Научная статья на тему 'IQTISODIY TAHLILDA QO‘LLANILADIGAN AXBOROTLAR TIZIMI'

IQTISODIY TAHLILDA QO‘LLANILADIGAN AXBOROTLAR TIZIMI Текст научной статьи по специальности «Экономика и бизнес»

CC BY
835
80
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
bozor iqtisodiyoti / ma'lumotlar to'plami / tahlil qilish / iqtisodiy tahlil / axborot tizimlari / mahsulot / xizmat. / market economy / data set / analysis / economic analysis / information systems / product / service.

Аннотация научной статьи по экономике и бизнесу, автор научной работы — Xoliqulov Anvar Nematovich, Naxanboyev Ozod

Ushbu maqolada iqtisodiy tahlilning mohiyati va mazmuni, bozor iqtisodiyoti sharoitidagi zaruriyati hamda uning ahamiyati to’g’risida mualliflar tomonidan fikr-mulohazalar keltirilgan. Qolaversa, bugungi rivojlangan zamonamizda bozor iqtisodiyotini tizimlashtirishda iqtisodiy tahlilda qo‘llaniladigan axborotlar tizimi bo’yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

In this article, the opinion of the authors is presented on the nature and content of economic analysis, its necessity and importance in the conditions of the market economy. In addition, in today's advanced age, proposals and recommendations have been developed for the information system used in economic analysis in the systematization of the market economy.

Текст научной работы на тему «IQTISODIY TAHLILDA QO‘LLANILADIGAN AXBOROTLAR TIZIMI»

IQTISODIY TAHLILDA QO'LLANILADIGAN AXBOROTLAR TIZIMI

Xoliqulov Anvar Nematovich

Samarqand iqtisodiyot va servis instituti Iqtisodiy tahlil va satatistika kafedrasi mudiri, i.f.n., dots.

Naxanboyev Ozod

Samarqand iqtisodiyot va servis instituti IK-S-420 guruh talabasi

Annotatsiya: Ushbu maqolada iqtisodiy tahlilning mohiyati va mazmuni, bozor iqtisodiyoti sharoitidagi zaruriyati hamda uning ahamiyati to'g'risida mualliflar tomonidan fikr-mulohazalar keltirilgan. Qolaversa, bugungi rivojlangan zamonamizda bozor iqtisodiyotini tizimlashtirishda iqtisodiy tahlilda qo'llaniladigan axborotlar tizimi bo'yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqilgan.

Kalit so'zlar: bozor iqtisodiyoti, ma'lumotlar to'plami, tahlil qilish, iqtisodiy tahlil, axborot tizimlari, mahsulot, xizmat.

Abstract: In this article, the opinion of the authors is presented on the nature and content of economic analysis, its necessity and importance in the conditions of the market economy. In addition, in today's advanced age, proposals and recommendations have been developed for the information system used in economic analysis in the systematization of the market economy.

Key words: market economy, data set, analysis, economic analysis, information systems, product, service.

Korxonaning moliyaviy hisoboti uning xo'jalik faoliyatini ifodalovchi asosiy ko'rsatkichlar manbai bo'lib hisoblanadi.

Respublikamizda tadbirkorlik faoliyatini qo'llab-quvvatlab va rag'batlantirish ko'plab yangi-yangi xo'jalik yurituvchi sub'ektlarning paydo bo'lishiga sabab bo'lmoqda. Bu firmalarning rahbarlari yaxshi g'oyalar va ularning moliyaviy ta'minlanishi korxonalarning samarali faoliyat ko'rsatishi hamda juda ko'p foyda topishiga asos bo'ladi, deb o'ylashadi. Tajriba ko'rsatmoqdaki, ko'pchilik biznesmenlarimiz yangi bir ishga kirishishdan oldin uni aniq hisob-kitob va nazorat tizimi zarurligi to'g'risida unchalik bosh qotirishmaydi. Aslida esa, ular ishni avvalo yaxshi malakali hisobchi topishdan boshlashlari kerak.

Bordi-yu, shunday qilinmasa, oxir oqibatda rahbar boshi berk ko'chaga kirib qolishi, moliyaviy imkoniyatlardan samarali foydalanaolmasligi, ishni ilgari siljitolmasligi, tashqaridan qaralganida faoliyati durustgina bo'lib ko'ringan korxonasida moliyaviy talon-tarojlar sodir bo'lishiga yo'l ochilishi mumkin.

Shu tufayli tashkilotning ahvoli ifoda etilgan axborotlar tizimidan to'g'ri foydalana oladigan hisobchi ayniqsa erkin iqtisodiyot sharoitida o'ta muhimdir.

Iqtisodiy tahlilda qo'llaniladigan axborotlar odatda ikkiga bo'linadi: hisoblanadigan va hisoblanmaydigan.

Hisoblanadigan axborot manbalariga quyidagilar kiradi:

* buxgalteriya hisobi va hisoboti;

* statistika hisobi va hisoboti;

* tezkor hisob va hisobot;

* tanlab kuzatilgan hisob ma'lumotlari.

Buxgalteriya hisobi va hisobotida xo'jalik operatsiyalari, xo'jalik mablag'lari va ularning manbalari ifodalanadi.

Statistika hisobi va hisobotida hodisa va jarayonlar umumiy majmuasining miqdoriy jihatlari ifodalanadi.

Tezkor hisob va hisobotlarga hisobot davri ichida olish mumkin bo'lgan axborotlar majmuasi kiradi.

Tanlab kuzatish natijasida olingan ma'lumotlar hisobotdagi ko'rsatkichlarni chuqurlashtirish hamda hodisa va jarayonlarni alohida o'rganish imkonini beradi.

Hisoblanmaydigan ma'lumot manbalariga quyidagilar kiradi:

* ichki idora va idoradan tashqari taftish ma'lumotlari;

* ichki va tashqi audit hisobotlari;

* laboratoriya va tibbiy-sanitariya nazorati materiallari;

* soliq xizmati xodimlarining tekshirish natijalari;

* mehnat jamoasining majlis va yig'ilish qarorlari.

Shuningdek, tahlil jarayonida tasdiqlangan reja, biznes-reja va boshqa me'yoriy hujjatlar ham qo'llaniladi.

Iqtisodiy tahlilda qo'llaniladigan axborotlar oshkoraligi nuqtai nazaridan yopiq va ochiq ma'lumotlarga bo'linadi. Buxgalteriya va statistik hisobotlarda ifodalangan ma'lumotlar tashqariga, boshqa sub'ektlarga taqdim qilinadi va ular ochiq ma'lumotlarga kiradi.

Bozor munosabatlari sharoitida har bir xo'jalik yurituvchi sub'ekt o'zining me'yoriy ko'rsatkichlarini, ta'riflari, limitlari va ularni baholash yo'llarini ishlab chiqadi. Bu ko'rsatkichlar xo'jalik sub'ektining tijorat, texnologik, ishlab chiqarish siri bo'lib hisoblanadi.

Korxona hisobotlari yillik va choraklik moliyaviy hisobotlar shaklini tuzish bo'yicha ko'rgazmaga amal qilgan holda tuziladi. Ammo unda xatoliklarga yo'l qo'yilishi mumkin. Buni aniqlash uchun quyidagi tadbirlarni amalga oshirish lozim:

1. Buxgalteriya balansi ko'rsatkichlarini bosh kitob ko'rsatkichlaridagi raqamlar bilan solishtirish. Ular bir-biriga mos ravishda to'g'ri kelishi lozim.

2. Buxgalteriya balansidagi har bir bo'limning moddalaridagi so'mmasi shu bo'lim jami so'mmasiga va aktiv qismining passiv qismiga to'g'ri kelishi aniqlanadi.

3. Buxgalteriya balansidagi moliyaviy hisobot tarkibiga kiruvchi boshqa hisobot ko'rsatkichlari bilan to'g'ri kelishi tekshiriladi.

4. Buxgalteriya balansi va moliyaviy hisobotning O'zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi tomonidan 1994 yil 26 martda ishlab chiqilgan 164-sonli «Buxgalteriya hisoboti va balansi to'g'risidagi Nizom»ga va 1997 yil 25 yanvarda tasdiqlangan «Korxona va tashkilotlarning yillik va choraklik moliyaviy hisobotlarini

to'lg'azish bo'yicha Qo'llanma»ga to'g'ri kelishi ko'rib chiqiladi. Bu qo'llanmaga har yili qo'shimcha va o'zgartirishlar kiritilib boriladi.

Rahbar moliyaviy hisobotni tasdiqlashda shu qo'yilgan talablarning hammasini yoki muayyan qismini tekshirib ko'rinishi va ishonch hosil qilgandan so'ng, unga imzo chekishi mumkin.

Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati.

1. Xoliqulov A.N. Iqtisodiy tahlil. O'quv qo'llanma. Samarqand.: Fan bulog'i nashriyoti uyi, 2023, 212 bet

2. Астахов В.П. «Анализ финансовой устойчивости фирмы (процедуры связанный с банкротством)». М.; «Финансы и статистика» 1996.

3. Войтоловский Н.В. Экономический анализ: Основы теории. Комплексный анализ хозяйственной деятельности организации. Учебник.-М.: Высшее образование, 2005.

4. Pardayev M.Q., Xoliqulov A.N., Oltaev Sh.S. Makroiqtisodiy tahlil va prognozlashtirish. O'quv-uslubiy qo'llanma, Samarqand. SamISI, 2022, 84 bet.

5. Xoliqulov A.N,Usmanova D.Q., A.O.Qarshiyev. Tarmoqlar sohasini tartibga solish va raqobat. O'quv qo'llanma. Samarqand.: Fan bulog'i nashriyoti uyi, 2022, 174 bet

6. www.iqtisodiyot.uz

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.