Научная статья на тему 'INNOVATSION TEXNOLOGIYALAR DAVRIDA ILM-FAN VA TA’LIM-TARBIYA INTEGRATSIYASI'

INNOVATSION TEXNOLOGIYALAR DAVRIDA ILM-FAN VA TA’LIM-TARBIYA INTEGRATSIYASI Текст научной статьи по специальности «СМИ (медиа) и массовые коммуникации»

CC BY
3
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
innovatsiya / tarbiya muhiti / integratsiya / ilm-fan / uzluksiz ta'lim / milliy o'quv dasturi / pedagogik amaliyot / ko'nika / malaka.

Аннотация научной статьи по СМИ (медиа) и массовым коммуникациям, автор научной работы — Yorboboyeva Mahliyo Muzaffar Qizi, Shokirova Zahro Jahongir Qizi, Shokirova Zuhra Jahongir Qizi

Maqolada bugungi rivojlanib borayotgan har sohada, nafaqat ta'lim sohasida, balki tarbiyada ham innovatsiya muhitini yaratish va uni hayotga tadbiq etish kabi munozaralar yuritilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «INNOVATSION TEXNOLOGIYALAR DAVRIDA ILM-FAN VA TA’LIM-TARBIYA INTEGRATSIYASI»

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE "ACTUAL ISSUES OF PRIMARY EDUCATION: PROBLEMS, SOLUTIONS AND DEVELOPMENT

PROSPECTS"

_April 26, 2024_

INNOVATSION TEXNOLOGIYALAR DAVRIDA ILM-FAN VA TA'LIM-TARBIYA

INTEGRATSIYASI

1Yorboboyeva Mahliyo Muzaffar qizi, 2Shokirova Zahro Jahongir qizi, 3Shokirova Zuhra

Jahongir qizi

1SHDPI tyutori, 23ShDPI talabasi https://doi.org/10.5281/zenodo.11061368

Annotatsiya. Maqolada bugungi rivojlanib borayotgan har sohada, nafaqat ta'lim sohasida, balki tarbiyada ham innovatsiya muhitini yaratish va uni hayotga tadbiq etish kabi munozaralar yuritilgan.

Kalit so'zlar: innovatsiya, tarbiya muhiti, integratsiya, ilm-fan, uzluksiz ta'lim, milliy o'quv dasturi, pedagogik amaliyot, ko'nika, malaka.

Abstract. The article discusses how to create an environment of innovation and implement it in life in every field that is developing today, not only in the field of education, but also in education.

Keywords: innovation, educational environment, integration, science, continuous education, national curriculum, pedagogical practice, skills, competence.

Аннотация. В статье рассматривается вопрос о том, как создать среду инноваций и реализовать ее в жизни во всех сферах, которые сегодня развиваются, не только в сфере образования, но и в образовании.

Ключевые слова: инновации, образовательная среда, интеграция, наука, непрерывное образование, национальная учебная программа, педагогическая практика, навыки, компетентность.

Kirish: Prezidentimiz tashabbusi bilan mamlakatimizda yetakchi soha va tarmoqlarni innovatsion rivojlantirish, innovatsion g'oyalar va texnologiyalarni ishlab chiqarishga keng joriy etish yuzasidan izchil ishlar amalga oshirilmoqda. Davlatimiz rahbarining 2017-yil 29-noyabrdagi "O'zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligini tashkil etish to'g'risida"gi farmoni bu boradagi ishlarni yangi bosqichga ko'tarishga xizmat qiladi.

"Xalqimiz dunyoqarashida innovatsiya muhitini yaratish eng muhim vazifamizdir. Innovatsiya bo'lmas ekan, hech bir sohada raqobat, rivojlanish, bo'lmaydi. Bu sohadagi o'zgarishlarni xalqimizga keng targ'ib qilmasak, odamlarda ko'nikma paydo qilmasak, bugungi davr shiddati, fan-texnikaning mislsiz yutuqlari bilan hamqadam bo'lolmaymiz. Shuning uchun ushbu faoliyatni zamon talablari darajasida rivojlantirish yangi vazirlik, qolaversa, ushbu markazning asosiy vazifasi bo'lishi kerak",- dedi Shavkat Mirziyoyev.

Darhaqiqat, innovatsiya nima? Innovatsiya (inglizcha . innovationas — kiritilgan yangilik, ixtiro) — 1) texnika va texnologiya avlodlarini almashtirishni ta'minlash uchun iqtisodiyotga sarflangan mablag'lar; 2) ilmiy-texnika yutuqlari va ilg'or tajribalarga asoslangan texnika, texnologiya, boshqarish va mehnatni tashkil etish kabi sohalardagi yangiliklar, shuningdek, ularning turli sohalar va faoliyat doiralarida qo'llanilishi. Shu o'rinda aytib o'tish joizki, har bir pedagog o'zida innovatsiya ruhini singdirib borishi zarur. Negaki, bugungi taraqqiy etib turgan dunyoda biz zamon bilan hamnafas bo'lishimiz kerak. Qoleversa, hozirgi kunda integretsiya ham ancha taraqqiy etib bormoqda. Ayniqsa, ta'lim sohasida buni yaqqol ko'rishimiz mumkin. Darhaqiqat, bu avvalo, yosh avlodni dunyoqarashini shakllantirishda muhim ro'l o'ynaydi.

Adabiyotlar tahlili va metodlar: Bugungi yosh avlodi tarbiyalashda avvolo, ta'lim-tarbiya asosiy o'rinda turadi. Darhaqiqat, Abu Nasr Forobiy bobomizning juda chiroyli fikrlari bor.

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE "ACTUAL ISSUES OF PRIMARY EDUCATION: PROBLEMS, SOLUTIONS AND DEVELOPMENT

PROSPECTS"

_April 26, 2024_

"Har qanday yetuklikka, avvolo, tarbiyani to'g'ri yo'lga qo'yish bilan erishish mumkin"-deganlar. Qoaversa, Forobiy ta'lim va tarbiya to'g'risida shunday deydi:"Ta'lim-degan so'z insonga o'qitish, tushuntirish asosida nazariy bilim berish, tarbiya esa, nazariy fazilatni, ma'lum bir hunarni egallash uchun zarur bo'lgan xulq normalarini va amaliy malakalarni o'rgatish normalarini o'rgatishdir".

Taniqli ma'rifatparvar Abdulla Avloniyning "Tarbiya biz uchun yo hayot - yo mamot, yo najot - yo halokat, yo saodat - yo falokat masalasidir" degan chuqur ma'noli so'zlari naqadar haqiqat ekanini bugun, har qachongidan ham yaxshi anglaymiz.

Zero, bugun ilm-fan va ta'lim izchil rivojlanib borayotgan bir davrda hech shak-shubhasiz tarbiya ta'limning asosida turishi shartdir. Shunday ekan, ilm-fan ta'lim-tarbiya asosida olib borilishi maqsadga muvofiqdir. Qolaversa, har bir pedagog, muallim va ustozning ta'lim berishdan maqsadi kelajagi porloq, Vatan va el-yurt xizmatida turadigan halol kadrlarni tarbiyalash bo'lsagina, bunday ta'lim-tarbiya o'z samarasini bermay qolmaydi. Ya'ni, bugungi kunning o'qituvchi va muallimi o'zi ta'lim berayotgan shaxsga fidoyilik bilan ta'lim berishi, qolaversa jonkuyar tarbiyachi bo'lishi shart. Ayni damda tarbiya sohasida o'qituvchi va muallimlar o'quvchi yoshlarga shaxsan namuna bo'lishlari ham muhimdir!

Natijalar va muhokamalar: Biz bu fikrlardan shuni anglab yetamizki, tarbiya bo'lmagan muhitda na ta'limni yo'lga qo'yib bo'ladi, na davlat taraqqiy etadi. Har bir ta'limning boshi ,avvalo, tarbiya bilandir. Xo'sh, biz bu borada faoliyatimizda nimalar qilyapmiz? Har qanday mahoratli pedagog birinchi navbatda, o'zini ustida ishlashi lozim, ta'lim-tarbiya jarayonida innovatsion texnologiyalardan foydalansin. Darsni shunday tashkil etsinki, mavzuni tushunmagan yoki bilmagan o'quvchi qolmasin. Bu ,avvolo, pedagogning kasbiy mahoratiga bo'g'liq jarayon hisoblanadi. Hozirda ko'rishimiz mumkinki, har bir darslik integratsiyalashgan. Bu albatta, o'quvchida dunyoqarashini shakllantirishga, nafaqat , uni boyitishga yordam beradi. O'qituvchidan esa yuksak mahoratni talab etadi. Ya'ni o'qituvchi shunday metodlardan foydalansinki, o'quvchi o'sha jarayonda mavzuning mohiyatini anglab yetsin.

"Ta'limni tarbiyadan, tarbiyani esa ta'limdan ajratib bo'lmaydi - bu sharqona qarash, sharqona hayot falsafasi". Shunday ekan, ta'lim va tarbiya ishini uyg'un holda olib borish talab etiladi.Shuni unutmasligimiz kerakki, yurt kelajagi, vatanimiz taraqqiyoti va xalqimizning ertangi kuni qanday bo'lishi farzandlarimiz va yoshlarimizning bugun qanday ta'lim va tarbiya olishiga bog'liqdir. Shu sababli har bir ota-ona, ustoz va murabbiy har bir bola timsolida avvalo shaxsni ko'rishi zarur. Ana shu oddiy talabdan kelib chiqqan holda, o'nib-o'sib kelayotgan yoshlarni mustaqil va keng fikrlash qobiliyatiga ega bo'lgan, ongli yashaydigan komil insonlar etib voyaga yetkazish - ta'lim-tarbiya sohasining asosiy maqsadi va vazifasi bo'lishi lozim, deb qabul qilishimiz kerak.

Xulosa o'rnida shuni aytamanki, avvalo, biz pedagoglar o'zimizning ustimizda ishlashimiz, kamchiliklarimizni bartaraf etishimiz lozim. Chunki, biz kelajak yosh avlodni tarbiyalaymiz ,biz unga mos va xos ustoz bo'lishimiz darkor. Qolaversa, faoliyatimiz davomida darsimizda innovatsiya muhitni yaratib borishimiz lozim. Darsimizning mavzusiga mos metodikalarni qo'llashimiz va uni hayotga bog'lab tushuntirishimiz kerak. Qolaversa, yuqorida ta'kidlab o'tganimdek, har qanday ustoz zamon bilan hamnafas bo'lishi, nafaqat, ko'nikma va malakalarni o'zida shakllantirib borishi maqsadga muvofiqdir.

REFERENCES

1. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "O'zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish Vazirligini tashkil etish to'g'risida" PF-5264-son farmoni 29.11.2017-yil.

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE "ACTUAL ISSUES OF PRIMARY EDUCATION: PROBLEMS, SOLUTIONS AND DEVELOPMENT

PROSPECTS"

April 26, 2024_

2. Abu Nasr Forobiyning ta'lim-tarbiyaga oid fikrlari.

3. Abdulla Avloniyning ta'lim va tarbiya borasidagi qarashlari.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.