ARTICLE INFO
INNOVATSION VA AXBOROT KOMMUNIKATSION TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISHDA PSIXOLOGIK MA'LUMOTLARNI QAYTA ISHLASHNING O'ZIGA XOSLIGI VA AHAMIYATI
Pardaboyeva Madina Farxod qizi
Chirchiq davlat pedagogika universiteti Pedagogika fakulteti amaliy psixologiya yo'nalishi 2-bosqich talabasi [email protected] Qarshiboyeva Shaxzoda Akram qizi Chirchiq davlat pedagogika universiteti Boshlang'ich ta'lim fakulteti boshlang'ich ta'lim yo'nalishi 1-bosqich talabasi [email protected] Komiljonova Sevinch Azamat qizi Chirchiq davlat pedagogika universiteti Pedagogika fakulteti amaliy psixologiya
yo'nalishi 2-bosqich talabasi [email protected] https://doi.org/10.5281/zenodo.13969658
ABSTRACT
Qabul qilindi: 10- October 2024 yil Ma'qullandi: 15- October 2024 yil Nashr qilindi: 22- October 2024 yil
KEY WORDS
Ushbu maqolada umumiy psixodiagnostika fanini
Kompyuter diagnostika, axborot texnologiya,
lashtirilgan randomizatsiya, kommunikatsion dinamik, va ko'p
o'qitishda innovatsion pedagogik kommunika tsion texnologiyalardan o'ziga xosxususiyatlari ochib berilgan..
va
axborot-foydalanishning
modalli qo'zg'atuvchi, imental psixologiya..
eksper
Ijtimoiy psixologik tadqiqotlarda psixodiagnostik metodikalarni ishlab chiqish, tadbiq qilish, mavjud metodlardan samarali foydalanish va olingan natijalarni talqin qilish bilan bog'liq ko'nikma va malakalarni shakllantirish bugungi kundagi psixologlar oldidagi eng dolzarb muammolardan biri hisoblanib, bo'lajak mutaxassislarga psixodiagnostik metodikalardan foydalanishning psixometrik talablari, shuningdek psixologik testlashtirish sohalari va psixodiagnostik metodikalarni qo'llanish
istiqbollari, eksperimental tadqiqotlarni tashkil qilish va uni o'tkazish to'g'risida tushuncha berish talab qilinadi. Psixodiagnostik tadqiqotlarda axborot kommunikatsion texnologiyalarning qo'llanilishi ijtimoiy psixologik eksperiment (tadqiqot) ning sifatini, olingan natijalarning ob'ektivligini oshirishi, natijalarni qayta ishlashning tezligi va aniqligini ta'minlashi, shu asosda psixodiagnostik natijalardan klinik sharoitlarda tezkor foydalanish, o'quv jarayonida individual yondashishni amalga oshirish, qisqa vaqt oralig'ida bolalar va kattalarning aqliy rivojlanganlik darajasini baholash, ularning kasbga qobiliyatlarini aniqlash imkonini berishini qayd qilish lozim.
Kompyuterlashtirilgan diagnostikaning ustunlik tomonlari uning o'ziga xos metodikalarni ishlab chiqish muammosini qo'yadi. Bu borada yechilmagan juda ko'p masalalar mavjud. Shunday masalalardan biri qo'llanilib kelayotgan, o'zining samaradorligini amalda isbotlagan metodikalarni kompyuterlashtirishdir. Shu sababli
an'anaviy va avtomatlashtirilgan (kompyuterlashtirilgan) metodikalarning natijalarini taqqoslashga doir tadqiqotlar o'tkazish juda muhim.
Kompyuterlashtirilgan diagnostikaning ustunlik va bir qator chegaralanganligini tahlil qila turib shuni aytish mumkinki, to'g'ri tashkil qilingan holda an'anaviy va kompyuterlashtirilgan (avtomatlashtirilgan) metodikalar natijalari orasida yuqori korrelyatsiya mavjud. Ijtimoiy psixologik tadqiqotlarda zamonaviy axborot kommunikatsion texnologiyalarning ma'lumotlarni tejamli ko'rinishda saqlash, tezda
chaqira olish, tezkor va har tomonlama tahlil qilish va ko'rgazmali ravishda aks ettira olish imkoniyatlaridan foydalanish turli sifat, miqdor ko'rinishda samaralar beradi. Birinchi toifa miqdor samaralar asosan an'anaviy psixodiagnostik eksperimentdagi ko'rsatma berish, qo'zg'atuvchi materiallarni taqdim qilish va tekshiriluvchining javoblarini qayd qilish, eksperiment bayonini olib borish, turli hisoblashlarni amalga oshirish va natijalarni berish va shunga o'xshash mashaqqatli, qiyinchiliklarni avtomatlashtirish bilan bog'liq. Bunday avtomatlashtirish natijasida klinik tadqiqotlar yoki psixologik maslahatlar uchun zarur diagnostik natijalarning standartlik darajasi, aniqligi, va olinish tezligi oshadi. Shunday qilib, hozirgi vaqtda tadqiqotlarda axborot kommunikatsion texnologiyalarning qo'llanilishi asosan maxsus metodikalarning kompyuterlashtirilgan variantlarini yaratish tariqasida olib borilmoqda.
Pedagogik konsepsiyamizning maqsadi psixologlar, amaliyotchi psixologlar va psixodiagnostlar uchun ma'lumotlarni kompyuterda qayta ishlash bo'yicha metodik va amaliy yordam tizimini yaratish, shuningdek, oliy ta'limi jarayonida fanlararo integratsiya asosida tadqiqot usullarni axborot kommunikatsion vositalar orqali dasturiy ta'minot manbalariga doir ma'lumotlardan psixologiya fanlarini o'qitishda foydalanib, ta'lim-tarbiya berish mazmuni, shakl va metodlari, pedagogik shartsharoitlarini aniqlash, o'qitish metodikasini yaratishdan iborat. Yuqoridagi maqsadga
erishish uchun quyidagi vazifalarni amalga oshirishni taqozo qiladi:
- Zamonaviy informatsion va pedagogik texnologiyalardan foydalanib noan'anaviy o'quv mashg'ulotlarini ishlab chiqish va uni o'tkazish;
- Psixodiagnostika va eksperimental psixologiya fanining zamonaviy muammolarini metodologik jihatdan tahlil qilish;
- Psixodiagnostika va eksperimental psixologiyada hamda sohaga oid tadqiqot
ishlarini olib borishda shaxsni ob'ektiv baholash uchun axborot kommunikatsiya vositalaridan foydalanish maqsadida psixodiagnostik metodlardan EHM uchun dasturlar yaratish va ularni amaliyotga kengroq joriy etish;
- Psixodiagnostik tadqiqot natijalarini matematik-statistik tahlil qilish maqsadida
sof psixologik qayta ishlash dasturini ishlab chiqish va korrelyatsion bog'lanishlardagi aniqlikka erishish (hozirda ma'lumotlarni qayta ishlashga mo'ljallangan SPSS dasturi mavjud bo'lsada, u sof psixologik jihatlarini to'liq izohlab bera olmaydi);
- Psixodiagnostika va eksperimental psixologiya fani bo'yicha elektron darslik va o'quv qo'llanmalar yaratish:
- Yangi psixodiagnostik metodikalarni ishlab chiqish, moslashtirish, modifikatsiya qilish va ularni psixometrik mezonlar asosida tekshirish;
- Talabalarda mustaqil va ijodiy fikrlash qobiliyatlarini shakllantirish yuzasidan fan bo'yicha uslubiy ko'rsatma va tavsiyalar ishlab chiqish;
- Ta'lim sohasida yuqori dajaradagi xorijiy ta'lim tajribalarini joriy etishni yanada takomillashtirish;
- Dolzarb psixologik mavzularda ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish;
- Psixologik tadqiqotlar olib borish va yechimlarni amaliyotga tadbiq qilish;
- Joriy va davriy ko'rsatkichlar va zarur resurslardan kelib chiqqan holda
loyihalar ishlab chiqish, ularni optimallashtirish, shuningdek, zarur ma'lumotlar bazasini shakllantirish;
- Inson shaxsini o'rganishning psixologik o'lchov vositalarini shakllantirish va ularni amaliyotga tadbiq etish;
- Inson kamolotiga ta'sir qiluvchi psixologik rivojlantiruvchi dastur (trening) larni ishlab chiqish va uni amaliyotda qo'llash;
- Buyurtmachilarning talablari asosida talabalarda kasbiy ko'nikma va malakalarini shakllantirish va rivojlantirish maqsadida kasbiy faoliyat sohalarida malakaviy amaliyotlarni yuksak darajada tashkil qilish va uni o'tkazish, tegishli ko'rsatma va tavsiyalar ishlab chiqish;
- Nazariy va amaliy mashg'ulotlarini yuqori darajada tashkil etish, o'tkazishda
soha bo'yicha ilg'or xorijiy va mahalliy tajribalardan, psixologiya fanining yutuqlariga asoslangan holda innovatsion pedagogik va axborot kommunikatsion texnologiyalarini ishlab chiqish va ulardan mashg'ulotlarda samarali foydalanish;
- Sohaga oid loyihalar ishlab chiqish, ularni amalga oshirish ishlarida ishtirok etish;
- Ta'lim-tarbiya jarayonida psixologik ta'sir ko'rsatish usullarini qo'llash;
- Ta'lim va tarbiya jarayoniga zamonaviy innovatsiyalarni olib kirish;
- Huquq-tartibot organlari bilan hamkorlikni yanada jonlantirish, shuningdek, sud-psixologik ekspertizalarni lozim darajada takomillashtirib borish;
- Psixologiya bilan fanlararo integratsiyani (aloqadorlik) yanada takomillashtirish.
Keyingi o'n yilliklarda psixologik tadqiqotlarda kompyuterlarni keng qo'llash yanada rivojlandi. Psixologik eksperimentlarda kompyuterlarning qo'llanilishi an'anaviy usulga qaraganda bir qancha ustunliklarga ega. Ularga quyidagilar kiradi:
- barcha vazifalarni tekshiriluvchilarga bir xil berishi; - tekshiriluvchining javoblarini xolis va aniq qayd qilishi;
- psixologni mashaqqatli, bajarilishi og'ir ishlardan (vazifalarni taqdim qilish, tekshiriluvchining javoblarining to'g'riligini tekshirish, eksperiment bayonini olib borish, test natijalarini qayta ishlash) ozod qilishi;
- eksperimental materiallarni randomizatsiya qilish (tasodifiy ketma-ketlikda taqdim qilish);
- qisqa vaqt oralig'ida keng masshtabli psixologik tadqiqotlar o'tkazish imkoniyati;
- olingan natijalarni qayta ishlash va umumlashtirishda o'ta kuchli matematik
apparatdan foydalana olish imkoniyati;
- juda ko'p qo'shimcha ma'lumotlarni (javob berishga ketgan vaqt, yo'l qo'yilgan xatolar soni va toifasi, tekshiriluvchining ko'rsatmaga murojati soni va boshq.) qaydqilish imkoniyati;
- eksperiment o'tkazishda yuqori malakali xodimlarning bo'lishi talab qilinmasligi;
- diagnostik natijalarni tez olish, bu, ayniqsa, klinik holatlar va psixologik maslahat berish uchun zarur;
- dinamik va ko'p modalli qo'zg'atuvchilarni taqdim qilish.
Zamonaviy kompyuterlarning ekranida dinamik (o'zgaruvchan, harakatdagi) ob'ektlarni aks ettirish mumkin. Stimullar dinamik, real hayotdagi ob'ektlarning modellari bo'lishi mumkin. Shu bilan bir vaqtda ta'sir polimodal - tovush, tasvirlar va boshqa qo'zg'atuvchilarni birgalikda berish imkoni paydo bo'ldi. Kompyuterlar eksperiment davomida test vaqtini oshirish, chegaralash, qo'zg'atuvchilarni berish tempini tezlashtirish, sekinlashtirish, tekshiriluvchiga moslashtirish imkoniyatiga ega.
Bu tekshiriluvchi eksperiment vaqtida ilhomlanib ketganda, qo'rqqanda, shoshib qolgandan o'zini yo'qotib qo'yganda, yoki muvaffaqiyatsizlikdan esankirab qolganda, tekshiriluvchilarning individual templari turli bo'lganda muhim ahamiyatga ega. Vaqtning o'zi ham alohida diagnostik parametrga aylanadi. Tajribani qo'ldao'tkazganda vaqt parametrlarini bosqichma-bosqich, to'liq qayd qilishning iloji yo'q.
Kompyuterlar yordamida vaqtni to'liq qayd qilish tekshiriluvchining individual tempini, charchashini, qo'zg'atuvchining shaxs xotirasi va fikrlash jarayonlariga ta'sirini o'rganish imkonini beradi. Kompyuter yordamida psixolog oldin o'ta murakkab bo'lgan statistik metodlardan foydalana oladi, ma'lumotlar banki (bazasi)ni yaratish. Ma'lumotlar bazasining mavjudligi, undagi ma'lumotlarni saralash, tahlil qilish imkoni psixodiagnostika uchun katta yutuq hisblanadi. Ma'lumotlar bankini yaratish qisqa vaqt oralig'ida ishonchli, empirik jihatdan asoslangan test me'yorlarini
shakllantirish imkonini beradi. Ma'lumotlar banki psixodiagnostika uchraydigan kutilmagan, g'ayritabiiy holatlarni ajratib olish, tahlil qilish imkoni beradi. Bular quydagilar:
- testga o'yin elementlarini va motivatsiyani kiritish;
- test natijalarini psixolog uchun tanish bayon shaklida yoki turlituman grafiklar, jadvallar, profillar, tahlil qilinayotgan tanlanmaning natijalarini umumlashtirilgan, taqqoslovchi gistogrammalar, diagrammalar tarzida aks ettirish mumkinligi;
- intellektual (aqliy) interfeys. Aqlli interfeys psixodiagnostik tadqiqotni
tayyorlash va uni o'tkazish davomida, avtomatik tarzda yoki talabga binoan, turli ma'lumotlar, tushuntirishlar, tavsiyalarni berib borishi;
- kompyuterlashtirilgan psixodiagnostikaning maqtovga loyiq yana bir tomoni
avtomatik tarzda keng va asoslangan psixodiagnostik xulosani verbal ko'rinishda shakllantirishidir.
Avtomatik psixodiagnostik xulosaning ikki turi farqlanadi. Birinchisi
tekshiriluvchi uchun mo'ljallangan, ikkinchisi esa psixodiagnost uchun. Tekshiriluvchi uchun xulosa hayotiy, tushunarli tilda, tekshiriluvchiga zarar keltirmaydigan shaklda beriladi. Pedagog mashg'ulot jarayonini integratsiyalashgan ta'lim vositalaridan foydalangan holda tashkil etsa, talabalar darsda o'tiladigan mavzularni tez va oson tushunib oladilar. Integratsiyalashgan ta'lim vositalari asosida mashg'ulot o'tilayotganda talabalar berilayotgan
bilimlarni puxta o'zlashtirishi bilan birga olgan bilimlarini xalq xo'jaligining barcha sohalari bilan bog'lashni tushunib yetadilar. Integratsiyalashgan ta'lim vositalari orqali tushuntirishda psixodiagnostik manbalariga oid ma'lumotlardan foydalanish pedagog shaxsiga ulkan imkoniyatlar yaratib beradi
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. Olimov L.Ya., Maxmudova Z.M. Stressli vaziyatlarda psixologik himoya
2. mexanizmlari va koping xulq-atvor namoyon bo'lishining ijtimoiy psixologik
3. xususiyatlari: stressli vaziyatlarda psixologik himoya mexanizmlari. Psixologiya ilmiy
4. jurnali. 2020 yil, 4 son 109-115 b.
5. Olimov L.Ya., Maxmudova Z.M. O'smirlarda psixologik himoya mexanizmlarining namoyon bo'lishining o'ziga xosligi. Psixologiya ilmiy jurnali. 2021
6. yil, 4 son 103-112 b.
7. Professional Self - Self Awareness and Career Choice. (2024). Pedagogical Cluster-Journal of Pedagogical Developments, 2(5), 84-88. https://euroasianjournals.org/index.php/pc/article/view/357m
8. Ozodqulov Olimjon Bahodir o'g'li. (2024). RAHBAR VA XODIM MUNOSABATLARINING BOSHQARUV JARAYONIDAGI PSIXOLOGIK XUSUSIYATLARI. ОБРАЗОВАНИЕ НАУКА И ИННОВАЦИОННЫЕ ИДЕИ В МИРЕ, 41(1), 110-113. Retrieved from https://www.newjournal.org/index.php/01/article/view/12079
9. Xusanova, N. . (2024). FACTORS INFLUENCING THE PSYCHOLOGICAL CHARACTERISTICS OF PRESCHOOL CHILDREN WITH DIFFERENT TEMPERAMENTS. Евразийский журнал социальных наук, философии и культуры, 4(10), 17-20. извлечено от https://in-academy.uz/index.php/ejsspc/article/view/37667
10. Amangeldiyev, S. . (2024). THE IMPORTANCE OF SOCIAL ACTIVITY IN OLD AGE: A KEY FACTOR FOR PSYCHOLOGICAL WELL-BEING. Евразийский журнал социальных наук, философии и культуры, 4(10), 12-16. извлечено от https://in-academy.uz/index.php/ejsspc/article/view/37666
11. Usarboeva , D. (2024). DEVELOPMENT OF THE MECHANISM FOR FORMING ACADEMIC MOBILITY OF STUDENTS. Бюллетень педагогов нового Узбекистана, 2(8), 4043. извлечено от https://in-academy.uz/index.php/yopa/article/view/37442
12. Abdurasulov, J. (2024). PEDAGOGICAL PSYCHOLOGICAL ASPECTS OF MILITARY PATRIOTIC EDUCATION IN GENERAL SECONDARY EDUCATIONAL INSTITUTIONS. В INTERNATIONAL BULLETIN OF APPLIED SCIENCE AND TECHNOLOGY (Т. 4, Выпуск 7, сс. 38-40). Zenodo. https://doi.org/10.5281/zenodo.12721051
13. Abduqodirova, & Pardaboyeva, M. (2024). THE ROLE OF EMOTIONAL CREATIVITY IN STUDENTS' DECISION-MAKING. INTERNATIONAL CONFERENCE OF NATURAL AND SOCIAL-HUMANITARIAN SCIENCES, 1(7), 27-30. https://doi.org/10.5281/zenodo.13819583
14. https://universalconference.us/universalconference/index.php/ICNSHS/article/view /2371
15. Тожибоев Марат Нормадович ТАЛАБАЛАРНИНГ ПЕДАГОГИК ТАФАККУРИНИ РИВОЖЛАНТИРИШГА ИННОВАЦИОН ЁНДАШУВ // SAI. 2023. №Special Issue 10. URL: https://cyberleninka.ru/article/n/talabalarning-pedagogik-tafakkurini-rivozhlantirishga-innovatsion-yondashuv
16. Zilola Dilmurodova. (2024). PEDAGOGICAL AND PSYCHOLOGICAL NATURE OF ABILITY. European Journal of Interdisciplinary Research and Development, 27, 1-4. Retrieved from https://ejird.journalspark.org/index.php/ejird/article/view/1092
17. Абдусаматова Шахло Саитмуратовна. (2024). РОЛЬ ПСИХОЛОГИИ В ФОРМИРОВАНИИ ТОЛЕРАНТНОСТИ У СТУДЕНТОВ. IMRAS, 7(7), 39-43. Retrieved from https://journal.imras.org/index.php/sps/article/view/1664
18. Ozodqulov, O. (2024). VATANPARVARLIK RUHINI TALABALARDA RIVOJLANTIRISH PEDAGOGIK MUAMMO SIFATIDA. В CENTRAL ASIAN JOURNAL OF ACADEMIC RESEARCH (Т. 2, Выпуск 10, сс. 37-41). Zenodo. https://doi.org/10.5281/zenodo.13945058