XORIJIY DAVLATLARDA SHAXSNI TARBIYALASHDAGI
MUHIM OMILLAR
Muhiddin Toshov,
Oriental universiteti "Pedagogika va psixologiya " kafedrasi dotsenti v.b.
Annotatsiya: Mazkur maqolada iqtisodiyoti rivojlangan Amerika Qo'shma Shtati, Yaponiya hamda Xitoy davlatlarining shaxsni vatanparvar, yurt taqdiriga befarq bo'lmaslik, o'z xalqining qadriyatlariga sodiqlik, mas'uliyat, zamon bilan hamnafas bo'lishi, shuningdek, kasb-hunar va ilmga bo'lgan munosabatlarini shakllantirishdagi asosiy vazifalari yoritilgan.
Tayanch iboralar: ikudzi, munosabat, kontiruktor, davlat ramzlari, yaxshilik, to'g'rilik, poklik, donolik, ishonchlilik, vatanparvarlik, g'urur.
Аннотация: В данной статье развитые экономики США, Японии и Китая демонстрируют патриотизм, безразличие к судьбе страны, верность ценностям своего народа, ответственность, идущую в ногу со временем, а также профессионализм Описаны основные задачи в формировании отношения к науке.
Ключевые слова: икудзи, отношение, строитель, государственные символы, добро, честность, чистота, мудрость, благонадежность, патриотизм, гордость.
Annotation: In this article, the developed economies of the United States, Japan and China show patriotism, indifference to the fate of the country, loyalty to the values of their people, responsibility, keeping pace with the times, as well as professionalism and The main tasks in the formation of attitudes to science are described.
Key words: ikudzi, attitude, conductor, tiate symbols, goodness, honetiy, purity, wisdom, trutiworthiness, patriotism, pride.
Milliy pedagogikamiz asoschilaridan biri Abdurauf Fitrat "Agar saodat, izzat, osoyishtalik, rohat, sharaf, nomus va e'tibor kerak bo'lsa, tezroq avlod tarbiyasi usullarini bilib olib, bolalarimizni shu usul va qoidalar asosida tarbiyalashimiz lozim" degan edi. Bugun shiddat bilan o'zgarayotgan zamonda bo'lajak pedagog va psixologlarga ta'lim jarayonida xorijiy tajribalarni o'rgatish dolzarb ahamiyat kasb etadi. Pedagogika nazariyasi va tarixi fanidan jahon xalqlarining maktab, tarbiya va pedagogik fikrlar rivojida iqtisodiyoti rivojlangan davlatlarning tajribalaridan foydalanib o'zimizning milliy urf-odatlar, qadriyatlarga taqqoslagan holda amalga oshirish muhimdir [4].
"Bola huquqlari to'g'risida"gi Konvensiya asosiy qoidalarining qisqacha norasmiy bayonida "Ta'lim bolaning shaxsi, i^e'dodi, aqliy va jismoniy qobiliyatlari eng to'la hajmda rivojlanishiga yo'naltirilgan bo'lishi kerak. Ta'lim bolani erkin jamiyatda kattalar qatori faol yashashga tayyorlashi, o'z ota-onasiga, madaniy o'ziga xosligiga, til va qadriyatlariga, o'zgalarning madaniy an'analariga hurmat ruhida tarbiyalamog'i shart"ligi belgilab qo'yilgan.
Yevropa Ittifoqining ta'lim tizimini yangilash, ijtimoiy buyurtmaga yaqinlashtirishga qaratilgan tavsiyalarida ta'lim muassasalari bitiruvchilarining mu&aqil hayotga, kon&ruktiv amaliy faoliyatga tayyorlik sifatini baholashga kompetentli yondashuvni ishlab chiqish zarurligi ta'kidlandi. Rossiya Federatsiyasida kompetentlilikka yo'naltirilgan ta'limga o'tish 2001-yildan amalga oshirildi.
Ijtimoiy kompetensiyalar bu - har bir insonning kundalik hayotda duch keladigan yoshiga mos vazifalari bilan shu vazifalarni amalga oshirish uchun zarur bo'lgan malakalarining tengligidir (V.Slot, X.Spaniyard).
Jahonning rivojlangan mamlakatlari tarixi maqsadli, uzluksiz ma'naviy tarbiya taraqqiyotning insoniy kapitali bo'lib xizmat qilishini ko'rsatmoqda. Ya'ni tarbiyaviy qadriyatlardagi umumiylik xalq ma'naviyatini harakatlantiruvchi kuchga aylanib, ularni yagona maqsad yo'lida xizmat qilishga tayyorlaydi.
Fuqarolarda zamon talablariga mos fazilatlarni qaror toptirishda AQShda fuqaro tarbiyasida shaxs nimagaki erishsa, qanday maqomni egallasa, bunga faqat o'z aqli va i&e'dodi bilangina yetishadi, kimgadir va nimagadir orqa qilish emas, balki o'z kuchiga tayanish, "amerika orzusi"ga ishonch kabi fazilatlar yetakchilik qilganini ko'ramiz [2].
Yaponiyada fuqaroni tarbiyalash - "axloqiy tarbiya" tizimi "xarakterni shakllantirishga yo'naltirilgan ta'lim", "davlat uchun maqbul axloqiy sifatlarni tarbiyalashga qaratilgan faoliyat", "fuqarolik axloqi asoslarini tarbiyalash" tizimi vazifasini o'taydi.
Maktablarda guruhiy birdamlikni tarbiyalashga alohida e'tibor qaratiladi. Muhimi, boladan umumiy ishda o'z rolini aniq bilish va shunga yarasha mas'uliyatni his qilish talab etiladi. Bunday tarbiya ko'rgan fuqaro jamoa muammolarini o'zining shaxsiy muammolari sifatida qabul qiladi.
Besh yoshgacha farzand - poshsho, o'n besh yoshgacha - qul, o'n besh yoshdan keyin - do'&! Yaponlardan juda ko'p narsani o'rganish mumkin. Ayniqsa, bu kunchiqar davlatning farzandlariga tarbiya berish usullari ko'pchilikni hayratga solib keladi. Ularning tarbiya berish usuli «ikudzi» deb nomlanib, bu faqat pedagogik ta'lim berish majmui bo'libgina qolmay, yangi avlod ta'lim olishiga yo'naltirilgan falsafadir!
Yaponiyada ona "amae" deb nomlanadi. Bu so'zni to'g'ridan to'g'ri tarjima qilib, uning chuqur ma'nosini yetkazib berish juda qiyin. Lekin bu so'z "amaeru" so'zidan kelib chiqqan bo'lib, "erkalash", "homiylik qilmoq" ma'nolarini anglatadi. Yaponiya oilalarida bola tarbiyasi - ayol kishining mas'uliyati hisoblanib keladi. Albatta, XXI asr tarbiya berish taomillari nihoyatda farqlidir. Masalan, avvallari ayollar faqat xonadon ishlari bilan shug'ullanishgan bo'lsa, zamonaviy yapon ayollari ta'lim olishadi, ishlashadi va sayohat qilishadi.Shunga qaramay, agar ayol ona bo'lishga qaror qilsa, u o'zini butunlay oilaga bag'ishlashi kerak. Farzand 3 yoshga to'lmaguniga qadar ona bolasini o'zi o'&irishi va ishga chiqmasligi lozim. Ayolning asosiy majburiyati ona bo'lishdir, zero, Yaponiyada o'z majburiyatlarini birovning zimmasiga yuklab qo'yish tartibi mavjud emas. Bundan tashqari, kichkintoy bir yoshga to'lmaguniga qadar ona va bola — bu bir butunni tashkil qiladi. Ona qayerga bormasin, nima ish qilmasin, chaqaloq doim ona bilan bo'lishi zarur! Oxirgi paytlarda "Bebi-sling"lar, ya'ni bolalarni kenguru
qopchasiga o'xshash qopchalarda ko'tarib yurish Yaponiyada juda ilgaridan mavjud bo'lib, uning hozirgi kundagi shaklii mukammallashgan zamonaviy ko'rinishidir [2].
«Amae» - o'z farzandining soyasidir. Muntazam jismoniy va ruhiy munosabat — onaga bo'lgan mu^ahkam obro'-e'tibor negizidir. Yapon ayollari uchun o'z bolasini xafa qilish va ranjitishdan-da og'irroq narsa yo'q dunyoda.
Ikudzi nuqtayi nazarlariga ko'ra besh yoshgacha bola - farishtadir. U uchun man qilingan narsaning o'zi yo'q, unga hech kim baland gapirmaydi va hech qachon jazolamaydi. U uchun "mumkin emas", "yomon", "zararli" degan so'zlar mavjud emas. Bolalar o'zining bilim orttirish dunyosida erkin hayot kechiradi.
Pedgogik usullarning sezilarli farqini Azuma ota-onalikning "tushuntiruvchanlik" turi deya sharhladi. Ya'ni yaponiyalik ayollar o'z farzandlariga muomala va ish-harakatlari orqali "tushuntirishadi" Shu bilan birga farzandlariga yoshligidanoq o'z hissiyotlariga, yaqinlari va hatto buyuumlariga ham e'tiborli bo'lishni o'rgatishadi. Sho'x kichkintoyni hech qachon issiq choynak oldidan haylashmaydi, bolakay kuyib qolsa, "amae" undan uzur so'ragan holda ish-harakatlari unga og'riq yetkazganini eslatib qo'yadi.
Boshqa misol: erkalanib ketgan bolakay hamma o'yinchoqlarini sindirib tashlaganda amerikalik yoki yevropalik onalar qanday yo'l tutadilar? Taxmin qilish mumkinki, qo'lidan o'yinchoqni tortib olib, uni sotib olish uchun qancha mehnat qilganligi haqida "ma'ruza" o'qib beradi... Yaponiyalik ayol esa hech qanday chora qo'llamaydi. Shunchaki "Sen uning jonini og'rityapsan" deydi. Shunday qilib, rasmiy jihatdan yaponiyalik bolakaylarga 5 yoshgacha hamma narsa mumkin. Bu bilan birga bolada "Men" timsoli hamda "yaxshi" - tarbiyali va chin dildan sevuvchi ota-ona fikri shakllanadi. Besh yoshida bola "shafqatsiz haqiqat" bilan yuzlanadi, ular rioya qilishi shart bo'lgan berahm qoida va cheklanishlar nimaligini ko'radi. Bola uchun bunday keskin o'zgarish og'irlik qilsa kerak, deb o'ylashingiz ham mumkin, albatta. Tabiat va ob-havo hamda iqtisod sharoitlari odamlar bir-biri bilan jambuljam bo'lib ishlash va yashashga majburlaydi. Faqat bir-birini qo'llash va fidokorlik guruhning umumiy hosiliga ega bo'lishni ta'minlaydi, ya'ni mo'l-ko'lchilikni olib keladi. Bu bilan biz syudan isiki, ya'ni jamoaviy ongni kuchli rivojlanganligini hamda ie tizimi, ya'ni patriarxal oilaviy tuzumni ko'rishimiz mumkin. Yaponlar uchun jamoaviy qiziqishlar barcha narsadan u^un. Odamzod esa og'ir mexanizmning bir bo'lakchasi bo'lib, agar bir inson jamoada o'z o'rnini topa olmasa, demak, u e'tibordan qolgan odam!Aynan shu sabablarga ko'ra bolalarga 5 yoshgacha ushbu guruh a'zosi bo'lishni o'rgatishadi. Ularga "Agar shunday yo'l tutsang, u^ingdan hamma kuladi" nutqi juda tanish. Zero, yaponlar uchun jamoadan chetlanishdan-da qo'rqinchli narsaning o'zi yo'q va bolalar ham shaxsiy egoi^ik qiziqishlarini qurbon qilishga tez o'rganishadi. Doim o'zgaruvchi tarbiyachi yoki maxsus tayyorlovchi maktab o'qituvchisi ham murabbiy yoki tarbiyasi rolini emas, yo'naltiruvchi vazifasini bajarishadi. Uning pedagogik uslub xazinasida "Tarbiyasini kuzatuvchilarni vakil qilish"ini ko'rish mumkin. Masalan, qo'l o^idagi tarbiya beruvchisiga vazifa berish bilan birga tarbiyalanuvchilarni guruhlarga bo'lib, o'z guruhidagilar ishini kuzatish vazifasi yuklatiladi [3].
Yapon bolakaylarining sevimli mashg'uloti - guruhda bajariladigan sport o'yinlari, e^afeta va xor qo'shiqlarini kuylashdir. Guruh qoidalariga rioya qilish ham onaga
bog'lanib qolishda yordam beradi. Axir, jamoa tartibini buzsa, "amae" juda qattiq ranjiydi, bu esa onasiga emas, shu bolaning o'ziga isnod degani. Shunday qilib, bolakayning keyingi 10 yil hayotida guruhning bir qismi bo'lishga, jamoada kelishib ishlashga o'rgatiladi. Bunga ko'ra unda guruhiy ongi hamda jamoaviy javobgarligi shakllanadi.
15 yoshga kirgan bola to'laqonli shakllanib voyaga yetgan shaxs sanaladi. Endi asosida avvalgi ikki bosqich yotuvchi qarshilik ko'rsatish va tenghuquqlik bosqichi kirib keladi."Ikudzi - bizning tushunchamizga ko'ra tarbiya berishning mantiqqa zid shaklidir. Biroq bu usul asrlar mobaynida tekshirilgan va vataniga sodiq, qonunlarga rioya qiluvchi tarbiyali fuqaroni katta qilishda yordam beradi. Bolalar bizning kelajagimiz va ularning tarbiyasi masalasi juda jiddiy. Turli mamlakatlarda bolalarni tarbiyalashning o'ziga xos xususiyatlari va an'analari u^unlik qiladi. O'zini o'zi qoniqtiradigan, xudbin bo'lgan bolalarning yaxshi va munosib oilalarda bo'lishi to'g'ridan to'g'ri isbotdir. Ushbu maqolada biz Yaponiyada bolalarning oilaviy maktabgacha ta'limini qisqacha ko'rib chiqamiz, chunki bu mamlakatda bolalarning tarbiyalanishi xarakterli xususiyatlarga ega.
Yaponiyadagi ichki voqeliklarda dolzarbligi va samaradorligi haqida turli fikr-mulohazalar mavjud. Axir u Yaponiyada bir asr mobaynida rivojlanib, madaniyati bilan uzviy bog'liqdir. Bu siz uchun faqatgina samarali va dolzarb bo'ladimi?
"Ideal yaponning fazilatlari" deb nomlangan hujjatda yapon yoshlarida 16 fazilat 4 ta guruhga bo'lib tarbiyalanadi. Bular: 1) shaxsiy sifatlar: erkinlik, o'ziga xoslikni rivojlantirish, mu^aqil bo'lish, o'z hohishlarini idora qila olish, pietet tuyg'usiga egalik; 2) oila boshlig'iga xos sifatlar: o'z uyini mehr-muhabbat, halovat va tarbiya maskaniga aylantira olish; 3) ijtimoiy sifatlar: o'z ishiga sadoqat, jamiyat farovonligiga hissa qo'shish, ijodkorlik, milliy (ijtimoiy) qadriyatlarni hurmat qilish; 4) fuqarolik sifatlari: Vatanga sodiq bo'lish, davlat ramzlarini qadrlash, ijtimoiy faollik, eng yaxshi milliy fazilatlar sohibi bo'lishni o'rgatadi.
Xitoyda Konfutsiylik axloqining besh asosiy u^uni etib yaxshilik, to'g'rilik, poklik, donolik va ishonchlilik kabi fazilatlar belgilab olinadi va amal qilinadi. Yoshlar tarbiyasi "Ona Vatanga xizmat qilish va sodiq bo'lish" g'oyasi asosida tashkil etildi. Yoshlar shaxsiy va milliy manfaatlarni uyg'un tutishga o'rgatib borildi. Qadimgi Xitoy falsafasida turli xil yo'nalish va oqimlar mavjud. Ularda falsafiy tafakkur qadriyatlarini ishlab chiqishga uringan mashhur kishilar, o'z davrining ko'zga ko'ringan donishmandlari tabiat, jamiyat va inson hayotiga taalluqli bo'lgan ko'pgina muammolarning real yechimini izlaganlar. Bunday muammolarni o'z ijtimoiy ideallaridan kelib chiqqan holda hal etishga uringanlar. Tabiiyki muammolarning yechimi bir xil emas, chunki olam cheksiz va benihoyadir. Ularni chegaralangan nazariy tamoyillar tizimi vositasida qamrab olish mumkin emas. Falsafiy maktablar, yo'nalishlarning turli-tumanligini, shu bilan izohlash mumkin. Xitoy mifologiyalarida butun koinot - osmon, er va tabiat hodisalari ilohiylashtirilgan bo'lib, inson hayot kechirish muhitini tashkil qiladi. Aynan shu afsonalashtirilgan muhitdan narsalar, hodisalar mavjudligini ta'minlaydigan, ularni boshqarib turadigan oliy bir tamoyil keltirib chiqariladi. Bu tamoyil ko'pincha oliy hukmdor (shandi), ba'zan esa oddiy osmon (tyan) sifatida ishlatib kelingan. Qadimgi Xitoy fasafasi konservativ sivilizatsiyaning bir qismi bo'lib u diniy matnlar madaniyatiga
tayanardi. Hindi^onda bo'lgani kabi, ozod bo'lish yoki xalos bo'lishga nisbatan qiziqish unchalik kuchli bo'lmagan. Aksincha, u ko'proq amaliy va pragmatic yo'nalishga ega edi. 4 Xitoy faylasuflari asosan kambag'al a'yonlarga mansub bo'lgan. Ular ko'pincha g'oyat ulkan imperatorlik saroylari qoshida amal qilgan ma'muriy tizim sektorlarida faoliyat yuritishgan. Ko'pgina buyuk xitoy mutafakkirlari ana shu ijtimoiy muhitning samarasi sifatida dunyoga kelgan. Ko'pchilik tomonidan hurmat-ehtirom ila tan olingan donishmandlar ta'sirida a^a-sekin Xitoy falsafiy tafakkuri shakllana brogan [3]. Ko'p hollarda ularning ismlari aniq bo'lmasada, aynan ular asotirlar, afsonalar ma'naviy ta'siridan ozod bo'la borganlar va olam to'g'risidagi ilk dunyoqarashni o'zlarida shakllantirib, rivoj lantirganlar.
An'anaviy konfytsiychiliknimng asosiy tushunchalari quyidagilar: "Li" - urf-odat va marosimlarga rioya etish, udum; "Si" - axloqiy me'yorlarni amalga oshirish; "In" -ijobiy ibtido, "Yan" - salbiy ibtido, "Dao" - osmon, koinot yo'li bo'lib, muayyan tartib va qonunga binoan mavjud, uning ifodasi esa insonning xulq-atvori bo'lishi lozim, "Chjen" - insonparvarlik, "I" - burch, "Sin" - samimiylik va ba'zi boshqalar.
AQShda milliy g'oya vazifasini "amerika orzusi" (american dream) bajarmoqda. U amerika davlatining oliy qadriyatlari yig'indisi, millatning ma'naviy onasi deb tushuniladi. "Amerika orzusi"ning asosiy tushunchalarini shaxs erkinligi, erkin tadbirkorlik, demokratiya, muvaffaqiyatga erishishga qaratilgan mehnat tashkil qiladi.
Vatanparvarlik - shaxs ma'naviyatining ajralmas qismidir. Yurt kelajagi, vatanimiz taraqqiyoti va xalqimizning ertangi kuni qanday bo'lishi farzandlarimiz va yoshlarimizning qay darajada vatanparvar ekanliklariga bog'liq. Hozirgi kunda ta'lim muassasalarida vatanparvarlik tarbiyasini amalga oshirishga yagona ilmiy asoslangan yondashuvni ishlab chiqish kam sonli olimlar guruhining emas, balki butun boshli siyosiy-tadqiqot va fuqarolik jamiyati in^itutlarining ham muhim vazifasi hisoblanadi.Vatanarvarlik hissini singdirishda ham xorijiy davlatlar tajribasi va yutuqlarini o'rganish muhim ahamiyatga ega. Shu o'rinda O'zbeki^ondagi tarbiyaviy va vatanparvarlik yo'nalishi bo'yicha olib borilayotgan ishlar fonida dunyoning qudratli davlatlaridan biri - AQSh vatanparvarlik tarbiyasi tajribasiga murojaat qilamiz.AQShda vatanparvarlikni shakllantirish tarixiy, madaniy, axloqiy, mafkuraviy va hayotiy qadriyatlarni rivoj lantirish asosida amalga oshiriladi: "Novus Ordo Seclorum" ("Yangi dunyo tartibi").Bugungi kunda AQShning dunyodagi roli juda ziddiyatli. Bir tomondan, bu davlat tashqi siyosatida turli usullar bilan dunyodagi yetakchilik mavqeyini saqlab qolishga intilsa, boshqa tomondan esa, dunyodagi eng katta, qudratli iqtisodiyotlardan biri bo'lib, o'z fuqarolarining farovonligini juda yaxshi ta'minlaydi.AQSh qudratining asosi fuqarolarning vatanparvarligidir. Ko'pchilik Amerika vatanparvarligi noyob hodisa ekanligini ta'kidlamoqda. Amerikacha vatanparvarlikning etnik, milliy yoki lingvi^ik asoslari yo'q. Amerika vatanparvarligining mohiyati - "Novus Ordo Seclorum"da (so'zma-so'z "asrlarning yangi tartibi") - Amerika demokratik qadriyatlarining u^unligiga bo'lgan ishonch. U o'tmishdagi ideallarga intilmasdan, kelajakka qaratilgan.
AQShda o'tkazilgan so'rovlar shuni ko'rsatadiki, amerikaliklarning to'rtdan uch qismi o'z mamlakati bilan faxrlanadi. Yarmi o'z uylarini milliy bayroq bilan bezashadi. Haydovchilarning 15-20 foizi avtomobillariga Amerika bayrog'ini osib
qo'yishadi. AQShda vatanparvarlik namoyishlari dunyoning aksariyat mamlakatlaridan farqli o'laroq, rasmiylar tomonidan emas, balki amerikaliklarning o'zlari tomonidan uyushtirilmoqda.
Vatanparvarlikning markaziy g'oyalari erkinlik, tenglik va adolat tamoyillaridir. AQSh jamiyatining hayoti ana shu uch g'oyaga asoslanadi. Ular insoniyat hozirgi paytda erishmoqchi bo'lgan va kelajakda avlodlariga berishni i^agan g'oyalarni o'zida mujassam etadi. Vatanparvar xarakterining fazilatlari jasorat, mas'uliyat, ta'sischilarga minnatdorchilik va umumiy manfaatlar uchun fidoyilikdir. Amerika xalqining o'z-o'zini anglashi Amerika milliy g'oyasining adolatning maxsus shakli sifatida o'ziga xosligini anglatadi.
Vatanparvarlik ruhida tarbiyalashda AQSh universitetlari alohida o'rin tutadi. Qo'shma Shtatlarda 1350 dan ortiq jamoat kollejlari va 2000 ga yaqin kollej va universitetlar mavjud. Xususiy o'quv yurtlarining umumiy soni 65 foizni tashkil qiladi. Amerika oliy ta'lim tizimi boshqalardan farqli o'laroq muhim iqtisodiy, ijtimoiy va mafkuraviy funksiyalarni bajaradigan, shu jumladan, talabalarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalaydigan yagona ijtimoiy in^itutni tashkil etadigan o'quv rejalari, kurslari va fanlari mavjud [3].
AQShda vatanparvarlikning asosiy tarkibiy qismlari quyidagilarda namoyon bo'ladi: AQSh Kon^itutsiyasiga muvofiq axloq va erkinliklarning amalga oshirilishi. Ushbu tarkibiy qism AQShda vatanparvarlikning asosini tashkil qiladi. Amerikaliklar o'z huquqlaridan foydalanishni vatanparvarlik deb hisoblashadi. Bu hukumatni ochiq tanqid qilish, siyosatdagi o'zgarishlarni izlash va umumiy muammolarni hal qilish uchun boshqa fuqarolarni jalb qilish imkonini beradi. 1791-yilda qabul qilingan Kon^itutsiya so'z, matbuot, yig'ilish va din erkinligini cheklashi mumkin bo'lgan qonunlarni qabul qilishga imkon bermaydigan qilib ishlab chiqilgan [1].
Barcha amerikaliklar tomonidan qadrlanadigan va tan olingan davlat ramzlari (mad-hiya va bayroq). AQSh madhiyasi 1812-yilda yozilgan va faqat 1931-yilda rasmiy davlat madhiyasi sifatida tan olingan. Madhiya an'anaviy ravishda, ko'pincha jonli ijro etiladi, bu esa tantanani kuchaytiradi. Aksariyat amerikaliklar madhiya so'zlarini bilishadi. Har bir shtatning ham o'z bayrog'i bor va shtat aholisi ko'pincha uni davlat bayrog'i yonida osib qo'yishadi. Kongressmenlar va senatorlar har doim o'zlarining bayroqlari manfaatlariga sodiqligini ta'kidlab, idoralarida AQSh bayrog'i yoniga o'zlarining bayrog'ini qo'yadilar. Keyingi ramz (bu asosiy kalitlardan biri) qanotlarini yoygan burgut AQShning ramzi. Ushbu gerb 1782-yilning yozida qabul qilingan va unda chizilgan rasm buyuk intilishlarni, millat mu^aqilligini anglatadi va yaxshi kelajakka umid belgisidir. AQShda vatanparvarlik yuqori darajada. Amerika o'z vatanparvarligi bilan nafas oladi, u bilan faxrlanadi va turli xil mashhur guruhlar aynan vatanparvarlik tuyg'usi sababli birlashadi [1]. Amerika maktablarining har bir sinfida davlat bayrog'i osilgan. Jarayonlarning tanqidiy talqiniga xalaqit bermaslik uchun ilmiy soha vatanparvarlikdan xoli. Yoshlar doimo haqiqatni izlash, tanqidiy tahlil qilish bilan ajralib turadi. Ilmiy sohaning tizimli vatanparvarlik ta'limidan ozodligi yoshlarning tashqi va ichki siyosat masalalariga, shu jumladan, amaldagi prezidentga va barcha hokimiyat organlariga tanqidiy munosabatini ta'minlashga qaratilgan.
AQShda Prezident - davlatning va vatanparvarlikning tirik timsoli hamda g'ururi. Prezidentlik in^ituti vatanparvarlikning tarkibiy qismi sifatida davlatning tirik belgisi va vatanparvarlik manbayi bo'lib xizmat qiladi. Amerika xalqi ishidagi xato va kamchiliklariga qaramay, o'z prezidentlari bilan faxrlanadilar.AQSh hukumatining siyosati qanchalik to'g'ri bo'lishidan qat'i nazar, harbiy xizmatchilarni qo'llab-quvvatlash. 87% amerikaliklar harbiy xizmatni individual vatanparvarlikning yorqin namoyishi deb bilishadi. 2001-yil 11-sentabr xurujlaridan so'ng mamlakatda vatanparvarlik tuyg'usi ko'tarildi, qurolli kuchlarga qo'shilishni i^aganlar oqimi sezilarli darajada o'sdi.Ta'kidlash joizki, Amerika vatanparvarligi bu mamlakatga yangi hayot izlab kelgan millionlab Amerika fuqarolarini, turli mamlakatlardan kelgan muhojirlarni to'playdigan makondir. Agar vatanparvarlik tarbiyasining puxta o'ylangan va samarali da^uri bo'lmaganida edi, AQSh eng qudratli davlatlardan biriga aylanmagan bo'lardi.
Yuqorida qayd etilganidek, yaxshilik, to'g'rilik, poklik, donolik, ishcnchlilik, vatanparvarlik, g'urur, samimiylik kabi tushunchalar VII asrdan to bugungi kungacha o'zbek xalqining qon-qoniga singib ketganligini juda yaxshi bilamiz. Shunday bo'lsa-da, yoshlar tarbiyasi davlat siyosati darajasida ekanligini anglab, ularning qalbida yurt manfaatlari yo'lida xizmat qilishida da^uriamal bo'lishi zarur. Ana shunday yuksak vazifalarni amalga oshirishda biz pedagoglar xorijiy davlatlarning farzand tarbiyasi haqidagi qarashlarni o'rganish mihim hisoblanadi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:
1. "Bola huquqlari to'g'risida"gi Xalqaro Konvensiya
2. O'zbeki^on Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyevning "O'qituvchi va murabbiylar kuni" umumxalq bayrami munosabati bilan so'zlagan nutqi. 2021 yil.
3. M.Toshov. "Professional ta'lim tizimida ma'naviy-ma'rifiy ishlarni tashkil etish". O'quv qo'llanma. 2022 yil.
4. Abdurauf Fitratning "Yurt g'ayg'usi" asari.