Научная статья на тему 'BO`LAJAK OFITSERLARDA KASBIY RIVOJLANISH DARAJASINI DIAGNOSTIKA QILISH'

BO`LAJAK OFITSERLARDA KASBIY RIVOJLANISH DARAJASINI DIAGNOSTIKA QILISH Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

CC BY
263
20
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
tashxis / didaktik tahlil / pedagogik mahorat / nazorat / hisobga olish / metodik tashxis / shaxsni tashxis etish / faoliyatni baholash. / diagnosis / didactic analysis / pedagogical skill / control / accounting / methodical diagnosis / personality diagnosis / activity evaluation.

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — J. Xojayev

Ta’lim muassasalari va pedagoglarning metodik ehtiyojlari diagnostikasi asosida ta’limni tashkil etish ta’lim jarayonini takomillashtirish, sifatini oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Bo`lajak ofitserlar kasbiy rivojlanishining diagnostikasi jarayon to‘g‘risida aniq va yaqqol vaziyatni aniqlash, metodik diagnostika orqali aniqlangan ehtiyojlar asosida metodik xizmatni amalga oshirish rejasi va chora-tadbirlari amalga oshirish, pedagog va rahbarlarga tezkor sifatli metodik yordam ko‘rsatish maqsadlarini ko‘zda tutadi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

DIAGNOSING THE LEVEL OF PROFESSIONAL DEVELOPMENT IN FUTURE OFFICERS

Organization of education on the basis of diagnostics of methodological needs of educational institutions and pedagogues is important in improving the educational process and increasing its quality. The purpose of the diagnosis of the professional development of future officers is to determine a clear and clear situation about the process, to implement a plan and measures for the implementation of methodical services based on the needs identified through methodical diagnostics, and to provide rapid quality methodical support to pedagogues and leaders. holds in

Текст научной работы на тему «BO`LAJAK OFITSERLARDA KASBIY RIVOJLANISH DARAJASINI DIAGNOSTIKA QILISH»

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 7 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

BO LAJAK OFITSERLARDA KASBIY RIVOJLANISH DARAJASINI DIAGNOSTIKA QILISH Xo'jayev Jo'rabek Ikramboeyevich

JXU magistranti https://doi.org/10.5281/zenodo.7315620

Annotatsiya. Ta'lim muassasalari va pedagoglarning metodik ehtiyojlari diagnostikasi asosida ta'limni tashkil etish ta'lim jarayonini takomillashtirish, sifatini oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Bolajak ofitserlar kasbiy rivojlanishining diagnostikasi jarayon to'g'risida aniq va yaqqol vaziyatni aniqlash, metodik diagnostika orqali aniqlangan ehtiyojlar asosida metodik xizmatni amalga oshirish rejasi va chora-tadbirlari amalga oshirish, pedagog va rahbarlarga tezkor sifatli metodik yordam ko'rsatish maqsadlarini ko'zda tutadi.

Kalit so 'zlar: tashxis, didaktik tahlil, pedagogik mahorat, nazorat, hisobga olish, metodik tashxis, shaxsni tashxis etish, faoliyatni baholash.

ДИАГНОСТИКА УРОВНЯ ПРОФЕССИОНАЛЬНОГО РАЗВИТИЯ БУДУЩИХ ОФИЦЕРОВ

Аннотация. Организация обучения на основе диагностики методических потребностей образовательных учреждений и педагогов имеет важное значение в совершенствовании образовательного процесса и повышении его качества. Целью диагностики профессионального развития будущих офицеров является определение четкой и ясной ситуации о процессе, реализация плана и мероприятий по выполнению методических услуг на основе выявленных в результате методической диагностики потребностей, обеспечение оперативного качественного методическая поддержка педагогов и руководителей.

Ключевые слова: диагностика, дидактический анализ, педагогическое мастерство, контроль, учет, методическая диагностика, диагностика личности, оценка деятельности.

DIAGNOSING THE LEVEL OF PROFESSIONAL DEVELOPMENT IN

FUTURE OFFICERS

Abstract. Organization of education on the basis of diagnostics of methodological needs of educational institutions and pedagogues is important in improving the educational process and increasing its quality. The purpose of the diagnosis of the professional development of future officers is to determine a clear and clear situation about the process, to implement a plan and measures for the implementation of methodical services based on the needs identified through methodical diagnostics, and to provide rapid quality methodical support to pedagogues and leaders. holds in

Key words: diagnosis, didactic analysis, pedagogical skill, control, accounting, methodical diagnosis, personality diagnosis, activity evaluation.

KIRISH

Globallashuv jarayonlarida bo'lajak ofitserlarning kasbiy rivojlantirish darajasini diagnostika qilish masalasi o'ziga xos dolzarblik kasb etmoqda. Chunki bugungi kunda harbiy pedagogikadagi asosiy masalalardan biri bo'lajak ofitserlar kasbiy tayyorgarligining ulardan talab etiladigan amaliy tayyorgarlik darajasiga muvofiqligini ta'minlash asosida kasbiy tayyorgarlik mazmunini fan-texnika va ishlab chiqarish taraqqiyotining tezkor o'zgarishlariga

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 7 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

moslashtirish, nostandart vaziyatlarda tezkor qarorlar qabul qilish, shuningdek kasbiy-amaliy vazifalarni to'laqonli bajarish uchun zaruriy ko'nikma va malakalarni shakllantirish bugungi kunda bo'lajak ofitserlar kasbiy kompetentliligini rivojlantirish masalasiga ham ilmiy ham pedagogik nuqtai nazardan yangicha yondashuv zaruratini shakllantirmoqda.

Tashxis didaktik jarayon boradigan barcha sharoitlarni aniqlashtirish, uning natijalarini belgilash hisoblanib, tashxissiz didaktik jarayonni samarali boshqarish, mavjud sharoitlarda samarali natijalarga erishish mumkin emas. Bilimni tashxislash orqali erishilgan natijalar va ta'lim olganlik darajasi o'rtasidagi farq aniqlanadi.

Didaktik tashxisning asosiy maqsadi o'quv jarayonidagi jihatlarni uning natijasi bilan bog'liq holda o'z vaqtida aniqlash, baholash va tahlil qilishdir. Ta'limni baholash yoki tekshirish faqat natijalarni qayd etadi, ularning kelib chiqishini tashxis natijalarni ularga erishish yo'llari va vositalari, usullari vositasida baholaydi, ta'lim samarasini ta'minlovchi jarayon va bosqichlarini aniqlaydi.

Nazorat va hisobga olish ta'lim jarayonining muhim tarkibiy qismlaridan hisoblanadi. Nazorat va hisobga olishning o'ziga xos mohiyat va xususiyatlari mavjud va o'qituvchi jarayonni to'g'ri tashkil eta olsa, ta'lim jarayonining samaradorligi yanada ortadi. Buning uchun o'quvchining o'quv materiallarini o'zlashtirish darajasini aniqlash kerak bo'ladi. Ta'lim jarayonida nazorat ta'lim oluvchining bilim, ko'nikma va malakalari darajasini aniqlash, o'lchash va baholashni anglatadi. Nazoratning tarkibiy qismlaridan biri tekshirishdir. Tekshirishning asosiy didaktik vazifasi o'qituvchi va o'quvchilar orasidagi aloqani ta'minlash, pedagog tomonidan o'quv materialini o'zlashtirish haqida ob'ektiv axborot olinishi, bilimlardagi kamchilik va nuqsonlarni o'z vaqtida aniqlashni ta'minlash, maqsadi esa o'quvchining bilim darajasi, sifati bilan birgalikda uning o'quv mehnati hajmini ham aniqlashdan iborat.

ADABIYOTLAR SHARHI

Bo'lajak ofitserlarning kasbiy rivojlanish darajasini diagnostika qilish tizimi va mazmunini yoritish maqsadida aynan mazkur yo'nalishda ilmiy tadqiqotlar olib borilmagan bo'lsa-da, bo'lajak mutaxassislarning kasbiy kompetentliligini rivojlantirish masalasi N.M.Muslimov "kompetensiya qobiliyat" demakdir, biroq kompetensiya atamasi bilim, ko'nikma, mahorat va qobiliyatni ifoda etishga xizmat qiladi [2]. X.A. Mamatqulov kompetentlikni xorijiy tillar bo'yicha pedagoglarning kasbiy bilim va ko'nikmasi, uning shaxsiy xususiyatlari va professional tayyorgarligini tushunish [3]. G.A. Asilova ta'rifida kompetensiya - ma'lum bir sohada faoliyat yuritish jarayonida shaxsiy sifatlar hamda bilim, ko'nikma va malakalarning samarali qo'llanishi; kompetentlik esa muayyan faoliyatni amalga oshirish uchun mavjud hamda yuzaga chiqishi mumkin bo'lgan layoqatdir [4]. K. Riskulova tadqiqotida "Kompetensiya tushunchasi u yoki bu kasb egasiga zarur bo'lgan sotsiolingvistik qonuniyatlar, tamoyillar, talablar, qoidalar, burch, vazifa hamda majburiyatlar, shuningdek shaxsiy deontologik me'yorlar yig'indisini anglatadi kompetentlik esa shaxs amaliy faoliyati bilan bog'liq bo'lib, kompetensiya me'yorlarini jamiyat talablaridan kelib chiqqan holda kreativlik asosida ish tajribasida namoyon etish mahoratidir" [5] deya izohlaydilar. TADQIQOT METODOLOGIYASI VA EMPIRIK TAHLIL

Metodik jarayonni tashxis asosida tashkil etish nafaqat bo'lajak ofitserlarni tabaqalashtirishga olib keladi, balki shaxsga yo'naltirishga ham olib keladi. Unga muvofiq, shaxsdan tashqari tizim sifatida ta'lim tizimiga bog'liq emas, butun metodik jarayon

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 7 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

pedagogning shaxsiga, uning tajribasi, bilimlari, kasbiy qiziqishlari va ko'nikmalariga bog'liq ravishda quriladi (M. V. Klarin).

Tahlil, o'zini-o'zi tahlil qilish, shaxsni o'rganish tushunchalari so'nggi vaqtlarda diagnostika - tashxis atamasi bilan nomlana boshlandi. Bu tashxis qo'yish nazariyasi va amaliyoti, bilishning alohida turi bo'lib, "diagnostika" lotinchadan tarjima qilinganda "aniqlash", "belgilash" ma'nolarini anglatadi. Pedagogik diagnostika - pedagogik faoliyat sohasida voqeliklarning mohiyatini belgilash, jarayonlarni har tomonlama o'rganish, pedagogik omillarning majmuaviy harakatini aks ettirish bo'lib, pedagog va rahbarga sabablarning o'zaro bog'liq harakati, ularning qaysi biri ayni paytda kritik ahamiyatga egaligi haqida tezkor va ishonchli axborot beradi. Shuning uchun ta'lim-tarbiya va metodik jarayonlarning barcha tarkibiy qismlarini tashxis qilib turish muhim ahamiyatga ega. Pedagogik diagnostikaning mazmuni metodik va pedagogik jarayonning, pedagog yoki rahbarning faoliyati darajasidan qat'iy nazar, tezkor o'rganilishi va baholanishi, tartibga solinishi va korreksiyasida aks etadi.

Pedagoglarning faoliyati va shaxsini o'rganish - metodik ishlarning sifati va samaradorligini oshirishning muhim omilidir. Metodik ishlar pedagoglarning bolalarga ta'lim-tarbiya berish, ularni rivojlantirish bilan bog'liq faoliyatida yuqori natijalarga erishish uchun yordam berishga qaratiladi.

Ta'lim muassasalari va pedagoglarning metodik ehtiyojlari diagnostikasi asosida ta'limni tashkil etish ta'lim jarayonini takomillashtirish, sifatini oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Ta'lim muassasalari va pedagoglarning metodik ehtiyojlari diagnostikasi jarayon to'g'risida aniq va yaqqol vaziyatni aniqlash, metodik diagnostika orqali aniqlangan ehtiyojlar asosida metodik xizmatni amalga oshirish rejasi va chora-tadbirlari amalga oshirish, pedagog va rahbarlarga tezkor sifatli metodik yordam ko'rsatish maqsadlarida amalga oshiriladi.

Pedagogik diagnostikani amalga oshirish maqsadlilik, ilmiylik, metodik asosga egalik, zamonaviy pedagogik texnologiyalarga muvofiqlik, psixologik omillarni hisobga olish, xolislik, davriylik, har xil turdagi shakl va usullardan foydalanish, natijaviylik, amaliyot bilan bog'liqlik kabi bir qancha tamoyillarga asoslanishi lozim. Pedagoglarning metodik ehtiyojlarining diagnostika yo'nalishlari quyidagilar hisoblanadi:

- pedagog kadrlarning lavozim majburiyatlari bo'yicha kasbiy tayyorgarligi;

- mutaxassislik fanlari nazariyasi va uni o'qitish metodikasi bo'yicha tayyorgarligi;

- o'qitish (dars berish) mahorati;

- tarbiyalash mahorati;

- o'quv-tarbiya jarayonida gumanitar omilni ta'minlaydigan shaxsiy sifatlari;

- ta'lim olayotganlarning bilimlarini xolisona nazorat qilish va baholashmahorati;

- ilg'or pedagogik va zamonaviy axborot texnologiyalardan foydalanish mahorati

- innovatsion va ta'lim texnologiyalarni amaliyotga tatbiq etish mahorati. Pedagogik tashxis pedagoglar bilan olib boriladigan metodik ishlarni tashkil etishda hamda ularning kasbiy va o'zaro rivojlanishida ilmiy yondashuvni ta'minlaydi. Shuning uchun u metodik, ta'lim-tarbiya jarayonlarida hamda ta'limni boshqarish jarayonida muhim rol o'ynaydi. O'qituvchining kasbiy rivojlanish darajasini o'rganishning tizimi sifatida olingan pedagogik tashxis qo'yish ishdagi qiyinchiliklarni aniqlash uchun asos bo'lib xizmat qiladi, ularni yengib o'tishning muqobil usullarini izlashga undaydi. Shu bilan birga, u o'qituvchining kuchli tomonlarini aniqlashga,

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 7 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

ularni mustahkamlash hamda pedagogik faoliyat va o'qitish modelining yakkalashtirilgan metodlarini rivojlantirish yo'llari hamda aniq usullarini belgilab olishga ham imkonberadi.

Pedagogik mahorat, pedagogning muvaffaqiyatlarini diagnostika qilish attestatsiya muammolarini muqobil hal qilishga imkon beradi, chunki u ta'lim muassasasi ma'muriyatining bahosidagi sub'ektivizmni chetlashtiradi. Biroq ta'lim muassasasi rahbarlari shuni yodda tutishlari kerakki, diagnostika - bu shaxsiy maqsad emas, balki maslahat, moslashish va metodik-psixologik qo'llab- quvvatlash bilan bir qatorda pedagoglar bilan ishlash bosqichlaridan biri hisoblanadi.

Pedagogning o'rganish ishlari nafaqat diagnostik, balki istiqbolli tavsifga ega bo'lsagina, ushbu yo'nalishda olib borilgan ishlarning u yoki bu darajadagi natijaviyligi yoki uning foydaliligi to'g'risida gapirish mumkin (V. M. Lizinskiy)

Tajribali o'qituvchilardan va zarur bo'lganda metodbirlashma rahbarlaridan diagnostika (tashxis) guruhi shakllantirilgan holda o'quvchilarning bilim va tarbiya darajasini nazorat hamda tahlil qilish; o'qituvchilar kasbiy tayyorgarligi sifatini nazorat, tahlil qilish va prognozlashtirish, o'quv-tarbiya jarayonining sifati; o'quv-tarbiya jarayoni, metodik ishlar, pedagogik kengashlar qarorlarini bajarish, metodik kengashlar holati to'g'risidagi ma'lumotlar bankini shakllantirish; pedagogika va psixologiya sohasidagi ilg'or ish tajribasi, ilmiy-metodik ishni rejalashtirish, tashkillashtirish va mazmuni bo'yicha metodik kengash uchun tavsiyanomalar tayyorlash mumkin bo'ladi.

Pedagogik diagnostika tamoyillari tizimining mazkur tamoyillari pedagogik diagnostikaning barcha bosqichlarida qo'llaniladi, lekin pedagog tomonidan qo'llanilish koeffitsienti har xil, u yoki bu tamoyilning qo'llanish xususiyati va ulushi vaziyatga qarab maqsadi, hajmi va diagnostikaning tegishli bosqichi bilan aniqlanadi.

Ofitserlarning kasbiy darajasini pedagogik diagnostika qilish texnologiyasi quyidagicha bo'ladi:

1. Ob'ektni, pedagogik diagnostikaning maqsadi va vazifalarini aniqlash.

2. O'tkaziladigan diagnostikani rejalashtirish.

3. Qulay diagnostik vositalarni tanlash.

4. Diagnostika qilinadigan ob'ekt to'g'risida ma'lumot yig'ish.

5. O'tkazilgan diagnostika natijasida olingan ma'lumotni qayta ishlash,tahlil qilish.

6. Haqqoniy ma'lumotni tahlil qilish asosida diagnostika qilinayotgan ob'ekt komponentlarini yangi birlikka sintezlash.

7. Ob'ektning rivojlanish istiqbollari.

8. Pedagogik tashxisni asoslash va baholash.

9. Pedagogik tashxis natijalarini amalda qo'llash.

Ob'ektni o'zgartirish maqsadida pedagogik jarayonni boshqarish korreksiyasini amalga oshirish.

Yaqin vaqtlargacha pedagogik diagnostika biron-bir belgilarni baholash muammosiga taqalar ekan, shaxs esa bir figura, fotosurat ko'rinishida ifodalanar edi (N. Golubev, P. Bitinas).

Bugungi kunda pedagogik diagnostika ko'p tarmoqli bo'lib bormoqda va o'zida ma'lumot, asl diagnostika, baholash, korreksion, yo'naltiruvchi, tahliliy kabi vazifalarni mujassamlashtirmoqda. Diagnostik yondashuv ham o'quvchilar, ham butun pedagogik jamoa

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 7 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

faoliyatining turli bosqichlaridagi harakatining majmuaviy diagnostikasi, o'zini-o'zi sinovdan o'tkazish va monitoringi tizimini tuzish hisobiga amalga oshadi va shuning uchun boshqaruv faoliyatining natijalarini xolisona baholashga imkon beradi. Diagnostikani tashkil etish jarayonida sub'ektlarning rivojlanish dinamikasini o'rganish va xolislikni oshirish uchun bosqichlilik, davriylikka rioya qilish muhim ahamiyat kasb etadi. XULOSA VA MUNOZARA

Har bir pedagog mazkur ta'lim muassasasining metodik ishi tizimiga mos ravishda amalga oshirayotgan faoliyatni diagnostika va tahlil qilish dasturi pedagogik - ta'lim-tarbiya va metodik jarayonni tashkil etishdagi jarayon vaomillarni aniqlash, zarur va kutilayotgan o'zgarishlarni bir ketma-ketlikka qo'yish, boshqaruv korreksiyasini amalga oshirish - bularning hammasi ta'lim muassasasiga yutuqlar asosida mavjud muammolarni hal qilishda ularning qay darajada ekanligini, an'ana bilan innovatsiya o'zaro qanchalik uyg'unlashganini, manfaatdorlik vaziyati vujudga keltirilganligini, sinov, tajriba, izlanish va ilmiy-metodik tadqiqot jarayonida pedagogik jamoa ko'pchiligining ichki kechinmalarini bilish va ko'rishga imkon beradi.

REFERENCES

1. Kasbiy Pedagogika. O'quv-uslubiy majmua. 41-54 b.

2. Po'latov Sh. "Ta'lim muassasalarida o'quv jarayonlarni boshqarish". O'quv- uslubiy majmua. Toshkent - 2018. 67-68 b.

3. Jumaniyozova M.T. "Ilg'or pedagogik texnologiyalar va ularni amalda qo'llash».Ma'ruza matnlari. Toshkent - 2010.

4. Lerner I.Ya. Ta'lim usullarining didaktik asoslari. - M.: Pedagogika, 2011 yil.

5. Mukarramovna, Q. M., & Rahmonaliyevna, A. G. (2022). NEMIS TILI DARSLARIDA ENERJAYZER OYINLARDAN FOYDALANISH HAQIDA AYRIM MULOHAZALAR. BARQARORLIK VA YETAKCHI TADQIQOTLAR ONLAYN ILMIY JURNALI, 91-93.

6. Ходжаев, М. (2013). М. ^ахдорова. Чет тили укитиш методикаси."Фан ва технология нашриёти" нашриёти.

7. Кахарова, М., & Акбарова, М. (2022). ГУРУХЛАР ИШЛАРИНИ ТАШКИЛЛАШНИНГ ФРОНТАЛ ДАРСЛАРДАН АВЗАЛЛИКЛАРИ. TA'LIM VA RIVOJLANISH TAHLILI ONLAYN ILMIY JURNALI, 2(10), 165-169.

8. Кахарова, М., & Хайдарова, О. (2022). ЧЕТ ТИЛИ ДАРСЛАРИДА ГУРУХЛАРДА ИШЛАШ ТЕХНОЛОГИЯЛАРИ. TA'LIM VA RIVOJLANISH TAHLILI ONLAYN ILMIY JURNALI, 2(10), 170-175.

9. Kakharov, K., & Usmonova, M. (2022). Nonverbal Means of Uzbek and English Speech Etiquette. Journal of Ethics and Diversity in International Communication, 2(5), 61-65.

10. Kakharov, K. (2022). NATIONAL AND INTERNATIONAL CHARACTERISTICS OF NONVERBAL MEANS. Gospodarka i Innowacje., 53-58.

11. Захаров, Ц., & Усманова, Ф. (2022). ГУРУХ ИШЛАРИНИ ТАШКИЛЛАШНИНГ ПЕДАГОГИК АСОСЛАРИ. TA'LIM VA RIVOJLANISH TAHLILI ONLAYN ILMIY JURNALI, 2(10), 156-160.

12. Кахаров, Ц., & Абдусаломова, Г. (2022). ЧЕТ ТИЛИ УРГАНИШДА АХБОРОТ ВОСИТАЛАРИНИНГ РОЛИ. TA'LIM VA RIVOJLANISH TAHLILI ONLAYN ILMIY JURNALI, 2(10), 152-155.

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 7 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

13. Karimjonova, S. R. (2021). COGNITIVE ASPECTS OF THE CAUSATIVE VERB TO HAVE IN MODERN ENGLISH. CURRENT RESEARCH JOURNAL OF PHILOLOGICAL SCIENCES (2767-3758), 2(11), 141-145.

14. Ravshanjonovna, K. S. (2021). O'ZBEK VA INGLIZ TILIDAGI SIFATDOSHLARNING STRUKTURAVIYFUNKSIONAL XUSUSIYATLARI. Oriental Art and Culture, (6), 153-158.

15. Vaslidin o'g'li, M. N., & Norhujaevich, M. O. (2021). Comparative Typology of Verbal Means Expressing the Concept of1' Goal" in Languages with Different Systems. CENTRAL ASIAN JOURNAL OF LITERATURE, PHILOSOPHY AND CULTURE, 2(12), 51-55.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.