Научная статья на тему 'MOLIYAVIY MENEJMENT TIZIMINI RIVOJLANTIRISH TAMOYLLARI'

MOLIYAVIY MENEJMENT TIZIMINI RIVOJLANTIRISH TAMOYLLARI Текст научной статьи по специальности «Экономика и бизнес»

CC BY
1367
154
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
moliyaviy menejment / iqtisodiy o‘sish / moliyaviy resurs / makro iqtisodiyot / boshqaruv samaradorligi. / financial management / economic growth / financial resource / macroeconomics / management efficiency.

Аннотация научной статьи по экономике и бизнесу, автор научной работы — Abdusoliyev, Asilbek Ilxomjon O’g’li, Ilmiy Rahbar; Kushakova Mamura Narimanovna

Maqolada mamlakat korxonalarining moliyaviy menejment tizimini rivojlantirish tamoyillari yoritilgan va tahlil qilingan

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

DEVELOPMENT TRENDS OF FINANCIAL MANAGEMENT SYSTEM

The article describes the principles and new methods of developing the country's financial management system.

Текст научной работы на тему «MOLIYAVIY MENEJMENT TIZIMINI RIVOJLANTIRISH TAMOYLLARI»

Oriental Renaissance: Innovative, R VOLUME 1 | ISSUE 9

educational, natural and social sciences ( ) ISSN 2181-1784

Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423

MOLIYAVIY MENEJMENT TIZIMINI RIVOJLANTIRISH

TAMOYLLARI

Abdusoliyev Asilbek Ilxomjon o'g'li

Toshkent davlat transport universiteti 4-bosqich talabasi

Ilmiy rahbar: Kushakova Mamura Narimanovna

Toshkent davlat transport universiteti Buxgalteriya hisobi kafedrasi katta

o'qituvchisi

ANNOTATSIYA

Maqolada mamlakat korxonalarining moliyaviy menejment tizimini rivojlantirish tamoyillari yoritilgan va tahlil qilingan.

Kalit so'zlar: moliyaviy menejment, iqtisodiy o'sish, moliyaviy resurs, makro iqtisodiyot, boshqaruv samaradorligi.

DEVELOPMENT TRENDS OF FINANCIAL MANAGEMENT SYSTEM

Abdusoliyev Asilbek Ilkhomjon ogli

4th year student of Tashkent State Transport University Scientific advisor: Kushakova Mamura Narimanovna Senior Lecturer, Department of Accounting Tashkent State Transport University

ABSTRACT

The article describes the principles and new methods of developing the country's financial management system.

Keywords: financial management, economic growth, financial resource, macroeconomics, management efficiency.

ТЕНДЕНЦИИ РАЗВИТИЯ СИСТЕМЫ ФИНАНСОВОГО

УПРАВЛЕНИЯ

АННОТАЦИЯ

В статье описаны принципы и новые методы развития системы финансового менеджмента страны.

Ключевые слова: финансовый менеджмент, экономический рост, финансовый ресурс, макроэкономика, эффективность управления.

Scientific Journal Impact Factor

KIRISH

O'zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishganidan keyin tadbirkorlik faoliyatini yuritish va koxonalarni boshqarish usullari o'zgara boshladi. Korporativ boshqaruv andozalarini joriy etishning iqtisodiy jihatlari, aksiyadorlik jamiyatlar (AJ) boshqaruvining samarali tizimini shakllantirish, boshqaruvning tamoyillari, uni tuzishga ta'sir etuvchi omillar kabi masalalar e'tibor qaratila boshladi.

O'zbekiston Respublikasi mustaqillikni qo'lga kiritgach, iqtisodiy o'sishning yuqori sur'atlarini hamda jamiyatning barqaror rivojlanishini ta'minlay oladigan ko'p ukladli iqtisodiyot va raqobat muhitini shakllantirishning huquqiy va tashkiliy asoslarini yaratish ustuvor vazifa etib belgilandi. O'tish iqtisodiyoti mamlakatlarini isloh qilish tajribasi shuni tasdiqlamoqdaki, ma'muriy - rejali iqtisodiyotdan xo'jalik yuritishning bozor modeliga uyg'un o'tishning muhim vositasi xususiylashtirish va aksonerlashtirish bo'lib, bu haqiqiy mulkdorlar sinfining shakllanishiga va xususiylashtirilgan mulkni korporativ boshqarishning samarali usullarini joriy etishda moliyaviy menejment alohida ahamiyat kasb etadi.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA

Moliyaviy menejmentni o'rganishda olimlar tomonidan turli xil ta'riflar va qarashlar mavjuddir. A.D. Sheremet, A.F.Ionovalarning fikricha, moliyaviy menejment bu - pul aylanmasini, Aksiyadorlik jamiyatning moliyaviy resurslarini shakllantirish va foydalanishni boshqarish jarayonidir.

A.N Gavrilovaning aytishicha, moliyaviy menejment bu - tijorat Aksiyadorlik jamiyati moliyasini boshqarish tizimi bo'lib, ishlab chiqarish samaradorligini oshirish maqsadida boshqaruvning yangi tamoyillari, shakllari, strukturalari va usullarini doimiy joriy qilish yo'li bilan moliyaviy munosabatlarni takomillashtirish va rivojlantirishga yo'naltiriladi.

Y.I. Shoxina moliyaviy menejment- bu pul fondlari va aksiyadorlik jamiyatning moliyaviy mablag'larini samarali boshqarish orqali o'z oldiga quygan strategik maqsadlarni va taktik masalalarni yechishni o'rganadigan fandir deb tarif beradi.

S.V.Galiskaya talqinida moliyaviy menejment-bu korxonalar aktivlarini va ularni shakllantirish manbalarini boshqarish deb ta'riflanadi.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Bizning fikrimizcha, moliyaviy menejment bu - moliyaviy resurslarning eng rasional manbalarini jalb qilish va ulardan aksiyadorlik jamiyatlarining strategik va taktik maqsadlariga erishish uchun eng katta samaradorlik bilan foydalangan holda aksiyadorlik jamiyatlari pul oqimlarini boshqarish fani va san'atidir.

Scientific Journal Impact Factor

Moliyaviy menejment mazmuni uning mohiyatidan ancha keng tushuncha hisoblanadi. Bozor iqtisodiyotida qiymat qonuni tartibga soluvchi rol o'ynaydi va moliyaviy munosabatlar aksiyadorlik jamiyatlarida butun ishlab chiqarish jarayonini, jumladan, barcha iqtisodiy munosabatlarni qamrab oladi. Shu sababli moliyaviy boshqaruv aksiyadorlik jamiyatini boshqarish umumiy tizimining asosiy tarkibiy qismi hisoblanadi. Moliyaviy boshqaruv - foydani maksimallashtirish bir vaqtning o'zida butun boshqaruv tizimining, jumladan, texnik-ishlab chiqarish boshqaruvining maqsadi hisoblanadi.

Moliyaviy qarorlar qabul qilish jarayoni, har qanday boshqaruv qarorlari qabul qilish kabi, uchta bosqichan iborat bo'ladi.

Qarorlarning har bir turi o'ziga xos axborot va tahliliy ta'minotni talab qiladi. Bashorat va reja qarorlari istiqbolli, trend tahlili usullarini qo'llagan holda qator yillar yoki choraklar uchun umumlashtirilgan buxgalteriya hisobotiga asoslanadi. Xo'jalik faoliyatining borishini tartibga soluvchi qarorlar tezkor tahlil usullarini qo'llagan holda tezkor, jumladan, buxgalteriya axborotiga asoslanadi. Baholash va nazorat qarorlari retrospektiv, joriy tahlil usullarini qo'llab, joriy hisobot davri bo'yicha amaldagi va reja (bashorat) ma'lumotlarini taqqoslashga asoslanadi.

Zamonaviy moliyaviy menejment mazmuni moliyaviy tahlil usullarini chuqurlashtirish va O'zbekiston Respublikasining bozor sharoitlariga o'tishi bilan bog'liq yangi muammolarni hal qilish bilan tavsiflanadi. Bunday muammolar, masalan, daromad va kapitalni diskontlash, kapital narxinii aniqlash yordamida kapital strukturasini boshqarish, iqtisodiy diagnostika usullaridan foydalana bilish, moliyaviy risklarni boshqarish, moliyaviy dastak samarasi va b. hisoblanadi. Ularni amaliy boshqaruvda hal qilish aksiyadorlik jamiyatlarida moliyaviy menejment samaradorligini oshiradi.

[-ôockhh

YMyMHH Ba3H(j)a

(KanHTanaaH (J)OH^aJiaHHUi Ba MaKca^HH öcJirHJiam)

2-6ocKHti

Mojihabhh pccypcjiap \apaK3THHH ôouiKapniii ycyjijiapu Ba BocHTajiapHHH TaHJiaiiJ

3-6ockhh

Kapop Kaôyji KHJ1HIU, moji Hfl

poKacH Hopa-Ta^ÔHpjiap aacTypHHH Ty3Hiu

KapopHHHr 6a>KapHJiHiuHH h TauiKHJi KHJIHIU

Kapop HaTH>KajiapH HH TaxJiHH KHHHUÍ Ba ôaxonaiij

KapopHHHr 6a>KapHJiHUiHHH Ha3opaT KHJ1HU1

1-chizma. Moliyaviy menejment umumiy chizmasi

Scientific Journal Impact Factor

Moliyaviy menejment aksiyadorlik jamiyati umumiy boshqaruv tizimining ajralmas qismi hisoblanadi va u, o'z navbatida, moliyaviy resurslar harakati va harakat davomida vujudga keladigan moliyaviy resurslarni shakllantirishni o'z ichiga oladigan aksiyadorlik jamiyatlari xo'jalik faoliyatini moliyalashtirish jarayonini oqilona boshqarish tizimini ifodalaydi. Bundan kelib chiqib, moliyaviy menejmentni kapitaldan oqilona va samarali foydalanish tizimi sifatida, kapital hajmini oshirish, investisiyalar o'sishi va moliyaviy resurslar o'sishiga yo'naltirligan moliyaviy resurslar harakatini boshqarish mexanizmi sifatida tavsiflash mumkin. Moliyaviy menejment ularning samaradorligi aylanib turish tezligi (muomala tezligi) bilan tavsiflanadigan moliyaviy resurslarning normal muomala jarayonini qo'llab-quvvatlashga yo'naltiriladi.

O'zbekiston Respublikasida bozor iqtisodiyotini shakllantirishning yangi murakkab bosqichi strategik va taktik maqsadlarga erishishga yo'naltirilgan aksiyadorlik jamiyat moliyasini boshqarish fani sifatida moliyaviy menejmentni o'qitish ehtiyojini vujudga keltirdi.

Moliyaviy menejmentning ustuvor maqsadi mulk egasining iqtisodiy samaradorligini maksimal qilishdan iborat. Bu maqsadga erishish mexanizmlari samarali dividend va investitsiya siyosati, aksiyadorlik jamiyatning kredit siyosati, yetarli likvidlik va optimal aylanma kapital siyosati, soliqqa tortiladigan bazani optimal shakllantirish siyosati yuritish hisoblanadi.

Moliyaviy menejmentning ikkinchi maqsadi ustuvor maqsadni to'ldirib turadi va aniqlashtiradi. Uning mohiyati aksiyadorlik jamiyatda mijozlar va kreditorlar, xo'jalik sub'ektlari bilan ushbu aksiyadorlik jamiyat biznesining rivojlanishiga xizmat qiladigan samarali ishbilarmonlik hamkorligini tashkil qilishdan iborat. Ishbilarmonlik hamkorligi samaradorligini ta'minlash mexanizmi tomonlarning munosabatlari bilan asoslanadi, quyilgan mablag'lar to'liq qaytarib berilishi va muddatliligini nazorat qilish, beriladigan kafolatlar, garov, ijara, tovar kreditlari, bank xizmatlari qarz asosiy summasi bo'yicha xizmat ko'rsatish samarali sxemasini tuzishdir. Obligatsiya zaemi shartlarini asoslab berish, moliyaviy dastak ijobiy samarasini ta'minlash va h.k. muhim rol o'ynaydi.

Keyingi maqsadimiz bu - aksiyadorlik jamiyatimiz faoliyati ijtimoiy javobgarligini ta'minlashdan iboratdir. Aksiyadorlik jamiyatning ishbilarmonlik faolligi barqarorligi soliqqa tortish bazasini kengaytirish, bandlikning o'sishi, ishlab chiqarish vositalariga talabning ortishi, mamlakat ichida va uning hududidan tashqarida bozor munosabatlari qatnashchilari o'rtasida o'zaro bog'liqlikdagi va o'zaro aloqadagi tijorat munosabatlarini qo'llab-quvvatlash uchun yaxshi istiqbollar

Scientific Journal Impact Factor

yaratadi. Iqtisodiy va moliyaviy o'sish, ijtimoiy rejalashtirish, inson kapitaliga investisiyalar, potensial bankrot monitoringi va ishbilarmonlik qarorlari qabul qilishga ta'sir etuvchi ijtimoiy ko'rsatkichlarga alohida e'tibor qaratiladi.

Mamlakat iqtisodiyotining rivojlanish jarayonida moliyaviy menejment maqsadlari o'zgaradi.

Yuqorida aytib o'tilganidek, moliyaviy menejment maqsadi foydani maksimallashtirish hisoblanadi. Biroq aksiyadorlik jamiyatining bozor qiymatini maksimallashtirishga uning oladigan foyda miqdorini maksimallashtirish hisobiga doim ham avtomatik ravishda erishilmaydi. Masalan, olingan yuqori foyda joriy maqsadlarga to'liq sarflanishi mumkin, buning natijasida aksiyadorlik jamiyatlari rivojlanish uchun o'z moliyaviy resurslarining asosiy manbasidan mahrum bo'ladi. Bundan tashqari, yuqori foyda darajasi moliyaviy risk darajasi yuqori bo'lganda erishilishi, bu esa aksiyadorlik jamiyatlari bozor qiymati pasayishini asoslab berishi mumkin.

XULOSA

Xulosa qilib shuni aytish joizki, O'zbekistonda samarali menejment amaliyoti ob'ektiv iqtisodiy qiyinchiliklar, me'yoriy-huquqiy bazaning mukammal emasligi, mutaxassislarni tayyorlash darajasi yetarli emasligi bilan bog'liq muammolarga duch kelib rivojlanish bosqichida turibdi. Zamonaviy iqtisodiyot uchun quyidagilar xarakterli hisoblanadi:

- xususiylashtirilgan aksiyadorlik jamiyatlari nizom kapitali darajasining pastligi;

- moliyaviy resurslar qiymatining qimmatligi;

- aksiyadorlik jamiyatlari investision jalb etuvchanligi pastligi;

- fond bozori va moliyaviy infratuzilmaning rivojlanmaganligi.

O'zbekiston Respublikasida moliyaviy menejment rivojlanishi iqtisodiyotidagi

o'zgarishlar tendensiyalari va holatini ko'rib chiqish shunday xulosaga kelish imkonini beradiki, bu yo'nalish nafaqat ma'lum bir an'analarga, balki kelajakda yorqin istiqbolga ham ega bo'ladi.

REFERENCES:

1. Akhmedov, B. A. (2021). Dynamic identification of the reliability of corporate computing cluster systems. Academic Research in Educational Sciences, 2 (3), 495-

2. Akhmedov, B. A. (2021). Problems of ensuring the reliability of cluster systems in a continuous educational environment. Eurasian Education Science and Innovation Journal, 1 (22), 15-19.

499.

Scientific Journal Impact Factor

3. Akhmedov B.A., Shayxislamov N., Madalimov T., Maxmudov Q. (2021). Smart texnologiyasi va undan ta'limda tizimida klasterli foydalanish imkoniyatlari. Scientific Progress. № 1(3). Р. 102-112.

4. Akhmedov B. A. (2021). Zadachi obespecheniya nadejnosti klasternix sistem v neprerbivnoy obrazovatelnoy srede. Eurasian education science and innovation journal. № 1 (22). Р. 15-19.

5. Akhmedov, B. A. (2020). On the development of skills of interactive online courses in the distance conditions of modern society (model program for teachers of educational institutions). Universum: Engineering Sciences, 12-1 (81).

6. Akhmedov, B. A. (2020). Mathematical models for evaluating the characteristics of the quality and reliability of software. Eurasian Education Science And Innovation Journal, 3 (10), 97-100.

7. Якубов, М. С., Ахмедов, Б. А., Дуйсенов, Н. Э., Абдураимов, Ж.Г. (2021). Анализ и новые тенденции использования нейросетей и искусственного интеллекта в современной системе высшего образования. Ekonomika i sotsium, 5(84), 1148-1162.

8. Якубов, М. С., Ахмедов, Б. А. (2021). Применение цифровых технологий в формировании структуры системы образований. Ekonomika i sotsium, 5(84), 1163-1177.

9. Rakhimov, S. М., Djamirzaev, A. А., Akhmedov, B. А. (2021). Methods of teaching Informatics in Higher Education Problems and Observations. Ekonomika i sotsium, 9(88).

10. Rakhimov, S. М., Ahmedov, B. А. (2021). O'rta ta'lim maktabida informatikani o'rgatish metodikasi. Ekonomika i sotsium, 9(88).

11. Ахмедов, Б. А., Султанов, Б. (2021). Анализ и новые тенденции использования кластерных систем и искусственного интеллекта в современной системе высшего образования. Ekonomika i sotsium, 8(87), 344-358.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.