Научная статья на тему 'IQTISODIY TAHLILNING BOZOR IQTISODIYOTI SHAROITIDA ZARURIYATI'

IQTISODIY TAHLILNING BOZOR IQTISODIYOTI SHAROITIDA ZARURIYATI Текст научной статьи по специальности «Экономика и бизнес»

CC BY
733
65
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
bozor iqtisodiyoti / ma'lumotlar to'plami / tahlil qilish / iqtisodiy tahlil / tadbirkorlik sohasi / mahsulot / xizmat.

Аннотация научной статьи по экономике и бизнесу, автор научной работы — Xoliqulov Anvar Nematovich, To’xsanboyev Jamshid

Ushbu maqolada iqtisodiy tahlilning mohiyati va mazmuni, bozor iqtisodiyoti sharoitidagi zaruriyati hamda uning ahamiyati to’g’risida mualliflar tomonidan fikr-mulohazalar keltirilgan. Qolaversa, bugungi rivojlangan zamonamizda bozor iqtisodiyotini tizimlashtirishning iqtisodiy holatlarini tahlil qilish muhimligi bo’yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «IQTISODIY TAHLILNING BOZOR IQTISODIYOTI SHAROITIDA ZARURIYATI»

IQTISODIY TAHLILNING BOZOR IQTISODIYOTI SHAROITIDA

ZARURIYATI

Xoliqulov Anvar Nematovich

Samarqand iqtisodiyot va servís instituti Iqtisodiy tahlil va satatistika kafedrasi mudiri, i.f.n., dots.

To'xsanboyev Jamshid

Samarqand iqtisodiyot va servis instituti IK-S-420 guruh talabasi

Annotatsiya: Ushbu maqolada iqtisodiy tahlilning mohiyati va mazmuni, bozor iqtisodiyoti sharoitidagi zaruriyati hamda uning ahamiyati to'g'risida mualliflar tomonidan fikr-mulohazalar keltirilgan. Qolaversa, bugungi rivojlangan zamonamizda bozor iqtisodiyotini tizimlashtirishning iqtisodiy holatlarini tahlil qilish muhimligi bo'yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqilgan.

Kalit so'zlar: bozor iqtisodiyoti, ma'lumotlar to'plami, tahlil qilish, iqtisodiy tahlil, tadbirkorlik sohasi, mahsulot, xizmat.

Iqtisodiyotni erkinlashtirish jarayoni, bozor munosabatlarining takomillashishi, islohotlarning tobora chuqurlashib borishi har bir iqtisodiy jarayonni chuqur tahlil qilishni taqozo qilmoqda. Chunki mulkdor iqtisodiy jarayonda asosiy sub'ekt sifatida ishtirok etadi. U o'z mulkining ko'payishidan, ko'proq foyda olishidan manfaatdor. Bunga o'z-o'zidan erishib qolmaydi. Buning uchun tadbirkorlik, izchillik, ziyraklik va aql bilan ish ko'rishi lozim. Bu esa o'z navbatida mulkining holatini, ishlatilishi va saqlanishishni hamda undan samarali foydalanishni tahlil qilishni taqozo qiladi. Demak, iqtisodiy tahlil, eng avvalo, mulkdor uchun o'z mulkini oqilona boshqarish uchun kerak ekan.

Mulkdor o'z mulkini ishlatish uchun turli korxonalarga ega bo'lishi mumkin. Bu esa boshqa kishilarni, mutaxassislarni, xodimlarni yollashiga to'g'ri keladi. Ular mehnat jamoasini tashkil qiladi. Korxonaning yaxshi, samarali ishlashi mehnat jamoasining farovonligini ta'minlaydi. Korxona qancha ko'p daromad qilsa, mehnat jamoasi a'zolari, shuncha ko'p mehnat haqi oladi. Bu esa mehnat jamoasining o'zlari ishlayotgan korxona xo'jalik faoliyatini muntazam tahlil qilib borishni taqozo qiladi. Demak, iqtisodiy tahlil bevosita mehnat jamoasi uchun ham o'z faoliyatini to'g'ri boshqarish uchun kerak ekan.

Har bir korxonaning xo'jalik faoliyati natijasidan davlat ham manfaatdor. Chunki har bir korxona o'z mulkidan, qilgan oboroti va olgan foydasidan soliq tulaydilar. Shu tufayli davlat nomidan soliq idoralari ham korxona faoliyatini chuqur tahlil qilib borishdan manfaatdor. Demak, iqtisodiy tahlil soliq idoralari xodimlari uchun ham soliq tushumini to'g'ri boshqarish uchun kerak ekan.

Ko'rinib turibdiki, iqtisodiy jarayonning, ya'ni korxona yoki boshqa xo'jalik yurituvchi sub'ektlar faoliyati natijasidan kim manfaatdor bo'lsa u mazkur sub'ekt

faoliyatini o'rganishga, tahlil qilishga qiziqadi. Shunday qilib, iqtisodiy tahlil investorlarga, hamkorlarga, birlashmalarga, uyushmalarga, sug'urta, bank, moliya kabi idoralariga ham kerakdir.

Odatda kimga nima kerak bo'lsa o'sha shu ish bilan shug'ullanadi. Ammo har bir korxonada maxsus mutasaddi shaxslar borki, ularga xo'jalikni boshqarishda u yoki bu soha topshirilgan bo'ladi.

Iqtisodiyotni erkinlashtirish sharoitida iqtisodiy tahlil bilan korxonadagi deyarli hamma mutaxassislar shug'ullanadi. Ammo hammasi ham korxona to'g'risida jamlangan batafsil axborotga ega bo'lmaydi. Hamma o'zi bajarayotgan u yoki bu soha bo'yicha axborotga ega. Shu jihatdan hamma o'zining sohasini muntazam tahlil qilib boradilar.

Lekin shuni e'tirof etish kerakki, xo'jalik faoliyati to'g'risida butun faoliyatni o'zida jamlagan axborotlar buxgalteriyada moliyaviy hisobotlarda to'planadi va qayta ishlanadi. Shu tufayli korxonaning kompleks iqtisodiy tahlili bilan buxgalteriya xodimlari, bevosita bosh buxgalterlar, menejerlar ham shug'ullanadilar. Chunki unda korxonaning xo'jalik faoliyatini ifodalovchi barcha ko'rsatkichlari mavjud. Ular asosan moliyaviy hisobotlarda o'z aksini topganlar. Iqtisodiy tahlil uchun asosiy ma'lumot manbai bo'lib moliyaviy, statistik va boshqa hisobotlarda ifoda etilgan ko'rsatkichlar hisoblanadi. Ularning kompleks tahlili bilan bosh buxgalterlar shug'ullanadi. Ammo alohida sohalari bo'yicha tahlil kimga kerak bo'lsa o'shalar shug'ullanadilar. Tahlil tahlil qilish uchun emas, balki kerakli sohani o'rganish uchun qilinadi. Demak kimga nima kerak bo'lsa u shu sohani tahlil qilish bilan shug'ullanar ekan.

Iqtisodiy tahlilni tashkil qilishda uning natijalarini rasmiylashtirish muhim ahamiyatga ega. Shu tufayli tahlil natijalarini rasmiylashtirish, xulosa qilish va tegishli chora-tadbirlar ishlab chiqish yo'llarini ko'rsatib berish ham hozirgi kundagi muhim muammolardan biridir.

Iqtisodiy tahlil natijalarini rasmiylashtirish tahlilning muhim bosqichi bo'lib hisoblanadi. Bunda barcha hisob-kitoblar asosida tahliliy jadvallar tuziladi. Mazkur jadvallar korxona xo'jalik faoliyatini to'liq ifoda etishi lozim. Shuningdek jadvallar bitta korxonada har safar, korxonaning bo'linmalarida bir vaqtning o'zida yagona kelishilgan shaklda tuzilishi lozim. Bunday yondoshuv ko'rsatkichlarni bir-biri bilan solishtirish va umumlashtirish imkonini beradi.

Jadvallarda ko'rsatkichlarning nomi, uning qaysi davrga to'g'ri kelishi, ularning farqi, o'zgarish sur'atlari kabi ifodalar ko'rsatiladi. Jadvallar natija o'zgarishiga omillar ta'sirini hisoblash jarayonida ham tuziladi. Bu holda jadvalning egasida ta'sir qiluvchi omillar bilan birga natija ko'rsatkichining nomi ifodalanadi. Uning kesimida esa qaysi davr natijalari tahlil qilinayotganligi, shu davrda yuz bergan o'zgarishlar va ularga ta'sir qiluvchi omillarni aniqlash uchun hisob-kitob qilinadigan usullarning aloqadorligi ko'rsatiladi.

Hozirgi paytda hisob-kitob ishlari asosan kompyuterlarda amalga oshirilmoqda. Buning imkoniyati juda katta. Shu tufayli tahlilda amalga oshirilgan hisob-kitob natijalari jadvallar bilan birgalikda turli chizmalar va diagrammalarda

ham ifoda etilmoqda. Bu esa korxona xo'jalik faoliyatidagi o'zgarishlarni juda tez ilg'ash imkonini beradi. Mazkur usullar iqtisodiy tahlilning u yoki bu jihatini aniqlashda qo'llaniladi. Masalan, chizmalar (grafiklar) ko'rsatkichlarining dinamikasini ifodalashda juda qulay. Korxona xo'jalik faoliyatidagi tarkibiy tuzilmalar, ularning o'zgarishi diagrammalarda ifodalanishi maqsadga muvofiq bo'ladi.

Chizma va diagrammalarning qulayligi shundaki, u korxona xo'jalik faoliyati natijasini har qanday kishi uchun ham tez va tushunarli tarzda ifoda etadi. Masalan, korxonada beshta bo'linma bo'lsa ularning o'tgan yilga nisbatan birorta ko'rsatkichning o'sishini ustunli diagramma qilinsa eng yuqori natijaga erishganligi eng baland ustun sifatida yaqqol ko'rinib turadi. Bu har bir bo'linma xodimlarining aqliy-ruhiy kayfiyatiga ham ta'sir qiladi. Eng yuqori ustunga erishgan bo'linma xodimlarida faxrlanish, mag'rurlik hissi tug'ilsa eng past ustunga ega bo'lgan bo'linma xodimlarida o'z jamoasi uchun istirob hissi bo'lishi mumkin. Unisi ham bunisi ham ko'rsatkichlarni yaxshilash uchun kurashish tuyg'usini o'yg'otishi tabiiy. Bu ichki omillar o'ta muhim, ortiqcha mablag' talab qilmaydigan, ammo korxona xo'jalik faoliyatiga ijobiy ta'sir qilib, uni yaxshilaydigan omillardir.

Iqtisodiyotning erkinlashtirilishi, islohatlarning chuqurlashuvi korxonalar o'rtasida erkin raqobat muhitini tug'dirmoqda. Bu esa o'z navbatida korxona xo'jalik faoliyatini tezkor tarzda kundalik natijalarni o'rganib borishni taqozo qiladi. Bu ham hisob-kitoblarga kompyuterlarni qo'llash natijasida ancha osonlashadi. Har kuni ish kunining oxirisida xo'jalik faoliyatining bir kunlik natijasi qanday bo'lganligini aniqlash mumkin. Bu esa yutuq va kamchiliklarni juda tez anglash, yutuqlarni ko'paytirish, kamchiliklarni bartaraf qilishga asos bo'ladi. Tahlilning ushbu shakli boshqaruvni ham tezkor ravishda amalga oshirish imkonini beradi.

Kunlik natijalar har kuni jamlanib borilsa hisobot davrining xoxlagan kunida qanday natijaga erishganligini bilib olish mumkin. Masalan, bir oyning o'n oltinchi kuni qanday natijaga erishganligini kunlik hisobotni jamlab borish orqali aniqlash mumkin. Shu, 16-chi kuni qanday natijaga erishdik va o'tgan 16 kun mobaynida erishgan umumiy ahvolimiz qanday degan xulosani chiqarish uchun ham tegishli axborot mazkur kompyuterda mavjud bo'ladi. Bu esa korxona xo'jalik faoliyatini tezkor boshqarish, kamchiliklarni o'z vaqtida, hisobot davri tugamasdan bartaraf qilish imkonini beradi.

Agar korxonaning barcha bo'linmalarida kompyuterlar o'rnatilgan va ular yagona tarmoqga (setga) ulangan bo'lsa boshqarishda yangi usulni, ya'ni qog'ozsiz va jonli muloqotsiz boshqarish usulini joriy qilish mumkin. Korxona menejeri har bir bo'linmadan tegishli axborotlarni olib bir joyda umumlashtiradi va xulosa chiqaradi. Xulosa natijasida ishlab chiqarilgan chora-tadbirlar va tegishli topshiriqlarni ham kompyuter tarmog'i orqali jo'natish mumkin. Bu mutaxassis va bo'linma rahbarlarining turli majlislarga, yig'ilishlarga ketadigan vaqtini ham tejaydi.

Hisobot davri tugagach tahlil natijasi tezkor tarzda jadvallarda, chizmalarda, turli diagrammalarda tuzilib qog'ozga chiqariladi va mutaxassislar tomonidan yozma

ravishda xulosa yoziladi. Xulosada barcha erishilgan yutuqlar bilan birga yo'l qo'yilgan kamchiliklar, ularning sabablari va qanday oqibatga olib kelganligi ko'rsatiladi. Ayniqsa yo'l qo'yilgan kamchiliklarda kim aybdorligi ochiq-oydin ko'rsatilishi lozim. Chunki bu tadbir kelajakda mazkur shaxsning shu kamchilikka yo'l qo'ymasligini ta'minlaydi.

Iqtisodiy tahlilning natijalari bo'yicha tuzilgan barcha axborotlar, yozma xulosalar jamlanib korxona rahbariga, mulkdorga topshiriladi. Rahbar tahlil natijasiga asosan boshqaruv qarorlarini qabul qiladi. Qaror qabul qilishda birqancha mutaxassislarni, bo'linmalar rahbarlarini taklif qilib chuqur o'ylangan va puxta ishlangan boshqaruv qarorlarini qabul qilish maqsadga muvofiqdir.

Agar korxona yirik bo'lsa boshqaruv qarorlarini qabul qilishda «Fikrlar hujumi» usulidan ham foydalanishi mumkin. Buning uchun mazkur korxonada ijodiy guruh tashkil qilingan bo'lishi lozim. Mazkur ijodiy guruhning vazifasi korxona xo'jalik faoliyatini yaxshilashga qaratilgan bo'ladi.

Iqtisodiy tahlil natijalari boshqaruv bilan birga auditorlarning xulosa chiqarishi uchun ham asos bo'lib xizmat qiladi. Auditorlar oldingi taftishchilardek taftish bilan emas, endilikda tahlil bilan shug'ullanishlari lozim. Shu tufayli tahlil usullarini, uni amalga oshirish metodologiyasini buxgalterlar qancha bilsa, auditorlar ularga nisbatan ikki karra ko'p va puxta bilishlari shart. Zero, auditorlik xulosasini chiqarish uchun faqat tahlil natijalaridan foydalanish mumkin, xolos.

Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati.

1. Xoliqulov A.N. Iqtisodiy tahlil. O'quv qo'llanma. Samarqand.: Fan bulog'i nashriyoti uyi, 2023, 212 bet

2. Астахов В.П. «Анализ финансовой устойчивости фирмы (процедуры связанный с банкротством)». М.; «Финансы и статистика» 1996.

3. Войтоловский Н.В. Экономический анализ: Основы теории. Комплексный анализ хозяйственной деятельности организации. Учебник.-М.: Высшее образование, 2005.

4. Pardayev M.Q., Xoliqulov A.N., Oltaev Sh.S. Makroiqtisodiy tahlil va prognozlashtirish. O'quv-uslubiy qo'llanma, Samarqand. SamISI, 2022, 84 bet.

5. Xoliqulov A.N,Usmanova D.Q., A.O.Qarshiyev. Tarmoqlar sohasini tartibga solish va raqobat. O'quv qo'llanma. Samarqand.: Fan bulog'i nashriyoti uyi, 2022, 174 bet

6. www.iqtisodiyot.uz

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.