Научная статья на тему 'KORXONA VA TASHKILOTLARDA HISOB SIYOSATINI SHAKLLANTIRISH'

KORXONA VA TASHKILOTLARDA HISOB SIYOSATINI SHAKLLANTIRISH Текст научной статьи по специальности «СМИ (медиа) и массовые коммуникации»

CC BY
5671
580
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Hisob / buxgalteriya / moliya / subyekt / tamoyil / soliq / byudjet / korxona / tashkilot / farmon. / Accounting / finance / subject / principle / tax / budget / enterprise / organization / decree.

Аннотация научной статьи по СМИ (медиа) и массовым коммуникациям, автор научной работы — Abdullojon Davronov

Mazkur maqolada byudjet tashkilotlarida hisob siyosatini yuritish masalalari haqida fikr-mulohazalar bayon etildi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

FORMATION OF ACCOUNTING POLICY IN ENTERPRISES AND ORGANIZATIONS

This article provides feedback on the accounting policies of budget organizations.

Текст научной работы на тему «KORXONA VA TASHKILOTLARDA HISOB SIYOSATINI SHAKLLANTIRISH»

KORXONA VA TASHKILOTLARDA HISOB SIYOSATINI

SHAKLLANTIRISH

Abdullojon Davronov

Toshkent moliya instituti 2-bosqich magistranti

ANNOTATSIYA

Mazkur maqolada byudjet tashkilotlarida hisob siyosatini yuritish masalalari haqida fikr-mulohazalar bayon etildi.

Kalit so'zlar: Hisob, buxgalteriya, moliya, subyekt, tamoyil, soliq, byudjet, korxona, tashkilot, farmon.

FORMATION OF ACCOUNTING POLICY IN ENTERPRISES AND

ORGANIZATIONS

ABSTRACT

This article provides feedback on the accounting policies of budget organizations.

Keywords: Accounting, finance, subject, principle, tax, budget, enterprise, organization, decree.

Korxonalar - jamiyat ehtiyojini qondirish va foyda olish maqsadida mahsulot ishlab chiqarish, ishlar va xizmatlar bajarish uchun belgilangan qonun asosida tashkil qilingan mustaqil xo'jalik yurituvchi subyekt bo'lib hisoblanadi. "O'zbekiston Respublikasida korxonalar to'g'risida"gi qonunda korxonalarning tashkiliy huquqiy shakllari belgilab berilgan. Ularning asosiylari davlat, fermer, xususiy, oilaviy, mahalla, to'liq shirkat, yopiq turdagi hissadorlik jamiyati, ochiq turdagi hissadorlik jamiyati, ijara, fermer xo'jaliklari va boshqalar hisoblanadi.

Bozor iqtisodiyoti sharoitida byudjet tashkilotlarda buxgalteriya hisob siyosatini to'g'ri tashkil qilish g'oyat muhim ahamiyatga ega. Korxona va tashkilotlarda buxgalteriya hisobi sodir bo'layotgan xo'jalik jarayoni hamda muommolarini kuzatib va qayd etib qolmasdan, ishlab chiqarish rejasining bajarilishi ustidan tekshiruvni amalga oshira borib, rejalashtirish, nazorat qilish va iqtisodiyotni boshqarish ishida asosiy funksiyani bajaradi1.

Shu boisdan ham, hisob ishlarini tashkil qilish masalalariga katta e'tibor qaratiladi. Hozirgi kunda buxgalteriya hisobi ishlarini tashkil qilishga qo'yilgan eng asosiy talab bu - uning kam xarajatli va sodda bo'lishidir. Korxonada hisob ishlari ana shunday tashkil etilgandagina, buxgalteriya hisobi yuqori samaraga hamda yaxshi natijalarga erishish mumkin. Buning uchun eng avvalo, har bir korxonaning o'ziga xos tarmoq

1 Vahobov A., Ibragimov A., Ishonqulov N. Moliyaviy va boshqaruv tahlili. T.: "Sharq" NMAK, 2005-y.

Uzbekistan www.scientificprogress.uz Page 556

xususiyatlarini va boshqa jihatlarini chuqur o'rganish lozim. Har bir korxonada tashkil etilgan buxgalteriya hisobi xo'jalik faoliyati jarayonida sodir bo'layotgan xo'jalik muomalalarini uzluksiz kuzatish va uning natijalarini son ko'rsatkichlarida ifodalash, keyin ularni yoppasiga maxsus hujjatlarda aks ettirishni ta'minlash lozim. Shu bilan birgalikda, korxona biznes-rejasini va kelgusidagi strategik dasturlarini tuzishda kerakli ma'lumotlar bilan ta'minlashi va ularning bajarilishi ustidan amaliy ravishda nazorat olib borishi kerak. Mamlakatimizda buxgalteriya hisobi bo'yicha umumiy rahbarlik vazifasi O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining buxgalteriya hisobi va auditi uslubiyati boshqarmasi zimmasiga yuklatilgan. Bu boshqarma dastlabki hisob masalalari bo'yicha xalq xo'jaligi tarmoqlariga umumiy rahbarlik qilib, buxgalteriya hisobi bo'yicha kadrlar tayyorlash va ular malakasini oshirish bo'yicha ish olib boradi hamda dastlabki hisobning tipik shakllarini ishlab chiqib, nashr qildiradi, barcha xo'jalik yurituvchi subyektlar uchun majburiy bo'lgan hisob va hisobot masalalari bo'yicha yo'riqnoma, uslubiy ko'rsatmalar ishlab chiqadi.

Buxgalteriya hisobini to'g'ri tashkil qilish bo'yicha metodologik rahbarlik ham Moliya vazirligining buxgalteriya hisobi va auditi uslubiyati boshqarmasi tomonidan olib boriladi. O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi bilan kelishilgan holda buxgalteriya hisobi schyotlar rejasini, buxgalteriya hisobi va hisobotining tipik shakllarini, ulardan foydalanishga oid yo'riqnomalarni tasdiqlaydi, buxgalteriya hisobini yaxshilash va takomillashtirishga doir takliflarni joriy qiladi2.

Buxgalteriya hisobi — kundalik va umumiy ma'lumotlar olish maqsadida ayrim korxona, hissadorlik jamiyati, muassasa, tashkilot va boshqalarning xo'jalik faoliyatini uzluksiz ravishda kuzatish va nazorat qilish tizimidan iboratdir. Buxgalteriya hisobining maqsadi foydalanuvchilarni to'liq, ishonarli, o'z vaqtida tuzilgan moliyaviy va buxgalteriya hisobining boshqa axborotlari bilan ta'minlashdan iborat.

Rejalashtirilayotgan ishlab chiqarish uchun pul va moddiy vositalar ehtiyojiga asosan hisoblash, taxmin qilinayotgan daromad va mahsulotlar tannarxini rejalashtirish, shuningdek, qo'yilgan maqsadga erishish yo'llarini izlash.

Ishlab chiqarish jarayoni va iqtisodiy ko'rsatkichlarning haqiqatda bajarilishi va biznes-rejalarda mo'ljallanganini kuzatish, ya'ni xatti-harakatlar mo'ljallangan rejaga qanchalik muvofiqligini belgilash.

Ichki va tashqi foydalanuvchilar uchun korxona haqida to'liq va ishonchli axborot bilan ta'minlashni bildiradi. Bu funksiya qo'yilgan maqsadlarni amalga oshirish uchun byudjet tashkilotlarida buxgalteriya hisobining vazifalari korxona va tashkilot ishlab chiqarish xo'jalik faoliyati vazifalaridan kelib chiqqan holda quyidagilardan tashkil topadi:

1. Belgilangan reja topshiriqlari o'z vaqtida bajarilishini nazorat qilish;

2 Norbekov D. Buxgalteriya hisobi nazariyasi. T.:-"Iqtisodmoliya", 2006 y.

Uzbekistan www.scientificprogress.uz

Page 557

2. Moddiy mehnat va moliya resurslaridan samarali va oqilona foydalanish;

3. Ichki ishlab chiqarish rezervlarini aniqlash va ishga solish;

4. Korxona rahbari va ma'muriyatini hamda yuqori tashkilotlarni zarur hisobot ma'lumotlari bilan o'z vaqtida ta'minlash;

5. Korxona mulkchiligining xavfsizligini ta'minlash;

"5

6. Iqtisodiy tartibning amalga oshirilishi ustidan nazorat olib borish .

Respublikamiz mustaqillikka erishgan vaqtdan boshlab bozor iqtisodiyoti talablari va moliyaviy hisobotning xalqaro andozalariga muvofiqlashtirish maqsadida buxgalteriya hisobi tizimi bosqichma- bosqich isloh qilib kelinmoqda, ushbu islohotni iqtisodiy, fuqarolik huquqiy sohada yuz berayotgan jarayonlar va buxgalteriya hisobini xalqaro miqyosda uyg'unlashtirish zaruriyati taqozo etdi.

Bozor iqtisodiyoti buxgalteriya hisobi faqat hisob yuritish siyosati va statistika vazifasini bajarib qolmasdan, balki manfaatdor tomonlarga rahbari, tashqi investorlar va foydalanuvchilarga asosan moliyaviy axborotga asoslanadigan samarali axborot tizimi zarurligi natijasida kelib chiqadi. Tahlil korxonaning moliyaviy-iqtisodiy holatini yaxshilash maqsadida qaror qabul qilish uchun ilgari qabul qilingan strategiya va taktikasini baholash hamda tahlil qilish jarayonidir. Tahlil natijasida korxonada boy berilgan imkoniyatlar hisoblab chiqiladi, mavjud rezervlar hajmi belgilanadi, uskunalar, mehnat va xomashyo resurslaridan foydalanish darajasi oshadi, shuningdek, moddiy resurslar bilan uzluksiz ta'minlash yo'lga qo'yiladi.

Xulasa qiladigan bo'lsak, har bir byudjet tashkilotlari hisobotda aks ettirilgan joriy davr uchun va har bir oldingi davr uchun moliyaviy hisobotning o'zgartirish va qo'shimchalar kiritilgan qismini har bir moddalar qatoriga kiritilgan tuzatishlar summasini amalda imkoni ochiq ko'rsatishi lozim. O'zbekiston Respublikasi Davlat byudjetida turuvchi tashkilotlarning byudjetdan ajratilgan mablag'lar bo'yicha xarajatlar smetasini va byudjetdan tashqari mablag'lar bo'yicha daromadlar va xarajatlar smetalarini tuzish, ko'rib chiqish, tasdiqlash va ro'yxatdan o'tkazish, shuningdek, shtatlar jadvalini tuzish va ro'yxatdan o'tkazish tartibi bilan belgilangan.

REFERENCES

1. Vahobov A., Ibragimov A., Ishonqulov N. Moliyaviy va boshqaruv tahlili. T.: "Sharq" NMAK, 2005-y.

2.Karimov A., Islomov F., Avloqulov A. Buxgalteriya hisobi. T.: -"Sharq" NMAK, 2004-y.

3. Norbekov D. Buxgalteriya hisobi nazariyasi. T.:-"Iqtisodmoliya", 2006 y.

4. Ostonaqulov. Budjet hisobi. T.: 2008-y.

5. Ochilov I. Moliyaviy hisob. T.: - "Moliya" 2008-y. 6.Sotivoldiyev A.S. Zamonaviy buxgalteriya hisobi. T.: - 2002-y.

3 Ostonaqulov. Budjet hisobi. T.: 2008-y.

Uzbekistan www.scientificprogress.uz

Page 558

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.