Научная статья на тему 'PSIXOLOG FAOLIYATINING ETIK MUAMMOSI, KASBIY ME’YORLARNING O‘ZIGA XOSLIGI'

PSIXOLOG FAOLIYATINING ETIK MUAMMOSI, KASBIY ME’YORLARNING O‘ZIGA XOSLIGI Текст научной статьи по специальности «Естественные и точные науки»

CC BY
2388
149
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
etika / psixoterapiya / psixokorreksiya / patopsixologiya / defektologiya / psixologik maslahat / tibbiyot / pedagogika / sotsiologiya.

Аннотация научной статьи по естественным и точным наукам, автор научной работы — Shaxnoza Po‘lot Qizi Shavkatova, Otabek Ganiyevich Nabijonov

Ushbu maqolada psixolog faoliyatining etik muammosi, kasbiy me’yorlarning o‘ziga xosligi haqida ma’lumotlar keltirilgan. Psixolog shaxsining axloqiy jihatlari va me’yorlari haqida so‘z boradi. Psixologik xizmatni tashkil etish uchun amaliyotchi psixologdan talab etiladigan jihatlar yoritib berilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «PSIXOLOG FAOLIYATINING ETIK MUAMMOSI, KASBIY ME’YORLARNING O‘ZIGA XOSLIGI»

SCIENTIFIC PROGRESS VOLUME 4 I ISSUE 5 I 2023 _ISSN: 2181-1601

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22257

PSIXOLOG FAOLIYATINING ETIK MUAMMOSI, KASBIY ME'YORLARNING O'ZIGA XOSLIGI

Shaxnoza Po'lot qizi Shavkatova Otabek Ganiyevich Nabijonov

Buxoro davlat universiteti Amaliy Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti

psixologiya ta'lim yo'nalishi talabasi Iqtisodiyot ta'lim yo'nalishi magistranti

ANNOTATSIYA

Ushbu maqolada psixolog faoliyatining etik muammosi, kasbiy me'yorlarning o'ziga xosligi haqida ma'lumotlar keltirilgan. Psixolog shaxsining axloqiy jihatlari va me'yorlari haqida so'z boradi. Psixologik xizmatni tashkil etish uchun amaliyotchi psixologdan talab etiladigan jihatlar yoritib berilgan.

Kalit so'zlar: etika, psixoterapiya, psixokorreksiya, patopsixologiya, defektologiya, psixologik maslahat, tibbiyot, pedagogika, sotsiologiya.

Kirish: Amaliy psixolog statusiga ega bo'lishni istagan insonga bir qator talablar qo'yiladi ularning birinchisi u oliy ma'lumotli psixolog bo'lishi z arur. Bunday diplom oliy o'quv yurtini bitirganda yoki ikkinchi mutaxassislik orqali olinadi. Bundan tashqari amaliy psixolog albatta psixoterapiya, psixokorreksiya, patopsixologiya, defektologiya, psixologik maslahat, tibbiyot, pedagogika, sotsiologiya, huquq fanlaridan xabardor bo'lishi talab qilinadi. U albatta bolalar bilan muloqot qila olishi talab qilinadi. Amaliy psixolog albatta psixologik maslahat sirlaridan habardor bo'lishi lozim. Amaliy psixolog albatta hamma sohalarda ishlaydi. Amaliy psixologning statusi rahbar kabi yuqori bo'ladi va shu bilan birga u hammaga hamdard bo'la oladigan inson bo'lishi talab qilinadi. U mijoz bilan suhbatlashayotgan albatta mijozning psixologik xavfsizligini ta'minlashi zarur bo'ladi. Psixolog uchun psixologik xizmat sohasida ishlash vaqtida albatta psixodiagnostika sohasini yaxshi bilishi, psixologik maslahat bera olishi talab qilinadi. Bundan tashqari amaliy psixolog EHM sohasini yaxshi bilishi talab qilinadi.

Amaliy psixologning kasbiy mahorati uning bilimlari texnikasi va inson muomalasining psixoterapevtik texnologiyasini yaxshi bilishida deb hisoblaniladi, u suhbatga kirisha olishi va insonlarni o'ziga jalb qila olishi, ularni ishontira olishi zarur bo'ladi. U o'zida ishonch uyg'ota olishi talab qilinadi va insonlarga psixologik ta'sir o'tkaza olishi zarur bo'ladi. Demak bo'lajak amaliy psixologlar uchun birinchi talab ularning muloqot qila olish qobiliyatini mavjudligi hisoblanadi. Etika jihatidan psixolog o'z ma'naviy qadriyatlariga ega bo'lishi talab qilinadi. Bunda u mijozning shaxsiyatiga tegmasligi kerak. Mijoz bilan albatta shirin momalada bo'lishi talab qilinadi. Ularning axloqiy jihatlari quydagilarni hisobga olishi kerak:

SCIENTIFIC PROGRESS VOLUME 4 I ISSUE 5 I 2023 _ISSN: 2181-1601

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22257

1. Professional faoliyatda amaliy psixolog albatta hamma uchun mas'uliyatli bo'lishi zarur.

2. Amaliy psixolog o'z vazifasini sidqidildan bajarishi lozim, u atrofdagilarning so'zlariga qarab o'zgarmasligi zarur.

3. Psixologning vazifasi mustaqil va avtonom tarkibga ega, u hech kimga bo'ysunmaydi. Uning psixologik nuqtai nazardagi qarori yakuniy natijaga ega bo'lishi zarur.

4. Psixologning qarorini inkor qilish huquqiga faqat maxsus komissiya ega ular yuqori malakali mutaxassislar hisoblanib ularga bunday huquqlar berilgan.

5. Psixolog haqqoniy va samimiy bo'lishi zarur.

6. Unda kasbiy mas'uliyat hissi bo'lishi lozim.

7. Psixolog himoyachi sifatida ham ishtirok etishi mumkin, u o'z mijozlarining psixologik holatlarini himoya qiladi.

8. U psixodiagnostik va psixokorreksion ishlarni amalga oshirayotgan vaqtida ehtiyotkor bo'lishi zarur.

9. Agar psixolog mijozining haq- huquqlar poymol qilinayotgan bo'lsa, u buni yuqori tashkilotlarga yetkazish imkoniyatiga egadir.

10. U siyosiy g'oyalardan, ijtimoiy g'oyalardan, falsafiy fikrlardan xoli bo'lishi

zarur.

11. Amaliy psixolog psixodiagnostik, psixokorreksion, psixterapevtik natijalarni mutaxassis bo'lmaganlarga ko'rsatish huquqiga ega emas.

12. U insonlarga zarar ko'rsatadigan holatlardan uzoqroq bo'lishi talab qilinadi.

13. Psixolog o'zining qila olmaydigan ishlari haqida mijozga va'da bermasligi

kerak.

14. Psixolog ota-onaga, yoki yuqori mansabdagi insonlarga mijozi haqida tafsilotlarni bermasligi zarur.

15. U o' rganilmagan metodikalarni mij ozlarida qo' llash huquqidan mahrumdir.

16. Psixolog albatta sir saqlashni bilishi zarur, u mijozining sirini xech kimga aytmasligi zarur.

17. Psixologik maslahatda albatta o'z me'yorlariga amal qilishi talab qilinadi.

18. Agar psixolog shu me'yorlarni buzsa albatta uning hatti-harakatlari amaliy psixologlar kollegiyasida ko'rib chiqiladi va tegishli jazo qo'llaniladi.

Xulosa: Amaliy psixologning kasbiy mahorati uning bilimlari texnikasi va inson muomalasining psixoterapevtik texnologiyasini yaxshi bilishida deb hisoblaniladi, u suhbatga kirisha olishi va insonlarni o'ziga jalb qila olishi, ularni ishontira olishi zarur bo'ladi. U o'zida ishonch uyg'ota olishi talab qilinadi va insonlarga psixologik ta'sir o'tkaza olishi zarur bo'ladi. Demak bo'lajak amaliy psixologlar uchun birinchi talab

SCIENTIFIC PROGRESS VOLUME 4 I ISSUE 5 I 2023 _ISSN: 2181-1601

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=222ff7

ularning muloqot qila olish qobiliyatini mavjudligi hisoblanadi. Etika jihatidan psixolog o'z ma'naviy qadriyatlariga ega bo'lishi talab qilinadi. Bunda u mijozning shaxsiyatiga tegmasligi kerak. Mijoz bilan albatta shirin momalada bo'lishi talab qilinadi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR

1. Григорович J1.A. Введение в профессию "психолог". М, 2004.

2. Карандашев В.Н. Психология: Введение в профессию. М, 2009.

3. Ковалева А.И. Носкова О.Г. Моя профессия психолог. МГУ, 2007

4. http://textshare.tsx.org

5. http: //www. mgimo. ru/fileserver

6. http://www.ssu.runnet.ru

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.