"4+2" MODELI ASOSIDA BO'LAJAK TARBIYACHILARGA BOG'CHA IQLIMINING BOLALAR XULQIGA KO'RSATADIGAN PSIXOLOGIK TA'SIRINI O'RGATISH
Rustamova Surayo G'ofurovna
O'zbekiston davlat jahon tillari universiteti https://doi.org/10.5281/zenodo.10681068
Annotatsiya. Ushbu ilmiy maqolada bola shaxsiga ta'sir ko'rsatuvchipsixologik omillar haqida bayon qilinadi. Bog'cha iqlimi bolalar xulqiga ta'sir ko'rsatuvchi psixologik omillardan ekanligi, bola shaxsiga, tengdoshlari bilan bo'ladigan munosabatlari hamda o'ziga nisbatan ishonchni shakllantirib borish zarurati yoritib berilgan.
Kalit so'zlar: bog'cha iqlimi, bola shaxsi, xulq-atvor, psixologik omillar, bola tarbiyasi.
Аннотация. В данной научной статье описаны психологические факторы, влияющие на личность ребенка. Подчеркивается тот факт, что климат детского сада является одним из психологических факторов, влияющих на поведение детей, необходимость формирования уверенности в личности ребенка, отношениях со сверстниками и самим собой.
Ключевые слова: климат детского сада, личность ребенка, поведение, психологические факторы, обучение ребенка.
Abstract. This scientific article describes the psychological factors that influence a child's personality. The fact is emphasized that the climate of a kindergarten is one of the psychological factors influencing the behavior of children, the need to develop confidence in the child's personality, relationships with peers and himself.
Keywords: kindergarten climate, child's personality, behavior, psychological factors, child's education.
Kirish. Jamiyat taraqqiyotida farzandlarimizning sog'lig'ini mustahkamlash, hayotini muhofaza qilish, bolalarni har tomonlama yetuk komil shaxs sifatida tarbiyalash, qolaversa, bolalarning kelajakdagi xavfsizlikni ta'minlashning ham zaruriy choralarini shlab chiqishini taqozo etmoqda. Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarning salomatligi ham shaxs sifatida ijtimoiylashuviga ta'sir ko'rsatuvchi psixologik omillarning biri bog'cha iqlimi hisoblanadi. Xususan, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 29-dekabrdagi "2017-2021 yillarda maktabgacha ta'lim tizimini yanada takomillashtirish choratadbirlari to'g'risida"gi PQ-2707-sonli qaroril , O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 30-sentyabrdagi "Maktabgacha ta'lim tizimi boshqaruvini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida" PF-5198- sonli Farmoni, O'zbekiston Respublikasi maktabgacha ta'lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to'g'risida"gi 2019-yil-10 maydagi PQ-4312/3106-sonli qarori maktabgacha ta'lim tizimini rivojlantirish bo'yicha kompleks chora- tadbirlarni o'z ichiga oladi. Ushbu xujjatlarda maktabgacha ta'lim tashkilotlarini tubdan isloh qilish, ularni zamonaviy texnologiyalar bilan jihozlash, malakali pedagogolar bilan ta'minlash, innovatsiyalarni joriy etish vazifalari belgilab berilgan. Buning uchun maktabgacha ta'lim tashkilotlarida soglom psixologik muhitni ta'minlash, psixologik xizmat sohasini yo'lga qo'yish takomillashtirish muhim hisoblanadi.
Ta'lim-tarbiya ishlarini takomillashtirish, uni jahon andazalari darajasiga ko'tarish, fan sohasidagi yangiliklarni amaliy hayotga tatbiq etish muhim masalalardan biri bo'lib qolmoqda. Ayniqsa yosh avlodga ta'lim-tarbiya berish, ularda fan asoslariga nisbatan bilim, ko'nikma, malakalarni shakllantirish davlat siyosatining ustuvor vazifalaridan hisoblanadi. Psixologiya
fanini o'qitishning asosiy maqsadi o'quvchilarni psixologiya fanining asoslari, tarixiy taraqqiyoti, hozirgi zamon psixologlarining ilmiy yondashishlari bilan, shuningdek, turli yoshdagi insonlarda o'qish jarayonida shaxs fazilatlarini shakllantirish qonuniyatlari va kasbiy malakalarni egallash xususiyatlari bilan tanishtirishdir. Hozirgi zamon tarbiyachisi ijtimoiy-kasbiy vazifalarini bajarish uchun yuksak ma'naviy xislatlarga ega bo'lishi, umumiy va kasb madaniyati, ziyoliligi, axloqiy pokligi, faolligi, shaxsiy hissiyotlarga berilmasligi, ijodiy tasavvur egasi, psixik jihatdan sog'lom, davlatimiz fuqarosi sifatida mas'uliyatni his eta bilishi lozim. Tarbiyachilik kasbiga xos psixik holatlar va xarakter maktabgacha yoshdagi bolalar psixikasining o'ziga xos xususiyatlarini tarbiyalashning psixik asoslari va qonuniyatlari haqida bilim, ko'nikma va malakalar berishdan va ularni kasbiy faoliyatga tatbiq etishdan iborat.
Psixologik ta'limda bolalar psixologiyasi bo'yicha umumiy ma'lumotlar bilan chegaralanmaydi, balki maktabgacha ta'lim tashkilotining o'ziga xos xususiyatlarini o'rganish natijalariga tayanadi, pedagogik jamoaning malakasi va xususiyatlarini, bolalar va ota-onalarning o'ziga xosligini hisobga oladi. Maktabgacha ta'lim tashkilotlarida psixologik xizmatni yo'lga qo'yish va bu sohani yanada rivojlantirish uchun ko'pgina imkoniyatlar yaratildi. Ta'lim tizimidagi psixologik xizmatni rivojlantirishdan ko'zlangan asosiy maqsad bolaning aqliy va ruhiy salomatligini ta'minlashdir. Bolalar bog'chasidagi psixolog - bu aqliy rivojlanishning umumiy qonunlarini va ushbu rivojlanishning yosh xususiyatlarini hamda uning individual variantlarini tushunadigan, bolani yaxshi biladigan va chuqur tushunadigan shaxs. Maktabgacha psixologik yoshdagi davrda individuallashtirilgan shaxsiy neoplazmalarning avvalgi psixologik yoshi oxirida paydo bo'lgan shaxsiy xususiyatlarini (kuch, tezlik, hajm, sur'at, ritm) takomillashtirish, rivojlanish, mazmun jihatidan va rasmiy-dinamik xususiyatlar davri hisoblanadi. Shaxsiylashtirish jarayoni qonuniy ravishda bolaning shaxsiy rivojlanishini amplifikatsiya qilish jarayonining variantlaridan biridir. Bu o'z o'rnida bolalik davrida bola shaxsiyatining shakllanishi, uning kelajakdagi hayotiga bog'liq bo'ladi. Bolalikda biz bilan sodir bo'lgan barcha voqealar bizning keyingi rivojlanish davrimizda chuqur iz qoldiradi. Bolaning qiyinchilik va yordamga muhtoj chog'ida ota-ona sezgirligi va farzandiga nisbatan mehr- muhabbatining etarli bo'lishi katta ahamiyat kasb etadi. Maktabgacha ta'lim tashkilotida psixologik xizmat ko'rsatishda asosiy e'tiborni - bolaning muammolari qor kabi o'sib borgunga qadar kutmasdan, uni bartaraf etish, bolalar psixologiga o'z vaqtida murojaat qilishdir.
Har qanday muammoni qisqa vaqt ichida bolaga azob-uqubat va og'riq keltirmasdan ilgari hal qilish, yuzaga kelgan muammolarni ota-onalarga yetkazish va hamkorlikda ish olib borishdir. Ko'pgina bolalar muammolari faqat vaqtinchalik va psixologning qisqa muddatli ishini talab qiladi. Bu esa maktabgacha ta'lim tashkiloti psixologidan qisqa muddatli ish dasturini tuzib chiqishni talab qiladi va ayni chog'da individual tarzdagi maxsus dastur bo'lishi kerak. Bolalar bir marotaba psixolog xizmatidan baxra olgandan so'ng va uning natijasi ijobiy tomonga o'zgarganini his qilsalar, nafaqat maktabgacha ta'lim tashkiloti psixologiga nisbatan ishonch, mehr, sevgi, hayrixohlik va albatta yuksak hurmat bildiradilar, balki, maktabgacha tashkilotga va u erdagi tarbiyachilarga nisbatan ham xuddi shunday munosabatda bo'ladilar. Shu sababdan psixolog individual va guruhli ishlash jarayonida hech bir holatni va bolalar xususiyatini ko'zdan qochirmasligi kerak.
Shunday qilib psixologik yordam tizimi bolalar, ota-onalar va tarbiyachilar uchun rivojlanish, ta'lim-tarbiya, moslashuv, har bir o'tish yosh davri masalalari bo'yicha o'z vaqtida malakali maslahat, uslubiy, psixodiagnostik va psixokorreksion yordam ko'rsatishda yordam berishi aniq.
Maktabgacha ta'lim tashkilotida o'quv-tarbiya jarayonini individuallashtirish psixologning har bir bolaning ruhiy salomatligi va rivojlanishining to'laqonli bo'lishini ta'minlaydigan faoliyatning ustuvor yo'nalishlaridan biridir. Bola ruhining individual, rasmiy-dinamik xususiyatlarini hisobga olish alohida o'rin tutadi, bolalarning aqliy holati, jarayonlari, xatti-harakatlari va faoliyatining dinamikasini aniqlaydigan temperamentdagi bolalar bilan muayyan strategiya va taktikalarni ishlab chiqish hisoblanadi
Psixologik muhit- bu salomatlik psixologiyasi, sevgi, kasbiy muvaffaqiyat, pulga munosabat va boshqalar kabi muhim va qiziqarli mavzularni muhokama qilish, foydali va qiziqarli ma'lumotlar, amaliy tavsiyalar, bolalikdan tanish bo'lgan stereotiplarda "haqiqat va yolg'onning ulushini" baholash, tanish narsalarga "nigoh burchagini o'zgartirish" qobiliyati, qiziqarli va qiziquvchan odamlar bilan muloqot qilish. Bolalar uchun har qanday joyda sog'lom psixologik muhit zarurdir. Bog'chada bola o'zini yaxshi his qilishlari uchun ularga to'g'ri sog'lom munosabatlarni tashkil qila olimshimiz kerak bo'ladi. Ba'zida bolalar bog'chaga borgisi kelmaydi. Bu bog'chada sog'lom muhitni yo'qligi emas, bolaga sog'lom psixologik munosabatlarni tashkil qila olmasligimizda bo'ladi.
Biz katta yoshdagilar birinchidan, bolalarni kattalardan ajratib turadigan o'ziga xos xususiyatlarga ega ekanligini tushunish kerak. Bolalar hali o'z shaxsiyatini shakllantirmagan va rivojlanish jarayonida. Shuning uchun ota-onalar, agar bola o'zlari kutganidek tutmasa, sabr-toqatli va tushunadigan bo'lishlari kerak. Ikkinchidan, bolalar mehr va e'tiborga muhtoj. Ular ota-onalari ularni tushunishlari va qo'llab-quvvatlashlari kerak. Agar bola ota-onasi tomonidan sevishini va qadrlanishini his qilsa, u yanada ishonchli va yaxshiroq rivojlanishi mumkin. Uchinchidan, bolalar atrof-muhitga juda sezgir. Ular doimiy ravishda yangi bilim va ko'nikmalarni o'rganadilar va o'zlashtiradilar. Shuning uchun uyda ijobiy muhit yaratish, bolalar bilan hurmat va mehr bilan munosabatda bo'lish muhimdir. To'rtinchidan, bola psixologiyasi bolani tarbiyalashda sizga yordam berishi mumkinligini tushunishingiz kerak. Farzandingizning xatti-harakatlarida biron bir muammoni sezsangiz, bolalar psixologiga murojaat qiling. U sizga bolangizni qanday qilib eng yaxshi tarbiyalash va rivojlantirish bo'yicha maslahat va yo'l-yo'riq bera oladi. Eng muhimi, farzandlaringizga o'rnak ekanligingizni unutmang. Sizning xulq-atvoringiz va hayotga bo'lgan munosabatingiz bolangizning rivojlanishiga ta'sir qiladi. Shunday ekan, unga o'rnak bo'lishga harakat qiling, tinch va totuvlikda yashashga o'rgating. Biz shuni unutmaslik kerakki, bolani tarbiyalash sabr-toqat, sevgi va e'tiborni talab qiladigan doimiy jarayondir. Bolalar baxtli va ishonchli inson bo'lishlari uchun ota-onalarning tushunishi va qo'llab-quvvatlashiga muhtoj. Bog'chadagi psixologik iqlim bolalar jamoaning ajralmas holati, bolalarga bo'lgan munosabatlari, bolalar xulq-atvori va shaxs xususiyatlariga har tomonlama ta'sir ko'rsatadigan psixologik omillardan biridir.
REFERENCES
1. Shamshetova A.K., Saipova M.L. Bolalar psixologiyasi. T-2022y. 208 b
2. Nishonova Z.T. vaBoshqa mualliflar. Bolalar psixdiagnostikasi va psixologiyasi. T-2004y.
219 b
3. Смирнова Е.О. Детская психология. - M., 2003.
4. Реан A.A. (ред). Психология детства. - M., 2003.