Научная статья на тему 'PSIXOLOGIYA TA’LIM YO‘NALISHI TALABALARIDA SHAXS SO‘ROVNOMALARINI TATBIQ ETISH KO‘NIKMALARINI SHAKLLANTIRISH'

PSIXOLOGIYA TA’LIM YO‘NALISHI TALABALARIDA SHAXS SO‘ROVNOMALARINI TATBIQ ETISH KO‘NIKMALARINI SHAKLLANTIRISH Текст научной статьи по специальности «Науки о здоровье»

CC BY
1592
135
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
psixodiagnostika / shaxs / so‘rovnoma / test / klassifikatsiya / talaba / empirik / ko‘nikma. / psychodiagnostics / personality / questionnaire / test / classification / student / empirical / skill.

Аннотация научной статьи по наукам о здоровье, автор научной работы — Rasulov, Abdimumin Ibragimovich

Maqola talabalarning so‘rovnomalarni amaliyotda qo‘llash ko‘nikmalari tadqiqotiga bag‘ishlangan. Muallif talabalarning so‘rovnomalarni qo‘llash xususiyatilari bo‘yicha empirik tadqiqot tashkil etgan. Empirik ko‘rsatkichlar talabalarning so‘rovnomalardan foydalana olish ko‘nimalarini ifodalagan. Unga ko‘ra talabalar shaxs xususiyatlarini o‘rganadigan so‘rovnomalarni ijobiy qo‘llay olar ekanlar. Shuningdek, maqolada talabalarning so‘rovnomlarini qo‘llash ko‘nikmalari bo‘yicha statistik mezonlari talqini yoritilgan. Tadqiqot natijalari yuzasidan xulosalar taqdim etilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

DEVELOPMENT OF PERSONAL EXAMINATION SKILLS IN PSYCHOLOGICAL STUDENTS

The article focuses on students' ability to apply questionnaires in practice. The author has conducted an empirical study on the use of questionnaires by students. Empirical data show students' ability to use questionnaires. According to him, students are more likely to use personality traits. The article also discusses the interpretation of statistical criteria for students' ability to use questionnaires. Conclusions on the results of the study are presented.

Текст научной работы на тему «PSIXOLOGIYA TA’LIM YO‘NALISHI TALABALARIDA SHAXS SO‘ROVNOMALARINI TATBIQ ETISH KO‘NIKMALARINI SHAKLLANTIRISH»

PSIXOLOGIYA TA'LIM YO'NALISHI TALABALARIDA SHAXS SO'ROVNOMALARINI TATBIQ ETISH KO'NIKMALARINI

SHAKLLANTIRISH

Rasulov Abdimumin Ibragimovich

O'zbekiston xalqaro islom Akademiyasi abdi_1970@mail .ru

ANNOTATSIYA

Maqola talabalarning so'rovnomalarni amaliyotda qo'llash ko'nikmalari tadqiqotiga bag'ishlangan. Muallif talabalarning so'rovnomalarni qo'llash xususiyatilari bo 'yicha empirik tadqiqot tashkil etgan. Empirik ko 'rsatkichlar talabalarning so'rovnomalardan foydalana olish ko'nimalarini ifodalagan. Unga ko 'ra talabalar shaxs xususiyatlarini o 'rganadigan so 'rovnomalarni ijobiy qo 'llay olar ekanlar. Shuningdek, maqolada talabalarning so 'rovnomlarini qo 'llash ko'nikmalari bo'yicha statistik mezonlari talqini yoritilgan. Tadqiqot natijalari yuzasidan xulosalar taqdim etilgan.

Kalit so 'zlar: psixodiagnostika, shaxs, so 'rovnoma, test, klassifikatsiya, talaba, empirik, ko 'nikma.

ABSTRACT

The article focuses on students' ability to apply questionnaires in practice. The author has conducted an empirical study on the use of questionnaires by students. Empirical data show students' ability to use questionnaires. According to him, students are more likely to use personality traits. The article also discusses the interpretation of statistical criteria for students' ability to use questionnaires. Conclusions on the results of the study are presented.

Keywords: psychodiagnostics, personality, questionnaire, test, classification, student, empirical, skill.

Shaxs so'rovnomalari talaba psixologlarning kasbiy tayyorgarlik bosqichida o'rgatiladigan eng muhim tadqiqot metodikalari sanaladi. So'rovnomalarning ilmiy ahamiyati psixodiagnostika tarixida muhim o'ringa ega [1, 2, 3, 4, 5]. Shu sababli O'zbekistonda psixologiya ta'lim yo'nalishi talabalarida shaxs so'rovnomalarining foydalanish xususiyatlari ma'lum izlanishlar olib borilgan [6, 8, 10, 12]. Shaxs so'rovnomalarning bo'lg'usi psixologlar faoliyati uchun muhtim ekanligini empirik

o'rganildi. Psixologiya ta'lim yo'nalishi talabalarida shaxs so'rovnomalari bilan ishlash bo'yicha nazariy bilim, ko'nikma va malakalari umumiy psixodiagnostika fanidagi nazariy va amaliy o'quv mashg'ulotlarida shakllantiriladi. Mazkur muammo yuzasidan mahaliy olimlar tomonidan bir qator izlanishlar olib borilgan [9, 11]. Bu esa psixologiya ta'lim yo'nalishi talabalarining jahon psixologiyasida mavjud bo'lgan shaxs so'rovnomalari bilan tanishish hamda ulardan xabardaor bo'lish imkoniyatini beradi. Shaxs so'rovnomalarini tatbiq etish xususiyatlari bo'yicha nazariy ma'ulmotlar "Shaxsning psixodiagnostik baholash" va "Ko'p omilli shaxs so'rovnomalari" mavzusidagi nazariy va amaliy mashg'ulotlari davomida amalga oshiriladi. Kursning nazariy mashg'ulotida jahon psixologiyasidagi klassik so'rovnomalari, klassifikatsiyasi va qo'llash xususiyatlari to'g'risida ma'lumotlar taqdim qilinadi. Amaliy mashg'ulotda esa so'rovnomalarning tatbiq etish, natijalarni qayta ishlash va shkalalari bo'yicha talqin etish ko'nikmalarini shakllantirildi. Psixologiya ta'lim yo'nalishi talabalarining mazkur kurs doirasidagi o'quv mashg'ulotlaridan so'ngra talabalarning shaxs so'rovnmalarini tatbiq etish xususiyatlari yuzasidan empirik tadqiqot tashkil etildi. Natijalar tahlili quyida keltiriladi. Psixodiagnostik metod va metodikalarning nazariy va amaliy jihatdan tahlil qilishga bag'ishlangan tajriba-sinovga tadqiqotimizda shaxs so'rovnomalarining tasniflash bo'yicha (O'zbekiston Milliy universiteti 5210203-Psixologiya (amaliy psixologiya) (62 nafar), 521204-Psixologiya (oila psixologiyasi) (50 nafar), 5210205-Psixologiya (yoshlar psixologiyasi) (56 nafar) ta'lim yo'nalishlari talabalaridan iborat sinaluvchilar jalb etildi. Ushbu tajriba sinovda shaxs so'rovnomalarini tatbiq qilish holatlari haqidagi empirik ko'rsatkichlar qo'lga kiritildi.

Tajriba sinovda shaxs so'rovnomalarini tasniflash, ularni faoliyatda qo'llash xususiyatlariga mansub topshiriqlar alohida-alohida taqdim qilindi. Agar respondent tajribaning birinchi bandi bo'yicha hech qanday mulohaza bildirmasa yoki bildirib bo'lgandan so'ngra, ikkinchi band baholash mezonlari taqdim qilindi.

Tajribaning birinchi bandiga ko'ra, respondentlarning so'rovnomalarni tasniflashlarida tizimli yondashuv kuzatilmadi. Ular baholash jarayonida so'rovnomalarning qanday turlari mavjudligidan ko'ra, aksincha, amaliyotga qo'llagan va mashg'ulotlarda foydalanilgan so'rovnomlarning nomlarini sanash bilan cheklandilar. Ushbu holatni inobatga olgan holda ikkinchi band bo'yicha ularning munosabatlari o'rganildi. Oqibatda, tajriba respondentlarning shaxs so'rovnomalarini tasnifiga asoslanib, kasbiy tayyorgarlik bosqichlariga ko'ra ulardan xabardorlik va qo'llash darajalarini yoritish imkonini berdi. (1-jadval).

1-jadval.

Shasx so'rovnomalari tasniflaridan xabardorligining psixologlarning kasbiy tayyorgarlik bosqichlari bo'yicha ko'rsatkichlari

№ Ko'rsatkichlar Kursning boshi Kursning yakuni t

M G M G

2.1. Shaxs qirralarini o'rganish so'rovnomalari 2,57 1,11 3,77 0,73 2,78*

2.2 Qadriyatlarni o'rganish so'rovnomalari 2,26 0,68 3,61 0,53 2,61*

2.3 Qiziqishlarni o'rganish so'rovnomalari 2,85 1,07 2,65 0,88 0,45

2.4 Ustanovkalarni o'rganish so'rovnomalari 1,15 0,54 1,32 0,41 0,50

2.5 Motivatsiyaning o'rganish so'rovnomalari 2,09 1,14 3,49 0,97 2,54*

Izoh: *r<0,05;

Psixologiya ta'lim yo'nalishi talabalarining shaxs so'rovnomalarini tatbiq qilish ko'nikmalarini shakllanishi bo'yicha empirik ko'rsatkichlari metodikalarning tiplariga ko'ra farqlanishi kuzatildi. Talabalarga shaxs qirralarini o'rganish so'rovnomalaridan MMPI va uning modifikatsiyalari (Shaxs so'rovnomasining mini-mult shakli, Psixodiagnostika testi (V.M.Melnikov, L.T.Yampolskiy)) [11], R.B.Kettellning 16 RG' so'rovnomasi [9], Mayers-Briggsning shaxs tiplarini o'rganish so'rovnomasi (MBTI) [7], M.Kray va P.Kostaning "Katta beshlik so'rovnomasi" [6] mashg'ulotlarda ham nazariy, ham amaliy jihatdan tahlil qilinadi.

Qadriyatlarni o'rganish so'rovnomalari M.Rokkichning "Qadriyat" va Sh. Shvarsning "Qadriyatlar so'rovnomasi" bilan talabalar nazariy va amaliy jihatdan bilim va ko'nikmalar shakllantiriladi. Motivatsiyani o'rganish so'rovnomalari bo'yicha T.Elersning "Muvaffaqiyatga erishish motivatsiyasi" va "Muvaffaqiyatsizlikdan qochish motivatsiyasi" o'quv mashg'ulotida yetarlicha o'rganiladi. Shu sababli ham talabalarning kursning boshi va yakunidagi ko'rsatkichlari o'rtasida tafovutlar kuzatildi: shaxs qirralarini o'rganish so'rovnomalari (2,58 va 3,77; r<0,05), qadriyatlarni o'rganish so'rovnomalari (2,26

va 3,61; r<0,05) va motivatsiya so'rovnomalari (2,09 va 3,49; r<0,05). Bundan ko'rinadiki, psixologiya ta'lim yo'nalishi talabalarida shaxs so'rovnomalari tatbiq etish bo'yicha aniq, amaliy ahamiyatga ega bo'lgan o'quv materiallarini o'zlashtirish anchagina yengillik tug'dirar ekan. Aksincha talabalarga nazariy jihatdan faqat nomlari bayon etilgan shaxs so'rovnomalari (qiziqishlarni va ustanovkalarning o'rganish so'rovnomalari) bo'yicha talabalarning nazariy bilimlari bilan amaliy ko'nikmalarining shakllangalik ko'rsatkichlari ahamiyatlilik darajasida ega emas.

Psixologiya ta'lim yo'nalishi talabalarining shaxs so'rovnomalarini nazariy va amaliy jihatdan kasbiy faoliyatda tahsil olayotgan talabalar Empirik ko'rsatkichlarning yakuniy natijalar quyidagi xulosalarga kelindi:

shaxs so'rovnomalarining jahon psixologiyasi tadqiqotidagi singari o'zbek psixologiyasidagi izlanishlar uchun ham ahamiyatlidir;

psixologiya ta'lim yo'nalishi talabalarida shaxs so'rovnomalarini nazariy va amaliy jihatdan o'zlashtirish ularning kasbiy faoliyatida shaxsning o'rganish, uning xususiyatlarini tavsiflash va tavsiyalari taqdim etish ko'nikmalarini shakllantrishni ta'minlaydi;

psixologiya ta'lim yo'nalishining shaxs so'rovnomalari bo'yicha nazariy bilim, amaliy ko'nikma va malakalarni shakllantirishda nazariy va amaliy mashg'ulotlarning maqsadligi, aniqligi va uyg'unligi zarur bo'ladi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR (REFERENCES)

1. Ibragimovich R. A. Adaptation of the thirteen factor version of cattell's personality questionnaire //European Journal of Research and Reflection in Educational Sciences Vol. - 2018. - Т. 6. - №. 6.

2. Ibragimovich R. A. Measurement of personality type and its features //European Journal of Research and Reflection in Educational Sciences Vol. - 2020. - Т. 8. - №. 6.

3. Nazarov A. S. et al. Карор кабул килиш бошкарув фаолиятининг психологик мезони сифатида //Молодой ученый. - 2020. - №. 11. - С. 280-282.

4. Nazarov A. S. Psychological analysis of levels of administration of management decisions //Вопросы экономики и управления. - 2020. - №. 3. - С. 1-5.

5. Nazarov A. S. Psychological foundations of managerial decision-making //Молодой ученый. - 2021. - №. 3. - С. 46-48.

6. Rasulov A. The status of implementation of methodology of personal psychodiagnostics in psychological research in Uzbekistan //Academicia: an international multidisciplinary research journal.- 2021. - Т. 11.- №. 2.- С. 600-605.

7. Umarov B. M. et al. THE RELIGIOUS AND SOCIO-PSYCHOLOGICAL ANALYSIS OF ADMINISTRATIVE ACTIVITIES //The Light of Islam. - 2020. -Т. 2020. - №. 1. - С. 122-127.

8. Айзенк, Г., Вильсон Г. Как измерить личность. - М.: Когито-Центр, 2000. - 284 с.

9. Анастази, А. Психологическое тестирование/А. Анастази, С. Урбина. - СПб.: Питер, 2001. - 688 с.

10. Батаршев А. В. Темперамент и свойства высшей нервной деятельности: Психологическая диагностика. - М.: ТЦ Сфера, 2002. - 88 с.

11. Батаршев А.В. Многофакторный личностный опросник Р.Кэттелла: Практическое руководство. - Таллин, 2000. - 88 с.

12. Бурлачук, Л.Ф. Психодиагностика: учебник для вузов / Л.Ф. Бурлачук. - СПб.: Питер, 2006. - 351 с.

13. Назаров А. Scientific and methodological foundations of the influence of the social and psychological properties of the manager on managerial decisions //Общество и инновации. - 2021. - Т. 2. - №. 4/S. - С. 523-532.

14. Назаров А. Научно-методические основы влияния социальнопсихологических свойств руководителя на управленческие решения //Общество и инновации. - 2021. - Т. 2. - №. 4/S. - С. 523-532.

15. Назаров А. Психологические особенности руководителей, влияющие на принятие управленческих решений //Молодой ученый. - 2019. - №. 44. - С. 298-300.

16. Назаров А. С. Adoption of management decisions as the main function of the modern manager //Проблемы современной экономики. - 2020. - С. 7-12.

17. Назаров А. С. Psychological aspects of managerial decision making //Молодой ученый. - 2020. - №. 44. - С. 45-48.

18. Назаров А. С. THE PSYCHOLOGY OF DECISION-MAKING STRATEGIES //Актуальные научные исследования в современном мире. - 2021. - №. 1-7. - С. 79-82.

19. Назаров А. С. и др. ПСИХОЛОГИЧЕСКИЕ ОСОБЕННОСТИ РАЗРАБОТКИ И РЕАЛИЗАЦИИ УПРАВЛЕНЧЕСКИХ РЕШЕНИЙ //Актуальные научные исследования в современном мире. - 2021. - №. 2-9. - С. 31-35.

20. Назаров А. С. Принятие управленческих решений как основная функция современного менеджера //Вопросы экономики и управления. - 2020. - №. 2. -С. 1-5.

21. Назаров А. С., Худайбергенова З. Socio-psychological features of management decision-making //Молодой ученый. - 2020. - №. 50. - С. 430-432.

22. Расулов А. И. Психодиагностический тест как метод изучения личности //Сфера знаний: процессы развития современной научной мысли. - 2018. - С. 95-100.

23. Расулов А. И. Талабалар тадкикотчилик кобилияти мезонлари ва диагностикаси //Academic research in educational sciences. - 2021. - Т. 2. - №. NUU Conference 1. - С. 369-374.

24. Расулов А. И. Укитувчи шахсини психологик ташхис этиш //Современное образование (Узбекистан). - 2018. - №. 10.

25. Расулов А. И. Унификация системы обработки результатов личностных опросников //ББК 1 Р76. - 2018. - С. 126.

26. Умаров Б. М. Неблагополучная семейная микросреда как фактор возникновения отклоняющегося поведения несовершеннолетних детей и подростков //Российский научный журнал «Федерация. - 2008. - №. 8. - С. 51.

27. Умаров Б. М. Социально-психологические проблемы преступности несовершеннолетних в Узбекистане : дис. - Ташкент : автореф. дис. на соискание учен. степени д-ра психол. наук/БМ Умаров, 2009.

28. Умаров Б. М., Назаров А. С. Низоли вазиятларда бошкарув карорларини кабул килишнинг ташкилий ва ижтимоий-психологик механизмлари //Молодой ученый. - 2020. - №. 7. - С. 352-353.

29. Умаров Б. М., Ражабова Ф. П. Вояга етмаганларда хулк огиши ва тарбия бузилишининг ижтимоий-психологик омиллари //Современное образование (Узбекистан). - 2015. - №. 8.

30. Умаров Б.М. ПСИХОЛОГИЧЕСКИЕ ОСОБЕННОСТИ РАЗРАБОТКИ И РЕАЛИЗАЦИИ УПРАВЛЕНЧЕСКИХ РЕШЕНИЙ В ДЕЯТЕЛЬНОСТИ МЕНЕДЖЕРОВ // Актуальные научные исследования в современном мире. -2021. - №. 5-9. - С. 50-54.

31. Назаров А. С., Митина О. В. ПСИХОЛОГИЧЕСКИЕ ОСНОВЫ ПРИНЯТИЯ УПРАВЛЕНЧЕСКИХ РЕШЕНИЙ //Наука и мир. - 2020. - №. 12-1. - С. 73-75.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.