Научная статья на тему 'SANOAT KORXONALARIDA INNOVATSION FAOLIYATNI BOSHQARISH TIZIMI'

SANOAT KORXONALARIDA INNOVATSION FAOLIYATNI BOSHQARISH TIZIMI Текст научной статьи по специальности «Гуманитарные науки»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Sanoat / ishlab chiqarish / innovatsion faoliyat / korxonalar / innovatsiya. / Industry / production / innovative activity / enterprises / innovation.

Аннотация научной статьи по Гуманитарные науки, автор научной работы — Xolmirzayev U.A., Xakimova G.A.

Sanoat korxonalarida innovatsion loyihalarni joriy etish uchun uning iqtisodiy va ijtimoiy samaradorligini baholash zarur. Shu sababli texnologik innovatsiyalarni joriy etish asosida sanoat ishlab chiqarishida yuqori samaradorlikka erishish uchun texnik chora-tadbirlarning qaysi biri foydali ekanligini aniqlash zarur.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

INNOVATIVE ACTIVITY MANAGEMENT SYSTEM IN INDUSTRIAL ENTERPRISES

In order to introduce innovative projects in industrial enterprises, it is necessary to evaluate its economic and social efficiency. Therefore, it is necessary to determine which of the technical measures are useful to achieve high efficiency in industrial production based on the introduction of technological innovations.

Текст научной работы на тему «SANOAT KORXONALARIDA INNOVATSION FAOLIYATNI BOSHQARISH TIZIMI»

Xolmirzayev U.A.

Namangan muhandislik-qurilish instituti iqtisodiyot fanlari bo'yicha falsafa doktori (PhD) ORCID: 0000-0002-3589-373X Xakimova G.A.

Namangan muhandislik-qurilish instituti talabasi

SANOAT KORXONALARIDA INNOVATSION FAOLIYATNI

BOSHQARISH TIZIMI

Annotatsiya. Sanoat korxonalarida innovatsion loyihalarni joriy etish uchun uning iqtisodiy va ijtimoiy samaradorligini baholash zarur. Shu sababli texnologik innovatsiyalarni joriy etish asosida sanoat ishlab chiqarishida yuqori samaradorlikka erishish uchun texnik chora-tadbirlarning qaysi biri foydali ekanligini aniqlash zarur.

Kalit so'zlar: Sanoat, ishlab chiqarish, innovatsion faoliyat, korxonalar, innovatsiya.

Kholmirzayev U.A., doctor of philosophy in economics (PhD) Namangan Institute of Engineering and Construction

ORCID: 0000-0002-3589-373X Khakimova G.A.

student

Namangan Institute of Engineering and Construction

INNOVATIVE ACTIVITY MANAGEMENT SYSTEM IN INDUSTRIAL

ENTERPRISES

Abstract. In order to introduce innovative projects in industrial enterprises, it is necessary to evaluate its economic and social efficiency. Therefore, it is necessary to determine which of the technical measures are useful to achieve high efficiency in industrial production based on the introduction of technological innovations.

Key words: Industry, production, innovative activity, enterprises, innovation.

O'zbekistonda iqtisodiyotning yetakchi tarmoqlari, jumladan, sanoat tarmogini jadal rivojlantirishga e'tibor qaratilmoqda. 2024-yilning yanvar-fevral oylarida viloyatimizda xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalar tomonidan 581,0 mlrd. so'mlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarilgan bo'lib, o'tgan yilning mos davriga nisbatan 144,2 mlrd. so'mga ko'paydi. Umumiy sanoat ishlab chiqarishdagi ulushi esa 18,7 % ni tashkil etdi.

Innovatsion rivojlanishning maqsadlari va vazifalarini aniqlashdagi xatolar innovatsion faoliyatga yo'naltirilgan moliyaviy va boshqa resurlarni natijasiz sarflashga olib kelishi mumkin. Ayniqsa, korxonaning innovatsion faoliyatga samarasiz sarflangan vaqti sanoat tarmogida fan sig'imi yuqori ishlab chiqarishni rivojlantirishning mavjud yuqori sur'atlari bilan bog'liq moliyaviy resurslar qatorida kam bo'lmagan yo'qotish hisoblanadi.

Sanoatni innovatsion rivojlanishining belgilangan yo'nalishlari doirasida loyihalar o'rtasidagi o'zaro bog'liq va to'liq bo'lmagan realizatsiyani amalga oshirish korxona faoliyatining alohida yo'nalishlari bo'yicha ijobiy samaraga ega bo'lishi mumkin, biroq korxonaning umumiy innovatsion rivojlanishi sinergetik samaradan mahrum bo'ladi. Innovatsion loyihani amalga oshirish to'g'risida qaror qabul qilishda resurslar manbalari va yakuniy innovatsiyalar iste'molchilari tahlil qilingan bo'lishi zarur, ya'ni korxonaning tashqi muhit tahlili o'tkazilishi kerak. Mazkur omillar bir vaqtning o'zida innovatsion loyihani amalga oshirish va qaror qabul qilish jarayonida hisobga olinishi kerak. Aynan shuning uchun moliyaviy va resurs ta'minotidagi mavjud cheklovlarni hisobga olgan holda, innovatsion faoliyatni amalga oshirish doirasida ulardan foydalanishni optimallashtirish natijasida innovatsion rivojlanishning maqsad va vazifalari asosida korxonaning innovatsion faoliyatini kompleks boshqarishni amalga oshirish muhimdir.

Korxonaning innovatsion faoliyatini boshqarish sxemasini amalga oshirishda quyidagi vositalarni kiritish muhim hisoblanadi:

- innovatsion g'oyalarni joriy etish uchun istiqbolli loyihalarni tanlash vositasi;

- innovatsion faoliyatning tashqi va ichki omillarini hisobga olgan holda innovatsion loyihalarni baholash vositalari;

- sanoatning fan sig'imi yuqori tarmoqdari korxonalarida innovatsion loyihalarni amalga oshirishni optimallashtirish vositalari.

Korxonaning innovatsion faoliyatini boshqarishning yuqorida keltirilgan vositalarini hisobga olgan holda uni realizatsiya qilish algoritmi quyidagi bosqichlardan iborat (1-rasm).

Birinchi bosqichda korxonaning rivojlanishiga davlat, tarmoq va korxona rahbariyati qarashlarining rasmiyligidan iborat korxonaning innovatsion faoliyatini boshqarish mezonlarini shakllantirish zarur. Bu qarashlar korxonaning innovatsion faoliyati samaradorligi ko'rsatkichlari, korxona faoliyatining alohida ustuvor yo'nalishlari, realizatsiya qilinayotgan loyihalarning yo'l qo'yilishi mumkin bo'lgan risk darajasi, loyihalarning innovatsionligi va iqtisodiy samaradorlikning maqsadli ko'rsatkichlarida ifodalanadi.

Ikkinchi bosqichda korxonaning innovatsion infratuzilmasi holati va uning innovatsion faoliyati ko'rsatkichlari hamda ushbu sohada mavjud statistik axborotlar tahlilini o'tkazish kerak. Mazkur axborot turli yo'nalishlarda innovatsion faoliyatni muvaffaqiyatli amalga oshirish uchun korxona imkoniyatga ega ekanligini ifodalaydi.

1-rasm. Korxonaning innovatsion faoliyatini boshqarish algoritmi

Turli xil yo'nalishlar bo'yicha innovatsion faoliyatga qo'yilmalar samaradorligi qarab chiqilayotgan korxona doirasida texnik jihozlanishi, kadrlar salohiyati, mavjud an'analar va u yoki bu innovatsion ishlanmalar tajribasiga bog'liq holda bir-biridan farq qiladi.

Uchinchi bosqichda innovatsion rivojlanishning mavjud jahon trendi va hamda innovatsion mahsulotlar, xizmatlar va texnologiyalarga davlat va tarmoq extiyojlari tahlilini o'tkazish zarur. Innovatsion faoliyat samaradorligining ajralmas qismi bo'lib, uning natijalariga talab hisoblanadi. Innovatsion faoliyatning kutilayotgan natijalariga talabni istiqbollashtirishga harakat qilish uchun korxona faoliyatining yo'nalishlariga innovatsion qarorlarda davlat buyurtmalari, tarmoq va bozor talabini aniqlash zarur. Biroq innovatsion loyihalarni amalga oshirish yetarlicha uzoqroq vaqtni qamrab olishi mumkin.

Buning asosiy sababi davlat buyurtmasi, tarmoq va bozordagi talabga qarab innovatsion qarorlar o'zgarishi mumkin. Shuning uchun innovatsion faoliyatning turli yo'nalishlarida trendlar va tendentsiyalarning o'zgarishini monitoring va tahlil etish kerak.

To'rtinchi bosqichda korxonaning innovatsion rivojlanishini istiqbolli yo'nalishlarini aniqlash zarur. Korxonaning innovatsion loyihalarini realizatsiya qilishning ustuvor yo'nalishlarini aniqlashda quyidagi omillarni e'tiborga olish kerak:

- korxonaning ichki resurslarining miqdor va sifat ko'rsatkichlari;

- innovatsion faoliyat sohasida mavjud tendentsiyalar;

- innovatsion faoliyatni amalga oshirish doirasida korxonaning manfaatlari;

- innovatsion faoliyatni amalga oshirish doirasida tarmoq manfaatlari;

- innovatsion faoliyatni amalga oshirish doirasida davlat manfaatlari;

- innovatsion faoliyatni moliyalashtirishni amalga oshirishda investor manfaatlari.

Sanoat korxonalarida ishlab chiqarishni rivojlantirish, mahsulot hajmini oshirish, uning sifatini yaxshilash, ishlab chiqarish samaradorligiga erishish uchun fan-texnika taraqqiyotini jadallashtirish zarur. Bu faoliyat ma'lum iqtisodiy chora-tadbirlarni ishlab chiqish asosida amalga oshiriladi. Chora-tadbirlar albatta samarali bo'lishi kerak. Uni hisobga olmasdan, baholamasdan innovatsion loyihalarni ishlab chiqarishga joriy etib bo'lmaydi.

Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati:

1. O'zbekiston Respublikasining "Innovatsion faoliyat to'g'risida" Qonuni. -T., 2020.

2. O'zbekiston Respublikasining "Chet el investitsiyalari to'g'risida" Qonuni. -T.

3. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "Investitsiya loyihalarining loyiha oldi hujjatlarini ishlab chiqish sifatini oshirish to'g'risida"gi 2017 yil 15 martdagi PK-2836-son qarori.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.