Научная статья на тему 'SOG’LOM AVLOD TARBIYASIGA ZARURIY BIOLOGIK-EKOLOGIK JIHATLAR BO’YICHA RIVOJLANGA MAMLAKATLARNING TAJRIBALARI'

SOG’LOM AVLOD TARBIYASIGA ZARURIY BIOLOGIK-EKOLOGIK JIHATLAR BO’YICHA RIVOJLANGA MAMLAKATLARNING TAJRIBALARI Текст научной статьи по специальности «Фундаментальная медицина»

CC BY
18
25
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
ta`lim / tajriba / xorijiy tajriba / intuitiv / adekvat / patologik jarayon / anatomok-fiziologik.

Аннотация научной статьи по фундаментальной медицине, автор научной работы — Raxmonova Dilovar Ostanaqulovna

Maqolada Koreya, Yaponiya, Germaniya kabi ilg`or xorijiy ta`lim tizimi tuzilmasi, tajribasi va zamonaviy ta`lim dasturlari qisqacha tahlil qilingan. O`zbekistonning ayni damdagi yutuqlari e`tirof etilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «SOG’LOM AVLOD TARBIYASIGA ZARURIY BIOLOGIK-EKOLOGIK JIHATLAR BO’YICHA RIVOJLANGA MAMLAKATLARNING TAJRIBALARI»

SOG'LOM AVLOD TARBIYASIGA ZARURIY BIOLOGIK-EKOLOGIK JIHATLAR BO'YICHA RIVOJLANGA MAMLAKATLARNING TAJRIBALARI Raxmonova Dilovar Ostanaqulovna

Navoiy davlat pedagogika instituti https://doi.org/10.5281/zenodo.10676577

Annotatsiya. Maqolada Koreya, Yaponiya, Germaniya kabi ilgor xorijiy ta lim tizimi tuzilmasi, tajribasi va zamonaviy talim dasturlari qisqacha tahlil qilingan. O zbekistonning ayni damdagi yutuqlari e tirof etilgan.

Kalit so^zlar: talim, tajriba, xorijiy tajriba, intuitiv, adekvat, patologik jarayon, anatomok-fiziologik.

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev "Yoshlarimizning mustaqil fikrlaydigan, yuksak intelektual va ma'naviy salohiyatga ega bo'lib, dunyo miqyosida o'z tengdoshlariga hech qaysi sohada bo'sh kelmaydigan insonlar bo'lib kamol topishi, baxtli bo'lishi uchun davlatimiz va jamiyatimizning bor kuch va imkoniyatlarini safarbar etamiz deya bildirgan fikrlari davlatimizning turli sohalarida olib borilayotgan islohotlar asosida o'z tasdig'ini topmoqda.[1]

Biz mustaqilligimizning ilk yillaridanoq sog'lom avlod tarbiyasini evg ustuvor vazifa deb belgiladik. Barkamol avlodni tarbiyalash masalasi davlat siyosati darajasiga ko'tarildi. Mustaqil Vatanimizning birinchi ordeni «Sog'lom avlod uchun» deb atalgani, «Sog'lom avlod uchun» xalqaro xayriya jamg'armasining tashkil etilishi fikrimiz tasdig'idir. Sog'lom avlod deganda, eng avvalo, sog'lom naslni, nafaqat jismonan baquvvat, shu bilan birga, ruhi, fikri sog'lom, imon-e'tiqodi butun, bilimli, ma'naviyati yuksak, mard va jasur, vatanparvar avlod tushuniladi. Buyuk davlatni faqat sog'lom millat, sog'lom avlodgina qura oladi.

Lekin sog'lom avlod tarbiyasi oson ish emas. U har bir inson, har bir oila va jamiyatdan jiddiy e'tibor va uzluksiz mehnat talab qiladi.

Bolalar organizmi muayyan qonuniyatlarga asoslangan holda o'sib, rivojlanib boradi. Bola o'sib, rivojlanish jarayonida ma'lum bir davrlarni boshidan kechiradi. Har bir davr boladagi o'ziga xos anatomok-fiziologik xususiyatlar bilan ta'riflanadiki, ushbu xususiyatlar jamlanib bola organizmining reaktiv xossalari va qarshilik qilish qobiliyatiga o'z ta'sirini o'tkazadi. Bu esa o'z navbatida turli yoshdagi bolalarda aniq bir kasallikning o'tishiga va patologik jarayonlarning o'ziga xos kechishiga olib keladi.[2]

Inson salomatligini saqlash va mustahkamlash, qolaversa, uzoq umr ko'rishning yagona yo'li sog'lom turmush tarzi ekanligi hech kimga sir emas. Iqtisodiy jihatdan taraqqiy etgan mamlakatlarda yashovchilar ko'proq turmush tarzini sog'lomlashtirishga harakat qilishadi.

Insonning salomatligiga aloqador hayot faoliyati o'ziga xos jonli tizim bo'lib, u umri mobaynida turli o'zaro bog'liq davrlarni va bosqichlarni o'z ichiga oladi. Ular orasida biologik, psixologik, ijtimoiy bosqich va omillar tizimi alohida o'rin tutadi. Odamning sog'-salomatligi ana shu har bir bosqichda o'ziga xos tarzda namoyon bo'ladi. Masalan, biologik bosqichdagi salomatlik asosan ichki organlar funksiyalarining o'zaro dinamik mutanosibligi va ularning tashqi atrof-muhit ta'sirlariga nisbatan to'g'ri, adekvat javobi tarzida namoyon bo'ladi. Shuni e'tirof etish lozimki, bizning o'z salomatligimizni muhofaza qilishimiz, organizmimizning himoya imkoniyatlarini oshirib, betob bo'lib qolganimizda qanday yo'llar bilan xastalikdan qutulish bo'yicha fikrlar va tajriba umr davomida takomillashib boradi. Bu jarayonlarga aloqador psixologik - ruhiy omillar to'g'risidagi tasavvurlarimiz, afsuski, u qadar aniq va mukammal emas.

Chunki odam tanida, ichki organlarida nimalar ro'y berayotganligini bevosita his qilishga qodir emas

Ma'lumki, o'zgarishlar davrida ta'lim tizimi ijtimoiy jarayonlardan kelib chiqqan holda shiddat bilan rivojlanishni taqozo etadi. Ta'lim orqali jamiyatda kelajakdagi vazifalarni bajarishga qodir bo'lgan yangi avlod shakllantiriladi. Shuni inobatga olgan holda umumta'lim maktablari va maktabgacha ta'lim muassasalarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, yosh avlodning har tomonlama puxta bilim olishi uchun zarur sharoit va imkoniyatlar yaratishga alohida e'tibor qaratib kelinmoqda. Yuqoridagi talablarning ta'lim tizimi uchun juda muhim ekanligi, aksariyat xorijiy davlatlardagi kabi ta'lim va fan sohalari rivojlanishini o'rganish orqali ta'lim sifatini oshirishga qaratilgan ilg'or tajribalarni sohaga jalb qilish kerakligini anglatadi.

Koreyada bolalar bog'chasi 0 yoshdan boshlab 5 yoshgacha bo'lgan bolalarga tarbiya va ta'lim beradigan muassasa bo'lib, bolalarni tarbiyalash bo'yicha qonunning 10-bandi (bolalar uylarining turlari) ga asoslanib Sog'liqni saqlash va ijtimoiy himoya vazirligi buyrug'i bilan tashkil etilgan muassasadir. Bolalar parvarishi muassasalarining xizmat ko'rsatish soatlari ish kunlariga qarab 07:30 dan 19:30 gacha. Ta'lim muassasasiga qarab, kengaytirilgan kechki bola parvarishi va 24 soatlik bola parvarishi ham taqdim etiladi.

Bolalar bog'chasi bola sog'lom, xavfsiz va to'g'ri ulg'ayishi uchun kerak bo'lgan omillar, tana, jamiyat, til, ong, did kabi xislatlarni bolada rivojlantirish uchun ta'lim beriladi.

Bolalar bog'cha-maktabi 3 yoshdan 5 yoshgacha bo'lgan bolalar uchun mo'ljallangan maktabgacha ta'lim muassasasi hisoblanadi. Ta'lim vaqti odatda soat 09:00 dan 17:00 gacha hisoblanadi. Ayrim maktabgacha ta'lim muassasalari o'z imkoniyatlaridan kelib chiqib ota-onasining ikkalasi ham ishlaydigan oilalarning farzandlari uchun soat 07:00 dan 22:00 gacha qo'shimcha vaqtda ham bolalarga qarashlari mumkin.

Bolalar bog'cha-maktabi bolaning qalbi va tanasining uyg'un ravishda rivojlanishiga yordam berib, mustaqil davlat farzandlari asosiy yashash sharoitini yaxshilashga asosiy e'tibor qaratib, tana jismoniy harakati, tana salomatligi, odamlar bilan muloqoti, jamiyatda odamlar bilan aloqasi, san'atni amaliyotda o'rganish, tabiat bilan yaqindan tanishish kabi 5 ta punktdan iborat ta'lim jarayoni o'rgatiladi. Ko'pincha amaliyot va faoliyat (mavzu) ga asoslangan birlashtirilgan ta'lim jarayoni orqali bolalarning kelajakda yetuk inson bo'lib yetilishiga yordam beradigan ta'lim jarayoni o'tiladi.

Yapon ta'lim muassasalarida nafaqat ta'limga, balki tarbiyaga ham alohida e'tibor qaratiladi, ularda atrofdagilarning eng yaxshisi va eng yomoni tushunchasi mavjud emas. "Ikudzi" - ushbu atama yaponlarning bola tarbiyasidagi eng muhim unsurlarni ifodalovchi tushuncha bo'lib, ana shu xususiyat uni boshqa millat vakillaridan ajratib turadi. Bu nafaqat pedagogik usullarning kombinatsiyasi, balki yangi avlodlarni o'qitish va tarbiyalashga qaratilgan butun bir mexanizmdir.

Yaponiyada ota-onaga hurmat juda yuqori bo'lib, bu ham bola hayotining dastlabki davrida shakllantiriladigan tushunchalardan biridir. Qadim zamonlardan beri yapon oilalarida farzand tarbiyasi ayolning burchi deb qaralgan. Agar ayol onalik maqomiga ega bo'lsa, o'zini bunga to'liq bag'ishlashi kerak. Bola uch yoshga to'lgunga qadar ishga borish, bolani buvisi va buvisining qaramog'ida qoldirish ular uchun yot tushunchalardir. Ayolning asosiy vazifasi ona bo'lishdir va Yaponiyada o'z majburiyatlarini boshqalarga o'tkazish mutloq mumkin bo'lmagan holatdir.

Bundan tashqari, bir yilgacha ona va bola deyarli bir butundir. Ular farzandlarining aqlli, dono va mehnatsevar bo'lib o'sishlari uchun oila sulolasi va davlat oldida o'zlarini ma'sul deb hisoblaydi. Yaponiyada oilaviy tarbiya xususida ko'plab metodik qo'llanmalar va tavsiyanomalar nashr etiladi, radio va televideniya orqali ko'plab pedagogik maslahatlar berib boriladi. Yaponiya oilalaridagi uy partalari diqqatga sazovordir.

Germaniyada maktabgacha ta'limda 3 yoshgacha bo'lgan bolalar uchun. Nemis maktabgacha ta'limining (3 yoshgacha) asosiy ta'lim missiyasi bolalar o'rtasida muloqot qilish qobiliyatini oshirishdir.Ikkinchidan, bu boshqa bolalar va kattalar bilan ijtimoiy muloqot orqali ularning til ko'nikmalarini rivojlantirish. Muloqot va til ko'nikmalari til namunasi (tarbiyachilar), barmoq o'yinlari, qo'shiq aytish, rasmli kitoblar va qo'shimcha o'qitish amaliyotlari asboblari orqali o'rgatiladi. Bundan tashqari, bolalarni oldindan tarbiyalashda motorli rivojlanish muhim rol o'ynaydi. Bu chaqaloqlarda tana xabardorligini oshirish, o'zini o'zi qabul qilish, o'ziga ishonch va diqqatni jamlashni o'z ichiga oladi. Inson rivojlanishiga jismoniy faoliyat, jamoat joylariga tashrif buyurish, ritmik erta ta'lim dasturlari, qo'shiq aytish va harakat o'ynash orqali erishiladi. 2 yoshdan oshgan bolalar uchun. Maktabgacha ta'limning bolalar o'rtasida rivojlantirishga intiladigan asosiy qadriyatlari ularning kundalik hayot faoliyatiga integratsiyalashuv darajasi bilan bir qatorda jamoada ishlash ko'nikmalarini oshirishdir. 2 yoshdan oshgan bolalarning nemis maktabgacha ta'limining asosiy yo'nalishlari: til, yozish, muloqot, shaxsiy va ijtimoiy rivojlanish, qadriyatlar va diniy ta'limni rivojlantirish, matematika, tabiiy fanlar, (ma'lumot) texnologiya tasviriy san'at turli xil vositalar bilan ishlash tana, harakat, salomatlik va tabiat va madaniy muhit.

Nemis bolalar bog'chasida ta'lim ochiq muhitni integratsiyalashishga qaratilgan. Bu bolalarning atrof-muhitni muhofaza qilish to'g'risida dastlabki ongini uyg'otadigan ta'limdir. Atrofdagi muhitni kuzatish, turli xil muassasalarga tashrif buyurish, bolalarning atrofdagi muhitga qiziqishini kuchaytirish va intuitiv ravishda tabiiy jarayonlarni boshdan kechiradilar. Bolalarni tabiatga turli yo'llar bilan ta'sir qilish bolalarni atrof-muhitni muhofaza qilish ustalari bo'lishiga ko'maklashish uchun zaruriy shartdir. Masalan, bolalar energiya va suvning ma'nosini tushunsin, ortiqcha axlat qilish ma'nosidan saqlansin yoki bolalar axlatni saralashda bevosita ishtirok etsin kabi ko'nikmalar rivojlantiriladi.

Xulosa qilib aytganda, sog'lom avlodni voyaga yetkazishda ijtimoiy-ekologik vaziyatning ta'siri, demografik holatni muvofiqlashtirishning o'rni kabi masalalar va sog'lom turmush tarzi -barkamol yosh avlodni tarbiyalash omillaridan biri ekanligi muhim hisoblanadi. Jismoniy va ma'naviy sog'lom farzand ota-onaning baxti. Ertasini o'ylagan xalq, farzandlari sog'ligi va tarbiyasiga ustuvor vazifa sifatida qaraydi. Buni O'zbekistonda mustaqillik yillarida amalga oshirilgan betimsol ishlar va uning o'lkan natijalari oynadek ko'rsatib turibdi. Jahon sog'liqni saqlash tashkiloti tomonidan O'zbekistonning bu boradagi boy tajribasi ko'plab davlatlar uchun namuna sifatida tavsiya etilgani ham bejiz emas. Zero, inson bor ekan, farzand dunyoga keladi, farzand tug'ilar ekan, uning o'ziga xos quvonchu - shirin tashvishlari ham bo'ladi. Balki inson hayotining mazmuni shudir.

REFERENCES

1. l.O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning Oliy Majlisga Murojaatnomasi (2018-yil 28-dekabr)

2. 2.Karimova V. M va boshqalar. Psixologiya. Toshkent.2007.

3. 3.Yo'ldoshev J.G'. Xorijiy mamlakatlarda ta'lim. - Toshkent: Sharq, 1995.

4. Aripova S.M., Bo'rixo'jayeva H.S. Sog'lom avlodning tibbiy-ijtimoiy asoslari. O'quv qo'llanma. Toshkent.2016.

5. Xoliqov A. Pedagogik mahorat. O'quv qo'llanma. Toshkent. "Iqtisod-moliya".2010.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.