Научная статья на тему 'OTA-ONALARDA AUTIZM SINDROMI BO‘LGAN FARZAND TA’LIM-TARBIYASI VA RIVOJLANISHIGA OID PEDAGOGIK-PSIXOLOGIK BILIMLARNI OSHIRISH'

OTA-ONALARDA AUTIZM SINDROMI BO‘LGAN FARZAND TA’LIM-TARBIYASI VA RIVOJLANISHIGA OID PEDAGOGIK-PSIXOLOGIK BILIMLARNI OSHIRISH Текст научной статьи по специальности «Психологические науки»

CC BY
397
51
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Ключевые слова
autizm spektri / o’yin / faol qiziqish / psixodiagnostika / psixokorreksiya / spontan nutq / visual aloqa / nut yetishmovchiligi / ehtiyoj / psixologik yordam.

Аннотация научной статьи по психологическим наукам, автор научной работы — Avezova Durdona Gafurjon Qizi

Tadqiqotlarimizda autizm bolalar va ularning ota-onalari uchun psixologik yordam koʼrsatish doirasida psixokorreksiya maqsadlari aniqlashtirildi. Bolaning muvaffaqiyatli ijtimoiy va aqliy rivojlanishini taʼminlashda ota-onaning oʼrni muhim ekanligi taʼkidlandi. Shuningdek, maqolada ota-onalar bilan suhbatni tahlil qilish jarayonida oilalarning asosiy ehtiyojlari qayd etildi. Maqolada autizm sindromli bolalarning rivojlanishi uchun zarur bo’lgan psixologik o’yin terapiyasi imkoniyatari berilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «OTA-ONALARDA AUTIZM SINDROMI BO‘LGAN FARZAND TA’LIM-TARBIYASI VA RIVOJLANISHIGA OID PEDAGOGIK-PSIXOLOGIK BILIMLARNI OSHIRISH»

OTA-ONALARDA AUTIZM SINDROMI BO'LGAN FARZAND TA'LIM-TARBIYASI VA RIVOJLANISHIGA OID PEDAGOGIK-PSIXOLOGIK BILIMLARNI OSHIRISH

Avezova Durdona Gafurjon qizi

"Mahalla va oila" ilmiy-tadqiqot institute tayanch doktoranti https://doi.org/10.5281/zenodo.10112945

Annotatsiya. Tadqiqotlarimizda autizm bolalar va ularning ota-onalari uchun psixologik yordam ko 'rsatish doirasida psixokorreksiya maqsadlari aniqlashtirildi. Bolaning muvaffaqiyatli ijtimoiy va aqliy rivojlanishini ta'minlashda ota-onaning o'rni muhim ekanligi ta'kidlandi. Shuningdek, maqolada ota-onalar bilan suhbatni tahlil qilish jarayonida oilalarning asosiy ehtiyojlari qayd etildi. Maqolada autizm sindromli bolalarning rivojlanishi uchun zarur bo 'lgan psixologik o'yin terapiyasi imkoniyatari berilgan.

Kalit so'zlar: autizm spektri, o'yin, faol qiziqish, psixodiagnostika, psixokorreksiya, spontan nutq, visual aloqa, nut yetishmovchiligi, ehtiyoj, psixologik yordam.

Abstract. Our study clarified the goals of psychocorrection within the framework of providing psychological support to autistic children and their parents. It is emphasized that the role ofparents in ensuring the successful social and mental development of the child is important. Based on the results, the article proposes optimal solutions for the formation of parent-child relationships. It is known that the world of things and events around him expands as the child grows up and becomes more independent. During the period of kindergarten age of a child, in addition to things that are within the scope of his activity, there are also things that are outside the scope of the activities of adults, that is, they are physically incapable of it.

Keywords: autism spectrum, play, active interest, psychodiagnostics, psychocorrection, spontaneous speech, visual communication, nut deficiency, need, psychological help.

Аннотация. В нашем исследовании уточнены цели психокоррекции в рамках оказания психологической поддержки аутичным детям и их родителям. Подчеркнуто, что роль родителей в обеспечении успешного социального и психического развития ребенка важна. Аргументировалось, что это противоречие можно разрешить только через одну деятельность, т. е. через игровую деятельность ребенка. Также в статье в ходе анализа бесед с родителями отмечены основные потребности семей. В статье представлены возможности психологической игровой терапии, необходимые для развития детей с синдромом аутизма.

Ключевые слова: аутистический спектр, игра, активный интерес, психодиагностика, психокоррекция, спонтанная речь, зрительная коммуникация, ореховая недостаточность, потребность, психологическая помощь.

Kirish. O'yin faoliyati autizmga chalingan bolaning rivojlanishi uchun asosiy omil bo'lib hisoblanadi. O'yin orqali bola o'zini va uning atrofidagi dunyoni bilib oladi. O'yin bolalarning tafakkurini, diqqatini, xotirasini, tasavvurini, his-tuyg'ularini, irodasini rivojlantiradi, shuningdek, tengdoshlari bilan munosabatni shakllantiradi, boladagi xavotirlik darajasi, to'plangan qo'rquv va salbiy his-tuyg'ularni yo'qotishga xizmat qiladi. O'yin bolaga imkon qadar ko'proq ijobiy his-tuyg'ularni boshdan kechirish imkoniyatini beradi. U sog'ligida muammosi bo'lgan kichkina insonni atrofdagi ob'ektiv olamning rang-barang tomonlari bilan, bundan tashqari shaxslararo munosabatlar bilan tanishtiradi hamda bolaning xulq-atvori shakllanishiga yordam beradi.

Tadqiqotning metodologiyasi va obyekti. Autist bolaning bir yoki bir nechta sevimli o'yinlari bo'lishi mumkin. Ota-onalar esa ko'pincha bunday o'yinlardan bezovta bo'lishadi. Chunki, bola soatlab bir xil so'zlarni talaffuz qilgan holda yoki tushunarsiz qo'shiq ko'ylab bir yo'nalishda aylanib yurishi mumkin. O'yinchoqlarni bir necha martalab qatorlarga joylashtirishi va ularni yana joyiga olishi mumkin. Bularning barchasi bola va kattalar o'rtasidagi o'zaro munosabatlarda qiyinchiliklarni keltirib chiqaradi. Kattalar bolaning o'yinlaridada sezdirmasdan ishtirok etish uchun turli xil variantlarni sinab ko'rishlariga to'g'ri keladi. Ko'pincha bola bunday urinishlarga salbiy munosabatda bo'lib, sherikka muhtoj emasligini, balki yolg'iz o'ynashni hohlayotganligini ko'rsatadi. Bola uchun o'zi doimiy bajaradigan bir xil harakatlarni takrorlash holati qulay va jozibali bo'lib hisoblanadi, bundan u faqat mamnun bo'ladi. Bola uchun qulaylik va zavqning mavjudligi hisobga olgan holda, ushbu stereotipik o'yinni bola bilan o'zaro munosabatlar uchun asos sifatida ishlatish lozim.

Birinchi bosqichda stereotipik o'yinning tuzilishi va mohiyatini o'rganish uchun bolaning o'yinini masofadan turib unga sezdirmasdan kuzatish kerak. Sekin-astalik bilan uning o'yinida bola bilan o'zaro munosabatlarni tashkil etishga harakat qilish lozim (unga kerakli predmetlarni uzatish, bolaning ortidan u aytayotgan iboralarni va so'zlarini past ovozda takrorlash va h.k.). Keyingi safar bolaning sevimli o'yinchog'idan foydalangan holda xuddi shunday xushmuomalalik, ehtiyotkorlik bilan u bilan o'ynashga asta-sekin harakat qilish talab qilinadi. Ushbu bosqichdagi barcha harakatlar asosan bolaning ishonchini qozonishga qaratilgan bo'ladi.

Keyingi qadam, stereotipik o'yinga yangi hikoya chizig'ini kiritish bo'lib hisoblanadi hamda ota-onalar o'z farzandlariga sensorli o'yinni taklif qilishlari tavsiya etiladi. Oddiy bolalardan farqli o'laroq, autizm sindromiga chalingan bolalar obyektiv dunyoni o'rganish bosqichida uzoq vaqt o'tkazadilar, bu yerda ularning o'yinchoqlar va narsalar bilan harakatlarining asosiy motivi jozibali hissiy xususiyatlardir. Atrof-muhitdan turli xil hissiy effektlarni olish istagi autistik bolaning obyektlarga faol qiziqishini tushuntiradi: u hidlashni, og'ziga solishni, narsalarni burishni, otishni, taqillatishni yaxshi ko'radi. Ammo bolalar ko'rsatmalar va qoidalarga, ushbu obyektning funksional maqsadiga muvofiq narsalar bilan harakat qilishdan bosh tortadilar, chunki bu narsalarning ijtimoiy maqsadi ular uchun hissiy xususiyatlaridan kamroq ahamiyatga ega.

Sensorli o'yinlar - bu o'yinlarning maqsadi yosh bolaga yangi hissiy ma'lumot (sezgilar) berishdir.

Bu sezgilar judayam hayratlanarli va xilma-xil bo'lishi mumkin:

- taktil sezgilar (tegish, his qilish orqali: turli teksturali materiallar, turli shakl va

o'lchamdagi narsalar - to'plar, kublar, sharlar, lentalar va arqonlar yordamida).

- motor-harakat sezgilari (raqsga tushish, sakrash, yugurish, yurish yordamida).

- ta'm sezgilari (ta'mi boshqacha bo'lgan taomlar va mahsulotlar).

- hid bilish sezgilari (atrofdagi olamning tanish, sevimli, yoqimli, qadrdon, yangi va noma'lum hidlari).

- eshitish (shitirlash, xirillash, shivirlash, yovvoyi tabiat va musiqa asboblari tovushlari).

- vizual (yorqin ranglar, ularning aralashuvi, bir-birini to'ldirishi).

Sensorli o'yinlarning ham ko'p turlari mavjud:

- bo'yoqlar bilan olib boriladigan o'yinlar: "rangli suv", ho'l varaqqa chizish, "sehrli bo'yoqlar";

- suv bilan o'yinlar: suv sepish, suv quyish, "quvnoq tomchi", "dengizda suzib yuruvchi kemalar", idishlarni yuvish, qo'g'irchoqlarni cho'miltirish, suv havzasiga borish;

- sovun pufakchalari bilan o'yinlar: "Iliq shabada esmoqda", "Quvlab yetish va ushlash";

- soyalar va yorug'lik bilan o'yinlar: "quyoshli quyon", "chiroq", "yorug'lik", "sham";

- muz bilan o'yinlar: "Muzni eritish", "Rangli muz", "Muz figuralari", "Qor malikasi";

- don mahsulotlari va qum bilan o'yinlar: "Xazina", "Mittilar xazinalari". "Yomg'ir. Do'l", "Qushlarni don bilan boqish", "Keling, bo'tqa pishiramiz", "Qo'llarimizni donga yashiramiz".

- plastilin bilan o'yinlar: biz maydalaymiz, chimchilaymiz, surtamiz, bosamiz, to'pga aylantiramiz, shakllar yasaymiz, bo'laklarni kesib tashlaymiz, "Plastilindan rasm tayyorlash";

- ovozli o'yinlar: "Tinglang va nomlang", "Men musiqachiman", hushtak, nay, akkordeon va boshqalardan foydalaniladi.

- ritmli o'yinlar: qarsak chalish, oyoq bilan tappillatish, raqsga tushish, qo'shiq aytish, "Quvnoq davra raqsi", "Hayvonlar mashqi" va boshqalar.

Birgalikda rasm chizish - bu bola va kattalarning birgalikda bola va uning oilaviy hayotiga xos bo'lgan turli xil predmetlarni, vaziyatlarni chizadigan maxsus o'yin usuli. Birinchi navbatda bola uchun judayam ahamiyatli bo'lgan narsalar chiziladi, sundan so'ng bolaga yoqadigan narsalar "uning xohishiga ko'ra" chiziladi va shu orqali bolada ijodkorlikka qiziqish kuchaytiriladi. Bunda har xil materiallar ishlatiladi: bo'yoqlar, qalamlar, markerlar, rangli qalamlar. Chizmaning o'zi hajmi, shakli, rangi va fazodagi holati bo'yicha farqlanadi. O'yin davomida kichkina rassomni tez-tez rag'batlantirish kerak.

Har bir o'yin turi o'ziga xos vazifani bajaradi. Stereotipik o'yin bola bilan o'zaro munosabatlarning asosidir. Agar uning xatti-harakati nazoratdan chiqib ketsa, bolaning e'tiborini qayta yo'naltirish imkoniyatini beradi. Sensorli o'yin yangi hissiy ma'lumotlarni beradi va bola bilan aloqa o'rnatishga yordam beradi. Birgalikda rasm chizish autistik bolaning faol bo'lishi va uning atrofidagi dunyo haqidagi tushunchasini rivojlantirish uchun ajoyib imkoniyatdir.

O'yin bola hayotidagi asosiy faoliyatlardan biridir. Bolaning asosiy faoliyati bo'lgan o'yin faoliyati orqali uning barcha fiziologik, psixologik rivojlanishi ta'minlanadi. O'yin shu qadar universal, shu qadar ko'p qirrali va nihoyatda qudratli faoliyatdirki, bog'cha yoshidagi bolalarni o'yindan boshqa yo'l bilan kamolga yetkazishni tasavvur etish qiyin.

Bolalarning o'yin faoliyatini rus psixologlaridan L.S.Vigoskiy, Ye.A.Arkin, D.B.Elkonin va boshqalar tadqiqotlarida ilmiy nuqtai nazardan tushuntirib berganlar. Ma'lumki, bolaning yoshi ulg'ayib mustaqil harakat qilish imkoniyati oshgan sari uning atrofidagi narsalar va hodisalar dunyosi ham kengayib boradi.

Bolaning bog'cha yoshidagi davrida uning faoliyat doirasidagi kuchi yetadigan, haddi sig'adigan narsalardan tashqari, kattalarni faoliyatlari ya'ni ularni hali mutloqo haddilari sig'maydigan, jismoniy jihatdan kuchlari yetmaydigan narsalar ham mavjud. Psixik taraqqiyotning mana shu bosqichida bolalar uchun mavhum nazariy faoliyat, ya'ni nazariy yo'l bilan bilish faoliyatining bo'lishi mumkin emas. Bu yoshdagi bolalarning atrofidagi narsalarni bilish faoliyatining faqat bevosita xarakat qilish shaklida bo'ladi. Bog'cha bolalarini haddan tashqari faol ekanliklarining sababi ham ana shundandir. Bog'cha yoshidagi bola atorofidagi narsalar bilan bevosita amaliy munosabatda bo'lishga intiladi. Bu o'rinda shu narsa xarakterliki, bola bilishga tashnaligidan atrofdagi o'zining xaddi sig'adigan narsalar bilangina emas, balki kattalar uchun mansub bo'lgan o'zining kuchi ham yetmaydigan narsalar bilan ham amaliy munosabatda bo'lishga intiladi. Buni natijasida bolalarda haddan tashqari tez ortib borayotgan turli ehtiyojlari bilan ularning tor imkoniyatlari o'rtasida keskin qarama-qarshilik yuzaga keladi. Bolalarni tobora ortib borayotgan turli ehtiyojlari bilan ularning tor imkoniyatlari o'rtasidagi

qarama-qarshilik qanday yo'l bilan hal qilinadi? Bu qarma-qarshilik faqat birgina faoliyat orqali, ya'ni bolaning o'yin faoliyati orqaligina hal qilinishi mumkin. Buni shu bilan izohlab berish mumkinki:

Birinchidan, bolaning o'yin faoliyati qandaydir moddiy mahsulot ishlab chiqarishga qaratilgan faoliyat emas, chunki bolalarni o'yinga undovchi sabab o'yindan kelib chiqadigan natija bilan emas balki, shu o'yin jarayonidagi turli harakatlarning mazmuni bilan bog'liqdir. Ikkinchidan esa bolalar o'yin jarayonida o'z ixtiyorlaridagi narsalarni ularni qiziqtirgan, ammo kattalargagina mansub bo'lgan narsalarga aylantirib, erkin faoliyatda bo'ladilar. Shunday qilib bolalar atrofidagi kattalar uchungina mansub bo'lgan hali o'zlarini kuchlari ham yetmay digan juda ko'p narsalarni o'yin orqali o'zlashtiradilar. O'yinning bolalar psixik taraqqiyotidagi qudratli roli mashhur psixolog va pedagoglardan tashqari mutafakkir yozuvchilarni ham diqqat e'tiborini jalb etgan. Masalan rus yozuvchilaridan biri M.Gorkiy bolalar o'yini va uning mohiyati haqida shunday fikrlarni aytib o'tgan. «O'yin bolalar uchun o'zlari yashab turgan dunyoni bilish hamda uni o'zgartirish qurolidir». O'yin bolalar hayotida shunday ko'p qirrali faoliyatki, unda bolalarga mansub bo'lgan mehnat ham, narsalar haqida fikr yuritish ham, xayol qilish, dam olish va xushchaqchaqlik manbaalari ham mujassamlashgan. Mana shu jarayonlarning barchasi o'yin faoliyatida namoyon bo'ladi. O'yin faqat tashqi muhitdagi narsa va xodisalarni bilish vositasi bo'libgina qolmay balki, qudratli tarbiya vositasi hamdir.

Ijodiy va syujetli o'yinlarda bolalarni barcha psixologik xususiyatlari shakllanadi. Mana shu nuqtai nazardan o'yin bog'chadagi ta'lim-tarbiya ishlarini yo'lga qo'yishda markaziy o'rinda turadi. O'yin jarayonida bolaning barcha psixik jarayonlari tarkib topishiga imkon bo'ladi. Chunki o'yin faoliyati bolalarni diqqat va xotirasi, nutqi, xayoli, hissiyoti, mehnatga oid malakalari va qobiliyatlarida namoyon bo'ladi. Maktabgacha yoshdagi bolalarni o'yini xilma-xildir. Ularni o'yin turlarini asosan quyidagicha klassifikasiya qilish mumkin.

1.Syujetli va rollarga bo'lib o'naladigan o'yinlar;

2.Didaktik o'yinlar;

3.Harakatli yoki qoidali o'yinlar;

4.Aralashtirilgan o'yinlar;

5.Ko'rish va yasash o'yinlari.

Syujetli va rollarga bo'lib o'ynaladigan o'yinlar maktabgacha yoshdagi bolalarni eng asosiy o'yin formasidir. Masalan: «bog'cha-bog'cha», «poyezd-poyezd» kabi qiziqarli bo'lgan o'yinlarni bola sevib o'ynaydi. Lekin turli yoshdagi bolalarning o'yinlari bir xil bo'lsa ham syujeti xar xil bo'ladi. Bolalarga sensor tarbiya berishda didaktik o'yinlarni roli katta. Didaktik o'yinlar bog'chada maxsus dastur asosida olib boriladigan mashg'ulotlarni muvaffaqiyatli o'tkazishga yordam beradi, katta guruh bolalarini maktabdagi o'qish faoliyatiga katta yordam beradi. Bog'cha yoshi davrida bolalar o'yinlari ichida xarakatli yoki qoidali o'yinlar ham muhimdir. Chunki harakatli o'yinlar bolalarni jismoniy jihatdan chiniqtiradi, ularni dadil, qo'rqmas, epchil bo'lishga undaydi. Bolalarga tashabbuskorlik, jamoaviylik, burch hislarini o'stiradi. Harakatli o'yinlar asosan sayr va jismoniy tarbiya mashgulotlarida o'tkaziladi. Drammalashtirilgan o'yinlarni ham bolalar sevib o'ynaydilar. Bu o'yinlarda turli xil ertak va hikoyalar sahnaga qo'yiladi, rollarni esa bevosita bolalarni o'zlari ijro etadilar.

Barcha ilmiy manbaalarning taxlillari asosida shuni ta'kidlash mumkinki, autist bolalarning diqqati asosan beqarorligini hisobga olganda holda ularning diqqat barqarorligini ta'minlovchi usullarni qator psixolog va fiziolog olmilarning tadqiqotlarida ko'rish mumkin.

Ularning ta'kidlashicha barcha bolalarda diqqat barqarorligini ta'minlashning asosi, bu didaktik , ko'rsatmali mashg'ulotlarning tashkil etilishida ekan.

Tadqiqot natijalari va muhokamasi. Ota-ona va bola munosabatlarini shakllantirish uchun avvalo bolaning individual xususiyatlariga e'tibor berish kerak. Jumladan, bolaning boshqa odamlargi tik qaramasligi (xatto ota-onasiga), quvonch va tabassumning yo'qligi, artofiga befarqligi (ota-onaga nisbatan ham), ona tomonidan berilgan mehrga nisbatan qo'rquv hissining mavjudligi, ovqatlanishga nisbatan injiqlik (o'ziga xos menyuga ega), atrofida sodir bo'lgan yangiliklarga qo'rquv, giperaktiv, tajovuzkorana munosabat bildirishi, hidlarga nisbatan sezgirlikning juda yuqori bo'lishi, doimiy izolyatsiyalanganlik, muloqat ko'nikmalarining buzilishi bilan xarakterlanadi. Xususan, tadqiqotimizda qo'llanilgan psixokorrektsion dastur autism sindromli bolalar ota-onalarining munosabatlar tizimidagi muammolarni hal qilish, ularning autizmga chalingan bolasiga nisbatan ijobiy munosabatini shakllantirish, kognitiv xatolarni aniqlash, bola va ota-ona o'rtasidagi munosabatlarni shakllantirish, emotsional barqarorlikni ta'minlash vazifalarini o'z ichiga oladi.

Psixodiagnostik tekshiruv mutaxassis faoliyatining muhim bosqichi hisoblanadi. Psixokorrektsion ishlarni rejalashtirishda avvalo maqsadlar aniqlab olinadi. Autizm sindromli bolalarni tarbiyalayotgan oila va ota-ona uchun korrektsion ishlarni ikkita yo'nalishga ajratish mumkin. Bular, psixologik-pedagogik va psixokorreksiyadir.

Biz tadqiqotimizda psixologik- pedagogik va psixokorreksiya yo'nalishdagi ishlarni reja qildik. Asosiy maqsad va vazifalarimiz autizm bolalarning ota-onalari bilan bo'ladigan munosabatlar tizimini shakllantirish va ularning hayotiy maqsadlarini anglashni shakllantirishdir.

Buning uchun ota-ona va bola munosabatlaridagi salbiy jihatlarni tuzatish, bolaning holatini qabul qilish, ulardagi stress va xavotirlanishni kamaytirish, ota-onalarning kasal bolasiga nisbatan noadekvat xulq-atvor reaksiyalari (baqirish, jazolash, bola irodasini bosish), oilaning boshqa a'zolarini bilan shaxslararo munosabatlarni uyg'unlashtirish, jamiyat bilan (janjal, norozilik, tajovuzkorlik) bo'ladigan munosabatlarni tuzatishdan iborat.

Tadqiqotning korreksiya qismida zamonaviy psixologiya yo'nalishlaridan psixoanaliz, psixodramma, logoterapiya, gumanistik, kognitiv, art-terapiya, musiqa terapiyasi, biblioterapiya kabi yondashuvlar va autogen, relaksatsiya mashg'ulotlaridan foydalanildi. Ota-onalar va farzandlari bilan birgalikda individual va guruhiy psixokorreksiya mashg'ulotlari olib borildi. Rolli o'yinlar, tematik so'rovnomalar, proyektiv metodikalar, nafas olish va harakat mashqlari, autotrening, musiqiy terapiya, diskussiya, kuzatish, kognitiv xarakterdagi video mashg'ulotlarni tomosha qilish, ma'ruza va suhbat metodlaridan keng foydalanildi. O'tkazilgan tuzatish ishlarining natijasida, ota-onalar uyda farzandlari bilan zarur mashg'ulotlarni o'rganadi, bolaning holatini tuzatish uchun zarur bo'lgan maxsus ta'lim oladi.

Tadqiqotda autizm bola va ota-ona munosabatlariga qaratilgan psixologik tuzatish ishlarini maqsad vazifalariga muvofiq tanlangan guruhda ishlar tashkil qilindi. Ota-onalarning mutaxassisga ishonishi va qo'llab-quvvatlanishni sezishi ortidan ulardagi tashvish va muammolarni aniqlash imkoni yuzaga chiqadi.

Buning uchun psixokoreksion ishning shakl va usullarini tanlab olish maqsadga muvofiqdir. Autizm sindromli bolasini holatini qabul qilishga qiynalayotgan, kuchli stressni va xavotirlanishni boshidan o'tkazgan ota-onalarga holatini yaxshilashga qaratilgan kompleks psixologik yordam ko'rsatilishi zaruratini inobatga olib, psixoterapiya va psixokorreksiyaning

turli yo'nalishlari, shakllari va usullari orasidan bir qancha samarali turlari tanlab olindi. Ushbu tanlangan usul va shakllar ijobiy dinamika berishi bir qancha tajribalarda asoslangan.

I.Yu.Levchenko tadqiqotlarida autizm bolalar va ularning ota-onalari uchun psixologik yordam ko'rsatish doirasida psixokorreksiya maqsadlari aniqlashtirilgan. Uning ta'kidlashicha, ishni tashkillashtirish davomida ota-onalardagi nevrotik holatlarning belgilari va shaxsiy patoxarakterning xususiyatlari seziladi. Bunday holatda geshtalt terapiya usullari, art-terapiya, relaksatsiya mashqlarini qo'llash maqsadga muvofiqdir.

E.G.Eydemiller tomonidan oila diagnostikasi va oilaviy terapiyalar bo'yicha ilmiy tadqiqot ishlari olib borilgan. Uning fikricha, oilani diagnostika qilishda oilaning o'ziga xos xususiyatini o'rganish, psixologik yordamga muhtoj oilalarni aniqlash muhim ahamiyatga egadir. Ilmiy-amaliy tajribalarni umumlashtirish asosida tizimli, psixoanalitik, oilaviy terapiya, oilaviy maslahat, shuningdek oilalar bilan ishlashda psixodrama, ertak va badiiy usullardan foydalanish muhimligini ta'kidlaydi. Shunga asosan, terapevtik mashg'ulotlarni ma'lum bir yondashuvlarga tayangan holda tashkillashtirish ilmiy ahamiyat kasb etadi.

E.Erikson psixoanalitik yo'nalish namoyondasi sifatida, bolaning muvaffaqiyatli ijtimoiy va aqliy rivojlanishini ta'minlashda ota-onaning o'rni muhim deb ta'kidlaydi. Uning fikricha, psixoterapevtik ishlarni tashkillashtirishda avvalo muammoning negizini bilish zarurdir. Ota-onalarning farzandari bilan bo'ladigan munosabatlar tizimida «psixologik stimul»ning ahamiyatini tushintirib o'tgan.

L.S.Pechnikova o'z izlanishlarida erta bolalik autizmi bo'lgan bolalarga onalarning munosabatini o'rgangan. Uning fikricha, bolaning aqliy jihatdan rivojlanishida ota-onalarning munosabatlari asosiy rol o'ynaydi. Onalarning kasal bolasiga nisbatan munosabatini shakllanishida psixologik omillar va mexanizamlar yetarlicha o'rganilmaganligi ta'kidlaydi. L.S.Pechnikovaga ko'ra, onaning bola bilan ko'p vaqtini birga o'tkazishini inobatga olish, bunda ota-ona determinantlarini o'rganish muhimdir. Autizmning klinik, etiologik va potogenligiga qarab, uning dunyodan izolyatsiyalanganligi, tashqi ta'sirlarga paradoksial reaksiyalarni yo'qligini tushunish va ota-onalarning munosabatlarini ahamiyat berish maqsadga muvofiqdir.

B.D.Karvasarskiy tomonidan psixoterapevtik yondashuvlar ilgari surilgan. Uning fikricha, psixoterapiya bu bemorlarga o'zlarining muammolari va psixologik xarakterdagi qiyinchiliklarini hal qilishda psixologik vositalar bilan professional yordam ko'rsatiladigan shaxslararo o'zaro ta'sirning alohida turidir. Demak, autizm bola va ota-ona munosabatlarini shakllantirishda psixoterapiyaning imkoniyatlaridan foydalanish zarurati mavjud.

O.A.Karabanova tadqiqotlarida oilaviy munosabatlarni shakllanishida oilaviy maslahatning o'rni muhim ekanligi o'rganilgan. Uning fikricha, ota-onalar tomonidan bolaning ehtiyoj, qiziqish va muammolarini vaqtida anglamaslik, muloqatning kamligi, hamkorlik munosabatlarining to'g'ri shakllanmasligi bolaning rivojlanishida qiyinchiliklarni yuzaga keltiradi. O.A.Karabanova ta'kidlashicha, oilaga psixologik maslahat berishning o'ziga xos qonun qoidalari mavjud bo'lib, dastlab oila muammolarini ro'yxatga olish, qabul qilish, diagnostika, psixologik xulosa tuzish, muammolarni sabablarini tahlil qilish va yakuniy bosqichdan iborat. Autizm sindromli bolalarning oilasiga psixologik maslahat berishda mutaxassislar yuqoridagi ketma-ketlikka amal qilishlari samarali bo'ladi.

Kasalliklar klassifikatsiyasining 10-qayta ko'rib chiqilishiga ko'ra autizm belgilari quyidagicha tavsiflanadi:

1. Vizual aloqaning yo'qligi, mimika va imo-ishoralarni ijtimoiy jarayonda ishlata olmaslik, tengdoshlari bilan aloqa o'rnata olmasligi bilan namoyon bo'ladigan sifat buzilishidir.

2. Aloqa qilishdagi spontan nutqning shakllanishidagi kechikish yoki umuman yo'qligi, suhbatga kirisha olmaslik va uni tugatishni eplamaslik, takroriy steriotipik nutqning mavjudligi, o'yin faoliyatida ishtirok qilmaslik kabilar.

3. Qiziqish va faoliyatga nisbatan cheklangan takrorlanuvchi xatti-harakatlarning mavjudligi, narsalarning qismlariga nisbatan e'tiborni qaratish (avtomobil g'ildiragini to'xtamasdan aylantirish) bilan ifodalanadi.

Ma'lumki, bugungi kunda autizm sindromli bolalar bilan olib boriladigan ishlar va ularning oilalariga ko'rsatilayotgan yordam berish usullari asosan tibbiy psixologiya, psixoterapiya, defektologiya tomonidan amalga oshirilgan. Autizm sindromli bolaning ota-ona munosabatlarini shakllantirishda ular bilan psixoterapevtik ishlarni tashkil qilish juda muhimdir. Bunday oilalarga professional psixologik yordam berish bo'yicha olib borilayotgan ishlarning yetarli emasligini inobatga olgan holda, maxsus yondashuvlarga asoslangan psixokorrektsion dasturni qo'llash maqsadga muvofiqdir. Sababi autizm bolalarning ota-onasi va oilasi ko'pincha yaqin tanishlar va mutaxassislarning yordamiga ehtiyoj sezishadi. Atrofdagi insonlar tomonidan bolaning xatti -harakatlari doimiy tanqid qilinishida ota-onalar o'zlarini aybdor hisoblaydi va kuchli stressni his qiladi. Bolasining noodatiy harakatlaridan uyalishadi va jahli chiqadi. Bolaning injiqliklari, tajovuzkorligi, nosog'lom qiliqlari, transportda, ko'chada, do'kondagi harakatlari ota-onalarni noqulay ahvolga solib qo'yadi. Bunga sabab ularda autizm kasalligi bo'yicha ma'lumotlarning yetarli emasligidir. T.N.Visotina, O.Gusaeva, A.Ya.Vargalar tomonidan ota-ona va bola munosabatlariga bag'ishlangan tadqiqotlarda bolani qabul qilish, uni jamiyatga integratsiyasini ta'minlash muhim ahamiyatga ega ekanligi ilmiy tadqiq qilingan. Autizm bolani tarbiyalash faqat onaning zimmasida bo'lmasdan balki, oilaning boshqa a'zolari, jumladan ota, buvi, buva, oiladagi sog'lom bolalarning ham yordamlariga ehtiyoj seziladi. Bunday munosabatlar optimal sog'lom muhit, stresslarga bardoshlilik, ota-ona va bola o'rtasidagi tushunmovchilikni kamaytirish, bolaning ta'lim olishi uchun sharoit yaratish va ota-onalar tomonidan bolani qabul qilish pozitsiyasini shakllantirishga yordam beradi.

Xulosa. Tadqiqotda olingan natijalarga asosan, bolasini qabul qilishga qiynalgan, stress va xavotirlanish darajasi yuqori bo'lgan ota-onalarga psixologik jihatdan yordam berilishi va kuzatuvga olinishi zarurligi asoslandi. Shunga asosan, psixokorreksion ishlarning maqsadlarini belgilash va psixologik yordam usullarini tanlash maqsadida, ota-ona munosabatlaridagi salbiy jihatlarni psixologik tashxislash zarurati yuzaga keldi.

Psixodiagnostika natijalari obyektiv kuzatiladigan, sodda, tushunarli va mutaxassislar uchun qulay bo'lishiga e'tibor qaratish lozim. Tadqiqot jarayonida foydalanilgan psixologik diagnostika uslublari ota-ona munosabatlarini korreksiyalash uchun ilmiy asoslangandir. Ushbu psixodiagnostika usullarining amaliyotda qo'llanilishi bevosita amaliyotchi psixolog ishtirokida va ularning tahlillaridan foydalanilgan holda amalga oshirilishi lozim. Bunday sharoitlarda psixodiagnostik xulosalar amaliyotchi psixologlar, inklyuziv ta'lim markazi mutaxassislari, tibbiyot xodimlari uchun ahamiyatli darajada foydali bo'lishi mumkin.

REFERENCES

1. Ярская-Смирнова Э.Р. Социальное конструирование инвалидносты // Социологические исследования. 1999. № 4. С. 38-45

2. Франкл В. Логотерапия и экзистенциальный анализ: Статьи и лекции. Пер. с нем. - М.: Альпина нон-фикшн, 2016. - 344 с.

3. 3.Fitrat Abdurauf. Oila yoki oila boshqarish tartiblari. T.: «Ma'naviyat», 2000. 112 b

4. Fayzieva.M., A.Jabborov.Oilaviy munosabatlar psixologiyasi. Toshkent.: "Yangi asr avlodi" 2007. 143 b.

5. Лебединский В.В. Нарушения психического развития в детском воз-расте: учеб. Пособие для студ. высш. учеб, заведений. 5-е изд., стер. - М.: Ака-демия, 2008. - 144 с

6. Karimova V.M. Oila psixologiyasi. Darslik .T.: Fan va texnologiyalar 2007 y. 200 b.

7. Nurmuxamedova. L.Sh. Oilada nogiron farzandni tarbiyalashning pedagogik xususiyatlari: Dis.ped.fan.nom...dis.T.: 2005.

8. Мамайчук И.И. Помощь психолога детям с аутизмом. - СПб.: Речь, 2007 - 288 с.

9. Карвасарская И.Б. В стороне. Из опыта работы с аутичными детьми. - М.: Теревинф, 2003. - 70 с.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.