Научная статья на тему 'BOZOR IQTISODIYOTI SHAROITIDA XO‘JALIK SUB’YEKTLARINING MOLIYAVIY HOLATINI O‘RGANISHNING AHAMIYATI'

BOZOR IQTISODIYOTI SHAROITIDA XO‘JALIK SUB’YEKTLARINING MOLIYAVIY HOLATINI O‘RGANISHNING AHAMIYATI Текст научной статьи по специальности «Экономика и бизнес»

CC BY
1185
103
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
bozor iqtisodiyoti / ma'lumotlar to'plami / moliyaviy holat / iqtisodiy tahlil / tadbirkorlik sohasi / mahsulot / xizmat.

Аннотация научной статьи по экономике и бизнесу, автор научной работы — Xoliqulov Anvar Nematovich, Eshmurzayev Otabek

Ushbu maqolada iqtisodiy tahlilning mohiyati va mazmuni, bozor iqtisodiyoti sharoitidagi zaruriyati hamda uning ahamiyati to’g’risida mualliflar tomonidan fikr-mulohazalar keltirilgan. Qolaversa, bugungi rivojlangan zamonamizda bozor iqtisodiyoti sharoitida xo‘jalik sub’yektlarining moliyaviy holatini o‘rganishning ahamiyati bo’yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «BOZOR IQTISODIYOTI SHAROITIDA XO‘JALIK SUB’YEKTLARINING MOLIYAVIY HOLATINI O‘RGANISHNING AHAMIYATI»

BOZOR IQTISODIYOTI SHAROITIDA XO'JALIK SUB'YEKTLARINING MOLIYAVIY HOLATINI O'RGANISHNING

AHAMIYATI

Xoliqulov Anvar Nematovich

Samarqand iqtisodiyot va servis instituti Iqtisodiy tahlil va satatistika kafedrasi mudiri, i.f.n., dots.

Eshmurzayev Otabek

Samarqand iqtisodiyot va servis instituti IK-S-420 guruh talabasi

Annotatsiya: Ushbu maqolada iqtisodiy tahlilning mohiyati va mazmuni, bozor iqtisodiyoti sharoitidagi zaruriyati hamda uning ahamiyati to'g'risida mualliflar tomonidan fikr-mulohazalar keltirilgan. Qolaversa, bugungi rivojlangan zamonamizda bozor iqtisodiyoti sharoitida xo'jalik sub'yektlarining moliyaviy holatini o'rganishning ahamiyati bo'yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqilgan.

Kalit so'zlar: bozor iqtisodiyoti, ma'lumotlar to'plami, moliyaviy holat, iqtisodiy tahlil, tadbirkorlik sohasi, mahsulot, xizmat.

Mustaqillik bozor iqtisodiyotiga o'tish jarayonida turli mulk shaklidagi korxonalar faoliyatiga to'liq erkinlik berdi. Ayniqsa, savdo-sotiqda erkin munosabat yuritish, hamkorlikda faoliyat ko'rsatish uchun sherik tanlay bilish, o'zi ishlab chiqargan mahsulot va uni sotishdan olgan daromadga to'liq egalik qilish moliyaviy ko'rsatkichlarining o'zgarishiga bevosita ta'sir etadi.

Yangicha ish yuritish avval uchramagan muammolarni keltirib chiqarmoqda. Jumladan, tashqi va ichki bozordan tajribali mijoz va hamroh tanlash bilan birga ularning moliyaviy imkoniyatlarini o'rganish zarurligini ko'rsatadi.

Korxonalarning xo'jalik faoliyatini tahlil qilish, ularning ishlarini yaxshilash, samaradorligini oshirishning muhim omili bo'lib kelgan va shunday bo'lib qoladi. Xo'jalik faoliyatini tahlil qilish korxonalarning ishlab chiqarish, moliyaviy, mehnat resurslaridan oqilona foydalanish darajasini aniqlashga yordam beradi, foydalanilmagan resurslarni aniqlab; korxonalarning kelgusida rivojlanishi, ularning moliyaviy holatini yaxshilash uchun zarur tavsiyalarni ishlab chiqishga imkon beradi.

Respublikamiz io'tisodiyotini bozor munosabatlariga o'tkazish bilan korxonalar xo'jalik faoliyatini tahlil qilishni ahamiyati yanada ortadi, chunki bozor munosabatlari sharoitida ishlab chiqarishga joriy etilmagan resurslarni aniqlash va ulardan samarali foydalanish eng dolzarb muammoga aylanadi.

Bozor munosabatlarining shakllanishi, rivojlanishi ko'p bosqichli bozor iqtisodiyotini barpo etish, har xil shakldagi biznesni va ishbilarmonlikni rivojlantirish shunga olib keladiki, korxonalar faoliyatini moliyaviy natijalari - foyda va rentabellik korxonalar faoliyatini asosiy ko'rsatkichlariga aylanadi.

Iqtisodiyotni rivojlantirishda haddan tashqari markazlashtirilgan ma'muriy buyruqbozlik, rasmiyatchilik, rejalashtirish va boshqarish tizimidan voz kechish bozor munosabatlaridan keng frydalanish, korxonalarning iqtisodiy mustaqilligini kengaytiradi, ularning moliyaviy holatiga e'tiborni oshiradi hamda korxonalarning moliyaviy holati bilan shug'ullanuvchi, undan manfaatdor tashkilot va organlarning tarkibini kengaytiradi.

Agar ilgari korxonalarning xo'jalik faoliyatini, ularning moliyaviy holatini tahlil qilish bilan faqat moliya, bank, statistika organlari va yuqori tashkilotlar shug'ullangan bo'lsalar, endilikda bu ish bilan yuqorida ko'rsatilagn tashkilotlardan tashqari soliq organlari, auditorlik idoralari, jamoa tashkilotlari, aksionerlar, ta'minlovchilar, iste'molchilar va boshqa organlar va tashkilotlar ham shug'ullanishyapti.

Bu holat moliyaviy tahlil, jumladan, uni bajarish uslubi oldiga yangi talablar qo'ymoqda.

Ma'lumki, sobiq ittifoq davrida korxonalar xo'jalik faoliyatini tahlil qilish, jumladan, korxonalarning moliyaviy holatini tahlil etishning uslubiy masalalari markazda - butun ittifoq organlari tomonidan ishlab chiqarilardi, muammolari echilardi va ittifoqdosh respublikalarga foydalanish uchun jo'natilar edi.

Sobiq ittifoqning tarqatilishi tufayli ittifoqdosh respublikalar mustaqil davlatlarga aylandi, ulardan har bittasi bozor munosabatlariga o'tish uchun o'z yo'lini tanlab, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishni davom ettirib, bozor iqtisodiyotini shakllantirmoqda. Ular orasida O'zbekiston ham o'zining bozor iqtisodiyotiga o'tish modelini ishlab chiqib, xalq xo'jaligini bozor munosabatlari sharoitida rivojlantirgan holda ijobiy natijalarni qo'lga kiritib kelayotir.

Respublikada amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlarni huquqiy bazasini tashkil qiluvchi Respublika Qonunlari, Prezident Farmonlari va Vazirlar Mahkamasining yuzlab qarorlari qabul qilindi va qabul qilinyapti.

Respublikada amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlarning eng asosiy yo'nalishlaridan biri - bu boshqaruv tizimini takomillashtirish hisoblanadi. Bu masalani ijobiy hal etishda korxonalarning xo'jalik faoliyati va moliyaviy holatini tahlil qilish katta rol o'ynaydi. Chunki korxonalar faoliyatini tahlil qilish boshqaruv tizimi samaradorligini oshirishning muhim sharti hisoblanadi.

Bozor munosabatlari davrida bu shartning asosiy qismi bo'lib korxonalar moliyaviy holatining tahlili hisoblanadi. Respublikada yangi moliyaviy hisobot shakllari qabul qilindi, ularni o'rganish va ulardan keng foydalanish uslullarini barpo etish katta ahamiyatga ega.

Bozor munosabatlari davrida respublikada bu masalani echish maqsadida moliyaviy tahlil uslubiyatini takomillashtirish uchun bir qator tadbirlar amalga oshirilmoqda. Lekin bu borada hali echilmagan muammolar ham kam emas. Moliyaviy tahlilning o'tkazishdan manfaatdor tashkilotlar, organlar, mutaxassislar hali ham ilmiy, ham amaliy nuqtai nazardan asoslangan uslub bilan ta'minlangan emaslar. Bu holat, albatta bozor munosabatlarini shakllantirish davrida korxona va tashkilotlarga samarali boshqaruvchilik qilishda salbiy rol o'ynamoqda.

Korxonalarning moliyaviy holati bu:

• komples ravishdagi tushuncha bo'lib, u o'z ichiga keng ko'rsatkichlar tizimini oladi, ular korxonalarning moliyaviy resurslari borligini, holatini, joylashganligini va ulardan foydalanish darajasini ifodalaydi;

• korxonalar faoliyatidagi butun ishlab chiqarish va xo'jalik omillarining harakati, ularning o'zaro aloqadorlik natijasidir;

• korxonalarning mo''tadil ishlab chiqarish, tadbirkorlik va boshqa faoliyati uchun zarur bo'lgan moliyaviy resurslar bilan ta'minlanganligi va ulardan samarali foydalanish ifodasidir;

• korxonalarning boshqa xo'jalik sub'ektlari, organlari va tashkilotlari bilan o'zaro aloqalarni haqiqiy aks ettirishidir.

Korxonalarning ichki va tashqi omillar ta'siri ostida shakllangan moliyaviy holati, ularning istiqbolini aniqlash bilan birga, bu korxona bilan aloqada bo'lgan boshqa tashkilotlar va korxonalarning moliyaviy holatiga ta'sir ko'rsatadi. Umuman korxonalarning ishlab chiqarish, xo'jalik faoliyatini, jumladan ularning moliyaviy holati tahlili asosini bir butun kompleks iqtisodiy fanlar: iqtisodiy nazariya, makro va mikro io'tisodiyot, menejment va marketing, statistika, buxgalteriya hisobi, audit, moliya, kredit, pul muomalasi va boshqalar tashkil etadi. Demak, tahlilchi mutaxassis-auditorlar keng iqtisodiy ilmga ega bo'lishlari lozim.

Korxonalarning moliyaviy holatini tahlil qilish, ya'ni moliyaviy tahlil - bu keng ko'rsatkichlar yordamida, kompleks usullaridan foydalanib korxonalarning moliyaviy resurslari borligini, holatini, joylashganligi va ulardan foydalanish darajasini ifodalashdir.

Moliyaviy tahlil ko'p qirrali murakkab jarayon bo'lib, u tashkil qilinishi, buning uchun esa bir qator talablarga asoslanishi kerak. Bu talablar quyidagilardan iborat:

• absolyut va nisbiy ko'rsatkichlar o'rtasidagi aloqalarni borligini bilish;

• moliyaviy tahlil mobaynida absolyut va insbiy ko'rsatkichlardan birgalikda foydalanish;

• moliyaviy tahlil mantiqiy ravishda amalga oshirilib, u induktiv usulga - alohida hodisalardan umumiy hodisalarga o'tish, moliyaviy holatning bir shakl ko'rinishidan umumiy ko'rinishga o'tish va deduktiv usulga - umumiy hodisalardan alohida hodisalarga o'tishga asoslanib tahlil qilish;

• hamma foydalanilayotgan ko'rsatkichlar bir xil, asoslangan usulda aniqlanishi lozim;

• moliyaviy holatni tahlil qilisha tahlil qilinayotgan korxona ko'rsatkichlarini boshqa korxonalar, o'rtacha tarmoq ko'rsatkichlari va ilg'or korxonalar ko'rsatkichlari bilan taqqoslash;

• moliyaviy tahlilning har tomonlama bo'lishligi va korxonalarning umumiy moliyaviy holatiga ta'sir qiluvchi omillarni tahlil etish;

• moliyaviy tahlilni samarali o'tkazish uchun kerakli ma'lumotlarni oldindan tayyorlash va bu borada asosiy tasdiqlangan moliyaviy manbalar bilan cheklanmasdan birlamchi buxgalteriya hisobi ma'lumotlaridan foydalanish;

• moliyaviy tahlil ob'ektiv ravishda tashkil qilinib, u korxonalarning moliyaviy holati real darajasini ifodalashi lozim;

• moliyaviy tahlil o'z vaqtida o'tkazilib, tahlil yakunlariga asoslanib, moliyaviy holatni yaxshilash choralarini o'z vaqtida amalga oshirishga imkon berish;

• moliyaviy tahlil kompleks ravishda o'tkazilib, unda moliyaviy holatning hamma shakl va yo'nalishlari ifodalanishi lozim;

• moliyaviy tahlil o'z vaqtida va haqqoniy bo'lib, u moliyaviy holatni ko'tarishga bag'ishlangan tadbirlarni ishlab chiqib, ularni amalga oshirishga imkon berishi kerak;

• moliyavi holatni tahlil qilish shunday vaqtda o'tkazilishi kerakki, tahlil yakunlari quyidagi maqsadni amalga oshirib, korxona boshqaruv faoliyatini takomillashtirish imkoniyatini tuldirishi lozim;

• moliyaviy tahlil barcha yig'ilgan va umumlashtirilgan ma'lumotlarga asoslanb, kerakli ko'rsatkichlardan foydalanib, bu ko'rsatkichlarning asosliligi to'g'ri usullarda aniqlanshi lozim.

Moliyaviy tahlil quyidagi xususiyatlarga ega:

• moliyaviy tahlilning yakunlari ochiq bo'lib, ulardan hamma foydalanishi mumkin;

• moliyaviy tahlilning sub'ektlari va bu tahlilning yakunlaridan foydalanuvchi organ, korxona, tashkilotlar tarkibi keng;

• moliyaviy tahlil hamma uchun moslangan, nashr etilgan hisobot ma'lumotlariga asoslanadi;

• moliyaviy tahlil korxonalar ichki boshqaruv muammolarini echish uchun o'tkaziladi;

• moliyaviy tahlilning yo'nalishi moliyaviy hisobot ma'lumotlari bilan cheklangan bo'lib, unda chegaralangan bir aniq vazifalar echiladi. Bu moliyaviy mustahkamlik, balans likvidligi, foyda, rentabellik darajasi va boshqalardir.

Ko'rinib turibdiki, korxonalarning moliyaviy holatini tahlil o'ilish keng miqyosda va aniq vazifalarni bajarish uchun o'tkaziladi. Korxonalarni ishlab chiqarish, xo'jalik faoliyatining moliyaviy holatini tahlil qilish uchun an'anaviy, qadimdan qo'llanilib kelinayotgan usullar bilan birga, keng tarzda statistika usullari, moliyaviy holatni ifodalovchi ma'lumotlarni yig'ish va umumlashtirish, statistik kuzatishlarni o'tkazish, absolyut, nisbiy, o'rtacha, dinamik ko'rsatkichlardan foydalanish, dinamik qatorlardan, iqtisodiy indekslar tizimidan, omillararo korrelyasiya aloqalarni aniqlash, jadval va chizma tizimidan foydalanish lozim.

Ko'rinib turibdiki, moliyaviy tahlil ko'p qirrali murakkab va muhim bo'lganligi sababli u bir qancha talablarga asoslangan bo'lishi lozim. YUqorida ko'rilgan talablarga asoslanib, moliyaviy tahlil korxonalarning moliyaviy holatini tahlil qilishda quyidagi vazifalarni bajarishga yo 'naltirilishi kerak:

1. Korxonalarning moliyaviy darajasini baholash;

2. Moliyaviy holatning o'zgarishini aniqlash;

3. Korxonaning to'lov qobiliyatiga baho berish;

4. Moliyaviy holatiga ta'sir ko'rsatuvchi omillarni tahlil qilish;

5. Korxonaning moliyaviy barqarorligi va moliyaviy mustahkamligiga baho berish;

6. Korxona balansi likvidligiga baho berish va unga ta'sir etuvchi omillarni aniqlash;

7. Aylanma mablag'lar aylanishiga baho berish;

8. Korxonalarda qo'lga kiritilgan moliyaviy holat darajasini ifodalab, bu borada hali foydalanilmagan imkoniyatlarni, mavjud zahiralarni ko'rsatib berish.

9. Korxonalarda hali foydalanilmagan imkoniyatlarni safarbar etish maqsadida tavsiyalar, takliflar ishlab chiqish va ularni amalga oshirish shart-sharoitlarini ko'rsatib berish.

Bajariladigan vazifalar shuni ko'rsatayaptiki, moliyaviy holatni tahlil qilish korxonalarda shakllanayotgan boshqaruv tizimini takomillashtirishda katta ahamiyatga ega. Moliyaviy tahlil boshlanmasdan tahlilning ob'ektlari va predmetlari aniqlanishi lozim. Moliyaviy tahlilning asosiy ob'ekti bo'lib, xo'jalik sub'ektlari, alohida korxonalar, tashkilotlar hisoblanadi. Lekin moliyaviy holat korxonalar guruhi, ishlab chiqarish tarmoqlari miqyosida ham aniqlanishi mumkin.

Moliyaviy tahlilning yo 'naltirilganligi nuqtai nazardan moliyaviy tahlil quyidagi shakllarda o 'tkazilishi mumkin:

• gorizontal tahlilda hisobot davridagi moliyaviy holatni ifodalovchi ko'rsatkichlar o'tgan davr bilan taqqoslanadi, ya'ni bu ko'rsatkichlarning dinamikasi aniqlanadi;

• vertikal tahlilda moliyaviy holatga taalluqli bo'lgan ko'rsatkichlarning tarkibiy tuzilmasi o'rganiladi. Masalan, korxona mablag'larining yoki ularni qoplovchi manbalarining hisobot davridagi tarkibi va uni o'tgan davrga nisbatan o'zgarishi ifodalanadi;

• nisbiy ko'rsatkichlar tahlilida moliyaviy holat ko'rsatkichlari o'rtasidagi aloqa o'rganiladi. Masalan korxona mablag'larining va ularning manbalari o'rtasidagi aloqa, moliyaviy resurslar va ulardan foydalanish o'rtasidagi aloqa ifodalanadi;

• taqqoslash tahlilida korxona bo'yicha moliyaviy holat uning alohida bo'limchalari moliyaviy holati bilan taqqoslanadi, bu korxonaning moliyaviy holati boshqa korxonalarning moliyaviy holati bilan solishtiriladi va pirovardida, omillar tahlilida korxonaning moliyaviy holatiga ta'sir ko'rsatuvchi omillar tahlil etiladi.

Korxanalar faoliyatini o'rganishda buxgalteriya hisoboti asosiy manba bo'lib xizmat qiladi. Ular moliyaviy ma'lumotlarning umumlashtirilishi natijasida tuziladi hamkorlikda ishlovchilar o'rtasida bir-birini o'rganish vositasi bo'ladi.

Hisobot ma'lumotlari asosida korxona faoliyatini o'rganishga qiziquvchilarni shartli ravishda bevosita va bilvosita talabgorlarga ajratish mumkin. Birinchi guruhga mulk egalari, qarz beruvchi, mol etkazib beruvchi, xaridorlar, soliqchilar, moliyachilar, korxona ishchi va rahbar xodimlari kiradi. Har bir qiziquvchi o'zining manfaati va talabiga qarab moliyaviy hisobotlarni tahlil etadi. Mulk egasi sarmoyadan qanchalik samarali foydalanilayotganligi, qo'shma olinadigan daromad summasi bilan qiziqsa, qarz beruvchi berilgan mablag'ni qaytarib olish imkoniyatini oldindan bilishga xarakat qiladi. Bilvosita qiziquvchi iste'molchilarga auditorlik

firmalari, birjalar, assotsiatsiya vakillari, matbuot xodimlari, kasaba uyushmalari va boshqalar kiradi. Ular moliyaviy holatga aloqador bo'lmasada, birinchi guruh talabgorlarining manfatini himoyalash maqsadida hisobot ma'lumotlarini o'rganadilar.

Moliyaviy ma'lumotlardan foydalangan holda korxonalar faoliyatiga to'g'ri baho berish muhim vazifadir. Ushbu kitobda buxgalteriya hisoboti asosida korxonalar faoliyatining moliyaviy tahlilini o'tkazish uslubi bayon etilgan. U moliyaviy hisobotni o'rganishga qiziquvchi tadbirkorlar, soliq, moliya, bank tizimi xodimlari va keng kitobxonlar ommasi uchun mo'ljallangan.

Bozor iqtisodi sharoitida javdal, jamoa, qo'shma, kichik hissadorlik, hususiy va boshqa shakldagi mulkka ega bo'lgan korxonalar moliyaviy ahvolini o'rganishning mazmuni shundan iboratki, bunda o'z vaqtida pul tushumlarining kelishi, hisoblashish intizomiga rioya qilish, hususiy va qarz mablag'larining to'g'ri nisbatga bo'lishini ta'minlash, moliyaviy tartib va intizomga, barcha ishlab chiqarish bug'inlarida iqtisod va tejamkorlikka rioya qilish muhim ahamiyat kasb etadi. Korxonalarning moliyaviy holati ko'p jihatdan - baho, kredit, foyda va uni iqtisodiy taqsimlanish mexanizmiga bog'liqdir. Barqarorlik bo'lgan joyda barcha xo'jalik muomalalari va hisob-kitoblar o'z vaqtida bajariladi. Shu bois bozor sharoitida har qanday korxonaning moliyaviy ahvolini bilish va o'rganishga e'tibor kuchaymoqda.

Korxonalarning moliyaviy holatini tahlil etishda moliyaviy tahlilning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat bo'ladi:

• korxonaning moliyaviy ahvolini har tomonlama o'rganib, uning holatiga aniq va holisona baho berish;

• mablag' va manbalarning joylanishini tekshirish, ularni to'g'ri yo'nalishda ishlatilganligini aniqlash;

• hisoblashish ishlarining o'z muddatida bajarilganligi, debitor va kreditorlik qarzlari tarkibini o'rganish;

• korxonaning o'ziga qarashli mablag'lari bilan qarz mablag'lari o'rtasidagi nisbat va aylanma mablag'larni manbaa bilan ta'minlanganligini tekshirish;

• moliyaviy intizomga qanchalik amal qilishni aniqlash va to'lov qobiliyatiga baho berish;

• korxona mulkining kadrligi va tez pulga aylana olish darajasini o'rganish;

• aylanma mablag'lardan foydalanishga baho berish va korxonaning moliyaviy ahvolini yaxshilash bo'yicha takliflar bayon etish va hokazo.

Tahlilning asosiy maqsadi - moliyaviy faoliyatdagi yutuq va kamchiliklarni aniqlab, mablag'lardan yanada to'g'ri foydalangan holda hisob-kitob tartibini mustahkamlashga qaratiladi. Demak, bu mahsulot ishlab chiqarish va uni sotish, harajatlarni tejash, pul-moliya aloqalari va boshqa faoliyatlarning bir-biriga bog'liqligini ko'rsatadi. Moliyaviy tahlilni bajarishda zarur bo'ladigan manbalarga korxona balansi, unga qilingan ilovalar va boshqa hisobot ma'lumotlari kiradi. SHuningdek, buxgalteriyaning sintetik va analitik schetlari ma'lumotlaridan ham keng foydalanish lozim. Chunki keyingi yillarda tuziladigan hisobotlarning hajmi qisqarib, tahlil imkoniyatlarini chegaralashga olib kelmoqda.

Ayniqsa mahsulot ishlab chiqarish va uni sotish, maxsus va maqsadli mablag'lar, zahira jamg'armasi, foyda va zararlar, turli xil hisob-kitoblar, qimmatli qog'oz va veksellar bo'yicha ma'lumotlardan ko'proq foydalaniladi. Bular xo'jalik faoliyatining to'g'ri boshqarilishi, uning moliyaviy barqaror bo'lishi va to'lov qobiliyatining yaxshilanishiga bevosita ta'sir ko'rsatadi.

Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati.

1. Xoliqulov A.N. Iqtisodiy tahlil. O'quv qo'llanma. Samarqand.: Fan bulog'i nashriyoti uyi, 2023, 212 bet

2. Астахов В.П. «Анализ финансовой устойчивости фирмы (процедуры связанный с банкротством)». М.; «Финансы и статистика» 1996.

3. Войтоловский Н.В. Экономический анализ: Основы теории. Комплексный анализ хозяйственной деятельности организации. Учебник.-М.: Высшее образование, 2005.

4. Pardayev M.Q., Xoliqulov A.N., Oltaev Sh.S. Makroiqtisodiy tahlil va prognozlashtirish. O'quv-uslubiy qo'llanma, Samarqand. SamISI, 2022, 84 bet.

5. Xoliqulov A.N,Usmanova D.Q., A.O.Qarshiyev. Tarmoqlar sohasini tartibga solish va raqobat. O'quv qo'llanma. Samarqand.: Fan bulog'i nashriyoti uyi, 2022, 174 bet

6. www.iqtisodiyot.uz

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.