Научная статья на тему 'OLIY TA’LIM MUASSASALARI RIVOJLANISHIDA SIFAT OMILI TA’SIRI'

OLIY TA’LIM MUASSASALARI RIVOJLANISHIDA SIFAT OMILI TA’SIRI Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
7
5
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
ta'lim sifati / ta'lim raqobatbardoshligi / universitet raqobatbardoshligi / ta'limn sifatini baholash / ta'lim sifat menejmenti tizimi / ta'lim sifat menejmenti dolzarbligi / sifat menejmenti / xorijiy tajriba.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Ubaydullayev Muxammadjon Abdusamad O‘G‘Li, Erkinova Moxlaroyim Muxtorjon Qizi

Bugungi kunda oliy o 'quv yurtlaridagi sifat omili tizimining tuzilishi va mazmunini aniqlash va uni ta'minlash bilan bog'liq qarorlarni qabul qilishiga ta'sir qiluvchi yana bir muhim omil bu muammoning global tabiati va uni hal qilish yondashuvlaridagi dunyodagi umumiy tendensiyalardir. Shu jihatdan, ushbu maqolada oliygohlarda ta'lim sifati omili va menejmenti tizimini rivojlantirish to`g`risi dafikr yuritilgan. Muallif tomonidan bir qator davlatlardagi ta'lim tizimi tahlil qilingan. Turli mamlakatlarda oliy ta'limni baholash tizimini qiyosiy ko'rib chiqish shuni ko'rsatadiki, oliy ta'lim muassasalari faoliyatini qanday asosda baholashga turlicha yondashuvlar mavjud. Xorijiy tajribani tahlil qilish ta'lim tashkilotlarida sifat menejmenti uchun zarur bo'lgan bir qator asosiy tamoyillarni shakllantirish imkonini berdi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «OLIY TA’LIM MUASSASALARI RIVOJLANISHIDA SIFAT OMILI TA’SIRI»

OLIY TA'LIM MUASSASALARI RIVOJLANISHIDA SIFAT OMILI TA'SIRI Ubaydullayev Muxammadjon Abdusamad o'g'li, 2Erkinova Moxlaroyim Muxtorjon qizi

1Qo'qon davlat pedagogika instituti, Raqamli ta'lim texnologiyalari markazi boshlig'i 1Qo'qon davlat pedagogika instituti, Fizika-matematika fakulteti 2-bosqich talabasi.

maubaydullayev.kspi.uz https://orcid.org/0009-0004-9406-1927 https://doi.org/10.5281/zenodo.10810772 Annotatsiya. Bugungi kunda oliy o 'quv yurtlaridagi sifat omili tizimining tuzilishi va mazmunini aniqlash va uni ta'minlash bilan bog'liq qarorlarni qabul qilishiga ta'sir qiluvchiyana bir muhim omil bu muammoning global tabiati va uni hal qilish yondashuvlaridagi dunyodagi umumiy tendensiyalardir. Shu jihatdan, ushbu maqolada oliygohlarda ta'lim sifati omili va menejmenti tizimini rivojlantirish togrisi dafkr yuritilgan. Muallif tomonidan bir qator davlatlardagi ta'lim tizimi tahlil qilingan. Turli mamlakatlarda oliy ta'limni baholash tizimini qiyosiy ko'rib chiqish shuni ko'rsatadiki, oliy ta'lim muassasalari faoliyatini qanday asosda baholashga turlichayondashuvlar mavjud. Xorijiy tajribani tahlil qilish ta'lim tashkilotlarida sifat menejmenti uchun zarur bo'lgan bir qator asosiy tamoyillarni shakllantirish imkonini berdi.

Kalit sozlar: ta'lim sifati, ta'lim raqobatbardoshligi, universitet raqobatbardoshligi, ta'limn sifatini baholash, ta'lim sifat menejmenti tizimi, ta'lim sifat menejmenti dolzarbligi, sifat menejmenti, xorijiy tajriba.

Аннотация. На сегодняшний день еще одним важным фактором, влияющим на принятие решений, связанных с определением структуры и содержания системы показателей качества в высших учебных заведениях и ее обеспечением, является глобальный характер проблемы и общие тенденции в мире в подходах к ее решению. решение. В связи с этим в данной статье рассматривается развитие фактора качества образования и системы управления в вузах. Автор проанализировал систему образования в ряде стран. Сравнительный обзор системы оценки высшего образования в разных странах показывает, что существуют разные подходы к оценке деятельности высших учебных заведений. Анализ зарубежного опыта позволил сформулировать ряд основных принципов, необходимых для управления качеством в образовательных организациях.

Ключевые слова: качество образования, конкурентоспособность образования, конкурентоспособность вуза, оценка качества образования, система управления качеством образования, актуальность управления качеством образования, менеджмент качества, зарубежный опыт.

Abstract. Today, another important factor affecting decision-making related to the determination of the structure and content of the quality factor system in higher education institutions and its provision is the global nature of the problem and the general trends in the world in approaches to its solution. In this regard, this article discusses the development of the educational quality factor and management system in universities. The author analyzed the education system in a number of countries. A comparative review of the higher education evaluation system in different countries shows that there are different approaches to evaluating the activities of higher education institutions. The analysis offoreign experience made it possible to formulate a number of basic principles necessary for quality management in educational organizations.

Keywords: quality of education, competitiveness of education, university competitiveness, assessment of quality of education, quality management system of education, relevance of quality management of education, quality management, foreign experience.

Hozirgi vaqtda ta'lim sifatini ta'minlash kategoriyasi ustuvor geosiyosiy omilga aylanib bormoqda. Yigirma birinchi asr, ko'pincha, "sifat asri" deb nomlanmoqda.

"Sifat" tushunchasi kengayib borayotgan kategoriya bo'lib, u o'z ichiga mahsulotlar va xizmatlar sifatidan tortib, mehnat, sog'liqni saqlash, ta'lim, madaniyat, atrof-muhit, hayot sifatigacha bo'lgan aspektlarni olgan. Bunda "sifat" kategoriyasi falsafiy tusga ega bo'lib, sifat bilan bog'liq muammolar hayotning barcha sohalariga ta'sir qilib, jamiyat hayotining barcha jabhalarini o'zgartiradi. O'zining rivojlanishida "sifat" ta'limoti bir necha bosqichlardan o'tdi -ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning sifatini nazorat qilishdan to sifatning umumboshqaruvi (menejment)ning zamonaviy bosqichigacha. So'nggi paytlarda ta'lim sifati masalasi bir qator sabablarga ko'ra dolzarb bo'lib qoldi. Ushbu sabablarga quyidagilar kiritish mumkin:

- oldingi qadriyat tizimlarining inqirozi sharoitida yangi turli xil qadriyatlar tizimlarining paydo bo'lishi;

- o'quv dasturlar, o'quv qo'llanmalar, oliy ta'lim muassasalari bir xilligidan kechib, xilma-xillikka izchil o'tishni amalga oshirilishi;

- ta'lim tizimlarini mintaqalashtirish jarayonlarini kuchaytirilishi;

- ta'limda menejmentning jadal rivojlanishi.

Ta'lim sohasida davlat siyosatining asosiy strategik maqsadi - ta'lim iqtisodiyotni innovasion rivojlantirish talablariga muvofiq hamda jamiyatning zamonaviy ehtiyojlaridan kelib chiqib sifatli ta'lim olish imkoniyatini oshirishdir.

Shuning uchun zamonaviy oliy ta'lim muassasasining asosiy vazifasi bu nafaqat talabalarning akademik bilimlarini, balki, avvalo o'zgaruvchan dunyo sharoitlarida mehnat qilish, yashash va moslashish qobiliyatlarini shakllantirish hamdir.

Ma'lumki, XXI asr oliy ta'limi bir qator xususiyatlari bilan ajralib turadi va ta'lim mazmuni va tashkil etilishida muayyan o'zgarishlarni talab qiladi. Oliy ta'lim tizimidagi o'zgarishlarni rag'batlantiruvchi ob'ektiv mavjud omillardan biri bu tez sur'atlar bilan o'sib borayotgan axborot oqimidir. Zamonaviy postindustriya jamiyati doimiy o'zgarib turadigan turmush sharoitlariga tezda moslasha oladigan fuqaro va mutaxassislarga manfaatdordir. Bunday sharoitda ta'lim yoshlarni umr bo'yi bilim olishga o'rgatish, ularga har qanday sohada bilim olish uslubiyotini o'rgatishga qaratilgan bo'lishi kerak. Oliy o'quv yurtlari faoliyatida kuzatilayotgan o'zgarishlar turlicha bo'lishi mumkin, jumladan, ta'limning yangi texnologiyalari, o'qitish usullari, o'quv jarayonini tashkil etish, boshqarish va texnikaviy xizmat ko'rsatishni qo'llab-quvvatlash, bular esa, oliy o'quv yurtlari boshqaruv tizimidan yuqori moslashuvchanlik va harakatchanlikni talab qiladi. Respublikamizda ham ta'lim sifatini oshirish, uning imkoniyatlarini kengaytirish bilan birga, davlat ta'lim siyosatining muhim ustuvor yo'nalishlaridan biri hisoblanadi.

Bugungi kunda oliy o'quv yurtlaridagi sifat menejmenti tizimining tuzilishi va mazmunini aniqlash va uni ta'minlash bilan bog'liq qarorlarni qabul qilishiga ta'sir qiluvchi yana bir muhim omil bu muammoning global tabiati va uni hal qilish yondashuvlaridagi dunyodagi umumiy tendensiyalardir. 2022-2026 yillarga mo'ljallangan yangi O'zbekistonning taraqqiyot strategiyasi ham ta'lim tizimini jahon standartlariga javob beradigan darajaga olib chiqishni nazarda tutadi1. Ushbu muammoni hal qilish ta'lim sifatini baholash va boshqarish tizimlarini yaratish bo'yicha xorijiy tajribani batafsil o'rganish va tahlil qilishni talab qiladi, bu esa o'zaro tan olingan baholash

tizimlarini joriy etish orqali taqqoslanadigan ta'lim sifatiga erishish orqali Respublikamizni yagona Yevropa ta'lim makoniga yaqinlashtirish va birlashtirish imkoniyatini beradi.

Ta'lim sifatini tahlil qilishda sifat nazoratining bir qator usullaridan foydalanish mumkin. Amaliyotda sifat nazorati usullari ishlab chiqarishga tatbiq etilgan bo'lib, ta'lim jarayonida ushbu usullar kamdan-kam hollarda qo'llaniladi. Ishlab chiqarish korxonalariga tatbiq etilgan sifat nazorati usullaridan ta'lim tizimida foydalanish masalalari quyida ko'rib chiqiladi.

Shunday ekan, sifatni boshqarish jarayonlari tizimliligini ta'minlash va boshqaruv samaradorligini oshirish maqsadida Dyoming sikli va sifat halqasini birgalikda sifatni boshqarish tadbirlarida qo'llash mumkin bo'ladi.

Bu yetishib chiqayotgan kadrlar raqobatbardoshligini ta'minlashda o'z samarasini beradi. Bu ikki usul asosida jadval tuzib, uni matritsa ko'rinishiga keltirish mumkin. Ushbu matritsa mutaxassislikning alohida turi uchun sifat boshqaruvining majmuaviy ko'rinishini tashkil etadi.

Sifat menejmentining yuqoridagi yo'nalishlaridan birini tanlashda ta'lim muassasasining quyidagi sharoitlari e'tiborga olinishi lozim:

- sifat menejmentining tashkil etilganlik darajasi;

- kadrlar ta'minoti;

- ta'lim jarayonining holati;

- o'quv jarayonining hujjatlar bilan ta'minlanganlik darajasi;

- moliyaviy ta'minotning mavjudligi va sh.k.

Ta'lim sifatini yanada oshirish uchun quyidagi yo'nalishlarga ahamiyat berish zarur:

- o'quv auditoriyalarini zamonaviy o'qitish jihozlari bilan to'liq ta'minlashga erishish;

Ta'lim sifatini ta'minlashga yondashuvni qayta ko'rib chiqib, ta'lim muassasalari o'z

tashkilotlarida sifat menejmenti tizimini ishlab chiqib, joriy qilmoqdalar, ya'ni ISO 9GG1 xalqaro standarti asosida sifat menejmenti tizimini yaratishni ta'minlaydilar.

Ta'lim sohasida SMTni joriy etish quyidagi maqsadlarga ega:

1.Ta'lim muassasasi ichida: talabalarning yutuqlarini oshirish; o'quv yurtini boshqarish tizimini qayta tashkil etish, o'quv dasturiga yangi mutaxassisliklar va ixtisosliklarni kiritish; qulay o'quv sharoitlarini yaratish uchun o'quv muassasasi infratuzilmasini rivojlantirish; yangi ta'lim texnologiyalarini joriy etish; professor-o'qituvchilar malakasini oshirish hamda ilmiy darajasini oshirish; o'quv jarayonini optimallashtirish - resurslardan maksimal samaradorlik bilan oqilona foydalanish.

2.Ta'lim muassasasidan tashqarida: o'z profilidagi ta'lim muassasalari o'rtasida raqobatbardoshlikni oshirish; bir tomondan iste'molchi - abiturientlar bozorini va boshqa tomondan yosh mutaxassislarga muhtoj bo'lgan ish beruvchilar tashkilotlarini kengaytirish; oliy o'quv yurti obro'sini oshirish; mutaxassislarning bozor sharoitlariga doimiy e'tibor qaratish.

Shuning uchun oliy ta'limning asosiy vazifasi - bashorat qilish, loyihalash, bitiruvchilarni o'quv jarayonidan "chiqishida" tayyorgarlik darajalari sifatini modellashtirish, ya'ni kelajakda talab etiladigan ta'lim sifatini aniqlay olishi va salbiy ta'sirlarni chetlab o'tib, talab etiladigan sifatli ta'limga erishishni qo'llab-quvvatlashni o'rganish hisoblanadi. Oliy ta'lim sifati ko'p o'lchovli tushuncha bo'lib, OTMning barcha faoliyat yo'nalishlarini qamrab oladi: ilmiy va akademik dasturlar, o'quv va ilmiy-tadqiqot ishlari, professor-o'qituvchilar va talabalar tarkibi, o'quv-moddiy baza va resurslar holati.

Ta'lim sifati - bu ta'limning turli ehtiyojlarga, shaxs, jamiyat, davlat manfaatlariga muvofiqligidir (natija sifatida, jarayon sifatida, ijtimoiy tizim sifatida); - bu ierarxik jihatdan

uyushgan, ijtimoiy ahamiyatli, muhim xususiyatli ta'limning (natija sifatida, jarayon sifatida, ijtimoiy tizim sifatida) xossalari (parametrlar, tavsiflar)ni tizimli muvofiqligidir.

Xulosa qilib aytganda oliy ta'lim muassasasining istiqbolliy rivojlanishida ta'lim sifatining o'ta muximligini anglash mumkin. Biz ta'lim sifatini birinchi o'ringa qo'yishimiz zarur buning uchun raqamlashtirish jarayonlaridan keng foydalanilgan holda o'qub jarayonlaridagi sinovlarda inson omilidan qochish maqsadga muvofiq bo'ladi. Raqamli boshqaruv orqali nazoratni kuchaytirish hamda boshqaruvni raqamlshtirish har bir sohada jadal o'sib borayotganini unutmasli va u orqali erishilayotgan yutuqlarni yodda tutish zarur.

REFERENCES

1. Управление качеством образования / Под ред. М.М. Поташника. М., 2004. С. 33.

2. Agranovich M. L. Internasionalizasiya vbisshego obrazovaniya: tendensii, strategii, ssenarii buduщego / M. L. Agranovich - Moskva : Logos, 2010. - 280 s.

3. Axunova G.N. Ta'lim xizmatlari bozorida marketing faoliyati va uni takomillashtirish: I.f.d ilmiy darajasini olish uchun èzilgan dis.avtoreferati -T.: 2004. 45b.;

4. Vaxabov A, Imamov E. Vbisshee obrazovanie v Sentralbnoy Azii. Zadachi modernizasii. M. 2007. 214s.;

5. Rakhmonova Manzura Shokirovna. (2023). ORGANIZATIONAL AND ECONOMIC MECHANISMS OF ADMINISTRATIVE ACTIVITY IN THE FIELD OF EDUCATION. Galaxy International Interdisciplinary Research Journal, 11(11), 1041-1044. Retrieved from https://giirj.com/index.php/giiri/article/view/5969

6. Rahmonova Manzura Shokirova. (2023). 1^оп kаpitаlini rivоjlаntirishning mеnеjmеnti yо'nаlishlаri. Open Academia: Journal of Scholarly Research, 1(6), 1-5. Retrieved from https://academi aone.org/index.php/4/article/view/209

7. Rahmonova M. (2023). THE UNDERSTANDING OF HUMAN CAPITAL INDEX AND ANALYSIS OF ITS SITUATION IN UZBEKISTAN. Interpretation and researches, 1.

8. M Ubaydullayev, THEORETICAL APPROACHES TO THE EFFECTIVE MANAGEMENT OF THE PERSONNEL TRAINING PROCESS IN THE EDUCATIONAL SYSTEM. Open Access Repository, 2022

9. M Ubaydullayev, SOCIO-ECONOMIC SIGNIFICANCE AND PRINCIPLES OF MANAGEMENT OF PEDAGOGICAL PERSONNEL IN THE SYSTEM OF HIGHER EDUCATION. Galaxy International Interdisciplinary Research Journal, 2022

10. M Ubaydullayev, O'zbekiston Respublikasi Oliy ta'lim muassasalarida Erkin iqtisodiy zonalarning o'qitish metodikasi. 4(12)-2023.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.