Научная статья на тему 'IQBOL MIRZO SHE’RIYATIDA SINONIMLARNING QO’LLANILISHI'

IQBOL MIRZO SHE’RIYATIDA SINONIMLARNING QO’LLANILISHI Текст научной статьи по специальности «СМИ (медиа) и массовые коммуникации»

CC BY
812
78
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
leksik sinonimlar / kontekstual sinonimlar / dominant so’z / emotsional-ekspressiv ma’no / semantik ma’no. / lexical synonyms / contextual synonyms / dominant word / emotional-expressive meaning / semantic meaning.

Аннотация научной статьи по СМИ (медиа) и массовым коммуникациям, автор научной работы — Yoqubboyeva Shoxista To’Raxon Qizi

Ushbu maqolada Iqbol Mirzo she’riyatida qo’llanilgan sinonimlarning leksiksemantik xususiyatlari haqida gap boradi. Shuningdek, sinonimiya hodisasi va ularning turlari haqida ham ma’lumotlar berilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

USE OF SYNONYMS IN IQBAL MIRZO'S POETRY

This article deals with the lexical-semantic features of synonyms used in the poetry of Iqbol Mirzo. Information about the phenomenon of synonymy and their types is also given.

Текст научной работы на тему «IQBOL MIRZO SHE’RIYATIDA SINONIMLARNING QO’LLANILISHI»

IQBOL MIRZO SHE'RIYATIDA SINONIMLARNING QO'LLANILISHI

Yoqubboyeva Shoxista To'raxon qizi

Andijon davlat universiteti filologiya fakulteti 3-bosqich talabasi https://doi.org/10.5281/zenodo.6687118

Annotatsiya. Ushbu maqolada Iqbol Mirzo she'riyatida qo'llanilgan sinonimlarning leksik-semantik xususiyatlari haqida gap boradi. Shuningdek, sinonimiya hodisasi va ularning turlari haqida ham ma'lumotlar berilgan.

Kalit so'zlar: leksik sinonimlar, kontekstual sinonimlar, dominant so'z, emotsional-ekspressiv ma'no, semantik ma'no.

Аннотация. B данной статье рассматриваются лексико-семантические особенности синонимов, используемых в поэзии Икбола Мирзо. Также дана информация о явлении синонимии и их видах.

Ключевые слова: лексические синонимы, контекстуальые синонимы, доминантное слово, эмоционально-экспрессивное значение, семантическое значение.

Abstract. This article deals with the lexical-semantic features of synonyms used in the poetry of Iqbol Mirzo. Information about the phenomenon of synonymy and their types is also given.

Keywords: lexical synonyms, contextual synonyms, dominant word, emotional-expressive meaning, semantic meaning.

So'zlar ma'no-munosabatiga ko'ra 4 ga bo'linadi: sinonim, antonim, omonim va paronim. Ma'nolari bir xil yoki o'zaro yaqin, talaffuz va yozilishi bir xil bo'lgan so'zlar sinonim hisoblanadi. Sinonim yunoncha synonimon - "birgalikda ismlash" demakdir. Masalan, chiroyli, ko'rkam, go'zal, xushro'y, suluv, zebo. Birdan ortiq so'zlarning o'zaro sinonimligi ularning bir xil ma'noga ega ekanligiga asoslanar ekan, tabiiy ravishda faqat bir turkumga oid so'zlargina o'zaro sinonimik munosabatda bo'la oladi.

Bugungi o'zbek she'riyatida va nasrida mahorat bilan qalam tebratayotgan ijodkor, O'zbekiston xalq shoiri Iqbol Mirzoning ijodida sinonim so'zlarni ko'plab uchratishimiz mumkin. Qo'llanilgan bu sinonimlar she'rni tushunishimizni osonlashtiradi, badiiy matnga emotsional -ekspressivlik bag'ishlab, uning badiiyligini oshiradi. Quyida biz shoir qalamiga mansub bo'lgan "Ko'nglingda nima bor, bilmayman" she'riy to'plamida qo'llanilgan sinonimlarni semantik jihatdan tahlil qilib ko'rib chiqamiz.

TADQIQOT MATERIALLARI VA METODOLOGIYASI.

Ma'nodoshlik qatoridagi leksemaning bittasi dominant (bosh) leksema bo'lib, boshqalari shu leksema atrofida birlashadi. Dominanta yunoncha so'z bo'lib, "hukmron degan ma'noni anglatadi. Masalan, katta-ulkan-bahaybat-azim-buyuk-ulug' sinonimik qatoridan katta leksemasida bu sema belgilanmagan (neytral), ulkan va bahaybat so'zlari esa uslubiy so'zlar hisoblanib, o'z o'rni va uslubiga ko'ra qo'llanadi. Ma'nodoshlik qatoridagi dominant leksemaning bir qancha o'ziga xos xususiyati bor:

1)dominant leksemaning mazmuni boshqa leksemalarnikiga nisbatan "kambag'alroq"

bo'ladi;

ИСПОЛЬЗОВАНИЕ СИНОНИМОВ В ПОЭЗИИ ИКБАЛА МИРЗО

USE OF SYNONYMS IN IQBAL MIRZO'S POETRY

KIRISH.

SCIENCE AND INNOVATION 2022

№ 3

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL

2)dominant leksemaning qo'llanish doirasi va miqdori boshqa ma'nodoshlarnikiga nisbatan keng va ko'p bo'ladi;

3)dominant leksema belgilanmagan ifoda semasiga ega bo'lganligi bois istalgan vaqtda o'z ma'nodoshlarini almashtira oladi;

4)ma'nodoshlik qatori mansub bo'lgan katta tizimga faqat dominant kiradi.

TADQIQOT NATIJALARI.

Sinonimlar qo'llanish o'rniga ko'ra leksik sinonimlar va kontekstual sinonimlar kabi turlarga bo'linadi. Leksik sinonimiya leksemalarning bir xil ma'no anglatishiga ko'ra guruhlanishidir: yelka, kift, o'miz (birinchi guruh); in, uya, oshyon (ikkinchi guruh); nur, shu'la, yog'du, ziyo (uchinchi guruh) va b.lar. Bunday guruhlar tilshunoslikda sinonimik qatorlar deb nomlanadi.

Kontekstual sinonimiya - til birligi sifatida o'zaro sinonim bo'lmagan leksemalarning ma'lum kontekst doirasida (demak, nutq ichida) sinonimik munosabatga kiritilishi. Masalan, chinni va kosa so'zlarining leksik ma'nolari bir xil emas: chinni "idish-tovoq, izolatsion materiallar yasash uchun ishlatiladigan oq loy"ni, kosa esa "piyoladan kattaroq idish"ni ataydi. Demak, biri "material"ni, ikkinchisi esa shu materialdan yasalgan "idish"ni anglatadi, shunga ko'ra ular sinonim hisoblanmaydi, ammo ayrim shevalarda chinni leksemasi "kosa" ma'nosida ham qo'llanadi, binobarin shu shevaga xos kontekst ichida u kosa leksemasining sinonimiga aylanadi. Masalan, Xoljonbika....xitoyi chinnida moy olib keldi (J.SH). Tilshunoslikda bu tipdagi sinonimlar absolute sinonimlar yoki leksik dubletlar deb nomlanadi.

MUHOKAMA.

Quyida biz Iqbol Mirzo she'riyatida qo'llanilgan leksik sinonimlarni tahlil qilib, ko'rib chiqamiz.

Bir dilbarni ko'rdim - qoshi qaroli,

Qoshlaridan yurak-bag'rim yaroli.

Bo'lsam edi xizmatkori, qaroli,

Qul bo'lmasam, baxtim kulmaydiganday (16-bet).

She'rda ot so'z turkumiga mansub so'zlar sinonimlikni hosil qilgan va sinonimlar natijasida bo'laklarning uyushish hodisasi ham kuzatilgan. "O'zbek tilining izohli lug'ati" da xizmatkor so'ziga quyidagicha ta'rif berilgan:"Birovlarning shaxsiy xizmatini, uy ishini qiluvchi kishi". Yuqoridagi misralarda xizmatkor, qarol, qul kabi so'zlar sinonimik qatorni hosil qilgan.

Omon edi orzu, tilagim kecha,

Tangrim, boqding chuqur yuragimgacha.

Bedavo dard berding suyagimgacha,

Ay, aylanay, tanlab bergan dardingdan (22-bet).

Berilgan bu misralarda esa orzu va tilak so'zlari orqali sinonimik qator yuzaga kelgan. "O'zbek tili sinonimlarining izohli lug'ati" kitobida bu so'zlarga quyidagicha ta'rif berilgan: "Orzu ko'pincha muhimroq narsaga erishishga bo'lgan istakni bildiradi. Mayl, ra'y, ko'ngil, rag'bat, talab, tilak so'zlari bu ma'noda kam qo'llanadi".

Yulduz, kechir meni, kechir, yulduzim,

Iqboling kulsa ham baxting kulmadi.

SCIENCE AND INNOVATION

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL

2022 № 3

O'zimga mahliyo bo'ldim-u o'zim,

Ko'nglingni olishga vaqtim bo'lmadi (34-bet).

Iqboling va baxting so'zlari qo'llash orqali yuqoridagi misralarda sinonimik qator yuzaga kelgan. Azim Hojiyevning "O'zbek tili sinonimlarining izohli lug'ati" kitobida baxt so'zining iqbol, tole, saodat kabi sinonimlari ham keltirilgan.

Dard-u g 'amim, iztirobim, kulfatlarim -

Bosh ustimda charx uradi kalxatlarim.

Osmonlarda qolib ketgan oyqiz o'zing,

Baxtsizligim sababchisi yolg'iz o'zing (53-bet).

Berilgan bu misralarda eganing uyushish hodisasi yuzaga kelgan bo'lib, uyushiq bo'laklar ot so'z turkumiga mansub sinonim so'zlar dard, g'am, iztirob, kulfat so'zlarining qo'llanishi asosida yuzaga chiqqan.

Sevgi yomg'ir emas, ko'kdan sochilmaydi,

Ishqsizlarga samodan gap ochilmaydi.

Endi sendan o'zgaga lab ochilmaydi,

Lablarimda lablaringning mazasi bor (58-bet).

Berilgan bu misralarda leksik sinonimlar qo'llanilgan bo'lib, bu sinonimlar ko'k va samo so'zlarini qo'llash orqali hosil bo'lgan. "O'zbek tili sinonimlarining izohli lug'ati" kitobida ko'k so'zining osmon, samo, falak, gardun kabi sinonimlari keltirilgan. Bu sinonimik qatorda osmon so'zi dominanta so'z hisoblanadi.

XULOSA.

Xulosa qilib aytganda, sinonimiya hodisasi tilning boy ekanini, taraqqiyot darajasini ko'rsatib turuvchi hodisalardan biri hisoblanadi. Sinonimiya natijasida nozik ma'no qirralari anglashiladi, rang-barang uslubiy baholar va emotsional-ekspressiv ma'nolar ifodalanadi. Iqbol Mirzo o'z she'riyatida sinonimlardan mahorat bilan va o'rinli foydalanish orqali o'zbek tilining qanchalik boy til ekanligini ko'rsatib bergan. Zero, sinonimlar nutqni ta'sirchan bayon qilishda hamda uslubning rangdor bo'lishini ta'minlashda, takrorlarning oldini olishda katta ahamiyatga egadir.

Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati:

1. A.Hojiyev. O'zbek tili sinonimlarining izohli lug'ati. - Toshkent. 1974.

2. Mirzo. Ko'nglingda nima bor, bilmayman. - Toshkent. 2020.

3. O'zbek tilining izohli lug'ati. - Toshkent. 2006-2008-yillar. 5 jildlik.

4. R.Sayfullayeva va boshqalar. Hozirgi o'zbek adabiy tili. - Toshkent. 2009. 104-bet.

5. H.Jamolxonov. Hozirgi o'zbek adabiy tili. - Toshkent. 2005. 166-168-betlar.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.