Научная статья на тему 'THE ESSENCE OF THE LAW OF THE REPUBLIC OF UZBEKISTAN ON "GUARANTEES OF EQUAL RIGHTS AND OPPORTUNITIES FOR WOMEN AND MEN" AND THE IMPORTANCE OF ITS STUDY AMONG STUDENTS IN HIGHER EDUCATION INSTITUTIONS'

THE ESSENCE OF THE LAW OF THE REPUBLIC OF UZBEKISTAN ON "GUARANTEES OF EQUAL RIGHTS AND OPPORTUNITIES FOR WOMEN AND MEN" AND THE IMPORTANCE OF ITS STUDY AMONG STUDENTS IN HIGHER EDUCATION INSTITUTIONS Текст научной статьи по специальности «Социальные науки»

CC BY
10
2
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Oriental Conferences
Область наук
Ключевые слова
xotin-qizlar va erkaklar teng huuquqliligi / huquqiy himoya / huquqiy kafolat / huquqiy manfaat / himoya orderi / qonunning mohiyati / siyosiy jarayonlar / iqtisodiy soha / huquqiy jihat / mafkuraviy maqsad / madaniy holat / ta’lim –tarbiya / fan yutuqlari / gender tenglik. / equal rights of women and men / legal protection / legal guarantee / legal interest / protection warrant / essence of law / political processes / economic sphere / legal aspect / ideological goal / cultural situation / education / scientific achievements / gender equality.

Аннотация научной статьи по социальным наукам, автор научной работы — Dilfuza Pulatovna Atayeva, Mardona A. Yuldosheva

Respublika miqyosida Oliy ta’lim muassasalari talaba-qizlariga qonunning mohiyatini tushuntirish, ularning kelajak hayoti uchun huquqiy asos bo‘lib xizmat qilishiga erishish, shaxsiy hayotida turli xil noxush voqealar ro‘y berishining oldini olish maqsadida Ichki Ishlar boshqarmasi, huquqbuzarliklarni oldini olish bo‘yicha muassasa inspektori va Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha dekan maslahatchilari hamkorlikda ish olib bormoqdalar. Bunda hozirgi davrda asosan xotin-qizlarga nisbatan, oilada er-xotin munosabatlarida uchinchi shaxsning aralashuvi, erning ayoliga bo‘lgan munosabatidagi kamsitish, qizlarning nomusi toptalish holatlari, hayotiga havf solib qo‘rqitish kabi tazyiq va zo‘ravonlik holatlari mavjudligi va unga nisbatan har bir xotin-qiz o‘zini qonuniy manfaatlaridan kelib chiqib himoya qila olishi, zarur va asosli hollarda “himoya order” laridan foydalanish orqali hayotini izga tushirishi mumkinligi to‘g‘risidagi bilim va ko‘nikmalar hosil qilindi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

“XOTIN-QIZLAR VA ERKAKLAR UCHUN TENG HUQUQ HAMDA IMKONIYATLARI KAFOLATLARI” TO‘G‘RISIDAGI O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNINING MOHIYATI VA UNING OLIY TA’LIM MUASSASALARIDA TALABA-QIZLAR O‘RTASIDA O‘RGANILISHINING AHAMIYATI

In order to explain the essence of the law to the students of higher education institutions at the republic level, to achieve that it serves as a legal basis for their future life, and to prevent various unpleasant events from happening in their personal lives, the Department of Internal Affairs, on the prevention of offenses the inspector of the institution and the advisors of the dean on women's issues are working together. In this regard, there are cases of oppression and violence against women, interference of a third person in the family relationship, discrimination in the husband's attitude towards his wife, cases of dishonor of girls, threats to her life, and every knowledge and skills were created that a woman can protect herself based on her legal interests, and in necessary and justified cases, can protect her life by using "protection warrants".

Текст научной работы на тему «THE ESSENCE OF THE LAW OF THE REPUBLIC OF UZBEKISTAN ON "GUARANTEES OF EQUAL RIGHTS AND OPPORTUNITIES FOR WOMEN AND MEN" AND THE IMPORTANCE OF ITS STUDY AMONG STUDENTS IN HIGHER EDUCATION INSTITUTIONS»

DOI: https://doi.org/10.24412/cl-36892-2024-25-187-194

Pages: 187-194

SUSTAINABLE DEVELOPMENT: INITIATIVES OF WOMEN IN SCIENCE AND BUSINESS

4th INTERNATIONAL CONFERENCE

"XOTIN-QIZLAR VA ERKAKLAR UCHUN TENG HUQUQ HAMDA IMKONIYATLARI KAFOLATLARI" TO'G'RISIDAGI O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNINING MOHIYATI VA UNING OLIY TA'LIM MUASSASALARIDA TALABA-QIZLAR O'RTASIDA O'RGANILISHINING

AHAMIYATI

Dilfuza Pulatovna Atayeva

PhD, dotsent Urganch davlat universiteti Urganch, O'zbekiston E-mail: [email protected]

Mardona A. Yuldosheva

Magistratura talabasi Urganch davlat universiteti Urganch, O'zbekiston E-mail: mardonayuldasheva8 @gmail. com

MAQOLA HAQIDA_

Annotatsiya: Respublika miqyosida Oliy ta'lim muassasalari talaba-qizlariga qonunning mohiyatini tushuntirish, ularning kelajak hayoti uchun huquqiy asos bo'lib xizmat qilishiga erishish, shaxsiy hayotida turli xil noxush voqealar ro'y berishining oldini olish maqsadida Ichki Ishlar boshqarmasi, huquqbuzarliklarni oldini olish bo'yicha muassasa inspektori va Xotin-qizlar masalalari bo'yicha dekan maslahatchilari hamkorlikda ish olib bormoqdalar. Bunda hozirgi davrda asosan xotin-qizlarga nisbatan, oilada er-xotin munosabatlarida uchinchi shaxsning aralashuvi, erning ayoliga bo'lgan munosabatidagi kamsitish, qizlarning nomusi toptalish holatlari, hayotiga havf solib qo'rqitish kabi tazyiq va zo'ravonlik holatlari mavjudligi va unga nisbatan har bir xotin-qiz o'zini qonuniy manfaatlaridan kelib chiqib himoya qila olishi, zarur va asosli hollarda "himoya order" laridan foydalanish orqali hayotini izga tushirishi mumkinligi to'g'risidagi bilim va ko'nikmalar hosil qilindi._

Kalit so'zlar: xotin-qizlar va erkaklar teng huuquqliligi, huquqiy himoya, huquqiy kafolat, huquqiy manfaat, himoya orderi, qonunning mohiyati, siyosiy jarayonlar, iqtisodiy soha, huquqiy jihat, mafkuraviy maqsad, madaniy holat, ta'lim -tarbiya,fan yutuqlari, gender tenglik.

THE ESSENCE OF THE LAW OF THE REPUBLIC OF UZBEKISTAN ON "GUARANTEES OF EQUAL RIGHTS AND OPPORTUNITIES FOR WOMEN AND MEN" AND THE IMPORTANCE OF ITS STUDY AMONG STUDENTS IN HIGHER

EDUCATION INSTITUTIONS

Dilfuza Pulatovna Atayeva

PhD, associate professor Urganch State University Urganch, Uzbekistan E-mail: [email protected]

Mardona A. Yuldosheva

Master's student Urganch State University Urganch, Uzbekistan E-mail: mardonayuldasheva8@gmail. com

ABOUT ATRICLE_

Abstract: In order to explain the essence of the law to the students of higher education institutions at the republic level, to achieve that it serves as a legal basis for their future life, and to prevent various unpleasant events from happening in their personal lives, the Department of Internal Affairs, on the prevention of offenses the inspector of the institution and the advisors of the dean on women's issues are working together. In this regard, there are cases of oppression and violence against women, interference of a third person in the family relationship, discrimination in the husband's attitude towards his wife, cases of dishonor of girls, threats to her life, and every knowledge and skills were created that a woman can protect herself based on her legal interests, and in necessary and justified cases, can protect her life by using "protection warrants"._

СУЩНОСТЬ ЗАКОНА РЕСПУБЛИКИ УЗБЕКИСТАН «О ГАРАНТИЯХ РАВНЫХ ПРАВ И ВОЗМОЖНОСТЕЙ ЖЕНЩИН И МУЖЧИН» И ВАЖНОСТЬ ЕГО ИЗУЧЕНИЯ СРЕДИ СТУДЕНТОВ ВЫСШИХ УЧЕБНЫХ ЗАВЕДЕНИЙ

Дильфуза Пулатовна Атаева

PhD, доцент Ургенчский государственный университет Ургенч, Узбекистан E-mail: [email protected]

Мардона Анатольевна Юлдошева

студент магистратуры Ургенчский государственный университет Ургенч, Узбекистан E-mail: mardonayuldasheva8@gmail. com

О СТАТЬЕ

Ключевые слова: Аннотация: В целях разъяснения сущности

Key words: equal rights of women and men, legal protection, legal guarantee, legal interest, protection warrant, essence of law, political processes, economic sphere, legal aspect, ideological goal, cultural situation, education, scientific achievements, gender equality.

равноправие женщин и мужчин, правовая защита, юридическая гарантия,

законный интерес, охранный ордер, природа права,

политические

экономическая

правовой

идеологическая

культурная

образование,

достижения,

процессы, сфера, аспект, цель, ситуация, научные

закона студентам вузов республиканского уровня, достижения того, чтобы он служил правовой основой их дальнейшей жизни, а также предотвращения различных неприятных событий в их личной жизни, кафедра внутренних дел, по профилактике правонарушений работают инспектор учреждения и советники декана по женским вопросам. В связи с этим зафиксированы случаи угнетения и насилия в отношении женщин, вмешательства третьего лица в семейные отношения, дискриминации в отношении мужа к жене, случаи бесчестия девушки, угроз ее жизни, а любые знания и умения были признаны недействительными. Создано, что женщина может защитить себя исходя из своих законных интересов, а в необходимых и обоснованных случаях может защитить свою жизнь, используя «охранные ордера»._

Kirish. Mamlakatimizda ma'lumki, 2019 yil 2 sentyabrda qabul qilingan "Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari to'g'risida" O'zbekiston Respublikasining qonuni xotin-qizlarning jamiyatdagi o'rniga qaratilgan huquqiy himoya, huquqiy kafolat sifatida ma'qullangandi[1].

Qabul qilingan mazkur qonun asosida "gender" atamasiga izoh berilgan. Berilgan ta'rifga ko'ra ayollar va erkaklar teng huquq hamda imkoniyatlarini ta'minlash borasidagi davlatimiz islohotlarining olib borilishi va shu yo'nalish bo'yicha davlatni boshqarish amalga oshirilishi ta'kidlandi.

Jumladan, xotin-qizlarning gender tenglik bo'yicha kamsitilishiga yo'l qo'yilmasligi uchun O'zbekiston Respublikasi Gender tenglikni ta'minlash masalalari bo'yicha komissiya tashkil etildi[2].

Uning asosiy vazifasi qilib, bu borada yagona davlat siyosatini amalga oshirishda xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlarni ta'minlashni hisobga olish, milliy harakatlar rejalari va strategiyalarini ishlab chiqish va bu borada davlat dasturlarini amalga oshirishda ishtirok etish, bajarilgan ishlar yuzasidan O 'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga har yili axborot berish, gender munossabatlar, ya'ni xotin-qizlar va erkaklarga teng huquq hamda imkoniyatlar berish, bu yo'nalishda xalqaro standartlar asosida nufuzli xalqaro tashkilotlar hamda xorijiy mamlakatlarning shu yo 'nalishdagi tashkilotlari orqali halqaro hamkorlik aloqalarini olib borishdan iborat.

Ba'zi ijtimoiy munosabatlarda jinslar orasida kamsitishga yo'l qo'ymaslik borasida qonuniy huquq va erkinliklardan foydalanishda tatbiq etilmaydi.

Tadqiqot ob'yekti: "Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari to'g'risida" O'zbekiston Respublikasining qonuni.

Qo'llanilgan metodlar: tarixiylik, tizimlilik, muammoviy-xronologik, mantiqiylik qiyosiy

tahlil.

Quvonarli tomoni shundaki, ming yillardan buyon jamiyatda ayol va erkak o'rtasidagi tengsizlik va uni hal etish masalasi hamisha dolzarb bo'lib kelgan huquqiy munosabatlarning nechog'lik dolzarbligiga qaratilgan qonundir. Jumladan, qonunning 1-moddasida qayd etilganidek, qonunning maqsadi xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlarni ta'minlash sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat.

Hozir biz yashayotgan davr yangilanayotgan O'zbekistonning islohotlarida inson manfaatlarining ustunligiga qaratilgan bir paytda, hali ham oilaviy nizolarning juda katta qismi erkaklar tomonidan ayol huquqlarining tan olinmaslik holatlari shuningdek, ayrim holatlarda jamiyatda ham xotin-qizlarning huquq hamda imkoniyatlariga yetarlicha ahamiyat berilmayotgani haqiqatdir.

Ana shunday salbiy holatlarga qarshi mazkur qonunning 2-moddasida "Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari to'g'risidagi qonun hujjatlari ushbu Qonun va boshqa qonun hujjatlaridan iboratdir.

Agar O'zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida O'zbekiston Respublikasining xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari to'g'risidagi qonun hujjatlarida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan bo'lsa, xalqaro shartnoma qoidalari qo'llanilishi belgilangan.

SHuningdek, qonunda gender tushunchasi ham qayd etilgan bo'lib, unga ko'ra, gender — xotin-qizlar va erkaklar o'rtasidagi munosabatlarning jamiyat hayoti va faoliyatining barcha sohalarida, shu jumladan siyosat, iqtisodiyot, huquq, mafkura va madaniyat, ta'lim hamda ilmfan sohalarida namoyon bo'ladigan ijtimoiy jihati ko'rsatilgan. Demak, gender tushunchasi faqat ayollar manfaatlarini ifodalamaydi. Balki har ikki jins vakillarining o'z orzu va maqsadlari sari dadil odimlashi, hayot sifatini oshirish uchun bir xil imkon berish kerakligini ilgari suradi, xolos. Aynan rivojlangan jamiyatning talablaridan biri bu erkak va ayol huquqlari tengligining ta' minlanishidadir.

1966 yilda Birlashgan Millatlar Tashkilotiti tomonidan Fuqarolik va siyosiy huquqlar to'g'risidagi xalqaro pakt xalqaro hujjat sifatida qabul qilindi. [3,B.1] Paktning 3-moddasida aytilishicha, «Ushbu paktda qatnashuvchi mamlakatlar xotin-qizlar va erkaklar uchun ushbu Paktda ko'rib chiqilgan barcha fuqarolik va siyosiy huquqlardan teng ravishda foydalanishini ta'minlash majburiyatini oladi». Ushbu xalqaro normativ hujjat "Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari to'g'risida"gi qonunning 2-moddasida "Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari to'g'risida"gi qonun hujjatlari va

boshqa qonun hujjatlaridan iboratdir,- degan moddaning amaliy va huquqiy asosidir. Demak, yuqorida qayd etilgan xalqaro hujjatlarni ratifikatsiya qilgan mustaqil davlatimiz xalqaro huquqning umume'tirof etilgan talablaridan kelib chiqib o'z milliy qonunchiligida ayollar va erkaklar tengligi masalasiga jiddiy ahamiyat berishining sababi ham asoslidir.

Mazkur asosning yana bir huquqiy kafolati bu O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 46-moddasida «Xotin-qizlar va erkaklar teng huquqlidirlar», deb belgilanganligidir. Demak, gender tengligining ham xalqaro huquqiy ham, konstitutsiyaviy huquqiy asosi kafolatlangan. Gender tengligi ijtimoiy tenglikni ham anglatadi. Bunday tenglikni ta'minlash uchun Konstitutsiya va qonunlarga zarur qoidalarni kiritishning o'zi kifoya emas. SHu bois ham, "Jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish"ga alohida e'tibor qaratilgan.

2019 yilning 2 sentyabrida qabul qilingan O'zbekiston Respublikasining «Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari to'g'risida»gi qonuni mamlakatimizda gender tenglikni ta'minlashga qaratilgan yaxlit va asosiy qonun hujjati hisoblanadi.

Mazkur qonunning 5-moddasiga muvofiq, quyidagilar jins bo'yicha kamsitish hisoblanmaydi:

- bola tug'ish va ona suti bilan oziqlantirish vazifalari bilan bog'liq munosabatlarni tartibga solishda farqlarni belgilash;

- qonunda belgilangan tartibda muddatli harbiy xizmatga chaqirish;

- gender siyosati amalga oshirilishini ta'minlashga doir vaqtinchalik maxsus choralar ko'rish;

- xotin-qizlar va erkaklarning mehnatini muhofaza qilishda reproduktiv salomatligini saqlash xususiyatlari;

- kasbiy malakaga doir tavsiyalar berish;

- qamoqda saqlash, jazoni ijro etish joylarida saqlash tartibi va shartlarini hamda huquqiy jihatdan ta'sir ko'rsatishning boshqa choralarini tartibga solishda farqlarni belgilash.

Qonunning 13-moddasida davlat organlarining xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlarni ta'minlash sohasidagi vakolatlari hamda 15-moddasida fuqarolar o'zini o'zi boshqarish organlarining, nodavlat notijorat tashkilotlarining va fuqarolik jamiyati boshqa institutlarining xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlarni ta'minlash sohasidagi ishtiroklari belgilandi.

Agar shaxs o'zini jins bo'yicha bevosita yoki bilvosita kamsitishga duchor etilgan deb hisoblasa, vakolatli organlarga yoki sudga murojaat qilish huquqiga ega bo 'lib, bunda jins bo'yicha bevosita yoki bilvosita kamsitishga duchor etilgan shaxsdan davlat boji undirilmasligi, xotin-qizlar va erkaklarning teng huquqliligi buzilganligi to 'g'risidagi ishlarni sudlarda ko'rish

chog'ida advokatlar tomonidan ko'rsatiladigan yuridik xizmatlarga haq to'lash qonun hujjatlarida belgilangan tartibda, ularning xohishiga ko 'ra davlat hisobidan qoplanishi hamda xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari to 'g'risidagi qonun hujjatlarini buzganlikda aybdor shaxslar belgilanadi.

Hayot shiddat bilan o'zgarayotgan davrda jamiyat ham taraqqiy etar ekan, insonlar ham zamon bilan hamnafas bo'lishga harakat qilashadi. Bu ayollarga ham tegishlidir. Endilikda ayollar faqat uy-ishlari, bola tarbiyasi bilan shug'ullanib, " yo oila, yo ish" ,- degan fikrlar gender tengligiga to'sqinlik qiladi. Ko'rib turibmizki, rivojlanishning eng o'tkir muammolaridan biri tenglikka erishish, ayniqsa, jamiyatda ham, oilada ham erkak va ayolning gender tengiligiga erishish eng og'ir masalalardan biridir. Ming afsuski, xotin-qizlar ko'pincha rivojlanish jarayonidan chetda qoladi va hatto unda ishtirok etgan taqdirda ham juda katta qiyinchiliklar va hatto yo'qotishlar evaziga erishadi. Mazkur holatni oldini olishda qonunning 25-moddasida Uy mehnati jins bo'yicha bevosita yoki bilvosita kamsitish uchun asos bo 'lishi mumkin emas, u ayollar va erkaklar tomonidan teng darajada amalga oshiriladi"-deb belgilangan. Aynan 21-modda esa, mehnat munosabatlarida xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlarini belgilagan. Bugun xotin-qizlar bandligini ta'minlash ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotning ustuvor yo'nalishlaridan biri, xalq turmush darajasi va sifatini yuksaltirishning muhim sharti sifatida belgilangan. Xotin-qizlar qo'mitalari tashabbusi bilan bo'sh binolarni qayta ta'mirlash va ishga tushirish hisobiga 2 700 tadan ortiq kichik sexlar tashkil etilib, 18 ming nafarga yaqin xotin-qizlarning bandligi ta'minlandi. Xotin-qizlarni tadbirkorlikka keng jalb etish, oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida kreditlar ajratish oxirgi yillarda sezilarli oshdi.

Biz esa, qonunlarni qabul qilamizu, amalga oshirish uchun aholining huquqiy ongi, huquqiy madaniyati yuksak bo'lishini ta'minlamasak, yana sun'iy to'siqlarga duch kelaveramiz.

Olingan natijalar va ularning tahlili: Keyingi yillarda O'zbekiston taraqqiyotining yangi bosqichida xotin-qizlarning siyosiy va iqtisodiy jarayonlardagi faol ishtiroki natijasida gender tenglik borasidagi sezilarli natijalar, yutuqlar samaradorligi ortmoqda. Jumladan, siyosiy sohada xotin-qizlar faollashuvi davlat boshqaruvida.sud-huquq tizimida, ichki ishlar, soliq va bojxona tizimi shular jumlasidandir. Ushbu qonunning 4-bobi: "Saylov huquqlarini amalga oshirishda xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari" hamda 18-moddada saylov huquqlarini amalga oshirishda ayollar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlarni ta'minlash huquqi, ya'ni, ayollar va erkaklarning hokimiyat boshqaruv organlariga saylash va saylanishda teng huquqlarga egaligi ta'kidlangan. Mamlakatimizda partiyalar tomonidan O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va xalq

deputatlari mahalliy Kengashlari deputatligiga xotin-qizlar va erkaklar uchun nomzodlar ko'rsatishda teng huquq hamda imkoniyatlar beriladi.

Keyingi yillarda xalqimiz hokimlikka saylangan ayollarimizni qo 'llab-quvvatlamoqda, jamiyatimizning turli sohalarida xotin-qizlar faoliyatining kengayib borishi iliqlik bilan kutib olinmoqda. Davlat va jamiyat boshqaruvida faol ayollar oilasida turmush o'rtog'i tomonidan qo'llab-quvvatlamoqda. Oila, farzandlarning tarbiyasi bilan bir vaqtda turli siyosiy, ma'naviy-ma'rifiy tadbirlarda qatnashar ekan, jamiyatning faol qatlamiga aylanib boradi. Ayollarning erkaklar bilan teng huquqli bo'lishi ularning siyosiy jarayonlarda o'zlarini ko'rsatish imkonini bermoqda.

Xulosa

Bugungi kunda gender tenglik masalasi jamiyat rivoji uchun zarur bo'lgan ijtimoiy munosabatlarda dolzarb ahamiyatga ega ekanligi o'z isbotini topmoqda. Jamiyatimizda ayollarning ijtimoiy hayotdagi o'rni va faolligini oshirishga katta e'tibor berilayotganligi samarasi o'laroq ijtimoiy munosabatlarda ham, qonunchiligimizda ham sezilarli darajada o'zgarishlar qilinmoqda. Ammo ba'zi mamlakatlarda ayollar oilada hali ham oshxona xizmatchisi sifatida qaralmoqda.

Shu masalalarda sog'lom munosabatni amalga oshirish ushbu qonunning asosiy vazifasi bo'lib, shu bilan birga qonunda xotin-qizlarni tazyiq va zo'ravonlikdan himoya qilish uchun jabrlanuvchilarga himoya orderi berilishi ko 'zda tutildi. Respublikamizning barcha viloyatlarida zo'ravonlik va tazyiqqa uchragan shaxslarni himoya qilish maqsadida reabilitatsiya qilish va moslashtirish markazlari ochilgan. Respublika xotin-qizlar qo'mitasining respublika bo'yicha yagona qisqa raqamli 1146 ishonch telefoni tashkil qilindi va kunlik sutka 24 soat davomida xotin-qizlarning murojaatlarini qabul qilib kelmoqda.

Agar, er va xotin urushsa, turmush o 'rtog'idan tazyiqqa uchragan ayol holati isbotlansa, ular o'rtasidagi aloqani 30 kungacha bevosita yoki bilvosita cheklab qo 'yish mumkin.

Ayollar Islomda ham hurmat qilinadi, dinimiz e'tirof qilgan ayollarni ikkinchi jins vakillari xo'rlasa, buni Alloh Taolo aslo jazosiz qoldirmaydi.Chunki ular ona zotidan tortib opa,singil, rafiqa timsolida dunyoga kelgandirlar. Dinimizda ularni kaltaklash, ularga nisbatan zo 'ravonlik qilish qoralanadi.

Qonun 32-moddadan tashkil topgan bo'lib, 29-modda va 30-moddalarida yuqoridagi holatlar inobatga olinib, keng jamoatchilik va aholi orasida tushuntirish ishlari olib borilishi nazarda tutilgan.

Jumladan, Respublika miqyosida Oliy ta'lim muassasalari talaba-qizlariga qonunning mohiyatini tushuntirish, ularning kelajak hayoti uchun huquqiy asos bo 'lib xizmat qilishiga

erishish, shaxsiy hayotida turli xil noxush voqealar ro 'y berishining oldini olish maqsadida Ichki Ishlar boshqarmasi, huquqbuzarliklarni oldini olish bo 'yicha muassasa inspektori va Xotin-qizlar masalalari bo'yicha dekan maslahatchilari hamkorlikda ish olib bormoqdalar. Bunda hozirgi davrda asosan xotin-qizlarga nisbatan, oilada er-xotin munosabatlarida uchinchi shaxsning aralashuvi, erning ayoliga bo'lgan munosabatidagi kamsitish, qizlarning nomusi toptalish holatlari, hayotiga havf solib qo'rqitish kabi tazyiq va zo'ravonlik holatlari mavjudligi va unga nisbatan har bir xotin-qiz o'zini qonuniy manfaatlaridan kelib chiqib himoya qila olishi, zarur va asosli hollarda "himoya order" laridan foydalanish orqali hayotini izga tushirishi mumkinligi to'g'risidagi bilim va ko'nikmalar hosil qilindi[4].

Urganch davlat universiteti, Toshkent Tibbiyot akademiyasi Urganch filiaili Urganch davlat Pedagogika institutida Xotin-qizlar masalalari bo'yicha rektor maslahatchilari hamkorligi ushbu qonunning ijrosini ta'minlash maqsadida qonun targ'iboti tadbirlari tashkil qilib kelmoqdalar[5]. Unda keyingi yillarda gender tenglikni ta'minlash borasida olib borilayotgan sa'y-harakatlar, xotin-qizlar huquqlari kafolatlarini ta'minlashning qonunchilik mezonlari, ayollarga nisbatan kuch ishlatish, ayniqsa, oiladagi zo'ravonlikni bartaraf etishga jiddiy ahamiyat qaratilayotganligi, xotin-qizlarning teng huquqliligini ta'minlash, ularga nisbatan zo'ravonlikni oldini olish, huquq va erkinliklarini himoyalash borasidagi tushuntirish ishlari olib borilmoqda.

Adabiyotlar ro'yxati

1. O'zbekiston Respublikasining Qonuni, 2019 yil 2 sentyabrdagi O'RQ-562-son.

2. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 7-martdagi "Xotin-qizlarning mehnat huquqlari kafolatlarini yanada kuchaytirish va tadbirkorlik faoliyatini qo 'llab-quvvatlashga oid chora-tadbirlar to'g'risida"gi Qarori.

3. Fuqaroviy va siyosiy huquqlar to'g'risidagi xalqaro paktga doir fakultativ bayonnoma. b.1. 1966 yil 16 dekabr, Nyu-york

4. "Xotin-qizlarni tazyiq va zo'ravonlikdan asrash chora-tadbirlari". Urganch davlat universiteti matbuot xizmati/rasmiy. 2023 yil 6 may.

5. "Gender tenglik va xotin-qizlar o'rtasida sog'lom ruhiy-emosional holatni ta'minlash". UrDPI Filologiya va san'at fakultetining rasmiy kanali. 2023 yil 3 aprel.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.