Научная статья на тему 'OILADA YOSHLARNI IJTIMOIY FAOLLIGINI OSHIRISHDA MONTESSORI TEXNOLOGIYASIDAN FOYDALANISHNING AFZALLIKLARI'

OILADA YOSHLARNI IJTIMOIY FAOLLIGINI OSHIRISHDA MONTESSORI TEXNOLOGIYASIDAN FOYDALANISHNING AFZALLIKLARI Текст научной статьи по специальности «Гуманитарные науки»

138
21
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Montessori texnologiyasi / oila tarbiyasi / ijtimoiy faollik / mustaqil fikrlash / o‘zaro hamkorlik / bola shaxsiga hurmat / erkin fikrlilik / o‘ziga ishonch / o‘z-o‘zini tarbiyalash / mustaqil qaror qabul qilish. / технология Монтессори / семейное воспитание / социальная активность / самостоятельное мышление / взаимное сотрудничество / уважение к личности ребёнка / свободомыслие / уверенность в себе / самовоспитание / самостоятельное принятие решений.

Аннотация научной статьи по Гуманитарные науки, автор научной работы — Gʻazalxon Bekmirzayevna Salohiddinova

Ushbu maqolada oilada yoshlarni ijtimoiy faolligini oshirishda mustaqil, erkin fikrlovchi shaxslarni tarbiyalash, dastlabki jarayonda ota-onaning, o‘qituvchi murabbiyning mas’uliyatli vazifalari, oilada yoshlarni ijtimoiy faolligini oshirishda Montessori texnologiyasining o‘rni, Montessori texnologiyasidagi amal qilish kerak bo‘lgan qoidalar va ota-onalar uchun ishlab chiqilgan tavsiyalar, yoshlarni ijtimoiy faol hayotda o‘z o‘rnini topishida Montessori texnologiyasining o‘rni va ahamiyati keng yoritilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

В этой статье рассматривается широкий круг обязанностей родителя, педагога-коуча в начальном процессе, роль технологии Монтессори в повышении социальной активности молодых людей в семье, правила, которым следует следовать в технологии Монтессори, и рекомендации, разработанные для родителей, важность технологии Монтессори в поиске места для молодых людей, люди ведущие социально активную жизнь.

Текст научной работы на тему «OILADA YOSHLARNI IJTIMOIY FAOLLIGINI OSHIRISHDA MONTESSORI TEXNOLOGIYASIDAN FOYDALANISHNING AFZALLIKLARI»

Tashkent Medical Academy Integration of Science, Education and Practice in Modern Psychology and Pedagogy: Problems and Solutions

Volume 4 | TMA Conference | 2023 Zamonaviy psixologiya, pedagogikada fan, ta'lim va amaliyot integratsiyasi: muammo va yechimlar

OILADA YOSHLARNI IJTIMOIY FAOLLIGINI OSHIRISHDA MONTESSORI TEXNOLOGIYASIDAN FOYDALANISHNING AFZALLIKLARI

G'azalxon Bekmirzayevna Salohiddinova

Toshkent shahar tibbiyot akademiyasi katta o'qituvchisi

ANNOTASIYA

Ushbu maqolada oilada yoshlarni ijtimoiy faolligini oshirishda mustaqil, erkin fikrlovchi shaxslarni tarbiyalash, dastlabki jarayonda ota-onaning, o'qituvchi murabbiyning mas'uliyatli vazifalari, oilada yoshlarni ijtimoiy faolligini oshirishda Montessori texnologiyasining o'rni, Montessori texnologiyasidagi amal qilish kerak bo'lgan qoidalar va ota-onalar uchun ishlab chiqilgan tavsiyalar, yoshlarni ijtimoiy faol hayotda o'z o'rnini topishida Montessori texnologiyasining o'rni va ahamiyati keng yoritilgan.

Tayanch so'zlar: Montessori texnologiyasi, oila tarbiyasi, ijtimoiy faollik, mustaqil fikrlash, o'zaro hamkorlik, bola shaxsiga hurmat, erkin fikrlilik, o'ziga ishonch, o'z-o'zini tarbiyalash, mustaqil qaror qabul qilish.

АННОТАЦИЯ

В этой статье рассматривается широкий круг обязанностей родителя, педагога-коуча в начальном процессе, роль технологии Монтессори в повышении социальной активности молодых людей в семье, правила, которым следует следовать в технологии Монтессори, и рекомендации, разработанные для родителей, важность технологии Монтессори в поиске места для молодых людей, люди ведущие социально активную жизнь.

Ключевые слова: технология Монтессори, семейное воспитание, социальная активность, самостоятельное мышление, взаимное сотрудничество, уважение к личности ребёнка, свободомыслие, уверенность в себе, самовоспитание, самостоятельное принятие решений.

ABSTRACT

This article focuses on educating independent and free-tinking individuals in increasing social activity of youth in a family, the responsibilities of parents and teachers in initial process, the role of Montessori technology in increasing social activity of youth in a family, the rules to follow in this technology and the recommendations for parents, the importance of Montessori

May 6

270

Tashkent Medical Academy Integration of Science, Education and Practice in Modern Psychology and Pedagogy: Problems and Solutions

Volume 4 | TMA Conference | 2023 Zamonaviy psixologiya, pedagogikada fan, ta'lim va amaliyot integratsiyasi: muammo va yechimlar

technology for the youth to find their own place in socially active life.

Keywords: Montessori technology, family education, social activity, independent thinking, mutual cooperation, respect for the child's personality, freethinking, self-confidence, self-education, independent decision making.

Yoshlarda mustaqil fikrga ega bo'lishlikni tarbiyalash - o'z-o'zini bilishning yuqori darajada rivojlanganligi natijasidir. O'z mustaqil fikriga ega bo'lgan o'sib kelayotgan yosh avlod o'z-o'zini kuzatishi, o'z faoliyatini tahlil qilishi, o'ziga-o'zi baho berishi, o'z dunyoqarashi, bilimlarini boyitib borishi mumkin.

Oila zimmasiga:

- farzandlarimizda ob'yektiv voqelik hodisalarini fikrda aks ettirib ijtimoiy xarakterga ega bo'lgan, inson ruhiyatiga kuchli ta'sir o'tkazadigan, ularni maqsad-muddao sari yetaklaydigan zalvorli fikrlarga nisbatan teran tafakkur qila oladigan, umumbashariy qadriyatlar, demokratik tamoyillarga asoslangan dunyoqarashni shakllantirish;

- ozodlik va mustaqillik, yurt faravonligi g'oyalariga sadoqat, vatani, mahallasi va yurtiga mehr-muhabbat, ozod va obod Vatan barpo etishdek ulug' va olijanob maqsadga e'tiqod, jasurlik, mardlik, fidoyilik ruhini yanada chuqur singdirish;

- milliy qadriyatlarimiz va ulug' mutafakkirlarimiz merosi, hadis ilmi va islom dinining insonparvarlik g'oyalaridan bolalarimiz tarbiyasida foydalanishga erishish;

- mustaqil diyorimizda kechayotgan yangiliklar, iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy, huquqiy ta'limga oid islohotlarning mohiyatini anglab yetgan holda uning faol ishtirokchisiga aylanish, tafakkurni shakllantirish vazifalari qo'yiladi.

Farzandlarni ijtimoiy hayotda o'z o'rnini topishi, ularni jamiyatning faol a'zosi qilib tarbiyalash bugungi kunning muhim vazifalaridan biridir. Oilada yoshlarni ijtimoiy faolligini oshirishda Montessori texnologiyasining o'rni juda muhim. Montessori texnologiyasi bolalarni mustaqil bo'lishga, erkin va mustaqil fikrlashga, ijtimoiy hayotda, jamiyatda o'z o'rnini topishga yaqindan yordam beradi. Bugungi kunda 22 mingga yaqin Mariya Montessori maktablari o'z faoliyatini davom ettirib kelmoqda.

ijtimoiy faol qilib tarbiyalashda yosh xususiyatlarini quyidagi bosqichlarga ajratdi:

0-6 yoshda bolani instinktidan kelib chiqib mustaqil ravishda hoxlagan narsani bajaradi va shunga yo'l qo'yib berish, bolalarga qo'yiladigan turli ta'qiqlarga chek qo'yish,

6-12 yoshda o'rganishga intilish, chunki ularning qiziqi^i

Mariya Montessori o'z faoliyati davomida bolalarni mustaqil va erkin,

juda kuchli bo'ladi, ota -onaga u nima? bu nima? kabi savollar b

Tashkent Medical Academy Integration of Science, Education and Practice in Modern Psychology and Pedagogy: Problems and Solutions

Volume 4 | TMA Conference | 2023 Zamonaviy psixologiya, pedagogikada fan, ta'lim va amaliyot integratsiyasi: muammo va yechimlar

y

murojaat qiladi, bolalarni har bir savoliga erinmasdan javob berish, ular shaxsiga mehr va hurmat bilan qarash;

12-18 bu yoshda o'z fikrini o'zgalar fikridan ustun qo'yish, ota-onalar tomonidan qo'yilgan ta'qiqlar bolaga yoqmasligi mumkin, ular kim bilan do'stlashish, vaqtni qanday tashkil etish kabi masalalarni o'zlari xal qilishni yoqtiradilar, bu jarayonda ularga to'g'ri yo'l ko'rsatish;

18-24 yoshda ular endi jamiyatda, mustaqil hayotda o'z o'rnini topishga harakat qiladilar, o'zi hoxlagan sohani egallashi, o'zini o'zi ta'minlashi, yaxshi yashash uchun o'z kuchi va bilimi bilan mablag' topishga intilishi.

Montessori maktabi quyidagi sifatlarni shakllantiradi:

Bolalar uchun:

- Bolani xato qilishdan qo'rqmaslikka o'rgatadi;

- Bolaga mustaqil fikrlash, o'zi xal qilish, o'zi tanlash imkoniyatini o'rgatadi;

- Natija bo'lmaganda qayta-qayta urinib ko'rish orqali irodani shakllantiradi;

- Yangiliklarga intilishni o'rgatadi;

- Jamiyatga moslashtiradi;

-"O'zim mustaqil bajarishimga yordam bering" tizimini shakllantiradi;

- Mustaqil hayotda bolani tez qaror qabul qilishga o'rgatadi;

-Eng asosiysi bolani o'zini baxtli xis qilishga o'rgatadi.

O'qituvchilar uchun;

-Tabaqalanish yuzaga kelmasligi uchun baxo sistemasi qo'llanilmaydi;

-Dars va mashg'ulotlarni tabiat qo'ynida tashkil etish;

-Bolani ijtimoiylashuvi ya'ni jamiyatga moslashtirishni usul va metodlarini qo'llash.

Oilada bolalarni ijtimoiy faolligini oshirishda Montessori texnologiyasining o'rni juda muhim. Ijtimoiy faollik bevosita bolalardagi mustaqillik, erkin fikrlash va mustaqil qaror qabul qilish bilan bog'liqdir. Bugungi kunda yoshlarning mustaqil qaror qabul qila olmasligi oqibatida jamiyatda o'z o'rnini topa olmay yurgan yoshlar talaygina, noto'g'ri yo'lga kirib ketgan yoshlar ham yo'q emas. Bu esa o'z navbatida ota-onalar oldiga bir qancha vazifalarni qo'yadi. Bola maktab ostonasiga borgunga qadar oila da tarbiyali, mustaqil, irodali, erkin fikrli, hatto ota-ona tomonidan shaxs o'rnida ko'rilmoqligi lozim. Aynan shu hislatlar orqali bolaning ijtimoiy hayotda faolligi ortadi va jamiyatga moslashuvi oson kechadi. Shu o'rinda ota-onalar va pedagoglar uchun quyidagi tavsiyalar ishlab chiqildi;

- ota-onalarni pedagogik bilim bilan qurollantirish; (ijtimiv

institutlar orqali)

Tashkent Medical Academy Integration of Science, Education and Practice in Modern Psychology and Pedagogy: Problems and Solutions

Volume 4 | TMA Conference | 2023

Zamonaviy psixologiya, pedagogikada fan, ta'lim va amaliyot integratsiyasi: muammo va yechimlar

y

- farzandlarni shaxs ornida korish, ularni qiziqishlarini inobatga olish;

- farzandlarni ijtimoiy hayotda faol va o'z o'rnini topishida barcha imkoniyatlarni yo'lga qo'yish;

- jahon miqyosida faoliyat ko'rsatayotgan Mariya Montessori maktab tajribalarini o'rganish va taxlil qilish.

- maktabgacha ta'lim muassasalarida, reabilitastion markazlarda Montessori maktablarini tashkil etish.

REFERENCES

1. Aleks Muur. Ta'lim berish va ta'lim olish: pedagogika, ta'lim dasturi va tarbiya. -Rutledj. Ikkinchi nashr. 2012.

2. O. Musurmanova va boshqalar. Umumiy pedagogika - T: 2020 y. "Fan va texnologiya" nashriyoti.

3. Sitarov, V. A. (2009) Problemnoye obucheniye kak odno iz napravleniy sovremenntix texnologiy obucheniya // Znaniye. Ponimaniye. Umeniye. №1. S. 148-

4. Salokhiddinova Gazalkhon Bekmirzayevna (2018). Social pedagogue's responsibilities in cooperation with a family to increase child sociability. Dostijeniya nauki i obrazovaniya, (19 (41)), 59-61.

5. Salokhiddinova Gazalkhon Bekmirzayevna (2018). Creativity and artistic thinking as important components of professional competencies of future teachers. Academy, (5 (32)), 69-70.

6. G. Salohiddinova. Formation of High Moral and Aesthetic Qualities in the Minds

of Preschoolers Based on the Activities of Family and Educators Volume 2 Issue 3, Year 2023

ISSN: 2835-3048 https://univerpubl.com/index.php/semantic

7.Boysoatovna, R. R. (2022). KASB TANLASH MOTIVATSIYASI NAMOYON BO'LISHIDA PSIXOLOGIK OMILLAR. FORMATION OF PSYCHOLOGY AND PEDAGOGY AS INTERDISCIPLINARY SCIENCES, 1(11), 65-69

8. Boysoatovna, R. R., & Muxayyo, A. (2023). TIBBIYOT XODIMLARI O'RTASIDAGI IJOBIY MUHITNI YARATISHGA QARATILGAN PSIXOLOGIK TAVSIYALAR. Scientific Impulse, 1(6), 424-429.

9. https: // youtu.be/rJpDnuMvyhc.

10. https: // youtu.be/sg2cBWgrJnA

157.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.