Научная статья на тему 'PSIXOLOGIYA TA’LIM YO’NALISHI TALABALARINING SHAXS TO’G’RISIDA MA’LUMOT OLISH USULLARIDAN FOYDALANISH KOMPETENSIYALAR'

PSIXOLOGIYA TA’LIM YO’NALISHI TALABALARINING SHAXS TO’G’RISIDA MA’LUMOT OLISH USULLARIDAN FOYDALANISH KOMPETENSIYALAR Текст научной статьи по специальности «Психологические науки»

704
55
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
shaxs / ma’lumot / Lma’lumot / Qma’lumot / Tma’lumot / psixolog / bilish / tushunish / qo’llash / talaba / amaliy psixolog / tinglovchi

Аннотация научной статьи по психологическим наукам, автор научной работы — Abdimumin Ibragimovich Rasulov

Psixodiagnostika usullari bilan ishlash psixologlar kasbiy kompetensiyasining asosiy shartlaridan biri sanaladi. Shaxs xususiyatlari yuzasidan ma’lumot olish usullari esa psixodiagnostikada eng zarur baholash vositalaridan hisoblanadi. Mazkur maqolada psixologiya ta’lim yo’nalishi talabalarining kasbiy tayyorgarlik bosqichlarida shaxs to’g’risida ma’lumot olish usullarini bilish va qo’llash darajalari o’rganilgan. Empirik ko’rsatkichlar shaxsning tadqiq etishda uning xususiyatlari haqida ma’lumot olish usullarini yetarlicha bilishlari, mohiyatini tahlil qila olishlari va amaliyotda qo’llashlari tadqiqotlarning tashkil etishda belgilovchi komponentlardan hisoblanadi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «PSIXOLOGIYA TA’LIM YO’NALISHI TALABALARINING SHAXS TO’G’RISIDA MA’LUMOT OLISH USULLARIDAN FOYDALANISH KOMPETENSIYALAR»

Tashkent Medical Academy Integration of Science, Education and Practice in Modern Psychology and Pedagogy: Problems and Solutions

Volume 4 | TMA Conference | 2023 Zamonaviy psixologiya, pedagogikada fan, ta'lim va amaliyot integratsiyasi: muammo va yechimlar

PSIXOLOGIYA TA'LIM YO'NALISHI TALABALARINING SHAXS TO'G'RISIDA MA'LUMOT OLISH USULLARIDAN FOYDALANISH

KOMPETENSIYALARI

Psixodiagnostika usullari bilan ishlash psixologlar kasbiy kompetensiyasining asosiy shartlaridan biri sanaladi. Shaxs xususiyatlari yuzasidan ma'lumot olish usullari esa psixodiagnostikada eng zarur baholash vositalaridan hisoblanadi. Mazkur maqolada psixologiya ta'lim yo'nalishi talabalarining kasbiy tayyorgarlik bosqichlarida shaxs to'g'risida ma'lumot olish usullarini bilish va qo'llash darajalari o'rganilgan. Empirik ko'rsatkichlar shaxsning tadqiq etishda uning xususiyatlari haqida ma'lumot olish usullarini yetarlicha bilishlari, mohiyatini tahlil qila olishlari va amaliyotda qo'llashlari tadqiqotlarning tashkil etishda belgilovchi komponentlardan hisoblanadi.

Tayanch so'zlar: shaxs, ma'lumot, L-ma'lumot, Q-ma'lumot, T-ma'lumot, psixolog, bilish, tushunish, qo'llash, talaba, amaliy psixolog, tinglovchi

Kirish.Psixologiya fani empirik natijalarni o'lchash va tahlil qilish uchun ixtisoslashgan usullarni ishlab chiqish orqali o'z tadqiqotlarida muvaffaqiyat qozondi. Fanning me'yorda rivojlanishiga ko'ra, shaxs psixologiyasida tadqiqot obyektiga adekvat, o'lchash yo'lini topishga muvaffaq bo'lgan psixologlar faoliyati vujudga keldi.Shaxsning har qanday yorqin ko'rinishlarini o'lchash emas, balki shaxsning muhim funksional va tarkibiy qismlarini ochib berishga imkon beradigan o'lchovlarni amalga oshirish kerak. Shubhasiz, buning uchun psixologlar ayrim asosiy usullarni o'zlashtirishlari va faoliyatlarida tatbiq etishni rivojlantirishlari zarur. Bu esa ko'pgina tadqiqotlarning shu qadar yangi bo'lishiga va psixologiya fanining avvalgi rivojlanishiga tayanib ish tutishiga olib keldi. Bu shaxs nazariyalarining ta'sirida paydo bo'la boshladi. Ko'p variantli usullarning natijasi bo'lib, u psixologlarning shaxsning tadqiq etishga yo'naltirilgan bir qator markaziy psixologik usullarga tayanib ish ko'rish imkonini berdi. Bu orqali shax

Abdimumin Ibragimovich Rasulov

O'zbekiston Milliy universiteti abdi [email protected]

ANNOTASIYA

shakllantirish, transmadaniy farqlar, faoliyat samaradorligi

Tashkent Medical Academy Integration of Science, Education and Practice in Modern Psychology and Pedagogy: Problems and Solutions

Volume 4 | TMA Conference | 2023 Zamonaviy psixologiya, pedagogikada fan, ta'lim va amaliyot integrasiyasi: muammo va yechimlar

boshqa ko'plab masalalar bo'yicha maqsadli tadqiqotlar o'tkazish mumkin bo'ldi [4], [5], [6], [8]. Ushbu maqola ko'p o'ichovli shaxs tadqiqot usullariga manba sifatida xizmat qiluvchi ma'lumot olish usullarining psixologlar kasbiy faoliyatida shakllanganlik va qo'llanish holatini o'rganish natijalari tavsifiga bag'ishlangan. Shu munosabat bilan, psixologlar kasbiy faoliyatida shaxs tadqiqotlarida axborot to'plash usullarini tahlil qilish natijalari haqida fikr yuritiladi.

Shaxsni tadqiq etish psixologik tadqiqotlar predmetining muhim tomoni hisoblanadi [1], [2], [3]. Shu bois shaxsni o'rganish va u yuzasidan ishonchli, haqqoniy va xolis ma'lumot olish usullariga tayanib ish olib borish psixologlarning muhim vazifalaridan sanaladi. Psixologlar kasbiy faoliyatida shaxsning psixodiagnostik baholash bo'yicha yetarlicha kompetensiyaga ega bo'lishlari shaxs to'g'risida ma'lumot olish manbalari bo'yicha tayanch bilimlari beriladi. Mazkur bilimlar psixologlarning kasbiy faoliyatining turli bosqichlarida olib borilayotgan tadqiqotlarda asos sifatida xizmat qiladi. Shaxs to'g'risida ma'lumot olish manbalarini bilish, ularni tushunish, qo'llash, tahlil qilish va baholash psixologlar kasbiy faoliyatining barcha bosqichlari uchun muhim degan g'oya ilgari surildi. Shaxs to'g'risida ma'lumot olish usullarini uning tadqiq etish kuzatish usuli, ekspert baholash, shaxsning o'zini o'zi baholashi va o'zini o'zi tahlil qilishi, kutilmagan vaziyatlar va obyektiv testlarning ahamiyatini tushunish imkonini beradi.

Tadqiqotning maqsadini psixologliya ta'lim yo'nalishi talabalarining shaxs to'g'risida ma'lumot olish usullarini tahlil qilish bilim, ko'nikma va malakalarini ko'nikmalarini o'rganishdan iborat.

Adabiyotlar tahlili va metodologiya. Shaxs to'g'risida ma'lumot olish manbalari bilan ishlash psixologlar ilmiy tadqiqotchilik faoliyatining ajralmas qismi hisoblanadi. Shunday bo'lsa-da, psixologlar har doim ham shaxs to'g'risida ma'lumot olish manbalari bilan samarali ishlash imkoniyatiga ega emaslar. Shaxs to'risida ma'lumot olish usullari xususida psixologiyada bir qator munosabat va mulohazalar mavjud Bu borada R.Kettellning izlanishlari yaqqol misol bo'ladi [2], [7]. Kettell shaxsning asosiy qirralarini aniqlash uchun faktorli tahlilning ahamiyatini qayd etgan edi. R.B.Kettell o'z ma'lumotlarida uch asosiy manbaga, ya'ni real hayotiy faktlarga asoslanib olinadigan ma'lumotlar (L-ma'lumotlar), anketalarni to'ldirish asosida olinadigan o'zini o'zi baholash ma'lumotlari (Q-ma'lumotlar) va obyektvi testlar yorlamida olinadigan ma'lumotlar (T-ma'lumotlar)ga tayangan [3].

Q-ma'lumotlar. Shaxsni so'rovnomalar va o'z-o'zini baholashning boshqa usullari yordamida o'rganish va ma'lumotlar olish yordamida o'rganishdir. "Q"-ma'lumotlar ("Questionnfire

_May 6

Tashkent Medical Academy Integration of Science, Education and Practice in Modern Psychology and Pedagogy: Problems and Solutions

Volume 4 | TMA Conference | 2023 Zamonaviy psixologiya, pedagogikada fan, ta'lim va amaliyot integrasiyasi: muammo va yechimlar

y

data")ni ifodalashini anglatadi. Tuzilishining soddaligi va axborotlar olishining yengilligi "Q"-ma'lumotlarning (so'rovnomalar, o'z-o'ziga hisobot berish, o'z-o'zini baholash shkalasi) shaxsni o'rganishda markaziy o'rin tutadi. "Q"-ma'lumotlar olish uchun metodikalarining soni ko'p. Ularning eng keng foydalaniladiganlari sifatida "Minnesoti ko'p qirrali shaxs ro'yxati" (MMPI), "Kaliforniya psixologik testi" (CPI) (3,72), "O'n olti omilli shaxsni o'rganish so'rovnomasi (16PF)", "Gilford-Simmerman testi" kabi metodikalarni ko'rsatish mu4mkin [3].

"Q"-ma'lumotlarda instrumental yanglishishlar yetarlicha kuchli namoyon bo'lsa-da, ammo ular "L"-ma'lumotlarga nisbatan yanglishishlar darajasi ancha past hisoblanadi. Tekshiriluvchining reaksiyasiga ko'ra baho olishning obyektiv usullariga ega bo'lish. Birinchi talabni bajarish testning shakllantirishda tekshiriluvchilarga ularning xulqining qaysi tomonlari noaniq bo'lib qolishiga erishish orqali ta'minlanadi [1], [7].

Tadqiqotda birlamchi ma'lumotlar olish uchun "Psixologlarning shaxs psixodiagnostikasi metodikalarini tatbiq etishga tayyorlik holatini baholash" shkalasi , natijalarni qayta ishlashda o'zaro bog'liq bo'lmagan tanlanmalar uchun Kraskel-Uollis (N) mezonlari tatbiq etildi.

Tadqiqotda O'zbekiston Milliy universiteti "Psixologiya" psixologiya ta'lim yo'nalishi 494 nafar talabalari jalb etilgan.

Natijalar va muhokama. Tadqiqotimizda shaxs psixodiagnostikasi metodikalarini amaliyotda qo'llashda, mutaxassislarning kasbiy tayyorgarligida psixometrik tamoyillarga tayanishi, ulardan xabardor bo'lishi va ta'minlash imkoniyatlarining belgilashlari, psixodiagnostik metodikalarning o'zaro uyg'unlikda qo'llash xususiyatlarini o'rganishda shaxs haqida ma'lumot olish usullarini tahlil qila olish hamda psixologlarning test va so'rovnomalar bilan ishlash kasbiy ko'nikma va malakalarini ajralmas qismi ekanligini inobatga olgan holda izlanish olib borildi.

Shaxs to'g'risida ma'lumot olish usullari xususiyatlarini izohlashda sinaluvchilarning kasbiy tayyorgarlik bosqichlari bo'yicha tafovutlar mavjudmi yoki yo'qligini aniqlashda Kraskel-Uollis (K) mezonidan foydalanildi. Bu yo'nalishdagi ko'rsatkichlar navbatdagi 1- va 2-jadvallarda o'z aksini topgan.

Psixologiya ta'lim yo'nalishi talabalarining shaxs to'g'risida ma'lumot olish usullarining yutuqlarini tahlil qilish bilim, ko'nikma va malakalari bo'yicha ko'rsatkichlari tahlilida quyida keltiriladigan empirik ma'lumotlar izoh beradi (1-jadval).

1-jadval.

Tashkent Medical Academy Integration of Science, Education and Practice in Modern Psychology and Pedagogy: Problems and Solutions

Volume 4 | TMA Conference | 2023 Zamonaviy psixologiya, pedagogikada fan, ta'lim va amaliyot integrasiyasi: muammo va yechimlar

Shasx to'g'risida ma'lumot olish usullarining yutuqlarini baholash bo'yicha psixologiya ta'lim yo'nalishi talabalarining kasbiy tayyorgarlik bosqichlari bo'yicha ko'rsatkichlari (Kraskel- Uollis mezoni)

Shaxs to'g'risida Ta'lim bosqichlari

№ ma'lumot olish 2-kurs 3-kurs 4-kurs K P

usullari (N=182) (N=154) (N=158)

1 L-ma'lumotlar 338,24 387,07 391,25 6,111 0,049

2 Q-ma'lumotlar 266,18 277,20 259,48 3,255 0,731

3 T-ma'lumotlar 225,14 407,23 554,62 33,581 0,000**

Izoh: * - r<0,01.

Talabalarning L-, Q- va T-ma'lumot olish usullarining yutuqlarini izohlash bilim, ko'nikma va malakalarining ikkita usul ko'rsatkichlari bo'yicha tafovut kuzatilmadi (L-ma'lumotlar bo'yicha Psixologiya ta'lim yo'nalishi 2-kurs talabalarida: 338,24 o'rtacha rang; 3-kurs talabalarida: 387,07 o'rtacha rang;:o'rtasida r-ishonchlilik farqlari mavjud emas.). Talabalarning "Q-ma'lumotlar" (2-kurs talabalarida: 266,24 o'rtacha rang; 3-kurs talabalarida: 277,20 o'rtacha rang;: 4-kurs talabalarida:259,48 o'rtacha rang; K=3,255 ga teng, bu esa ko'rsatkichlar o'rtasida r-ishonchlilik farqlari mavjud emas). Talabalarning shaxs to'g'risida ma'lumot olish usullarining ikkitasi bo'yicha kasbiy tayyorgarlik bosqichlaridan kelib chiqib, ularning xususiyalarni izohlash bo'yicha sinaluvchilarni xabardorlik darajasi keskin farqlanishga ega emas. "T-ma'lumotlar" yuzasidan sinaluvchilarning ko'rsatkichlarida farq kuzatildi (Psixologiya ta'lim yo'nalishi 2-kurs talabalarida: 225,14 o'rtacha rang; 3-kurs talabalarida: 407,23 o'rtacha rang;: 4-kurs talabalarida: 554,62 o'rtacha rang; K=33,581 ga teng, bu esa ko'rsatkichlar o'rtasida r-ishonchlilik farqlari mavjud emas, bu esa ko'rsatkichlar o'rtasida p<0,01 ishonlilik farqi bor ekan).

O'z navbatida L-,Q- va T-ma'lumot olish usullarining kamchiliklarini izohlashda ham sinaluvchilarda ikkita usul bo'yicha tafovut aniqlanmadi. (L-ma'lumotlar bo'yicha ("Psixologiya" ta'lim yo'nalishi 2-kurs talabalarida: 344,68 rang; 3-kurs talabarida: 359,17 rang; 4-bosqich talabalarida: 380,12 o'rtacha rang; K=4,258 ga teng, r-ishonchlilik farqlari mavjud emas). Talabalarning "Q-ma'lumotlar" 2-kurs talabalarida: 278,04 rang; 3-kurs talabarida: 295,62 rang; 4-bosqich talabalarida:301,43 o'rtacha rang; K=2,682 ga teng, r-ishonchlilik farqlari mavjud emas). Bundan ko'rinadiki, dastlabki ikkita ma'lumot olish usullari bo'yicha psixologlarning kasbiy

May 6

660

Tashkent Medical Academy Integration of Science, Education and Practice in Modern Psychology and Pedagogy: Problems and Solutions

Volume 4 | TMA Conference | 2023

Zamonaviy psixologiya, pedagogikada fan, ta'lim va amaliyot integrasiyasi: muammo va yechimlar

tayyorgarlik bosqichlaridan kelib chiqib, ularning xususiyatlarni izohlash bo'yicha sinaluvchilarni xabardorlik darajasi keskin farqlanish yo'q. T-ma'lumotlar yuzasidan sinaluvchilarning ko'rsatkichlarida farq kuzatildi ("Psixologiya" ta'lim yo'nalishi talabalarida: 221,89 rang; ta'lim muassasasi psixologlari: 202,11 rang; psixologiya yo'nalishi tinglovchilari:315,80 rang; K=31,072 ga teng, bu esa ko'rsatkichlar o'rtasida p<0,05 ishonchlilik farqi bor ekan). 2-jadval.

Shasx to'g'risida ma'lumot olish usullarining kamchiliklarini baholash bo'yicha talabalarning kasbiy tayyorgarlik bosqichlari bo'yicha ko'rsatkichlari (Kraskel- Uollis mezoni)

Shaxs to'g'risida Ta'lim bosqichlari

№ ma'lumot olish 2-kurs 2-kurs 2-kurs K p

ti (N=182) (N=182) (N=182)

1 L-ma'lumotlar 344,68 359,17 380,12 4,258 0,349

2 Q-ma'lumotlar 278,04 295,62 301,43 2,682 0,521

3 T-ma'lumotlar 233,59 327,31 438,29 44,528 0,000**

Izoh: Izoh: * - r<0,01. Demak, har ikkala darajasi keskin farqlanishga ega emas. T-ma'lumotlar yuzasidan sinaluvchilarning ko'rsatkichlarida farq kuzatildi ("Psixologiya" ta'lim yo'nalishi 2-kurs talabalarida: 233,29 rang; 3-kurs talabarida: 327,31 rang; 4-bosqich talabalarida:438,29 o'rtacha rang;; K=44,528 ga teng, bu esa ko'rsatkichlar o'rtasida p<0,01 ishonchlilik farqiga ega). Demak, har ikkala

jadval natijalariga ko'ra Psixologiya yo'nalishi 4-bosqich talabalari T-ma'lumot olish usullari xususiyatlarini boshqa ikki toifa sinaluvchilarga qaraganda nisbatan yaxshiroq tushunish, tahlil qilish va qo'llashda ustuvorlikka ega ekanlar. Ular T-ma'ulmot olish manbalaridan o'zlarining kurs loyiha ishi, bitiruv malakaviy ishlari yuzasidan tadqiqotlarda ushbu usullardan foydalanish bilim, ko'nikma va malakasiga egaligi bilan bog'liqdir.

Xulosa. Psixologiya ta'lim yo'nalishi talabalarining kasbiy tayyorgarlik bosqichlarida shaxs to'g'risida ma'lumot olish manbalaridan foydalaniladi, ammo mutaxassislar kasbiy tayyorgarligida ulardan foydalanishdagi tafovutlarni bartaraf etishda psixolog talabalar kasbiy tayyorgarlik bosqichi uchun mo'ljallangan kuzatish rejalari tuzish, shaxsning o'zini o'zi baholashga mo'ljallangan indikatorlar majmuini ishlab chiqish, kutilmagan vaziyatlar va

May 6

661

Tashkent Medical Academy Integration of Science, Education and Practice in Modern Psychology and Pedagogy: Problems and Solutions

Volume 4 | TMA Conference | 2023

Zamonaviy psixologiya, pedagogikada fan, ta'lim va amaliyot integrasiyasi: muammo va yechimlar

y

obyektiv test namunalari bo'yicha tadqiqot tajribalarini o'tkazish kerak. REFERENCES

1. Bodalev A.A., Stolin V.V. Ob^aya psixodiagnostika. - SPb., 2000. - 440 s. 53

2. Kettell R.B., Eber G.U., Tisuska N.M. Rukovodstvo po rabote s 16-ti faktorntim oprosnikom. - L., 1970. - 220 s.

3. Melnikov V. M., Yampolskiy L. T. Vvedeniye v eksperimentalnuyu psixologiyu lichnosti. - M., 1985. - 319 s.

4. Rasulov A.I. Shaxs to'g'risida ma'lumot olish usullari// Psixologiya. -Buxoro , 2013, №3.B.88-96. (19.00.00. № 5).

5. Rasulov A.I.Shaxslilik so'rovnomalarini tatbiq etish xususiyatlari // O'zbekiston Milliy universiteti xabarnomasi. -Toshkent, 2014. 1/1-son. B.244-246.

6. Rasulov A.I.Shaxslilik so'rovnomalarini tatbiq etish xususiyatlari // O'zbekiston Milliy universiteti xabarnomasi. -Toshkent, 2014. 1/1-son. B.244-246.

7. Cattell, R. B. (1983). Structured personality learning theory. New York: Praeger.

8. Rasulov A.I. Adaptation of the thirteen factor version of Sattell's personality questionnaire// European Journal of Research and Reflection in Educational Sciences. 2018. Vol. 6. No. 6. Pp.10-15.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.