Научная статья на тему 'INKLYUZIV TA`LIM RIVOJIDA QADIM PEDAGOGIK QARASHLARNING AHAMIYATI'

INKLYUZIV TA`LIM RIVOJIDA QADIM PEDAGOGIK QARASHLARNING AHAMIYATI Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Inklyuziv / integratsiya / uyg`onish / ta`lim-tarbiya / korreksiya / moslashish / fiziologiya / ruhiyat / tana va ruhning bog`liqligi.

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Xayitova Farida

O`zbekiston Respublikasi “T`lim tog`risida”gi qonunning 20-moddasida inklyuziv ta`limni ta`lim shakli turi sifatida kiritilishi, yurtboshimiz Sh.Mirziyoyev tomonidan 2023-yilning “Insonga e`tibor va sifatli ta`lim” yili deb e`lon qilinishi inklyuziv ta’limning rivojlanishida siyosiy kuchini oshirdi. Jismoniy yoki ruhiy imkoniyati cheklangan bolalarning oilasi bag`ridan uzilmagan holda o`z hududidagi ta`lim muassasasida o`qishi, ularning ijtimoiy adaptatsiyasini ta`minlaydi. Ushbu maqola inklyuziv ta`limning paydo bo`lishi, rivojlanishida sharq uyg`onish davri va o`rta asrdagi ta`lim-tarbiya haqidagi qarashlar qisman keltirib o`tilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «INKLYUZIV TA`LIM RIVOJIDA QADIM PEDAGOGIK QARASHLARNING AHAMIYATI»

INKLYUZIV TALIM RIVOJIDA QADIM PEDAGOGIK QARASHLARNING AHAMIYATI

Xayitova Farida Qo'chqorovna

O'zbekiston-Finlandiya pedagogika instituti Pedagogika kafedrasi assistenti

Annotatsiya. O'zbekiston Respublikasi "T'lim tog'risida"gi qonunning 20-moddasida inklyuziv ta'limni ta'lim shakli tuгi sifatida kiгitilishi, yuгtboshimiz Sh.Mimyoyev tomonidan 2023-yilning "Insonga e'tibor va sifatli ta'lim" yili deb e'lon qilinishi inklyuziv ta'limning гivojlanishida siyosiy kuchini oshñdi. Jismoniy yoki rnhiy imkoniyati cheklangan bolalaming oilasi bag'ridan uzilmagan holda o'z hududidagi talim muassasasida o'qishi, ulaming ijtimoiy adaptatsiyasini ta'minlaydi. Ushbu maqola inklyuziv ta'limning paydo bo'lishi, гivojlanishida sharq uyg'onish davгi va o'rta asгdagi talim-tartiya haqidagi qaгasЫar qisman keltiгib o'tilgan.

Kalit so'zlar: Inklyuziv, integгatsiya, uyg'onish, talim-tartiya, koггeksiya, moslashish, fiziologiya, mhiyat, tana va гuhning bog'liqligi.

Bugungi kunda yosh^ talim-ta^yas^ sifatli va zamonaviy pгinsiplaгga tayangan holda o'qitish, baгchani ta'limga qamrab olish degan masala davlatimiz oldidagi amalga oshirilishi lozim bo'lgan dolzaгb vazifalaráan bin bo'lib qolmoqda. Haг Ыг bola kelib chiqishi, nasl-nasabi, millati, dini, ñqi, oilaviy ahvoli, jamiyatdagi nufuzi, jismoniy yoki rnhiy imkoniyatlaridan qatiy nazar yashash, ta'lim olish, barcha qatoгi eгkin faoliyat olib borishga va fikriashga haqlidiг. Inklyuziv ta'lim ana shunday g'oyani ilgari sumvchi ta'lim shaklidiг.

O'zbekiston Respublikasi "Ta'lim tog'risida"gi qonunning 20-moddasida inklyuziv ta'limni ta'lim shakli tuгi sifatida kiritilishi, yuгtboshimiz Sh.Miгziyoyev tomonidan 2023-yilning "Insonga e'tibor va sifatli ta'lim" yili deb e'lon qilinishi inklyuziv ta'limning rivojlanishida siyosiy kuchini oshiгdi. Jismoniy yoki rnhiy

imkoniyati cheklangan bolalarning oilasi bag'ridan uzilmagan holda oz hududidagi talim muassasasida o'qishi, ularning ijtimoiy adaptatsiyasini taminlaydi.

Otmishga nazar solmay turib kelajakni ko'ra olmaymiz. Qadimgi pedagogik qarashlarning hozirgi zamon talim rivojida ham oz hissasi bor albatta. Shu boisdan tarixga aylangan bizgacha yetib kelgan pedagogik qarashlarni o'rganish lozim. Bir asrdurki butun dunyo talim tizimiga kirib kelgan ushbu tushuncha yurtimizga mustaqillikka erishganimizdan keyin kirib keldi. Bu degani shu vaqtga qadar imkoniyati cheklanganlar e'tibordan chetda qoldi degani emas. Yortimizda azal-azaldan odob-ahloq va talim-tarbiyaga katta e'tibor berilgan. Sharq allomalari, olim-mutafakkirlar qadimdan adab ilmini chuqur o'rganib, rivojlantirib kelganlar. Ayniqsa, har taraflama go'zal, odobli, yaxshi xulqli va hayoli bo'lishga, nafsni poklashga buyuruvchi muqaddas dinimizni bu sohada ulkan o'zgarishlar sababchisidir. Hadislarda, uluglarning ogitlarida inson manaviy kamolotining asosi bolgan odob-ahloq va tarbiyaning barcha jihatlari oz ifodasini topgan.

I.Madatov o'zinrng "Inklyuziv talim" 2024-yilda chop etilgan darsligining 20-27-sahifalarida sharq pedagogik qarashlar haqida ko'plab misollar keltirib o'tgan: Farzand- hayotimizning bezagi, oilamizning quvonchu-shodligidir. Farzand-tabiatning ulug' ne'matidir. Har ne'matning shukri- uning go'zal tarbiyasida. Hadisi sharifda aytilishicha: har bir tug'ilgan chaqaloq to tili dilidagini gapira olguncha, dunyo borligi bilan tug'ilgan bo'ladi. Har qaysi inson oz farzandining yaxshi, barkamol nasl bolib yetishishini orzu qiladi. Katta bolgach, jamiyatdan o'ziga munosib o'rin egallab, vataniga sodiq, elu halqining xizmatiga tayyor, vijdonli va diyonatli bolishini niyat qiladi. Har bir insonning o'zigagina xos imkoniyatlari mavjudligi va unga hamisha jiddiy e'tibor berish zarurligi haqida buyuk sharq mutafakkirlari Ibn Sino, Farobiy, Beruniy, Mirzo Ulug'bek, Yosuf Xos Hojib ham oz zamonlarida fikrlarini alohida qayt etib o'tganlar. Masalan: Yusuf Xos Hojibning <Uquv qayda bolsa, uluglik bolar, bilim qayda bolsa buyklik bolar>, Mirzo Ulug'bekning <Ishga yarab qolsa ilming bir muddat, yana oshirmoqqa aylagil shiddat>, A.Avloniyning <Tarbiya biz uchun yo hayot, yo mamot, yo najot, yo halokat, yo saodat, yo falokat masalasidir> degan dono o'gitlarini misol keltirish

mumkin. Abu Nasr Farobiy pedagogika masalalarini va ular bilan bog'liq bo'lgan psixologik, fiziologik muammolarni ijobiy hal etishda insonni har tomonlama yaxlit va o'zaro uzviy bog'liq bo'lgan qismlardan iborat, deb aytadi.Forobiy mavjudotni bilishda ilm-fanning rolini hal etuvchi omil deb biladi.Uningcha, inson tanasi, miyasi, sezgi organlari tug'ilishda mavjud, lekin aqliy bilimi, ma'naviyligi,ruhi,intellektual va axloqiy xislatlari, xarakteri, dini, urf-odatlari, ma'lumoti tashqi muhit, boshqa insonlar va shu kabilar bilan muloqotda vujudga keladi. Inson o'z faoliyati yordamida ularni egallaydi, ularga erishadi. Uning aqli,fikri, ruhiy yuksalishining eng yetuk mahsuli bo'ladi, deb ta'kidlaydi.

Dunyo yaralgandan buyon tabiatga moslashishi, ta'lim-tarbiyasi to'g'risida turlicha qarashlar yuzaga keladi. Ayniqsa, bu borada Sharq allomalarining qarashlari va xulosalari alohida o'rin tutadi. Ularni shartli ravishda davrlarga ajratish mumkin. Zardushtiylikning muqaddas kitobi- <Avesto>da oila muqaddas dargoh ekanligi, oila barqarorligida er va xotinning teng masulligi, farzand tarbiyasi to'g'risidagi fikrlar bayon etilgan. Oilaning tinch va farovon bo'lishi nimalarga bog'liq ekanligi haqida esa: <Porso, inson uy tiklab, olovga, oilasiga, xotin va farzandlariga o'rin ajratib bersa, uyda noz-ne'matlari muxayyo bo'lib, xotin va farzandlari farovon yashashi, uyida e'tiqod, sobit olovi alangali, boshqa narsalari ham mul-ko'l bo'lsa, osha manzil muxtaramdir>, - deb yozilgan. Bu kitobda ko'rsatilishicha, oilada ota yetakchi bo'lgani ma'qul. Shuningdek, unda ifodalangan oila va oilaviy munosabatlarga hamma rioya etishi lozim bo'lgan. Eng ahamiyatli jihati shundaki, unda er-xotinning o'zaro sodiq, g'amxo'r, mexribon bo'lishlari lozimligi va ayolning haq-huquqini himoya qilish o'sha davrda ham qonun darajiga ko'tarilganligi ma'lumdir. Umuman olganda, zardushtilik davridanoq oila masalalariga katta e'tibor qaratilgan bo'lib, bu esa oilaning jamiyatda tutgan o'rni va mavqeini mustahkamlash uchun azal davrlardanoq zamin yaratilganligini kuzatamiz.

Imom Buxoriy- <Tarbiya farzand dunyoga kelgan kundan boshlanadi. Kichik yoshdagi har bir bola o'z hayotida uchraydigan voqea va hodisalarni sinchikovlik bilan kuzatib boradi. U kattalarga taqlid qilib har qanday xatti-harakatni o'zi ham bir sinab ko'rishga intiladi. Ana shuning uchun ham har bir ota-onadan na'munali hayot

kechirib, farzandlariga har taraflama o'rnak va ibrat bo'lishlari talab etiladi.>- deb fikr yuritgan. Haqiqatdan ota-ona andoza. Ularning har bir harakati bola diqqatidan chetda qolmaydi. "'Qush inida ko'rganini qiladi", "ot izini toy bosar" maqollari bejizga emas. balki xatti-harakati bilan ham farzandlariga o'rnak bo'ladi, unga ustozlik qiladi. Bola vaqtini kim bilan ko'proq birga o'tkazsa, o'sha odamdan ko'proq ta'sirlanadi va ibrat oladi. O'sha odamning axloqini o'zlashtiradi. Biz farzandlarimizga hadis ilmidan saboq berishimiz, bizdan ko'ra ojizlarga ko'mak berish, ulardan orlanmaslikni tushintirishimiz lozim.

Abu Nasr Forobiy jahon madaniyatiga katta hissa qo'shgan olim. U <Aql ma'nolari haqida> risolasida aql masalasini chuqur talqin qilgan. U aql bir tomondan, ruhiy jarayon, ikkinchi tomondan, tashqi ta'sir- ta'lim-tarbiyaning natijasi ekanligini uqtiradi. Hozirgi kunda tashqi ta'sir ijtimoiy bosim katta ahamiyatga ega bo'lib bormoqda. Bolani atrofidagi jamoasi, do'stlari yo ijobiy, yo salbiy ta'sirini ko'rsatib, uning hayotida katta o'zgarishlar ro'y bermoqda. Vaqt o'tishi bilan ota-ona kech bilmoqda. Imkoniyati cheklangan bolalar ba'zida sog'lom bolalar bilan aralashuvida moslashishga qiynalishadi.

Abu Rayhon Beruniy buyuk arbobi bo'lib, u ta'lim-tarbiyaning vazifa va maqsadini tabiatga bog'laydi. U uyg'unlik tamoyilini ilgari suradi va insonni tabiatning bir qismi deb ta'kidlaydi. Shuni aytish lozimki, har birimiz tirik mavjudodmiz va har birimiz o'z imkoniyatimizga egamiz. Bu imkoniyatlar o'zining chegarasiga ega. Shunday ekan har birimizning imkoniyatimiz cheklangan.

Abu Ali Ibn Sino o'rta asrda tibbiyot ilmining asoschilaridan qomusiy olim. U ong va jism, ruhiyat va tana birligini asoslaydi. <Yosh bola boshlang'ich ta'lim va tilga doir qoidalarni yod olgandan keyin u mashg'ul bo'lishi mumkin bo'lgan kasb-hunar va san'atga moyilligiga qarab, uni shunga yo'llaymiz. Agar u kotiblikni xohlasa til, xat yozish, nutq so'zlash va odamlar bilan muomala qilish kabilarga tavsiya qilamiz. Albatta, bu o'rinda, bolaning mayli ham ahamiyatga ega>.

Yusuf Xos Hojib ijodining bosh masalalaridan biri- komil insonni tarbiyalashdir. U <Qutadg'u bilig >- <Saodatga eltuvchi bilim> asarida o'zining etika va hayotga oid qarashlarini bayon etgan. Shoirning fikricha farzand ko'rish va unga tarbiya berish

har bir inson uchun buyuk baxtdir. Ularsiz hayotning ma'nosi yo'q. Lekin bu narsa ota-onaga juda katta mas'uliyat yuklaydiki, uning uddasidan chiqmoq, har bir ota-ona uchun ham farz, ham qarzdir. Shuning uchun ham oilaviy ta'lim-tarbiyani Yusuf Xos Hojib bola axloqiy taraqqiyotining asosi, deb hisoblangan: <Agar bolaning xulqi yomon bo'lsa, bunda bolaning aybi yo'q, hamma ayb otasida>. Yana uningcha <Yaxshi ahloqiy fazilatlarga ega kishi- har qanday qimmatbaho durlardan ham qimmatlidir>. <Qutadg'u bilig> asari ta'lim va tarbiya, ma'naviy kamolotning yo'l-yo'riqlarini, usullarini, chora-tadbirlarini o'zida mujassamlashtirgan, axloq va odobga doir qimmatli ma'naviy man'badir.

Yuqoridagilarni o'rganib shunga amin bo'ldimki, qadimda ham ta'lim-tarbiya, bola kamoloti olimlar e'tiborida bo'lganligini ko'rish mumkin.

Adabiyotlar:

1. O'zbekiston Respublikasining 637-sonli "Ta'lim to'g'risida"gi Qonuni. https://lex.uz/docs/-5013007

2. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining PF-5712-sonli "O'zbekiston Respublikasi xalq ta'limi tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to'g'risida"gi Farmoni. https://lex.uz/docs/-4312785

3. O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1059-sonli "Uzluksiz ma'naviy tarbiya konsepsiyasi va uni amalga oshirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi Qarori. https://lex.uz/docs/-4676839

4. Ibraimov X., Quronov M. Umumiy pedagogika. Darslik. - T.: " Sahhof ", 2023, 416 b

5. Xodjayev B.X. Umumiy pedagogika nazariyasi va amaliyoti. Darslik -T.: "Sano-standart", 2017

6. Egamberdiyeva N. Ijtimoiy pedagogika. Darslik. - T.: O'zbekiston Milliy kutubxonasi nashriyoti, 2009, 232 b

7. Ahmedova M. Pedagogik konfliktologiya. O'quv qo'llanma. - T.: "Donishmand ziyosi", 2020, 304 b

S. Qodirova F., Pulatova D. Inklyuziv ta'lim: nazariya va metodika. Darslik. - Chirchiq. :, 2022 y

9. Xoliqov A. Pedagogik mahorat. Darslik. - T.: "Iqtisod-moliya" 2011, 420 b

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.