Научная статья на тему 'IPAK YO‘LIDA TIL,ADABIYOT,TARJIMA,TURIZM VA MADANIYAT MEROS SOHASI TADQIQIDA INNOVATSION YONDASHUVLAR'

IPAK YO‘LIDA TIL,ADABIYOT,TARJIMA,TURIZM VA MADANIYAT MEROS SOHASI TADQIQIDA INNOVATSION YONDASHUVLAR Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
2
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Fuqaro / totuvlik / din / til / adabiyot / millatlararo / Buyuk ipak yo‘li / madaniyat / xalq / ma’naviyat.

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Sag’Dullayeva Yulduz Homid Qizi, Rahmatova Nasiba Sobirovna

Ushbu maqolada siz yurtimizda bo‘layotgan islohotlar,san’atning buyuk ipak yo‘li asosida tarqalgan buyuk madaniyat haqida o‘qiysiz.Bundan tashqari,Ipak yo‘lida turizm,din,madaniyat va tilning mamlakatlararo keng tarqalishi va bugungi kundagi innovatsion yondashuvlar haqida bilib olasiz.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «IPAK YO‘LIDA TIL,ADABIYOT,TARJIMA,TURIZM VA MADANIYAT MEROS SOHASI TADQIQIDA INNOVATSION YONDASHUVLAR»

IPAK YO'LIDA TIL,ADABIYOT,TARJIMA,TURIZM VA MADANIYAT MEROS SOHASI TADQIQIDA INNOVATSION YONDASHUVLAR 1Sag'dullayeva Yulduz Homid qizi, 2Rahmatova Nasiba Sobirovna

1Navoiy Innovatsiyalar Universiteti talabasi 2Ilmiy raxbar https://doi.org/10.5281/zenodo.11098623

Annotatsiya. Ushbu maqolada sizyurtimizda bo 'layotgan islohotlar,san 'atning buyuk ipak yo'li asosida tarqalgan buyuk madaniyat haqida o'qiysiz.Bundan tashqari,Ipak yo'lida turizm,din,madaniyat va tilning mamlakatlararo keng tarqalishi va bugungi kundagi innovatsion yondashuvlar haqida bilib olasiz.

Kalit so'zlar: Fuqaro,totuvlik,din,til, adabiyot, millatlararo, Buyuk ipak yo'li,madaniyat,xalq,ma'naviyat.

Аннотация. B этой статье вы прочтете о реформах, происходящих в нашей стране, о великой культуре, распространяющейся на основе Великого шелкового пути, искусстве, а также о распространении туризма, религии, культуры и языка между странами на Шелковом пути. Дорога и инновационные подходы сегодняшнего дня, о которых вы узнаете.

Ключевые слова: гражданин, гармония, религия, язык, литература, интернационал, Великий Шелковый путь, культура, народ, духовность.

Abstract. In this article you will read about the reforms taking place in our country, the great culture spread on the basis of the great silk road of art. In addition, the spread of tourism, religion, culture and language between countries on the Silk Road and the innovative approaches of today you will learn about.

Keywords: citizen, harmony, religion, language, literature, international, Great Silk Road, culture, people, spirituality.

Qadimgi Buyuk ipak yo'lining paydo bo'lishi va rivojlanishi jarayonida savdo va tranzit yo'llarning ahamiyati nihoyatda kattadir.Mill.avv.II ming yillikka kelib, O'rta Osiyoning ko'pgina hududlari qadimgi aholi tomonidan o'zlashtirib bo'lingan edi. Cho'l va dasht hududlardagi ko'chmanchi chorvador aholi vohalardagi o'troq aholi bilan o'zaro aloqalarni bronza davriga kelib yanada rivojlantiradilar.Tarixiy adabiyotlardan ma'lum bo'lishicha,Buyuk Ipak yo'li tashkil topmasdan ancha ilgariroq Qadimgi Sharq va O'rta Osiyo hududlarida o'zaro almashinuv yo'llari mavjud edi.

Agar O'zbekistonning uzoq o'tmishiga nazar solsak ham, yurtimiz uzoq qadimdanoq obod o'lkalardan bo'lganligini ko'rishimiz mumkin. Buyuk ipak yo'li esa - qadimgi va o'rta asrlarda Sharq va G'arb mamlakatlarini ilk bor o'zaro bog'lagan qit'alararo karvon yo'li.M.avv II - asrdan XVI asrgacha mavjud bo'lgan.Buyuk ipak yo'li atamasi qadimda ishlatilmagan.Uni tarixiy, geografik va madaniy jihatini ilmiy o'rganish amalda ko'plab mamlakat olimlari tomonidan XIX asrning 2-yarmidan boshlangan.Uni tadqiq etishga G'arbiy Yevtopa ,Rossiya va Yaponiyalik olimlar katta hissa qo'shgan.Xususan,Yaponiyada Buyuk ipak yo'li ekspeditsiyasi nashr qilindi.1877-yil mashhur nemis olimi Karl Rixtgofen o'zining "Xitoy" nomli yirik ilmiy asarida ulkan Yevroosiyo materigining turli qismlarini bog'lovchi yo'llar tizimini "Ipak yo'li " deb atagan.Keyinchalik "Buyuk ipak yo'li atamasi" qabul qilingan.1987- yil YUNESKO madaniy taraqqiyot bo'yicha BMT ning umumjahon deklaratsiyasi doirasida Ipak yo'li -"muloqat yo'li"xalqaro dasturini qabul qildi.Bu dastur O'rta Osiyo xalqlari boy va madaniy tarixlarini keng

qamrovda tadqiq etishni nazarda tutadi.Biroq uning asosiy maqsadi -sharq bilan g'arb o'rtasida yanada mustahkam madaniy va iqtisodiy aloqalar o'rnatish ,ushbu buyuk qit'alarda yashovchi ko'p sonli xalqlar o'rtasidagi o'zaro munosabatalarni yaxshilashdan iborat.Ko'plab xalqato ilmiy konferensiya va seminarlar o'tkazildi.O'zbekistonda Buyuk ipak yo'lini tiklashga katta e'tibor qaratilmoqda.1995 yil 2- iyunda O'zbekiston Respublikasi birinchi prezidenti Islom Karimovning Buyuk ipak yo'lini qayta tiklashda O'zbekistonning ishtirokini avj oldirish va respublikada xalqaro sayyohlikni rivojlantirish sohasidagi chora tadbirlar to'g'risidagi farmoni e'lon qilingan.Tarixga nazar tashlasak,O'rta Osiyo hududlarida antik davrdan boshlab rivojlanish jarayonlari Buyuk ipak yo'li bilan uzviy bog'liqdir.Xususan,m.avv II -asrdan boshlab Xitoy va O'rta Osiyo hududlari bilan savdo aloqalar rivojlanib bordi.Farg'ona ,Sog'd va Baqtriyaga ipakchilik kirib keldi.Karvon yo'li rivojlanib borgan sari savdo sotiq va hunarmandchilik ham rivojlanib bordi.

Ma'lumki, XV asrning oxirlarida yuz bergan buyuk geografik kashfiyotlar natijasida xalqaro dengiz yo'llarining ochilishi tufayli Yevropa va Osiyo davlatlarining ko'pchiligi hayotida, xalqaro aloqalar va savdo yo'llari tizimida keskin o'zgarishlar ro'y bera boshladi. Undan tashqari XV-XVI asrlarda Usmonli turklarning istilolari ham G'arbiy Yevropa xalqlari bilan Markaziy Osiyo o'rtasida mavjud azaliy aloqa yo'llari yo'nalishlarining o'zgarishiga olib keldi. Natijada, ulkan hududlarni qamrab olgan Buyuk Ipak yo'li XVI asrdan boshlab o'z ahamiyatini yo'qota boshladi. Bu holat birinchi navbatda Buyuk geografik kashfiyotlar tufayli G'arbiy Yevropadan Xitoy va Hindistonga olib boruvchi dengiz yo'llarining ochilishi va ulardan izchil foydalanishning boshlanishi bilan bog'liq bo'lsa, ikkinchidan, bu davrda O'rta Osiyoda boshlangan o'zaro sulolaviy kurashlar markaziy davlat xokimiyatining zaiflashuviga, karvon yo'llari xavfsizligining to'liq ta'minlanmaganligiga olib keldi. Natijada asrlar davomida Sharq va G'arb dunyosini bog'lab turgan Buyuk Ipak yo'li inqirozga uchradi.

"Buyuk Ipak yo'lning tarixi Sharq va G'arb xalqlarining keng miqyosdagi madaniy aloqalari va savdo ayirboshlashi tarixidir. Bu o'zaro hamkorlik va madaniyatlar boyitilishi tarixi bo'lib, tinchlik va taraqqiyot asosini tashkil etgan.O'rta Osiyo bu yo'lning asosiy yo'nalishlari kesib o'tadigan markazida joylashgan. Bu yerga turli mamlakatlardan savdogarlar, hunarmandlar, olimlar va musiqachilar tashrif buyurar edilar" ushbu qadimgi dunyo tarixidan berilgan manbadan biz bilishimiz mumkinki, o'sha davrda ham o'zaro hamkorlik, hunarmandchilik, savdo tijorat qolaversa fan sohalari rivoj topganligiga guvoh bo'lamiz.

Qadimda savdogarlar va sayyohlar bir mamakatdan boshqa mamlakatga borishganida o'zlarining dinlari,tillari,adabiyoti va madaniyatini qoldirib ketishgan.Shu sababli,dunyoda dinlar,tillar va madaniyatlar ko'payib,rivojlanib ketgan. Buyuk Ipak yo'li o'tgan hududlarda shaharsozlik, madaniyat ancha taraqqiy etgan.Bundan tashqari "Buyuk Ipak yo'li" hududlari dinni keng tarqalishida ham muhim tarmoq hisoblangan. Ipak yo'lida savdo qiladigan shaxslar yoki turli tijorat vakillari, turli din sohiblari boshqa yurtlarga o'z dinini targ'ib etishgan.

Til va o'zlik doimo bahslarda shakllanadi. Mashhur fransuz olimi Ernest Renan e'tirof etganidek, «millat - bu har kuni plebissit demakdir». Millat doimo so'zlashuv va muloqot (dialog) orqali barpo etiladi. Milliy tilning asosida anglangan borliq yotadi. Til jahondagi voqealarni anglab, ilmiy mushohada orqali soddalashgan dunyo tasvirini ham yaratadi. Voqealar o'z vaqtida anglanmasa va tilimizda aks etmasa, ular bayonini biz boshqa tillardan olishimizga to'g'ri keladi. Natijada jamiyat ongi o'zga tilga bog'liq bo'lib qoladi. Shuning uchun ham oxirgi yillarda til masalasi davlat darajasiga ko'tarildi.

Biror bir jamiyat ma'naviy imkoniyatlarini, odamlar ongida ma'naviy va axloqiy qadriyatlarni rivojlantirmay hamda mustahkamlamay turib o'z istiqbolini tasavvur eta olmaydi. Xalqning madaniy qadriyatlari, ma'naviy me'rosi ming yillar mobaynida Sharq xalqlari uchun qudratli ma'naviyat manbai bo'lib xizmat qilgan. Uzoq vaqt davom etgan qattiq mafkuraviy tazyiqqa qaramay, O'zbekiston xalqi avloddan-avlodga o'tib kelgan o'z tarixiy va madaniy qadriyatlarni hamda o'ziga xos an'analarini saqlab qolishga muvaffaq bo'ldi. Madaniyat - bu insonlarning ijodiy faoliyati tufayli yaratigan moddiy va ma'naviy boyliklar majmuigina bo'lib qolmay, ayni paytda bu jamiyat taraqqiyotining darajasini ham ifodalaydi ya'ni, jamiyatdagi bilim, ma'zon va qadriyatlarning yig'indisi madaniyatda gavdalanadi. Madaniyatni o'rganishda obyektiv qonuniyatlar, hodisalardagi sababiy bog'liqlik haqidagi ma'naviy tasavvurlardan foydalanmaslik ham mumkin. Umumiy bir soha sifatida madaniyatga sistemali yondashuv bir-biriga ta'sir etuvchi turli madaniyat sohalarining o'ziga xos xususiyatlari bo'lib emas balki ularni yaxlit tasavvur etish imkoniyatini beradi. Sistemali yondashuv taraqqiyotining juda ko'p imkoniyatlaridan foydalanishga imkon yaratadi. Aynan, sistemali yondashuv madaniyatga o'ziga xos shaklda munosabat bildirgan kishilar hayot faoliyati sohalari, madaniyat institutlari tashkil topib, ular aniq tuzilmaga va aniq vazifalarga ega bo'lgan holda ijtimoiy munosabatlar tamoyili, komunikatsiya, madaniy namunalarni tashkil qilib madaniyat tizimini belgilaydi.

Yangi texnologiyalarning rivojlanishi o'quvchilarga yanada samarali, qulay va moslashuvchan tarzda bilim olishga imkon beradi. O'quvchilar hozirda jamiki aqlli qurilmalardan foydalanishlari uchun eng avvalo, simsiz tarmoqlardan foydalanish bilan bir qatorda, mustahkam bilim va ko'nikmalarga ega bo'lmoqlari darkor. Yigirma birinchi asrning boshlaridan axborot texnologiyalarining rivojlanishi ta'lim tizimiga katta ta'sir ko'rsatdi hamda "smart" va "digital" ya'ni "aqlli" va "raqamli" tushunchalari eng dolzarb tushunchalar qatoridan joy oldi. Hozirgi kunga kelib esa, ushbu tayanch tushunchalarsiz insoniyat o'z hayotlarini tasavvur eta olmaydigan darajaga yetishdi.

Xulosa qilib aytganda,ta'lim,til,din,madaniyat va boshqa ko'plab sohalar qadimdan ipak yo'lidan boshlangan va bugungi kunga kelib hamma sohalarning rivojlanib ketganining guvohi bo'lyapsiz. . Bundan tashqari Ipak yo'li mamlakatlari turizmi, madaniy meros durdonalarini asrashga ma'sul bo'lgan har bir mamlakat tashkilotlari va boshqa qo'mita, vazirliklar yaxlit birlashib, bir tan-u, bir jon bo'lib rivojlanish yo'liga o'tishini o'zlarining oliy maqsadlari deb bilsalar, albatta bu mamlakatlar o'zining rivojlanish bosqichining cho'qqisiga erishishi mumkin. Turli madaniy meros obektlari sonini oshirish evaziga Ipak yo'li qolaversa har bir mamlakatda turistik rivojlanishni tashkillashtirib, mahalliy va xalqaro turistlar sayohatini oshirib, mamlakatlarni turistik salohiyatini jahon reytingida yuqori darajaga ko'tarish bu bugungi zamonaviy davlatlarning asosiy yo'nalishlaridan biri bo'lib qolmoqda.

REFERENCES

1. O'zbekiston Respublikasining "Ta'lim to'g'risida"gi Qonuni. 2020 yil 23- sentyabr.O'RQ-637-son

2. O'zbekiston Respublikasining Prezidentining 2020 yil 13 oktyabrdagi "Alohida ta'lim ehtiyojlari bo'lgan bolalarga ta'lim-tarbiya berish tizimini yanada takomillashtirish choratadbirlari to'g'risidagi PQ-4860-son Qarori.

3. O'zbekiston Respublikasin Vazirlar Mahkamasining 2021yil 12 oktyabrda «Alohida ta'lim ehtiyojlari bo'lgan bolalarga ta'lim berishga oid normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash to'g'risida»gi 638-son qarori.

4. F.U.Qodirova, D.A.Pulatova " Inklyuziv ta'lim" Qo'qon-2023

5. X. N. Muzaffarova, D. Tangirova „Inklyuziv ta'lim". library.samdukf.uz. Qaraldi: 10- noyabr 2022-yil.

6. Qadimgidavr{Iqism}B.Boymenov,U.Shoimov,F.Bozorboyev,F.Sultonov,Sh.Yod gorov,Toshkent/2006. 149-150-bet.

7. Vatan tarixi R.Shamsuddinov, Sh.Karimov, Toshkent;2010./89-90-bet.

8. O'zbekiston tarixi:I jild eng qadimgi davr-XIX asr o'rtalarigacha} Toshkent:20014./163-bet.

9. Tangday sichou chjilu yuy Chjungya lishi dili yanjyu Qadimgi ipak yo'li va Markaziy Osiyo Tarixiy geografiyasiga doir tadqiqotlar}-Shyuy Shyuan .Sian:2000./129-bet

10. Buyukipakyo'lidagiFarg'onashaharlariB.X.Matboboyev,R.T.Shamsuddinov,A.Mamajonov.A ndijon:Meros:1994./54-bet

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.