Научная статья на тему 'HARBIY XIZMATCHILARNI KASBIY FAOLIYATGA MOSLASHUVINING NAZARIY VA AMALIY JIHATLARI'

HARBIY XIZMATCHILARNI KASBIY FAOLIYATGA MOSLASHUVINING NAZARIY VA AMALIY JIHATLARI Текст научной статьи по специальности «Экономика и бизнес»

CC BY
291
51
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
harbiy xizmatchilarning kompetentligi / kasbiy faoliyatga moslashuv / ijtimoiylashuv jarayoni / burchga sodiqlik / samarali moslashuv / kasbiy ong

Аннотация научной статьи по экономике и бизнесу, автор научной работы — Furqat Mavlonov

Mazkur maqolada harbiy xizmatchining shaxsi, uning kompetentligi, harbiy xizmatchining harbiy xizmatga moslashuv jarayonining mohiyati va moslashuvning ijtimoiylashuv jarayoni bilan aloqasi yoritib berilgan

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «HARBIY XIZMATCHILARNI KASBIY FAOLIYATGA MOSLASHUVINING NAZARIY VA AMALIY JIHATLARI»

RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR DAVRIDA TILLARNI INTENSIV O'QITISHNING PSIXOLOGIK-

PEDAGOGIK JIHATLARI RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ANJUMANI 2023-yil 2-iyun

HARBIY XIZMATCHILARNI KASBIY FAOLIYATGA MOSLASHUVINING NAZARIY VA AMALIY JIHATLARI Furqat Mavlonov

Mirzo Ulug'bek nomidagi O'zbekiston Milliy universiteti "Pedagogika va umumiy psixologiya" kafedrasi mustaqil tadqiqotchisi https://doi.org/10.5281/zenodo.7993563

Annotatsiya. Mazkur maqolada harbiy xizmatchining shaxsi, uning kompetentligi, harbiy xizmatchining harbiy xizmatga moslashuv jarayonining mohiyati va moslashuvning ijtimoiylashuv jarayoni bilan aloqasi yoritib berilgan.

Kalit so'zlar: harbiy xizmatchilarning kompetentligi, kasbiy faoliyatga moslashuv, ijtimoiylashuv jarayoni, burchga sodiqlik, samarali moslashuv, kasbiy ong.

Harbiy xizmatchilarning kasbiy faoliyatga moslashuvi ularni kompetentligining tarkibiy qismi hisoblanadi. Kompetentlik esa komil insonni shakllanishiga xizmat qiladi. Harbiy xizmatchilarning kompetentligi bevosita huquqiy, psixologik, pedagogik, kibernetik bilimlar bilan chambarchas bog'liq. Kompetensiya so'ziga pedagogika va psixologiyada ko'plab ta'riflar berilgan, biroq kompetensiya biz o'rganayotgan obyektning predmeti hisoblanmaydi. Har bir harbiy xizmatchining kompetentligi bevosita moslashuv ya'ni kasbiy faoliyatga moslashuv jarayoni bilan bog'liqdir. "Jarayon" - deganda ma'lum muddatni o'z ichiga oladigan va shu muddatda harbiy xizmatchining tarbiyalanadigan, shakllanadigan davri tushuniladi.

"Jarayon" so'zi - arab tilidan olingan bo'lib, oqib borish, sodir bo'lish, ish harakat, voqea-hodisaning birin-ketin borishi, rivoji ma'nosida tushuniladi. Harbiy xizmatchilarning kasbiy faoliyati bir qancha jarayonlardan iborat va bu jarayonlar harbiy xizmatchilarni kasbiy faoliyatga yo'naltiradi va xizmatga moslashtirishga xizmat qiladi.

Harbiy xizmatchilarning kasbiy faoliyatga moslashuvi bizning nazarimizda harbiy kiyim kiygan kundan boshlanadi. Chunki, avvalo, harbiy kiyimga, keyin muhitga va faoliyatga moslashadi. Bu uchta omil harbiy xizmatchilar kasbiy ongini shakllantirishga xizmat qiladi.

Birinchidan, kasbiy moslashuv, avvalo, har bir harbiy xizmatchining burchiga, vazifasiga bo'lgan munosabatlarida namoyon bo'ladi.

Ikkinchidan, harbiy xizmatchilarning kasbiy faoliyati jarayonida qay darajada umumharbiy Nizom talablariga bo'lgan munosabatlarida namoyon bo'ladi.

Harbiy xizmatchilar kasbiy faoliyatga tez moslashib keta olmaydi. Buning uchun vaqt kerak, vaqt esa kasbiy bilimlarni bilishga, ko'nikma va faoliyatni anglashga xizmat qilishi lozim.

Masalan, amaliyotdan shuni guvohi bo'lamizki, harbiy xizmatchilar kasbiy faoliyatga moslashishlari uchun o'quv yig'ini o'tashadi, ushbu o'quv yig'ini ham bevosita harbiy xizmatchilarni faoliyatga moslasha olishi yoki moslasha olmasligini aniqlashga yordam beradi.

Kasbiy faoliyatga moslashuv keng tushuncha bo'lib, harbiy xizmatchilarning faoliyatga moslashuvi har bir harbiy xizmatchining, avvalo, o'ziga keyin esa, ularni tarbiyalovchi sub'ektlarga ham bevosita va bilvosita bog'liq. Kasbiy moslashuvda har bir harbiy xizmatchining kasbiy, huquqiy, psixologik dunyoqarashi ham muhim hisoblanadi. Kasbiy faoliyatga moslashuvning nazariy jihatlarini o'rganar ekanmiz, shuni yaxshi bilishimiz kerakki, bu jarayon komil insonni shakllanishiga xizmat qiladi.

Harbiy xizmatchilarning kasbiy faoliyatga moslashuvi birinchidan, o'zini ozod, erkin, davlat, xalq xizmatiga bag'ishlayotganini anglashga yordam beradi. Ikkinchidan, harbiy

RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR DAVRIDA TILLARNI INTENSIV O'QITISHNING PSIXOLOGIK-

PEDAGOGIK JIHATLARI RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ANJUMANI 2023-yil 2-iyun

xizmatchilarning Vatanni, Prezidentimizni va o'ziga xos milliy insoniy qadriyatlarni himoya qilishga undaydi. Harbiy xizmatchilarning kasbiy faoliyatga moslashuvi bevosita "ijtimoiylashuv" atamasi bilan ham bog'liq. "Ijtimoiylashuv" bir ma'nodagi talqinga ega emas, mazkur atama ba'zi holatlarda "shaxs rivojlanishi" tushunchasining sinonimi kabi o'rganilsa, boshqa holatlarda esa "tarbiya" atamasi kabi talqin qilinadi. Undan tashqari ijtimoiylashuvga sotsiologiyada ham ta'rif berilgan. "Ijtimoiylashuv jarayonida har bir harbiy xizmatchi o'zini anglash, mustaqil fikrlash va harakat qilishga layoqat orttiradi" deyiladi. Ijtimoiylashuv so'zi, demak, bevosita moslashuv bilan bog'liq. Kim moslashadi? Avvalo, irodali tarbiyali harbiy xizmatchi muhitga, vaziyatga moslasha oladi. "Tarbiya" so'zi qaysi ma'noda ishlatilishidan qat'iy nazar bevosita va bilvosita moslashuv, ijtimoiylashuv so'zlari bilan bog'liq.

Demak, moslashuv "ijtimoiylashuv" so'zi bilan bevosita bog'liq ekan, biz, ushbu atamaning tarixiy o'zagini o'rganishga harakat qilamiz. Ijtimoiylashuv tushunchasi XX asrning 50-yillarida amerikalik psixologlar, ya'ni A.Parka, D.Dollerda, Dj.Xolmon, A.Bandura, V.Uolterslarning o'rganish predmeti bo'lgan. "Ijtimoiylashuv"ning eng birinchi izohi, ya'ni ijtimoiy normalar (nizom, buyruq, ko'rsatma va hokazolar) va qadriyatlarni o'zlashtirish jarayoni sifatida o'rganilgan. Bizningcha, ushbu tushunchaga bir tomonlama yondashmasdan, balki unga kengroq yondashish lozim deb o'ylaymiz.

Birinchi tomoni, ijtimoiylashgan har bir harbiy xizmatchi kasbiy vazifalarni bajarishga faol kirisha oladigan, kasbiy tajribalarni o'zlashtira oladigan; ikkinchi tomoni, harbiy xizmatchi kasbiy faoliyati jarayonida ijtimoiy munosabatlarni tartibga solishda faol ishtirok eta oladigan, o'z ta'sirini boshqalarga o'tkaza oladigan, o'rnak bo'la oladigan harbiy xizmatchilar tushuniladi.

Ijtimoiylashuvni, psixolog A.Urbanovich "Biz tarbiyalash ma'nosida tushunishimiz mumkin emas", deydi. Bizningcha, ushbu fikr juda ham to'g'ri emas, chunki ijtimoiylashuvning o'zi harbiy xizmatchi faoliyatini ijobiy moslashuvga yo'naltirish ma'nosida tushuniladi, ijobiylik esa bevosita tarbiyaning, ta'limning va ijobiy o'zaro munosabatlarning mahsulidir.

Ijtimoiy fanlarga, jumladan, pedagogika faniga ham jamiyatdagi o'zgarishlar, taraqqiyot natijasida yangi-yangi atamalar kirib kelmoqda. Shunday atamalardan biri "moslashuv" atamasidir. Ushbu atama harbiy xizmatchiga, uning xatti-harakatiga kasbiy faoliyatiga nisbatan ishlatilishi mumkin.

Kasbiy faoliyatga moslashuv bevosita kasbiy ong, kasbiy madaniyatning rivoji bilan uzviy aloqadorlikda shakllanadi va bu bir tomondan harbiy xizmatchining kasbiy faoliyatiga moslashuvi uning kompetentligi, avvalambor, individual xususiyatiga bog'liq bo'lsa, yuqoridagi fikrimizda aytganimizdek, irodasi bilan bevosita va bilvosita bog'liqlikda namoyon bo'lsa, boshqa tomondan esa har bir harbiy xizmatchini kasbiy faoliyatga moslashuviga davlatning yordamisiz, qo'llab quvvatlashisiz erishib bo'lmaydi.

Bugungi kunda ijtimoiy fanlarda, "moslashuv" istihola tushunchalariga ta'riflarni o'nlab topish mumkin. Maqolani yozishda o'z oldimizga mazkur tushunchani har tomonlama chuqur tahlil etish maqsad qilib qo'yilgan, ammo bu tushunchani birgina maqolada yoritib berish imkoni yo'q albatta. Lekin bir nechta tushunchaga to'xtalib o'tamiz, chunki, maqola asosan muammoning nazariy tomonlarining tahliliga qaratilgan.

Harbiy xizmatchilarning kasbiy faoliyatiga moslashuvi harbiy xizmatchilarning faoliyatga samarali moslashuvi va tarbiyalanishi uchun zarur bo'lgan namunali xulq, pedagogik, psixologik, huquqiy xatti-harakatlar, ijtimoiy norma va qadriyatlarni o'zlashtirish va kasbiy

RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR DAVRIDA TILLARNI INTENSIV O'QITISHNING PSIXOLOGIK-

PEDAGOGIK JIHATLARI RESPUBLIKAILMIY-AMALIY ANJUMANI 2023-yil 2-iyun

faoliyatga qo'llash va boshqa harbiy xizmatchilarni ham Nizom talabi doirasida xizmat qilishni talab qiladigan harbiy xizmatchilarni tushunamiz.

"Moslashuv" atamasi bevosita kasbiy faoliyatga nisbatan qo'llanilishi ham mumkin, ikkinchi tomondan esa huquqiy jihatdan moslashuv tushunchasi bilan ham bog'liq. Huquqiy jihatdan kasbiy faoliyatga moslashuv huquqiy madaniyatni shakllantirish tushunchasi bilan bevosita bog'liqdir. Lekin, huquqiy jihatdan kasbiy faoliyatga moslashuv biz o'rganayotgan muammoning bir qismi hisoblanadi va bizni o'rganish obyektimizga taalluqli emas.

Bugungi kunda harbiy xizmatchilarning kasbiy faoliyatga moslashuvi barcha ijtimoiy fanlar singari harbiy xizmatchining kasbiy faoliyatga moslashuv muammosini pedagogika nazariyasining bahs mavzusiga aylantirmoqda.

"Xodim" atamasi ko'pchilik olimlarimiz ya'ni, V.Alimasov, N.N.Azizxodjayeva, O.M.Asqarova, I.Ismoilov, Z.Zaripov, X.Mamatov, U.Tadjixanov va R.Maxmudovlar tomonidan keng o'rganilgan va o'rganib kelinmoqda.

Yuqorida zikr etilgan olimlarning ishlarida tadqiqotlarning ahamiyatini qayd etish barobarida shuni ta'kidlash lozimki, mazkur olimlarning ilmiy ishlarida harbiy xizmatchi va uning kasbiy faoliyatiga moslashuvi chuqur o'rganilmagan, chunki ularning o'rganish obyekti boshqa muammoga qaratilgan bo'lgan va moslashuvning ayrim jihatlari o'zlarining ilmiy ishlarida yoritishga harakat qilingan. Shu bilan birga kasbiy faoliyatga moslashuv tadqiqot mavzusi sifatida tahlil etilmagan.

Tarix shaxslar harakatlaridan iborat bo'lganligi bois ijtimoiy fanlar, jumladan, pedagogika nazariyasi ana shu xatti-harakatlarni tushuntirib berishga daxldordir. Kasbiy faoliyatni olib borayotgan har bir harbiy xizmatchi mazkur davlatning qonunlariga rioya etish, shuningdek, o'zlarida kasbiy ongni, madaniyatni rivojlanganligini, tarbiyalanganligini mezoni sifatida huquq, burch va majburiyatlarini bilishi shartdir.

Harbiy xizmatchi kasbiy faoliyatga moslashish barobarida o'zlarini xulq-atvorini va kasbiy huquqiy ongini tarbiyalab boradi.

Bugungi kunda har bir harbiy xizmatchining ijtimoiy muammosini hal qilish ularning manfaatlarini himoya qilish davlat miqyosida hal qilinishi kerak bo'lgan muammolardan biridir. Jumladan, uy-joy muammosi davlat miqyosida hal bo'lmoqda.

Shaxsning bir bo'lagi bo'lgan harbiy xizmatchi tarixning obyekti va sub'ektidir. Professor U.Tadjixanovning fikricha "Shaxs tarbiya jarayonining asosiy obyektidir". Demak, harbiy xizmatchini o'rganish ham tarbiya jarayonining obyekti hisoblanadi.

Xulosa o'rnida shuni aytish lozimki, harbiy xizmatchilarning kasbiy faoliyatga moslashuvi ularning yuksak madaniyat sohibi ekanligidan dalolat beradi hamda har bir harbiy xizmatchining qay darajada Vatan, xalq, Prezidentimiz oldida Vatan himoyasiga tayyorligini ko'rsatuvchi mezonlardan biri deb o'ylamiz.

Har bir muammoning nazariy-tarixiy jihatlarini o'rganish ushbu muammoning metodologiyasini tanlashga, o'rganishga bevosita yordam beradi. Harbiy xizmatchilarning kasbiy faoliyatga moslashuvini nazariy va amaliy jihatlarini o'rganish ularning shakllanishining mazmunini boyitishga xizmat qiluvchi omillarga bog'liq, bunday omillarga quyidagilar taalluqli:

1. O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi;

2. Prezidentimiz asarlaridagi nutqlari;

3. O'zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining Umumharbiy Nizomlari;

4. Buyruqlar va ko'rsatmalari;

RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR DAVRIDA TILLARNI INTENSIV O'QITISHNING PSIXOLOGIK-

PEDAGOGIK JIHATLARI RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ANJUMANI 2G23-yil 2-iyun

5. Har harbiy xizmatchining jamoat tartibini saqlash faoliyatidagi ishtiroki;

6. Ma'rifat darslaridagi ishtiroki;

7. Axloq-odob sudlarida ishtirok etishi;

8. Yakka tartibdagi suhbatlar o'tkazish orqali;

9. Ijtimoiy siyosiy o'qish orqali;

10. Jismoniy va jangovar saf tayyorgarligi orqali;

11. Xizmat o'tayotgan joylarda o'tkaziladigan ijtimoiy-siyosiy tadbirlarda qatnashishda.

Harbiy xizmatchilarning kasbiy faoliyatga moslashuvi hali ularni harbiy Nizomga to'liq

rioya etadi degani emas, buning uchun har bir harbiy xizmatchida kasbiy mahorat kasbiy ong,

vatanparvarlik tuyg'usini shakllantirish lozim. Kasbiy mahorat, kasbiy tajriba bevosita kasbiy

moslashuvning mahsulidir.

REFERENCES

1. O'zbek tilining izohli lug'ati. - T. O'zbekiston Milliy ensiklopediyasi. 2006. - 73-b.

2. Entonix Giddens. Sotsiologiya. - Toshkent. 2002, 110-bet.

3. Urbanovich A.A. Psixologiya upravleniya. Ucheb. posobiye. - M., Xarvest. 2007. - 604-bet.

4. Malikova, D. (2020). Deposit base of Uzbekistan commercial banks. World Scientific News, (143), 115-126.

5. Malikova, D. (2020). Consulting services market of Uzbekistan. World Scientific News, (145), 168-179.

6. Malikova, D. (2023). METHODOLOGY FOR EFFECTIVE ASSESSMENT OF THE LEVEL OF ECONOMIC SECURITY OF BANKS. Innovative Society: Problems, Analysis and Development Prospects, 96-98.

7. Malikova, D., & Ziyadullayeva, M. (2023). INFLATION: THEORETICAL ASPECTS AND ANALYSIS OF PRICE CHANGES IN UZBEKISTAN. Galaxy International Interdisciplinary Research Journal, 11(2), 204-207.

8. Malikova, D., & Abduganieva, F. (2023). The Role of Consulting in the Modern Economy. Global Scientific Review, 12, 1-4.

9. Malikova, D., & Rakhmonov, N. (2023). MONETARY AGGREGATES AND THEIR IMPORTANCE IN THE ECONOMY.

10. Malikova, D., & Ochilova, I. (2023). Analysis of the Current State of Deposit Operations of Commercial Banks of Uzbekistan. Web of Synergy: International Interdisciplinary Research Journal, 2(2), 28-31.

11. Malikova, D., & Ochilova, I. (2023). THE IMPORTANCE OF DOMESTIC BANKS'PRECIOUS METALS ACCOUNTING OPERATIONS. International journal of advanced research in education, technology and management, 2(2).

12. Маликова, Д. (2021). UMUM TA'LIM MAKTABLARIDA KITOBXONLIK STRATEGIYASINI QO 'LLASH: Malikova Dilrabo Mahmudovna, O 'zbekiston pedagogika fanlari ilmiy tadqiqot instituti tayanch doktoranti. Образование и инновационные исследования международный научно-методический журнал, (7), 299305.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.