Tashkent Institute of Economics and Pedagogy Science, education, innovation: modern tasks and prospects
Ташкентский институт экономики и педагогики Наука, образование, инновации: современные задачи и перспективы ^oshkentjqisGdiyGt^a^edagGgikajn^
UMUMTA'LIM MAKTABLARIDA PSIXOLOGIK XIZMATNI RIVOJLANTIRISHNING DOLZARB MASALALARI
L. B. Raximova
Toshkent iqtisodiyot va pedagogika instituti o'qituvchisi
N. S. Baynazarova
Toshkent iqtisodiyot va pedagogika instituti talabasi, O'zbekiston
Yurtimizda yuz berayotgan ulkan o'zgarishlar barcha sohalarga, shuningdek, o'rta ta'lim jarayoniga ham o'z ta'sirini o'tkazmoqda. Prezidentimiz Sh.Mirziyoyev tomonidan e'tibor berilayotgan ta'lim jarayonida shaxsni kamol toptirish shart-sharoitlarini yaratish ta'lim muassasalarida ishlarni to'g'ri tashkil etilganligi bevosita psixologik xizmatni to'g'ri tashkil etishga ham bog'liqdir. Bugungi kunda o'quvchilarga ta'lim berish va ularni tarbiyalash mavjud ilmiy psixologik bilimlarga tayangan holda olib borilishi uchun ta'lim tizimida psixologik xizmatga katta axamiyat berilmoqda. Psixologik xizmat hozirgi zamon ta'lim tizimining ajralmas komponent (bo'lak)i bo'lib, bolalarga ta'lim va tarbiya berishda ularning aqliy va shaxsiy potentsialini, bolada mavjud qobiliyatlarni, qiziqishlarni va intilishlarni o'z vaqtida aniqlash va ulardan maksimal to'liq ravishda foydalanishni ta'minlab beradi. Demak, 16-18 yil davomida bolaning psixologik rivojlanishi sistemali ravishda kuzatilib borilishi kerak. Bu davr mobaynida doimiy psixodiagnostik o'rganishlar amalga oshiriladi bola psixik taraqqiyotining xarakteri va tezligi baholanadi, bolani o'qitish va unga tarbiya berish yuzasidan tavsiyalar beriladi, va ularni amalga oshirish nazorat qilinadi. Agar psixolog iqtidorli bolalar bilan ishlashiga to'g'ri kelsa, bunday holda bolalarning qobiliyatlarini ertaroq aniqlash va ularni yanada rivojlanishini ta'minlashga ko'maklashishi psixologning asosiy vazifalaridan biriga aylanadi. Psixologik xizmatning maxsus vazifasi, ular pedagoglar, defektologlar, sotsiologlar, vrachlar, yuristlar bilan hamkorlikda o'z tengqurlaridan farq qiluvchi bolalarning taqdiri bilan bog'liq bo'lgan qator muammolarni hal qiladilar. Bu yerda so'z, eng avvalo, o'z taraqqiyotida orqada qolayotgan yoki iqtidorli bolalar to'g'risida boradi. O'z taraqqiyotida orqada qolayotgan bolalar o'zlarining o'zlashtirish imkoniyatlariga mos keluvchi soddalashtirilgan, kam murakkabroq ta'lim va tarbiya dasturlariga muhtojlar. Ta'lim tizimidagi psixologik xizmatning yana bitta qiyin vazifasi shundan iboratki butun bolalik davri davomida ta'lim va tarbiyaning sifatini oshirish maqsadida ta'lim va tarbiya jarayonlarini doimiy ravishda nazoratda ushlab turish kerak. Bu yerda ushbu pedagogik jarayonlar bola
353
Tashkent Institute of Economics and Pedagogy Science, education, innovation: modern tasks and prospects
Ташкентский институт экономики и педагогики Наука, образование, инновации: современные задачи и перспективы ^oshkentjqtisodiyot^a^edagogikajnstituti^^^^^^^
psixik taraqqiyotining tabiiy va ijtimoiy qonuniyatlarga to'la mos ravishda, ta'lim va tarbiyaning psixologik nazariyalarining asosiy qoidalariga mos ravishda tashkil etish zaruriyati tushuniladi. Bu yerda psixolog ishining amaliy maqsadi o'quvchilarga ta'lim va tarbiya berish mazmuni va metodlarini ushbu psixologiya fani nuqtai nazaridan baholash, turli yoshdagi bolalar taraqqiyoti to'g'risdagi ilmiy ma'lumotlarni hisobga olgan holda ushbu mazmun va metodlarni mukammalashtirish bo'yicha tavsiyalar berish bilan bog'liq bo'ladi. Ta'lim tizimidagi psixologik xizmat shug'ullanadigan navbatdagi muhim vazifa - pedagogik jarayonining bevosita ishtirokchilari: bolalar, o'qituvchilar, ota-onalar va ta'lim tizimidagi rahbarlarga psixologning amaliy ta'sir ko'rsatishdan iboratdir. Bu vazifa ushbu odamlarga ta'lim va tarbiya jarayonida bevosita psixologik yordam ko'rsatishni nazarda tutadi. Bu yerda psixolog pedagog, psixoterapevt, konsultant, korrektor rollarida faoliyat ko'rsatadi. Yurak qon tomir tizimi, oshqozon ichak trakti tizimi bilan bog'liq kasalliklarning ko'pchiligi psixogen asosga ega ekanligini hozirgi kunda isbotlangan. Xuddi shunday odamning endokrin tizimi ham, hatto xulq-atvori ham shunday asosga ega. Bu sohada amaliy ish bilan shug'ullanar ekan, psixolog bu ko'rinishdagi kasalliklarning paydo bo'lishi va zo'rayishini oldini olishga harakat qiladi, kasallikni davolash uchun yaxshi organik reaktsiyalar chaqirish maqsadida odamning psixologiyasiga va xulq-atvoriga ta'sir ko'rsatadigan maxsus metodlarni qo'llaydi. Ta'lim tizimining boshqaruv strukturasi xodimlari umumiy psixologik yordamdan tashqari guruhdagi va kollektivdagi odamlarni boshqarishga taalluqli bo'lgan boshqaruv psixologiyasi bo'yicha bilimlarga ham muxtoj bo'ladilar. Ta'lim tizimining rahbar xodimlariga boshqaruv psixologiyasidan, odamlarning o'zaro munosabatlaridan, guruh faoliyatining samaradorligidan qo'shimcha bilimlar zarur. Bolalarni ta'limi va tarbiyasiga bog'liq barcha katta yoshdagi odamlar bolalarning rivojlanishini va ularni boshqarishni chuqurroq bilishni ta'minlaydigan psixologik bilimlarga muhtojdirlar. Bunday bilimlar minimal - zarur miqdorda pedagogik oliy o'quv yurtlarida beriladi, ammo vaqt o'tishi bilan bu bilimlar qisman yoki butunlay eskiradi, unutiladi, ya'ni ularni to'ldirish va yangilash zaruriyati tug' iladi. U yoki bu pedagogning professional ishi davomida bunday bilimlarni korrektsiya qilishni ham psixologik xizmat amalga oshiradi. Hozirgi kunda amaliyotchi psixolog faoliyatida 4 ta yo'nalishni ko'rish mumkin, bular: psixodiagnostika, psixologik konsultatsiya, psixoprofilaktika va psixokorrektsiya.
Birinchi yo'nalishi psixodiagnostika o'quvchini psixologik tadqiq qilish metodlari, shu jumladan testlarni professional darajada o'zlashtirganlikni taqozo etadi. Psixodiagnostika bo'yicha mutaxassis bo'lgan amaliyotchi psixologning asosiy vazifasi shundan iboratki, u ta'lim tizimida bolalar va kattalarning psixologiyasini va
354
Tashkent Institute of Economics and Pedagogy Science, education, innovation: modern tasks and prospects
Ташкентский институт экономики и педагогики Наука, образование, инновации: современные задачи и перспективы ^oshkentjqtisodiyot^a^edagogikajnstituti^^^^^^^
hulq-atvorini psixologik tadqiq qilish jarayonida olingan ishonchli natijalarga asoslanib baholash va ularga mutaxassis sifatida psixologik izoh berishi kerak. Bunday kasb faoliyati bilan shug'ullanayotgan psixolog nafaqat u yoki bu psixodiagnostik metodni amaliyotda qo'llash texnikasini bilishi, balki o'sha metodika qaysi ta'minot doirasida paydo bo'lganligini va rivojlanganligini ham bilishi kerak. Psixodiagnostika bo'yicha maktabda psixologik xizmatni tashkil qilishi, mutaxassis psixolog zaruriyat tug'ilganda metodikalar yaratishi, mavjud metodikalarni adaptatsiya qilishi (sharoitga moslashtirish), ularni ilmiy qiymatini baholay olishi kerak. Psixologdan olingan natijalarni to'g'ri ilmiy tahlil qilib berishi talab qilinadi.
Psixologik konsultatsiyadir. Psixologik konsultatsiya tarkibiga yo'nalishlar
kiradi:
- o'tkazilgan psixodiagnostik tekshiruv natijalaridan kelib chiqadigan psixologik-pedagogik tavsiyalarni ishlab chiqish va shakllantirish, bu tavsiyalar bolalarga va kattalarga tushunarli va kelajakda foydalanib bo'ladigan shaklda tavsiya etilishi zarur.
- konsultativ yordamga muhtojlar bilan suhbat o'tkazish. Bu suhbatlar bolalar va kattalarga zarur psixologik-pedagogik maslahatlar berish bilan yakunlanadi.
- o'qituvchilar va ota-onalar bilan ularning bilimini oshirish va ularni qayta malakasini oshirish yo'nalishda ishlash. Psixoprofilaktika ishlari bo'lib bu ogohlantiruvchi, oldini oluvchi xarakterga ega bo'lgan ishlar, ya'ni bola rivojlantirishda xohlanilmaydigan psixologik xususiyatlarning, masalan rivojlantirishda orqada qolish, ta'lim va tarbiyada orqada qolish, xarakterda, odatlarda yomon sifatlarning paydo bo'lishini oldini olish bilan bog' liq ishlar.
Psixoprofilaktika ishini olib boradigan psixolog rivojlanishda paydo bo'ladigan u yoki bu anomaliya (normadan og'ish)larning sabablarini bilishi, uni o'z vaqtida payqashi va bartaraf eta olishi kerak, O'qituvchilarni, tarbiyachilarni va ota-onalarni psixologik tayyorlash ushbu maqsadga xizmat qiladi, chunki bunday tayyorgarlik tufayli ular bolada sodir bo'layotgan, uning psixik rivojlanishda og'ishlarga olib kelishi mumkin bo'lgan o'zgarishlarni o'z vaqtida kuzatib va payqab borishga o' rgatiladilar.
Psixologik korreksiya ishi bo'lib, u bolaga yoki kattaga ularda mavjud kamchiliklari to'g'irlash, ularning psixologiyasi yoki xulq-atvorini o'zgartirish maqsadida ularga to'g'ridan-to'g'ri ta'sir ko'rsatishi bilan bog'liqdir. Bu yerda psixolog professional darajada psixokorreksiya metodlarini o'zlashtirgan bo'lishi kerak: u psixoterapiyani, sotsial-psixologik treningni, autotreningni, gipnoz orqali ishontirishning ba'zi usullari va texnikasini o'zlashtirgan bo'lishi, shuningdek mijozga ishontiruvchi ta'sir ko'rsata olishi kerak. Odatda, amaliyotda psixolog bu
355
Tashkent Institute of Economics and Pedagogy Science, education, innovation: modern tasks and prospects
Ташкентский институт экономики и педагогики Наука, образование, инновации: современные задачи и перспективы ^oshkennqisodiyot^a^edagogikajnst^
yo'nalishlarning barchasi bilan ozmi-ko'pmi shug' ullanadi. Lekin bu yo'nalishlarning har bittasi ko'p tayyorgarlikni, vaqtni, maxsus shug'ullanishni professional-tajribani talab qiladi. Shuning uchun ham psixolog yuqorida ko'rsatilgan 4 ta yo'nalishning bittasi bo'yicha mutaxassislashuvi mumkin. Bu esa, o'z navbatida, psixologik xizmatga 4 ta yo'nalishdagi mutaxassislarni; psixodiagnostlarni, konsultantlarni, psixoprofilaktikalarni va psixokorrektorlarni kiritishni taqozo etadi.
References / Adabiyotlar
1. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "Yoshlarni ma'naviy-axloqiy va jismoniy barkamol etib tarbiyalash, ularga ta'lim-tarbiya berish tizimini sifat jihatidan yangi bosqichga ko'tarish chora-tadbirlari to'g'risida" PQ-3907-son qarori
2. Xurvaliyeva T. Maktabda psixologik xizmatni tashkil qilish (maktab amaliyotchi psixologlari uchun uslubiy tavsiyalar). - Toshkent, 2006-y.
3. "O'quvchilarni kasb-hunarga yo'naltirishning psixologik tashxis muammolari" mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy konferentsiya materiallari. -Toshkent, 2005-y
4. Davletshin M.G. Psixologiyada shaxsni o'rganish istiqbollari. //Xalq ta'limi jurnali. 2001-yil, 3-, 5-sonlar.
356