Научная статья на тему 'MINTAQADA SANOAT ISHLAB CHIQARISH SOHASINI RIVOJLANISHNI TAHLILI'

MINTAQADA SANOAT ISHLAB CHIQARISH SOHASINI RIVOJLANISHNI TAHLILI Текст научной статьи по специальности «Экономика и бизнес»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Мировая наука
Область наук
Ключевые слова
sanoat / sanoat ishlab chiqarish / sanoat mahsulotlari / ishlab chiqarish fondlari / investitsiyalar / innovatsion mahsulotlar / ilmiy-texnologik salohiyat / modernizatsiya / strategiya / infratuzilma. / industry / industrial production / industrial products / production facilities / investment / innovative products / scientific and technological potential / modernization / strategy / infrastructure.

Аннотация научной статьи по экономике и бизнесу, автор научной работы — Joldasbayeva U.J.

Maqolada Qoraqalpogʻiston Respublikasi mintaqasida sanoat ishlab chiqarish sohasini rivojlanish tendensiyalari tahlil qilingan. Shuningdek milliy iqtisodiyotning tuzilmaviy degradatsiyalanishi bilan bogʻliq boʻlgan innovatsion rivojlanish tavakkalchiliklarni minimallashtirish choratadbirlari va sanoat korxonalarda investitsion resurslar yetishmasligi sharoitida yuqori innovatsion texnologiyalar asosida sanoat tarmogʻini innovatsion faoliyatni oshirish yoʻnalishlari oʻrganilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

ANALYSIS OF INDUSTRIAL DEVELOPMENT IN THE REGION

The article studied the trends of industrial production development in the Republic of Karakalpakstan. And in connection with the structural degradation of the national economy, and with innovative development measures to minimize risks and investments in industrial enterprises in the context of lack of resources the directions of increasing the innovation activity of the industrial sector on the basis of high innovative technologies are studied.

Текст научной работы на тему «MINTAQADA SANOAT ISHLAB CHIQARISH SOHASINI RIVOJLANISHNI TAHLILI»

Joldasbayeva U.J.

Qoraqalpoq davlat universiteti

MINTAQADA SANOAT ISHLAB CHIQARISH SOHASINI RIVOJLANISHNI TAHLILI

Annotatsiya. Maqolada Qoraqalpog'iston Respublikasi mintaqasida sanoat ishlab chiqarish sohasini rivojlanish tendensiyalari tahlil qilingan. Shuningdek milliy iqtisodiyotning tuzilmaviy degradatsiyalanishi bilan bog'liq bo'lgan innovatsion rivojlanish tavakkalchiliklarni minimallashtirish chora-tadbirlari va sanoat korxonalarda investitsion resurslar yetishmasligi sharoitida yuqori innovatsion texnologiyalar asosida sanoat tarmog'ini innovatsion faoliyatni oshirish yo'nalishlari o'rganilgan.

Kalit so'zlar: sanoat, sanoat ishlab chiqarish, sanoat mahsulotlari, ishlab chiqarish fondlari, investitsiyalar, innovatsion mahsulotlar, ilmiy-texnologik salohiyat, modernizatsiya, strategiya, infratuzilma.

Joldasbeva U.J.

Karakalpak State University

ANALYSIS OF INDUSTRIAL DEVELOPMENT IN THE REGION

Annotation. The article studied the trends of industrial production development in the Republic of Karakalpakstan. And in connection with the structural degradation of the national economy, and with innovative development measures to minimize risks and investments in industrial enterprises in the context of lack of resources the directions of increasing the innovation activity of the industrial sector on the basis of high innovative technologies are studied.

Key words: industry, industrial production, industrial products, production facilities, investment, innovative products, scientific and technological potential, modernization, strategy, infrastructure.

Mustaqillik yillarida O'zbekiston va uning mintaqalarida iqtisodiy soha, ayniqsa, sanoat sohasida juda katta o'zgarishlar ro'y berdi. Jumladan, 2020-2023-yillarda iqtisodiy o'sish 30,2 %ni tashkil etib, sanoatning YAIM tarkibidagi ulushi ham katta o'zgarishlarga duch kelmoqda. Masalan, 2019 -yilda sanoatning mamlakat YAIM dagi ulushi 29,1 % ni tashkil etgan bo'lsa, 2020-yilda bu ko'rsatkich 28 % ga tushdi. Keyingi 2021-yilda esa sanoatning mazkur ko'rsatkichi 28,1 % ga teng bo'lib, 2022-yilda uning o'sishida katta sur'atlar kuzatilmaydi (28,9 %), kelgusi 2023-yilda esa sanoatning YAIM dagi ulushi 30,2 % ga yetdi. Shunday qilib, sanoatning ulushi ortib borishi kuzatilib, ayrim mintaqalarning deyarli barcha YAHM da sanoatning ulshish o'sishi mamlakat YAIM tarkibida sanoat ulushi o'sishidan tezroq sur'atda o'sdi.

Qoraqalpog'iston Respublikasi mustaqillik yillarining bos hidanoq sanoat tovarlarini ishlab chiqarish borasida rivojlanmagan mintaqalar qatoriga kirib keladi. O'zbekiston Respublikasini 2022-2026-yillarga mo'ljallangan Yangi O'zbekistonni taraqqiyot strategiyasida qabul qilingan me'yoriy-huquqiy hujjatlar barcha mintaqalarda, jumladan, Qoraqlpog'istonda ham sanoat ishlab chiqarishi rivojlanishini tubdan o'zgartirdi. Quyidagi 1-jadvalda O'zbekiston Respublikasi va Qoraqalpog'iston Respublikasidagi iqtisodiy o'sish ko'rsatkichlari keltirildi.

1-jadval

O'zbekiston Respublkiasi va Qoraqalpaog'iston rsepublikasi YAIM

(YAHM) ning 2015-2022-yiHarda o'zgarish dinamikasi (mlrd. so'm)1

Hududlar 2015 y 2016 y 2017 y 2018 y 2019 y 2020 y 2021 y 2022 y (I chorak)

O'zbekiston Respublikasi 210 183,1 242 495,5 302 536,8 406 648,5 510 117,2 580 203,2 734 600,0 162 800,0

Qoraqalpog'iston Respublikasi 6 227,1 8 036,0 10 243,0 15 009,4 19 078,9 21 200,9 26 300,0 5 700,0

Sanoat ishlab chiqarishi mamlakat iqtisodiy rivojlanishining ustuvor tarmog'i bo'lib sanaladi. Ma'lumki, O'zbekiston Respublikasi sobiq ittifoq davrida xom-ashyo bazasi sanalib kelinar, bu ayniqsa paxtachilik sohasida juda kuchli namoyon bo'lar edi. Bunday siyosat respublikada sanoat ishlab chiqarishi rivojlanishi uchun imkon bermas edi. Mustaqillika ega bo'lingach esa O'zbekistonning iqtisodiy rivojlanishi yo'nalishi tubdan o'zgardi. Hozirgi vaqtda O'zbekistonda industrial rivojlanish o'z yo'liga tushib olgan bo'lib, bugungi kunda mamlakatda sanoatning yuzdan ortiq tarmoqlari faoliyat ko'rsatadi. Hozirgi vaqtda sanoat ishlab chiqarishini rivojlantirish sohasida mazkur masalada qoloqlik kuzatilayotgan mintaqalar, masalan, Jizzax, Sirdaryo, Xorazm viloyatlari va Qoraqalpog'iston Respublikasiga katta e'tibor qaratilmoqda. Bular ichida Qoraqalpog'iston Respublikasi ko'plab foydali mineral resurslarga ega bo'lgan mintaqa sifatida ajralib turadi. Hozirgi vaqtga kelib mintaqa hududida ko'plab foydali qazilmalar va rudali konlar, neft-gaz, soda xom-ashyosi va shu kabilar zahiralari topilib, ishga tushirilgandir.

Ma'lumki, Qoraqalpog'iston Respublikasi murakkab ekologik vaziyat hukm surayotgan mintaqa sanaladi. Shu bilan brga, mazkur mintaqa dori-darmon vositalari ishlab chiqarish, ya'ni, farmatsevtika tarmog'i rivojlanmagan hudud bo'lib hisoblanadi. Shuning uchun mintaqada sanoatning chuqur o'ylab chiqilgan tuzilmaviy o'zgarishi dasturini ishlab chiqish zarur bo'lib turibdi.

Mintaqa sanoati tuzilmasini o'zgartirishda avvalambor, qaysi tarmoqlarga e'tibor qaratish lozimligini aniqlab olish zarurdir. Bunda ayniqsa, ekportga yo'naltirilgan mahsulotlar ishlab chiqariladigan tarmoqlar muhim o'rin tutib,

10'zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo'mitasi ma'lumotlari asosida tayyorlandi.

bunda birinchidan, sanoat mahsulotlarini mahalliy resurslar hisobidan ishlab chiqarishga; ikkinchidan, mahalliy sanoat ishlab chiqarishida innovatsion texnologiyalarni rivojlantirishga; uchinchidan, qayta ishlash sanoatini oyoqqa turg'azishga; to'rtinchidan, mintaqalarda ishlab chiqarilayotgan sanoat tovarlari narxlariga teng bo'lishini saqlab qolishga intilish lozim bo'ladi.

Yuqori darajada qayta ishlanadigan mahsulotlarni ishlab chiqarish hisobiga iqtisodiy o'sishning yuqori ko'rsatkichlariga erishish yaqin istiqbol davrlarida mintaqa iqtisodiy rivojlanishining ustuvor yo'nalishiga aylanishi lozimdir.

O'zbekiston Respublikasi iqtisodiyotidagi deindustrializatsiyalash yoki milliy sanoatdagi destruktiv holatlar haqida qayta ishlovchi sanoat tarmoqlarida qo'shilgan qiymat ulushining pasayishi kabi barqaror tendensiya ham guvohlik beradi. Agarda 2000-yilda mazkur sohada mamlakatimiz YAIM ning 19,3 % atrofidagi qismi yaratilgan bo'lsa, 2021-yilga kelib bu ko'rsatkich 17,4 % ga tushib qoldi. Taqqoslab ko'rish uchun masalan, bu ko'rsatkich Xitoyda 33 % ni, Janubiy Koreyada 28 % ni, Indoneziyada esa 25 % ni tashkil etadi va h.k. Mamlakatda ishlab chiqarilayotgan sanoat mahsulotlarining katta qismi past texnologik ukladga xos bo'lgan mahsulot sifatida tasniflanadi va jahon bozorlarida ularning raqobatbardoshliligi ham pastdir.

Milliy iqtisodiyotning tuzilmaviy degradatsiyalanishi bilan bog'liq bo'lgan innovatsion rivojlanish tavakkallarini minimallashtirish uchun korxonalarda investitsion resurslar yetishmasligi sharoitida yuqori texnologik bo'lib hisoblanadigan va eng ko'p qo'shilgan qiymatni generatsiyalay digan iqtisodiyotning strategik sektorlariga tayangan holda davlat investitsiyalari hisobiga innovatsion faoliyatni oshirish zarur bo'lib, bu ilmiy-texnologik salohiyatni oshirish, ishlab chiqarish majmuasini modernizatsiyalash, strategik ahamiyatga ega bo'lgan ishlab chiqarish infratuzilmasini, transport tizimi va AKT hamda aloqa tizimlarini yangilash hamda rivojlantirishni o'z ichiga oluvchi infratuzilmani moliyalashtirishga byudjet mablag'larini to'plash, davlat-xususiy sherikchiligi tamoyillarida innovatsion loyihalarni amalga oshirishda investor sifatida davlatning rolini oshirishga imkon beradi.

Shunday qilib, qayta ishlash sanoatidagi milliy korxonalar asosiy ishlab chiqarish fondlari yemirilishining yuqori darajasi ishlab chiqarish sohasiga, ayniqsa, innovatsion loyihalarni amalga oshirishga investitsiyalarni jalb qilishdagi murakkabliklar bilan birga milliy sanoat korxonalari tovarlarining xorijiy ishlab chiqaruvchilar mahsulotlariga nisbatan raqobatbardoshligi pasayib ketishiga olib keldi.

Bularning barchasi qurilma va mexanizmlarni ta'mirlashga sarf-xarajatlarning ortishini keltirib chiqaruvchi eski texnika va texnologiyalardan foydalanish bilan birgalikda qayta ishlash sektordagi mahsulotlarning yuqori bo'lmagan rentabelligiga sabab bo'ladi. 2005-2022-yillar davomida qayta ishlash sanoati bo'yicha o'rtacha hisobda bu 3,4 punktga kamayib, 11,9 % gacha tushishi yuz berdi, bu esa bir yildan ortiq muddatga nomoliyaviy tashkilotlarga beriladigan kreditlar bo'yicha foiz stavkalaridan pastdir. Shuning oqibatida sanoat

korxonalari uchun innovatsion faoliyatni rivojlantirishga kredit olishning imkoniyatlari juda pasayib ketdi.

Xorijiy tajribalarni o'rganish va amalga oshirilgan tahlil shunday xulosa chiqarishga imkon beradiki, ishlab chiqarish quvvatlarini modernizatsiyalash va qayta ishlash korxonalarining innovatsion faoliyatini rivojlantirish davlat tomonidan faol ravishda yangi texnik va texnologik ishlanmalarni intensiv joriy qilishni qo'llab-quvvatlashsiz va mazkur sektorda innovatsion faoliyatni boshqarish mexanizmini takomillashtirishsiz mumkin emasdir. Shuning uchun Qoraqalpog'iston Respublikasida, shu jumladan, mamlakatimizning sanoati hali yuqori darajada rivojlanmagan boshqa mintaqalarida sanoatning innovatsion yo'l bilan rivojlanishi, bu jarayonlarda innovatsion boshqaruv mexanizmi samaradorligini modelini, bu modelni amalga tatbiq qilish sxemasini ishlab chiqish, bu borada ko'zlangan natijalarga erishish uchun maxsus dasturga asoslanadigan hamda maqsadli ko'rsatkichlarga erishilishini ko'zda tutadigan yondashuvdan foydalanish maqsadga muvofiqdir.

Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati:

1. Узбекистон Республикаси Президентининг 2020 йил 11 ноябрдаги 4889-сон "2020 — 2023 йилларда К,оракалпоFистон Республикасини комплекс ижтимоий-иктисодий ривожлантириш чора-тадбирлари тyFрисида" ги Карори // https://lex.uz/docs/5100705

2. Узбекистон Республикаси Президентининг 2022 йил 31 августдаги ПФ -213 сон "К,оракалпоFистон Республикасида тадбиркорлик, инновацион технологиялар ва инфратузилмаларни жадал суръатларда ривожлантириш оркали ах,оли фаровонлигини оширишнинг кушимча чора-тадбирлари тyFрисида" ги Фармони //https://lex.uz/docs/6181114

3. Калмуратов Б.С. Стратегия развития инновационного управления промышленного комплекса Республики Каракалпакстан. International Scientific Journal Theoretical & Applied Science Philadelphia, USA Issue 01, volume 91 published January 31, 2021. 379-387 стр

4. Калмуратов Бахтияр Сейтмуратович, Бектурдиев Максет Бекбергенович ФОРМИРОВАНИЕ ИННОВАЦИОННОЙ СТРАТЕГИИ РАЗВИТИЯ В КОНКУРЕНТНОЙ СРЕДЕ СТРОИТЕЛЬНОЙ ИНДУСТРИИ // Бюллетень науки и практики. 2021. №6. URL: https://cyberleninka.ru/article/n7formirovanie-innovatsionnoy-strategii-razvitiya-v-konkurentnoy-srede-stroitelnoy-industri (дата обращения: 07.03.2024).

5. The current state of innovative development of the construction industry of the republic of Uzbekistan. ISJ Theoretical & Applied Science, (02 (82)), 455-463

6. Kalmuratov, B. S. (2021). Development strategy of an innovative management of the industrial complex of the Republic of Karakalpakstan. ISJ Theoretical & Applied Science, 01 (93), 379-387. Soi: http://s-o-i.org/L1/TAS-01-93-66 Doi: https://dx.doi.org/10.15863/TAS.2021.01.93.66

7. Калмуратов Б.С. Стратегия развития инновационного управления промышленного комплекса Республики Каракалпакстан. International

Scientific Journal Theoretical & Applied Science Philadelphia, USA Issue 01, volume 91 published January 31, 2021. 379-387 стр

8. Калмуратов Б. С. Совершенствование инновационной инфраструктуры промышленности региона путем кластеризаций// Iqtisodiyot va ta'lim // 2022-yil 2-son. 68-372

9. К,алмуратов Б. С. K,оракалпоFистонда саноат ишлаб чщариш сохдсининг ривожланиш тенденциялари//"Жамият ва бош^арув" журнали// Узбекистон Республикаси Президенти хузуридаги Давлат бош^аруви академияси №2(100) 2023

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.