Научная статья на тему 'TA’LIMDA ZAMONAVIY PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALAR'

TA’LIMDA ZAMONAVIY PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALAR Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

CC BY
1624
161
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
texnologiya / donishmand / interaktiv metodlar / innovatsion texnologiya / rag‘batlantirish / ilm-fan / technology / wise / interactive methods / innovative technology / incentives / science

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — Hamroqulov, To’Lqinjon Tohirovich

Ushbu maqolada shiddat bilan rivojlanib borayotgan zamon uchun yosh avlodni munosib ravishda tayyorlab borish, tarbiyalash, zamonaviylik tushunchasi bilan, insoniylik xususiyatlarini chambarchaslikda ular onggiga singdira olish ota-ona bilan bilan teng qatorda o‘qituvchilardan ham ko‘p mehnat talab qilinishi va ta’limda innovatsiyalardan ped-texnikalardan unumli foydalanish haqida so’z boradi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

MODERN PEDAGOGICAL TECHNOLOGIES IN EDUCATION

In this article, it is necessary to prepare, educate the younger generation for the rapidly developing world, to inculcate human qualities in their minds with the concept of modernity, as well as parents and teachers. limda talks about the effective use of innovations in ped-techniques.

Текст научной работы на тему «TA’LIMDA ZAMONAVIY PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALAR»

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

О

R

VOLUME 2 | ISSUE 7 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

TA'LIMDA ZAMONAVIY PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALAR

Hamroqulov To'lqinjon Tohirovich

Qo'qon davlat pedagogika instituti, Jismoniy madaniyat fakulteti o'qituvchisi

ANNOTATSIYA

Ushbu maqolada shiddat bilan rivojlanib borayotgan zamon uchun yosh avlodni munosib ravishda tayyorlab borish, tarbiyalash, zamonaviylik tushunchasi bilan, insoniylik xususiyatlarini chambarchaslikda ular onggiga singdira olish ota-ona bilan bilan teng qatorda o'qituvchilardan ham ko'p mehnat talab qilinishi va ta'limda innovatsiyalardan ped-texnikalardan unumli foydalanish haqida so'z boradi.

Kalit so'zlar: texnologiya, donishmand, interaktiv metodlar, innovatsion texnologiya, rag'batlantirish, ilm-fan.

В данной статье необходимо подготовить, воспитать подрастающее поколение к стремительно развивающемуся миру, привить в его сознание человеческие качества с концепцией современности, а также родителям и учителям рассказывает об эффективном использовании инноваций в пед-технологии.

Ключевые слова: технология, гениальность, интерактивные методы, инновационная технология, стимуляция, наука.

In this article, it is necessary to prepare, educate the younger generation for the rapidly developing world, to inculcate human qualities in their minds with the concept of modernity, as well as parents and teachers. limda talks about the effective use of innovations in ped-techniques.

Keywords: technology, wise, interactive methods, innovative technology, incentives, science.

Hayotda muvaffaqiyatga erishish uchun uch narsa kerak:

diqqat, intizom va harakat.

Jaloliddin Rumiy

Bugungi kunda ta'limning o'smir yoshidagi o'quvchilarni fanga qiziqtirish, qolaversa, ularda mavzu yuzasidan kerakli bilim, ko'nikma hamda malakalarini

АННОТАЦИЯ

ABSTRACT

KIRISH

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

O

R

VOLUME 2 | ISSUE 7 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

shakllantirish ta'limda muhim vazifalardan biridir. Xususan yuqoridagi masalaga 11 sinflar misolida yondashadigan bo'lsak, ular, odatda, o'qituvchilarga ko'p qiyinchiliklarni keltirib chiqaradigan o'quvchilar guruhi sifatida tasvirlanadi. Agar biz ularning qiziqishlari, yosh xususiyatlari bilan hisoblashmas ekanmiz, ular o'z qobig'iga o'ralib qolaveradi. Bunday muammolar kelib chiqmasligi uchun har bir pedagog o'z ustida mukammal shug'ullanmog'i hamda har bir darsga o'zini qayta-qayta tayyorlab, mavzu yuzasidan ularni qiziqtiruvchi yangiliklarni olib kirishi zarur. Zero, donishmandlardan biri muvaffaqiyatning muhim qoidasi haqida shunday deydi: "Sen har kuni xuddi tarozi pallasiga qo'yilgandek mehnat qilishing lozim. O'zingga buyurilgan ishni ortig'i bilan bajar, Shunda ortig'i bilan olasan. Bilib qo'y, muvaffaqiyatga erishishning eng mashhur usuli-tinimsiz mehnat qilmoqlikdir". Bugungi kunda ona tili darsliklaridagi mavzular ular uchun birmuncha qiyinchilik tug'dirishi tabiiy.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Shu o'rinda yana bir savol tug'iladi: Aynan o'smir yoshidagi o'quvchilarda nutqiy kompetensiyalarini shakllantirishda qanday usullardan foydalanish mumkin? Albatta bunday hollarda o'quvchilarni darsga qiziqtirish va ularda tinglay olish qobiliyatini shakllantirishda turli xil metodik o'yinlar va usullar yaxshi samara beradi. Darhaqiqat, millionlab farzandlarimiz qalbiga ilm-fan ziyosini singdirib, ularni el-yurtga munosib insonlar etib tarbiyalayotgan zahmatkash va olijanob ustozlarimizga har qancha tahsinlar aytsak, arziydi. Yuqoridagi aytilgan fikirlarda hulosa qiladigan bo'lsak, hozirgi kunda o'qituvchi shunday imkoniyatlardan foydalanib o'z ustida ishlashi va o'quvchilarga to'g'ri yo'l tanlashda yo'lchi yulduz vazifasini bajarish uchun harakat qilishi kerak. Shuni ham takidlab o'tish Yangi O'zbekiston maktab ostonasidan boshlanadi deb bejiz aytmagan yurtboshimiz. Darhaqiqat yosh avlodni tarbiyalashda maktabning o'rni kattadir.

Shuni aytish lozim, Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev —Yangi O'zbekiston -maktab ostonasidan boshlanadi, degan fikrlari asnosida biz o'qituvchilar o'z ustimizda ishlashimiz lozim. Yosh avlodning tarbiyasida asosiy bosh bo'g'in bo'lishimizni hech qachon esdan chiqarmaslgimiz kerak. Mamlakat kelajagi, uning go'zal istiqboli saloyihatli yoshlarning ilg'or va innovatsion g'oyalari asosida yuksaladi. Bunaqangi taraqqiy topgan davlat barpo etish uchun esa, bugungi kun juda ham mas'uliyatli va shijoatli pedagog xodimlarimizdan intiluvchan, bilimga chanqoq o'quvchilarni voyaga yetkazishimizni talab qiladi. Shiddat bilan rivojlanib borayotgan zamon uchun yosh avlodni munosib ravishda tayyorlab borish,

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

o

R

VOLUME 2 | ISSUE 7 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

tarbiyalash, zamonaviylik tushunchasi bilan, insoniylik xususiyatlarini chambarchaslikda ular onggiga singdira olish ota-ona bilan bilan teng qatorda o'qituvchilardan ham ko'p mehnat talab qiladi. Izlanish, intilish va xohish bo'lsagina bu kabi vaziyatlar ijobiy tus oladi.

Bugungi kunga kelib o'qituvchi pedagoglarga yana jamiyatning asosiy bo'g'ini sifatida qarala boshladi. Bu esa o'z o'rnida ulardan yuqori malaka, sifatli bilim berish ko'nikmalarini talab qiladi. Sinfda o'qituvchi o'quvchilarga nisbatan jamiyki jabhalarning ko'zgusi sifatida namoyon bo'ladi. O'quvchilar oldida turgan ustozlari orqali dunyoni ko'radi, anglaydi tahlil qiladi. Mana shu boisdan, pedagog o'z ta'lim olguvchisining qalbiga kirib bora olishi, qo'llaridan tutib jamiyki olamni anglashga, insoniylik xususiyatlarini yurakka jo qilishga, samimiylikka chorlashi zarur. Qarab turgan qora ko'zlarning bizdan nimani so'rayotganini, nima istashini bilganimizdagina ularga to'g'ri yo'lni ko'rsata olamiz. Kerak paytida rag'batlantirishni, kerak paytida kamchiliklarini asta- sekinlik bilan bartaraf qilib borishni bilish haqiqiy pedagogning eng katta yutug'i. O'zini tutish, to'g'ri gapirish madaniyati o'qituvchiga hurmatni oshiradi. Nutq ravon, har bir berilgan ma'lumot aniq dalillar asosida, ishonarli qilib aytilsa ,albatta, o'zlashtirish sifati yaxshi bo'ladi. Shunchaki, metodlarni mavzuga moslagan holda tashkil qilish o'qituvchining epchilligiga bog'liq. Muhimi, darsni yangi usullarni yaratgan holda samarali tashkil qilish o'qituvchining mohirligiga bog'liq. Biz o'zimizdan shunday bir pedagog yaratishimiz lozimki, bizga kelajakda uchrab qolgan o'quvchi buyuk bir shaxsni, ulug' insonni ko'rgan kabi munosabatda bo'lsin. Yosh avlod dunyoga bizning ko'zlarimiz bilan qarashni o'rganar ekan, ularga qanday tasavvur yaratib berish va o'sha tasavvurida yashashga o'rgatish o'zimizga bog'liq. Shijoat va tinimsiz mehnat asosida qilingan har bir ish o'z mevasini albatta beradi!

Har bitta ta'lim jarayoni o'zining zamonaviy texnologiyalarga boyligi va yangicha yondashuvlari bilan o'z sifat darajasini ko'taradi. Bu yo'lda davlat ham, pedagoglar ham shu o'rinda yosh avlod ham bir xilda mas'uldirlar. Hozirgi kunda ta'lim jarayonida interaktiv metodlar, innovatsion texnologiyalar, pedagogik va axborot texnologiyalarini o'quv jarayonida qo'llashga bo'lgan qiziqish, extibor kundan-kunga kuchayib bormoqda. Bunday bo'lishining sabablaridan biri shu vaqtgacha anxanaviy taxlimda o'quvchilarni faqat tayyor bilimlarni egallashga o'rgatilganligidir. Zamonaviy texnologiyalar esa ularni egallayotgan bilimlarni o'zlari qidirib topishlariga, mustaqil o'rganib, tahlil qilishlari, hatto xulosalarni ham o'zlari keltirib chiqarishlariga o'rgatadi. O'qituvchi bu jarayonda shaxsning rivojlanishi, shakllanishi, bilim olishi va tarbiyalanishiga sharoit yaratadi va shu bilan

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

o

R

VOLUME 2 | ISSUE 7 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

bir qatorda boshqaruvchilik, yo'naltiruvchilik vazifasini bajaradi. Ta'lim jarayonida o'quvchi asosiy figuraga aylanadi. Shuning uchun umumiy o'rta ta'lim maktablarida o'quvchilarning bilimli, yetuk malakaga ega bo'lishlarini taxminlashda zamonaviy o'qitish metodlari - interaktiv metodlar, innovatsion texnologiyalarning o'rni va roli benihoya kattadir. Innovatsiya so'zi inglizcha innovation so'zidan olingan bo'lib, yangilik kiritish, yangilik degan ma'nolarni anglatadi. Innovatsion texnologiyalar pedagogik jarayon hamda o'qituvchi va o'quvchi faoliyatiga yangilik, o'zgarishlar kiritish bo'lib, uni amalga oshirishda asosan interaktiv metodlardan to'liq foydalaniladi. Interaktiv metodlar - bu jamoa bo'lib fikrlash demakdir. Bu metodlarning o'ziga xosligi shundaki, ular faqat pedagog va o'quvchilarning hamkorlikda faoliyat ko'rsatishi orqali amalga oshiriladi. Bunday pedagogik hamkorlik jarayoni o'ziga xos xususiyatlarga ega bo'lib, ularga quyidagilar kiradi:

- o'quvchining dars davomida befarq bo'lmaslikka, mustaqil fikrlash, ijod etish va izlanishga majbur etishi;

- o'quvchilarni o'quv jarayonida bilimga bo'lgan qiziqishlarini doimiy ravishda bo'lishini taxminlanishi;

O'quvchining bilimga bo'lgan qiziqishini mustaqil ravishda har bir masalaga ijodiy yondoshgan holda kuchaytirishi; hamisha pedagog va o'quvchining hamkorlikdagi faoliyatini tashkillanishi. Pedagogik texnologiyaning eng asosiy negizi o'qituvchi va o'quvchining belgilangan maqsaddan kafolatlangan natijaga hamkorlikda erishishlari uchun tanlangan texnologiyalarga bog'liq. O'qitish jarayonida qo'yilgan maqsad bo'yicha kafolatlangan natijaga erishishda qo'llaniladigan har bir ta'lim texnologiyasi o'qituvchi va o'quvchi o'rtasida hamkorlik faoliyatini tashkil eta olsa, ularning har ikkalasi ham ijobiy natijaga erisha olsa, o'quv jarayonida o'quvchilar mustaqil fikrlay olsalar, ijodiy ishlay olsalar, izlansalar, tahlil eta olsalar, o'zlari xulosa chiqara olsalar, o'zlariga, guruhga, guruh esa ularga baho bera olsa, o'qituvchi esa ularning bunday faoliyatlari uchun imkoniyat va sharoit yarata olsagina samara berishi mumkin. Har bir dars, mavzu, o'quv predmetining o'ziga xos texnologiyasi bor, yaxni o'quv jarayonidagi pedagogik texnologiya - bu yakka tartibdagi jarayon bo'lib, u o'quvchining ehtiyojidan kelib chiqqan holda ma'lum bir maqsadga yo'naltirilgan, oldindan loyihalashtirilgan va kafolatlangan natija berishga qaratilgan pedagogik jarayondir.

REFERENCES

1. Geografiya o'qitish metodikasi - Toshkent.2005

XULOSA

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

o

R

VOLUME 2 | ISSUE 7 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

2. Tolipov O'.,No'monova N.Ta'lim-tarbiya jarayonida zamonaviy pedagogik texnalogiyalar.G'G' Xalq ta'limi.-Toshkent,2002.-N 3.23-29b.

3. Rajapova Malika Ahmadali qizi, Allegorical Means Specific to Oral Speech. European Journal of Innovation in Nonformal Education (EJINE) Volume 2 | Issue 2 | ISSN: 2795-8612 Hosting by Innovatus Publishing Co. All rights reserved. © 2022. www.innovatus .es

4. Mirziyoyev Sh.M. Kitob mahsulotlarini chop etish va rivojlantirish, kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini targ'ib qilish bo'yicha komissiya tuzish to'g'risida. / —Xalq so'zil gazetasi, 2017-yil 13-yanvar

5. Xasanov J, Saribaev H, Niyozov G, Hasanbaeva O, Usmonboeva M. Pedagogika fanidan izohli lug'at. - T.: Fan va texnika, 2009

6. Kurbanov Sh.Ye, Seytxalilov Ye. A. Ta'lim sifatini boshqarish. - T.: Sharq.

7. Malika Rajapova. Allegorical Means Specific to Oral Speech. European Journal of Innovation in Nonformal Education (EJINE).

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.