Научная статья на тему 'Направления анализа финансовых результатов промышленных предприятий'

Направления анализа финансовых результатов промышленных предприятий Текст научной статьи по специальности «Экономика и бизнес»

CC BY
103
17
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Общество и инновации
ВАК
Область наук
Ключевые слова
экономика / общество личности / анализ финансовых результатов / трудовые ресурсы / рыночные отношения / прибыль / рентабельность / секторы экономики / промышленные предприятия / финансовая отчетность. / economics / human society / financial performance analysis / labor resources / market relations / profit / profitability / economic sectors / industrial enterprises / financial reporting.

Аннотация научной статьи по экономике и бизнесу, автор научной работы — Мирзулугбек Алихонов, Хамиджон Саримсаков

В статье дается ряд комментариев по организации деятельности промышленных предприятий и анализу их финансовых показателей. Также представлены результаты ряда исследований о значении рыночных отношений в анализе экономической деятельности предприятий. Приведены примеры ряда преимуществ использования финансовой отчетности в качестве базы данных для анализа финансового положения.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Areas of analysis of the financial results of industrial enterprises

This article provides a number of comments on the organization of the activities of industrial enterprises and the analysis of their financial performance. The results of a number of studies on the importance of market relations in the analysis of economic activity of enterprises are also presented. Examples are given of a number of advantages of using financial reporting as a database to analyze the financial situation.

Текст научной работы на тему «Направления анализа финансовых результатов промышленных предприятий»

Жамият ва инновациялар -Общество и инновации -Society and innovations

Journal home page: https://inscience.uz/index.php/socinov/index

Areas of analysis of the financial results of industrial enterprises

Mirzoulougbek ALIXONOV1 Xamidjon SARIMSAQOV2

Andijan Machine building institute

ARTICLE INFO

ABSTRACT

Article history:

Received September 2021 Received in revised form 15 September 2021 Accepted 20 October 2021 Available online 15 November 2021

Keywords:

economics,

human society,

financial performance

analysis,

labor resources,

market relations,

profit,

profitability, economic sectors, industrial enterprises, financial reporting.

This article provides a number of comments on the organization of the activities of industrial enterprises and the analysis of their financial performance. The results of a number of studies on the importance of market relations in the analysis of economic activity of enterprises are also presented. Examples are given of a number of advantages of using financial reporting as a database to analyze the financial situation.

2181-1415/© 2021 in Science LLC.

DOI: https://doi.org/10.47689/2181-1415-vol2-iss10/S-pp343-347 This is an open access article under the Attribution 4.0 International (CC BY 4.0) license (https://creativecommons.org/licenses/by/4.0/deed.ru)

Sanoat korxonalarida moliyaviy faoliyat tahlili yo'nalishlari

ANNOTATSIYA

Kalit so'zlar:

iqtisodiyot, kishilik jamiyati, moliyaviy faoliyat tahlili, mehnat resurslari, bozor munosabatlari, foyda, rentabellik, iqtisodiyot sektorlari, sanoat korxonalari, moliyaviy hisobot.

Ushbu maqolada sanoat korxonalari faoliyatini tashkil etish va ularning moliyaviy faoliyat tahlili haqidagi bir qator fikr mulohazalar keltirilgan.Shuningdek, korxonalarning xo'jalik faoliyatini tahlil etishda bozor munosabatlarining ahamiyati to'g'risida ham qator izlanishlar natijalari keltirib o'tilgan. Moliyaviy holatni tahlil qilish uchun moliyaviy hisobotdan axborot bazasi sifatida foydalanishning bir qator afzalliklari haqida misollar keltirilgan.

1 2nd year master's student, "Information technologies and systems in economics", Andijan Machine Building Institute, Andijan, Uzbekistan

2 Candidate of Economic Sciences, Associate Professor, Andijan Machine Building Institute, Andijan, Uzbekistan

Направления анализа финансовых результатов промышленных предприятий

АННОТАЦИЯ_

В статье дается ряд комментариев по организации деятельности промышленных предприятий и анализу их финансовых показателей. Также представлены результаты ряда исследований о значении рыночных отношений в анализе экономической деятельности предприятий. Приведены примеры ряда преимуществ использования финансовой отчетности в качестве базы данных для анализа финансового положения.

Kishilik jamiyatining vujudga kelishi, ya'ni jamoa bo'lib yashash va ishlash insoniyat ongining takomillashib borishiga turtki bo'ldi. Insoniyat ongining rivojlanishi natijasida borliqni o'rganish borasida turli fikr va qarashlar paydo bo'la boshladi. Xo'jalik faoliyatini iqtisodiy tahlil qilish fikri ham jamiyat rivojlanishining natijasidir.

Korxonalarni to'g'ri, oqilona boshqarish, uning moliyaviy holatini yaxshilash, raqobatbardoshlik quvvatini oshirish xo'jalik faoliyatini chuqurroq o'rganishni talab qiladi. O'zbekistonning mustaqillikka erishishi bozor iqtisodiyotiga o'tish jarayonida turli mulk shaklidagi korxonalar faoliyatiga to'liq erkinlik berdi. Yangicha ish yuritish, jumladan, tashqi va ichki bozordan tajribali mijoz va hamkorlarni tanlash bilan birga ularning moliyaviy imkoniyatlarini o'rganish dolzarb masala bo'lib maydonga chiqdi.

Korxonalarning xo'jalik faoliyatini tahlil qilish, ularning ishlarini yaxshilash korxona samaradorligini oshirishning muhim omili bo'lib hisoblanadi. Xo'jalik faoliyatini tahlil qilish korxonalarning ishlab chiqarish, moliyaviy, mehnat resurslaridan oqilona foydalanish darajasini aniqlashga yordam beradi, foydalanilmayotgan resurslarni aniqlab, ularning kelgusida yanada rivojlanishi, ularning moliyaviy holatini yaxshilash uchun zarur tavsiyalarni ishlab chiqishga imkon beradi.

Bozor munosabatlarining shakllanishi, rivojlanishi ko'p ukladli bozor iqtisodiyotini barpo etish, har xil shakldagi biznesni va ishbilarmonlikni rivojlantirish shunga olib keladiki, korxonalar faoliyatining moliyaviy natijalari - foyda va rentabellik korxonalar faoliyatining asosiy ko'rsatkichlariga aylanadi.

Respublikamiz bozor iqtisodiyotiga bosqichma-bosqich o'tayotgan bir sharoitda iqtisodiyot sektorlarining uzluksiz faoliyat yuritishi va barqaror rivojlanishi muhim hisoblanadi. Bozor iqtisodiyotiga o'tishning dastlabki bosqichida iqtisodiyotni isloh qilishning g'oyat muhim yo'nalishlarini belgilab beruvchi asosiy ustuvor usullar belgilab olindi. Mazkur masalalarni to'g'ri mushohada qilgan holda O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2020-yilning 29-dekabrida Oliy Majlisiga qilgan Murojaatnomasida ushbu masalaga tanqidiy baho berib, shunday degan edilar: "Yangi O'zbekistonni yaratishda, oldimizda turgan birinchi va asosiy vazifa - bu izchil iqtisodiy o'sish, chuqur tarkibiy o'zgarishlarni amalga oshirish, ishlab chiqarishni moderni-zatsiyalashtirish va raqamli texnologiyalarni joriy etish makroiqtisodiy va moliyaviy barqarorlikka erishishning asosi hisoblanadi". [1. 3-b] Shu jihatdan qaraganda, korxona-

Ключевые слова:

экономика, общество личности, анализ финансовых результатов, трудовые ресурсы, рыночные отношения, прибыль, рентабельность, секторы экономики, промышленные предприятия, финансовая отчетность.

гаяген

larning barqaror faoliyat yuritishida, ishlab chiqarish jarayonining barcha elementlari, shu jumladan, buxgalteriya hisobi, audit va iqtisodiy tahlil mukammal ishlashi kerak.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODLAR

Iqtisodiyot sektorida bozor munosabatlarini chuqurlashtirish ushbu sohada iqtisodiy islohotlarni yanada jadallashtirishni taqozo etadi. Shu sababli moliyaviy hisobot shakllari va ularning tahlilini takomillashtirish, uni barcha sektorlarning tuzilmasiga va o'zgarishlariga mos tarzda qayta qurish, korxonaning moliyaviy-iqtisodiy holatini o'rganish va nazorat qilishning maqsadli shaklini ishlab chiqish hamda qaror toptirish bugungi kunning muhim vazifalaridan hisoblanadi. Shu jihatdan ham keyingi yillarda respublikamizda boshqaruv va moliyaviy tahlilga e'tibor kuchaygan.

Agar ilgari korxonalarning xo'jalik faoliyatini, ularning moliyaviy holatini tahlil qilish bilan faqat moliya, bank, statistika organlari va yuqori tashkilotlar shug'ullangan bo'lsalar, endilikda bu ish bilan yuqorida ko'rsatilgan tashkilotlardan tashqari soliq organlari, auditorlik idoralari, jamoa tashkilotlari, aksionerlar, ta'minlovchilar, iste'mol-chilar va boshqa organlar, tashkilotlar ham shug'ullanishmoqda.

Bu holat moliyaviy tahlil, jumladan, uni bajarish uslubi oldiga yangi talablar qo'ymoqda. Sanoat korxonalarida moliyaviy faoliyat tahlili yo'nalishlari, bizning fikrimizcha, quyidagi sohalarni o'z ichiga oladi:

> global maqsadlar (tashkilot samaradorligini oshirish uchun yashirin, foydalanilmayotgan zaxiralarni aniqlab topish, buning natijasida mumkin bo'lgan maksimal foydani olishga erishish);

> umumiy maqsadlar (boshqaruv qarorlarini asosli qabul qilish uchun materiallar tayyorlash);

> shaxsiy maqsadlar (aniq iqtisodiy vaziyat bilan belgilanadi).

Moliyaviy tahlil muayyan axborot tizimiga asoslangan. Korxonaning moliyaviy holatini aniqlash uchun asosiy ma'lumot manbayi moliyaviy hisobotdir. Moliyaviy hisobot - bu kompaniyaning biznes natijalarini aks ettiruvchi shakllar, ko'rsatkichlar va ularga tushuntirish materiallari. Hozirgi vaqtda moliyaviy holatni samarali tahlil qilishda "Pul oqimi to'g'risidagi hisobot" alohida ahamiyatga ega bo'lib, u foydalanuvchiga korxona operatsiyalarini amalga oshirishda kompaniya aktivlarining pul ishlab chiqarish qobiliyatini baholash imkonini beradi, uning ishidagi muvaffaqiyat va barqarorlikni tahlil qilishda eng muhim mezon.

Moliyaviy holatni tahlil qilish uchun moliyaviy hisobotdan axborot bazasi sifatida foydalanish bir qator afzalliklarga ega. Bularga turli korxonalar uchun hisobot shaklining bir xilligi (bu ko'rsatkichlarni hisoblashning bir xil usullarini qo'llash imkonini beradi), ochiqlik (korxonani ichki va tashqi foydalanuvchilar tomonidan baholash uchun hisobotdan foydalanish imkonini beradi) kiradi. Moliyaviy hisobotni tayyorlash majburiy bo'lib, tahlil uchun qo'shimcha xarajatlar talab qilmaydi. Korxonaning moliyaviy holatini tahlil qilish usullari, birinchi navbatda, ishlatilgan ko'rsatkichlar majmuasida, shuningdek, tahlil maqsadlarida farq qiladi. Moliyaviy holatni tahlil qilishning uslubiy yondashuvlarini va tahlil qilish samaradorligi muammosini o'z asarlarida ko'rib chiqishgan rus olimlari: I.I. Mazurova, M.V. Romanovskiy, N.A. Rusak, V.A. Rusak va o'zbek olimlaridan A.V. Vahobov, A.T. lbrohimov, N.F. Ishonqulov va A.U. Burxonov va boshqalar.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Moliyaviy holat tahlili qo'llaniladigan boshqaruvning asosiy obyektlariga quyidagilar kiradi: kreditlar, ssudalar berish va olish; qo'shma loyihalar va shartnomalarni bajarish; moliyaviy barqarorlik va to'lov qobiliyati, aksiyalar, ishlab chiqarish, debitorlik va kreditorlik qarzlarini boshqarish. Moliyaviy natijalarni baholash, har xil muddatlarga rejalar tuzish, bankrotlik protseduralarini amalga oshirish va hokazolar juda muhimdir [3. 12-b].

Sanoat korxonalarining moliyaviy holatini tavsiflovchi indikatorlar sifatida ayrim ko'rsatkichlar muhim o'rin tutadi.

I. Mulkni baholash ko'rsatkichlari:

1. Asosiy vositalarning umumiy aktivlar ulushidagi ulushi,%. Asosiy vositalar aktivlarining kapitallashuv darajasini tavsiflaydi. Asosiy vositalar qiymati va umumiy qoldiq.

2. Asosiy vositalarning amortizatsiya darajasi,%.

Asosiy vositalarning holatini tavsiflaydi. Yig'ilgan amortizatsiya / asosiy vositalarning dastlabki qiymati.

II. Moliyaviy holatni baholash.

1. O'z aylanma aktivlarining miqdori, ming so'm. Sof aylanma mablag'larni tavsiflaydi. Joriy aktivlar - joriy majburiyatlar.

2. O'zining aylanma aktivlarining umumiy miqdoridagi ulushi,%. Korxonaning barcha aktivlarida aylanma aktivlarning mavjudligini tavsiflaydi. O'zining aylanma aktivlari / aylanma aktivlari.

3. Joriy likvidlik koeffitsienti tashkilotning joriy aktivlarining qisqa muddatli majburiyatlarini to'lash uchun yetarli ekanligini ko'rsatadi.

III. Rentabellikni baholash.

1. Sotishdan tushgan foyda (zarar), ming so'm. Yalpi foydani boshqaruv va sotish xarajatlarini hisobga olmaganda, sotishdan olingan foyda (zarar).

2. Sof foyda, ming so'm. Budjetga majburiy to'lovlar to'langanidan keyin ixtiyorida qoladigan korxona foydasi. Sof foyda.

3. Sotishning rentabelligi, %o Har bir topilgan so'mda daromadning ulushini ko'rsatadi. Sotishdan tushgan foyda / sotishdan tushgan daromad.

4. Sotilgan mahsulot ishlab chiqarish xarajatlarining rentabelligi,% .

5. Korxona (tashkilot) mahsulot ishlab chiqarish va sotish uchun sarflangan har bir so'mdan qancha daromad olganligini ko'rsatadi.

IV. Iqtisodiy salohiyatdan foydalanish samaradorligini baholash

1. Aktivlarningrentabelligi,%.

Tashkilotning barcha aktivlaridan foydalanish rentabelligini tavsiflaydi. Sof foyda / o'rtacha aktivlar.

2. O'zkapitaliningrentabelligi,%.

Uning egalari uchun biznesning rentabelligini tavsiflaydi Sof foyda / o'rtacha sarmoya. [4.15-b]

Hisoblangan ko'rsatkichlar ma'lumotlarini o'rganib chiqish orqali korxonaning moliyaviy holati to'g'risida umumiy tasavvurga ega bo'lish mumkin. Shunday qilib, sanoat korxonalarining moliyaviy holatini aks ettiruvchi asosiy ko'rsatkichlarni o'rganib chiqib, korxonaning quyidagi "og'riqli nuqtalari"ni aniqlash mumkin:

- tashkilotning iqtisodiy aktivlari va asosiy vositalar miqdorining kamayishi;

- o'z aylanma aktivlari hajmini kamaytirish;

- asosiy vositalar hajmini qisqartirish va ulardan intensiv foydalanish orqali ma'naviy eskirishining oldini olish;

- joriy majburiyatlarni joriy aktivlar bilan yetarli miqdorda qoplay olmaslikning oldini olish;

- joriy likvidlik koeffitsientini ko'tarish;

- daromadlarning o'sish sur'atlarini oshirish.

XULOSA

Xulosa o'rnida shuni aytish mumkinki, korxonalardagi bunday muammolarni hal qilish uchun va moliyaviy ko'rsatkichlarni yaxshilash bo'yicha quyidagi chora-tadbirlarni amalga oshirish maqsadga muvofiqdir: xarajatlarni kamaytirish (ularni optimal-lashtirishni maksimal darajada oshirish). Bu tadbirlar foydaning pasayishini to'xtatishga yordam berishi kerak. Xarajatlarni samarali nazorat qilish tizimini yaratish xarajatlarni kamaytirishning juda samarali usuli hisoblanadi. Xarajatlarni to'g'ri hisobga olish orqali kamaytirish mumkin. Ishlab chiqarish jarayonidagi roliga qarab zaxiralarning konsen-tratsiyasini o'zgartirish orqali faoliyat turg'unligini oshirish, zaxiralar miqdorini kamaytirish kerak. Yaponiyaning "Just in time" usulini qo'llash maqsadga muvofiq. Shu bilan birga, tovarlarni markazlashtirilgan saqlash va chiqarish, hujjat aylanishining tezligi va sifatini oshirish kabi samarali nazorat tartiblarini joriy etish orqali sotib olish buyurtmalari sohasidagi faoliyatga alohida e'tibor qaratish lozim.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO'YXATI:

1. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga Murojaatnomasi. 2020-yil 29-dekabr. www.turkiston.uz.

2. Burxonov A.U. "Sanoat korxonalari moliyaviy barqarorligini baholash usuli". http: //iqtisodiyot.tsue.uz/sites/default/files/maqolalar/27.

3. Vahobov AV., lbroximov AT., Ishonqulov N.F. "Moliyaviy va boshqaruv tahlili". Darslik. T.; "Sharq", 2005.

4. Казанкина О.А. Экономическая библиотека - http://economy-lib.com/ ekonomicheskaya-effektivnost-ispolzovaniya-informatsionnyh-tehnologiy-v-finansovoy-deyatelnosti-predpriyatiy#ixzz76jNQUFGE

5. Уктамов , Х. 2020. Способы обеспечения экономической безопасности промышленных предприятий. Общество и инновации. 1, 1/s (окт. 2020), 405-412. D0I:https://doi.org/10.47689/2181-1415-vol1-iss1/s-pp405-412.

6. Mamatkulova, .N. 2021. Повышение экономической эффективности промышленных предприятий. Общество и инновации. 2, 1/S (фев. 2021), 1-6. D0I:https://doi.org/10.47689/2181-1415-vol2-iss1/S-pp1-6.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.