Научная статья на тему 'INNOVATSION TA'LIM KLASTERI MUHITIDA BO„LAJAK DEFEKTOLOGLARNI INKLYUZIV TA'LIM TIZIMIGA TAYYORLASH TEXNOLOGIYALARI'

INNOVATSION TA'LIM KLASTERI MUHITIDA BO„LAJAK DEFEKTOLOGLARNI INKLYUZIV TA'LIM TIZIMIGA TAYYORLASH TEXNOLOGIYALARI Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

1
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
innovatsiya / ta'lim klasteri / defektolog / texnologiya / maxsus ta'lim / nazariy mashg'ulot / amaliy mashg'ulot

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Xusnora Shuxrat Qizi Yunusova, Madina O'Ktam Qizi Nuriddinova

Ushbu maqolada innovatsion ta'lim klasteri muhitida bo'lajak defektologlarni inklyuziv ta'lim tizimiga tayyorlash texnologiyalari yuzasidan so'z borgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «INNOVATSION TA'LIM KLASTERI MUHITIDA BO„LAJAK DEFEKTOLOGLARNI INKLYUZIV TA'LIM TIZIMIGA TAYYORLASH TEXNOLOGIYALARI»

Chirchik State Pedagogical University Current Issues of Modern Philology and Linguodidactics

Staatliche Pädagogische Universität Chirchik Aktuelle Fragen der modernen Philologie und Linguodidaktik

^hjrcMq^avlat^edagogikaMiiViiiitill

INNOVATSION TA'LIM KLASTERI MUHITIDA BO'LAJAK DEFEKTOLOGLARNI INKLYUZIV TA'LIM TIZIMIGA TAYYORLASH

TEXNOLOGIYALARI

Xusnora Shuxrat qizi Yunusova

p.f.f.d. (PhD)., Maxsus pedagogika kafedrasi

Madina O'ktam qizi Nuriddinova

Tiflopedagogika yo'nalishi 2-kurs talabasi Chirchiq davlat pedagogika universiteti

ANNOTATSIYA

Ushbu maqolada innovatsion ta'lim klasteri muhitida bo'lajak defektologlarni inklyuziv ta'lim tizimiga tayyorlash texnologiyalari yuzasidan so'z borgan.

Kalit so'zlar: innovatsiya, ta'lim klasteri, defektolog, texnologiya, maxsus ta'lim, nazariy mashg'ulot, amaliy mashg'ulot

ABSTRACT

This article talks about the technologies of preparing future special education teachers for the inclusive education system in the environment of the innovative educational cluster.

Keywords: innovation, educational cluster, defectologist, technology, special education, theoretical training, practical training

Bugungi kunda mamlakatimizda ta'lim tizimida qator islohotlar amalga oshirilmoqda. Ushbu islohotlar asosida jamiyatda o'qituvchilik kasbining mavqeini yanada mustahkamlash, sohaga ilg'or xorijiy tajribalar va innovatsiyalarni jalb qilish, ta'lim, fan, ishlab chiqarish izchilligini ta'minlash, ta'limning asosiy va yordamchi tuzilmalarini zamonga mos holda takomillashtirish, ta'lim jarayonida o'zini namoyon qila olgan o'quvchilar bilan ish tizimini rivojlantirish kabi yo'nalishlarni qamrab olgan.[1]

Pedagogik ta'lim innovatsion klasteri ushbu islohotlarni amalga oshirish vositasi sifatida namoyon bo'ladi. Ushbu ilmiy-pedagogik muammo o'zining innovatsion xarakteri, xorijiy tajribalardan muvaffaqiyatli o'tgani va ta'lim turlari shu jumladan, ta'lim tashkilotlari o'rtasidagi o'zaro manfaatli hamkorlikni ta'minlay olishi bilan ham mamlakatimiz ta'lim tizimiga mosligi bilan ahamiyatlidir.

Ma'lumki amaliyotda nutq nuqsonlarini aniqlash hamda tashxislash yuzasidan qator metodikalar qo'llanilib kelinmoqda. Ushbu metodikalar asosan erta tashxislash,

April 23-24, 2024

991

Chirchik State Pedagogical University Current Issues of Modern Philology and Linguodidactics

Staatliche Pädagogische Universität Chirchik Aktuelle Fragen der modernen Philologie und Linguodidaktik

^hjrchiqdavlat^edagGgika^niversiteti^^^^^^^Za

yosh xususiyatlarini inobatga olgan holda nutq nuqsonlarini aniqlash, tovush talaffuzi, faol lug'atni tekshirish, passiv lug'atni tekshirish, bog'langan nutqni tekshirish, fonetik -fonematik idrokini tekshirish uchun mo'ljallangan bo'lib amaliyotda bugungi kunda ham qo'llanilib kelinmoqda. Bu metodikalarni inklyuziv ta'lim sharoitida qo'llash uchun talabalarni metodik jihatdan bilimlarini mustahlamkash zarurdir.

Bo'lajak defektologlarni inklyuziv ta'limga metodik jihatdan tayyorlashga oid qator ishlar amalga oshirildi. Mutaxassislik modullarining nazariy va amaliy mashg'ulotlarda qator innovatsion texnologiyalar qo'llanildi. Jumladan, "Inklyuziv va maxsus ta'limning filologik asoslari" deb nomlangan modulning amaliy mashg'ulotlarida tilshunoslik hayotimizda muhim ahamiyat kasb etishi, ona-tilini o'rganish orqali boshqa fanlarni o'zlashtirish mumkinligi, orfografik hamda orfoepik me'yorlari haqida tushunchalar o'rgatib borildi. Quyida ushbu modul doirasidagi amaliy mashg'ulot ishlanmasi berilgan.[3,4]

"Agar hayotimizda ona-tili bo'lmasa" mavzusi doirasida "Esselar tanlovi"ni tashkil etish (Amaliy mashg'ulot ishlanmasi)

Amaliy mashg'ulot maqsadi: talabalarga ona-tilining hayotimizdagi o'rni qanchalik muhim ekanligini "Esse" yozish orqali o'rgatish.

Amaliy mashg'ulotning vazifalari:

Talabalarni esse yozishga o'rgatish;

Talabalarni guruhda ishlashga o'rgatish;

Fonetik tahlil qilishga o'rgatish;

Amaliy mashg'ulotning borishi: har bir talabaga "Agar hayotimizda ona-tili bo'lmasa" mavzusi yuzasidan uyda esse yozib kelish topshirig'i avvaldan berilishi kerak.

1-qadam: Har bir talabaning esse yozib kelgani tekshiriladi.

2-qadam: Auditoriya kichik 5 guruhga bo'lib olinadi va har bir guruh uchun nom qo'yiladi (tilshunoslik fani yuzasidan).

3-qadam: Kichik guruhlardagi talabalar navbatma-navbat har bir talabaning essesi bilan tanishib chiqishlari, tahlil qilishlari hamda esselar orasidan eng yaxshisini tanlash topshirig'i beriladi.

4-qadam: Talabalar esselar bilan tanishib chiqqanlaridan so'ng ovoz berish yo'li orqali kichik guruhdagi eng yaxshi yozilgan esse tanlab olinadi.

5-qadam: Doskaga har bir kichik guruhning go'lib deb topilgan esse mualliflari chiqishlari kerak bo'ladi.

6-qadam: G'olib talabalar birma-bir esselarini aniq, ifodali o'qib berishlari soraladi.

7-qadam: Esselar o'qib eshittirilishidan oldin doskaga quyidagi topshiriq yozib qo'yiladi:

April 23-24, 2024

992

Chirchik State Pedagogical University Current Issues of Modern Philology and Linguodidactics

Staatliche Pädagogische Universität Chirchik Aktuelle Fragen der modernen Philologie und Linguodidaktik

Chirchiq davlat pedagogika universiteti Zamonaviy filologiya va lingvodidaktikaning dolzarb masalalari

Topshiriq 1- esseni diqqat bilan tinglang.

Topshiriq 2- har bir essedan esingizda qolgan 3 ta tushuncha (so'z)ni daftaringizga yozib oling. (Izoh: har bir talaba o'zi uchun yozib oladi). Demak 5 ta essedan 15 tushuncha (so'z) yozib olishlari kerak.

8-qadam: Har bir talaba tanlagan so'zlari orasidan eng ko'p qatnashgan tovushni topadi va shu tovushni hosil bo'lish o'rni, hosil bo'lish usuli va ovoz va shovqinning ishtirokiga ko'ra fonetik tahlil qilishlari kerak. Kutilayotgan natija:

talabalar tovushlarni differensatsiya qilishga o'rganadilar;

tovushlarni hosil bo'lish o'rni, usuli hamda ovoz va shovqin ishtirokiga ko'ra farqlashni o'rganadilar;

guruh bo'lib ishlashga o'rganadilar;

Mamlakatimizda nogironligi bo'lgan shaxslarni qo'llab-quvvatlashning samarali tizimini shakllantirish orqali hayot sifati va darajasini oshirish, ayniqsa, doimiy parvarishga muhtoj bo'lgan bolalarni parvarishlayotgan oilalarni davlat tomonidan ijtimoiy qo'llab-quvvatlash tizimini yanada takomillashtirish, ijtimoiy yordamning zamonaviy mexanizmlarini amalga oshirishda yangi yondashuvlarni joriy etishga alohida e'tibor qaratilmoqda.

Bu borada nogironligi bo'lgan farzand uchun to'laqonli hayot tarzini yaratishda qo'llanilishi zarur bo'lgan reabilitasiya turlari, ularning o'ziga xos xususiyatlari haqida ota-onalarning xabardorligi va ularning bilimlarini oshirish dolzarb masaladir.

REFERENCES

1. A.Xoliqov "Pedagogik mahorat" Toshkent, Iqtisod-Moliya 2011

2. Бизяeвa.A.A Рeфлeкcивныe npo^ccbi в coзнaнии и дeятeльнocти учигелья Дисс кaнд пcихoл HayK-C-n6-1993

3. Feruzakhon, Q., Khusnora, Y., & Dinara, A. (2022, April). PECULIARITIES OF THE PSYCHE OF DEAF AND HARD OF HEARING CHILDREN. In Next Scientists Conferences (pp. 24-27).

4.Xusnora, Y., & Yulduz, A. (2022, March). WAYS TO DEVELOP VOCABULARY IN CHILDREN WITH HEARING IMPAIRMENT. In E Conference Zone (pp. 229230).

993

April 23-24, 2024

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.