Научная статья на тему 'O’ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA PROFESSIONAL TA’LIM TIZIMI'

O’ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA PROFESSIONAL TA’LIM TIZIMI Текст научной статьи по специальности «СМИ (медиа) и массовые коммуникации»

CC BY
1206
114
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
ilm-marifat / ta’lim / konsepsiya / oliy ta’lim / PF5712 farmon / axborotlar texnologiyalari. / knowledge / education / concept / higher education / decree PF-5712 / information technologies.

Аннотация научной статьи по СМИ (медиа) и массовым коммуникациям, автор научной работы — G. Yangiboyeva

Ushbu maqolada mamlakatimizda 2019 yilning oktabrida O’zbekiston Respublikasi oliy ta’lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi qabul qilinganligi va ushbu hujjatga intellectual taraqqiyotni jadallashtirish, raqobatdosh kadrlarni tayyorlash, ilmiy va innovatsion faoliyatni samarali tashkil etish tog’risidagi ma’lumotlar keltirilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

SYSTEM OF PROFESSIONAL EDUCATION IN THE REPUBLIC OF UZBEKISTAN

In this article in October 2019 in our country Development of the higher education system of the Republic of Uzbekistan until 2030 the adoption of the concept and the intellectual development of this document acceleration, training of competitive personnel, scientific and innovative activities information on effective organization is provided.

Текст научной работы на тему «O’ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA PROFESSIONAL TA’LIM TIZIMI»

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 6 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

O'ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA PROFESSIONAL TA'LIM TIZIMI

Yangiboyeva Gulzoda Prim qizi

Toshkent shahar Olmazor tumani Abu Ali Ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab

ingliz tili o'qituvchisi https://doi.org/10.5281/zenodo.7193039

Annotatsiya. Ushbu maqolada mamlakatimizda 2019 yilning oktabrida O'zbekiston Respublikasi oliy ta'lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi qabul qilinganligi va ushbu hujjatga intellectual taraqqiyotni jadallashtirish, raqobatdosh kadrlarni tayyorlash, ilmiy va innovatsion faoliyatni samarali tashkil etish tog'risidagi ma'lumotlar keltirilgan.

Kalit so'zlar: ilm-marifat, ta'lim, konsepsiya, oliy ta'lim, PF- 5712 farmon, axborotlar texnologiyalari.

СИСТЕМА ПРОФЕССИОНАЛЬНОГО ОБРАЗОВАНИЯ В РЕСПУБЛИКЕ

УЗБЕКИСТАН

Аннотация. В данной статье в октябре 2019 года в нашей стране Развитие системы высшего образования Республики Узбекистан до 2030 года принятие концепции и интеллектуальное развитие данного документа акселерация, подготовка конкурентоспособных кадров, научная и инновационная деятельность представлена информация об эффективной организации.

Ключевые слова: знания, образование, понятие, высшее образование, указ ПФ-5712, информационные технологии.

SYSTEM OF PROFESSIONAL EDUCATION IN THE REPUBLIC OF UZBEKISTAN

Abstract. In this article in October 2019 in our country Development of the higher education system of the Republic of Uzbekistan until 2030 the adoption of the concept and the intellectual development of this document acceleration, training of competitive personnel, scientific and innovative activities information on effective organization is provided.

Key words: knowledge, education, concept, higher education, decree PF-5712, information technologies.

KIRISH

Zamonaviy hayotni bugun ilm-marifat va ta'lim taraqqiyotisiz tasavvur etib bo'lmaydi. Insoniyat fan o'qi atrofida aylanayotgandek go'yo. Jahonning yetakchi davlatlarida ta'limni rivojlantirish birinchi galdagi vazifa sifatida belgilanishi ham bejiz emas. Negaki, mamlakatning kelgusi ravnaqi aynan shu sohada qo'lga kiritgan yutuqlari bilan chambarchas bog'liqdir.

Bugungi kunda universitetlarning ta'lim berish faoliyati yanada takomillashtirib, xalqimizning asrlar davomida shakllangan ilm sari intilish fazilati yana bir bor namoyon bo'lmoqda. Yoshlarimiz sog'lom hamda go'zal turmush kechirish, egallagan kasbi bo'yicha doimiy ish o'rniga ega bo'lish, ma'suliyatni o'z zimmasiga olish, insoniy qadr-qimmatini kamsitishga yo'l qo'ymaslik, qisqacha aytganda, komillikka erishish uchun harakat qilyapti va bu jarayonda ta'lim olishni eng asosiy sharti sifatida ko'rmoqda.

Mamlakatimizda 2019 yilning oktabrida O'zbekiston Respublikasi oliy ta'lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi qabul qilindi. Ushbu

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 6 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

hujjatga intellectual taraqqiyotni jadallashtirish, raqobatdosh kadrlarni tayyorlash, ilmiy va innovatsion faoliyatnisamarali tashkil etish hamda xalqaro hamkorlikni mustahkamlash maqsadida fan, ta'lim va ishlab chiqarish integratsiyasini rivojlantirish singari vazifalar asos qilib olindi.

TADQIQOT METODI VA METODOLOGIYASI

Konsepsiya mazmuni mamlakatimiz oliy ta'lim tizimini isloh qilishning ustuvor yo'nalishlarini aks ettiradi. Unda oliy o'quv yurtlarida qamrov darajasini kengaytirish hamda ta'lim sifatini oshirish, raqamli texnologiyalar va ta'lim platformalarini joriy etish, yoshlarniilmiy faoliyatga jalb qilish, innovatsion tuzilmalarni shakillantirish ilmiy tadqiqotlar natijalarini rivojlantirish hamda boshqa ko'plab aniq yo'nalishlar belgilab berilgan. Bundan tashqari zamonaviy axborotlar texnologiyalari taqdim etayotgan qulayliklar ta'lim islohotlarini olib borishda aholi turli qatlami vakillarining ishtiroki ham ta'millanmoqda. Bu esa ta'lim tizimi ishtirokchilarining talab va takliflarining to'laqonli inobatga olishga ko'maklashyapti.

Bugungi kunda yangi professional ta'lim muassasalarida ta'lim mazmuni, soni va sifati, ta'lim dasturlari, texnologiyalarning isloh qilinishi oqibatida bir qancha o'zgarishlar amalga oshirilib kelinmoqda. Ushbu vazifalarning amalga oshirilishi esa iqtisodiyotni taraqqiy ettirish, kambag'allikni qisqartirish yoshlar va xotin qizlarning hayotda munosib o'rin topishi, natijada xalqimiz turmush faravonligini oshirish masalalarining ij obiy hal etishini ta'minlaydi Prezidentimizning 2019 yil 6 sentabrda "Professional ta'lim tizimini yanada takomillashtirishga doir qoshimcha chora-tadbirlar to'g'risida"gi farmoni qabul qilindi. Mazkur farmon Ozbekiston tarixida yangi professiona ta'lim tizimini tashkil etishga asos bo'lgan bo'lsa, 2020yil 24yanvarda davlatimiz rahbari o'z murojaatnomasida "Joriy o'quv yildan boshlab, mutlaqo yangi professional ta'lim tizimi yo'lga qo'yilib, kasb hunar maktablari, kollejlar va texnikumlar tashkil etiladi" deb mazkur tizimning ahamiyatini yanabir bor alohida takidladi. Bunda iqtisodiyotning barcha tarmoqlari barobarida tadbirkorlik, kichik biznes, tomorqa biznesi, qurilish, xizmat ko'rsatish, chorvachilik, parrandachilik kabi tez sur'atlarda ravnaq topayotgan sohalar uchun ishchi kasblar bo'yicha malakali kadrlar tayyorlashi ko'zda tutildi. O'z navbatida, yangi tizimning barcha huquqiy - me'yoriy asoslari yaratildi. Jumladan, yaqinda "O'zbekiston Respublikasida uzluksiz boshlang'ich, o'rta va o'rta maxsus professional ta'lim tizimini tartibga soluvchi normative - huquqiy hujjatlarni tasdiqlash to'g'risida"gi hukumat qarori e'lon qilindi. Qaror bilan uzluksiz boshlang'ich, o'rta va o'rta maxsus professional ta'lim to'g'risidagi nizom, boshlang'ich professional ta'lim bosqichida kadrlar tayyorlaydigan kasb-hunar maktablarining namunaviy ustavi, O'rta professional ta'lim bosqichida kadrlar tayyorlaydigan kollejlarning namunaviy ustavi hamda O'rta- maxsus professional ta'lim bosqichida kadrlar tayyorlidigan texnikumlarning namunaviy ustavi tasdiqlandi. Ushbu hujjatlar asosida o'quv jarayoni xalqaro standartlarga muvofiqlashtirilgan ta'lim dasturlari asosida tashkil etiladigan 3 ta toifadagi ta'lim muassasalari yo'lga qo'yiladi. Joriy etilayotgan yangi tizim xalqaro andozalarga to'la mos bo'lishi uchun

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 6 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

14 ta xalqaro tashkilot bilan hamkorlikda rivojlangan xorijiy mamlakatlarning ilg'or tajribalari o'rganildi.

TADQIQOT NATIJASI VA MUHOKAMA

Professional ta'limning sifat va samaradorligini ta'minlash maqsadida o'quvchilar egalagan bilim, ko'nikma va malakalarini bevosita kundalik hayotida qo'llashga o'rgatadigan kompetensiyaviy yondashuvga asoslangan ta'lim dasturlari yaratildi va yangi o'quv yilidan tadbiq etish boshlandi. Professional ta'limmuassasalari bazasida zamonaviy agratexnologiyalarga o'qitishni joriy qilish, "simulyasion markazlar" faoliyatini yo'lga qo'yish amalga oshiriladi. Yana bir muhim jihat, bundan buyon professional ta'lim uassasalari va kasb - hunarga o'qitish markazlari imkoniyatlaridan kelib chiqib, o'quvchilarni jalb qilgan holda issiqxona, chorvachilik, asalarichilik, baliqchilik, quyonchilik, parrandachilik, bog'dorchilik, limonchilik, sabzavot yetishtirish, ishlab chiqarish hamda xizmat ko'rsatish sohalarida tadbirkorlik va kichik biznes tarmoqlari tashkil etiladi. XULOSA

Xulosa qilib aytganda mamlakatimizdagi milliy ta'li tizimi olib borilayotgan islohotlari, jumladan, ta'lim sifatin ta'minlash ustuvor yo'nalish deb belgilanayotgan davrda ta'lim tizimining samarali meyoriy-huquqiy asoslari yanada takomillashtirilayotganiga hammamiz guvoh bo'lib turibmiz. " O'zbekiston Respublikasi xalq ta'lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash tog'risida"gi PF- 5712 farmoni asosida ta'lim sohasida olib borilishini nazarda tutilgan ishlarni o'zida qamragan konsepsiyada belgilangan vazifalarni amalga oshirish orqali Prezidentimizning 5 ta muhim tashabbuslari keng ko'lamda bajarilib, yaqin kelajakda mamlakatimizni intellectual salohiyati, yuqori ta'lim sifati jahon standartlariga javob bera oladigan ta'lim darajasi yuksak bo'lgan davlatlar qatoriga olib chiqishiga ishonchimiz komil.

REFERENCES

1. O'zbekiston Respublikasi xalq ta'limi tizimini 2030 - yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi to'grisidagi Prezident Shavkat Mirziyoyevning 29.04.2019 yildagi PF-5712 son farmoni. www.lex.uz sayti.

2. Ishmuhammedov R., Abduqodirov A., Pardayev A. Ta'limda innovatsion texnologiyalar. - T.: Iste'tod, 2008. -108 - b.

3. Yusupov X. Tizimli innovatsion yondashuv asosida ta'lim sifatini boshqarishning asosiy yo'nalishlari. - T.: Xalq ta'limi, 2019. - 44- b.

4. Omonov B. Ta'lim va milliy taraqqiyot. - T.: Xalq so'zi, 2020. - 2-3 - b.

5. Rahmonov, Oliy ta'lim tizimi: O'zbekiston qanday marralarni ko'zlamoqda? - T.: Xalq so'zi, 2021. - 2-3 - b.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.