Научная статья на тему 'TA'LIM TRANSFORMATSIYASI: ILM-FAN TARAQQIYOTIDA XOTIN-QIZLARNING ROLI. ILM-FAN SOHASIDA ERISHILAYOTGAN YUTUQLAR VA ULARNING AMALIYOTGA TATBIQI'

TA'LIM TRANSFORMATSIYASI: ILM-FAN TARAQQIYOTIDA XOTIN-QIZLARNING ROLI. ILM-FAN SOHASIDA ERISHILAYOTGAN YUTUQLAR VA ULARNING AMALIYOTGA TATBIQI Текст научной статьи по специальности «Экономика и бизнес»

CC BY
24
15
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
ilm-fan / innovatsion g'oya / innovatsion ish / ilmiy-intellek / moliyaviy resurslar / yoshlar – xalqning asosiy tayanchi va suyanchi / xotin-qizlarning ilm-fan / milliy ta'lim-tarbiya / olima ayollar. ilm-fan taraqqiyotida xotin-qizlarning roli.

Аннотация научной статьи по экономике и бизнесу, автор научной работы — Sobir Tursunov

Ushbu maqolada Uzbekistonni bugungi kuni va kelajagini belgilaydigan zamonaviy bilimga ega va mustaqil fikrlaydigan yuqori malakali kadrlar tayyorlashda ilm-fan sohasini yangi bosqichga ko'tarishda xotin-qizlarning faol ishtirok etishi borasida muhim omillar taxlili keltirilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «TA'LIM TRANSFORMATSIYASI: ILM-FAN TARAQQIYOTIDA XOTIN-QIZLARNING ROLI. ILM-FAN SOHASIDA ERISHILAYOTGAN YUTUQLAR VA ULARNING AMALIYOTGA TATBIQI»

TA'LIM TRANSFORMATSIYASI: ILM-FAN TARAQQIYOTIDA XOTIN-QIZLARNING ROLI. ILM-FAN SOHASIDA ERISHILAYOTGAN YUTUQLAR VA

ULARNING AMALIYOTGA TATBIQI Sobir Tursunov

pedagogika fanlari doktori, professor https://doi.org/10.5281/zenodo.10663545

Annotatsiya. Ushbu maqolada Uzbekistonni bugungi kuni va kelajagini belgilaydigan zamonaviy bilimga ega va mustaqil fikrlaydigan yuqori malakali kadrlar tayyorlashda ilm-fan sohasiniyangi bosqichga ko'tarishda xotin-qizlarning faolishtirok etishi borasida muhim omillar taxlili keltirilgan.

Kali so'zlar: ilm-fan, innovatsion g'oya, innovatsion ish, ilmiy-intellek, moliyaviy resurslar, yoshlar - xalqning asosiy tayanchi va suyanchi, xotin-qizlarning ilm-fan, milliy ta'lim-tarbiya, olima ayollar. ilm-fan taraqqiyotida xotin-qizlarning roli.

Аннотация. В данной статье анализируются важные факторы, касающиеся активного участия женщин в поднятии области науки на новый уровень в подготовке высококвалифицированных кадров, обладающих современными знаниями и независимым мышлением, которые будут определять настоящее и будущее Узбекистана.

Abstract. This article analyzes important factors regarding the active participation of women in raising the field of science to a new level in the training of highly qualified personnel with modern knowledge and independent thinking that will determine the present day and future of Uzbekistan.

Ilmiy tadqiqot natijalarini amaliyotga joriy etish, ilmiy ishlanmalarni tijoratlashtirishda ham ayollarga ko'proq e'tibor qaratish kerak, deb o'ylayman. Shu maqsadda davlat tomonidan alohida moliyaviy manbalarni yanada ko'paytirish kerak. Kam bo'lsa-da, uchrab turadigan ilm-fan sohasida ayollarga nisbatan kamsitilish holatlariga barham berish lozim, ilm-fan sohasida amalga oshirilayotgan barcha islohotlar O'zbekistonni eng rivojlangan davlatlar qatoriga olib chiqishi shubhasiz.

Shiddat bilan o'zgarayotgan zamon ilm-fan sohasini yangi bosqichga ko'tarishni talab qilmoqda. Bugun qaysi sohada bo'lmasin, eng ilg'or innovatsion g'oyalarni boshqalardan ko'ra tezroq joriy qilganlar muvaffaqiyatlarga erishayotganligi ayni haqiqatdir.

Rivojlangan davlatlar tajribasi har qanday muvoffaqiyatga avvalo, ilm-fan yutuqlari orqali erishish mumkinligini ko'rsatmoqda. Ilm-fan va innovatsion ishlanmalar - rivojlanayotgan har bir davlatning bugungi kuni va kelajagini belgilaydigan muhim omilga aylanganligi bejizga emas. Zero, AQSH, Yaponiya, Germaniya va Janubiy Koreya kabi mamlakatlar iqtisodiyotidagi rivojlanishlar buning yaqqol isbotidir. Muhimi shundaki, iqtisodiy va ijtimoiy yuksalishning asosiy omillari bo'lgan bu jarayonlar tobora takomillashib boryapti.

Keyingi yillarda muhtaram Prezidentimiz rahbarligida O'zbekistonni rivojlangan davlatlar qatoriga olib chiqishdek yuksak maqsad yo'lida keng qamrovli islohotlar amalga oshirilmoqda. O'zbekistonda ham ilm-fan yutuqlari orqali mamlakatni taraqqiy ettirish eng dolzarb vazifaga aylandi.

Avvalo, ilm-fan va ilmiy faoliyat sohasidagi munosabatlarni tartibga solish maqsadida 2019 yil 29 oktyabrda O'zbekiston Respublikasining "Ilm-fan va ilmiy faoliyat to'g'risida"gi qonuni qabul qilindi. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 29 oktyabrda "Ilm-fanni 2030 yilgacha rivojlantirish kontseptsiyasini tasdiqlash to'g'risida"gi farmoni qabul qilinganidan

so'ng mamlakatimiz iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy soha jadal rivojlanmoqda. Ilmiy-intellektual hamda moliyaviy resurslarni to'liq safarbar etgan holda ilmiy-innovatsion salohiyatdan keng foydalanilmoqda. Shuningdek, istiqbolda ilm-fanni muntazam isloh qilib borishning ustuvor yo'nalishlarini belgilash, zamonaviy bilimga ega va mustaqil fikrlaydigan yuqori malakali kadrlar tayyorlashda dasturilamal bo'lib kelmoqda.

Shu o'rinda ta'kidlash joizki, taraqqiyotga erishgan davlatlarning aksariyati tarixiga va buguniga, iqtisodiy ko'rsatkichlariga qaraydigan bo'lsangiz, ularning ta'lim tizimiga e'tibori yuqori darajada bo'lganining guvohi bo'lasiz. Davlat byudjetining eng katta qismini aynan shu tizimga ajratishgani ma'lum. Busiz ilm-fan rivojini, taraqqiyot tamoyillarini, kelajak ruhi va poydevorini, yurt farovonligini tasavvur qilish qiyin.Chunki ilmu ta'lim rivoj topmagan mamlakatda taraqqiyot bo'lmaydi. Shubhasizki, tarqaqqiyotning muhim tamoyili bu mamlakat yoshlariga e'tibordir.

Darhaqiqat, yoshlar - xalqning asosiy tayanchi va suyanchi, mamlakatning buguni va kelajagi. Har qanday muvaffaqiyatlar kaliti ularning qo'lida. Buni bugungi kunda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko'lamli islohotlarimizni samarali tatbiq etishda yoshlarimiz hal qiluvchi kuch bo'lib maydonga chiqayotgani misolida ham ko'rishimiz mumkin. Aynan zamonaviy bilim olgan, ilg'or kasb-hunarlarni, innovatsion texnologiyalarni, xorijiy tillarni puxta egallagan o'g'il-qizlarimiz mamlakatimizni yanada taraqqiy ettirishda yetakchi o'rin tutadi.

Bilasiz, yoshlar - xalqning asosiy tayanchi va suyanchi. Ular yangi-yangi g'oyalarni dadil o'rtaga tashlab, ularni amalga oshirishda tirishqoqlik ko'rsatadi. Qolaversa, yoshlar muammolarni ijodiy va nostandart yondashuvlar asosida hal etishga moyil bo'ladi. Shu bois O'zbekistonda yosh avlod vakillarining bilim olishi, ilm-fan, innovatsiyalar, nainki, iste'dod va salohiyatini yuzaga chiqarishi, ularning jamiyatimizning ijtimoiy-siyosiy hayotida faol ishtirok etishi uchun barcha sharoitlarni yaratishga ustuvor ahamiyat berilmoqda. Zero, hadislarda keltirilganidek: "Yoshlikda o'rganilgan ilm toshga o'yilgan naqsh kabidir".

Buyuk allomalarimiz ana shunday hikmatlarga amal qilib, ilm-fan sohasida buyuk kashfiyotlarni amalga oshirganlari va umumbashariy tafakkur rivojiga beqiyos hissa qo'shganlari tarixdan yaxshi ma'lum. Hamma o'z tarixini ulug'laydi. Lekin bizning yurtimizdagidek boy o'tmish, bobolarimizdek buyuk allomalar hech qaerda yo'q, desak mubolag'a bo'lmaydi. Bugungi kunda oldimizda turgan yana bir muhim masala - ajdodlarimiz qoldirgan merosni chuqur o'rganishimiz, xalqimizga, kerak bo'lsa, dunyoga yetkaza bilishimiz kerak.

Bobolarimiz qoldirgan ana shunday qutlug' an'analarni davom ettirib, yurtimizda yangi xorazmiylar, farg'oniylar, beruniylar, ibn sinolar, mirzo ulug'beklar, navoiylarni tarbiyalab yetkazish - nafaqat vazifamiz, balki tarix va kelajak oldidagi muqaddas burchimiz desak ayni haqiqatni aytgan bo'lamiz.

Aytish joizki, O'zbekistonda bu yo'lda katta ishlar allaqachon boshlangan. Mamlakatimizda yuqori bilim va malakaga ega bo'lgan, raqobatdosh kadrlar tayyorlash maqsadida oliygohlar soni ortmoqda. O'zbekistonda so'nggi olti yilda 122 ta yangi universitet va institut ochilgan. Vaholanki, 2016 yilgacha ularning soni 77 ta edi. Bugun mamlakatimizda 200 dan ko'p oliy ta'lim muassasalari faoliyat yuritmoqda. Bundan tashqari, o'ttizdan ortiq xorijiy oliy ta'lim muassasasining filiallari ochildi. Qisqa muddatda bu borada qariyb ikki barobar o'sishga erishganimiz, hech shubhasiz, yoshlarimiz, butun jamiyatimizning intellektual salohiyatini oshirish, zamonaviy bilim, kasb-hunarlarga yanada yaqinlashtirish yo'lidagi harakatlarimiz natijasidir.

Keyingi yillarda oliy ta'limga qabul kvotasi mutassil oshirilib borilmoqda. Xususan, joriy yilda 193 ming 421 nafar yosh talabalikka qabul qilindi. Ahamiyatlisi shundaki, ushbu

raqamlarning 92 ming 930 nafari, ya'ni 48 foizi ayollar hissasiga to'g'ri keladi. O'tgan besh yilni taqqoslaydigan bo'lsak, bu ko'rsatkiz qariyib uch barobarga ko'p. E'tiborlisi, bu borada davlat grantlari asosida tahsil oluvchilar soni ko'paytirilib borilmoqda. Ehtiyojmand oilalarga mansub qizlarga oliygohlarga kirish uchun alohida grantlar ajratilgani yoshlarimiz kelajagini ta'minlashga qaratilgan amaliy e'tibor namunasidir.

O'zbekiston 2030 yilga qadar maktab, litsey va kollej bitiruvchilarini oliy ta'lim bilan qamrab olish darajasini 50 foizga yetkazishni reja qilgan va bunga albatta erishamiz.

Shu o'rinda aytish joizki, 2021 yilda poytaxtimizda eng yuksak xalqaro talablarga javob beradigan "Yangi O'zbekiston" universiteti tashkil etildi. Ushbu universitet mamlakatimizdagi barcha oliy o'quv yurtlari uchun namuna bo'lmoqda. Eng bilimli va iste'dodli yoshlarimiz shu yerda tahsil olmoqda.

Yurtimizda uzluksiz milliy ta'lim-tarbiya tizimining barcha bosqichlarini uyg'un va mutanosib rivojlantirishga alohida e'tibor berilmoqda. Oxirgi yillarda bolalarni maktabgacha ta'lim bilan qamrab olish darajasi oshib bormoqda. Jumladan, bolalarning maktabgacha ta'lim bilan qamrov darajasi 2017 yilga nisbatan (27,7 foiz) 2,5 barobarga, ya'ni 71,8 foizga, maktabgacha ta'lim tashkilotlari soni 5 211 tadan 29 420 taga yetkazildi. 2023 yil oxirida 3-7 yoshli bolalarni maktabgacha ta'lim tashkilotlariga qamrab olish darajasini 74,5 foizga yetkazilgani, albatta quvonarlidir.

Yana bir e'tiborli jihat, hozirgi vaqtda yurtimizda "Yangi O'zbekiston maktab ostonasidan boshlanadi" degan g'oya asosida maktab ta'limi tizimida ham katta o'zgarishlar amalga oshirilmoqda. Toshkent shahrida va hududlarimizda Prezident maktablari, ijod va ixtisoslashgan maktablar soni ko'payib bormoqda.

Ma'lumki, ilm-fan rivoji o'zaro manfaatga qurilgan hamkorlik rishtasi bilan ham bevosita bog'liq. Ilg'or ta'lim muassasalarining tajribasidan samarali foydalanish, ta'lim jarayonlarini integratsiyalash hamda yetakchi ta'lim muassasalarining yutuqlarini joriy etish va ommalashtirish maqsadga muvofiqdir.

Prezidentimiz tomonidan mamlakatimizda oliy ta'lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish kontseptsiyasida respublikamizdagi kamida 10 ta oliy ta'lim muassasasini xalqaro e'tirof etilgan tashkilotlar reytingining birinchi 1000 ta o'rindagi oliy ta'lim muassasalari ro'yxatiga, shu jumladan, ikkita universitetni birinchi 500 ta o'rindagi oliy ta'lim muassasalari ro'yxatiga kiritish vazifasi belgilangan. Bu, albatta, o'z-o'zidan amalga oshadigan oson ish emas. Ko'pgina davlatlar tajribasiga nazar solsak, ularda milliy universitetlarni qo'llab-quvvatlashga qaratilgan yirik dasturlar amalga oshirilgani va bu kabi loyihalar yaqqol samara berayotganiga guvoh bo'lamiz.

Yana bir masala, muallim ilmli, ma'rifatli yigit-qizlarni tarbiyalashga, uzluksiz ta'lim jarayonidagi islohotlarni ro'yobga chiqarishga mas'ul. Qolaversa, o'quvchilarni turli sohalarga yo'naltirish, bilimli va malakali yangi avlod kadrlarini yetishtirish ham uning vazifasi. Buning uchun muallimdan xorijdagi ilg'or tajribalarni ham chuqur o'rganish talab etiladi. Shu bois, o'qituvchilarni tayyorlash bo'yicha jahon tajribasini o'rganish, xalqaro ta'lim tizimidagi ilg'or islohotlarni tahlil etish dolzarbdir.

Shu o'rinda aytish kerakki, ilgari hammamizning ongimizga singib ketgan bir stereotip bor edi - "Ilm-fan ayolning ishi emas". Lekin tarix haqiqatlariga murojaat qilsak, ilm-fan taraqqiyotiga erkaklar bilan bir safda o'z hissalarini qo'shgan ayollarimiz soni oz emas. Bibixonim, To'maris, Bopay Xonim, Qurbonjon Dodhoh, Nodirabegim, Nazipa Quljanova, Sayra Kiizbaeva, Sofya Hakimova, Baljan Bultrikova, Xadicha Sulaymonova, Dilbar Abdurahmonova, Asal Sartbaeva

singari ajdodlarimiz dunyoda o'z iqtidori, aqliy salohiyati bilan nom qozonib, tarix sahifalarida qolgan.

O'zbekistonda xotin-qizlarning ilm-fan bilan to'laqonli foydalanishlariga teng imkoniyatlar yaratilishi, shuningdek, ularning huquqlarini kengaytirishga ham alohida e'tibor qaratilmoqda. Buning samarasida bugungi kunda yurtimiz ilmiy ta'lim muassasalarida 700 nafarga yaqin ayol fan doktori hamda 7 nafar ayol akademik mehnat qilayotganligi, O'zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi ilmiy-tadqiqot institutlarida 3 ming nafarga yaqin ayol-qiz tadqiqot olib borayotir. Mamlakatimizda har yili o'tkazib kelinayotgan "Olima ayollar" tashabbuskor ilmiy loyihalar tanlovi ham aynan xotin-qizlarning ilm-fandagi o'rnini mustahkamlashga qaratilgani bilan ahamiyatlidir.

Ayni chog'da olima ayollar uchun nufuzli mukofotlar ta'sis etish, grant hamda xorijda stajirovka o'tash dasturlari, ijtimoiy qo'llab-quvvatlash loyihalarini ko'paytirish payti kelganini ham aytib o'tish joiz. Ilmiy tadqiqot natijalarini amaliyotga joriy etish, ilmiy ishlanmalarni tijoratlashtirishda ham ayollarga ko'proq e'tibor qaratish kerak, deb o'ylayman. Shu maqsadda davlat tomonidan alohida moliyaviy manbalarni yanada ko'paytirish kerak. Kam bo'lsa-da, uchrab turadigan ilm-fan sohasida ayollarga nisbatan kamsitilish holatlariga barham berish lozim.

Xulosa o'rnida aytganda, ilm-fan sohasida amalga oshirilayotgan barcha islohotlar O'zbekistonni eng rivojlangan davlatlar qatoriga olib chiqishi shubhasiz.

REFERENCES

1. 2019 yil 29 oktyabrda O'zbekiston Respublikasining "Ilm-fan va ilmiy faoliyat to'g'risida"gi qonuni.

2. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 29 oktyabrda "Ilm-fanni 2030 yilgacha rivojlantirish kontseptsiyasini tasdiqlash to'g'risida"gi farmoni.

3. 2019 yil 2 sentyabr, xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari to'g'risida O'zbekiston Respublikasining Qonuni O'RQ-562-son 2019 yil 2 sentyabr,

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.