Научная статья на тему 'AUTIZM SINDROMLI BOLALARDA MULOQOT KO’NIKMALARINI SHAKLLANTIRISHNING KORREKSION-PEDAGOGIK TIZIMI'

AUTIZM SINDROMLI BOLALARDA MULOQOT KO’NIKMALARINI SHAKLLANTIRISHNING KORREKSION-PEDAGOGIK TIZIMI Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

CC BY
2059
160
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
autizm sindromli bolalar / nutq va muloqot ko‘nikmalari / ABA terapiyasi / PECS kartochkalari / defektolog-logoped / "Barmoqlar so‘zlaganda" / "Yaxshi kayfiyat" / "Aqlli kubik" / "Qushlar ovozi" / "Bilmasvoy quyon" o‘yinlari. / children with autism / speech and communication skills / ABA therapy / PECS cards / speech therapist / "Fingers speaking" / "Good mood" / "Smart cube" / "Bird's voice" / "Don't know" rabbit "games.

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — Feruzaxon Usmanovna Qodirova, Sevinch Abrorovna Axrorova

Ushbu maqolada maktabgacha ta'lim tashkiloti sharoitida autizm sindromli bolalarning muloqot ko‘nikmalarini shakllantirishning psixologik-pedagogik korreksion usullari ko'rib chiqiladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

This article discusses the methods of psychological and pedagogical correction of the formation of communication skills of children with autism in the context of preschool education

Текст научной работы на тему «AUTIZM SINDROMLI BOLALARDA MULOQOT KO’NIKMALARINI SHAKLLANTIRISHNING KORREKSION-PEDAGOGIK TIZIMI»

Central Asian Research Journal For Interdisciplinary Studies (CARJIS)

ISSN (online): 2181-2454 Volume 2 | Issue 4 | April, 2022 | SJIF: 5,965 | UIF: 7,6 | ISRA: JIF 1.947 | Google Scholar |

www.carjis.org

DOI: 10.24412/2181-2454-2022-4-533-538

AUTIZM SINDROMLI BOLALARDA MULOQOT KO'NIKMALARINI

SHAKLLANTIRISHNING KORREKSION-PEDAGOGIK TIZIMI

Feruzaxon Usmanovna Qodirova

Chirchiq davlat pedagogika instituti

Maxsus pedagogika kafedrasi p.f.d

Sevinch Abrorovna Axrorova

Jizzax davlat pedagogika instituti Maxsus pedagogika kafedrasi, o'qituvchisi

ANNOTATSIYA

Ushbu maqolada maktabgacha ta'lim tashkiloti sharoitida autizm sindromli bolalarning muloqot ko'nikmalarini shakllantirishning psixologik-pedagogik korreksion usullari ko'rib chiqiladi.

Kalit so'zlar: autizm sindromli bolalar, nutq va muloqot ko'nikmalari, ABA terapiyasi, PECS kartochkalari, defektolog-logoped, "Barmoqlar so'zlaganda", "Yaxshi kayfiyat", "Aqlli kubik", "Qushlar ovozi", "Bilmasvoy quyon" o'yinlari.

ABSTRACT

This article discusses the methods of psychological and pedagogical correction of the formation of communication skills of children with autism in the context of preschool education.

Keywords: children with autism, speech and communication skills, ABA therapy, PECS cards, speech therapist, "Fingers speaking", "Good mood", "Smart cube", "Bird's voice", "Don't know" rabbit "games.

KIRISH

Har yili butun dunyoda autizm sindromli bolalar soni ortib bormoqda. Autizm klinik ko'rinishlarining xilma-xilligi, ushbu kasallikning murakkab shakllari mavjudligi, shuningdek, korreksiyalash va tarbiyalash ishlarining murakkabligi autizm sindromini o'rganish nafaqat tibbiy, balki ijtimoiy va dolzarb muammodir.

Insonning ruhiy rivojlanishidan orqada qolish sifatida qaraladigan autizm sindromi tashqi dunyo bilan o'zaro ta'sir qilish va boshqa odamlar bilan hissiy aloqalarni shakllantirish jarayonida buzilishlarning namoyon bo'lishi sifatida

Central Asian Research Journal For Interdisciplinary Studies (CARJIS)

ISSN (online): 2181-2454 Volume 2 | Issue 4 | April, 2022 | SJIF: 5,965 | UIF: 7,6 | ISRA: JIF 1.947 | Google Scholar |

www.carjis.org DOI: 10.24412/2181-2454-2022-4-533-538

tavsiflanadi [4].

ADABIYOTLAR TAXLILI VA METODOLOGIYASI

Autizmli sindromli bolalarning muloqot ko'nikmalarida, nutqning rivojlanishida o'ziga xos nuqsonlar namoyon bo'ladi. Autizm sindromli bolalarda muloqot ko'nikmalari nutqning to'liq rivojlanmasligidan (mutizm) katta farq qiladi, lekin nutqning pragmatik tomonida o'ziga xos buzilishlar mavjud:

■ autizm sindromli bolalar nutqining o'ziga xos xususiyatlari odatda bolalarga murojaat qilinganda kattalar nutqiga javob qaytarmasligida(bola hatto o'z ismiga ham javob bermaydi);

■ nutqning stereotipik ishlatilishida;

■ oddiy so'zlarni noodatiy kontekstda ishlatishda;

■ tushunchalarning ma'nosi va ishlatilishini tushunishdagi qiyinchiliklarda;

■ suhbatni boshlash va davom ettirish ko'nikmalarning yo'qligida;

■ prosodik buzilishlarda;

■ olmoshlarni almashtirishda;

■ nutq rivojlanishining kechikishi yoki yo'qligida;

■ noverbal muloqotning buzilishlarida namoyon bo'ladi. [3, 5]

Ma'lumki, sog'lom bolalarda avval monolog nutq keyin esa dialogik nutq shakllanadi va bola uchun ijtimoiy ahamiyatga ega. Autizmli bolalarda bu ketma-ketlik sezilarli darajada buzilgan bo'ladi. Ko'pincha autizm sindromli bolalarda monolog nutq mavjud, dialog nutq esa shakllanmagan bo'ladi.

Autizmli bolalarda muloqotning buzilishi odatda ijtimoiy o'zaro ta'sirning buzilishi bilan bog'liq. Autizm sindromli bolalar o'zlarining diqqatini tortadigan narsalarni ko'rsata olmaydilar. O'zgalarning hissiy holatini tushuna olish, bolalarda imitatsiya harakatlarni taqlid qilish va taqlid qilishda ba'zi qiyinchiliklar yuzaga keladi.[2]

Autizm sindromli bolalarda muloqot ko'nikmalarni o'zlashtirishda buzilishlar, shuningdek, xulq-atvor bilan bog'liq bo'lgan bir qator qiyinchiliklar birga keladi. Ko'pincha bolalarga o'zi nima qilishni bilsa o'sha xatti-harakatni o'rgatish osonroq. Autizm sindromli bolalar uchun harakatlarni o'zlashtirishdagi qiyinchiliklar o'ziga xosdir. Bunda bolalarning xatti-harakatlarni mustaqil ravishda boshlashi, bir harakatdan ikkinchisiga o'tish qiyinligini ko'rishimiz mumkin.

Autizm sindromli bolalarni o'rganishdagi muammolarga, shuningdek, sensor sferasining o'ziga xosligi, kiyim tanlashda yoki oziq-ovqatlarni yeyishda selektivlik,

Central Asian Research Journal For Interdisciplinary Studies (CARJIS)

ISSN (online): 2181-2454 Volume 2 | Issue 4 | April, 2022 | SJIF: 5,965 | UIF: 7,6 | ISRA: JIF 1.947 | Google Scholar |

www.carjis.org DOI: 10.24412/2181-2454-2022-4-533-538

taktil ta'sirga sezgirlikning oshishi, turli qo'rquvlar, noadekvat reaksiya va noto'g'ri munosabat, xatti-harakatlarni bajarishdan bosh tortish tendentsiyasi kabilar kiradi.

MUHOKAMA VA NATIJA

Yuqorida aytilganlar bilan bog'liq holda, maktabgacha ta'lim tashkilotlarida autizm sindromli bolalarni maxsus tashkil etilgan psixologik-pedagogik qo'llab-quvvatlash dolzarb muammolardan biridir.

Autizm sindromli bolalarda muloqot ko'nikmalarini shakllantirishning korreksion-pedagogik tizimi defektolog va bir qator mutaxassislar tomonidan mashg'ulotlarda qo'llaniladigan texnologiya va o'yinlar quyida tavsiflangan.

ABA terapiyasini aqliy zaiflik bilan birga kechadigan autizm sindromli bolalar bilan qo'llash yaxshiroq. Autizm sindromli bolalarga muloqot va nutq ko'nikmalarini o'rgatishda emotsional hamda xulq-atvor yondashuvlarini amalga oshirish kerak.

Ma'lumki, autizmli bolalarni muloqotning nutq shakllaridan foydalanishga o'rgatishda oddiy ontogenezning umumiy qonuniyatlariga tayanib bo'lmaydi. Autizm sindromli bolalarni dastlabki asosiy muloqot ko'nikmalariga o'rgatish uchun muloqot motivatsiyani yaratish muhimdir. Bunda defektolog-logoped yoki ABA terapevt autizm sindromli bolalar bilan mashg'ulot davomida muloqot qilish jarayonini turli xil o'yinlar orqali erkin olib borishi, bolalarda o'z imkoniyatlari tuyg'usidan zavqlanishni o'rgatishi maqsadga muvofiqdir.

Biz bolalarning xulq-atvorini ularning emotsional sferasini rivojlanishidan ajralmas tarzda shakllantirishimiz kerak. Buning uchun har bir mashg'ulotni hissiy munosabatlar bilan boshlashga harakat qilamiz. Biz bolalarni mashg'ulot jarayoniga maxsus ibora va emotsiyalar ifodalangan PECS kartochkalari yordamida jalb qilamiz: "Oh, qanday to'p! (ajablanish, hayratlanish kartochkasi) Sen uni menga olib keldingmi?(o'ylanib turmoq kartochkasi) Bu to'p orqali autizm sindromli bolalar bilan muloqot o'rnatishga harakat qilamiz. Bolaga to'pni ushlash ko'rsatmasini aytib uni suhbatga chorlaymiz!(xursand bo'lish kartochkasi) Biz bolaning natijalaridan hayratlanishimiz va xursand bo'lishimiz orqali uni rag'batlantirishimiz kerak. Biz bola bilan xursand bo'lamiz, qo'llarimiz bilan qarsak chalamiz, shodlikdan baqiramiz: "Uraaa!", "Barakalla!"

Bola va kattalar o'rtasidagi hamkorlik jarayonida biz muvaffaqiyatga erishish holatlarini yaratamiz, bu maktabgacha yoshdagi bolaning shaxsiy rivojlanishining muhim shartidir. Muvaffaqiyatli vaziyatni tashkil etish autizm sindromli bolalar bilan korreksion mashg'ulotlarda optimistik yondashuv tamoyilini amalga oshirishga

Central Asian Research Journal For Interdisciplinary Studies (CARJIS)

ISSN (online): 2181-2454 Volume 2 | Issue 4 | April, 2022 | SJIF: 5,965 | UIF: 7,6 | ISRA: JIF 1.947 | Google Scholar j

www.carjis.org DOI: 10.24412/2181-2454-2022-4-533-538

imkon beradi. Ijobiy munosabatni saqlashga harakat qilish va uni bolaga o'tkazish, bolaning ijobiy harakatlariga e'tibor qaratish va uning qilgan xato harakatlarini sezmaslik kerak.

Autizm sindromli bolalaráa muloqot ko'nikmalarini shakllantiгish uchun barnoq va mayda qo'l motoгikasini rivojlantirnvchi nutq o'stiгish o'yinlari juda mos keladi. "Barnoq^ so'zlaganda" nomli o'yinimizda bolalaгga qo'shiq aytishni taklif qilamiz. Bunda bolalar individual mashg'ulotlarda defektolog-logoped tomonidan quvnoq she'rlarni kuylash, talaffuz mobaynida qo'l va barmoqlar bilan harakatlarga taqlid qilishni o'rganadilar. Shu bilan birga, taktil o'yinlar hissiy munosabatni va ko'z bilan aloqa (imo-ishora)ni kuchaytirishi mumkin. Masalan, "Kichik oyoqlar yo'l bo'ylab yugu^i" she'rini kuylaganda, defektolog-logoped avval barmoqlari bilan bolaning atrofida "yugurib" keta boshlaydi va bola tayyor bo'lganda, u bilan birga bajaradi. Bunday o'yinlar bolani quvontiradi va zavqlantiradi, bu esa bola va defektolog-logoped o'rtasidagi o'zaro munosabatlarni rivojlantirishga yordam beradi. Maxsus PECS kartochkalari - emotsiyalar bilan bajariladigan barmoq o'yinlari autizm sindromli bolalar nutqini rivojlantirish uchun turtki bo'lishi mumkin [1].

"Barnoq^ so'zlaganda" o'yini autism sindromli bolalaráa xulq-atvorni tarbiyalashgayordam beradi, qo'zg'alish va tormozlanish jarayonlarining o'zgaruvchanligini normallashtiradi, nutq hamda imitatsiyani rivojlantiradi. Qo'shiqlami tinglash va mazmunini tushunish, ularning ritmini his qilish qobiliyatini shakllantiradi. shuningdek, bolalarning ifodali nutqini rivojlantirishga yordam beradi.

Autizm sindromli bolalarning sevimli mashg'ulotlaridan yana biri konstmksiyalashdm Muloqot ko'nikmalarini rivojlantirish uchun keng qo'llaniladi. Biz bolalarga uy qurish, bolalar uchun avtobus, mashina uchun garaj va boshqa narsalarni qurib yasahni o'rgatamiz.

Ma'lumki, autizmli bola bilan ishlashning muhim jihatlaridan biri bu boshqalar bilan hissiy aloqani shakllantirishdir. Albatta, aloqa o'rnatish jarayonida bolalarning o'zlarining individual muloqot ko'nikmalari shakllanadi. Agar muloqot vaziyati bola uchun qulay va tushunarli shaklda bo'lsa, bolada ijobiy taassurot qoldiradi. Bola birinchi navbatda qulay muloqot shaklini olishi juda muhim va shundan keyingina bog'lanishga erishib, o'zaro ta'sirning yanada murakkab shakllarini asta-sekin rivojlantirish mumkin.

Bunga boshqalar bilan hissiy aloqa o'rnatishga yordam beradigan o'yinlardan foydalanish yordam beradi, masalan: "Yaxshi kayfiyat", "Aqlli kubik", "Qushlar ovozi", "Bilmasvoy quyon", Bu o'yinlar bolalarga o'yin harakatlarini oddiy

Central Asian Research Journal For Interdisciplinary Studies (CARJIS)

ISSN (online): 2181-2454 Volume 2 | Issue 4 | April, 2022 | SJIF: 5,965 | UIF: 7,6 | ISRA: JIF 1.947 | Google Scholar |

www.carjis.org DOI: 10.24412/2181-2454-2022-4-533-538

o'zlashtirishga, tengdoshlari bilan muloqot qilishni o'rganishga, e'tiborni, tasavvurni rivojlantirishga yordam beradi, elementar ko'rsatmalarni yaxshiroq tushunish va bajarish imkoniyatini beradi, negativizmni yengishga yordam beradi, bolalarda psixo-emotsional stressni kamaytiradi [3].

XULOSA

Autizm sindromli bolalar bilan ishlaydigan mutaxassislarga o'yinlar va texnologiyalarni bolalarning individual xususiyatlariga muvofiq tanlash tavsiya etiladi. Autizmli bolalardagi boshqa ko'nikmalar kabi muloqot ko'nikmalarini shakllantirish uchun siz quyidagi asosiy usullardan foydalanishingiz mumkin:

1) mashg'ulotning stereotipini aniq rejalashtirish va bosqichma-bosqich shakllantirish kerak bo'ladi (ya'ni, avval bola to'p tashlashni o'rganadi, keyin - to'pni nishonga urishni, undan so'ng savolga javob qaytarishni va hokazo);

2) bolaning qiziqishlari va emotsional xususiyatlarini e'tiborga olgan holda defektolog-logopedning o'yin ichida mahoratli mashg'ulot o'tishi;

3) mashg'ulotni shunday o'tkazish kerakki, uning barcha elementlari bitta syujet asosida bog'langan va o'ziga xos motivatsiyaga ega bo'lishi;

4) bolalarda yaxshi bajarilgan xatti-harakatlar uchun ijobiy rag'batlantirish sifatida mukofotlardan foydalaning ("tabassum qilgan" olma yoki smayliklar, ochkolar yoki o'yinchoqlar).[4]

Muloqot ko'nikmalarini shakllantirishga qaratilgan mashg'ulotlarni o'tkazishda birinchi navbatda autizm sindromli bolaga tanish bo'lgan predmetlardan yoki o'yin materiallaridan foydalanish tavsiya etiladi. Mashg'ulotlar o'tkazilayotgan joy bolaga tanish bo'lishi kerak. Agar bola ko'nikmalarni to'liq o'zlashtirgan bo'lsa, muloqot materialini murakkablashtirish mumkin, ya'ni harakatlar asta-sekin bola tomonidan mustaqil ravishda amalga oshiriladi.

Bu usullar juda oddiy va sodda ko'rinishi mumkin, ammo maqsadli va tizimli foydalanilganda, autizm sindromli bolalarda muloqot ko'nikmalarni shakllantirishda samarali natijalar beradi.

REFERENCES

1. Ихсанова С. В. Система диагностико-коррекционной работы с аутичными дошкольниками. — СПб.: ООО «ИЗДАТЕЛЬСТВО «ДЕТСТВО-ПРЕСС», 2011.—208 с.

2. Лебединская К.С., Никольская О.С., Баенская Е.Р., Либлинг М.М. и др. Дети

Central Asian Research Journal For Interdisciplinary Studies (CARJIS)

ISSN (online): 2181-2454 Volume 2 | Issue 4 | April, 2022 | SJIF: 5,965 | UIF: 7,6 | ISRA: JIF 1.947 | Google Scholar |

www.carjis.org DOI: 10.24412/2181-2454-2022-4-533-538

с нарушением общения. М.:Просвещение,1994.

3. Никольская О. С, Баенская Е.Р., Либлинг М.М. Аутичный ребенок. Пути помощи.М.:Теревинф, 1997.

4. Соломко А.Д. Формирование игровых навыков и эмоционально-перцептивной сферы у детей с расстройствами аутистического спектра средствами физического воспитания: автореф. дисс. ... канд. псих. наук. -Краснодар, 2012. - 24 с.

5. Axrorova, S. (2019). Медико-педагогические и психологические основы подготовки детей с синдромом аутизма к социальной жизни. Scienceweb academic papers collection.

6. Axrorova, S. (2021). Ранний детский аутизм и работа по развитию речи. Журнал Педагогики и психологии в современном образовании, (2). извлечено от https://matinfo.jspi.uz/index.php/ppmedu/article/view/1788

7. Axrorova, S. (2021). Игра как средство коррекции аутистического поведения у детей теория и практика терапии игрой. Журнал Педагогики и психологии в современном образовании, 7(1). извлечено от https: //matinfo .j spi. uz/index.php/ppmedu/article/view/710

8. Axrorova, S. (2021). Autizm sindromiga chalingan bolalar rivojlanishidagi nuqsonlarni oldini olish va korreksiyalash. Zamonaviy ta'limda Pedagogika Va Psixologiya Fanlari, 7(3). Retrieved from https://ppmedu.jspi.uz/index.php/ppmedu/article/view/4061

9. Axrorova, S. (2021). F 84 bu qanday tashxis? Muammolar va yechimlar. Zamonaviy ta 'limda Pedagogika Va Psixologiya Fanlari, (2). Retrieved from https://ppmedu.j spi.uz/index.php/ppmedu/article/view/2907

10. Akhrorova S. (2022) Pedagogical and psychological correctional work in children with autism. Web of Scientist: International Scientific Research Journal, 3(1), 655660.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.