiy tahlilning turlariga bo'lgan nazariy va amaliy jihatdan qo'yiladigan talabni ma'lum darajada qondiradi deb o'ylaymiz.
Iqtisodiy tahlil mazmuni bo'yicha uch guruhga bo'linadi: glabal, lokal va temmatik.
Glabal tahlil deganda xo'jalik yurituvchi sub'ektning faoliyatini atroflicha to'liq yaxlit holda o'rganish tushiniladi.
Lokal tahlil deganda xo'jalik yurituvchi sub'ekt faoliyatining alohida bir tarkibiy qismini o'rganish tushiniladi. Misol tariqasida aksiyadorlik jamiyati xo'jalik faoliyatini olish mumkin. Uning tarkibiga bosh korxona va oltita sho'ba korxonalari kiradi deb faraz qilamiz. Hammasining holatini yaxlit holda bir hisobot davri mobaynida erishilgan natijalari bo'yicha tahlil qilish global tahlilga misol bo'lishi mumkin. Uning alohida bo'linmalarini tahlil qilish lokal tahlilga misol bo'lsa, shu bo'linma ichida alohida bir mavzuni o'rganishga bag'ishlangan tahlil tematik tahlilga misol bo'lishi mumkin.
Demak, tematik tahlil deganda xo'jalik yurituvchi sub'ekt faoliyatini alohida mavzusi bo'yicha tahlil qilish tushiniladi. Bunga aksiyadorlik jamiyatining bozor faolligini, ish faolligini, moliyaviy barqarorligini ifodalovchi ko'rsatkichlar tahlili kabilarni misol keltirish mumkin.
Bular o'rtasidagi bog'liqlik quyidagi chizmada keltirilgan (2-chizma).
Iqtisodiy taxlilning to'rlari va shakllarini tasniflashda uning alohida xillari shartli ravishda olingan. Bunda tasniflash belgilari va ularga kirituvchi iqtisodiy tahlil turlari mualliflar nuqtai nazaridan tahlilning nazariy va amaliy jihatlarini hisobga olgan holda yondoshilgan.
Vaqt - betakror boylik. Agar u yo'qotilsa qayta tiklanmaydi. SHu tufayli vaqtni yo'qotmaslik lozim. Vaqtning o'tishi bilan ishlab chiqarish jarayoni davom etadi. Ma'lum bir davrda natija hisob-kitob qilinadi, chamalanadi, tegishli kamchiliklar va yutuqlar aniqlanadi. SHu tufayli har bir vaqtda sodir bo'lgan jarayonni uzluksiz ravishda tahlil qilib turish lozim. SHu jihatdan iqtisodiy tahlil uchga bo'linadi: tezkor tahlil, joriy tahlil, istiqbol tahlili.
Tezkor tahlil deganda hisobot davri davomida, u tugamasdan o'tkaziladigan tahlil tushiniladi. Masalan, hisobot davri bir chorak deydigan bo'lsak, uning tomom bo'lishini kutish uchun uch oy kerak. Ammo shu muddatda qanday natijaga erishish mumkinligini aniqlash uchun shu davr ichida tezkor tarzda har kuni, har haftada, har o'n kunlikda, har oyda tahlil qilib borish lozim. Bu aynan shu hisobot davrida (chorak ichida) amalga oshiriladi. SHu tufayli ushbu tahlil tezkor tahlil hisoblanadi.
Joriy tahlil deganda hisobot davri tugashi bilan buxgalteriya, statistik va tezkor hisobot ma'lumotlari va boshqa axborot manbalariga asosan o'tkaziladigan tahlil tushiniladi. Masalan, hisobot davri chorak bo'lsa, u tugashi bilan buxgalteriya, statistik va tezkor hisobotlar tuziladi. Hamda ular tegishli tashkilotlarga (soliq idorasiga, moliya, statistik bo'linmalarga) topshiriladi. asl nusxasi shu xo'jalik yurituvchi sub'ektda qoladi. Ana shu hisobot ma'lumotlariga asosan ushbu xo'jalik yurituvchi sub'ektning faoliyati joriy tahlil qilinadi.
zamon nuqtai
nazaridan batafsil o'rganiladi. Hamda shu obekt haqida to'liq va yaxlit xulosaga kelinadi.
Masalan, marketing xiz-matchilari faqat o'z xizmatlariga tegishli qismini tahlil qiladi. Yoki xo'jalik
yurituvchi subektning birqancha bo'linmalari bo'lishi mumkin. U holda faqat
bitta bo'linmasini o'rganish zaruriyati to'g'iladi va x.k. Shunday sharoitlarda xo'jalik faoliyati-ning lokal tahlili amalga oshiriladi.
mavzularni tashkil qiladi. Shu alohida mavzularni o'rganishga bag'ishlangan tahlil tematik tahlil deb aytiladi.
2-chizma. Iqtisodiy tahlilning mazmunini qamrab olish bo'yicha tasnifi
Joriy tahlilning qo'layligi shundaki, u ma'lum bir davr o'tgach barcha natijalar jamlangan, xo'jalik faoliyati natijalari to'g'risidagi ma'lumotlar qonuniylashgan bo'ladi. Ammo shu bilan birgalikda aniqlangan kamchiliklar o'tgan davrga tegishli bo'ladi. uni bartaraf qilish uchun vaqt o'tgan bo'ladi. Lekin shu kamchiliklarga endilikda yo'l qo'ymaslik uchun tegishli chora tadbirlar qo'llaniladi.
Makroiqtisodiy tahlilda makro darajadagi ko'rsatkichlarning holati bilan birga ularning o'zgarishiga ta'sir qiluvchi omillar ham o'rganiladi. Bu faqat makroiqtisodiy tahlilning vazifasi, maqsadi va ob'ektiga kiradi. shu tufayli makroiqtisodiy tahlilning metodologik va nazariy asosi yaratilishi lozim.
Xo'jalik yurituvchi sub'ektlar faoliyati odatda batafsil tahlil qilinadi. Ammo ba'zi hollarda uni batafsil o'rganishga hojat bo'lmasligi mumkin. Bunday hollarda xo'jalik faoliyatining bir qismini tanlab tahlil qilish mumkin. Masalan, auditorlar uchun xo'jalik faoliyatini batafsil tahlil qilib o'tirishiga hojat yo'q. Ular faqat ayrim ko'rsatkichlari bo'yicha auditorlik tahlilini o'tkazsa etardi. Yoki marketing tahlilini olish mumkin. Bunda ham xo'jalik faoliyatini ifodalovchi barcha ko'rsatkichlarni tahlil qilishga xojat yo'q. Faqat bozor faolligi bilan bog'liq ko'rsatkichlar tanlab olingan holda tahlil qilinsa yetarli.
Iqtisodiy tahlilning shakllari o'ziga xos xususiyatga ega bo'lib, ularning har biri ma'lum darajada mustaqil usullarga va tushunchalarga ega. Shu jihatdan uning turlari ma'lum bir belgilari bo'yicha tasniflansa, shakli esa o'ziga xosligi bilan ajralib turadi. Iqtisodiy tahlilning turlarida, asosan, tahlilda qo'llaniladigan barcha usullardan foydalanilsa, usullarida esa o'ziga xos turlaridangina foydalaniladi. Yuqoridagi jadvalda iqtisodiy tahlilning shakllari keltirilgan. Masalaning qo'yilishi, ma'lum bir maqsadga erishish uchun bu tahlil shakllaridan ayrim sub'ektlar alohida foydalanishlari ham mumkin. Ushbu tahlil shakllarining o'ziga xosligi to'g'risida
ma'lum bir tushuncha berish uchun ularning ayrimlariga to'xtalishni maqsadga muvofiq deb topdik.
Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati.
1. Xoliqulov A.N. Iqtisodiy tahlil. O'quv qo'llanma. Samarqand.: Fan bulog'i nashriyoti uyi, 2023, 212 bet
2. Астахов В.П. «Анализ финансовой устойчивости фирмы (процедуры связанный с банкротством)». М.; «Финансы и статистика» 1996.
3. Войтоловский Н.В. Экономический анализ: Основы теории. Комплексный анализ хозяйственной деятельности организации. Учебник.-М.: Высшее образование, 2005.
4. Pardayev M.Q., Xoliqulov A.N., Oltaev Sh.S. Makroiqtisodiy tahlil va prognozlashtirish. O'quv-uslubiy qo'llanma, Samarqand. SamISI, 2022, 84 bet.
5. Xoliqulov A.N,Usmanova D.Q., A.O.Qarshiyev. Tarmoqlar sohasini tartibga solish va raqobat. O'quv qo'llanma. Samarqand.: Fan bulog'i nashriyoti uyi, 2022, 174 bet
6. www.iqtisodiyot.uz