Научная статья на тему 'O‘ZBEKISTONDA OMMAVIY AXBOROT VOSITALARI TASHKIL QILISH ASOSLARI'

O‘ZBEKISTONDA OMMAVIY AXBOROT VOSITALARI TASHKIL QILISH ASOSLARI Текст научной статьи по специальности «СМИ (медиа) и массовые коммуникации»

CC BY
2568
159
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Axborot erkinligi / matbaachilik / tahririyat / qonun hujjatlari / MChJ / ustav fondi / noshirlik / mulkdorlik huquqi. / Freedom of information / printing / editorial / legislation / LLC / charter capital / publishing / property rights.

Аннотация научной статьи по СМИ (медиа) и массовым коммуникациям, автор научной работы — Maxsumova Risolat Qosimjon Qizi

Ommaviy axborot vositalari va nashriyotlar faoliyatini muvofiqlashtirish, joylarda faoliyat ko‘rsatayotgan ommaviy axborot vositalarining moddiy-texnika bazasi va kadrlar salohiyatini mustahkamlash masalalari dolzarbligicha qolmoqda. Maqolada shu xususdagi qarashlar va tadqiqotlar natijalari muhokama qilinadi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

FUNDAMENTALS OF ORGANIZATION OF MEDIA IN UZBEKISTAN

It is always important to coordinate the activities of the media and publishing houses, to strengthen the material and technical base, and human resources of local media. The article discusses the views and research findings in this regard.

Текст научной работы на тему «O‘ZBEKISTONDA OMMAVIY AXBOROT VOSITALARI TASHKIL QILISH ASOSLARI»

O'ZBEKISTONDA OMMAVIY AXBOROT VOSITALARI TASHKIL

QILISH ASOSLARI

Maxsumova Risolat Qosimjon qizi O'zbekiston Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti talabasi

[email protected]

Annotatsiya: Ommaviy axborot vositalari va nashriyotlar faoliyatini muvofiqlashtirish, joylarda faoliyat ko 'rsatayotgan ommaviy axborot vositalarining moddiy-texnika bazasi va kadrlar salohiyatini mustahkamlash masalalari dolzarbligicha qolmoqda. Maqolada shu xususdagi qarashlar va tadqiqotlar natijalari muhokama qilinadi.

Kalit so'zlar: Axborot erkinligi, matbaachilik, tahririyat, qonun hujjatlari, MChJ, ustav fondi, noshirlik, mulkdorlik huquqi.

Аннотация: Вопросы координации работы СМИ и издательств, укрепления материально-технической базы и кадровых ресурсов местных СМИ остаются актуальными. В статье обсуждаются взгляды и результаты исследований по этому поводу.

Ключевые слова: свобода информации, полиграфия, редакция, законодательство, ООО, уставный капитал, издательское дело, имущественные права.

Abstract: It is always important to coordinate the activities of the media and publishing houses, to strengthen the material and technical base, and human resources of local media. The article discusses the views and research findings in this regard.

Keywords: Freedom of information, printing, editorial, legislation, LLC, charter capital, publishing, property rights.

KIRISH

Bugun jamiyatda demorkatiyaga qanday amal qilayotganini axborot va so'z erkinligi ta'minlangani bilan baholanadi. Mamlakatimizda demokratik yangilashning bugungi bosqichidagi muhim yo'nalishlardan biri sifatida axborot erkinligini ta'minlash masalasiga e'tibor berilayotganining ham boisi shundan.

Jurnalistika tarixiga nazar tashlar ekanmiz, jurnalist faoliyat erkinligining asosiy mezoni sifatida matbuot erkinligi birinchi o'rinda turganligiga guvoh bo'lamiz.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODLAR

Ko'plab davlatlarda milliy konstitutsiyalarning qabul qilinishi fuqarolar-ning

huquq va erkinliklari tizimida axborotga bo'lgan huquqining vujudga kelishiga va

1341

Scientific Journal Impact Factor

mazkur institutning konstitutsiya qoi-dalari asosida mustahkamlanishiga sabab bo'ldi. Jumladan, O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 29-moddasida axborotga ega bo'lish hu-qu-qini kafolatlovchi norma mavjud bo'lib, unga ko'ra «Har kim fikrlash, so'z va e'tiqod erkinligi huquqiga ega. Har kim o'zi istagan axborotni izlash, olish va uni tarqatish huquqiga ega, amaldagi konstitutsiyaviy tuzumga qarshi qaratilgan axborot va qonun bilan belgilangan boshqa cheklashlar bundan mustasnodir».

Mazkur konstitutsiyaviy tamoyilga muvofiq, jamiyatning zarur axborotlardan xabardorligini ta'minlashga qaratilgan qator qo-nun hujjatlari va dasturlar qabul qilindi. «Axborotlashtirish to'g'risida»gi, «Axborot erkinligi prinsiplari va kafolatlari to'g'risida»gi, «Ommaviy ax-borot vositalari to'g'risida» gi qonunlar shular jumlasidan.

Dunyodagi barcha mamlakatlarda ommaviy axborot vositalari jamiyat ijtimoiy-siyosiy hayotida muhim rol o'ynaydi. Jahon tajribasida OAV faoliyatini tashkil etish, yuritish, tugatish, umuman tizimdagi barcha hatti-harakatlarni tartibga soluvchi qonun hujjatlari mavjud. Jumladan, O'zbekistonda ham ommaviy axborot vositalarini boshqaruv siyosatida mazkur qonun hujjatlari asosiy o'rin tutadi.

Mustaqillik yillarida mamlakatimizda ommaviy axborot vositalari, noshirlik va matbaa faoliyatini rivojlantirish, so'z va axborot erkinligini ta'minlash borasida 10 dan ziyod qonun va 150 dan ortiq qonunosti hujjatlari qabul qilinib, sohada mustahkam huquqiy baza yaratildi.

Bugungi kunda yurtimizda 1991 yilga nisbatan ommaviy axborot vositalari qariyb 4 martaga, nashriyotlar 13 karra va matbaa korxonalari 12 barobarga ko'payib, ularning moddiy-texnik bazasi, kadrlar salohiyati sezilarli darajada yaxshilandi.

Ayni vaqtda ommaviy axborot vositalari va nashriyotlar faoliyatini muvofiqlashtirish, bu tarmoqda miqdor ko'rsatkichlarini sifat ko'rsatkichlariga aylantirish, mamlakatimiz milliy media maydonida sog'lom raqobat muhiti, zamonaviy axborot xizmatlari bozorini shakllantirish, joylarda faoliyat ko'rsatayotgan ommaviy axborot vositalarining moddiy-texnika bazasi va kadrlar salohiyatini mustahkamlash masalalari dolzarbligicha qolmoqda. Bu haqda Davlatimiz rahbarining 2019 yil 6 avgustdagi "Matbuot va axborot sohasida boshqaruvni yanada takomillashtirish to'g'risida"gi Farmonida so'z yuritiladi1.

1 y3ÔeKucmoH PecnyômKacu vpnyn yymimamnapu mynnaMU, 2017 u., 33-coh, 830-Modda

MUHOKAMA

Scientific Journal Impact Factor

Tahlillar shuni ko'rsatmoqdaki, matbuot va axborot sohasida davlat siyosatini amalga oshirish va sohaga oid masalalarni hal etish vakolati berilgan O'zbekiston matbuot va axborot agentligi o'ziga yuklatilgan vazifalarni to'liq va samarali amalga oshirmayotgani bois bozor munosabatlari sharoitida ommaviy axborot vositalariga uslubiy yordam ko'rsatish, ularning ishini prinsipial jihatdan kuzatish, baholash, tahlil qilib borish, zarur hollarda qo'llab-quvvatlash yoki iqtisodiy, huquqiy choralarni qo'llash kabi amaliy mexanizmlarning ta'siri deyarli sezilmadi.

Natijada ommaviy axborot vositalari va nashriyotlar tomonidan o'zining nizom talablariga to'g'ri kelmaydigan, milliy qadriyatlarimizga zid, g'oyaviy hamda matbaa sifati past mahsulotlar ishlab chiqarildi. Shuningdek, ommaviy axborot vositalari va matbaa korxonalarini ro'yxatga olish, noshirlik faoliyatini lisenziyalash hamda ularning faoliyatini monitoring qilish bo'yicha tegishli talabga amal qilinmayotganlik holati kuzatildi.

Shuning uchun so'nggi yillarda ommaviy axborot vositalari faoliyatiga doir qonunchilik ijrosini ta'minlash, ommaviy axborot vositalari, noshirlik, matbaachilik va axborot-kutubxona faoliyatini rivojlantirish masalalariga alohida e'tibor qaratildi. Ommaviy axborot vositalari, noshirlik, matbaachilik va axborot-kutubxona faoliyatida qonun hujjatlari, davlat va tarmoq standartlariga rioya etilishi, so'z va axborot erkinligi kafolatlariga rioya etilishi borasida monitoring va nazoratni amalga oshirish choralari ko'rila boshladi. Mulkchilik shaklidan qat'iy nazar, ommaviy axborot vositalari uchun media bozorda teng sharoitlar yaratish bo'yicha zarur tadbirlar ishlab chiqish lozimligi oydinlashdi.

Birgina 2007 yil 15 yanvarda qayta tahrirdan chiqqan jami 40 moddadan iborat "Ommaviy axborot vositalari to'g'risida"gi qonunda ommaviy axborot vositalari faoliyatini tartibga solish, tahririyatni tashkil etish, unda iqtisodiy menejment qonuniyatlari asosida boshqaruv siyosatini yuritish bo'ycha qator moddalar keltirilgan.

Qonun normalarida OAVning boshqaruv siyosati qat'iy qilib belgilab qo'yilgan. Jumladan, 8- moddada ommaviy axborot vositalarini ta'sis etish huquqi yuridik va jismoniy shaxslarga berilgani aytiladi. 9-10-11-moddalarida muassis va tahririyat o'rtasida bajariladigan Ta'sis hujjati va ta'sis shartnomasi, tahririyat ustavi qanday bo'lishiga umumiy ta'rif beriladi.

12-13-14-moddalarda esa muassis va tahririyat o'rtasidagi shartnoma, muassisning huquq va majburiyatlari keltiriladi. Masalan, 15-moddada tahririyat faoliyatiga shunday ta'rif beriladi: "Tahririyat ommaviy axborot vositasining

chiqarilishini amalga oshiruvchi yuridik shaxs yoki jismoniy shaxsning tarkibiy bo'lminmasidir. Tahririyat qonun hujjatlarida nazarda tutilgan har qanday shaklda tashkil etilishi mumkin. Tahririyat o'z kasb faoliyatida mustaqildir. U bosh muharrir va tahririyat xodimlaridan iborat. Tahririyat ommaviy axborot vositalari ro'yhatidan o'tganidan keyin o'z faoliyatini boshlashi mumkin"

Ommaviy axborot vositasini tarqatish bevosita tahririyat, jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan shartnoma asosida amalga oshirilishi mumkin. Bosma ommaviy axborot vositalari mahsulotini tarqatish ularga obunani tashkil etish, shuningdek chakana savdo tarmog'i orqali amalga oshiriladi. Ro'yhatdan o'tkazilgan davriy nashrlar adadini chakana savdo tarmog'i orqali shu jumladan qo'lda sotish nashrlar tahrirityalarning shtatdagi tarqatuvchilari tomonidan yoki savdo tarmog'iga ega bo'lgan yuridik shaxslar, yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan qonun hujjatlariga belgilangan tartibda amalga oshiriladi.

"Jurnalistlik faoliyatini himoya qilish to'g'risida", "Reklama to'g'risida", "Axborot erkinligi prinsiplari va kafolatlari to'g'risida", "Axborotlashtirish to'g'risida" gi qonunlar va boshqa bir qator qonunosti hujjatlari sohadagi hatti-harakatlarni tartibga soladi.

Ushbu huquqiy hujjatlar tahririyatlar faoliyatini tashkil etish va olib borishda amal qilinishi kerak bo'lgan huquq chegaralarini belgilab beradi. Tahririyat rahbaridan tortib eng kichik xodimgacha bo'lgan jamoa ularga amal qilishi shart. Normalarga rioya qilmaslik esa qonun oldida javobgarlikni yuzaga keltiradi.

Quyidagilar ommaviy axborot vositalarining muassisi bo'lishi mumkin emas:

• o'n sakkiz yoshga to'lmagan shaxs;

• qasddan sodir etgani uchun sudlanganlik holati tugallanmagan yoki sudlanganligi olib tashlanmagan yoxud sud tomonidan muomalaga layoqatsiz deb topilgan shaxs;

• faoliyati qonun bilan taqiqlangan nodavlat notijorat tashkiloti2.

Shuningdek, ustav fondida chet el investisiyalarining ulushi o'ttiz va undan ortiq

foizni tashkil etgan yuridik shaxslar tomonidan ommaviy axborot vositalarini ta'sis qilishga yo'l qo'yilmaydi.

NATIJALAR

"Ommaviy axborot vositalari to'g'risida"gi qonunda OAVlarning moliyaviy ta'minoti, uni yuritish tartibini belgilovchi norma ham nazarda tutilgan. Chunonchi,

2 Y36eKHCTOH Pecny6^HKacH ^OHyH xy^^araapu TynnaMH, 2007 H., 3-COH, 20-Mogga; KpHyH xy^^araapu MatnyMoraapH mhothh 6a3acu, 19.04.2018 H., 03/18/476/1087-COH)

15-modda ikkinchi qismiga muvofiq OAV tahririyati qonunchilikda belgilangan istalgan tashkiliy-huquqiy shaklda tuzilishi mumkin. Tahririyatning tashkiliy-huquqiy shaklini tanlash haqidagi qarorni yuridik shaxs sifatida mulk egasi qabul qiladi. Bosma OAV tahririyati yuridik shaxs maqomi bilan, xususiy korxona, mas'uliyati cheklangan yoki qo'shimcha mas'uliyatli jamiyat, unitar korxona, ochiq yoki yopiq turdagi aksiyadorlik jamiyati, shuningdek, boshqa tashkiliy-huquqiy shakllarda tuzilishi va ro'yxatdan o'tkazilishi mumkin.

Xususiy korxona. Mulkdor yagona jismoniy shaxs tomonidan tuzilgan va boshqariladigan tijoratchi tashkilot xususiy korxona, deb e'tirof etiladi. Xususiy korxona tadbirkorlik sub'ektlarining tashkiliy-huquqiy shaklidir3.

Mas'uliyati cheklangan jamiyat (MChJ). Bir yoki bir necha shaxs tomonidan ta'sis etilgan, ustav fondi (ustav kapitali) ta'sis hujjatlari bilan belgilangan miqdorlarda ulushlarga bo'lingan xo'jalik jamiyati mas'uliyati cheklangan jamiyat hisoblanadi. Mas'uliyati cheklangan jamiyatning ishtirokchilari jamiyat faoliyati bilan bog'liq zararlar uchun o'zlari qo'shgan hissalar qiymati doirasida javobgar bo'ladi4.

Aksiyadorlik jamiyati (AJ) . Ustav fondi (ustav kapitali) aksiyadorlarning aksiyadorlik jamiyatiga nisbatan huquqlarini tasdiqlovchi muayyan miqdordagi aksiyalarga taqsimlangan tijorat tashkiloti aksiyadorlik jamiyati deb e'tirof etiladi5.

Unitar korxona. Mulk egasi tomonidan unga mulkdorlik huquqi berilmagan tijorat tashkiloti unitar korxona hisoblanadi. Unitar korxona mol-mulki bo'linmasdir va u ulushlarga (hissa, pay) qarab taqsimlanishi (jumladan korxona xodimlari o'rtasida) mumkin emas.

Tahririyatning tashkiliy-huquqiy shaklini tanlash quyidagilarga bog'liq:

- biznesning turi va uning miqyosiga;

- bo'lg'usi ishbilarmon sheriklarning soniga, ular har birining ishtiroki va mas'uliyati darajasiga;

- tasarrufda mavjud mablag'lar va qonun bilan belgilangan ustav jamg'armasi miqdoriga;

- sheriklardan har birining ustav jamg'armasidagi ulushi miqdoriga;

- sanalgan yuridik shakllardan har birining xususiyatlariga.

3 Y36eKHCTOH Pecnyö^HKacHHHHr «Xycycun KopxoHa Tyrpucuga»™ KOHyHH. TomKeHT m.,2003 hhïï 11 geKa6pb,558-II-COH —https://lex.uz/docs/53877

4 Y36eKHCTOH pecny6^HKacHHHHr "Macbymam neKiaHraH xaMga ^ymuMna MacbyOTaraH ^aMuaraap TyrpHCHga"rH KOHyHH. TomKeHT m.,2001 hh^ 6 geKa6pb,310-II-coH — https://www.lex.uz/acts/22525

5 Y36eKHCTOH Pecny6^HKacu KOHyH xy^^araapu Tyn^aMH, 2014 H., 19-COH

1345

Scientific Journal Impact Factor

O'zbekistonda bosma OAVlari tashkil qilish amaliyotida xususiy korxona, mas'uliyati cheklangan jamiyat va yopiq aksiyadorlik jamiyati kabi tashkiliy-huquqiy shakllar eng ko'p qo'llaniladi.

Bugun O'zbekiston OAV ham zamonga moslashmoqda. Bir formatdan ikkinchisiga o'tyapti. Bu o'zgarishlar o'z-o'zidan uning huquqiy asoslarini ham qaytadan ko'rib chiqish lozimligini ko'rsatadi.

«Ommaviy axborot vositalari faoliyatining iqtisodiy asoslari to'g'risida»gi qonun loyihasi ana shunday islohotlarning boshlanishi bo'ldi. Unda ommaviy axborot vositalari mol-mulki, uning faoliyatini moliyalashtirish manbalari, tadbirkorlik faoliyati, tahririyat xodimini rag'batlantirish kabi huquqiy me'yorlar belgilanishi ko'zda tutilmoqda. Shuningdek, ommaviy axborot vositasining ustav fondi, ustav faoliyatini amalga oshirish jarayonida olingan moddiy va nomoddiy aktivlar, tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishdan olingan daromad va foyda, ommaviy axborot vositasining mol-mulkini shakllantirish manbalarining turlari ko'rsatilishi mo'ljallangan. Qolaversa, ommaviy axborot vositasining tadbirkorlik faoliyati bilan bog'liq huquq va majburiyatlari belgilanishi bozor iqtisodiyoti sharoitida uning ish samaradorligini oshirishda muhim asos bo'ladi.

1. O'zbekistan Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2007 yil, №

11, 589-modda.

2. O'zbekistan Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2019 yil, №

12, 945-modda.

3. O'zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to'plami, 2007 y., 3-son, 20-modda; Qonun hujjatlari ma'lumotlari milliy bazasi, 19.04.2018 y., 03/18/476/1087-son)

4. O'zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to'plami, 2017 y., 33-son, 830-modda

5. O'zbekiston respublikasining "Mas'uliyati cheklangan hamda qo'shimcha mas'uliyatli jamiyatlar to'g'risida"gi qonuni. Toshkent sh.,2001 yil 6 dekabr,310-II-son — https://www.lex.uz/acts/22525

6. O'zbekiston Respublikasining «Xususiy korxona to'g'risida»gi qonuni. Toshkent sh.,2003 yil 11 dekabr,558-II-son —https://lex.uz/docs/53877

XULOSA

ADABIYOTLAR RO'YXATI: (REFERENCES)

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.