Научная статья на тему 'HARBIY XIZMATCHI VA HARBIY JAMOANI PSIXOLOGIK O‘RGANISHNING TADQIQOT METOD VA METODIKALARI'

HARBIY XIZMATCHI VA HARBIY JAMOANI PSIXOLOGIK O‘RGANISHNING TADQIQOT METOD VA METODIKALARI Текст научной статьи по специальности «Психологические науки»

CC BY
235
44
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
shaxs / guruh / harbiy psixologiya / harbiy jamoa / harbiy psixolog / metodlar. / personality / group / military psychology / military team / military psychologist / methods.

Аннотация научной статьи по психологическим наукам, автор научной работы — Tilavov, Begzod Abdusamatovich

Maqolada harbiy xizmatchi va harbiy jamoani psixologik o‘rganishda keng tarqalgan tadqiqot metodlarini qo‘llashning nazariy jihatlari yoritilgan. Harbiy qism va muassasalardagi psixologik faoliyat harbiy xizmat vazifalarini maromida bajarish maqsadida harbiy xizmatchilar va bo‘linmalar faoliyatida vujudga keladigan turli ruhiy – emotsional muammolar diagnostikasini hamda profilaktikasini bajarish zarurati turli omillar bilan asoslangan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

RESEARCH METHODS AND METHODS OF PSYCHOLOGICAL STUDY OF MILITARY SERVICEMEN AND MILITARY TEAMS

The article discusses the theoretical aspects of the application of research techniques common in the psychological study of military personnel and military personnel. The need to diagnose and prevent various mental and emotional problems that arise in the activities of military personnel and units in order to carry out psychological measures in military units and institutions in the rhythm of performing military service tasks is justified by various factors.

Текст научной работы на тему «HARBIY XIZMATCHI VA HARBIY JAMOANI PSIXOLOGIK O‘RGANISHNING TADQIQOT METOD VA METODIKALARI»

Oriental Renaissance: Innovative, (E)ISSN: 2181-1784

educational, natural and social sciences 4 (3), March., 2024

SJIF 2024 = 7.404 / ASI Factor = 1.7 www.oriens.uz

HARBIY XIZMATCHI VA HARBIY JAMOANI PSIXOLOGIK O'RGANISHNING TADQIQOT METOD VA METODIKALARI

Tilavov Begzod Abdusamatovich

Chirchiq OTQMBYU Gumanitar fanlar kafedrasi katta o'qituvchisi, dotsent

ANNOTATSIYA

Maqolada harbiy xizmatchi va harbiy jamoani psixologik o 'rganishda keng tarqalgan tadqiqot metodlarini qo 'llashning nazariy jihatlari yoritilgan. Harbiy qism va muassasalardagi psixologik faoliyat harbiy xizmat vazifalarini maromida bajarish maqsadida harbiy xizmatchilar va bo 'linmalar faoliyatida vujudga keladigan turli ruhiy - emotsional muammolar diagnostikasini hamda profilaktikasini bajarish zarurati turli omillar bilan asoslangan.

Kalit so'zlar: shaxs, guruh, harbiy psixologiya, harbiy jamoa, harbiy psixolog, metodlar.

АННОТАЦИЯ

В статье рассматриваются теоретические аспекты применения исследовательских методик, распространенных в психологическом изучении военнослужащих и военного коллектива. Необходимость проведения диагностики и профилактики различных психических и эмоциональных проблем, возникающих в деятельности военнослужащих и подразделений, с целью проведения психологических мероприятий в воинской части и учреждениях в ритме выполнения задач военной службы обоснована различными факторами.

Ключевые слова: личность, группа, военная психология, военный коллектив, военный психолог, методы.

ABSTRACT

The article discusses the theoretical aspects of the application of research techniques common in the psychological study of military personnel and military personnel. The need to diagnose and prevent various mental and emotional problems that arise in the activities of military personnel and units in order to carry out psychological measures in military units and institutions in the rhythm of performing military service tasks is justified by various factors.

Key words: personality, group, military psychology, military team, military psychologist, methods.

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences

SJIF 2024 = 7.404 / ASI Factor = 1.7

KIRISH

Harbiy xizmatchi shaxsining psixologik faktorlarini tekshirish-harbiy psixologiyaning asosiy muammolaridan biridir. Shuningdek, harbiy jamoalarda shaxslararo munosabatlar, komandirlar bilan bo'ysunuvchilar muloqotining psixologik xususiyatlari, favquloddagi holatlarda harbiy xizmatdagi kishilar psixikasining o'zgarishi, bo'linmalarda psixologik muhit masalasi, harbiy -vatanparvarlik tuyg'usini shakllantirish birlamchi muammo ekanligi va hokazo. Harbiy psixologiya negizida sotsial psixologiya, mehnat psixologiyasi, muhandislik psixologiyasi, pedagogik psixologiya sohalarining nazariy-amaliy materiallari, umumbashariy qonuniyatlar yotadi.1

Harbiy psixolog, professor L.A.Kandibovich fikriga ko'ra, "o'z fe'l-atvorini, xulqini boshqarishni o'rganmoq kerak, insonda hayotning yangi sharoitlarida oqilona harakat qilishga tayyor bo'lishni tarbiyalash lozim". Bu yerda tayyor turishni shakllantirishni professor ikki ma'noda ko'rib chiqmoqda: birinchidan, ruhiy holat sifatida; ikkinchidan, shaxsiy sifatlar majmuasi (kompleksi), ya'ni, hayotiy vaziyatlarning keskin o'zgarishida tayyorlikni ta'minlovchi bilimlar, mahoratlar va ko'nikmalar sifatida.2

Harbiy psixolog kasbining o'ziga xosligi harbiy xizmatchilar va harbiy jamoani psixologik holati bo'yicha aniq va to'laqonli ma'lumot berishdan iborat. Yuqorida ta'kidlaganimizdek, harbiy xizmatchilarni va harbiy jamoani boshqarishda bo'linma komandirlari va harbiy psixologlarning o'zaro hamkorligi yuqori xizmat samaradorligini oshirishda muhim rol o'ynaydi.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Harbiy xizmatchini va harbiy jamoani psixologik o'rganish ikki xil turda-alohida harbiy xizmatchini (individual) va guruh (jamoa) larga ajratgan holda o'rganiladi. Shunga ko'ra, harbiy xizmatchilarning alohida (individual) psixologik o'rganishning predmeti-harbiy xizmatchilarning shaxsning o'ziga xos xususiyatlarini o'rganish hisoblansa, guruhlarga ajratib o'rganishning predmeti esa-harbiy jamoaning o'ziga xos ijtimoiy-psixologik jihatlarini o'rganish hisoblanadi.

Harbiy xizmatchilarni psixologik o'rganish qismlarga ajratib, quyidagi (1-rasm) alohida bosqichlarda o'rganilishini tavsiya etamiz:

1 E. G'oziyev. Umumiy psixologiya. Psixologiya mutaxassisligi uchun darslik. Toshkent. «Universitet» 2008 y.

31-bet

2 O'.R. Urunov. Harbiy psixologiya. Darslik. O'R QK Akademiyasi nashri, Toshkent 2018 y. 38 bet

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences

SJIF 2024 = 7.404 / ASI Factor = 1.7

1-rasm. Harbiy xizmatchilarni psixologik o'rganishning alohida bosqichlari.

Keyingi yillarda kasbga psixologik tanlash jarayoniga e'tibor oshib bormoqda3.

Mazkur jarayonda psixodiagnostik tadbirlar natijalaridan:

1. Psixodiagnostika ta'lim-tarbiya jarayoni samaradorligini oshirish maqsadida intensiv ravishda qo'llanilishi mumkin. Psixodiagnostika kasbiy ta'lim-tarbiya oldida turgan qator vazifalar, xususan kasbiy ta'limni rejalashtirish, tashkil etish, boshqarishda amaliy yordam beradi. Shaxs darajasidagi og'ishlar va o'qishda o'zlashtirish darajasining pastligining pedagogik-psixologik jihatlarini o'rganish, ta'limni differensiallashtirish, kasbiy yo'naltirish, individual yondashuvni shakllantirish jarayonida qo'llash mumkin.

2. Psixodiagnostika kasbiy yo'naltirish va kasbga psixologik» tanlashni o'tkazish sohasi mutaxassislari faoliyatining ajralmas qismini tashkil etib, ushbu jarayon xar bir shaxsga uning individual-psixologik, psixofiziologik xususiyatlaridan kelib chiqqan holda kasb (lavozim)ga tavsiya etish, kasbiy malaka va ko'nikmalarni samarali egallash yo'llarini ko'rsatib berish uchun xizmat qiladi.

Umumiy psixologiyada inson psixikasini tadqiq qilish metodlarining turli yo'nalishlari mavjud. Tekshiriladigan psixik hayot hodisalari juda xilma-xil bo'lib, murakkab va psixologik jarayonlarga xos hodisalarni o'z ichiga oladi. Bu psixologik holatlar, hodisalar va jarayonlar qanday metodlar, ya'ni qaysi yo'llar, qanday usullar bilan tekshiriladi, degan savol tug'ilishi tabiiy. Avvalo metodning o'zi nima, degan savolga javob berishga to'g'ri keladi. Metod lotincha «methados» so'zidan olingan

3 Порохин С. Профессиональные качества - основа победоносности войск // Ориентир № 9 . 2001. - С. 32., Решетников М.М. Профессиональный отбор в системе образования, промышленности и армии США // Психологический журнал. - 1987. - Т. 8. N 3. - С. 145-153.. Самаров Р. Проблемы психологической готовности военнослужащих к несению воинской службы. Психология фани XXI аcрда // Халкаро илмий-амалий анжуман метериаллари. - Т., 2002. - 97-98 б.

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences

SJIF 2024 = 7.404 / ASI Factor = 1.7

bo'lib, aniq masalalarni hal qilishga qaratilgan voqelikni amaliy yoki nazariy bilish usullari hamda amallarining majmuidan iboratdir. 4

Bu metodning umumiy ta'rifidir. Agar uni har bir alohida fanga nisbatan oladigan bo'lsak, u paytda metod ayni shu fanning predmetini tekshirish, o'rganish na tushuntirib berish usullarining yig'indisi ekanligi kelib chiqadi. Demak, har qanday metod ma'lum prinsiplarga asoslanmog'i kerak.

Harbiy xizmatchilarni psixologik o'rganish vaqtida quyidagi metod va metodikalardan foydalanishimiz mumkin:

- kuzatish (ichki va tashqi);

- hujjatlarni o'rganish (kontent-tahlil) metodi;

- so 'roq (suhbat, intervyu) metodlari;

- anketa metodi;

- testlar;

- proyektiv testlar.

Kuzatish metodi psixologiyaning asosiy va keng qo'llaniladigan metodlaridan biri bo'lib, bu metod yordamida psixik jarayonlarni va shaxsning psixologik xususiyatlarini tabiiy sharoitda, ya'ni odam u yoki bu faoliyatda qanday bo'lsa shundayligicha o'rganiladi.5

Kuzatish metodi harbiy psixologiyada o'ziga xos ijtimoiy sharoitlarda, o'ziga xos vaziyatlarda va ma'lum guruhlarda ishlatiladi. Bunda kuzatuvchi eng avvalo nimani kuzataman, qanday yo'l bilan kuzataman, kuzatuv birligi qilib nimani olaman, kuzatuvni qancha vaqt mobaynida davom ettiraman degan qator savollarga javob topgandan keyingina tadqiqotini boshlaydi. Demak, kuzatish metodi yordamida aniq ishlab chiqilgan reja asosida kuzatuvchini qiziqtirgan u yoki bu ijtimoiy xulq-atvor shakllari qayd etiladi. Bu uslub qo'llanilganda tadqiqotchi bir qancha qoidalarga rioya qilishi lozim. Chunonchi, kuzatish maqsadining aniq bo'lishi va uning ilmiy maqsadlarga mos kelishi:

- kuzatish shaklini tanlash va kuzatish natijalarini qayd etish usullarini ishlab chiqish;

- ma'lum reja - sxema asosida muttasil kuzatuv olib borish;

- olingan natijalarning asosliligi va ishonchliligini boshqa usullar yordamida tekshirib ko'rish.

4 N.Boymurodov. Amaliy psixologiya. Oliy va o'rta maxsus talim vazirligi, Xalq ta'limi vazirligi o'quv muassasalarida ishlaydigan amaliy psixologlar, o'qituvchilar va talabalar uchun o'quv qo'llanma. Toshkent «Yangi asr avlodi» 2008 y. 19-bet

5 N.Boymurodov. Amaliy psixologiya. Oliy va o'rta maxsus talim vazirligi, Xalq ta'limi vazirligi o'quv muassasalarida ishlaydigan amaliy psixologlar, o'qituvchilar va talabalar uchun o'quv qo'llanma. Toshkent «Yangi asr avlodi» 2008 y. 21-bet

SJIF 2024 = 7.404 / ASI Factor = 1.7

Kuzatish kuzatuvchi tomonidan kuzatish obyekti bo'lmish harbiy xizmatchilar guruhi bilan birga yashab, ularga qo'shilib ish tutib, tabiiy sharoitlarda ma'lumot to'plansa, bunday kuzatish turini "birgalikdagi kuzatuv" deb ataladi. Bunday kuzatishning klassik misoliga amerikalik ijtimoiy psixologik U.Uaytning o'smirlar psixologiyasi, ular guruhidagi ijtimoiy psixologik hodisalarni o'rganishga qaratilgan mashhur tadqiqotini kiritish mumkin. Boshqa xollarda esa kuzatuvchi o'z obyektini chetdan kuzatadi, shuning uchun ham bunday kuzatuv turi "chetdan kuzatuv" yoki "obyektiv kuzatish" deb ataladi. Bu usul xuddi umumiy psixologiyada bo'lgani kabi tashqi xulq-atvorni qayd qilish natijasida ma'lumot to'plashga asoslanadi. Bunday yo'l bilan ilmiy faktlarni isbot qilish qiyin, lekin baribir, u ham harbiy psixologiyada yordamchi usul sifatida ishlatiladi. Bizning fikrimizcha, ijtimoiy psixologik treninglar sharoitida har bir shaxsning xulq-atvorini kuzatish muhim ma'lumotlar to'plashga yordam beradi, chunki bunda kuzatish metodiga xos bo'lgan eng qimmatli narsa-sharoitlarning tabiiyliligi saqlab qolinadi.

Hujjatlarni o'rganish metodi. Inson psixikasini tadqiq etish uchun uning hayoti, faoliyati, ijodiyoti to'g'risidagi og'zaki va yozma ma'lumotlar muhim ahamiyatga ega.6

Hujjatlarni o'rganish metodi sotsiologiya fanidan kirib kelgan. Bu metodning qator afzalliklari bor. Ulardan muhimlari shundan iboratki, u harbiy faoliyatning mahsulini tekshirishga imkon beradi hamda to'plangan ma'lumotlarning ishonchliligi, matematik qayta ishlash imkoniyatining borligi bilan ajralib turadi.

Materiallarni ma'naviy jihatdan ham sifat, ham miqdoriy tahlil qilinish usuli ijtimoiy psixologiyada kontent-tahlil deb ataladi.7 Kontent-tahlilning ilmiy mohiyati shuki, uning yordamida biror matnda ma'lum fikr, g'oya yoki tushunchalarning necha marta qaytarilishi qayd etiladi, ya'ni ma'lum mazmun miqdor ko'rinishiga keltiradi. Bu metodning asoschilari amerikalik sotsiologlar X.Lassuell va B.Berelsonlar bo'lib, ular bu usulni birinchi marta ikkinchi jahon urushi yillarida bir siyosiy gazetaning mazmuni, uning g'oyaviy yo'nalishini aniqlash maqsadida qo'llagan edilar. Ular "haqiqiy amerikalik" nomli gazetaning kundalik chiqishlarini kontent-tahlil qilib, ularni fashistik yo'nalishidagi gazeta ekanligini isbot qilishgan va uning chiqishini taqiqlashga erishgan edilar.

Kontent-tahlilni qo'llashda tadqiqotchi oldida turgan asosiy muammo bu tekshiruv birliklari-kategoriyalarni aniqlashdir. Chunki bunday birliklar tadqiqotning maqsadi va tadqiqotchining e'tiqodi va dunyoqarashiga ko'ra har xil bo'lishi mumkin.

6 E. G'oziyev. Umumiy psixologiya. Psixologiya mutaxassisligi uchun darslik. Toshkent «Universitet» 2008 y.

7 V.M. Karimova. Ijtimoiy psixologiya. O'zbekiston Respublikasi Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi, Nizomiy nomidagi Toshkent Davlat pedagogika universiteti. Toshkent - 2007. 31 bet

50 bet.

SJIF 2024 = 7.404 / ASI Factor = 1.7

Masalan, kontent-tahlilning asoschilari Lassuell va Berelsonlar bunday birlik-ramziy birlik yoki simvollar bo'lishi mumkin, deb hisoblashgan bo'lsalar, boshqa amerikalik tadqiqotchi L.Lovental bunday birlik yaxlit mavzu bo'lishi kerak deb hisoblaydi. Aslida, bunday birliklar kontent-tahlilda ilmiy taxmin va tadqiqotchining metodologik asoslari bilan belgilanishi kerak. Shuning uchun ham ko'pgina tadqiqotchilarni umumlashtirib, tahlil uchun birliklar quyidagilar bo'lishi mumkin deb hisoblaymiz:

A) alohida iboralar yoki so'zlarda bildirilgan tushunchalar (masalan, demokratiya, faollik, tashabbus, hamkorlik va hokazo);

B) yaxlit xat boshi, matnlar, maqolalar va shunga o'xshashlarda ko'tarilgan mavzular (masalan, millatlararo munosabatlar mavzusi, insonlardagi milliy qadriyatlar mavzusi va hokazo);

V) tarixiy allomalar, siyosatshunoslar, taniqli shaxslarning nomlari;

G) ijtimoiy hodisa, rasmiy hujjat, biror aniq fakt, asar (masalan, oilaviy mojarolar, O'zbekiston Konstitutsiyasi muhokamasi, yangi yozilgan asarga o'quvchilarning munosabati va shunga o'xshash).

Yaxshi o'tkazilgan kontent-tahlil aslida harbiy psixologik tadqiqotlarda juda katta ahamiyatga ega. Kontent-tahlil tadqiqotchidan kattagina o'quvni talab qiladi, chunki bir tomondan, u yoki bu matnni tushunish mahorati bo'lishi kerak, ikkinchi tomondan, tadqiqot so'ngida qo'lga kiritilgan miqdoriy birliklarni yana qayta sifat formasiga keltirish lozim, ya'ni tushuntirib berish kerak.

So'roq metodlari. Birorta psixik jarayonning ichki xususiyatlarini aniqlash yuzasidan tekshirilayotgan odamga maxsus berilgan savollarga javob olish usuli so'roq va suhbat metodi deyiladi.8

So'roq metodlari harbiy psixologik tadqiqotlarda keng qo'llaniladi, ayniqsa, anketa so'rovi va intervyu metodlari. Yozma so'roq yoki anketaning afzalligi shundaki, uning yordamida bir vaqtning o'zida ko'pgina harbiy xizmatchilar fikrini o'rganish mumkin bo'ladi. Unga kiritilgan savollar, ulardan kutiladigan javoblar (yopiq anketa), yoki erkin o'z fikrini bayon etish imkoniyatini beruvchi (ochiq anketa) so'rovnomalar aniq va ravon tilda javob beruvchilar tushunish darajasiga monand tuzilgan bo'lsa, shubhasiz, qimmatli birlamchi materiallar to'planadi.

So'roqning ham erkin va standartlashtirilgan shakllari mavjud bo'lib, birinchisida oldindan nimalar so'ralishi qat'iy belgilab olinmaydi, ikkinchi shaklida esa, hattoki, kompyuterda dasturi ishlab chiqilib, bir qancha harbiy xizmatchilarda bir xil talablar doirasida so'roq o'tkazilishi nazarda tutiladi.

8 N.Boymurodov. Amaliy psixologiya. Oliy va o'rta maxsus talim vazirligi, Xalq ta'limi vazirligi o'quv muassasalarida ishlaydigan amaliy psixologlar, o'qituvchilar va talabalar uchun o'quv qo'llanma. Toshkent - «Yangi asr avlodi» 2008 y. 27-bet

SJIF 2024 = 7.404 / ASI Factor = 1.7

Bu metodlarni qo'llashni qator metodologik qiyinchiliklari mavjud, chunki, bu yerda doim harbiy jamoalarda o'zaro munosabatlar, o'zaro ta'sir shakllari mavjud bo'lib, tadqiqotchining subyektiv munosabatlarini ham inkor qilib bo'lmaydi. O'rganish mobaynida harbiy xizmatchilarning shaxslararo idrok va subyektiv bir-birini tushunishga qaratilgan barcha qonuniyatlar ishlaydi. Shunga qaramay, juda ko'p harbiy psixologik ma'lumotlarni to'plashda so'roq metodlari eng qulay usullar sifatida ishlatib kelinmoqda.

Shunday qilib, so'roq metodlari tadqiqotchi bilan tekshiriluvchining bevosita (suhbat, intervyu) yoki bilvosita (anketa) muloqoti tufayli birlamchi ma'lumotlar to'plash usulidir. Harbiy xizmatchilar tilidan yozma yoki og'zaki tarzda olingan fikrlar ma'lumotlarning manbai bo'lib xizmat qiladi. Eng yaxshi suhbat yoki intervyu bu bevosita, erkin fikr almashinuvi sharoitida o'zaro fikr almashinuviga qaratilgan muloqotdir. Chunki suhbatdan farqli, intervyu aniq muammo doirasida, qat'iy bir yo'nalishda olib boriladi. Intervyu oluvchi suhbatdoshga nisbatan neytral mavqeda bo'lib, uning fikrlashiga xalaqit bermasligi, ayniqsa, unga tazyiq o'tkazmasligi lozim. Intervyu jarayonining samarali kechishi uchun suhbatdoshda o'ziga nisbatan ijobiy munosabat shakllantirib, birinchi so'zlarni aniq, ravon, ifodali bayon qilish muhimdir.

Intervyu o'tkazishga odam maxsus ravishda tayyorgarlik ko'rishi kerak, chunki u odamdan qator muhim sifatlarning bo'lishini talab qiladi. Shuning uchun ham ijtimoiy psixologiyada "rolli o'yinlar" metodi yordamida psixolog yoki sotsiologlar maxsus tayyorgarlik kursidan o'tadilar.

Anketa metodi hammaga tanish bo'lgan usullardan biri. Lekin ko'pincha anketani o'tkazgan odam uning tuzilishi qanchalik qiyinligini yoki olingan ma'lumotlarni qayta ishlash, ularni to'g'ri sharhlash naqadar mushkul ekanligini tasavvur qilmaydi. Anketaga kiritilgan savollar ma'lumotiga ko'ra anketa ochiq va yopiq turlarga bo'linadi.9

Anketa metodi hammaga tanish bo'lgan usullardan biri. Lekin ko'pincha anketani o'tkazgan harbiy psixolog uning tuzilishi qanchalik qiyinligini yoki olingan ma'lumotlarni qayta ishlab, sharhlash qiyinligini tasavvur qilmaydi. Yuqorida qayd etilganidek, anketaga kiritilgan savollarga ko'ra anketa ochiq va yopiq turlarga bo'linadi. Ochiq anketa respondentdan o'z fikrini bilganicha bayon etishni talab qiladi, yopiq shakldagi anketa savollarining esa javoblari berilgan bo'lib, tekshiriluvchi o'ziga ma'qul bo'lgan, karashlari, fikrlari bilan mos bo'lgan javobni beradi. Ochiq savollarning kamchiligi respondentlarning har doim ham qo'yilgan vazifaga yetarli darajada mas'uliyat bilan qaramaganligi hamda yozilgan javoblarni

9 V.M. Karimova. Ijtimoiy psixologiya. O'zbekiston Respublikasi Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi, Nizomiy nomidagi Toshkent Davlat pedagogika universiteti. Toshkent - 2007. 32 bet

SJIF 2024 = 7.404 / ASI Factor = 1.7

statistik ishlov berishdagi qiyinchiliklar bo'lsa, yopiq anketada respondentga tekshiriluvchi tomonidan o'z fikriga ergashtirishga o'xshash holat yoki har doim ham hamma savolning barcha javob variantlarini topib bo'lmaslikdir. Shunday holatlarda respondent yo umuman javob bermasligi yoki tavakkal bir variantni belgilab berishi mumkin.

Shuning uchun ham oxirgi paytda yarim yopiq savollardan iborat anketalar tuzilmoqdaki, ularda javob variantlaridan tashqari, yana qo'shimcha fikr bildirish uchun qo'shimcha qatorlar qoldiriladi.

Odatdagi anketa tuzilishi jihatdan uch qismga bo'linadi:

1. Kirish qismi yoki "respondentga murojaat" deb ataladi. Bu qismda odatda tadqiqot o'tkazayotgan tashkilot nomi, oddiy tilda tadqiqot maqsadlari va ularning qanday foydasi borligi, tekshiriluvchining shaxsiy ishtiroki nima berishi, olingan ma'lumotlarning umumlashtirilgan holda ishlatilishi (anonim), anketani to'ldirish yo'llari va boshqalar yoziladi. Yo'riqnoma - murojaatning qanchalik yaxshi yozilganligi bevosita tekshiriluvchining ishga bo'lgan munosabatiga bog'liqdir.

2. Asosiy qism. Bunga savollar kiritiladi, lekin savollar tartibiga ham e'tibor berish kerak, chunki boshidan boshlab qiyin savollar berilsa, bu narsa sinaluvchini cho'chitib qo'yishi, hattoki, to'ldirmasdan, anketani qaytarib berishiga majbur qilishi ham mumkin. Shuning uchun boshida yengil, xolis savollar berib, tekshiriluvchini qiziqtirib olib, keyin qiyinroq, psixologik savollarga o'tish, oxirida yana "neytralroq" savollar berish maqsadga muvofiq.

3. Yakuniy qism respondentning shaxsiy sifatidagi obyektiv ma'lumotlarni olishga qaratilgan bo'lib, unda shaxsning jinsi, yoshi, oilaviy ahvoli, kasb-kori va boshqalar so'raladi.

Anketalar tarqatilish uslubiga ko'ra, qo'l bilan tarqatiladigan, ijtimoiy tarmoqlar yoki pochta orqali yuboriladigan, gazeta yoki jurnallar orqali to'ldiriladigan formalarga bo'linadi.

To'plangan ma'lumotlarga, odatda, statistik qayta ishlov beriladi yoki ular kompyuterlar yordamida tahlil qilinadi.

Test (inglizcha. Test-sinash, tekshirish) (psixologiyada)-shaxsning aqliy taraqqiyoti, qobiliyati, irodaviy sifatlari, shuningdek, uning boshqa ruhiy xususiyatlarini tekshirishda qo'llaniladigan qisqa standart mashqlar. Ijtimoiy amaliyotda test odamning qanday kasb-hunar egallashi mumkinligi, uning kasbga layoqati yoki layoqatsizligini, iste'dodli yoki aqli zaifligini aniqlashda, muayyan hamkorlikdagi faoliyatga shaxslarni saralashda keng qo'llaniladi. Uning yordamida tajribaning ilmiylik darajasi, kafolatligi, tekshiriluvlarning mahorati, qiziqishi, to'plangan amaliy ma'lumotlarning haqqoniyligi, ishonchlilik ko'rsatkichi bir necha

SJIF 2024 = 7.404 / ASI Factor = 1.7

mezonlarga asoslanib tahlil qilinadi. Testning nazariy asoslarini ingliz psixologi Fransis Galton (1822-1911) ishlab chiqqan (1883). Test atamasini birinchi marta amerikalik psixolog Jeyms Kettell (1860-1944) qo'llagan (1890). Fransuz psixologi A. Bine va uning shogirdi T. Simon insonning aqliy o'sishi va iste'dodi darajalarini o'lchash imkoniyati borligi g'oyasini olg'a surganidan keyin aqliy testlar nazariyasi keng yoyildi. Miqdoriy ma'lumotlarni statistika metodikalari yordamida hisoblab chiqish yuzaga keldi. Amerikalik Lyuis Permen (1877-1955) insonlarning aqliy qobiliyatlarini uzluksiz 50-yil davomida o'rgangan.10

Testlar psixologiyadan harbiy psixologiyaga kirib kelgan usuldir, bu qisqa sinov usuli bo'lib, ular yordamida u yoki bu harbiy-ijtimoiy psixologik hodisa qisqa muddat ichida bir texnik usul testda tekshiriladi. Testlarni qo'llashning qulaylik tomoni-bir test yordamida bir obyektning u yoki bu xususiyatini bir necha marta, takror-takror sinab ko'rish mumkin. Lekin ularni universal deb bo'lmaydi, chunki u yoki bu testni faqat qanday turdagi obyektda sinalgan bo'lsa, shunga o'xshash obyektlardagina qo'llash mumkin, qolaversa, bunda olingan ma'lumotlar nisbiy fe'l -atvorga ega bo'ladi. Lekin shunday bo'lishiga qaramay, testlar, ayniqsa hozirgi kunlarda hayotimizga keng kirib keldi. Shaxs xususiyatlarini tekshiruvchi testlardan tashqari, harbiy xizmatchining shaxslararo muloqot tizimidagi o'rnini, undagi muloqot malakalarining bor-yo'qligini sinovchi, harbiy xizmatchining aqliy sifatlarini tekshiruvchi testlar keng qo'llanilmoqda. Lekin shuni esdan chiqarmaslik kerakki, testni tuzish, uni obyektlarda sinovdan o'tkazish, hattoki, tayyor testni moslashtirish yuksak bilimlarni, malakani, olimlik odobini talab qiladigan ishdir.

Testlar xususida yana shuni aytish mumkinki, har bir testning o'z "kaliti" buladi va bu kalitning egasida maxsus litsenziyalar, ya'ni kelishuvga ko'ra ishonchli shaxslargagina berish huquqi bo'ladi. "Kalitsiz" esa maxsus testlarni hech kim ishlata olmaydi.

Test-so'rov oldindan qat'iy tarzda qabul qilingan savollarga beriladigan javoblarni taqozo etadi. Masalan, Ayzenkning 57 ta savoldan iborat testi shaxsdagi introversiya-ekstroversiyani o'lchaydi, savollarga "ha" yoki "yo'q" tarzida javob berish so'raladi.

Test-topshiriq harbiy xizmatchilar xulqi va holatini amalga oshirgan ishlari asosida baholashni nazarda tutadi. Masalan, ular tafakkuridagi ijodiylikni aniqlash uchun ko'pincha bir qarashda oddiygina topshiriq beriladi: berilgan 20 ta doira shaklidagi shakllardan o'zi xohlagancha rasmlar chizish imkoniyati beriladi. Ma'lum vaqt va tezlikda bajarilish sur'ati, rasmlarning o'ziga xos va betakrorligiga qarab harbiy xizmatchi fikrlashi jarayonining naqadar nostandart, ijodiy va kreativligiga

10 https://uz.wikipedia.org/wiki/Test

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences

SJIF 2024 = 7.404 / ASI Factor = 1.7

baho berilib, miqdoriy ko'rsatkich aniqlanadi. Bu metodlarning umumiy afzalligi ularni turli yosh, jins va kasb egalariga nisbatan qo'llashning qulayligi, bir guruhda natija bermasa, boshqa guruhda yana qayta tekshiruv o'tkazish imkoniyatining borligi bo'lsa, kamchiligi-ba'zan tekshiriluvchi agar testning mohiyatini yoki kalitini bilib qolsa, sun'iy tarzda uning kechishiga ta'sir ko'rsatishi, faktlarni soxtalashtirishi mumkinligidir.

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

Proyektiv testlar maxsus guruhga ajratiladi. Proyektiv test kishining u yoki bu psixologik sifatini to'ridan-to'g'ri emas, balki bavosita baholaydi. Bunday baholash kishining ko'p ma'noli obyektlarni qanday qabul qilishi va talqin qilishining tahlili natijasida olinadi.11

Proyektiv testlar. Bu usullar test usullarining bir ko'rinishi bo'lib, unda tekshiriluvchiga aniq tizim yoki ko'rinishga ega bo'lmagan, noaniq narsalar tavsiya etiladi va ularni sharhlash topshirig'i beriladi. Ya'ni, tekshiriluvchiga turlicha talqin qilish mumkin bo'lgan rasmlar, tugatilmagan hikoyalar, biror aniq ko'rinishga ega bo'lmagan buyumlar, yog'ochlar berilishi mumkin, ularga qarab tekshiriluvchi o'zining hissiy dunyosi, qiziqishlari, dunyoqarashi nuqtayi nazaridan baho berishi mumkin.

Proyektiv usullarga mashhur "Rorshaxning siyoh dog'lari" testini kiritish mumkin (1921). Bu dog'lar ikki tomonlama simmetrik shaklda berilgan 10 xil dog'lardan iborat bo'lib, har bir dog' har xil bo'yoqli fonda ko'rsatiladi. Tekshiriluvchidan har bir "dog'"ning nimani eslatayotganligini aytish so'raladi. Uning fikridan va so'zlaridan, assotsiatsiyalarga qarab (ularni kontent-tahlil qilib) shaxs xususiyatlari haqida xulosa qilinadi.

Yana bir proyektiv usul - bu S.Rozensveygning rasmli assotsiatsiyalar usulidir. Bunda hayotda tez-tez uchrab turadigan ziddiyatli vaziyatlarni aks ettirgan rasmlar tekshiriluvchiga tavsiya qilinadi. Bu rasmlarda bir tomonda turgan ishtirokchilar (rasmda) nimalarnidir gapirayotgan holda gavdalantiriladi, unga qarshi tomondagi shaxs esa hali javob qaytarib ulgurmagan, tekshiruvchi tekshiriluvchidan tez, qisqa muddat ichida bo'sh kataklarga berilishi mumkin bo'lgan javobni yozishni so'raydi. Berilgan javoblarga qarab harbiy xizmatchining yo'nalishi, uning ziddiyatlarga munosabati, agressiya-jaholat hissining xususiyatlari, bu hisning kimlarga qaratilganligi va shunga o'xshash muhim faktlar to'planadi.

Proyektiv testlar sinaluvchining yashirin va anglanilmagan psixologik xususiyatlarini psixodiagnostika qilish zarurati tug'ilganda qo'llaniladi.12

11 Z. Nishonova, Z.Qurbonova, S.Abdiyev. Psixodiagnostika va eksperimental psixologiya. O'quv qo'llanma. "Tafakkur bo'stoni" Toshkent — 2011. 37-bet

12 Z. Nishonova, Z.Qurbonova, S.Abdiyev. Psixodiagnostika va eksperimental psixologiya. O'quv qo'llanma. "Tafakkur bo'stoni" Toshkent — 2011. 38-bet

SJIF 2024 = 7.404 / ASI Factor = 1.7

Harbiy jamoani tadqiq etish metod va metodikalari. Harbiy jamoani ijtimoiy psixologik o'rganish bo'linma ofitserlari va harbiy psixolog tashkillashtiriladi va olib boriladi.

Shunday qilib, harbiy psixologiya hozirgi kunda juda ko'p metodlarga ega, biz tanishib chiqqan metodlar ularning bir qismi, xolos. Har bir holatda o'z tadqiqot obyektining xususiyatlari, tadqiqot maqsadi va mavzusiga qarab kerakli uslubni tanlash mumkin. Shuning uchun ham metodlar to'plami bilan to'laligicha tanishish uchun maxsus adabiyotlarni ko'rib chiqish kerak bo'ladi.

XULOSA VA TAKLIFLAR

Xulosa o'rnida quyidagilarni keltirishimiz mumkin:

1. Harbiy xizmatchilar va harbiy jamoani psixologik o'rganish bosqichlari ko'rsatilgan, unda har bir bosqichda harbiy xizmatchini va harbiy jamoani o'ziga xosliklari o'rganib boriladi. Psixologik o'rganishlarni bosqichlarga ajratishimiz harbiy qismda faoliyat ko'rsatayotgan harbiy psixologga harbiy xizmatchilarni o'rganishda o'ziga xos qulayliklarni keltiradi:

- Harbiy xizmatchi va harbiy jamoani psixologik o'rganishni tartiblashtiradi, ma'lumotlarni yig'ib boradi.

- Harbiy xizmatchi va harbiy jamoa to'g'risida olingan ma'lumotlarni umumlashtirib, tahlil qilgan holda bevosita boshliqlariga tatbiq etadi.

2. Harbiy xizmatchini va harbiy jamoani psixologik o'rganishdagi har bir bosqichda tegishli metod va metodikalardan foydalanish qulayligi, hatto ayrim metod va metodikalarni (misol tariqasida, kuzatuv, suhbat, hujjatlar orqali ma'lumotlar yig'ish) har bir bosqichda qo'llashimiz mumkin.

REFERENCES

1. E. G'oziyev. Umumiy psixologiya. Psixologiya mutaxassisligi uchun darslik. Toshkent. «Universitet» 2008 y. 31, 50-betlar.

2. O'.R. Urunov. Harbiy psixologiya. Darslik. O'R QK Akademiyasi nashri, Toshkent 2018 y. 38 bet.

3. Порохин С. Профессиональные качества - основа победоносности войск // Ориентир № 9 . 2001. - С. 32., Решетников М.М. Профессиональный отбор в системе образования, промышленности и армии США // Психологический журнал. - 1987. - Т. 8. N 3. - С. 145-153.. Самаров Р. Проблемы психологической готовности военнослужащих к несению воинской службы. Психология фани

Psixologik o'rganishni tizimlashtiradi;

SJIF 2024 = 7.404 / ASI Factor = 1.7

XXI acpga // Xan^apo HnMHH-aManHH aH^yMaH MeTepnarnapH. - T., 2002. - 97-98

4. N.Boymurodov. Amaliy psixologiya. Oliy va o'rta maxsus talim vazirligi, Xalq ta'limi vazirligi o'quv muassasalarida ishlaydigan amaliy psixologlar, o'qituvchilar va talabalar uchun o'quv qo'llanma. Toshkent «Yangi asr avlodi» 2008 y. 19, 21-betlar.

5. V.M. Karimova. Ijtimoiy psixologiya. O'zbekiston Respublikasi Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi, Nizomiy nomidagi Toshkent Davlat pedagogika universiteti. Toshkent - 2007. 31, 32 betlar.

6. N.Boymurodov. Amaliy psixologiya. Oliy va o'rta maxsus talim vazirligi, Xalq ta'limi vazirligi o'quv muassasalarida ishlaydigan amaliy psixologlar, o'qituvchilar va talabalar uchun o'quv qo'llanma. Toshkent - «Yangi asr avlodi» 2008 y. 27-bet.

7. https://uz.wikipedia. org/wiki/Test.

8. Z. Nishonova, Z.Qurbonova, S.Abdiyev. Psixodiagnostika va eksperimental psixologiya. O'quv qo'llanma. "Tafakkur bo'stoni" Toshkent — 2011. 37, 38-betlar.

6.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.