Научная статья на тему 'IPAK YO’LIDA TIL,ADABIYOT,TARJIMA,TURIZM VA MADANIYAT MEROS SOHASI TADQIQIDA INNOVATSION YONDASHUVLAR'

IPAK YO’LIDA TIL,ADABIYOT,TARJIMA,TURIZM VA MADANIYAT MEROS SOHASI TADQIQIDA INNOVATSION YONDASHUVLAR Текст научной статьи по специальности «История и археология»

CC BY
4
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
’Ipak yo’li’’ / madaniy meros / til / adabiyot / Amir Temur / din / turizm / tarjima sohasi.

Аннотация научной статьи по истории и археологии, автор научной работы — Marifova Ozoda Nabiyevna, Qarayeva Latifa Zarifovna

Ushbu maqolada siz Ipak yo’li mamlakatlari tarixda va hozirgi kunda darajasi qay o’rinda ekanligi,ipak yo’lida til,tarjima,adabiyot,madaniyat haqida,madaniy meros tushunchasiga ta’rif,Ipak yo’li mamlakatlarini turizm imkoniyatlari tarixi hamda bugungi kundagi o’zgarib kelayotgan yangi innovatsion yondashuvlar haqida bilib olasiz.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «IPAK YO’LIDA TIL,ADABIYOT,TARJIMA,TURIZM VA MADANIYAT MEROS SOHASI TADQIQIDA INNOVATSION YONDASHUVLAR»

IPAK YO'LIDA TIL,ADABIYOT,TARJIMA,TURIZM VA MADANIYAT MEROS SOHASI TADQIQIDA INNOVATSION YONDASHUVLAR 1Marifova Ozoda Nabiyevna, 2Qarayeva Latifa Zarifovna

1Navoiy Innovatsiyalar Universiteti talabasi 2Ilmiy raxbar, Pedagogika fanlari bo'yicha falsafa doktori https://doi.org/10.5281/zenodo.11085788

Annotatsiya. Ushbu maqolada siz Ipak yo'li mamlakatlari tarixda va hozirgi kunda darajasi qay o'rinda ekanligi,ipakyo'lida til,tarjima,adabiyot,madaniyat haqida,madaniy meros tushunchasiga ta'rif,Ipak yo'li mamlakatlarini turizm imkoniyatlari tarixi hamda bugungi kundagi o'zgarib kelayotgan yangi innovatsion yondashuvlar haqida bilib olasiz.

Kalit so'zlar: ''Ipak yo 'li '',madaniy meros,til,adabiyot,Amir Temur,din,turizm,tarjima

sohasi.

Abstract. In this article, you will learn about the status of the Silk Road countries in history and today, about the language, translation, literature, and culture of the Silk Road, the definition of the concept of cultural heritage, the history of the tourism opportunities of the Silk Road countries, and you will learn about the new innovative approaches that are changing today.

Keywords: "Silk Road", cultural heritage, language, literature, Amir Temur, religion, tourism, translation.

Аннотация. B этой статье вы узнаете о статусе стран Шелкового пути в истории и сегодня, о языке, переводе, литературе и культуре Шелкового пути, определении понятия культурного наследия, истории туристические возможности стран Шелкового пути, и вы узнаете о новых инновационных подходах, которые меняются сегодня.

Ключевые слова: «Шелковый путь», культурное наследие, язык, литература, Амир Темур, религия, туризм, перевод.

Qadimda sharq bilan g'arbni bo'g'lab turgan savdo yo'li, insoniyat rivojlanishi tarixining, uning birlashuvga hamda madaniy qadriyatlari bilan almashishga, hayotiy fazo-yu mahsulotlarni sotish uchun bozorlarga erishishga intilishining o'ziga xos bo'lgan hodisasi. Dengiz, okean yo'llari ochilmasdan oldin Buyuk Ipak yo'li muhim ahamiyat kasb etgan.

Sharqda aytiladigan naqlga qaraganda: „O'tirgan - bo'yra, yurgan - daryo". Harakatlanish - bu hayotdir, sayohat qilish, jahongashtalik doimo taraqqiyotning harakatlantiruvchi kuchi bo'lgan edi.Insoniyat tarixida eng ulkan bo'lgan ushbu qit'alararo savdo yo'li Yevropa vaOsiyoni bir-biriga bog'lab, o'tmishda antik Rim

davlatidan to Yaponiyaning qadimgi poytaxti Nara shahrigacha cho'zilgan edi. Albatta, sharq va G'arb o'rtasidagi savdo o'tmish qa'riga cho'kkan qadim-qadim zamonlardan beri olib borilar edi, lekin bu kelgusida bunyod etilgan Buyuk yo'lning aloxidagi qismlari edi. Savdo aloqalari hosil bo'lishiga Markaziy Osiyo tog'larida yarim qimmatbaho toshlar - Sharqda nihoyatda qadrlangan lazurit, nefrit, aqiq, feruzalar qazib chiqariladigan konlarni topib, qazib olish ko'p jihatdan ko'maklashgan. Masalan, Markaziy Osiyodan Eronga, Mesopatamiyaga va hatto Misrga lazurit toshi yetkazib beriladigan „lazurit yo'li" mavjud edi. U bilan bir paytda „nefrit yo'li" ham tarkib topgan, bu yo'l Xotan va Yorkend tumanlarini Shimoliy Xitoy mintaqalari bilan bog'lar edi. Bundan tashqari, Old Osiyo mamlakatlariga So'g'diyona va Baqtriya davlatlaridan aqiq toshlari olib ketilar edi, Xorazmdan esa feruza keltirilgan. Bu yo'nalishlarning barchasi oxir-oqibat Buyuk Ipak yo'liga kirib mujassamlashgan. Markaziy Osiyodan G'arbga va Janubga o'tkazilgan karvon yo'llarini hamda Xitoydan Sharqiy Turkistonga olib boradigan yo'llarni o'zaro bog'lab bergan

buyuk yo'lning haqiqiy boshlanishini tarixchilar eramizdan avvalgi ikkinchi asrning o'rtalarida, deb hisoblaydilar, o'sha davrda xitoyliklar uchun ilk bora G'arb o'lkalari mavjud bo'lgan.

Olam yaralibdiki ushbu "Ipak yo'li" mamlakatlari rivojlanish o'chog'i bo'lib rivojlanib kelmoqda.Buyuk Ipak yo'li o'tgan hududlarda shaharsozlik, madaniyat ancha taraqqiy etgan.Bundan tashqari "Buyuk Ipak yo'li" hududlari dinni keng tarqalishida ham muhim tarmoq hisoblangan. Ipak yo'lida savdo qiladigan shaxslar yoki turli tijorat vakillari, turli din sohiblari boshqa yurtlarga o'z dinini targ'ib etishgan. Buni yaqqol namunasi sifatida Buddizmni Hindistondan O'rta Osiyo va Turkiston hududiga keyinchalik esa Xristianlik dinini kirib kelishi, yoki bundan tashqari, eng yosh din bo'lgan Islom dinini Suriya, Eron va Arabiston hududlaridan keng tarqalishi, din rivojlanganligidan dalolatdir. Tarixdan ma'lumki "Ipak yo'li" mamlakatlari haqida ma'lumotlar bisyordir. Shunga qaramasdan "Ipak yo'li" mamlakatlari haqida hali aniq ma'lum bo'lmagan qarash va tushunchalar ham bor. Madaniy meros tushunchasi ham keng qamrovli tushunchadir. 31- avgust 2019-yil 1163-sonli qarori bilan "Moddiy madaniy meros obyektlarining muhofaza qilinishi kuchaytirilishi munosabati bilan O'zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o'zgartish va qo'shimchalar kiritish to'g'risida"qaromi Qonunchilik palatasi tomonidan 2019-yil 2-avgustda qabul qilinishi, Senat tomonidan 2019-yil 24-avgustda ma'qullangan qarorini eslab o'tishimiz ayni maqsadga muvofiqdir. Madaniy meros obektlari ham, har bir mamlakatning umummilliy boyligidir. Biz tarixga nazar solsak, buyuk ajdodimiz Sohibqiron Amir Temir bobomiz davrida Samarqandda shunday bir hammom qurilib, u hammom, bitta sham orqali istilib turilgan. Biz shundan bilishimiz mumkinki, qadimgi davrlarida ma'daniy meros obektlari mohirona tarzda barpo etilgan.

"Buyuk Ipak yo'lning tarixi Sharq va G'arb xalqlarining keng miqyosdagi madaniy aloqalari va savdo ayirboshlashi tarixidir. Bu o'zaro hamkorlik va madaniyatlar boyitilishi tarixi bo'lib, tinchlik va taraqqiyot asosini tashkil etgan.O'rta Osiyo bu yo'lning asosiy yo'nalishlari kesib o'tadigan markazida joylashgan. Bu yerga turli mamlakatlardan savdogarlar, hunarmandlar, olimlar va musiqachilar tashrif buyurar edilar" ushbu qadimgi dunyo tarixidan berilgan manbadan biz bilishimiz mumkinki, o'sha davrda ham o'zaro hamkorlik, hunarmandchilik, savdo tijorat qolaversa fan sohalari rivoj topganligiga guvoh bo'lamiz.

Biz bilamizki, hozirgi kunda ilm-fanning har bir sohasi shiddat bilan rivojlanib bormoqda. Buning yaqqol namunasi sifatida "Ipak yo'li" xalqlarining qadimdan to hozirgi kuniga qadar qanchalik rivojlanganligi aytib o'tishimiz mumkin. Har bir mamlakat , har bir hudud hatto narsalar ham o'zining tarixi, o'tmishiga egadir. Shu o'rinda "Ipak yo'li" xalqlari ham buyuk bir uzoq davrli tarixga egadir.

Bugun Yangi O'zbekiston hayotining barcha sohalari chuqur islohotlar maydoniga aylangan.Bu jarayonda ijtimoiy sohaning asosi hisoblangan ta'lim tizimidagi o'zgarishlar haqida to'lqinlanib so'zlamaslikning iloji yo'q.Mamlakatimizda so'nggi yillarda ta'lim tizimining barcha bosqichlarini zamonaviy talablar asosida tashkil etish bo'yicha amaliy ishlar hal qiluvchi bosqichga kirdi.

Qadim zamonlardanoq Ipak yo'li orqali mamlakatlararo savdo,til,madaniyat,din va boshqa ko'plab madaniy sohalar rivojlanib kelmoqda.Bugungi kunga kelib bu sohalardagi innovatsion yondashuvlarni ko'rib ajab qilmaydi odam.Savdogarlar bir mamlakatdan boshqa mamlakatga borgan vaqtlari so'zlashuv uslublarini,dinlarini,o'zlarining madaniyatini yoyib keng targ'ib qilgan va natijada dinlarning ko'payishi,so'zlashuv tillarining ortishini ko'rishimiz mumkin. Mamlakatimiz turizmni rivojlantirishda har qanday xorijiy mamlakatdan qolishmaydigan imkoniyatlarga va hali ro'yobga chiqmagan salohiyatga ega. Shu bois turizmning ushbu turini

jadal rivojlantirish iqtisodiy taraqqiyotda katta muvaffaqiyatlarga erishishimizni ta'minlovchi asosiy omil hisoblanadi. Shuning uchun ham, mamlakatimiz mustaqillikka erishgan yildan boshlab, hozirgi kunga qadar zamon talablariga javob beradigan turizm turlarini tashkil toptirish, infratuzilmasini rivojlantirish borasida amalga oshirib kelinayotgan islohotlar o'z ijobiy natijalarini bermoqda.

Tadqiqotlar natijalari boshqa iqtisodiy tarmoqlarda bo'lgani kabi, turizm sohasida ham yuqori iqtisodiy samara berishga molik yangi yo'nalishlarning shakllanayotganligini ko'rsatdi. Turizm sohasida bunday keng imkoniyatlarga ega istiqbolli sohalaradan biri ta'lim turizmi hisoblanadi. Keyingi davrlarda dunyoning barcha mamlakatlarida turizmning ushbu shakli tobora tez rivojlanib, kengayib bormoqda. Chunki innovasion iqtisodiyotni shakllantirish jarayonida bilvosita va bevosita o'qish davomida ta'lim olishga ehtiyoj kuchayadi. Innovasion iqtisodiyotda har bir shaxsning sifatli ta'lim olishga bo'lgan xohishi yoki qo'shimcha malaka oshirishga ehtiyoji ta'limga bo'lgan talabni keltirib chiqaradi, uni rivojlantirish va takomillashtirishga asos bo'ladi.

Turizm Sohasi yurtimiz iqtisodiy o'sish va ko'pgina aholi bandligiga taminko'vchi asosiy iqtisodiy faoliyat turidan biridir, turizim kasbi o'z ichiga transport, mehmonxona, va restoran, xizmatlari, savdo, qurilish, iste'mol tovarlari va ko'plab kasblarni o'z ta'sir ko'rsatadi. Shuningdek, turizm O'zbekistonni dunyoga tanituvchi kasblardan biridir bilamizki O'zbekiston haqida yevropaning kam aholisi biladi hamda radio, televideniya, axborot xabarlarida o'zbekiston haqida kam ma'lumot beriladi, biz endilikda va O'zbekiston haqida ko'plab ma'lumotlar taqdim etishimiz kerak va bu sohada turizm ko'makdosh bo'ladi. Tarxiy obidalarga boy yurtimiz va biz ularni asrab-avaylashimiz ularni dunyoga tanitishimiz kerak. Bundan tashqari, turizm biznes yoki dam olish maqsadida ko'proq sayohat qiladigan fuqarolar hayotining tobora muhim jihatiga aylanib bormoqda. Mamlakatdagi madaniy va tabiiy merosga, shuningdek, an'analar va zamonaviy madaniyatga ta'sir ko'rsatadigan faoliyat turi sifatida turizm O'zbekistonning iqtisodiy o'sishi va barqaror rivojlanishi uchun imkoniyat yaratadi.

Ipak yo'li xalqlarining tarixi, madaniy meros va turizm imkoniyatlari qanchalik ahamiyat kasb etishini va uning ilmiy metologik qarashlarini chuqur anglashimiz, shu bilan bir qatorda ushbu xalqlarni turizm imkoniyatlarini rivojlantirish yo'lini davom ettirmog'imiz zarur. Bundan tashqari Ipak yo'li mamlakatlari turizmi, madaniy meros durdonalarini asrashga ma'sul bo'lgan har bir mamlakat tashkilotlari va boshqa qo'mita, vazirliklar yaxlit birlashib, bir tan-u, bir jon bo'lib rivojlanish yo'liga o'tishini o'zlarining oliy maqsadlari deb bilsalar, albatta bu mamlakatlar o'zining rivojlanish bosqichining cho'qqisiga erishishi mumkin. Turli madaniy meros obektlari sonini oshirish evaziga Ipak yo'li qolaversa har bir mamlakatda turistik rivojlanishni tashkillashtirib, mahalliy va xalqaro turistlar sayohatini oshirib, mamlakatlarni turistik salohiyatini jahon reytingida yuqori darajaga ko'tarish bu bugungi zamonaviy davlatlarning asosiy yo'nalishlaridan biri bo'lib qolmoqda. Qolaversa, tarixiy madaniy meros obektlari hamda turizm sohasi bilan bir qatorda, mamlakatlarda amalga oshirilayotgan ishlarni chetlab o'tib bo'lmaydi. Yaqin yillarda oldimizda turgan keng strategik rivojlanish bosqichlarini, asta sekin amalga oshirish, madaniy meros obektlari sonini ko'paytirishga harakatni kuchaytirish, bu soha vakillarining ish rejalarini oldingi qatoridan o'rin olgan. Aynan shu Ipak yo'li mamlakatlari madaniy meros obektlarini asrash hamda turizm imkoniyatlarini oshirish har bir davlatning jahon tamadduni pillapoyasidagi o'rnini belgilab berishda juda katta ahamiyatga ega hisoblanadi.

REFERENCES

1. https://uz.m.wikipedia.org/wiki/Bosh_Sahifa

2. https://scientificacademy.org/index.php/ws/article/download/152/131

3. https://lex.uz/docs/5841063

4. http://arm.sies.uz/wp-content/uploads/2020/11/16-y-Turizm-asoslari.-Oquvqollanma.-IS.Tuxliyev.-S-2008.pdf

5. https://www.gazeta.uz/ru/

6. O'zbekiston Respublikasining Qonuni, 30.08.2001 yildagi 269-Hsonhttps://lex.uz/docs/-25461

7. Qadimgi dunyo tarixi 142-144 betlari. https://static.oliygoh.uz/uploads/4/qadimgi dunyo tarixi 6 uzb.pdf

8. Moddiy madaniy meros obyektlarining muhofaza qilinishi kuchaytirilishi munosabati bilan O'zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o'zgartish va qo'shimchalar kiritish http://uzbekistan-geneva.ch/madaniy-meros-obyektlari-doimiymuhofazada.html WWW.HUMOSCIENCE.COM 534

9. Moddiy madaniy meros obyektlarining muhofaza qilinishi kuchaytirilishi munosabati bilan O'zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o'zgartish va qo'shimchalar kiritish to'g'risida https://uzheritage.org/uz/posts/madaniy-merosobyetlarini-muhofaza-qilish-va-ulardan-foydalanish-togrisida, https://www.madaniymeros.uz/activity

10. O'zbekistonda-moddiy-madaniy-meros-obyektlariga-zarar-yetkazganlikuchun-javobgarlik-kuchaytirildi https://daryo.uz/2022/02/16/

11. O'zbekiston Respublikasining Turizm to'g'risidagi qonuni. https://lex.uz/docs/-4428097

12. O'zbekiston Respublikasining Madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish to'g'risidagi qonuni. https://lex.uz/docs/-25461

13. O'zbekiston Respublikasining Madaniy boyliklarning olib chiqilishi va olib kirilishi to'g'risidagi qonuni. https://lex.uz/docs/-24377

14. O'zbekiston respublikasining Madaniy faoliyat va madaniyat tashkilotlari to'g'risida qonuni. https://lex.uz/docs/-5230682

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.