Научная статья на тему 'O’ZBEKISTON VA SHIMOLIY AFG’ONISTON O’ZBEKLARI TILIDAGI SINONIMLARINING QIYOSI'

O’ZBEKISTON VA SHIMOLIY AFG’ONISTON O’ZBEKLARI TILIDAGI SINONIMLARINING QIYOSI Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

99
28
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Shimoliy Afg’oniston / sinonimlar / ijobiy va salbiylik xususiyatlari / leksik / so’z / ma’nodoshlik / sinonimlar lug’ati / izohli lug’at / o’zbek kabi. / Northern Afghanistan / synonyms / positive and negative features / lexicon / word / semantics / dictionary of synonyms / annotated dictionary / Uzbek

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Cholpon Zabihullah Muhammad Navob Ogli

Ushbu maqolada O’zbekiston xalqi tilida leksik sinonimlarining va Shimoliy Afg’oniston hududidagi o’zbeklar tilidagi leksik sinonimlarning ahamiyati va xususiyatlari yoritilib beriladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

COMPARISON OF SYNONYMS IN THE LANGUAGE OF UZBEKISTAN IN UZBEKISTAN AND NORTHERN AFGHANISTAN

This article discusses the significance of lexical synonyms in the Uzbek language of Uzbekistan and Northern Afghanistan

Текст научной работы на тему «O’ZBEKISTON VA SHIMOLIY AFG’ONISTON O’ZBEKLARI TILIDAGI SINONIMLARINING QIYOSI»

O'ZBEKISTON VA SHIMOLIY AFG'ONISTON O'ZBEKLARI TILIDAGI

SINONIMLARINING QIYOSI

Cho'lpon Zabihullah Muhammad navob o'g'li

Samarqand davlat universiteti magistranti zabihullahcholpan2019@gmail .com

ANNOTATSIYA

Ushbu maqolada O'zbekiston xalqi tilida leksik sinonimlarining va Shimoliy Afg'oniston hududidagi o'zbeklar tilidagi leksik sinonimlarning ahamiyati va xususiyatlari yoritilib beriladi.

Kalit so'zlar: Shimoliy Afg'oniston, sinonimlar, ijobiy va salbiylik xususiyatlari, leksik, so'z, ma'nodoshlik, sinonimlar lug'ati, izohli lug'at, o'zbek kabi.

COMPARISON OF SYNONYMS IN THE LANGUAGE OF UZBEKISTAN IN UZBEKISTAN AND NORTHERN AFGHANISTAN

ABSTRACT

This article discusses the significance of lexical synonyms in the Uzbek language of Uzbekistan and Northern Afghanistan.

Keywords: Northern Afghanistan, synonyms, positive and negative features, lexicon, word, semantics, dictionary of synonyms, annotated dictionary, Uzbek.

KIRISH

Turlicha tovushlardan tuzilgan, ammo ma'nolari umumiy yoki bir-biriga yaqin so'zlar sinonimlar yoki ma'nodoshlar deb ataladi. Masalan, sabr, toqat, chidam, to'zim so'zlarining umumiy ma'nosi ,,sabr qilish" , ,,chidash" dir. Ular shu ma'nolari bilan bir-biriga yaqin. Shuningdek, tur, nav, xil, jins so'zlari; Gulshan, chamanzor, gulzor so'zlari; qayg'u alam, dard, kulfat,tashvish, zaxmat so'zlari ham ba'zi ma'no ottenkalari bo'lishidan qat'i nazar, umumiy bir ma'noga egadir. Shuning uchun ular sinonimlarning belgili turi (gruppasi)ni tashkil etadi.(1.128-b)

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA

Ma'nodosh so'zlar Leksikologiya bo'limining asosi tarkibiy qismlaridan biri bo'lib, u o'zbek tilida juda keng tarqalgan hisoblanadi.

Sinonimlarning quyidagi ko'rinishlarini uchratishimiz mumkin:

1.Leksik sinonimiya: do'st, o'rtoq, jo'ra, hamdam, rafiq...

2. Frazeologik sinonimiya: Og'zi qulog'ida—do'ppisini osmonga otdi...

3. Affiksal sinonimiya: ba-, -mand, -chi, -shunos...

4.Sintaksis sinonimiya: U telefonda gaplashadi—U telefon orqali gaplashadi...

Yuqorida keltirgan misollarni ko'plab davom ettirishimiz mumkin. Biz kundalik hayotimizda ko'plab ma'nodosh so'zlardan foydalanamiz, ammo e'tibor qilmasligimiz mumkin. Hazrat Mir Alisher Navoiy o'zbek tili va tojik tilini bir-biriga qiyoslaganda aynan o'zbek tilining ma'nodoshlarga boyligini va tojik tilidan ustunliklarini aytib o'tadi.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Ma'nodosh so'zlar ikki so'zdan tortib, yeti-sakkiz hatto undan ham ko'p so'zlar doirasida kuzatilishi bizga ma'lum. Quyidagi jadvalda ularga to'liqroq izoh berishga harakat qilamiz.

Ikki so'zdan iborat ma'nodoshlik

I-Bosh sinonim Izohi Afg'oniston o'zbeklari tiliga doir misollar

Adolat Qonun-qoida va umum ishidagi xatti-harakatga nisbatan qo'llanadi. "Oga" bo'lgan ham haqiqat, ham adolat kuychisi, Qo'rqmadi xavf u xatardan borur o'tkazdi yosh.[1.191-b] U o'zini "kambag'al xalqni boyitgan ", "oz sonli xalqni kupaytirgan" , "adolatliy hukimron" sifatida tasvirlaydi.[2.32-b]

II-sinonim

Odillik Oddiy munosabatlardagi xolis va odilona xatti-harakat Ambudismaning tarixi ildizlaridan biri Qur'oni karim va islom mafkurasining bir qismi sifatida odillik tamoyilidan kelib chiqadi.[9.1-b]

Uch so'zdan iborat ma'noc oshlik

I-bosh sinonim Izohi

Musobaqa Bosh so'z, adabiy uslubga tegishli Yugondo krekit jamoasi so'ngi musobaqalarida orjantoyn krekit jamoasini mag'lubiyatga uchratib.[5.1-b]

II-sinonim

Bellashuv Ko'proq oddiy so'zlashuvga xos Afg'oniston milliy krekit jamoasi Orjantoynda bo'lib o'tgan jahon krekit birinchiligi saralashuv bellashuvlarning uchinchi davr.[5.1 -b]

III-sinonim

Kurash Ma'lum so'zlar bilan birga qo'llangandagina shu ma'noni aniq ifodalaydi. Yovlaring ona Vatan ko'rkamligini istamas, Arslon yanglig' kurash, dushmanlaring noshod qil.[4.44-b]

To'rt so'zdan iborat ma'nodoshlik

I bosh sinonim Izohi

Nur Yorug'lik manbaidan chiquvchi yorug' chiziq. Shu'la so'ziga nisbatan kengroq Hali to'xta, nurli quyosh osmonga sori ko'tarsin, O'z porloq bayrog'ini.[3.71-b]

II sinonim

Shu'la Badiiy uslubga xos Muhabbat shu'lasidan bo'lmog'on yuz dog' dunyo ting, Qani bir sham mazorind, qani bir lola bu menda?[6.1-b]

III Sinonim

Yog'du Badiiy uslubga xos Oy jamoling yog'dusidan ko'zda nurim qolmadi, Bir quchog' ochib azizim, bag'rimga bosilmading.[4.7-b]

IV Sinonim

Ziyo Eskirgan, kitobiy Ziyoli kishilarga kerakli masala shudir kim qara xalq ichida o'z yorug' uylovlari bilan ochiqlama tashlasalar.[3.3-b]

Besh so'zdan iborat ma'nodoshl Lik

I bosh sinonim Izohi

Osmon Bosh so'z bo'lib Hali to'xta, nurli quyosh osmonga sori

keng qo'llanadi. ko'tarsin, O'z porloq bayrog'ini.[3.71-b]

II sinonim

Ko'k So'zlashuv tilida Ko'k yuzini bosmoq uchun og'ir qaro

juda kam bulutlar,

qo'llanadi Guldirashib hayqirishib chopadi.[3.71-b]

III sinonim

Samo Kitobiy, poetik O'zgalarga ilm orqali serli samoga ochdi

uslubga xos yo'l, Bizga ham azm-u shitob aylash kerak bo'ldi bugun.[3.70-b]

IV sinonim

Falak So'zlashuv tilida Ey falak zulming qo'lidan doimo qon

juda kam yig'ladim,

qo'llanadi Sen butunni aylading jabring bilan sarson, ket![4.5-b]

V sinonim

Gardun Eskirgan, kitobiy Charx gardun sulfa parvar, ko'p yomon-u fitnagar, Chun saodat bodasidan bermading bir jom, ket![4.5-b]

Olti so'zc an iborat ma'nodoshlik

I bosh sinonim Izohi

Og'ir Katta og'irlikka Ko'k yuzini bosmoq uchun og'ir qaro

ega, yengilning bulutlar,

aksi Guldirashib hayqirishib chopadi.[3.71-b]

II sinonim

Vazmin Og'ir so'ziga Adab belgilaridan biri vazminlik der.

nisbatan kam (Sheva)

qo'llanadi

III sinonim

Zildek Belgi darajasi Zildek yo'l yer ustiga yopirilib

kuchli olgan.[7.361-b]

IV sinonim

Zil Belgi kuchli darajasi Qishning uzun kechlari boshga tushgan og'ir zil yukday go'yo.[7. 1-b]

V sinonim

Zil-zambil Belgi darajasi Bunga o'zingiz biron narsa yozing.

juda kuchli

VI

Zalvorli Asosan asbob, Shunchalar og'irki, uning zalvorli kishi o'y-

qurolga nisbatan xayolni bukib tashlaydi.[7.1-b]

qo'llanadi

Yetti so'zdan iborat ma'nodoshlik

I bosh sinonim Izohi

Fahm Kishining to'g'ri mulohaza yuritishi, tushuna olish qobiliyati, aql so'ziga yaqinroq Hayotni birgina oq-u qora bo'yoqlarda ko'rayotganlar, o'ta tuban o'ylayotganlar edi Navoiy ko'zda tutgan o'sha " bu yot el"! bu yerda " aql- fahm-u donishdan" demoqda Navoiy.[8.1-b]

II sinonim

Farosat So'zlashuv uslubida ham erkin qo'llaniladi Hayot yo'li shunday qiyin sinovli yo'l derkim unda har qadamda bir to'siq bor va bu to'siqlardan o'tish uchun o'ta ko'p farosat, tadbir hamda toqat kerak bo'ladi.[3.23-b]

III sinonim

Did Biror narsadagi go'zallikni, nafislikni, uning yaxshi-yomon tomonini ajrata olish qobiliyati Bilim va ma'rifat inson didini yuksaltiradi.

IV sinonim

Tamiz Hozirgi adabiy tilda juda siyrak qo'llanadi, asosan salbiy tushuncha anglatishda Mayiz bilan tamiz birdur o'lkada, Ish bilmaslar necha kun davron surur.[4.12-b]

ishlatiladi

V sinonim

Uquv Bu so'z asosan qobiliyat va anglab olish ma'nolarida ishlatiladi Uquvi bo'lmagan odam har doim gap eshitar. (Sheva)

VI sinonim

Zehn Bevosita aqliy jarayon bilan bog'liq tushuncha Zahir bog'cha bolalari ichida zehni o'tkir boladir. (Sheva)

VII sinonim

Idrok Kitobiy uslubga xos Sog'ligi bor odamda aql va idrok ham bor bo'lib barcha sohalarda o'z ishlariga yutuq va omad qozonib[3.13-b]

Biz bunday turli so'zlarda kuzatiladigan misollarni hali juda ko'p davom ettirishimiz mumkin.

Sinonim so'zlar bir umumiy ma'no asosida ma'nodoshlik qatorini hosil qiladilar, biroq ular bir-biridan turli ma'no nozikliklari—bo'yoqlari bilan farqlanib turadilar. Bunday xususiyatga ega bo'lmagan so'z esa neytral so'z—dominanta hisoblanadi vas hu qatorning asoschisi sifatida qator boshida turadi. (2.50-b)

Ma'no nozikliklariga ko'ra sinonimlar ikki xil bo'yoqli hisoblanadi va ular ijobiy yoki salbiy xususiyatlariga ko'ra farqlanadi.

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

Ijobiy Dominant Salbiy

Chehra, oraz, ruxsor, Yuz Bet, aft, bashara, turq,

jamol nusxa

So'zladi, nutq irod etdi Gapirdi Ming'irladi, g'o'ng'illadi, to'ng'illadi

Tabassum qildi, jilmaydi, Kuldi Irshaydi, tirjaydi, xoxoladi

XULOSA

Yuqoridagi jadvaldagi ijobiy va salbiy bo'yoqqa ega bo'lgan ma'nodosh so'zlarimiz quyidagi gap shaklidagi misollarda yaqqol o'z ifodasini topadi.

Bu so'zlarni eshitib Mehribonning yuzi yorishdi. Uning chehrasidan nur tomar edi. Orazin yopqach ko'zumdin sochilur har lahza yosh, O'ylakim paydo bo'lur yulduz, nihon bo'lg'ach quyosh. (A,Navoiy) Ochma ruxsoringni, jono, muncha zebolanmasun, To maningdek qasdig'a, yorab, ul o'q yoylanmasun. ( Vola) Jamoling vasfini qildim chamanda, Qizordi gul uyottin anjumanda. (Atoyi) Uning betida qotib qolgan ter tomchilari edi. Olamonning sovuq basharasi ularni hayiqtirdi. Men avval bunday nusxani ko'rmagan edim. Shimoliy Afg'onistondan misollar:

Yuzing chuchuk, iching achchiq emas, Yuzing achchiq, iching chuchuk der [10.3-b].

Oraz u xolingni birdam ko'rmasam, ay dilrabo, Uyladur men kim, ko'runmas ko'zuma oq u qaro.[11.1-b] Janonum hardam afzun bo'lsa, ay hush ahli tong yo'q kim, Ko'zumga jelva aylar ul pari ruxsor har soat. [11.16-b]

Rangsiz xoling jamoling xonida, ay simbar, Yo adas dur, yo yopushmish bir adas chog'lig' shaker.[11.32-b]

Solmoq o't barlos u tarxon orazi ne sud kim, Bizni kuygan chehra birla bir yasoqi kuydurur.[11.39-b] So'zladim birlik surudini butun, Ayriliqdan ko'zlarim geryon bolur.[4. 25-b]Tabassum aylasang jahon kular, Tabassuming quyosh ziyosimu?[12. 18-b]. Qishning qarongu tunlarida bulutlarni ortidan oy jilmaydi.[sheva]

Botur o'z sevgan qizidan, meni sevasanmi deb suradi, qizgina faqat ko'zlariga qarab tirjaydi u xalos.[sheva] Ikkala mamlakatning vakillarinig qarshisida nutq irod etgan Pokiston jamhur raisi.[13.1-b] Abdulloh hamma ishlarni qilib yana ham erta bulayotgan ishlar haqida gapirdi.[sheva] Tobistinda quyoshga qarshi betimga davo surtmasam basharam buzilib qoladi.[sheva] Yomon odamlarni yomonligi uchun umuman turqiga qaraging kelmaydi.[sheva] U kishi yo'lda, hamisha qilolmagan ishlarini ming'irlab eslab yuradi.[sheva] Sulton aka yana qaytib kelib to'ng'illadi va joyga ultirdi.[sheva]

REFERENCES

1. ,,Hozirgi o'zbek adabiy tili'' O'zbekiston , „Fan" nashriyoti 1966-yil 128-bet 2 . ,, Hozirgi o'zbek adabiy tili'' X.Nuhiddinova, D. Xudoyberganova... O'qituvchi. 2006, 50-bet.

3. Yorqin SH. Yulduzlar izidan. - Kobul, talimi nashriyot 2014, 191-bet.

4.Vatandoron, 13 son, 2017, 32 bet).

5.Vatandoron, oyligi 31 son, 2018.

6. Butun Haydariy H. Tuganmas qayg'u.- Maymana: Turkiston, 2012.

7. https: //www.bbc.com/uzbek/news/story/2009/.

8. https://www.bbc.com/uzbek/news/.

9. http://salariyan.blogfa.com.

10. http: //www.baborshah.com/.

11. Yorqin H. So'kish ham pul bo'lar ekan. - Kobul, xuroson 2010.

12. Kuhkan M. O. Olam ahlin sog'inurmen. Kobul, Ozodlik.- 2016.

13. Javzujoniy SH. Yurak sirlari. - Kobul: Afg'on, 2009.

14. https: //www.bbc. com/uzbek/news/story/2007.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.