Научная статья на тему 'AN’ANAVIY XONANDALIK YO‘NALISHI BO‘LAJAK MUTAHASISLARINING PEDAGOGIC KOMPETENSIYASINI RIVOJLANTIRISH VA BU JARAYONDA DUCH KELINADIGAN MUAMMO VA YECHIMLAR'

AN’ANAVIY XONANDALIK YO‘NALISHI BO‘LAJAK MUTAHASISLARINING PEDAGOGIC KOMPETENSIYASINI RIVOJLANTIRISH VA BU JARAYONDA DUCH KELINADIGAN MUAMMO VA YECHIMLAR Текст научной статьи по специальности «Искусствоведение»

CC BY
37
10
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Oriental Art and Culture
Область наук
Ключевые слова
pedagogika / kompetensiya / mutaxassis / an’ana / milliy-mumtoz / musiqa / maqom / xonanda / shashmaqom / ustoz-shogird

Аннотация научной статьи по искусствоведению, автор научной работы — Mohigul Gulomovna Akbarova, Rasim Zalimxan O‘G‘Li Xayrov

Ushbu maqolada an’anaviy xonandalik yo‘nalishi bo‘lajak mutahasislarining pedagogic kompetensiyasini rivojlantirish va bu jarayonda duch kelinadigan muammo va yechimlar hususida bo‘lib, maqolada keltirilgan fikr va mulohazalar muallifning ilmiy ish doirasida o‘rganilgan. Ma’lumotlar mavjud adabiyotlar, ilmiy ishlar, maqola va tezislarni o‘rganib umumiy xulosa asosida yozilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «AN’ANAVIY XONANDALIK YO‘NALISHI BO‘LAJAK MUTAHASISLARINING PEDAGOGIC KOMPETENSIYASINI RIVOJLANTIRISH VA BU JARAYONDA DUCH KELINADIGAN MUAMMO VA YECHIMLAR»

AN'ANAVIY XONANDALIK YO'NALISHI BO'LAJAK MUTAHASISLARINING PEDAGOGIC KOMPETENSIYASINI RIVOJLANTIRISH VA BU JARAYONDA DUCH KELINADIGAN

MUAMMO VA YECHIMLAR

Mohigul Gulomovna Akbarova Ilmiy rahbar: Rasim Zalimxan o'g'li Xayrov Guliston davlat universiteti

Annotatsiya: Ushbu maqolada an'anaviy xonandalik yo'nalishi bo'lajak mutahasislarining pedagogic kompetensiyasini rivojlantirish va bu jarayonda duch kelinadigan muammo va yechimlar hususida bo'lib, maqolada keltirilgan fikr va mulohazalar muallifning ilmiy ish doirasida o'rganilgan. Ma'lumotlar mavjud adabiyotlar, ilmiy ishlar, maqola va tezislarni o'rganib umumiy xulosa asosida yozilgan.

Kalit so'zlar: pedagogika, kompetensiya, mutaxassis, an'ana, milliy-mumtoz, musiqa, maqom, xonanda, shashmaqom, ustoz-shogird

DEVELOPMENT OF PEDAGOGICAL COMPETENCES OF TRADITIONAL SINGING SPECIALISTS AND PROBLEMS AND SOLUTIONS IN THIS

PROCESS

Mohigul Gulomovna Akbarova Research advisor: Rasim Zalimxan oglu Xayrov

Gulistan State University

Abstract: This article deals with the development of pedagogical competence of future experts of traditional singing and the problems and solutions encountered in this process. The information is written on the basis of a general conclusion after studying the existing literature, scientific works, articles and theses.

Keywords: pedagogy, competence, tradition, national-classical, specialist, music status, singer, shashmaqom, teacher-student

Butun dunyoda kecha(tarix)dan to bugungi kunga qadar ta'lim tarbiya jarayonlari shu qadar rivojlanib keng ko'lamga ega bo'ldiki pedagog sifatida faoliyat olib borish anchayin murakkablashi o'z ustida ishlashning maksimal darajasini talab etmoqda. Ham milliy qadryatlar hamda zamonaviy texnologiyalar yordamida ish olib borish pedagoglarga qo'yilagan asosiy talablardan bo'lsa, nazariy bilimlarning amaliyot bilan turmush tajribalari bilan bog'lab olib borish ta'limning yetakchi qoidalaridan

hisoblanadi. Ta'lim - tarbiya sohasidagi yutuqlar, eng avvalo nazariya bilan amaliyotning o'zaro bog'liqligiga asoslanadi. Shundagina o'quvchi - talaba o'rganayotgan o'quv materiallarining tub mohiyatini tushunib yetadi va amaliyotda ulardan foydalana oladi. Buning uchun o'qituvchi ta'lim jarayonida o'quvchilarning faol ishtirok etishlariga erishmog'i lozim. Faol ishtirok esa bilimlarni ongli tushunib o'zlashtirishga olib keladi.

Manan yetuk yosh avlodimiz ertangi kuni yuksak ma' naviyatini salmoqli darajada boyituvchi pedagog-o'qituvchilarning bilim, ko'nikma va salohiyatlari yanada zamonga xos va mos holda ijtimoiy-gumanitar fanlar uyg'unligida olib bormog'i maqsadga muvofiqdir. Shuningdek, bu borada birgalikdagi harakat yoshlarimizning barkamol inson bo'lib voyaga yetishi uchun muhim ahamiyat kasb etadi. Mustaqil davlatda ta'lim tizimini shakllantirish va rivojlantirish, millatning taqdiri va istiqbolini ta'minlash kabi jiddiy muammolarni hal qilishning ilmiy asoslari va amaliy yo'llarini yaratishda buyuk ajdodlarimizning ibratli ishlari, ta'limotlarini hayotimizga tadbiq etish taqozo etiladi. Asriy qadriyatlar negizida qaror topgan boy musiqa merosimizning o'rganish masalalari yangi bosqichga ko'tarilmoqda. O'zbek xalq og'zaki an'anasidagi kasbiy san'at asarlarining xalq e'zoziga tushishi, maqom ashulalarining, katta ashulalarining va maqom yo'llaridagi mumtoz asarlarining ijrochilik taomilidan munosib o'rin egallashi bu jarayonga o'zgacha salohiyat baxsh etdi. Bugungi kunda ularni tadqiq etish, pedagogik ta'lim tizimida ularning o'rganilishini o'tmish va bugungi kun misolida tahlil qilish dolzarb masalaga aylanib bormoqda. Shunnigdek, har qanday san'at turi har xil vositalar orqali hayotiy voqelikni aks ettirishga qodir ekan, so'nggi yuz yillik mobaynida O'zbekiston musiqasining rivojlanishi nechog'lik murakkab va o'zgaruvchan ijtimoiy sharoitlarda kechganini yaqqol tasavvur qilish va uni tadqiq etish ustivor ahamiyat kasb etib bormoqda. Ma'lumki maqom ta'limotini o'rganish mazkur muhtasham san'at paydo bo'lishidan boshlab vujudga kelgan. Qolaversa maqom san'atini o'rgatilishi, ta'lim shakllari uzoq o'tmishdan shakllanib bugungi kunga qadar taraqqiy etib kelmoqda.

An'anaviy xonandalik yo'nalishida bilim berish boshqa sohalarga nisbatan anchayin murakkab va uzoq vaqt talab etadi. Ushbu soha ustoz - shogird an'analari hamda asriy davom etayotgan ijro an'analariga taqlidni ham talab qiladi. Umuman olganda ta'lim berish jarayoni hech qachon onson kechmagan ham. Bugungi kun zamonaviy yondashuvda kompetensiya tushunchasi keng tarqalib har bir sohaning o'z kompetentligi mavjud. Hususan pedagogika sohasida ham pedagogic kompetensiya tushunchasi shakllanib bo'lgan. Har bir sohada bo'lgani kabi san'atning har javhasida hususan oliy ta'lim tizimida San'atshunoslik sohasida Vokal san'ati. An'anaviy honandalik yo'nalishi bo'lajak mutahasislarining umummilliy kompetensiyalarini rivojlantirish uchun mustqali izlanuvchi sifatida pedagogic tehnalogiyalarni ishlab chiqish izlanishlaridaman. Aslida kompetensiya nima? Uni shakllantiruvchi omillarga

nimalar kiradi? Qanday hollarda kompetentlik yaqqol namoyon bo'ladi? Kompetensiyani rivojlanish bosqichlari qandav va uni qanday amalga oshirish kerak degan savollarga Vokal san'ati. An'anaviy honandalik yo'nalishi misolida yechim qidiramiz. Kompetentlik ko'pincha shaxsning ajralmas sifati sifatida tushuniladi, u o'rganish va ijtimoiylashuv jarayonida olingan bilim, ko'nikma va tajribaga asoslangan faoliyatga umumiy qobiliyat va tayyorlikda namoyon bo'ladi va mustaqil va muvaffaqiyatli faoliyatga yo'naltirilgan. Kompetentsiya - o'qituvchining o'quv tayyorgarligi normasi (talablari) bo'lib, u muayyan sohada muvaffaqiyatli faoliyat yuritish imkonini beradi. Oqituvchi kompetensiyasi uch qismdan iborat: umumiy madaniy, kasbiy va ijtimoiy kompetentsiyalar. Kompetentsiyaning yana bir muhim tarkibiy qismi hamkorlikdir. Bu talabalar va o'qituvchilarning birgalikdagi rivojlanish faoliyatining insonparvarlik g'oyasi bo'lib, o'zaro tushunish, ma'naviy dunyoga kirish, faoliyatning borishi va natijalarini jamoaviy tahlil qilish bilan muhrlangan.

An'anaviy xonandalik yo'nalishida ta'lim berar ekanmiz avvalo pedagogik kompetensiya jarayonida Ustoz-shogird an'analarini alohida aytib o'tish va aynan ushbu so'zga katta urg'u berish lozim. Shu o'rinda aytib o'tish shartki bugun Yurtimizda uzluksiz ta'lim tizimining barcha bo'g'inlarida "Ustoz-shogird" an'analarini tarkib toptirish va rivojlantirishga qadriyatli tus berildi. Masalan, har bir ta'lim muassasasining pedagog xodimlariga tahsil oluvchi o'quvchilar "Ustoz -shogird" an'analari asosida biriktirib chiqildi. Bu ayniqsa mumtoz xonandalik, maqom ijrochiligi yo'nalishida tahsil oluvchi talabalar uchun ayni muddao bo'lmoqda. Boshqa sohalardan farqli o'laroq An'anaviy honandalik yo'nalishi umummilliy urf-odatlar, an'analar, nasriy qadriyatlar, milliy madaniy merosimizning amalda mavjud durdonalari asosida tarbiyalanadi. Avvalo ushbu soha vakillari musiqiy merosimizning amaliy jihatlarini va shu bilan birga nazariy jihatlarini ustozlaridan eshitish, tushunish va o'zlarida amaliy tahlil qilish jarayoni orqali pedagogik ko'nikmalarga ega bo'ladilar. Biz san'atning qaysi bir sohasi bo'lmasin umumiy jihatni avval aniqlaymiz va shu jihatlarni talabaga singdiramiz. Biz maqola boshida pedagogik kompetensiya tushunchasiga urg'u berayapmiz va ustoz-shogirt tushunchasini uning yoniga qo'yayapmiz. Nima uchun? Sabab shuki kompetensiya tushunchasi zamirida Zamonaviy ta'lim o'z-o'zidan kompetensiya nuqtai nazaridan yondoshuv masalasini zaruriy qilib qo'ymoqda. Bu albatta, kasb jihatdan kompetentligi bo'lgan bo'lajak o'qituvchini tayyorlashni talab qiladi. Ta'limning asosiy maqsadi talabada ijtimoiy zarur sifatlarni va kompetensiyani, shaxs sifatida o'zligini anglash, o'z bilimlarini doimiy oshirib borish, o'zini boshqarib borish va faollashib borishi zarur, chunki pedagog ixtisosligi bo'yicha ta'lim va tarbiya ishlari yuzasidan jamiyat oldida mas'uldir. U muntazam ravishda kasbiy tayyorgarligini takomillashtirib borish bilan birgalikda o'qituvchi, muallim, ustoz, tarbiyachi, pedagog huquqiga ega bo'lishi, aniqrog'i, kasbiy kompetensiya egasi bo'lishi lozim. Endilikda o'qituvchi uchun o'zi

tanlagan kasb, fan, mutaxassislik borasidagi amaliy va nazariy bilimlarni puxta egallash kamlik qilib qoldi. U har qanday vaziyatda ta'lim-tarbiyani yangi-yangi usul va metodlarini o'z faoliyatida qo'llay olishi, bir so'z bilan aytganda, kompetensiya egasi bo'lishi lozim.1

Ustoz-shogird an'analari eng qadimgi davrlardan mavjud bo'lib, ularni mazmun-mohiyati yillar o'tishi, jamiyat ijtimoiy formatsiyalarining o'zgarishi asosida o'zgarib davr talablariga moslashtirib boriladi. Bugungi kunda ustozlar an'anasini davom ettirishib, qator yosh san'atkorlar muvaffaqiyatli ijod qilmoqdalar. Ular ustozlar maktabiga suyangan holda o'zlariga xos ijro yo'llari va uslublari bilan qo'shiqchilik xazinasiga sezilarli xissa qo'shmoqdalar. Ustoz-shogird an'analari deganda bir necha yillar emas, necha ming yillar, asrlar haqida fikr qilish lozim ya'ni milliy musiqa merosimizning ilk shakllandan ondan bugungi kunga qadar izlanish olib borgan olimlar, musiqashunoslar, asriy xofizlar va ularning og'izdan og'izga o'tib kelgan ijrochilik an'analari xususida so'z boradi. An'anaviy qo'shiq ijrochiligi tarixiga nazar tashlasak, XIX asrning ikkinchi yarmi va XX asr boshlarida o'lkamizda bu muqaddas san'atning butun bir ijrochi avlodi yetishib chiqqanligining guvohi bo'lamiz. Ota Jalol Nosirov, Ota G'iyos Abdulg'ani, Xoji Abdulaziz Abdurasulov, Domla Halim Ibodov, Levi Boboxonov, Sodirxon hofiz Bobosharifov, Zohidxon hofiz, Madali hofiz, Mulla To'ychi Toshmuhammedov, Matyoqub Xarratov singari zabardast hofizlar shular jumlasidandir. Musiqa merosimiz ustuni "Shashmaqom" (Sayfuddin Urmaviy) ungacha bo'lgan davrda "O'n ikki maqom" (Buxoro musiqashunos olimlari) tizimi, "Xorazm tanbur chizig'i" va undan ham ilgari saroy sozandalari hamda xofizlarining ijodi, xayot yo'llari haqida chuqurroq anglashga harakat qilsak ularning bilim va malakalari, Olloh in'om etgan qobiliyatlari va ushbu qobiliyatni qanday shakllantirib, rivojlantirib borganliklari haqida anglash oson kechadi. Ushbu jarayonlarni o'rganish jarayoni hamda o'rgatish jarayoni pedagogik tajriba va ko'nikmalarni mustahkamlovchi omillardan sanaladi. Maqom an'analari hamda uning kuylanish yo'llarini o'qib o'rganar ekanmiz sof ovoz, jozibali, mukammal talqin, keng diapazon, shunga xos ko'lam va mahoratda o'z ifodasini topadi. Bunga erishish uchun esa saboq, ilm, bilim, sabot hamda uquv lozimdir. An'anaviy xonandalik bir qator uzluksiz rivojlanib boruvchi omillarga tayanadi: kuy, she'r matnini puxta o'rganish, ijro maqsadini imkon qadar to'la ochib berish, ovoz yo'nalishidagi omomentik qoidalarni aniq ifodalash ana shunday omillardandir. Milliy musiqiy bezaklar, ovozning o'zbekona tuslanishi va sadolanishini ta'minlash, ijro jarayonini to'laligicha va alohida-alohida holda uni o'rab turgan ijroviy-ijodiy, ilmiy-nazariy tomonlarini qiyosiy o'rganish san'atkorlar oldida turgan asosiy vazifalardan biri. Ijroni qiyosiy

1 SCIENCE AND INNOVATION INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 8 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337 1549 PEDAGOGIK KASBIY KOMPETENSIYANI SHAKLLANTIRISHGA OID ILMIY YONDOSHUVLAR Jakbarova Oyazimxon Mutalipovna

fTTTyiS^^™] 73 ISSN 2181-063X / Impact Factor 4.047 (SJIF 2021)

o'rganish, tahlil qilish, mohiyatini anglashda innovatsion vositalar, xususan ovozli yozuvlar va albatta ustozona jonli ijrolardan foydalanish talab etiladi. Ushbu jarayonlar negizida ham pedagogik mahorat yotadi aslida. Ko'rinishidan murakkab bo'lgan ushbu jarayonlar aslida tartibi, qonun qoidasi va boshlanish nuqtasini aniq olish va natija kutilganidan a'lo bo'ladi. Pedagogik kompetensiyalar ham shu jarayonlarni o'z ichiga qamrab oladi.

Ta'lim-tarbiya inson kamoloti va millat ravnaqining asosiy sharti va garovidir. Ta'lim tarbiya jarayonlari davlat nazoratidagi umummilliy masala hisoblanadi. Mamlakatimizda ta'lim, ya'ni o'qitishni tarbiya bilan uyg'unlikda olib boriladi. Kadrlar tayyorlash milliy dasturi ta'lim jarayonini tubdan yaxshilashni talab qilar ekan, kompetentli pedagoglarni tayyorlashda ham ana shu talablardan kelib chiqqan holda yondashilishi ko'zga tashlanadi. Kompetensiyalik yoki juda mahoratlilik, oliy malakali pedagoglarni tayyorlash zamonamizning eng dolzarb masalasiga, aytish joiz bo'lsa, davlat va jamiyatning eng asosiy vazifasiga aylangan. Bugungi kunda jamiyat uchun butunlay yangi qiyofadagi mustaqil fikrlovchi, ijodiy izlanuvchi, yuksak kasbiy mahorat va intellektual, ilmiy salohiyatga ega bo'lgan yetuk mutaxassisga bo'lgan talab tobora oshib bormoqda. Umumiy olib qaraganda har bir javhada kasbiy kompetensiya masalasida dunyo pedagoglari tajribasini tatbiq qilish yoki an'anaviy o'zbek pedagogikasi me'yorlaridan kelib chiqqan holda kompetensiya mezonlarini belgilashda fikrlar hilma-xil bo'lib, hali yechilmagan masalalar talaygina. Bu borada olib borilayotgan ilmiy izlanishlarga bu borada olib borilayotgan ilmiy izlanishlarga nazar tashlasak, turli soha va mutaxassisliklarga, fan taraqqiyotida, o'qitish usullari, texnologiyalariga juda ko'p e'tibor qaratilayotgani e'tiborga molik.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. Axmedova M.T. Pedagogik kompetentlik.Uslubiy qo'llanma. -T.: BROK SLASS SERVIS, 2016

2. Farberman B. L, Musina R. G., F. A. Djumabaeva. Oliy o'quv yurtlarida o'qitishning zamonaviy usullari.-T.: 2002

3. AN'ANAVIY XONANDALIK YO'NALISHI BO'LAJAK MUTAHASISLARIGA BILIM BERISHDA PEDAGOGIK KOMPETENSIYALAR Moxigul Gulomovna Akbarova "Oriental Art and Culture" Scientific Methodical Journal / ISSN 2181-063X Volume 3 Issue 4 / December 2022

4. M. Yo'lchiyeav An'anaviy yakka xonandalik. o'quv qo'llanma Toshkent 2018.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.