Научная статья на тему 'INNOVATSION RIVOJLANISH SHAROITIDA SANOAT KORXONALARING RESURS TAʼMINOTINI BOSHQARISH'

INNOVATSION RIVOJLANISH SHAROITIDA SANOAT KORXONALARING RESURS TAʼMINOTINI BOSHQARISH Текст научной статьи по специальности «Экономика и бизнес»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Мировая наука
Область наук
Ключевые слова
Sanoat tarmogʻi / sanoat korxonasi / innovatsiya / innovatsion rivojlantirish / innovatsion loyiha / ilmiy-texnik ishlanma / tijoratlashtirish mexanizmi / inventarizatsiya. / Production network / industrial enterprise / innovation / innovative development / innovative project / scientific and technical development / commercialization mechanism / inventory.

Аннотация научной статьи по экономике и бизнесу, автор научной работы — Keulimjayev B.Q.

Hozirgi paytga kelib iqtisodiy shart-sharoitlarning oʻzgarishi, koʻplab moliyaviy muammolarning yuzaga kelishi va bozordagi raqobatchilikning kuchayib borishi eng avvalo, texnologik taraqqiyoti boshqa iqtisodiyot tarmoqlariga nisbatan bir qadar yuqoriroq boʻladigan sanoat korxonalaridagi strategik boshqaruv tizimiga katta taʼsir koʻrsatmoqda. Maqolada mamlakatimizning mintaqalarida sanoat korxonalarining innovatsion rivojlanishining resurs taʼminotini boshqarish jarayonida yuzaga kelatigan ayrim muammolarni barataraf etish yoʻnalishlari oʻrganilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

MANAGEMENT OF THE RESOURCE SUPPLY OF INDUSTRIAL ENTERPRISES IN THE CONDITIONS OF INNOVATION DEVELOPMENT

Currently, changes in economic conditions, the emergence of many financial problems, and increased competition in the market have a great impact on the system of strategic management of industrial enterprises, the technological development of which is slightly higher than in other sectors of the economy. The article explores the directions for solving some problems that arise in the process of managing resource provision for the innovative development of industrial enterprises in the regions of our country.

Текст научной работы на тему «INNOVATSION RIVOJLANISH SHAROITIDA SANOAT KORXONALARING RESURS TAʼMINOTINI BOSHQARISH»

Keulimjayev B. Q.

Qoraqalpoq davlat universiteti

INNOVATSION RIVOJLANISH SHAROITIDA SANOAT

KORXONALARING RESURS TA'MINOTINI BOSHQARISH

Annotatsiya. Hozirgipaytga kelib iqtisodiy shart-sharoitlarning o'zgarishi, ko'plab moliyaviy muammolarning yuzaga kelishi va bozordagi raqobatchilikning kuchayib borishi eng avvalo, texnologik taraqqiyoti boshqa iqtisodiyot tarmoqlariga nisbatan bir qadar yuqoriroq bo'ladigan sanoat korxonalaridagi strategik boshqaruv tizimiga katta ta'sir ko'rsatmoqda. Maqolada mamlakatimizning mintaqalarida sanoat korxonalarining innovatsion rivojlanishining resurs ta'minotini boshqarish jarayonidayuzaga kelatigan ayrim muammolarni barataraf etish yo'nalishlari o'rganilgan.

Kalit so'zlar: Sanoat tarmog'i, sanoat korxonasi, innovatsiya, innovatsion rivojlantirish, innovatsion loyiha, ilmiy-texnik ishlanma, tijoratlashtirish mexanizmi, inventarizatsiya.

Keulimjaev B.K.

Karakalpak State University

MANAGEMENT OF THE RESOURCE SUPPLY OF INDUSTRIAL ENTERPRISES IN THE CONDITIONS OF INNOVATION

DEVELOPMENT

Abstract. Currently, changes in economic conditions, the emergence of many financial problems, and increased competition in the market have a great impact on the system of strategic management of industrial enterprises, the technological development of which is slightly higher than in other sectors of the economy. The article explores the directions for solving some problems that arise in the process of managing resource provision for the innovative development of industrial enterprises in the regions of our country.

Key words: Production network, industrial enterprise, innovation, innovative development, innovative project, scientific and technical development, commercialization mechanism, inventory.

Iqtisodiyotni globallashuv sharoitida sanoat tarmog'ining samarali faoliyat ko'rsatishi innovatsiyalarning diffuziyasini, sanoat korxonalari raqobatbardoshliligining ortishini ko'zda tutib, bunga sanoat korxonalaridagi investitsion va innovatsion faoliyatning o'zaro muvozanatli holda rivojlanib borishi hisobiga erishish mumkindir. Bu borada mintaqa sanoati korxonalarini innovatsion rivojlantirish loyihalarini amalga oshirish jarayonlarini boshqarishga yangicha talablar yuzaga keladi. Shunday qilib, sanoat korxonalarini innovatsion

Мировая наука" №4(85) 2024

science-j.com ■ 26

rivojlantirishnmg samarali tizimini shakllantirish muammosi hozirgi vaqtda alohida ahamiyatga ega Ьо'НЬ, Ьи muammoning hal etilishi sanoat tarmog'ida innovatsiyalami generatsiyalash, takror hosil qilish va ulardan foydalanish orqali mamlakatimiz mintaqalarining ijtimoiy-iqtisodiy o'sish sur,atlarini oshirishga xizmat qiladi.

Innovatsion rivojlanish loyihalarini amalga oshirishning barcha bosqichlarida istalgan sanoat korxonasi и^ип uning moliyaviy ta,minotini tashkil etish muhim masalalardan biri bo'lib hisoblanadi. Moliyalashtirish strategiyasi o'z ichiga mazkur innovatsion rivojlanish loyihasini qanday qilib moliyalashtirish to'g'risidagi axborotlami olib, bunda innovatsion rivojlanish loyihasini amalga oshirish uchun zarur bo'ladigan moliyaviy maЫag'lar miqdori, ulami olish manbalari, о^ mablag'lari va qarzga olingan maЫag'lar nisbatining rejalashtirilgan qiymati, loyihaga yo'naltirilgan mablag'lami qoplash muddatlari, investorlar daromadining qiymati, davlat byudjetidan mablag'lami jalb qilish imkoniyatlari, ko'zda tutilmagan sarf-xarajatlami qoplash uchun moliyaviy mablag'lar zahirasi kabilar belgilab olinadi.

Bizning ата^а oshirgan o'rganish ishlarinimiz natijalari ko'rsatdiki, rejalashtiriladigan sarf-xarajatlarni nafaqat xarajatlar тоскЬ^и bo'yicha, balki ularni potensial qoplash manbalari, shuningdek, innovatsion rivojlanish loyihasini yuzaga chiqarish davomida xarajatlarni ити^и oshirish zarur bo'ladigan muddatlar bo'yicha ham alohida ko'rsatilgan holda jadval ko'rinishida tasvirlash maqsadga muvofiqdir (1 -jadval).

Sanoat korxonasini innovatsion rivojlantirish loyihasini amalga oshirishda o'z-o'zini moliyalashtirish uning bankrotlikka uchrash tavakkalini pasaytiradi. O'z mablag'larini kiritish imkoniyati sanoat korxonasining yaxshigina moliyaviy holatga ega ekanligini, shu jumladan, korxonaning mana shunday imkoniyatga ega bo'lmagan boshqa korxonalarga nisbatan raqobatchilikda ustunlikka ham ega bo'lishini anglatadi.

Bundan tashqari, tadqiqotlarimiz ko'rsatadiki, sanoat korxonalarining ко'рсЫНк qismi hozirgi kunlarda pandemiya asoratlari hali butunlay yo'qolib ketmaganligi natijasida o'z innovatsion rivojlanishlarini ta,minladigan loyihalami amalga oshirishda o'z mablag'lari yetishmasligiga, shuningdek, kredit mablag'lari taqichlligiga ham duch kelmoqdadir.

Shularni hisobga оНЬ, biz o'z tadqiqotimiz doirasida Qoraqalpog'iston Respublikasi sanoat korxonalarining innovatsion rivojlanishini ta,minlash jarayonlarida quyidagi takliflami о'ппН deb hisoblaymiz:

- korxonalar tomonidan davlat fondlari va dasturlari doirasida mablag'larni jalb qilish imkoniyatidan foydalanish;

- mintaqadagi sanoat korxonalarining investitsion jozibadorligini (xususan, intellektual mulkni boshqarish hisobiga bu sanoat korxonalarning kapitallashuvini oshirish mexanizmi hisobiga) oshirish.

Bu holat mintaqada sanoat korxonalarining innovatsion rivojlanishi jarayonlarining jadallashishiga ma,lum Ыг darajada to'sqinlik qilib, buni bartaraf

Мировая наука" №4(85) 2024

science-j.com

etishning samarali omili sifatida aynan sanoat korxonalarida innovatsion rivojlanishning resurs ta'minotini boshqarishning samarali metodlarini joriy qilish orqali mintaqa sanoati innovatsion rivojlanishini boshqarish tizimini takomillashtirish hisoblanadi.

Bunda biz sanoat korxonalarida ilmiy-texnik ishlanmalarni tijoratlashtirish mexanizmini taklif etamiz, bu mexanizmni amalga oshirishda nafaqat yangi mahsulotlarni ommaviy yoki seriyali tarzda ishlab chiqarishning maqsadga muvofiqliligini ko'rib chiqish bilan, balki sanoat korxonalarining o'zida jarayonli innovatsiyalarni "bittalab" sotish yoki uni qo'llash nuqtai-nazaridan ham innovatsiyalarning mahsulotli yoki jarayonli innovatsiyalarga ajratilishi hisobga olinadi. Sanoat korxonalarining innovatsion rivojlanishini amalga oshirishning mazkur mexanizmi sotish uchun innovatsion mahsulot (obyekt)ning yaratilishiga qaratiladi (1-rasm).

Bu mexanizmni amalga oshirish jarayonida dastlab sanoat korxonasining intellektual mulki obyektlarini ilmiy-texnik faoliyat natijalariga bo'lgan huquqlarni ro'yxatga olish bo'yicha tavsiyalarga mos ravishda inventarizatsiyadan o'tkazilishi, shuningdek, sanoat korxonasi ilmiy-texnik faoliyatining ilmiy-texnik, huquqi va iqtisodiy tahlili o'tkazilishi (2-jadval) lozim bo'ladi. Buning uchun korxonada inventarizatsiyadan o'tkazish bo'yicha ishchi guruhni tashkil etish lozim bo'lib, uning vazifalariga korxonada mos holdagi intellektual mulk obyektlarining paydo bo'lishi yoki hisobdan chiqarilishini aks ettiruvchi huquq egasining huquqlarini tasdiqlovchi hujjatlar (patentlar va shu kabilar)ni, boshqa hujjatlar (patent tadqiqotlari haqida hisobot, ITTKI ni amalga oshirish va boshqa shu kabilar bo'yicha hisobot hujjatlari)ni tahlil qilish kiritilishi lozimdir.

2-jadval

IMO ni inventarizatsiyadan o'tkazishda qo'llaniladigan tahlil turlari

Tahlil turi Maqsad

Ilmiy-texnik tahlil Ilmiy-texnik faoliyat natijalarini aniqlash

Huquqiy tahlil Har bir aniqlangan IFN ga huquq egasini belgilash

Iqtisodiy tahlil IFN ni tijoratlashtirish istiqbollari va tijoriy qiymatini hamda ularga bo'lgan huquqlarni baholash

Tadqiqot davomida dissertatsiya muallifi amalga oshirgan ilmiy izlanishlar va o'rganishlar asosida shunday xulosaga kildikki, bunga ko'ra hozirgi kunlarda sanoat korxonalarida qo'llanilib kelinayotgan o'z ichiga IFN vani tijoratlashtirish istiqbollari va ularning tijorat nuqtai-nazaridan qimmatligini hamda ularga bo'lgan huquqlarning baholanishini oladigan iqtisodiy tahlil bunday ilmiy-texnik ishlanmalarga bozorda talab mavjudligini tahlil qilish pozitsiyasidan turib kuchaytirilmog'i lozimdir. Bundan tashqari, jarayonli innovatsiyalar mavjudligi vaziyatlarida bunday ilmiy-texnik ishlanmalarning sanoat korxonasida joriy etilishining ratsionalligini baholash ham talab etiladi.

"Мировая наука" №4(85) 2024 science-j.com

Ko'rib turibmizki, sanoat korxonalarining innovatsion rivojlanish loyihalarini amalga oshirishda ularning intellektual faoliyati natijalarini aniqlash va ulardan foydalanishning imkoniyatlari kattadir. Bu imkoniyatlardan foydalanish tajribasi mintaqa sanoat korxonalarida hali unchalik rivojlanmaganligini e'tiborga olib, mazkur tadqiqot ishi doirasida biz taklif qilgan mexanizmdan foydalanish mintaqa sanoatining innovatsion rivojlanish jarayonlari samaradorligini oshirishga, yakuniy hisobda esa mintaqa iqtisodiyotining ijtimoiy-iqtisodiy o'sish darajasi jadallashishiga xizmat qiladi.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. Калмуратов Б.С. Стратегия развития инновационного управления промышленного комплекса Республики Каракалпакстан. International Scientific Journal Theoretical & Applied Science Philadelphia, USA Issue 01, volume 91 published January 31, 2021. 379-387 стр

2. Калмуратов Бахтияр Сейтмуратович, Бектурдиев Максет Бекбергенович ФОРМИРОВАНИЕ ИННОВАЦИОННОЙ СТРАТЕГИИ РАЗВИТИЯ В КОНКУРЕНТНОЙ СРЕДЕ СТРОИТЕЛЬНОЙ ИНДУСТРИИ // Бюллетень науки и практики. 2021. №6. URL: https://cyberleninka.ru/article/n7formirovanie-innovatsionnoy-strategii-razvitiya-v-konkurentnoy-srede-stroitelnoy-industri (дата обращения: 07.03.2024).

3. The current state of innovative development of the construction industry of the republic of Uzbekistan. ISJ Theoretical & Applied Science, (02 (82)), 455-463

4. Kalmuratov, B. S. (2021). Development strategy of an innovative management of the industrial complex of the Republic of Karakalpakstan. ISJ Theoretical & Applied Science, 01 (93), 379-387. Soi: http://s-o-i.org/L1/TAS-01-93-66 Doi: https://dx.doi.org/10.15863/TAS.2021.01.93.66

5. Калмуратов Б.С. Стратегия развития инновационного управления промышленного комплекса Республики Каракалпакстан. International Scientific Journal Theoretical & Applied Science Philadelphia, USA Issue 01, volume 91 published January 31, 2021. 379-387 стр

6. Калмуратов Б. С. Совершенствование инновационной инфраструктуры промышленности региона путем кластеризаций// Iqtisodiyot va ta'lim // 2022-yil 2-son. 68-372

7. К,алмуратов Б. С. K,оракалпоFистонда саноат ишлаб чи^ариш сохдсининг ривожланиш тенденциялари//"Жамият ва бош^арув" журнали// Узбекистон Республикаси Президенти хузуридаги Давлат бош^аруви академияси №2(100) 2023

"Мировая наука" №4(85) 2024

science-j.com

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.