Научная статья на тему 'TA`LIM TIZIMIDA INVESTITSIYALARNING KIRITISHNING AHAMIYATI VA RIVOJLANTIRISH MUOMOLARI'

TA`LIM TIZIMIDA INVESTITSIYALARNING KIRITISHNING AHAMIYATI VA RIVOJLANTIRISH MUOMOLARI Текст научной статьи по специальности «Экономика и бизнес»

CC BY
512
60
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
DAVLAT / TA'LIM / INVESTITSIYA / TA'LIM TIZIMI / IQTISODIY RIVOJLANISH / KADRLAR / INTELLEKTUAL SALOHIYAT

Аннотация научной статьи по экономике и бизнесу, автор научной работы — Ro'Ziboyeva N., Abdiqobilov S.

maqolda hozirgi iqtisodiy rivojlanish bosqichida, xalqaro munosabatlarda milliy iqtisodiyot mahsulotlarini raqobatga javob berishi avvalo mamlakatning ta’lim tizimiga bog’liq sanalishi va uni yanada rivojlantirishning samarali yo’llaridan biri unga investitsiyalarni kiritish ahamiyati haqida keltirilib o’tilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

THE IMPORTANCE OF INVESTMENT IN THE EDUCATIONAL SYSTEM AND THE CHALLENGES OF DEVELOPMENT

The proverb states that at the present stage of economic development, the response of the products of the national economy to competition in international relations is primarily related to the educational system of the country, and one of the effective ways to further develop it is about the importance of investing in it.

Текст научной работы на тему «TA`LIM TIZIMIDA INVESTITSIYALARNING KIRITISHNING AHAMIYATI VA RIVOJLANTIRISH MUOMOLARI»

Ra'ziboyeva N.

Teacher of Samarkand Institute of Economics and service

Abdikabilav S.

Student of Samarkand Institute of Economics and service

THE IMPORTANCE OF INVESTMENT IN THE EDUCATIONAL SYSTEM

AND THE CHALLENGES OF DEVELOPMENT

Annotation: the proverb states that at the present stage of economic development, the response of the products of the national economy to competition in international relations is primarily related to the educational system of the country, and one of the effective ways to further develop it is about the importance of investing in it. Keywords: government, education, investment, education system, economic development, manpower ,ualual capacity.

Ro'ziboyeva N.

Samarqand iqtisodiyot va servis instituti o'qituvchisi

Abdiqobilov S.

Samarqand iqtisodiyot va servis instituti talabasi

TA LIM TIZIMIDA INVESTITSIYALARNING KIRITISHNING AHAMIYATI VA RIVOJLANTIRISH MUOMOLARI

Annotatsiya: maqolda hozirgi iqtisodiy rivojlanish bosqichida, xalqaro munosabatlarda milliy iqtisodiyot mahsulotlarini raqobatga javob berishi avvalo mamlakatning ta'lim tizimiga bog'liq sanalishi va uni yanada rivojlantirishning samarali yo'llaridan biri unga investitsiyalarni kiritish ahamiyati haqida keltirilib o'tilgan.

Kalit so'zlar: davlat, ta'lim, investitsiya, ta'lim tizimi, iqtisodiy rivojlanish, kadrlar, intellektual salohiyat.

"Eng katta boylik - bu aql-zakovat va ilm, eng katta meros - bu yaxshi tarbiya, eng katta qashshoqlik - bu bilimsizlikdir"i0!.

SHAVKAT MIRZIYOYEV

Hozirgi iqtisodiy rivojlanishi bosqichida, ayniqsa, xalqaro munosabatlarda milliy iqtisodiyot mahsulotining raqobatbardoshlik talablariga javob berishlik,dunyo bozorida mehnat resurslarining oshib borishi bilan bir qatorda xomashyo resurslarining keskin kamayib borishi natijasida bilim iqtisodiy o'sishning asosoy omili va hal etuvchi rol o'ynay boshlaydi. Bilimlar va maxsus noyob konikmalar barqaror iqtisodiy osishning asosiy manbai

30 O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevni Oliy Majlisga Murojaatnomasi. 2020.01.24

va hal qiluvchi omiliga aylanishi "moddiy iqtisodiyot"dan "intellektual iqtisodiyot" ya'ni bilimga asoslangan iqtisodiyotga o'tish imkoniyatini beradi.Bevosita ilmiy tadqiqotlar,inson kapitaliga investitsiyalarning ortishi va buning natijasida eng yangi texnologiyalarning ozlashtirilishi jahonning yetakchi mamlakatlariga iqtisodiy o' sishning yuqori sur atlarini ta minlash imkoniyatini bermoqda.

Iqtisodiy rivojlanishning innovatsion bosqichi inson kapitali ahamiyatini beqiyos oshirib yubordi.Rivojlangan davlatlar jahonda inson kapitalining asosiy salmog'i egalik qiladi.Ular investitsiyalarning asosiy ulushini ham bevosita inson kapitaliga yonaltirmoqdalar.

Ozbekistonning strategik maqsadi-zamonaviy rivojlangan demokratik davlatlar qatoriga kirish,milliy iqtisodiyotning barqaror o'sishini ta minlash,aholining hayot sifatini yaxshilash va jahon hamjamiyatida munosib o'rin egallashning asosiy omillaridan biri talim sohasini tubdan isloh qilish deb belgilangan.Mamlakatda talim sohasida tub islohatlarni amalga oshirishning hayotiy muhimligi sobiq markazlashgan talim tizimining ijtimoiy yonaltirilgan bozor iqtisodiyoti talablariga javob bermasligi,shuningdek,respublikada tarkib topgan demografik vaziyat taqozo etdi. Bu borada Finlandiya tajribasi misol qilib keltirsh mumkin. Ushbu mamlakat umumiy savodxonlik, tabiiy fanlar va matematika bo'yicha dunyoda eng ilg'orlardan biri

Investitsiya - bu iqtisodiy samara (foyda,daromad) olish yoki ijobiy ijtimoiy natijaga erishish uchun sarflanadigan pul mablag lari,banklarga qo yiladigan omonatlar,paylar,qimmatli qog' ozlar (aksiya,obligatsiyalar) texnologiyalar, mashinalar, asbob-uskunalar, litsenziyalar va samara beradigan boshqa har qanday boyliklardir.

Prezidentimiz Sh.Mirziyoyev aytganlaridek "Har qaysi davlat, har qaysi xalq intellektual salohiyati, yuksak manaviyati bilan qudratlidir.

Shu sababli hammamiz uchun zamonaviy bilimlarni ozlashtirish, chinakam marifat va yuksak madaniyat egasi bolish uzluksiz hayotiy ehtiyojga aylanishi kerak.

Ozbekiston Respublikasi oliy talim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasiga asosan oliy talim sohasida davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish, hududlarda davlat va nodavlat oliy ta lim muassasalari faoliyatini tashkil etish asosida oliy talim bilan qamrov darajasini 50 foizdan oshirish, sohadagi sog'lom raqobat muhitini yaratish, respublikadagi kamida 10 ta oliy talim muassasasini xalqaro e'tirof etilgan tashkilotlar (Quacquarelli Symonds World Universities) reytingining birinchi 1000 ta o'rindagi oliy talim muassasalari ro'yxatiga kiritish, oliy ta lim muassasalarida o quv jarayonini bosqichma-bosqich kredit-modul tizimiga o tkazish, xalqaro tajribalardan kelib chiqib, oliy ta limning ilg or standartlarini joriy etish, jumladan, o quv dasturlarida nazariy bilim olishga yonaltirilgan talimdan amaliy konikmalarni shakllantirishga yonaltirilgan talim tizimiga bosqichma-bosqich o tish, O zbekiston oliy ta lim tizimini Markaziy Osiyoda xalqaro talim dasturlarini amalga oshiruvchi "xab"ga aylantirish, oliy

ta'limning investitsiyaviy jozibadorligini oshirish, xorijiy ta'lim va ilm-fan texnologiyalarini jalb etish konsepsiyaning asosiy maqsadlaridan hisoblanadi31.

O'zbekiston Respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi hamda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi ta' lim sifatini nazorat qilish inspeksiyasining oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi huzuridagi jamoatchilik kengashi hamda O'zbekiston oliy ta'lim muassasalari rektorlari kengashi negizida nodavlat notijorat tashkilot shaklidagi Respublika oliy ta'lim kengashini tashkil etish to'g'risidagi takliflar asosida oliy ta' lim tizimida kadrlar tayyorlash, qayta tayyorlash, malakasini oshirish va pedagoglarning ilmiy-innovatsion faoliyatini rivojlantirish bo'yicha ishlarni mazmunli va maqsadli tashkil etish yuzasidan taklif etish yuzasidan taklif va tavsiylar ishlab chiqish, xalqaro aloqalar natijadorligini tahlil qilib borish, qo'shma dasturlar samaradorligini baholash, hamkorlikning yangi shakllarini rivojlantirish, chet ellik professor-o'qituvchilar va xorijdagi vatandoshlarni oliy ta'lim tizimiga jalb etish bo'yicha takliflar tayyorlash, oliy ta'lim muassasalari faoliyati samaradorligini baholash va takomillashtirish bo'yicha xorijiy ilg'or tajribalarni o'rganish asosida ularni Respublika oliy ta'lim muassasalar sharoitida qo'llash bo'yicha tavsiyalar ishlab chiqish lozim.

Inson ta'lim olish,malaka oshirish hisobiga o'z bilimlarini oshiradi. Ushbu bilimlardan mehnat jarayonida foydalanish natijasida mehnat unumdorligi ortadi. Bu provard natijada milliy iqtisodiyot o'sishini ta'minlaydi. Yuqori samarali mehnat hisobiga insonning ish haqi va daromadi ortadi, turmush sifati yaxshilanadi.Chuqur bilim va yuqori malakaga ega bo'lishdan shaxsiy manfaatdorlik insonni o'z bilimlarini yanada boyitishga undaydi.

Xodimning ta'lim olishiga investitsiyalar uning inson kapitalini shakllantiradi va muayyan davrdan song o'z egasiga foyda keltiradi.

Ta'limga xarajatlar va buning natijasida olinadigan foyda aniqlangandan song olingan foyda miqdori chiqimlar miqdori bilan taqqoslanadi. Bu ikki miqdor o'rtasidagi farq olingan ta'lim qiymatini ko'rsatadi.

Ta'limga investitsiyalar eng avvalo:

- Ta'lim tizimida infratuzilmalarini ta'mirlash, obodonlashtirish ishlari;

- Insonning o'z bilimlarini oshirishga motivatsiyasining ortishi;

- To'plangan bilimlardan mehnat faoliyati jarayonida foydalanish;

- Mehnat unumdorligi ortishi va iqtisodiyotning o' sishi;

- Inson turmush darajasi va turmush sifatining ortishi;

- Inson mehnatga haq to' lashning ko'payishi,uning daromadlari ortishi;

Bularning barchasi inson uchun. Inson bilimi ortishining samaradorligi

iqtiodiyotning ham o'sishiga olib keladi. Mamlakatda ta'lim tizimini davlat budjetidan moliyalashtirish ikki darajaliligini alohida ta'kidlash lozim:

- Respublika (markaziy) budjeti. Oliy ta'lim muassasalari, ularning ta'lim muassasalari va akademik litseylar, shuningdek, xalq ta'limi sohasi hodimlarini tayyorlash va malakasini oshirish mintaqaviy institutlari respublika budjeti hisobidan moliyalashtiriladi;

31 2030-yilgacha oliy ta'lim tizimini rivojlantirish konsepsiyasi ma'lumotlari.

- Mahalliy budjetlari. Ulardan kasb-hunar kollejlari va oliy ta'lim muassasalariga qarashli bo'lmagan akademik litseylar hamda ta'lim muassasalariga kapital qo'yilmalar, tumanlar hududlaridagi maktabgacha tarbiya muassasalari, ixtisoslashtirilgan va umumta'lim maktablarining joriy xarajatlari moliyalashtiriladi.

Umumta'lim maktablarini moliyalashtirishga davlat budjeti mablag'lari bilan birga maktab ta'limini rivojlantirish umumilliy davlat dasturi asosida tashkil etilgan budjetdan tashqari maktab ta'limi jamg'armasining hissasi tobora ortmoqda. Maktab ta'limi jamg'armasi uch manba hisobiga shakllantirildi:

> Maktabni rivojlantirish uchun soliq.Ushbu soliq tizimi doirasida yuridik shaxs sifatida ro'yxatga olingan savdo tashkilotlaridan savdodan olingan daromadlarning 1,0 % miqdorida olinadi;

> Mahalliy hokimiyat organlarining badallari;

> Budjetdan tashqari boshqa badallar, shu jumladan, homiylik yordamlari.

Jumladan, yurtimizda 2020-yilda budjetdan ajratiladigan 1,7 trillion so'm mablag' hisobidan 36 ta yangi maktab qurilib, 211 tasi kapital ta'mirlanadi.Shuningdek, 55 ta xususiy maktab tashkil etilib, ularning soni 141 taga yetkaziladi. Joriy o'quv yilidan boshlab, mutlaqo yangi professional ta'lim tizimi yo'lga qo'yilib, 340 ta kasb-hunar maktabi, 147 ta kollej va 143 ta texnikum tashkil etiladi. Kadrlar malakasini xalqaro mehnat bozori talablariga moslashtirish maqsadida milliy malaka tizimi ishlab chiqiladi. Ushbu tizim 9 mingga yaqin kasblar bo'yicha kadrlar tayyorlash imkonini beradi32. Shu bilan birgalikda bugungi kunda xalq ta'lim tizimida birgina mehnat qilayotgan 490 mingdan ziyod pedagoglarning 4 foizi oliy, 15 foizi birinchi toifaga ega. 4 bosqichdan iborat amaldagi attestatsiya tizimida qog'ozbozlik hanuzgacha mavjuddir33 va bu albatta ta'lim tizimi muomolaridan biridir.

Shu o'rinda hozirgi paytda O'zbekiston ta'lim tizimini moliyalashtirishda xalqaro va mintaqaviy moliya muassasalari, chet el davlatlarining texnik yordamlari ham muhim rol o'ynamoqda. Ular respublikada umumta'lim, o'rta maxsus, kasb-hunar va oliy ta'limini qo'llab quvvatlash uchun 500,0 mln. AQSh dollaridan ko'proq mablag' kiritdilar. Bu hamkorlar qatorida Janubiy Koreya va Germaniya hukumati, Osiyo taraqqiyot banki, Jahon banki, Islom taraqqiyot banki, OPEK fondi, Saudiya fondini keltirish mumkin.

Mamlakatimiz uchun ilm-fan sohasidagi ustuvor yo'nalishlarini aniq belgilab olish maqsadida hech bir davlat ilm-fanning barcha sohalarini taraqqiy ettira olmaydi. Shuning uchun biz ham har yili ilm-fanning bir nechta ustuvor yo'nalishini rivojlantirish tarafdorimiz. Ilm-fan yutuqlarining elektron platformasi, mahalliy va xorijiy ilmiy-tadqiqot dargohi nufuzli chet el universitetlari va ilmiy markazlari bilan hamkorlikni yo'lga qo'yilishi shart. Shuningdek, ta'limning barcha

32 O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevni Oliy Majlisga Murojaatnomasi. 2020.01.24

33 www.iiv.uz

bosqichlarida xalqaro andozalarga to'liq javob beradigan axborot texnologiyalari joriy etilishi lozim.

Shuni qayd etish joizki, ta'limsiz tarrqqiyot va yuksak cho'qilarga erishib bo'lmaydi. Investitsiya esa ta'lim uchun juda muhim sanaladi. Shunday ekan, investitsiyalarni kiritish ta'lim sohasiga muhim shart-sharoitlar talab qiladi. Ular quyidagilar:

• Ta'lim tizimini tubdan tizimli isloh qilish;

• Yangi tizimlarni amalyotda qo'llab-quvvatlash;

• Muomolarni joyida o'rganish;

• Har xil reja va dasturlarni ishlab chiqish;

• Malakali kadrlar jalb qilish va ulardan foydalanish;

• Imtiyozlarni ko'paytirish.

Darhaqiqat, ta'limga kiritilgan investitsiyalar o'zini oqlashi kerak. Sababi, o'zaro manfaat bo'lmas ekan ta'lim tizmimiz rivojlanmaydi o'sish ham ko'zatilmasligi mumkin. Bizning ta'lim tizmimizga katta mablag' ajratilayotgan bo'lsada unchalik natijasini bermayabdi. Avvolo ta'lim tizmimizni rivojlantirish uchun o'zimizning ham milliy grantalatrimizni sezilarli oshirishimiz lozim deb uylaymiz. Zero, zamonaviy ta'lim ta'lim tizmini yaratish vaqti keldi va buni hozir amalga oshirish lozim. Shu o'rinda, jahon bozori egallanib bo'lingan va unga davogarlik qilish ham qiyin masala deb o'ylaymiz. Biz yuksak bilimli, ma'naviyatli, vatanparvar kadrlarni yaratish va ularni intellektual salohiyatidan foydalanibgina taraqqiyotga erishimiz mumkin. Shunday ekan, xizmatlar eksportini rivojlantirish bizning ustuvor vazifamiz bo'lishi lozim.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevni Oliy Majlisga Murojaatnomasi. 2020.01.24

2. 2030-yilgacha Oliy ta'lim tizimini rivojlantirish konsepsiyasi.

3. Xudoyberdiyev U., Abdiqobilov Sh, "Investitsiya:mohiyati, turlari va samaradorligi" : Risola / ; - Samarqand.: "SamDChTI" nashriyoti, 2019 y. 27 b.

4. www.stat.uz - O'zbekiston Respublikasi Statistika Qo'mitasi rasmiy internet sayti.

5. www.iiv.uz - O'zbekiston Respublikasi Ichki Ishlar Vazirligi rasmiy internet sayti.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.