Tashkent Medical Academy Integration of Science, Education and Practice in Modern Psychology and Pedagogy: Problems and Solutions
Volume 4 j TMA Conference j 2023
Zamonaviy psixologiya, pedagogikada fan, ta'lim va amaliyot integratsiyasi: muammo va yechimlar
AUTIZM BILAN OGRIGAN BOLALARDA RUHIY BUZILISH HOLATLARINI ERTA ANIQLASH VA KORREKTSIYA QILISH
USULLARI
G'azalxon Bekmirzayevna Salohiddinova
Toshkent tibbiyot akademiyasi, "Pedagogika va psixologiya" kafedrasi katta o'qituvchisi
Muhayyo Davronbek qizi Rahmanova
Toshkent tibbiyot akademiyasi "Tibbiy radiologiya" kafedrasi I bosqich
magistratura talabasi
ANNOTATSIYA
Ushbu maqolada autizm sindromi kuzatiluvchi bolalarda ruhiy buzilishlarni erta aniqlash va oz vaqtida samarali davolash usullari haqida ma'lumotlar keltirilgan.
Kalit so'zlar: autizm sindromli bolalar, genetik buzilishlar, kasallik belgilari,nutq buzilishi,korrektsiyalash, defektolog-logoped, "Barmoqlar
so'zlaganda".
АННОТАЦИЯ
В данной статье представлена информация о раннем выявлении психических расстройств у детей с синдромом аутизма и эффективных методах своевременного лечения.
Ключевые слова: дети с синдромом аутизма, генетические нарушения, симптомы заболевания, нарушение речи, коррекция, дефектолог-логопед, «Когда пальцы говорят».
ABSTRACT
This article provides information on early detection of mental disorders in children with autism syndrome and effective treatment methods in time.
Keywords: children with autism syndrome, genetic disorders, disease symptoms, speech disorder, correction, defectologist-speech therapist, "When fingers talk".
Autizm (grekcha «autos» - «o'zim» degan so'z) —kasallik emas mhiy buzilishning og'ù turiaridan biri bo'lib,
https://tma.uz/
May 6
International Scientific and Practical Conference
Tashkent Medical Academy Integration of Science, Education and Practice in Modern Psychology and Pedagogy: Problems and Solutions
Volume 4 | TMA Conference | 2023 Zamonaviy psixologiya, pedagogikada fan, ta'lim va amaliyot integratsiyasi: muammo va yechimlar
atrofdagilardan uzoqlashishga harakat qilish va his-tuyg'ularni biz odatlangan ko'rinishda ifodalab bera olmaslik orqali namoyon bo'ladi. Autizm miya faoliyatiga bevosita ta'sir qiluvchi nevrologik buzilishlar natijasida kelib chiqadi.Asosiy sababi bosh miyadagi genetik buzilishlar deb qaraladi. Bu holat o'g'il bolalarda qiz bolalarga nisbatan ko'p uchraydi.
Ko'p hollarda autizm 3 yoshgacha bo'lgan bolalarda paydo bo'ladi, ammo uning ilk belgilariga aksariyat ota-onalar e'tibor qaratishmaydi.Autizmning erta belgilarini aniqlashda bolani 2 yoshgacha bo'lgan davrda fiziologik rivojlanishidagi ushbu buzilishlar dastlabki signallar bo'lishi mumkin:
• 6 oylikda bolada quvonch belgilari bo'lmasligi,
• 12 oylikda oz ismi bilan chaqirilganda e'tibor bermasligi,
• Bir yoshda kattalar bilan bola tilida gaplashishni xohlamasligi,
• 16 oylikda hech qanday so'zlarni talaffuz qilmasligi,
• 24 oylikda oddiy so'z birikmalarini ayta olish qobiliyyatiga ega bo'lmasligi. Keyinchalik yaqqol kuzatiluvchi belgilar:
• Ijtimoiy qoloqlik;
• Muloqotda o'z-o'zi bilan gaplashish, har xil qo'l harakatlari qilish;
• Bolaning onasiga bee'tiborliligi (kulish, jismoniy harakatlar, ovoz chiqarishlar);
• Bolaning «tayyorgarlik» holati yo'qligi ya'ni uni ko'tarishga uringanda qo'llarini cho'zmasligi, tizzalarida turishga harakat qilmasligi, emishdan butunlay to'xtashi;
• Jamoa bilan o'ynashni istamaslik, ota-ona va boshqalar bilan o'ynaganda injiqlik qilish, yolg'iz holda o'ynashni xohlash;
• Ovoz, yorug'likka bo'lgan sezuvchanlikning oshib ketishi, bundan tashqari qo'rqitish, baqiriq, arg'imchoq uchish kabi o'yinlar paytida injiqliklar qilish;
• Gapirish qobiliyatining susayishi, hatto mutizm holatigacha, ovqatni tanlab yeyish, ishtaha sustligi, uyquning yomonlashuvi;
• Buyruqlarni bajarmaslik, buyumlarni ko'rsatsa qaramaslik, o'zining ismiga e'tibor bermaslik;
• Belgilangan tartibga qat'iy rioya qilishi, ya'ni bir vaqtda uyg'onishi, buyumlarni bir joyda saqlash, jismlar shakliga qarab saralash va shu kabilar;
• Xavflardan qo'rqmaslik: balandlik, avtotraccçi
hayvonlardan qo'rqmaslik, lekin oddiy buyumlar
Tashkent Medical Academy Integration of Science, Education and Practice in Modern Psychology and Pedagogy: Problems and Solutions
Volume 4 | TMA Conference | 2023 Zamonaviy psixologiya, pedagogikada fan, ta'lim va amaliyot integratsiyasi: muammo va yechimlar
qo'rqish, masalan qaynab turgan choynak, elektr yoqgich va shu kabilar;
• Harakatlardagi takrorlar aylanib turish, tebranib turish, imo-ishoralarning takrorlanishi;
• Jahldorlik, kulgi, vahimaning o'z-o'zidan paydo bo'lishi.
• Autizmni davolash
• Davolash maqsadida ortda qolayotgan jihatlarni korrektsiya qilish uchun barcha turdagi autist bolalarga mos keladigan quyidagi chora tadbirlar qo'llash mumkin:
• • Gapirish qobiliyatini yaxshilash maqsadida logoped bilan mashg'ulotlar olib borish;
• • So'zlashish uchun rasmli kartochkalardan foydalanish yoki planshet, kompyuterda so'zlarni yozib o'rgatish;
• • Bola bilan har xil o'yinlar o'ynash, bir sferada faqat bir mutaxassis bilan;
• • Medikamentoz davo faqatgina qo'shimcha sifatida bolada kuchli agressiya bo'lsagina buyuriladi.
• Autizmga chalingan bemor bolalarni qanday bo'lsa, shunday qabul qilish kerak. Kattalar buni o'z vaqtida aniqlab, ularni qo'llab-quvvatlashlari zarur.
Autizm sindromli bolalarda muloqot ko'nikmalarini shakllantirish uchun barmoq va mayda qo'l motorikasini rivojlantiruvchi nutq o'stirish o'yinlari juda mos keladi. "Barmoqlar so'zlaganda" nomli o'yinida bolalarga qo'shiq aytishni taklif qilinadi. Bunda bolalar individual mashg'ulotlarda defektolog-logoped tomonidan quvnoq she'rlarni kuylash, talaffuz mobaynida qo'l va barmoqlar bilan harakatlarga taqlid qilishni o'rganadilar. Shu bilan birga, taktil o'yinlar hissiy munosabatni va ko'z bilan aloqa (imo-ishora)ni kuchaytirishi mumkin. Masalan, "Kichik oyoqlar yo'l bo'ylab yugurdi" she'rini kuylaganda, defektolog-logoped avval barmoqlari bilan bolaning atrofida "yugurib" keta boshlaydi va bola tayyor bo'lganda, u bilan birga bajaradi. Bunday o'yinlar bolani quvontiradi va zavqlantiradi, bu esa bola va defektolog-logoped o'rtasidagi o'zaro munosabatlarni rivojlantirishga yordam beradi. Maxsus PECS kartochkalari - emotsiyalar bilan bajariladigan barmoq o'yinlari autizm sindromli bolalar nutqini rivojlantirish uchun turtki bo'lishi mumkin ."Barmoqlar so'zlaganda" o'yini autizm sindromli bolalarda xulq -atvorni tarbiyalashga yordam beradi, qo'zg'alish va tormozlanish jarayonlarining o'zgaruvchanligini
May 6
735
Tashkent Medical Academy Integration of Science, Education and Practice in Modern Psychology and Pedagogy: Problems and Solutions
Volume 4 | TMA Conference | 2023 Zamonaviy psixologiya, pedagogikada fan, ta'lim va amaliyot integratsiyasi: muammo va yechimlar
y
normallashtiradi, nutq hamda imitatsiyani rivojlantiradi. Qo'shiqlarni tinglash va mazmunini tushunish, ularning ritmini his qilish qobiliyatini shakllantiradi, shuningdek, bolalarning ifodali nutqini rivojlantirishga yordam beradi.Autizm sindromli bolalarning sevimli mashg'ulotlaridan yana biri konstruksiyalashdir. Muloqot ko'nikmalarini rivojlantirish uchun keng qo'llaniladi.Bunda bolalarga uy qurish, bolalar uchun avtobus, mashina uchun garaj va boshqa narsalarni qurib yasash o'rgatiladi.Autizm sindromli bolalar bilan ishlaydigan mutaxassislarga o'yinlar va texnologiyalarni bolalarning individual xususiyatlariga muvofiq tanlash tavsiya etiladi. Autizmli bolalardagi boshqa ko'nikmalar kabi muloqot ko'nikmalarini shakllantirish uchun quyidagi asosiy usullardan foydalanish mumkin:
1) mashg'ulotning stereotipini aniq rejalashtirish va bosqichma-bosqich shakllantirish kerak bo'ladi (ya'ni, avval bola to'p tashlashni o'rganadi, keyin -to'pni nishonga urishni, undan so'ng savolga javob qaytarishni va hokazo);
2) bolaning qiziqishlari va emotsional xususiyatlarini e'tiborga olgan holda defektolog-logopedning o'yin ichida mahoratli mashg'ulot o'tishi;
3) mashg'ulotni shunday o'tkazish kerakki, uning barcha elementlari bitta syujet asosida bog'langan va o'ziga xos motivatsiyaga ega bo'lishi;
4) bolalarda yaxshi bajarilgan xatti-harakatlar uchun ijobiy rag'batlantirish sifatida mukofotlardan foydalaning ("tabassum qilgan" olma yoki smayliklar, ochkolar yoki o'yinchoqlar).
Muloqot ko'nikmalarini shakllantirishga qaratilgan mashg'ulotlarni o'tkazishda birinchi navbatda autizm sindromli bolaga tanish bo'lgan predmetlardan yoki o'yin materiallaridan foydalanish tavsiya etiladi. Mashg'ulotlar o'tkazilayotgan joy bolaga tanish bo'lishi kerak. Agar bola ko'nikmalarni to'liq o'zlashtirgan bo'lsa, muloqot materialini murakkablashtirish mumkin, ya'ni harakatlar asta-sekin bola tomonidan mustaqil ravishda amalga oshiriladi.
Bu usullar juda oddiy va sodda ko'rinishi mumkin, ammo maqsadli va tizimli foydalanilganda, autizm sindromli bolalarda muloqot ko'nikmalarni shakllantirishda samarali natijalar beradi.
REFERENCES
1. Akhrorova S. (2022) Pedagogical and psychological correctional work in children with autism. Web of Scientist: International Scient'^~ Research Journal, 3(1), 655-660.2. Лебединская К
Tashkent Medical Academy Volume 4 | TMA Conference | 2023
Integration of Science, Education and Practice Zamonaviy psixologiya, pedagogikada fan,
in Modern Psychology and Pedagogy: ta'lim va amaliyot integratsiyasi:
Никольская О.С., Баенская Е.Р., Либлинг М.М. и др. Дети с нарушением общения. М.:Просвещение,1994.
2. Мачурина Татьяна Николаевна (2016). Детский аутизм: диагностика, терапия, реабилитация. International scientific review, (20 (30)), 105-108
3. Кулина Д.Г., & Яковлева Н.В. (2017). Родительское отношение к детям с расстройствами аутистического спектра. Личность в меняющемся мире: здоровье, адаптация, развитие, 4 (1 (16)), 21-47.
4. Васягина Наталия Николаевна, Григорян Елена Николаевна, & Казаева Евгения Анатольевна (2018). Психолого-педагогические аспекты реабилитации детей с расстройством аутистического спектра в условиях дошкольного образования. Национальный психологический журнал, (2 (30)), 92-101.
5. Маллаев Джафар Микаилович, & Гаджиева Написат Магомедрасуловна (2017). Психолого-педагогическое сопровождение детей с нарушениями психического развития аутистического спектра. Известия Дагестанского государственного педагогического университета. Психолого-педагогические науки, 11 (1), 9-14.
6. Salokhiddinova Gazalkhon Bekmirzayevna, & Boymurodova Feruza Ziyod Kizi (2019). The prestige of culture in translation of Phraseological units. Достижения науки и образования, (12 (53)), 30-31.
7. Салохиддинова Газалхон Бекмирзаевна (2018). Профессиональная социолизация будущих педагогов вуза. Вопросы науки и образования, (1 (13)), 124-126
8. Salokhiddinova Gazalkhon Bekmirzayevna (2018). Social pedagogue's responsibilities in cooperation with a family to increase child sociability. Достижения науки и образования, (19 (41)), 59-61.
9. Salokhiddinova Gazalkhon Bekmirzayevna (2018). Creativity and artistic thinking as important components of professional competencies of future teachers. Academy, (5 (32)), 69-70.
10. Karimovna, N. Y. (2022). AUTISM AND THE IMPORTANCE OF COMMUNICATION WITH PATIENTS OF THIS DISEASE. Gospodarka i Innowacje., 23, 8-10.
11. Мелибаева, Р. Н. (2022). КЛИНИК АМАЛИЁТДА КОГНИТИВ ФУНКЦИЯЛАР ВА УЛАРНИНГ БУЗИЛИШЛАРИ ПСИХОДИАГНОСТИКАСИ. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 2(Special Issue 4-2), 928-932.
May 6
737
Tashkent Medical Academy Integration of Science, Education and Practice in Modern Psychology and Pedagogy: Problems and Solutions
Volume 4 | TMA Conference | 2023 Zamonaviy psixologiya, pedagogikada fan, ta'lim va amaliyot integratsiyasi: muammo va yechimlar
y
12. Мелибаева, Р., & Абдиназарова, И. (2020). Тиббий психодиагностика: муаммо, мулохдза ва ечимлар.
13. Nasirovna, M. R. (2022). THE ROLE OF PSYCHOLOGICAL DIAGNOSIS IN CLINICAL PRACTICE. Conferencea, 4-6.
14. Мелибаева, Р. (2018). ТАЛАБАЛАР ТАФАККУРИНИ РИВОЖЛАНТИРИШНИНГ ПСИХОЛОГИК МЕХАНИЗМЛАРИ.
15. Нарметова, Ю. (2014). Тиббиёт психологиясида психосоматик касалликлар муаммоси. УзМУ хабарлари.
16. Нарметова, Ю. (2016). Психодиагностические аспекты перинатальной психологии. Диагностика в медицинской (клинической) психологии: традиции и перспективы (к 105-летию СЯРубинштейн).
17. Нарметова, Ю. (2016). Tibbiyot muassasalarida faoliyat yurituvchi psixologik kadrlar tayyorlash muammolari. Ilmiy axborotnoma.