Научная статья на тему 'INNOVATSION TA’LIM TEXNOLOGIYALARNI QO‘LLASH TA’LIM TIZIMINI RAQAMLI AVLODGA MOSLASHTIRISH MASALALARI'

INNOVATSION TA’LIM TEXNOLOGIYALARNI QO‘LLASH TA’LIM TIZIMINI RAQAMLI AVLODGA MOSLASHTIRISH MASALALARI Текст научной статьи по специальности «СМИ (медиа) и массовые коммуникации»

0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
ta'lim / innovatsiya / texnologiya / grant / yoshlar / integratsiya.

Аннотация научной статьи по СМИ (медиа) и массовым коммуникациям, автор научной работы — Abdujamol Xolbekov

Tezisda innovatsion ta'lim texnologiyalarni qo'llash ta'lim tizimini raqamli avlodga moslashtirish masalalari tahlil etilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «INNOVATSION TA’LIM TEXNOLOGIYALARNI QO‘LLASH TA’LIM TIZIMINI RAQAMLI AVLODGA MOSLASHTIRISH MASALALARI»

O'zbekiston - 2030 strategiyasi: inson salohiyatini ro'yobga chiqarish imkoniyatlari

Tashkent State University of Economics

Uzbekistan - 2030 Strategy:

INNOVATSION TA'LIM TEXNOLOGIYALARNI QO'LLASH - TA'LIM TIZIMINI RAQAMLI AVLODGA MOSLASHTIRISH MASALALARI

Abdujamol Xolbekov

TDIU "Ijtimoiy fanlar" kafedrasi katta o'qituvchisi

ANNOTATSIYA

Tezisda innovatsion ta'lim texnologiyalarni qo'llash - ta'lim tizimini raqamli avlodga moslashtirish masalalari tahlil etilgan.

Kalit so'zlar: ta'lim, innovatsiya, texnologiya, grant, yoshlar, integratsiya.

Bugun jahonda barcha sohalarda rivojlanish, takomillashish tendensiyasi juda yuqori sur'atda kechmoqda. Bu yurtimiz ta'lim sohasidagi jadal islohotlarda ham o'z ifodasini topmoqda. Ta'lim tizimining rolini oshirishda ta'lim sifatini yuksaltirish, kadrlar salohiyatini oshirish va tizimning moddiy-texnik bazasini zamonaviy talablar asosida mustahkamlash kabilar bilan bir qatorda oliy ta'lim tizimini sifat jihatdan rivojlantirish va uni yanada takomillashtirishga alohida e'tibor qaratilmoqda. Xususan, oliy ta'limni sifat jihatidan yangi bosqichga ko'tarish maqsadida O'zbekiston Respublikasi oliy ta'lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi va boshqa bir qator me'yoriy hujjatlar qabul qilindi. Oliy ta'lim tizimini isloh qilishga qaratilgan islohotlar natijasida respublikada so'nggi 3 yilda oliy ta'lim muassasalari soni 132 taga yetkazildi (2016 yilda 77 ta), ulardan 99 tasi mahalliy hamda 33 tasi xorijiy oliy ta'lim muassasalari va ularning filiallari hisoblanadi. Qabul kvotasi 66 mingdan 181 mingtaga oshirildi. Oliy ta'lim muassasalarining moddiy-texnik bazasi mustahkamlandi. Xorijiy mamlakatlar bilan qo'shma ta'lim dasturlari doirasida 64 ta yangi kasb bo'yicha mutaxassislarni tayyorlash yo'lga qo'yildi. Professor-o'qituvchilarning maoshi o'rtacha 3,5 baravarga oshirildi.

Bu o'rinda iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida O'zbekiston Respublikasining ta'lim tizimi yagona davlat siyosatini yuritishda oliy ta'lim xizmatlari sifatini baholash alohida o'rin egallaydi. Bu borada O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyev ta'kidlaganidek, «Avvalo ta'lim va tarbiyani rivojlantirish, sog'lom turmush tarzini qaror toptirish, ilm-fan va innovatsiyalarni taraqqiy ettirish milliy g'oyamizning asosiy ustunlari bo'lib xizmat qilishi lozim».

"Ta'lim sifati - inson hayot-faoliyati sifatini oshirish hamda jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi, ma'naviy yuksalishi va aniq maqsadga erishishda foydalanish uchun zarur bo'ladigan, qo'llaniladigan, asos bo'ladigan aniq sharoitlarda talab etilib olingan bilimlar majmuidir. Ta'lim sifatini oshirish dolzarb ahamiyatga ega bo'lgan ushbu davrda ta'lim mazmunini boyitish, uning samaradorligi, natijaviyligini ta'minlash, ta'lim oluvchi va ta'lim beruvchi uchun moddiy va ma'naviy bazani kengaytirish, ularning erkin ilmiy-ijodiy faoliyatini rivojlantirishni taqozo etadi".

17-aprel, 2024

462

Tashkent State University of Economics

O'zbekiston - 2030 strategiyasi: inson salohiyatini ro'yobga chiqarish imkoniyatlari Uzbekistan - 2030 Strategy:

Ta'lim jarayonida "sifat" tushunchasini qo'llash mazmunan boshqacha ma'no kasb etadi. "Yuqori sifat" mutlaq tushunchasi ta'limda sifatni boshqarish tizimi bilan hech qanaqa umumiylikka ega emas. Sifatni boshqarish borasidagi munozaralarda tez-tez uning yuqori maqomliligining mutlaq ahamiyati to'g'risida savollar paydo bo'lib turadi. Ta'lim sifati hozirgi kunda mamlakatimiz oliy ta'lim tizimida eng ko'p bahs-munozaralarga duch kelayotgan va davlat hamda jamiyat tomonidan alohida e'tibor qaratilayotgan muammolardan biridir. Chunki mutaxassislarni tayyorlash sifatining past yoki yuqoriligi doimo ish beruvchilar, talabalar, ularning ota-onalari, umuman olganda, butun jamiyat a'zolarining diqqat markazida turadigan masala sanaladi. Kelajakning raqamli sanoatini yaratish» - inson kapitalini rivojlantirish darajasini oshirish orqali mamlakatni raqamli transformatsiyasini ishga tushirishni, ta'limda tezkor sur'atlarda raqamli o'zgartirishni talab qiladi. bugungi kun auditoriyalari o'n yil avvalgilaridan juda katta farq qiladi va sinf xonalari kompyuterlar, ipad, planshetlar, smart-doskalar va boshqa turdagi ta'lim texnologiyalari bilan jihozlangan. dunyoning boshqa joylarida bo'lgani kabi o'zbekistonda ham raqamli avlodning yetti ekranli avlodi - televizor, kompyuter, planshet, tablet, fablet, smartfon va smartsoatlari paydo bo'ldi. Bunday zich raqamli muhitga ega bo'lish va u bilan doimiy o'zaro munosabat natijasida bugungi kun talabalarining fikrlashi va axborotlarga ishlov berish jarayonlari oldingi fikr yuritish va axborot jarayonlaridan tubdan farq qiladi. raqamli avlod ota-onalarimiz o'rgangan uslubda o'qitilishi mumkin emas va bo'lmasligi ham kerak. bu avlodni o'qitishda qora doska va oq bo'rdan foydalanish mumkin emas. Qora doskani oqiga va bo'rni markerga o'zgartirish hech narsani o'zgartirmaydi, ya'ni zamonaviy talabalarni bilim olishga va mehnat bozorida muvaffaqiyatga erishish ko'nikmalarini rivojlantirishga undash usuli bo'la olmaydi. axborot va kommunikatsiya texnologiyalariga asoslangan innovatsion ta'lim texnologiyalari va didaktik modellarni ommaviy va samarali qo'llash orqali ta'lim tizimini raqamli avlodga moslashtirish zarur.

Shu bilan birga, ta'lim jarayonida tadqiqotga asoslangan yondashuvdan faol foydalanish lozim va bu bilan ilmiy tadqiqotda talabalarning ko'nikmalarini rivojlantirish va it-kompetensiyaga asoslangan ijodiy qobiliyatlarini va ijodiy fikrlashlarini shakllantirish mumkin. axborot va kommunikatsiya texnologiyalari - ta'lim tizimidagi barcha muammolarga yechim emas, balki raqamli avlod uchun ma'ruzalar va seminarlarni ma'lumotlarga boy va interaktiv qilib amalga oshirish vositasidir. shuni ham ta'kidlab o'tish lozimki, o'qituvchilar talabalarning ehtiyojlariga yo'naltirilgan interfaol o'quv jarayonida asosiy rolni saqlab qoladi.

O'qituvchining obro'si va uning faoliyatining samaradorligi faqatgina kurs mazmunidagi bilimlar darajasi va uning pedagogik qobiliyatiga emas, balki muayyan o'quv materialini to'plash, qayta ishlash va o'qitishda o'qituvchining qanchalik zamonaviy axborot va kommunikatsiya texnologiyalarini qo'llash darajasiga bog'liq bo'ladi. boshqacha qilib aytganda, raqamli asrda ta'lim qayta ko'rib chiqilishi va ta'lim paradigmasi

463

17-aprel, 2024

Tashkent State University of Economics

O'zbekiston - 2030 strategiyasi: inson salohiyatini ro'yobga chiqarish imkoniyatlari Uzbekistan - 2030 Strategy:

o'zgartirilishi shart, chunki talabalar ortiq an'anaviy uslubda o'qishni xohlamaydilar va o'qituvchilar ham bu kabi odatiy usulda o'qitishni davom ettirishlari kerak emas.

Hozirgi rivojlanish bosqichida oliy ta'lim xizmatlari sifatini baholash tizimining ijtimoiy-iqtisodiy zarurati quyidagilarda yaqqol namoyon bo'ladi. birinchidan, ta'limning o'rni va ahamiyati, ijtimoiy hayotning barcha sohalari, jumladan, iqtisodiyot, moddiy ishlab chiqarish, ijtimoiy-ma'naviy hayot sohalari bilan chamchaschas bog'liq bo'lgan inson faoliyatining eng muhim sohalaridan biriga aylanayotganligi bilan ifodalanadi. ikkinchidan, oliy ta'lim xizmatlari sifatini baholash ko'rsatkichlari keyingi bir necha yillardan beri ta'lim tizimining eksponensial o'zgarishi jarayonlari bilan belgilanadi. mazkur tadqiqotlar ham nazariy, ham amaliy tusga ega bo'lib, ularning jarayonida hozirgi ta'lim tizimining sifat xususiyatlari ta'limning barcha turlariga bo'lgan munosabatning tubdan o'zgarishiga olib keladi.

Ta'limni boshqarishning bevosita tizimliligi, yaxlitligi ta'lim sifatining nazariy-amaliy uslublarini rivojlantirish bilan bog'liq. mazkur xususiyatlar - o'zbekiston respublikasi oliy ta'lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasida oliy ta'lim muassasalarini tizimli rivojlantirish va boshqaruv faoliyatini takomillashtirish vazifalarining belgilanishi otm boshqaruv tizimining tashkiliy-nazariy jihatlarini tadqiq qilishning dolzarbligini asoslaydi.

Xulosa qilib aytganda, mamlakatimizda keyingi bir necha o'n yilliklarga mo'ljallangan talab va ehtiyojdan kelib chiqib, oliy ta'lim tizimini rivojlantirishga qaratilgan strategik maqsad va vazifalar belgilangan. 2021 yilga kelib, yurtimizda oliy ta'lim muassasalari soni 156 taga yetdi. oliy ta'limga qabul kvotasi uch barobar oshirildi. misol uchun, o'tgan yilda 170 ming nafardan ortiq yigit-qiz talabalar safidan joy olgani, davlat grantlari 7 ming 250 taga yoki 25 foiz oshirilgani xalqimizning asosiy tayanchi va suyanchi bo'lgan yoshlarning yuqori bilim va malakaga ega, raqobatbardosh kadrlar bo'lib yetishishi, oliy ta'lim olishi uchun keng imkoniyat va sharoit yaratilishiga davlat siyosati darajasida e'tibor qaratilayotganiga yaqqol dalildir.

REFERENCES

1. Mirziyoyev SH.M. Yangi O'zbekiston strategiyasi. - Toshkent, O'zbekiston, 2021. - 54-55-b.

2. Абдрахимов А. Б. и др. Фундаментальная и прикладная наука: состояние и тенденции развития, 2023.

464

17-aprel, 2024

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.