Tashkent Medical Academy Integration of Science, Education and Practice in Modern Psychology and Pedagogy: Problems and Solutions
Volume 4 | TMA Conference | 2023 Zamonaviy psixologiya, pedagogikada fan, ta'lim va amaliyot integratsiyasi: muammo va yechimlar
BOLALARDA OLIY NERV FAOLIYATI TIPLARINING XUSUSIYATLARI
VA ULARNI TARBIYALASH
M. T. Axmedova
Toshkent tibbiyot akademiyasi dotsenti
Y. K Narmetova
Toshkent tibbiyot akademiyasi dotsenti
ANNOTATSIYA
Bolalarda harakat ko'nikmalarining hosil bo'lish tezligi, avvalo, uning ongiga, maqsadni qanchalik tushunganligiga, qiziqishiga va ixtiyoriy harakatlarni qanchalik to'g'ri hamda aniq bajara olishiga bog'liq ekanligi shuningdek, bola oliy nerv faoliyati tiplarining xususiyatlari va ularni tarbiyalash yo'llari mualliftomonidan yoritib berilgan
Kalit so'zlar. Miya po'stlog', bolal, harakat, ko'nikma, ong, maqsad, qiziqish, ixtiyoriy harakat, oliy nerv faoliyati tiplari.
АННОТАЦИЯ
Скорость формирования двигательных навыков у детей зависит прежде всего от его сознательности, от того, насколько он понимает цель, от его заинтересованности и от того, насколько правильно и четко он может выполнять произвольные действия, а также от особенностей видов высшей нервной деятельности ребенка. и их образование объясняются автором.
Ключевые слова. Кора головного мозга, ребенок, действие, умение, сознание, цель, интерес, произвольное действие, виды высшей нервной деятельности.
ABSTRACT
The speed of formation ofmovement skills in children depends, first of all, on his consciousness, how well he understands the goal, his interest and how correctly and clearly he performs voluntary actions. It was published by the author.
Keywords. Cerebral cortex, child, action, skill, consciousness, purpose, interest, voluntary action, types ofhigher nervous activity.
Bosh miya katta yarimsharlarining iTvojlanishi. Bosh miyaning egat va burmalari bir vaqtda rivojlanmaydi. Tug'ilgan bolada
May 6
707
Tashkent Medical Academy Integration of Science, Education and Practice in Modern Psychology and Pedagogy: Problems and Solutions
Volume 4 | TMA Conference | 2023 Zamonaviy psixologiya, pedagogikada fan, ta'lim va amaliyot integratsiyasi: muammo va yechimlar
yarimsharlarning egatlari va burmalari kattalarnikiga o'xshash bo'lsada, egatlar uncha chuqur bo'lmaydi va miya bo'limlarining nisbati o'zgaradi. Bolalarning ilk yoshida miya yarimsharlarning ensa qismi katta yoshdagilarnikidan kattaroq bo'ladi. Bola tug'ilgandan so'ng peshona qismi kattalashadi.
Miya po'stlog'ida avval chuqur, so'ng yuza qavatlar rivojlanadi. Miya yarimsharlari po'stlog'idagi harakat oblastining tabaqalanishi bolaning 12 yoshida tugaydi, ayrim piramidasimon hujayralaming rivojlanishi esa 18 yoshgacha davom etadi. Harkat analizatorlarining rivojlanishi bolaning muskul faoliyatiga bog'liq bo'lib, uning hayoti mobaynida miya yarimsharlari turli qismlarining tuzilishi va funksiyalari rivojlanib boradi.
Bolalardagi shartsiz va shartli reflekslarning xususiyatlari. Bolalarda turli ta'sirlarga nisbatan shartli refleksni bo'lishi shartli ta'sirlovchiga bog'liq. Ovqatlanishga nisbatan shartli refleksning tez hosil bo'lishi ishtahaga, nerv sistemasidagi ovqatlaiish markazining qo'zgaluvchanligiga bog'liq bo'ladi. Tovushga, so'zga va shu kabi signallarga bolalarda shartli refleks ancha tez hosil bo'ladi. Shartli va shartsiz ta'sirlovchi 5-30 sekund davomida 2-10 marta takrorlab va mustahkamlanib turgandagina shartli refleks hosil bo'ladi Shartli refleksii hosil bo'lishi va tormazlanishi bola oliy nerv faoliyatining tipiga ham bog'liq.
Bola ulg'ayib jinsiy balog'atga etgan davrda shartli reflekslarning hosil bo'lishi bir qadar sekinlashadi. Yoshi katta bo'lgan sari harakat reflekslari (yurish, yugurish va boshqalar), og'zaki va yozma nutq reflekslari shakllana boradi. Bolada eng avvalo eshitish, ko'rish va, asta-sekin sezgi, ta'm bilish shartli reflekslari hosil bo'ladi. Maktab o'quvchilarida yangi harakat ko'nikmalarining hosil bo'lishi ularning ongi, maqsadli harakati, fikrlashi, oddiy harakat ko'nikmalarini esda saqlab qolishi va bu xususiyatlarning nerv sistemasida qayta ishlanishi natijasida amalga oshadi.
Bolalarda harakat ko'nikmalarining hosil bo'lish tezligi, avvalo, uning ongiga, maqsadni qanchalik tushunganligiga, qiziqishiga va ixtiyoriy harakatlarni qanchalik to'g'ri hamda aniq bajara olishiga bog'liq. Maktab o'quvchilarida harakat ko'nikmalarini hosil qilishda, ularni mustahkamlashda va yanada shakllantirishda o'qituvchi tomonidan ular faoliyatini baholab «to'g'ri» degan so'zni takrorlab turilishi amaliyotda ko'pincha ijobiy natija berishi kuzatilgan.
Vaqtga aloqalar shartli refleks ichki organlardan, to'qimalardan yoki tashqi retseptorlardan nerv sistemasiga boradigan impulslarning so'z ta'siroitlari bilan bog'lanishi tufayli vujudga keladi. Bunday reflekslarga maktab yoshidan boshlab bolaning kun tartibiga rioya qilishi - belgilangan vaqtda uxlashi, uyg'onishi, dars tayyorlashi, harakatlanishi, dam olishi kabilar misol bo'ladi. Bu reflekslarning barqarorligi ]— sistemaning tipiga, qo'zg'aluvchangligiga, diqqatni jamlay olishiga
Tashkent Medical Academy Integration of Science, Education and Practice in Modern Psychology and Pedagogy: Problems and Solutions
Volume 4 | TMA Conference | 2023 Zamonaviy psixologiya, pedagogikada fan, ta'lim va amaliyot integratsiyasi: muammo va yechimlar
mashq qilishiga bog'liq bo'lib, uzoq vaqt davomida asta-sekinlik bilan takomillashib boradi.
Iz qoldiruvchi shartli reflekslar shartli ta'sirlovchilardan so'ng miya yarimsharlari po'stlog'i hujayralarida qolgan iz hisobiga vujudga keladi. O'quvchiga ma'lum vazifa berilishi, u vazifani ma'lum vaqtdan so'ng bajarib o'qituvchi aytgan muddatda olib kelib topshirishi mazkur refleksga misol bo'la oladi. Iz qoldiriuvchi shartli reflekslar miya yarimsharlari po'stlog'ida dastlabki qo'zg'alish o'chog'i bilan shartsiz refleksning qo'zg'alish o'chog'i o'rtasidagi vaqtinchalik nerv bog'lanipsh natijasida yuzaga keladi. Ushbu shartli reflekslar bola ikki yarim yoshga to'lganidan so'ng kuzatila boshlaydi hamda kattalardagiga qaraganda birmuncha tez hosil bo'lishi, mustahkamligi va aniqligi bilan ajralib turadi.
Bolalarda shartli reflekeslarning tormozlanishi. Bola qanchalik yosh bo'lsa, shartli refleks shunchalik tez tormozlanadi. Shartli refleksning so'nishi bolaning yoshiga, sog'ligiga, oliy nerv faoliyati tipiga hamda hosil bo'lgan shartli refleksning turi va mustahkamligiga bog'liq. 11-12 yashar bolalardagi shartli reflekslar 8-10 yashar bolalardagiga qaraganda tez so'nadi. Sog'lom bolalarda differensiyallangan shartli refleks 2-6 marotaba mustahkamlanganda vujudga keladi. Vaqt o'tishi bilan so'ngan shartli tormozlanish yana asl holatiga kaytadi. Ba'zi hollarda, shartli tormozlanishning ta'siri tugagandan so'ng, qo'zg'alish induksiya asosida rivojlanishi mumkin.
Bolalarda befarq ta'sirlovchi bir necha marta birlamchi, ikkilamchi, uchlamchi va bundan yuqori tartibdagi shartli tormozlanishlarni hosil qilishi mumkin. Ular uzoq vaqt saqlanishi, so'nishi va asl holiga kelishi mumkin. Shartli tormozlanish bolalarni o'qitishda odob-axloqli va intizomli qilib tarbiyalashda katta ahamiyatga ega.
Bolalarda kuzatiladigan oson va murakkab shartli reflekslar mustahkamlab turilmasa, ular tez orada so'nishi mumkin. 3-5 yashar bolalarda oliy nerv faoliyatining rivojlanishi tubdan farq qilganligi bois, bu yoshda mo'ljallash reaksiyalarining tartibi o'zgaradi. Bola «bu nima?» degan savol bilan turli narsalar va hodisalarni bilishga harakat qiladi - 2-3 yashar bola narsalarga qarab ularni ushlab ko'rib shaklini aniqlay boshlaydi, oldin hosil bo'lgan ko'rish va kinestetik bog'lanishdan foydalanib ularning shaklini chamalab biladi.
Bola 5 yoshga to'lganida tashqi va ichki tormozlanishning tabiati o'zgaradi. Bu yoshda bosh miya yarimsharlari po'stlog'ida kechikuvchi va iz qoldiruvchi shartli reflekslar qiyinlik bilan hosil bo'ladi - bu hol bolada dinamik stereotipni bir qadar engillik bilan o'zgartirish imkonini beradi. Chamalash refleksi tobora kuchayib va mustahkamlanib boradi. Bu yoshdagi bolalarda turli o'yinlar, harakatlar, musiqa, rasm chizish va so'zlarga nisbatan yangi shartli reflekslar namoyon bo'lib hamda mustahkamlanib boradi.
Bolalardagi birinchi va ikkinchi signal sistemalarining o'zaro ta'siri. Bog'cha yoshidagi bolalarda kechikuvchi shartli reflekslar boshqa reflekslarga nisbatan juda qiyinlik va sekinlik bilan hosil bo'ladi.
_May 6
Tashkent Medical Academy Integration of Science, Education and Practice in Modern Psychology and Pedagogy: Problems and Solutions
Volume 4 | TMA Conference | 2023 Zamonaviy psixologiya, pedagogikada fan, ta'lim va amaliyot integratsiyasi: muammo va yechimlar
Kechikuvchi shartli refleksni tez-tez hosil qilish mudrashga, uyquchanlikka va, ba'zan, fiziologik uyquga sabab bo'ladi. Bu yoshda qiyosiy tormozlanish qiyinlik bilan vujudga keltirilib, asta-sekinlik bilan mashq yordamida takomillashadi. Masalan, qizil koptokka nisbatan shartli refleks qilingan bo'lsa, koptokning rangi yoki hajmi bir oz o'zgartirilganda qiyosiy tormozlanish hosil bo'ladi.
O'qutuvchi dars berishda taqqoslash, solishtirish va boshqa usullardan foydalanadi. Masalan, qo'shishni ayirish bilan, o'lik va tirik tabiatdagi hodisalarni o'zaro qiyoslash usullaridan foydalanib tushuntiradi. Mashq yordamida qiyosiy tormozlanish ortib, ikkinchi signal sistemasi birinchi signal sistemasi asosida shakllana boradi.
A.G.Ivanov-Smolenskiy bolalarda birinchi bog'lanishning rivojlanishini sxematik ravishda quyidagi bosqichlarga bo'lgan:
1. Birinchi signal sistemasining bevosita shartli reflekslari. Bunda tashqi bevosita ta'sirlovchilar (ko'rish, eshitish, sezgi organizmda harakat yoki vegatativ reaksiyalarii paydo qiladi. Ikkinchi signal sistemasi shakllanmaganidan shartli reflekslarda so'z ishtirok etmaydi. Bunday reflekslar bola hayotining birinchi oylarida kuzatiladi.
2. So'z ta'sirida bevosita shartli reflekslar hosil qilish. Masalan, bolalar tili chiqishidan ancha oldin atrofdagi odamlarning so'zlariga vegatativ shartli reflekslar yordamida javob qaytaradi. Bunday shartli reflekslar bola 6 oylik bo'lganda, ayniqsa yoshiga to'lganda hosil bo'ladi.
3. Bevosita so'zga shartli refleks hosil bo'lishi. Bunday shartli reflekslar kishilar va narsalarning nomlarini va hodisalarni bola ma'lum so'zlar bilan bog'lashga o'rganishi natijasida vujudga keladi. Bola yuqorida aytib o'tilgan ikki guruh shartli reflekslarga uchinchi shartli reflekslar guruhini bog'laydi.
Bolalarda nutqning rivojlanishi. Bola katta kishilar va tengdoshlari bilan bevosita muloqotda bo'lar ekan turli so'zlarni eshitib, nutqni o'rgana boshlaydi - bolada nutq rivojlanadi va shakllanadi. So'zlar avval shartsiz ta'sirlovchilarning signallari, so'ngra shartsiz reflekslarning signallari sifatida ta'sir etadi va asta-sekinlik bilan shartli hamda shartsiz ta'sirlovchilarning o'rnini bosadi.
Bola 5 oyligida so'zlarga tushunadi, so'zning intonatsiyasiga qarab turli reaksiyalar namoyon qiladi. So'z ohangi va imo-ishoralarga nisbatan bolada shartli harakat reflekslari hosil bo'ladi. Bir yasharlik bola 10-30 ta so'zni ayta oladi, 1,5 yoshdan boshlab so'z boyligi orta boradi va 3 yoshda 700 atrofida so'zni biladi. Bolaning so'z boyligi mashq qilishga, tarbiyaga va nerv sistemaning o'ziga xos xususiyatlariga bog'liq.
Xulosa qilib shuni aytish joizki, bolalar nerv sistemasining xususiyatlari va nerv tiplari ularning hayoti mobaynida o'zgarib boradi. Masalan, xolerik temperamentiga ega bo'lgan bola tarbiya ta'sirida
_May 6
Tashkent Medical Academy Integration of Science, Education and Practice in Modern Psychology and Pedagogy: Problems and Solutions
Volume 4 | TMA Conference | 2023
Zamonaviy psixologiya, pedagogikada fan, ta'lim va amaliyot integratsiyasi: muammo va yechimlar
y
yoshi ulg'aygani sari boshqa temperamentga xos xususiyatlarini namoyon etishi mumkin. 7-9 yashar bolalarda katta yarimsharlar po'stlog'ining nerv hujayralari ta'sirlarga chidamli bo'lib, nerv sistemasida qo'zg'alish jarayonlari ustun turadi. 10-12 yoshdan boshlab nerv sistemadagi qo'zg'alish va tormozlanish jarayonlari o'zaro muvozanatga kela boshlaydi.
O'qitishning fiziologik asoslari. Insonda sodir bo'ladigan barcha psixik jarayonlar bosh miya katta yarimsharlaridagi nerv jarayonlari bilan chambarchas bog'liq holda kechadi, zero har bir psixik jarayon asosida nerv jarayonlari - qo'zg'alish, tormozlanish, irradiatsiya, konsentratsiya dominanta kabilar yotadi. Bunday tashqari, psixik jarayonlar nutq asosida ham hosil bo'ladi.
Bolalar va o'smirlarga ta'lim berishda ichki tormozlanishning barcha turlarini hosil qilish va mashq qildirish zarur. Shuni unutmaslik kerakki solishtirish, qarama-qarshi qo'yish usullari qo'llanilgandagina ta'lim jarayoni samarali bo'ladi. O'qitishda rangli va yaltiroq ko'rgazmali qurollarni ko'rsatish, bolalarni hayajonlantiradigan va quvontiradigan darajada ta'sir etish bilan miya po'stlog'ida dominanta o'chog'ini shakllantirish orqali o'quv materialini yanada qiziqarliroq qilish mumkin. Aksincha, bir xil ta'sir, bir xil sharoit va bir xil ohangda so'zlash bolalarni mudrashiga, ularda o'quv materialiga nisbatan qiziqishining kamayishiga olib keladi. Shu sababli 1- va ikkinchi signal sistemalarining shakllanishi va uyg'unligi ta'lim jarayoni sifatini oshirishda muhim ahamiyatga ega.
Tashqi muhit omillarining oliy nerv faoliyatiga ta'siri - havo harorati, bosimi, yorug'lik va qorong'ulik hamda boshqalar oliy nerv faoliyatiga sezilarli darajada ta'sir ko'rsatadi. Havo haroratining yuqori bo'lishi bosh miya yarimsharlari po'stlog'ida qo'zg'alish jarayonini juda susaytirib, tormozlanish jarayoni harakatchanligini buzadi. Agar harorat juda issiq bo'lmasa va uning ta'siri tana harakatini idora qiladigan mexanizmlarni shikastlamasa, odamda issiq haroratning qayta-qayta ta'siriga adaptatsiya rivojlanadi.
REFERENCES
1. Ахмедова, M., & Нарметова, Ю. (2022). Neyropedagogika va neyropsixologiya rivojlanib kelayotgan yangi fan sohasi sifatida. Общество и инновации, 3(2/S), 103109.
2. Akhmedova, M. T., Umarova, M. K., & Polatova, M. S. (2022). THE ROLE OF MODERN METHODS AND TECHNOLOGIES IN IMPROVING THE EFFICIENCY OF THE SOCIAL SERVICES SYSTEM IN THE COUNTRY. Web of Scientist: International Scientific Research Journal, 3(11), 784-787.
3. Ахмедова, М. (2017). Педагогик конфликтология. У кулланма, 2016.
Tashkent Medical Academy Integration of Science, Education and Practice in Modern Psychology and Pedagogy: Problems and Solutions
Volume 4 | TMA Conference | 2023 Zamonaviy psixologiya, pedagogikada fan, ta'lim va amaliyot integratsiyasi: muammo va yechimlar
y
4. Akhmedova, M., Narmetova, Y., & Alisherov, B. (2021). Catigories of person in conflict and methods of conflict resolution in the occurrance of conflicts between medical personnel.
5. Melibaeva, R. (2021). Bolalardagi giperfaollik va diqqat tanqisligi sindromi: sabablari, psixologik tashxisi.
6. Мелибаева, Р. Н. (2018). Проблема умственного развития в трудах психологов советского периода. In International scientific review of the problems and prospects of modern science and education (pp. 127-129).
7. Nasirovna, M. R. (2022). THE ROLE OF PSYCHOLOGICAL DIAGNOSIS IN CLINICAL PRACTICE. Conferencea, 4-6.
8. Мелибаева, Р. (2018). ТАЛАБАЛАР ТАФАККУРИНИ РИВОЖЛАНТИРИШНИНГ ПСИХОЛОГИК МЕХАНИЗМЛАРИ.
9. Нарметова, Ю. (2016). Психодиагностические аспекты перинатальной психологии. Диагностика в медицинской (клинической) психологии: традиции и перспективы (к 105-летию СЯ Рубинштейн).
10. Нарметова, Ю. (2016). Tibbiyot muassasalarida faoliyat yurituvchi psixologik kadrlar tayyorlash muammolari. Ilmiy axborotnoma.
11. Нарметова, Ю. К. (2022). ОНКОЛОГИК БЕМОРЛАР ВА УЛАРНИНГ ОИЛА АЪЗОЛАРИНИНГ ПСИХО-ЭМОЦИОНАЛ ХОЛАТЛАРИ. BARQARORLIK VA YETAKCHI TADQIQOTLAR ONLAYN ILMIY JURNALI, 2(12), 220-224.
12. Нарметова, Ю. К. (2022). Особенности психокоррекционного подхода при психосоматических заболеваниях (на примере ишемической болезни сердца). Gospodarka i Innowacje., 21, 258-261.
13. Салохиддинова Газалхон Бекмирзаевна (2018). Профессиональная социолизация будущих педагогов вуза. Вопросы науки и образования, (1 (13)),
14. Salokhiddinova Gazalkhon Bekmirzayevna (2018). Social pedagogue's responsibilities in cooperation with a family to increase child sociability. Достижения науки и образования, (19 (41)), 59-61.
15. Salokhiddinova Gazalkhon Bekmirzayevna (2018). Creativity and artistic thinking as important components of professional competencies of future teachers. Academy, (5 (32)), 69-70.
124-126