Scientific Journal Impact Factor
О
INTERNET SAYTLARI BOSHQARUVINING ZAMONAVIY KO'RINISHLARI VA UNING O'ZIGA XOSLIKLARI
Maxsumova Sadoqat Qosimjon qizi O'zbekiston Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti
doktoranti ms.maxsumova @gmail. com
Annotatsiya: Hozirgi kunda internet marketingi tobora rivojlanib bormoqda. Onlayn platformalarda ish yuritish, tashkil etishning ham ma'lum bosqich va talablari mavjud. Natijalarni samarali qilish uchun avvalo, mavjud tajribalar o 'rganilishi kerak. Mazkur maqola internet jurnalistikasi marketingi va boshqaruvining ahamiyatini ochib beradi.
Kalit so'zlar: Internet marketingi, veb-analitika, "Verizon Media", reklama, sayt "muqovasi", Tengrinews.kz, inform.kz
Аннотация: В настоящее время интернет-маркетинг развивается. Есть определенные этапы и требования к организации и работе онлайн-площадок. Чтобы результаты были эффективными, необходимо сначала изучить имеющийся опыт. В этой статье объясняется важность маркетинга и управления интернет-журналистикой.
Ключевые слова: Интернет-маркетинг, веб-аналитика, Verizon Media, реклама, обложка сайта, Tengrinews.kz, inform.kz
Abstract: Today, internet marketing is evolving. There are also certain stages and requirements of office work, organization on online platforms. In order to make the results effective, first of all, the existing experiences should be studied. This article explains the importance of marketing and management of internet journalism.
Keywords: Internet marketing, web analytics, Verizon Media, advertising, site cover, Tengrinews.kz, inform.kz
Zamonaviy hayotni qidiruv tizimlari, ijtimoiy tarmoqlar, onlayn xizmatlarsiz tasavvrn- qilish qiyin. Internet ma^etingi bu tovaг va xizmatlami onlayn ta^'ib qilishdir. Odatda, uning yakuniy maqsadi mahsulot/xizmatni sotish yoki kompaniyaning xabardorligini oshirishdir. Uning klassik marketingdan asosiy farqi -bu veb-analitikadan obunachining butun sayohatini kuzatish uchun foydalanish qobiliyatidir birinchi o'zara ta'siráan to mahsulot yoki xizmatni sotishgacha. Bundan tashqari, onlayn marketing har bir alohida foydalanuvchini maqsadli ravishda yo'naltirishga imkon beradi. Shuning uchun ham bugun bu foimatdagi xizmatlaming istemolchilari ko'p.
KIRISH
Scientific Journal Impact Factor
O
Shu nuqtai nazardan internet sayti tahririyatlarida iqtisodiy boshqaruv mablag'larni doiraviy aylanishiga erishish, saytning daromad va harajatlarini hisoblash, marketing xizmatini uyushtirish, foyda olishni ta'minlashni ko'zda tutadi.
Ijodiy boshqaruv xodimlarni vazifalarni taqsimlab, ijodiy jarayonni tashkil etish, moddiy va ma'naviy jihatdan rag'batlantirish, ijodiy jamoani harakatga keltirishdan iborat bo'ladi.
Tashkiliy-texnik boshqaruv esa ishlab chiqarishni tashkil qilish, o'zaro aloqalarni o'rnatish, boshqarishning aniq uslubini tanlab, qaror qabul qilishda aniq tizimda ishlashni nazarda tutadi.
Sayt boshqaruvidagi asosiy narsa sayt yuzidir. Ko'p odamlar, mahsulot sotib olishdan yoki xizmatga buyurtma berishdan oldin, tovar haqida to'liqroq taassurot qoldirish uchun saytlardagi sharhlar va fotosuratlarni qidirishadi. Har qanday saytning faol bo'lishi ishonchni oshiradi. Auditoriya uchun qiziqarli va foydali tarkibning shakllantirilishi esa doimiy kuzatuvchilar jamoasiga ega bo'lishda qo'l keladi. Albatta, bu format ommabop, ammo raqobat ham kuchli. Faqat chiroyli veb-sayt yaratish, so'nggi yangiliklarni ulashish, shov-shuvli habarlarni muntazam yangilash, uni tovar bilan to'ldirishning o'zi yetarli emas. Shuning uchun internet saytlari kontent marketingiga alohida e'tibor qaratishi kerak.
Demak onlayn platformada ish yuritish, tashkil etishning ham ma'lum bosqichi va talablari mavjud. Natijalarni samarali qilish uchun esa, avvalo, mavjud tajribalar o'rganilishi kerak.
Quyida 2020 yil avgust oyi natijalariga ko'ra AQShning eng ko'p trafikka ega yangiliklar saytlarining TOP o'ntaligi ko'rsatilgan.
Bir oylik tashrif buyuruvchilar soni millionlardda ko'rsatilgan* Reytingda birinchi o'rinni https://news.vahoo.com/ sayti egallagan. Bugun bu saytga "Verizon Media" koorporatsiyasi egalik qiladi. Verizon Medianing Yahoo Newsdan tashqari yana bir media biznes shug'ullanuvchi loyihalari bor. News veb-sayti esa 4 ta (Sports, Finance, Entertainment, News) yo'nalishda faoliyat yuritmoqda. Har bir tahririyatda yoritish mavzusiga mos ruknlar asosida bo'limlar ish olib boradi. Yahoo Newsga kuniga tashrif buyuruvchilar soni 175 milliontani tashkil etmoqda. Bu raqamni O'zbekiston veb saytlari bilan taqqoslasak katta tafovut ko'zga tashlanadi.
Buning sababi internet sifati va boshqa kommunikatsiya tarmoqlarining rivojlanmaganligi bilan bevosita bog'liq, desak bo'ladi.
"wikiHOW.com" esa dunyodagi eng ommabop 150 nashrlardan biri hisoblanadi. Uning jamoasi atigi 25 nafar xodimdan iborat. Nashrni oyiga dunyo bo 'lylib 100 million martalab o'qishadi. Sayt 19 ta tilda xizmat ko'rsatadi. "Ko'p sonli
ADABIYOTLAR TAHLILI VA METOD
Scientific Journal Impact Factor
О
foydalanuvchilar + Kichik jamoa = Ishingiz zudlik bilan millionlab odamlarga ta'sir ko'rsatadi", deyiladi nashr o'z tahririyati haqida keltirgan ma'lumotlarda1.
Tahririyat boshqaruvining yutug'i bir sohaga ixtisoslashgani, kichik tahririyat jamoasi tarkibiga mas'uliyatli kadrlarni jamlagani va o'z maqsadi yo'lida og'ishmay harakat qilayotganidir.
Rossiyadagi yirik yangiliklar saytidan biri "kommersantru"ning tijoriy, tashkiliy va ijodiy boshqaruvi ham o'ziga xos. Turli mavzularda aniq prognozlar va chuqur tahlillar, ob'ektiv munosabat, vakolat va xolislik tahririyat xodimlarining ish jarayoni asosini tashkil qiladi.
Qozog'istonning inform.kz2 sayti dunyo reytingida 25569-o'rinda turadi. U Qozog'iston va dunyoda sodir bo'layotgan voqealarning ob'ektiv va to'liq tasvini onlayn rejimda yoritib boradi. Qozoq, rus va ingliz tilida uzatiladigan axborotlar, shuningdek, mamlakat hayotiga oid yangiliklarning lotin grafikasi va arab yozuviga tarjimasi bilan translatsiya qilinadi. Kazinformning mamlakatning barcha mintaqalarida, Rossiya, Xitoy, Turkiya, BAA, Belgiya, Ozarbayjon, Qirg'iziston va O'zbekistonda muxbirlari faoliyat yuritadi. Sayt ilk tashkil etilganda kunlik video yangiliklar berilmagan. So'nggi bir necha yildan buyon saytning quyi past qismida "Video" rukni tashkil etildi. Saytdan ma'lumotlarni oson topish mumkin. Chunki uning sayt sahifasi pastida arxivi bor bo'lib, yil, oy va kunlar tizimlashtirilgan.. Saytda deyarli reklamalar ulashilmaydi, ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida esa reklamalar doimiy berib boriladi. Saytning o'zbek tilidagi versiyasida 2021 yilning 21 yanvar sanasigacha eng mashhur maqolalar statistikasi bilan tanishdik:
1 * Kattaqo'rg'onda zo'rlangan o'smir bedarak yo'qolgan, aybdorlardan biri to'satdan vafot etgan
2 * Shohjahon Ergashev Shahram G'iyosovga: "Baribir urushamiz, senga oson bo'lmaydi"
Sarlavhalar tugal ma'noga ega va sensatsiya ko'tarish harakterida. Yana bir yuqori reytingdagi Tengrinews.kz 3 saytining esa reklama berish narxlari e'tiborimizni tortdi:
Banner reklama: 300x250 o'lchamda, bir kunga 1 800 qozoq tengesi, bu 45108 so'm degani. Tijoriy reklama materiali bosh sahifaga 1 sutka davomida 850 000 tenge - 21.301.000 so'm. Bir sutka davomida longrid aylanishi 10 000 belgi, 15 tagacha rasm bo'lsa, 1 000 000 tenge =25.060.000 so'm.
1 https://www.wikihow.com/wikiHow:Jobs
2 inform.kz
3 tengrinews.kz
MUHOKAMA
Scientific Journal Impact Factor
Onlayn translatsiya ya'ni to'g'ridan-to'g'ri efirning 1 soati 350 000 tenge=8.771.000, Instagramda 600.000 tenge=15.036.000 so'm.
15-30 ta rasmdan iborat reklama harakteridagi fotoreportaj 15.036.000 so'm evaziga joylanadi.
Video-syujet reklama esa 1 sutkaga 8.771.000 so'm uchun joylashtiriladi. (Bu narxlar setkasi 2021 yilning 1 yanvar holatiga ko'ra o'rganilgan).
O'zbekistonda media maydonida ham bugun o'z o'rniga ega internet saytlari soni ko'paymoqda. Biz reytinglarni o'rganib, eng ko'p foydalanuvchi tashrif buyuruvchi «Daryo» internet-nashri boshqaruvini tahlilga tortik.
«Daryo» internet-nashri 2013 yil yanvaridan beri faoliyat ko'rsatadi. Muassisning to'liq nomi "Simple networking solutions" mas'uliyati cheklangan jamiyat. IFUT kodi (Amalga oshirilayotgan faoliyat tur(lar)i) 73.11.0 - Reklama agentliklari. Ustav fondi 757 556 202.00 so'm. Ta'sischilar va ularning ustav fondidagi ulushi haqida ma'lumotlar: "O'zbektelekom" AJ 50.00 %, Fayzullayeva Firuza Baxtiyarovna 30.00 %, Fayzullaev Shukurulla Nasibullaevich 20.00 %.
Daryo.uz sayti o'zida quyidagi kontentlarni birlashtirgan:
• Mahalliy;
• Dunyo;
• Texnologiyalar;
• Madaniyat;
• Avto;
• Sport;
• Foto;
• Uzum uz!;
• Qo'ziqorin;
• Arxiv .
Nashr faoliyati faqat o'zbek tilida, lotin hamda krill yozuvida olib boriladi. Saytdan foydalanganda eng yuqori qismidan o'zingiz uchun qulay yozuv funksiyasini tanlaysiz. Sayt "muqovasi"da kunlik ob-havo ma'lumotlari va valyutalar kursi haqidagi ma'lumotlar ham o'rin olgan. Yana bir qulaylik sayt orqali siz Samsung va Iphone telemarkalarining dasturlarini yuklab olishingiz mumkin.
Sayt dizayni ma'lumotlarni tashrif buyuruvchilar tomonidan qabul qilinishida katta rol o'ynaydi. Veb-sayt yaratishda, saytda mavjud foydali ma'lumotlarga qaramay, chalkash navigatsiya, xilma-xillik va noto'g'ri tanlangan ranglar foydalanuvchilarni chetlashtirishi mumkin. Biz tahlil qilayotgan sayt dizaynida esa ko'zni toliqtiradigan ranglar jilosi yo'q, aniq va tushunarli tipdaligi e'tiborni tortadi. Tahririyat jamoasining asosiy vazifasi auditoriyaning ma'lum bir ma'lumotga
NATIJALAR
Oriental Renaissance: Innovative, R VOLUME 1 | ISSUE 4
educational, natural and social sciences O ISSN 2181-1784
Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423
bo'lgan ehtiyojini qondirishdan iboratdir. Internet-nashriyoti o'z ijodiy faoliyatini nafaqat sayt platformasida, balki ijtimoiy tarmoqlarda ham olib bormoqda: Facebook - 126 251 ta Instagram - 586 899 ta Twitter - 19 769 ta Odnoklassniki - 89 094 ta Telegram - 789 088 ta obunachisiga ega.
Saytda xabarlarni ko'ruvchilarning kunlik statistikasi yuritilmaydi. Vaholanki, tahririyat ishini tashkil etishda har bir kun, saotdan unumli foydalanish muhimdir. Masalan, saytga joylangan "Andijonlik qiz otasi uni muntazam zo'rlab kelganini aytmoqda. Prokuratura holat yuzasidan tekshiruv boshladi" nomli maqola 19.01.2021 sanasida 125 440 marotaba ko'rilgan. Ammo maqola yuklangan kuni nechta obunachi tomonidan kuzatilgani haqidagi ma'lumotni olish imkonsiz. Sayt so'nggi paytda sensatsiyaga ko'proq e'tibor qaratmoqda. Aksariyat maqola va xabarlarni sarlavahisini o'qiboq gap nimada ekanini anglaysiz. "Rasul Kusherbayev Toshkent shahar Kengashidagi har bir deputat ixtiyoriga 2 mlrd so'mdan berilishi haqida" nomli maqolani o'qish uchun obunachi vaqt va trafik ajratmasligi aniq.
XULOSA
Jurnalist tayyorlagan materialning media makonda ommalashishida ham ba'zi jihatlarga e'tibor qaratish lozim. Chunonchi, har qanday mavzu haqida maqola tayyorlayotganda uni haqiqiy mutaxassis tilidan tayyorlash lozim. Shunda o'quvchi uning gapiga ishonadi. Tashkilotlar taqdim etgan ma'lumotlargi imkon darajasida chalg'ish kerak emas, balki uni tahlil qilish, o'rganish, asl vaziyatni yoritish uchun harakat qilish kerak. Har qanday mavzuda muallifning o'z fikri bo'lishi shart. Qahramon kim bo'lishidan qati nazar, vaziyatni jurnalist boshqarishi lozim. Buning uchun ayni mavzu bo'yicha bilimga ega bo'lishi, maqola tayyorlashdan avval izlanishi, manbalar bilan ishlashi kerak. Har bir mavzuga xolis baho bera oladigan o'z ekpertlari bo'lgan jurnalist favqulodda holatlarda ham o'qishimli, tahlili y maqola tayyorlay oladi. Jurnalist xolis bo'lishi kerak, xolislik raqamlar, faktlar va fikrlar xilma-xilligida ekanini unutmasligi lozim.
ADABIYOTLAR RO'YXATI (REFERENCES)
1. Jurnalistika 10 tomlik to'plam. O'zbekiston nashriyoti - T.:2019
2. Bosma OAVda mediabiznesni yuritish asoslari. Toshkent: Norma. 2008
3. Albarran A. Historical trends and patterns in media management research // Handbook of Media Management and Economics / ed. by A. Albarran, S. ChanOlmsted, M. Wirth. Mahwah, NJ: Lawrence Erlbaum Associates, 2006
4. Albarran A. Management of electronic media. Belmont: Albany; Wadsworth
Scientific Journal Impact Factor
O
Publishing Company, 2007.
5. Altmeppen, K.-D. 2000. 'Funktionale Autonomieund organisational Abhängigkeit'. In Löffelholz,M. (Ed.), Theorien des Journalismus: 225-239.Wiesbaden: Westdeutscher Verlag.
6. Blöhbaum, B. 1994. Journalismus als Soziales System.Geschichte, Ausdifferenzierung und Verselbständigung. Opladen: Westdeutscher Verlag.
7.Demers D. P., Wackman D. B. Effect of chain ownership on newspapers management // Newspaper Research Journal. 1988. № 9. Bb. 59-68.