Научная статья на тему 'IPAK YO’LIDA TIL, ADABIYOT TARJIMA MADANIYATI MEROSI'

IPAK YO’LIDA TIL, ADABIYOT TARJIMA MADANIYATI MEROSI Текст научной статьи по специальности «История и археология»

CC BY
2
1
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
Buyuk Ipak yoʻli / lazurit toshi / lazurit toshi / Poziriq qoʻrgʻoni / karvon yoʻli / muloqot yoʻli / xalqaro ekspeditsiyalar.

Аннотация научной статьи по истории и археологии, автор научной работы — Sobirov Muhammadrasul, Begboyev Islombek

Ushu maqolada “Buyuk ipak yo’li”ning tariximizda tutgan o’rniga to’xtlib o’tiladi va ipak yo’lining xalqaro munosabatlardagi tarixiy ahamiyati, sivilizatsiyalarga qo’shgan hissasi e’tibor markaziga olinadi hamda bu yo’lning paydo bo’lishi natijsida yuzaga kelgan, tarjima adabiyot, madaniyatlar va ushbu yo’lning xalqlarga qoldirgan merosi haqida so’z boradi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «IPAK YO’LIDA TIL, ADABIYOT TARJIMA MADANIYATI MEROSI»

IPAK YO'LIDA TIL, ADABIYOT TARJIMA MADANIYATI MEROSI 1Sobirov Muhammadrasul, 2Begboyev Islombek

1,2Mirzo Ulug'O'zbekiston Milliy universiteti talabalari https://doi.org/10.5281/zenodo.11083978

Annotatsiya. Ushu maqolada "Buyuk ipak yo'li"ning tariximizda tutgan o'rniga to'xtlib o'tiladi va ipak yo'lining xalqaro munosabatlardagi tarixiy ahamiyati, sivilizatsiyalarga qo'shgan hissasi e 'tibor markaziga olinadi hamda bu yo'lning paydo bo 'lishi natijsida yuzaga kelgan, tarjima adabiyot, madaniyatlar va ushbu yo'lning xalqlarga qoldirgan merosi haqida so'z boradi.

Kalit so'zlar: Buyuk Ipak yo'li, lazurit toshi, lazurit toshi, Poziriq qo'rg'oni, karvon yo'li, muloqotyo'li, xalqaro ekspeditsiyalar.

Abstract. In this article, the role of the "Great Silk Road" in our history will be discussed, and the historical importance of the Silk Road in international relations and its contribution to civilizations will be in the center of attention. Furthermore the translation literature, cultures, and the heritage left by this road to the peoples, which have arisen as a result of the emergence of this road, are discussed.

Аннотация. В этой статье будет обсуждаться роль «Великого Шелкового пути» в нашей истории, а в центре внимания будет историческое значение Шелкового пути в международных отношениях и его вклад в развитие цивилизаций. Кроме того, обсуждается переводческая литература, культуры и наследие, оставленное этим путем народам, возникшее в результате возникновения этого пути.

Kirish

Buyuk Ipak yo'li - qadimda sharq bilan g'arbni bo'g'lab turgan savdo yo'li, insoniyat rivojlanishi tarixining, uning birlashuvga hamda madaniy qadriyatlari bilan almashishga, hayotiy fazo-yu mahsulotlarni sotish uchun bozorlarga erishishga intilishining o'ziga xos bo'lgan hodisasi. Dengiz, okean yo'llari ochilmasdan oldin bu yo'llar muhim ahamiyat kasb etgan.

Sharqda aytiladigan naqlga qaraganda: „O'tirgan - bo'yra, yurgan - daryo". Harakatlanish - bu hayotdir, sayohat qilish, jahongashtalik doimo taraqqiyotning harakatlantiruvchi kuchi bo'lgan edi. Insoniyat tarixida eng ulkan bo'lgan ushbu qit'alararo savdo yo'li Yevropa va Osiyoni bir-biriga bog'lab, o'tmishda antik Rim

davlatidan to Yaponiyaning qadimgi poytaxti Nara shahrigacha cho'zilgan edi. Albatta, sharq va G'arb o'rtasidagi savdo o'tmish qa'riga cho'kkan qadim-qadim zamonlardan beri olib borilar edi, lekin bu kelgusida bunyod etilgan Buyuk yo'lning aloxidagi qismlari edi. Savdo aloqalari hosil bo'lishiga Markaziy Osiyo tog'larida yarim qimmatbaho toshlar - Sharqda nihoyatda qadrlangan lazurit, nefrit, aqiq, feruzalar qazib chiqariladigan konlarni topib, qazib olish ko'p jihatdan ko'maklashgan. Masalan, Markaziy Osiyodan Eronga, Mesopotamiyaga va hatto Misrga lazurit toshi yetkazib beriladigan „lazurit yo'li" mavjud edi. U bilan bir paytda „nefrit yo'li" ham tarkib topgan, bu yo'l Xotan va Yorkend tumanlarini Shimoliy Xitoy mintaqalari bilan bog'lar edi. Bundan tashqari, Old Osiyo mamlakatlariga So'g'diyona va Baqtriya davlatlaridan aqiq toshlari olib ketilar edi, Xorazmdan esa feruza keltirilgan. Bu yo'nalishlarning barchasi oxir-oqibat Buyuk Ipak yo'liga kirib mujassamlashgan. Markaziy Osiyodan G'arbga va Janubga o'tkazilgan karvon yo'llarini hamda Xitoydan Sharqiy Turkistonga olib boradigan yo'llarni o'zaro bog'lab bergan

buyuk yo'lning haqiqiy boshlanishini tarixchilar eramizdan avvalgi ikkinchi asrning o'rtalarida, deb hisoblaydilar.

Qadimda va o'rta asrlarda Sharq va G'arb mamlakatlarini ilk bor o'zaro bog'lagan qitalararo karvon yo'li (miloddan avvalgi 2-asr— milodiy 15-asr). Buyuk Ipak yo'li atamasi ushbu yo'ldan tashilgan qimmatbaho mahsulot - Xitoy ipagi bilan bog'liq. G'arb mamlakatlari uzoq vaqtgacha ipakchilik sirasrorlaridan bexabar bo'lishgan.

Buyuk ipak yo'li atamasi qadimda ishlatilmagan. Buyuk ipak yo'lini tarixiy, geografik va madaniy jihatlarini ilmiy o'rganish amalda ko'plab mamlakat olimlari tomonidan 19-asrning 2-yarmidan boshlangan. Uni tadqiq etishga G'arbiy Yevropa, Rossiya va Yaponiya olimlari salmoqli hissa qo'shdilar. Xususan, Yaponiyada „Buyuk ipak yo'li ensiklopediyasi" nashr qilindi. 1877-yil mashhur nemis olimi Karl Rixtgofen o'zining „Xitoy" nomli yirik ilmiy asarida ulkan Yevroosiyo materigining turli qismlarini bog'lovchi yo'llar tizimini „Ipak yo'li" deb atagan, keyinchalik „Buyuk ipak yo'li" atamasi qabul qilingan.

Miloddan avvalgi 2-asrgacha ham Sharq bilan G'arb o'rtasida O'rta Osiyo karvon yo'llari orqali amalga oshirilgan aloqalar mavjud bo'lgan. Bunga Tog'li Oltoydagi Poziriq qo'rg'onidan topilgan Kichik Osiyoda tayyorlangan buyumlar, Afg'oniston va O'rta Osiyodan topilgan yunon buyumlari misol bo'lishi mumkin. Iskandar Maqduniy (qarang Aleksandr Makedoniyalik) saltanati tuzilishi bilan bu aloqalar to'g'ri yo'lga solingan. Buyuk ipak yo'lining sharqiy qismini barpo etishda sug'diylar katta rol o'ynaganlar. Iskandar Maqduniy tomonidan Sug'diyona mamlakati istilo etilishi bilan ko'plab sug'diylar sharqqa tomon ko'chganlar va Buyuk ipak yo'lining markaziy qismini - O'rta Osiyodan tortib Xitoyning Chanan shahrigacha bo'lgan oraliq masofada savdo faktoriyalari (manzilgohlari) bunyod etganlar. O'z navbatida Xan imperiyasi miloddan avvalgi 1-ming yillik oxirida o'z hududini O'rta Osiyo tomon kengaytirish siyosati yurgizib bu yo'nalishga alohida e'tiborini qaratadi va bu yo'l haqida ma'lumot to'plash, ayg'oqchilik va diplomatik maqsadlarida elchi Chjan Szyanni yuboradi. Ammo Suriyadagi O'rta dengizning sharqida joylashgan Giyerapol shahridan Serika (Xitoy)gacha bo'lgan masofa bo'ylab tuzilgan dastlabki batafsil yo'llik makedoniyalik savdogar May Titsian (milodiy 100 yil) tomonidan tuzilgan. Bu ma'lumotlar Klavdiy Ptolomeyning „Geografik qo'llanma"sida saqdangan. Ptolemey esa o'z navbatida bu ma'lumotlarni tarixchi Marinning taxminan 107—114-yillar oralig'ida yozilgan va bizgacha yetib kelmagan asarlaridan olgan. Ushbu ma'lumotlarga kôra, Buyuk ipak yo'li 2 kat (kiyem) ga bo'lingan: Giyerapoldan Toshminor (Toshqo'rg'on)gacha va Toshminordan Serikagacha. Yo'lning O'rta Osiyo qismi Ariya (hozirgi Turkmanistonning janubiy va Afg'onistonning shimoliy-g'arbida joylashgan qadimiy viloyat) dan boshlangan. Ariyadan yo'l shimolga Marg'iyonadagi Antioxiyaga (Bayramali shahri yaqinidagi ko'hna Marv shahri xarobasi) ketgan, so'ngra sharqqa burilib Baktra (Shimoliy Afg'onistondagi Balx shahri)ga borgan. Bu yerdan yo'l shimoliy tomon yo'nalib Termiz atrofida Amudaryodan o'tilgan va so'ngra 2 tomonga ketilgan. Birinchisi, shimoldagisi bo'ylab Temir darvoza orqali Marokanda (Samarqand)ga, u yerdan Farg'onaga ketilgan. Ikkinchisi, janubdagisi esa Surxondaryo vodiysi bo'ylab komedlarning tog'li o'lkasiga (hozirgi Qorategin) olib borgan. Har ikki yo'nalish ham Toshminorga olib borgan. Uni ayrim olimlar Toshkent hududida, boshqalari Olay vodiysida joylashgan deb hisoblaydilar. Toshminordan so'ng yo'l O'rta Osiyo hududidan tashqariga chiqqan, Ergashtom atrofida „savdogarlar qo'nimgohi" joylashgan, so'ngra yo'l TaklaMakon cho'lidan o'tib Dunxuanga, so'ngra Xitoyning qadimiy poytaxti - Chananga olib borgan. Bu yerdan yo'l ehgimol shimoli-g'arbga Koreya va Yaponiyaga ketgan bo'lsa kerak. Milodiy 5—8-asrlarda Buyuk ipak yo'lining Yettisuv orqali Choch (Toshkent vohasi), Sug'd,

so'ngra Poykend, Marv bo'ylab Eron Xurosoniga eltuvchi shimoliy qismi muhim ahamiyat kasb etgan. Ayni shu davrda Eron orqali Vizantiyaga ipak olib o'tish taqiqlanganligi munosabati bilan sug'd savdogarlari Vizantiya va Turk xoqonlari vositachiliklarida Sug'd va Xorazmdan Kaspiy dengizini aylanib o'tib, Shimoliy Kavkazdagi dovonlardan oshib Qora dengiz va keyinchalik Konstantinopolgacha olib boruvchi yangi yo'l tarmog'ini ochadilar. G'arbda yuksak kadrlangan, qiymati jihatidan oltin va qimmatbaho toshlarga tenglashtirilgan ipak vositasida Vizantiya imperatorlari Yevropadan jangchilar yollashgan va qo'shni „varvar" - german va slavyan qabilalarining hukmdorlarini o'z tomonlariga og'dirib olishgan, chunki ipak ularda yanada qadrliroq sanalgan. Ipak bu paytda 3 buyuk davlat: Vizantiya imperiyasi, Sosoniylar Eroni va buyuk Turk xoqonligi o'rtasidagi iqtisodiy raqobat obyektiga aylangan. Biroq, bu „ipak" yo'li aftidan uzoq vaqt mavjud bo'lmagan, chunki 6-asr 2-yarmida Xitoy ipak ishlab chiqarish bo'yicha monopol huquqdan mahrum bo'lgan, asr oxirida esa Vizantiya shu qadar ko'p miqdorda ipak yetishtirar ediki, uni Xitoydan keltirishga hech qanday ehtiyoj qolmagan. Vizantiya ipak sanoatini barpo etilishi va uni astasekin Kavkazorti va O'rta dengiz mamlakatlariga tarqalishi bilan Buyuk ipak yo'lining tarixi tugaydi. Keyingi asrlarda, ayniqsa mo'g'ullar saltanati davrida garchand Sharq bilan G'arbni bog'lovchi karvon yo'li mavjud bo'lgani haqida ko'plab dalillarni keltirish mumkin bo'lsada, lekin „ipak yo'li" nomini unga shartli ravishda qo'llash mumkin, chunki bu yo'lning ahamiyatini endilikda ipak emas, boshqa tovar va maqsadlar belgilar edi.

1987-yil YuNESKO madaniy taraqqiyot bo'yicha BMTning umumjahon dekadasi doirasida „Ipak yo'li - muloqot yo'li" xalqaro dasturini qabul qildi. Bu dastur O'rta Osiyo xalqlari boy madaniy tarixlarini keng qamrovda tadqiq etishni nazarda tutadi. Biroq uning asosiy maqsadi - Sharq bilan G'arb o'rtasida yanada mustahkamroq madaniy va iqtisodiy aloqalar o'rnatish, ushbu buyuk qit'alarda yashovchi ko'p sonli xalqlar o'rtasidagi o'zaro munosabatlarni yaxshilashdan iborat. Ko'plab (30 dan ziyod) xalqaro ilmiy konferensiya (jumladan, Samarqand, 1990-yil oktabr; Buxoro, 1996-yil fevral) va seminarlar o'tkazildi. Buyuk ipak yo'li y. bo'ylab birgalikda xalqaro ekspeditsiyalar uyushtirildi, kinofilmlar yaratildi, kitoblar, broshyuralar va maqolalar chop etildi, ba'zi arxeologik va me'moriy yodgorliklar ta'mirlandi. Ba'zi bir Sharq mamlakatlarida (Hindiston, Xitoy, O'zbekiston, Shri Lanka, Yaponiya) Buyuk ipak yo'lini o'rganish bo'yicha maxsus ilmiy institutlar barpo etilgan. Maye, BMT va YuNESKO qaroriga ko'ra, Samarqand shahrida Markaziy Osiyo tadqiqotlari xalqaro instituti ochilgan. 1997-yil mayda O'rta Osiyoni Eron bilan bog'lagan Saraxs - Mashhad temir yo'l uchastkasi qurilishi tugallandi, bu bilan O'rta Osiyo mamlakatlari Fors qo'ltig'iga, Yevropa mamlakatlari esa O'rta Osiyoga chiqish imkoniga ega bo'ldilar. Ilmiy va madaniy dasturlardan tashqari Buyuk ipak yo'li y.ni tiklash bo'yicha jahonshumul ahamiyatga ega bo'lgan loyiha amalga oshirilmoqda (qarang Yevropa-Kavkaz-Osiyo transport yo'lagi (TRACECA)). Navbatdagi vazifa -O'zbekiston va Xitoy o'rtasidagi temir yo'l uchastkasini qurishdir. Mana shu reja amalga oshgudek bo'lsa, Atlantika okeanidan tortib Tinch okeanigacha bo'lgan masofada Buyuk ipak yo'lining „temir yo'l" varianti to'la tiklangan bo'ladi.

O'zbekistonda Buyuk ipak yo'lini tiklashga katta e'tibor qaratilmoqda. 1995-yil 2-iyunda O'zbekiston Respublikasi birinchi Prezidenti Islom Karimovning Buyuk ipak yo'lini qayta tiklashda O'zbekistonning ishtirokini avj oldirish va respublikada xalqaro sayyohlikni rivojlantirish borasidagi chora-tadbirlar to'g'risidagi farmoni e'lon qilindi.

Xulosa

Qadim zamonlardan to o'rta asrlargacha xalqlarning ijtimoiy-siyosiy, madaniy hayotida chuqur iz qoldirgan hamda tub xalqlarning sivilizatsiyasiga katta hissa qo'shgan bu yo'l nafaqat

o'sha davr uchun ahamiyatli edi, balki undan keyingi davr uchun ham g'oyat muhim bo'lib, kelajak avlod uchun boy meros qoldirdi. Bu meros turli sohalarga taalluqli bo'lishiga qaramasdan, mohiyatan bir edi. Yani - xalqaro munosabatlarda tinchlikka, do'stona munosabatlarga asoslangan holda tashqi savdo olib borish. Nafaqat do'stona savdo, balki faol tashqi siyosat ham demakdir.

REFERENCES

1. Turkum:Oczbekistondagi Jahon merosi ob'yektlari - Vikipediya (wikipedia.org)

2. Silk Road Seattle - Historical Atlas (washington.edu)

3. The New Silk Road: Paul Lacourbe at TEDxDanubia 2013 (youtube.com)

4. The Silk Road - preservada pelo Arquivo.pt

5. Year of the Sheep, Century of the Dragon? - TomDispatch.com

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.