O'zbekiston - 2030 strategiyasi: inson salohiyatini ro'yobga chiqarish imkoniyatlari
Tashkent State University of Economics
Uzbekistan - 2030 Strategy:
INNOVATSION TAFAKKUR MAHSULLARI VA ULARNI AMALGA OSHIRISH
BOSQICHLARI
Mushtariy Tolib qizi Tolibova
Guliston davlat pedagogika instituti 2-bosqich talabasi Ilmiy rahbar: Tursinkulov Nurali
ANNOTATSIYA
Ushbu maqolada innovatsion tafakkur mahsullari va ularning zamonaviy ko'rinishlari o'rganiladi. Innovatsion tafakkurni amalga oshirish uchun kuzatib borish zarur bo'lgan bosqichlar haqida so'z yuritiladi
Kalit so'zlar: Innovatsiya, intellekt,sun'iy intellekt, zamonaviy texnologiyalar, salohiyat, indeks, global, strategiya, innovator, tafakkur, sun'iy ong, intellektual, inson kapitali, robot, temir odam, avtomatik, hamkorlik, prototip, risk.
Aqlini tanishni boshlagan har qanday inson o'rganishga, tafakkur qilishga harakat qiladi. Mana shu aqli, tafakkur va dunyoqarashi bilan ham u yaratilgan mavjudotlar orasida ajralib turadi. Inson ilk paydo bo'lgan zamonlarda tabiat hodisalaridan qo'rqishi, olamning yaratilishi haqidagi qarashlari va turli xil miflarni yaratishi, bularning barchasi o'sha davr uchun xos bo'lgan insonlarning g'oyalari edi. Ular ixtiro qilgan tafakkur mahsullari kundalik turmush tarzida ishlatish mumkin bo'lgan, ov jarayonlarida kerak bo'lgan, eng sodda ko'rinishdagi, yaxshi taraqqiy etmagan texnikalardan iborat edi. Lekin keyinchalik ehtiyojlar ortib bordi. Yashashga bo'lgan kurash, zamonning rivojlanishi, balkim tabiat hodisalarining o'zi, raqobat kuchayib borishi ham insonlarni ko'proq o'ylashga majbur qildi. Shu tariqa barcha narsa rivojlanish bosqichiga o'tib, yangicha tus ola boshladi. Bugungi kunda mamlakatlar rivojini kompyuterlarsiz tasavvur qila olamaymiz. Ilm-fan rivojlanishida ularning ahamiyati katta. Kompyuterlar ham hozirgi ko'rinishga kelgunicha bir necha bosqichlarni bosib o'tgan. Masalan, dastlabki kompyuterlarning ko'rinishlari og'irligi 30 tonna, uzunligi 30 metrlik edi. Yuqorida sanab o'tilganlar, umuman bugungi kunda ixtiro qilingan barcha texnika, texnologiya va boshqa yangiliklar innovatsion tafakkur mahsullari hisoblanadi.
Innovatsion tafakkur tushunchasining fanga kiritilishi XIX asr bilan bog'liq bo'lib, XX, XXI asrlarda u yangicha hayot olayotgan, keng qo'llanilishni boshlayotgan bo'lsada uning ildizlari ancha qadim zamonlarga borib taqaladi.Ya'ni, ibtidoiy odamlar o'z ehtiyojlari uchun yaratgan oddiy va soda ixtirolar ham dastlabki innovatsiya mahsullari edi. Demak, innovatsialar juda qadim zamonlardan o'z talabi darajasida bo'lgan. Faqatgina bu atamaning yaratilishi yangi davr bilan bog'liq
"Hozirgi yashayotgan yangi avlod erkin, mustaqil, ijodiy va tanqidiy tafakkurga ega hisoblanadi. Ular mustamlakachilik davrida yashagan avloddan ko'ra ijtimoiy qo'rquvdan
17-aprel, 2024
636
O'zbekiston - 2030 strategiyasi: inson salohiyatini ro'yobga chiqarish imkoniyatlari
Tashkent State University of Economics
Uzbekistan - 2030 Strategy:
yiroq,siyosiy va ijtimoiy faoldir. Boqimandalikni har qanday ko'rinishini o'ziga or deb biladigan, izlanuvchan, omilkor va keng bilimlidirlar" [1]. Shunday ekan, biz o'zimizdan avval yashagan ajdodlarimizdan ko'ra ko'proq imkoniyatlarga egamiz.
Tarixga nazar tashlaydigan bo'lsak 1600-yil fevral oyida butun xristian olamining markazi bo'lgan Rimda, gullar maydonida Nikolay Kopernik ta'limotining himoyachisi va targ'ibotchisi bo'lgan Jardano Brunoning hayoti kulga aylantirilgan edi [2]. Bunga u o'z fikrlari va g'oyalarini erkin aytgani, Kopernikning geliosentirik nazariyasini rivojlantirishi sabab bo'lgan.
Bugungi kunda tafakkur mahsuli bo'lgan g'oyalar boyitilib, qo'llab-quvvatlanmoqda. Eng ko'p inson kapitali ham o'z ishiga ijodiy yondashadigan va kreativ fikrlovchi kadrlarni tayyorlash uchun sarflanmoqda. Eng ko'p kapital kiritgan davlatlar AQSh, Janubiy Koreya bir necha yil ichida 13 - 17 barobar o'zini oqlamoqda va taraqqiy etgan davlatlar qatorida oldingi o'rinlarda turibdi. Rossiya, Xitoy kabi mamlakatlarda bugungi kunda innovatsion tafakkur asosida darslar o'tilmoqda. O'zbekistonda ham bu borada qator ishlar amalga oshirilmoqda. "0'zbekiston-2030 strategiyasi"ning birinchi tamoyili "Har bir insonga o'z salohiyatini ro'yobga chiqarish uchun munosib sharoitlar yaratish" deb belgilangan va bu yo'nalishda innovatsiyalar sohasida qator tadbirlar belgilab olingan. Jumladan, unda O'zbekiston kelgusi yillarda global innovatsion indeksda Top-50 talik mamlakatlar ro'yhatiga kirishi belgilab qo'yilgan.
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "2022-2026-yillarda O'zbekiston Respublikasining innovatsion rivojlanish strategiyasini tasdiqlash to'g'risida"gi 6.07.2022 yildagi PF-165-sonli Farmoni imzolandi. Ushbu farmonda mamlakatimizni innovatsion rivojlanishini jadallashtirish, texnologiyalarni amaliyotga tadbiq etish, inson kapitali va innovatsiya sohalarini rivojlantirish ustuvor yo'nalishlar etib belgilab olingan. Innovatsion mahsulotlarni yaratish va rivojlantirish uchun e'tibor va xohish bo'lishi yetarli. Nobel mukofoti sovrindori Albert Szent Gyori aytganidek: "Kashfiyot bu hamma bir xil deb qarayotgan narsalarga boshqacha yondashuv bilan qarashdir" degan ekan. Faqatgina buning uchun o'zizmizdagi qo'rquvni yengishimiz va tafakkurimizni yod narsalardan halos etishimiz kerak .
Birinchi prezident I.A.Karimov ham: " Har qanday narsani qabul qilish uchun ham ongni, tafakkurni tobelik va qo'rquvdan tozalash zarur. Zero, ongni o'zgartirmasdan turib biz o'ylagan maqsadlarimizga yetib bo'lmaydi" [3] degan mazmundagi so'zlarni aytgan edilar.
Bugun global rivojlanish avj olib borayotgan zamonda yon atrofimizda taraqqiy etgan texnik qurilmalar, sun'iy intellect, robotlar juda ko'p. Hozir "Robot" deganda hayolimizga insonning barcha ishlarini bajaradigan, inson ko'rinishli texnik qurilma , bir so'z bilan aytganda "Temir odam" keladi. Bu esa aslida robotning eng taraqqiy etgan ko'rinishi hisoblanadi. Aslida texnik qurilmalar Google, Google tarjimon, har xil tarjima lug'atlari Youtube, Amazon, Netflix va o'zi yurar mashinalar masalan, Tesla kabilarni
17-aprel, 2024
637
Tashkent State University of Economics
O'zbekiston - 2030 strategiyasi: inson salohiyatini ro'yobga chiqarish imkoniyatlari Uzbekistan - 2030 Strategy:
mana shunday sun'iy onglarga misol qilib keltirishimiz mumkin. Bularni yana qator sanab o'tsak bo'ladi. Faqat ular ma'lum xizmatlarnigina bajaradi. Yani bizning ishimizni ancha yengillashtirib beradi.
Bugun barchamiz "Sun'iy intellekt" atamasiga ko'p duch kelayabmiz. Sun'iy intellekt - bu insonlar yoki hayvonlar tomonidan ko'rsatiladigan tabiiy ongdan farqli, mashinalar tomonidan ko'rsatiladigan ong hisoblanadi. Sun'iy intellektga dastlab 1956-yilda asos solingan. Ammo 2012-yilda ko'proq moliyalashtirildi va katta o'sishlar bo'ldi. Bugungi kunda bu vositalar insonlarga hech qanday yumush qoldirmayabdi. Hattoki kishini ta'riflab bersangiz uni ko'rinishini tasvirlab beradigan , so'zlarni avtomatik ravishda boshqa tillarga tarjima qilib beruvchi intellektlar ham mavjud. Hattoki 1997-yilda shaxmat bo'yicha jahon chimpioni Garri Kasparovni ustidan Deep Bluue nomli IBM kompyuteri g'olib kelgan.
Innovatsion tafakkur yangiliklarni yaratish, ularni o'rganish va ularni amalga oshirishda qo'llanadigan kreativ fikrlash usullari va tajribalar tizimini ifodalaydi. Bu muammolarni yechish, yangi yo'llar topish va yangiliklarni qo'llashda o'zaro hamkorlik qilishni talab qiladi. Innovatsion tafakkurda insonlar muammo yechishda, mahsulot yoki xizmatni yaratishda, yoki xizmat ko'rsatishda yangi, boshqa yo'nalishga o'zgartirilgan usullarini qo'lab-quvvatlashadi.
Innovatsion tafakkurni amalga oshirish uchun quyidagi bosqichlarni amalga oshirish
zarur:
1. Muammoni yechish: Muammolarni aniqlang va ularni yechish uchun motivatsiya yaratish. Bu bosqichda, taklif etilayotgan muammo yoki ta'sirchan savol muvofiqlikka ega bo'lishi kerak.
2. Ma'lumot to'plash: Tafakkur qilish uchun zarur ma'lumotlarni to'plang. Bu muhim sohaga oid yangiliklar, texnologiyalar va yangiliklarni o'rganishni o'z ichiga oladi.
3.Tajribani baholash va ta'lim olish: Avvalgi muvofiqlik va noyob tajribalarni tahlil qiling. Yangiliklarni o'rganish va qo'llashda tajribalardan foydalanish.
4. Jamoatchilik va hamkorlik: Innovatsion tafakkurda jamoatchilik va hamkorlik muhim hisoblanadi. Boshqa insonlar bilan fikr almashish, eshitish va yangi yondashuvlarni topish mumkin.
5. Prototiplar yaratish: Fikrlarni amalga oshirish uchun prototiplarni yaratish va ularni sinovdan o'tkazish.
6. Risklarni qabul qilish va boshqarish: Innovatsion jarayonlarda risklarni qabul qilish va ularni boshqarish kerak. O'zgartirishlar va yangiliklarning qo'llanilishi bilan bog'liq iqtisodiy, ijtimoiy yoki texnologik risklarni qarash lozim.
7. Tashqi izlanish va ma'lumot almashish: Tashqi yangiliklarni kuzatish, o'rganish va global yangiliklardan xabardor bo'lish, tafakkur va innovatsiyani amalga oshirishga yordam beradi.
638
17-aprel, 2024
Tashkent State University of Economics
O'zbekiston - 2030 strategiyasi: inson salohiyatini ro'yobga chiqarish imkoniyatlari Uzbekistan - 2030 Strategy:
Bu bosqichlar innovatsion tafakkurni amalga oshirishda yordam bera olish uchun asosiy qadamlar hisoblanadi.
Xulosa shuki kelajak hayotimiz bevosita innovatsiyalarga bog'liq ekan, bularsiz taraqqiyotni ta'minlash, mamlakat raqobatbardoshliligi va aholi farovonligini oshirish masalasi murakkablashib boraveradi. Aynan innovatsion iqtisodga erishish uchun ham inovatorlarni kamolga yetkazish va buning uchun inson tafakkurini rivojlantirish lozimligi ta'kidlangan.
REFERENCES
1. Abdurahim Erkayev. Tafakkur erkinligi T. "Ma'naviyat" 2007. 7-bet.
2. Tohir Karimov. Milliy tafakkur taraqqiyoti T. "Cho'lpon" 2001. 66-bet.
3. I.A.Karimov. Adolatli jamiyat sari T. "O'zbekiston" 1998. 17-bet
4. https://lex.uz/docs/-6102462 O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "2022-2026-yillarda O'zbekiston Respublikasining innovatsion rivojlanish strategiyasini tasdiqlash to'g'risida"gi 6.07.2022 yildagi PF-165-sonli Farmoni.
5. Anarbayevich, T. N. (2023). Theories about the Idea of Freedom and Their Epistemological Analysis. Intersections of Faith and Culture: American Journal of Religious and Cultural Studies (2993-2599), 1(5), 118-122.
6. Anarbaevich, T. N. (2023). TA'LIM SOHASIDA AKADEMIK ERKINLIK MUAMMOLARI. IQRO, 2(1), 654-658.
7. Tursinkulov, N. A. (2021). ERKINLIK G 'OYASINING FALSAFIY ASOSLARI. Academic research in educational sciences, 2(6), 831-838.
8. Tursinkulov, N. A. (2024). RAISING INTERNET FREEDOM TO A NEW LEVEL IN UZBEKISTAN. Modern Scientific Research International Scientific Journal, 2(1), 206-212.
9. Tursinkulov, N. A. (2024). PHILOSOPHICAL AND METHODOLOGICAL ASPECTS OF THE IDEA OF FREEDOM. World of Scientific news in Science, 2(1), 360-368.
10. Tursinkulov, N. (2022). OLIY TA'LIM TIZIMINI ISLOH QILISH DAVR TALABI: MUAMMO VA YECHIMLAR. Архив научных исследований, 2(1).
639
17-aprel, 2024