Научная статья на тему 'INKLYUZIV TAʼLIMNI BOSHQARISHNING TARIXI VA HUQUQIY ASOSLARI JAHON TAJRIBASI MISOLIDA'

INKLYUZIV TAʼLIMNI BOSHQARISHNING TARIXI VA HUQUQIY ASOSLARI JAHON TAJRIBASI MISOLIDA Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
169
22
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Inkluziv ta’lim / imkoniyati cheklangan / huquqiy asos / nogironligi bo‘lgan bolalar. / Инклюзивное образование / дети-инвалиды / правовая база / дети-инвалиды.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Q X. Mo‘minova

ushbu maqolada imkoniyati cheklangan bolalarni inklyuziv ta’lim sharoitida oʻqitishning mohiyati, inklyuziv ta’limni tashkil etishning huquqiy-me’yoriy asoslari, pedagogik-psixologik aspektlari, inkluziv ta’limda xorij tajribasidan foydalanish yoritib berilgan. Shuningdek, inklyuziv ta’lim sharoitida eshitishida, ko‘rishida, aqliy va psixik rivojlanishida, nutqida, tayanch-harakat a’zolarida, autistik sohasida muammolari bo‘lgan bolalarni o‘qitish va tarbiyalash jarayonida qo‘llash mumkin bo‘lgan davr talabiga mos pedagogik texnologiyalar keltirilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

HISTORY AND LEGAL BASIS OF INCLUSIVE EDUCATION MANAGEMENT AS AN EXAMPLE OF WORLD EXPERIENCE

в данной статье освещены сущность обучения детей с ограниченными возможностями здоровья в условиях инклюзивного образования, нормативно-правовая основа организации инклюзивного образования, педагогикопсихологические аспекты, использование зарубежного опыта в инклюзивном образовании. Также в контексте инклюзивного образования его можно использовать в процессе обучения и воспитания детей с проблемами слуха, зрения, умственного и психического развития, речи, органов опорно-двигательного аппарата, а также при аутизме.

Текст научной работы на тему «INKLYUZIV TAʼLIMNI BOSHQARISHNING TARIXI VA HUQUQIY ASOSLARI JAHON TAJRIBASI MISOLIDA»

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

Original paper

© Q.X. Mo'minova1H_

1A. Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy instituti, Toshkent O'zbekiston

Annotatsiya

KIRISH: ushbu maqolada imkoniyati cheklangan bolalarni inklyuziv ta'lim sharoitida o'qitishning mohiyati, inklyuziv ta'limni tashkil etishning huquqiy-me'yoriy asoslari, pedagogik-psixologik aspektlari, inkluziv ta'limda xorij tajribasidan foydalanish yoritib berilgan. Shuningdek, inklyuziv ta'lim sharoitida eshitishida, ko'rishida, aqliy va psixik rivojlanishida, nutqida, tayanch-harakat a'zolarida, autistik sohasida muammolari bo'l gan bolalarni o'qitish va tarbiyalash jarayonida qo'llash mumkin bo'lgan davr talabiga mos pedagogik texnologiyalar keltirilgan.

MAQSAD: inklyuziv ta'lim jarayonida alohida ta'lim ehtiyojiga ega bo'lgan o'quvchilar sog'lom bolalar bilan birga bir maktabda, sinfda o'qitiladi. Imkoniyati cheklangan bolalar maktabga qadam qo'ygan kunlaridan boshlab alohida qo'llab-quvvatlashga muhtoj bo'ladilar. Bunday qo'llab-quvvatlash ularning butun hayotlari davomida zarur hisoblanadi. Shuning uchun ham maktab ta'limining dastlabki bo'g'inlaridan boshlab, bunday o'quvchilarning ijtimoiy rivojlanishlari uchun qulay shart-sharoit yaratish talab etiladi.

Ushbu maqolaning maqsadi - jamiyatimizning bir bo'lagi bo'lgan maxsus yordamga muhtoj bolalarni ijtimoiy qo'llab-quvvatlash, ularga ta'lim-tarbiya berish, ularning sog'lom bolalar qatoridan o'rin olib o'z qobiliyati, imkoniyatlarini ko'rsata olishiga, ma'naviy kamol topishiga qaratilgan chora-tadbirlar va ularni huquqiy asosini o'rganib chiqish. Shuningdek, ta'lim ehtiyojlari bo'lgan bolalarning bilim olish huquqi, inklyuziv o'qitishning mazmun-mohiyati ochib berishdan iborat.

MATERIALLAR VA METODLAR: imkoniyati cheklangan bolalar bilan olib boriladigan korreksion tarbiyaviy ishlarning huquqiy asoslarini yanada takomillashtirib borish zamon talabidir. Xorijda inklyuziv ta'limni joriy qilish tajribasining tahlili ko'rsatdiki, uning rivojlanishi turli mamlakatlarda nogiron bolalarning ta'lim olish huquqlarini am alga oshirishga, me'yoriy-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqish va manfaatdor doiralarda inklyuziyani tashkil qilish muammolarini muhokama qilishga yo'naltirilgan fuqarolik munosabatining shakllanishidan boshlangan.

Juda ko'plab davlatlarda maxsus yordamga m uhtoj bolalarni yuqori natijali kamol toptirishda kompensator imkoniyatlarni rivojlantirish hamda ijtimoiy moslashtirishni to'laligicha yo'lga qo'yish maqsadida umumta'lim maktablarida ta'lim berish ilmiy va

Ilmiy-nazariy va metodik jurnal ISSN 2992-9024 (online)

Научно-теоретический и методический журнал ОПО/1 Mn7

Scientific theoretical and methodical journal 2024, №/

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

amaliy davlat siyosati rejasiga kiritildi. "Ta'lim tizimi shunday bo'lishi keraki deb yozadi L.S.Vigotskiyning fikricha nuqsonli bolaning tarbiyalashning vazifasi boladagi nuqsonlarni kompensatsiya qilish va uning hayotga integratsiyasini ta'minlash deb xisoblaydi va buning uchun shunday ta'lim tizimini yaratish kerakki maxsus yordamga muxtoj bola o'qish jarayonida xar tomonlama rivojlansin. Ya'ni, L.S. Vigotskiy umumiy va maxsus ta'limni uyg'unlashtiradigan ta'lim tizimini tashkil etish-maxsus yordamga muhtoj bolalarni umumta'lim tizimida o'qitishni e'tirof etgan.

Inklyuziv maktabning maqsadi hamma o'quvchilarga ijtimoiy hayotda, jamoada va jamiyatda faol ishtirok etishga imkon yaratib berish va jamiyatning bir a'zosi sifatida bir -birlariga yordam berish, shu bilan birga to'laqonli aloqalarni ta'minlashd an iborat.5 Bu shunday bebaho qat'iy talabki, bunda hamma maktab va jamiyat a'zolari bir-biri bilan bog'liq va o'quvchilar nafaqat bir-birlari bilan ta'lim jarayonida o'zaro aloqada bo'ladilar, balki auditoriyalardagi qabul qilinadigan jarayonlarda ham bir-birlarini qo'llab-quvvatlaydilar.

XULOSA: imkoniyati cheklangan har bir bolaning o'z oilasida yashab tarbiyalanish huquqini ta'minlash maqsadida ta'limning ustuvor shakli sifatida umumiy, ya'ni inklyuziv ta'lim belgilangan. Bu ta'lim imkoniyati cheklangan bolalarga oilada yashash, ota-ona mehridan bahramand bo'lib o'z mahallasida tengqurlari orasida umumiy ta'lim olish imkonini beradi.

Kalit so'zlar: Inkluziv ta'lim, imkoniyati cheklangan, huquqiy asos, nogironligi bo'lgan bolalar.

Iqtibos uchun: Mo'minova Q. X. Inklyuziv ta'limni boshqarishning tarixi va huquqiy asoslari jahon tajribasi misolida. // Inter education & global study. 2024. №7. B. 34-42.

ИСТОРИЯ И ПРАВОВЫЕ ОСНОВЫ УПРАВЛЕНИЯ ИНКЛЮЗИВНЫМ ОБРАЗОВАНИЕМ КАК ПРИМЕР МИРОВОГО ОПЫТА_

© К.Х. Муминова1И

1 Национальный институт педагогического мастерства имени А. Авлони, Тошкент, Узбекистан

Аннотация

ВВЕДЕНИЕ: в данной статье освещены сущность обучения детей с ограниченными возможностями здоровья в условиях инклюзивного образования, нормативно-правовая основа организации инклюзивного образования, педагогико-психологические аспекты, использование зарубежного опыта в инклюзивном образовании. Также в контексте инклюзивного образования его можно использовать в процессе обучения и воспитания детей с проблемами слуха, зрения, умственного и психического развития, речи, органов опорно-двигательного аппарата, а также при аутизме.

© intereduglobalstudy.com

2024, ISSUE 7

ccjCr

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

В процессе инклюзивного образования учащиеся с особыми образовательными потребностями обучаются в одной школе и классе вместе со здоровыми детьми. Дети с ограниченными возможностями нуждаются в особой поддержке с момента поступления в школу. Такая поддержка необходима на протяжении всей их жизни. Вот почему необходимо создавать благоприятные условия для социального развития таких учащихся уже с первых этапов школьного образования.

Цель данной статьи - оказать социальную поддержку детям с особыми потребностями, которые являются частью нашего общества, дать им образование, проявить свои способности и потенциал, заняв место среди здоровых детей, изучить меры и свои возможности. правовая основа, направленная на достижение духовной зрелости. Также право на образование детей с образовательными потребностями призвано раскрыть суть инклюзивного образования.

ОБСУЖДЕНИЕ И РЕЗУЛЬТАТЫ: насущной необходимостью является дальнейшее совершенствование правовой базы коррекционно-воспитательной работы с детьми-инвалидами.

Анализ опыта внедрения инклюзивного образования за рубежом показал, что его развитие началось с формирования гражданского отношения, направленного на реализацию прав детей с ограниченными возможностями на образование в разных странах, разработки нормативных актов и обсуждения проблем организации инклюзии в заинтересованных кругах.

Во многих странах обучение в общеобразовательных школах включено в план научно-практической государственной политики в целях развития компенсаторных возможностей высокодостижимого развития детей с особыми потребностями и полноценного налаживания социальной адаптации. По мнению Л.С. Выготского, задача воспитания ребенка-инвалида состоит в том, чтобы компенсировать недостатки ребенка и обеспечить его интеграцию в жизнь, а для этого необходимо создать такую образовательную систему в процессе обучения ребенка с особыми потребностями. пусть развивается во всех отношениях. То есть Л. С. Выготский признавал создание системы образования, сочетающей общее и специальное образование, - обучение детей с особыми потребностями в системе общего образования.

Цель инклюзивной школы - дать возможность всем учащимся активно участвовать в общественной жизни, в обществе и в обществе, а также помогать друг другу как членам сообщества, обеспечивая при этом полноценные отношения. 5 Это неоценимое обязательство. Это требование того, чтобы все члены школы и общества были связаны друг с другом, и чтобы учащиеся взаимодействовали не только в образовательном процессе, но и в процессах приема в классах, которые они поддерживают.

ЗАКЛЮЧЕНИЕ: в заключение можно сказать, что в целях обеспечения права каждого ребенка с ограниченными возможностями жить и воспитываться в своей

ISSN 2992-9024 (online) 2024, №7

Ilmiy-nazariy va metodik jurnal Научно-теоретический и методический журнал Scientific theoretical and methodical journal

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

семье приоритетной формой образования определено всеобщее, то есть инклюзивное образование. Это позволяет детям с ограниченными образовательными возможностями жить в семье, пользоваться любовью родителей и получать общее образование среди своих сверстников по соседству.

Ключевые слова: Инклюзивное образование, дети-инвалиды, правовая база, дети-инвалиды.

Для цитирования: Муминова К.Х. История и правовые основы управления инклюзивным образованием как пример мирового опыта // Inter education &global study. 2024. №7. С. 34-42.

HISTORY AND LEGAL BASIS OF INCLUSIVE EDUCATION MANAGEMENT AS AN EXAMPLE OF WORLD EXPERIENCE_

© Qunduz K. Muminova1®

draining institute named after A.Avloni, Tashkent,Uzbekistan_

Annotation

INTRODUCTION: This article describes the essence of teaching children with disabilities in the conditions of inclusive education, the legal and normative basis of organizing inclusive education, pedagogical and psychological aspects, the use of foreign experience in inclusive education. Also, in the context of inclusive education, it can be used in the process of teaching and educating children with problems in hearing, vision, mental and psychic development, speech, locomotor organs, and autism. pedagogical technologies are presented.

AIM: In the process of inclusive education, students with special educational needs are taught in the same school and class together with healthy children. Children with disabilities need special support from the day they enter school. Such support is necessary throughout their lives. That is why it is necessary to create favorable conditions for the social development of such students from the first stages of school education. The purpose of this article is to provide social support to children with special needs, who are a part of our society, to provide them with education, to show their abilities and potential by taking a place among healthy children. to study the measures and their legal basis aimed at obtaining spiritual maturity. Also, the right to education of children with educational needs is to reveal the essence of inclusive education.

DISCUSSION AND RESULTS: It is the need of the hour to further improve the legal basis of correctional educational work conducted with children with disabilities.

The analysis of the experience of introducing inclusive education abroad showed that its development began with the formation of a civil attitude aimed at realizing the rights of children with disabilities to education in different countries, developing regulations and discussing the problems of organizing inclusion in interested circles.

In many countries, education in general schools has been included in the scientific and practical state policy plan in order to develop compensatory opportunities for high-

© intereduglobalstudy.com 2024, ISSUE 7

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

achieving development of children with special needs and to fully establish social adaptation. According to L.S. Vygotsky, the task of educating a disabled child is to compensate for the child's defects and ensure his integration into life, and for this, it is necessary to create such an educational system during the learning process of a child with special needs. let it develop in every way. That is, L. S. Vygotsky recognized the establishment of an educational system that combines general and special education -teaching children with special needs in the general education system.

The goal of an inclusive school is to enable all students to participate actively in social life, in the community and in the community, and to help each other as members of the community, while ensuring fulfilling relationships.5 This is an invaluable commitment. It is a requirement that all members of the school and society are connected to each other, and that students interact not only in the educational process, but also in the reception processes in the classrooms. they support.

CONCLUSION: In conclusion, it can be said that in order to ensure the right of every child with disabilities to live and be raised in his family, the priority form of education is general, that is, inclusive education. This allows children with limited educational opportunities to live in a family, enjoy the love of their parents, and receive general education among their peers in their neighborhood.

Key words: Inclusive education, disabled children, legal framework, children with disabilities.

Mamlakatimizda imkoniyati cheklangan bolalar ta'lim-tarbiyasi va ularning ijtimoiy hayotga moslashuviga qulay sharoitlar yaratib berilmoqda. Ularni jamiyatga integratsiya qilish, avvalo, imkon qadar salomatligini tiklash maqsadida «Imkoniyati cheklangan bolalar uchun umumiy ta'lim loyihasi» asosida ish yuritib kelinmoqda. Bunda, asosan, inklyuziv ta'lim imkoniyatlaridan foydalanish ko'zda tutilmoqda. Natijada inklyuziv ta'limni tashkil etishning pedagogik-psixologik xususiyatlarini, o'ziga xos imkoniyatlarini2 chuqurroq o'rganish, u bilan bog'liq muammolarni aniqlash, samaradorlik jihatlarini asoslab berish dolzarb ilmiy muammoga aylanmoqda. Chunki inklyuziv ta'lim usuli barcha bolalarning ruhiy-jismoniy holatidan qat'iy nazar ta'lim jarayonida to'laqonli ishtirok etishini ta'minlashga qulay imkoniyat yaratadi. Ayniqsa, u alohida yordamga muhtoj bolalarning atrofdagilar bilan muloqotda bo'lishi, ijtimoiy muhit talablariga javob bera oladigan bo'lib ulg'ayishi, o'z kundalik-maishiy ehtiyojini qondira olish ko'nikmalarini egallashi, hayotga moslashib, umumta'lim maktablarida sog'lom tengdoshlari bilan teng sharoitlarda o'qiy olishi, ular bilan o'zaro do'stona munosabatga kirishishi, darslarni o'z vaqtida o'zlashtirishi, topshiriqlarga mas'uliyat bilan yondashishi uchun qulayliklar tug'diradi. Shunisi borki, inklyuziv ta'lim nafaqat nogiron bolalar o'rtasida, balki sog'lom turmush tarziga asoslangan oilada tarbiyalanayotgan bolalar o'rtasida, maktabgacha

For citation: Qunduz K. Muminova (2024) History and legal basis of inclusive education management as an example of world experience, Inter education & global study, (7), pp. 34-42. (In Uzbek).

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

ta'lim muassasalarida, maktablarda, akademik litsey va kasb-hunar kollejlarida ham fanlarni o'zlashtirish darajasi turlicha bo'lgan o'quvchilar uchun qulay imkoniyatlar yarata oladi. U orqali o'quvchilarning bir-biriga ijobiy ta'sir ko'rsata olishiga erishish yaxshi natija keltiradi. Lekin ba'zan sog'lom bolalar bilan nogiron bolalar orasidagi tafovut sezilib qolishi, nogiron bola o'z tengdoshlariga qo'shilmay, tortinishi, o'z imkoniyatlaridan foydalana olmasligi sabab uyalib turishi, kamsitilishi, ayrimlari esa oilada haddan tashqari erka o'stirilganligi tufayli qaysarlik, injiqlik qilishi kuzatiladiki, bunday sharoitda ta'lim amaliyoti va ta'lim xizmatlarini tashkillashtirishda o'zgarishlar qilishga to'g'ri keladi. Bularning barchasi inklyuziv ta'lim jarayoni o'ziga xos murakkabliklarga ega ekanligini va shu sohada ishlaydigan o'qituvchilar, sinf rahbarlari, tarbiyachilar, kasbiy mahorat ustalari zimmasiga jiddiy talablar va mas'uliyatlar yuklashini oydinlashtiradi.

Inklyuziv ta'lim - o'quvchilarning imkoniyatlari, individual-psixologik, jismoniy nuqson va o'zlashtirish xususiyatlarini hisobga olgan holda tashkil etiladigan ta'lim jarayonidir3.

Shuningdek, inkluziv ta'lim davlat siyosati bo'lib, nogiron va sog'lom bolalar o'rtasidagi to'siqlarni bartaraf etish, inklyuziv ta'limga muhtoj bolalarni rivojlanishidagi nuqsonlari yoki iqtisodiy qiyinchiliklaridan qat'i nazar, ijtimoiy hayotga moslashtirishga yo'naltirilgan umumta'lim jarayoniga qo'shishni ifodalovchi ta'lim tizimidir.

Jahon ta'limi amaliyotida ta'lim oluvchilar ehtiyojlariga moslashuvchan o'quv muhitini yaratish, variativ o'quv dasturlaridan foydalanishga bo'lgan ehtiyoj kun sayin ortmoqda. Birlashgan Millatlar Tashkilotining ta'lim sohasidagi siyosati yo'nalishlaridan biri bolalarning alohida ta'lim ehtiyojlari xilma-xilligini hisobga olgan holda ta'lim berishni nazarda tutadigan inklyuziv ta'lim g'oyalarini ishtirokchi davlatlar tomonidan keng amalga oshirilishini ta'minlash hisoblanadi. YUNESKOning ijtimoiy fanlar sohasidagi dasturlari inson huquqlari va erkinliklarini ta'minlashga qaratilgan bilimlar, standartlar hamda intellektual hamkorlikni rivojlantirishga yo'naltirilmoqda. Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi qoidalarini amalga oshirishda gender tenglik, ta'lim olish huquqi kafolatlarini kuchaytirish mexanizmlarini amaliyotga joriy etish muhim ahamiyat kasb etmoqda. Dunyoda kadrlar tayyorlash tizimining asosiy va hal qiluvchi bosqichi sifatida boshlang'ich ta'limni innovatsion texnologiyalar asosida tashkil etish, ta'lim jarayonining tashkiliy, metodik komponentlarini, didaktik tizimini takomillashtirish bo'yicha qator ilmiy izlanishlar olib borilmoqda.

Shu jihatdan o'qituvchilarni ta'limda alohida ehtiyojlari bor bolalar bilan ishlashga kasbiy tayyorlashning nazariy-pedagogik jihatlarini aniqlashtirish orqali inklyuziv ta'lim samaradorligini oshirish muhim ahamiyat kasb etadi. Boshlang'ich ta'limda sog'lom tengqurlari bilan birgalikda imkoniyati cheklangan bolalarning ta'lim olish ehtiyojini jahon standartlari asosida ta'minlashda tashkilotlararo maqsadli va amaliy natijalarga yo 'nalgan hamkorlik hamda integrativ chora-tadbirlar taqozo etiladi. Ta'lim klasteri sharoitida barcha bolaga birdek sifatli ta'limni tashkil etishda o'qituvchining roli va mavqei, ota-onalar va keng jamoatchilikning pedagogik savodxonligini oshirish taqozo etiladi.

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

Mamlakatimizda inklyuziv ta'limni ta'lim oluvchilarning ijtimoiy ehtiyojlari va shaxsiy manfaatlaridan kelib chiqqan holda, fan, ta'lim va ishlab chiqarishning mustahkam integratsiyasini ta'minlash asosida tashkil etishning huquqiy me'yorlari ishlab chiqilgan.

O'zbekistonda nogironlarni davlat tomonidan qo'llab-quvvatlash, tibbiy-ijtimoiy yordam ko'rsatish, hayot sifatini yaxshilash tizimini takomillashtirish, ularga ta'lim olish va ishga joylashishda har tomonlama ko'maklashish bo'yicha qator ishlar amalga oshirilib, xalqimizga xos bo'lgan mehr-shafqat hamda ezgulik tuyg'ularini hisobga olgan holda nogironlarning muhim ehtiyoj va talablariga alohida e'tibor qaratilmoqda. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi PF-4947-son "O'zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo'yicha Harakatlar strategiyasi to'g'risida", 2017 yil 1 dekabrdagi PF-5270-son "Nogironligi bo'lgan shaxslarni davlat tomonidan qo'llab-quvvatlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida", 2019 yil 29 apreldagi PF-5712-son "Xalq ta'limi tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi to'g'risida", 2020 yil 6 noyabrdagi PF-6108-son "O'zbekistonning yangi taraqqiyot davrida ta'lim-tarbiya va ilm-fan sohalarini rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi farmonlari, 2020 yil 13 oktyabrdagi PQ-4860-son "Alohida ta'lim ehtiyojlari bo'lgan bolalarga ta'lim-tarbiya berish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi qarori, O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 12 oktyabrdagi 638-son "Alohida ta'lim ehtiyojlari bo'lgan bolalarga ta'lim berishga oid normativ huquqiy hujjatlarni tasdiqlash to'g'risida"gi qarori, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-yanvardagi PF-60-sonli «2022-2026-yillarga mo'ljallangan yangi O'zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to'g'risida»gi farmoni hamda mazkur faoliyatga tegishli boshqa me'yoriy-huquqiy hujjatlarda belgilangan vazifalarni amalga oshirish muhim ahamiyatga ega.

BMT tomonidan 1948 yilda qabul qilingan "Inson huquqlari umumjahon Deklaratsiyasi"da "Ta'lim olish har bir insonning asosiy va ajralmas huquqi" ekanligi alohida e'tirof etilgan. "Inson huquqlari umumjahon Deklaratsiyasi" barcha insonlarning huquq va erkinliklarini kafolatlar ekan, bu Deklaratsiyaning barcha bandlari maxsus ehtiyojli insonlarga ham tegishliligi aniqlandi. Nogiron shaxslarning huquqlarini yanada mustahkamlash va kafolatlash maqsadida BMT 1975 yilda "Nogiron shaxslar huquqlari to'g'risida"gi Deklaratsiyani qabul qildi. Mazkur Deklaratsiyada ta'kidlanish icha:

"Nogironlar shaxsiyatini hurmat qilish huquqi ularda tug'ilishi bilan mavjud bo'ladi. Nogironlikning kelib chiqishi, tabiati va jiddiylik darajasidan qat'iy nazar, fuqaro o'z yoshidagi tengdoshlari bilan bir xil huquqlarga egadirlarkim, shu bilan birga ular mumkin qadar to'laqonli yaxshi hayot kechirish huquqiga ham ega" ("Nogiron shaxslar huquqlari to'g'risida"gi Deklaratsiya, 3-modda) .

Xuddi shunday bolalarni huquqlarini muhofaza qilish maqsadida BMT 1989 yilda "Bolalar huquqlari to'g'risidagi Konvenitsiya"ni qabul qildi. "Bolalar huquqlari to'g'risidagi Konvensiya" bolalarning huquqlarini hamma joyda himoyalash maqsadida ishlab chiqilgan inson huquqlari borasidagi halqaro shartnoma hisoblanadi. U qariyb butun

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

jahon mamlakatlari tomonidan ratifikatsiya qilingan. Konvensiyani ratifikatsiya qilgan 191 mamlakat ko'ngilli tarzda zimmalariga "Bolalar huquqlari to'g'risidagi Konvensiya" qoidalarini ma'muriy qonunchilik, sud va boshqa chora-tadbirlar yordamida hayotga tatbiq etish majburiyatini oldilar. "Bolalar huquqlari to'g'risidagi Konvensiya" kompleks va ko'p qirrali xarakterda bo'lib, bu barcha bolalar uchun inson huquqlarining fuqarolik, siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy singari jabhalarni qamrab olgan yagona Konvensiyadir.

Nuqsonli bolalarning o'quv imkoniyatlari asosiy o'rinda turadi. Barcha nuqsonli bolalarning nuqsonlarini erta aniqlab ta'limga jalb qilish imkoniyatini topmoq kerak. Shunday qilib, yuqorida keltirilgan barcha xuquqiy me'yoriy hujjatlar, xalqaro forum Konferensiyalar asosida maxsus ehtiyojli bolalar hamjamiyatning to'laqonli va tenghuquqli a'zosi ekanligi e'tirof etilib, ular ta'limida alohida yangicha yondashuv maydongan keldi. Ushbu ta'lim shakllari inklyuziv va integratsion ta'lim deb ataldi.

"Ta'limning uzluksizligi, yangi global iqtisodiyotning kalitidir. Ta'lim rivojlanish, ijtimoiy taraqqiyot va inson ozodligi uchun tub ahamiyatga ega" deb ta'kidlaydi.

Imkoniyati cheklangan har bir bolaning o'z oilasida yashab tarbiyalanish huquqini ta'minlash maqsadida ta'limning ustuvor shakli sifatida umumiy, ya'ni inklyuziv ta'lim belgilangan. Bu ta'lim imkoniyati cheklangan bolalarga oilada yashash, ota-ona mehridan bahramand bo'lib o'z mahallasida tengqurlari orasida umumiy ta'lim olish imkonini beradi.

«Bolalar huquqlari to'g'risidagi Konvensiya» maxsus ehtiyojli bolalarning ham barcha huquqlarini kafolatlar ekan, «barcha huquqlar - barcha bolalarga» tamoyili e'tirof etiladi.

Bu borada «Bolalar huquqlari to'g'risidagi Konvensiya»da maxsus ehtiyojli bolalarning ta'lim tarbiyasi xususida: «Nogiron bolaning maxsus ehtiyojlarini aniqlab, uning ijtimoiy hayotga qo'shilishi va shaxs sifatida rivojlana olishiga yetaklovchi vosita hisoblangan ta'limga, ta'lim olishga har tomonlama yordam berilishi lozim», deb ta'kidlangan. Bu qonunga binoan, maxsus ehtiyojli bolalar ham jamiyat hayotida to'liq ishtirok etishi, milliy e'tiqod va madaniyatga hamohang bo'lib o'sishi, uning boyliklaridan, go'zalligidan bahra olib jamiyatning rivojiga hissa qo'shishlari katta ahamiyatga egadir.

ADABIYOTLAR RO'YXATI | СПИСОК ЛИТЕРАТУРЫ | REFERENCES

1. O'zbekiston Respublikasining "Ta'lim to'g'risida"gi Qonuni. 2020 yil 23-sentyabr.O'RQ-637-son https://lex.uz/docs/5013007

2. O'zbekiston Respublikasining "Bola huquqlarining kafolatlari to'g'risida"gi Qonuni, 2008 yil 7-yanvar O'RQ-139-son https://www.lex.uz/acts/1297315

3. O'zbekiston Respublikasining "Keksalar, nogironlar va aholining boshqa ehtiyojmand toifalari uchun ijtimoiy xizmatlar to'g'risida"gi Qonuni 2016 yil 26 dekabrdagi PQ -415-son https://www.lex.uz/docs/3083192

© intereduglobalstudy.com 2024, ISSUE 7

INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

4. O'zbekiston Respublikasining Prezidentining 2017 yil 1 dekabrdagi "Nogironligi bo'lgan shaxslarni davlat tomonidan qo'llab-quvvatlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi PF-5270-sonli Farmoni. https://www.lex.uz/acts/3436192

5. O'zbekiston Respublikasining Prezidentining 2020 yil 13 oktyabrdagi "Alohida ta'lim ehtiyojlari bo'lgan bolalarga ta'lim-tarbiya berish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi PQ-4860-son Qarori. https://lex.uz/docs/5044711

6. 2020-2025 yillarda Xalq ta'limi tizimida inklyuziv ta'lim Inklyuziv ta'limni rivojlantirish Konsepsiyasi. O'z.Res.Prezidenti. 13.10.2020y PQ 4860-son

7. IIektra Spandagou, Cathy Little, David Evans, Michelle L. Inklusive Education in Schools and Early. Childhood Settings.springer Springer Singapore. 2020.

8. Инклюзивное образование в Испании. Пашкова.М, Скуднова. Т.Д.2018.

9. Nurmuhamedova L.SH. Nogiron bolalarning huquqiy asosalari va ilmiy-nazariy masalalari. Defektolog kadrlarni tayyorlash jarayoniga innovatsion ta'lim texnologiyalarini tadbiq etish: muammolar va istiqbollar.-T.,2014

10. D.S.Qaxarova -Inklyuziv ta'lim texnologiyasill Toshkent. 2014

MUALLIF HAQIDA MA'LUMOT [ИНФОРМАЦИЯ ОБ АВТОРЕ] [AUTHORS INFO]

^Mo'minova Qunduz Xolmamat qizi, tayanch doktorant [ Муминова Кундуз кизи, докторант], [Muminova Qunduz Kholmamat qizi, PhD student]; manzil: Toshkent shahar, Mirzo Ulug'bek tumani , Olimlar, 31 [адрес: Олимлар, 14, города Ташкента, Мирзо-Улугбекский], [address: Olimlar, 31, Tashkent city, MirzoUlugbek district]; E-mail: [email protected]

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.