Научная статья на тему 'INKLYUZIV TA’LIM MARKAZI-MEHR MANZILI'

INKLYUZIV TA’LIM MARKAZI-MEHR MANZILI Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Imkoniyati cheklangan bolalar / inklyuziv ta'lim / nogironligi bo‘lgan bolalar / ta'lim muhiti / kasbga yo‘naltirish.

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Yuldasheva Feruza Elamasovna, Nazarova Muxlisa Kuchqar Qizi

Maqolada mamlakatimizda nogironligi bo‘lgan yoshlar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar, Yoshlar ishlari agentligi tomonidan tashkil etilgan inklyuziv ta'lim markazlari faoliyati, o'qituvchilar va ota-onalarning inklyuziv ta'lim hamda nogironligi bo'lgan o'quvchilarning umumiy ta'lim muhitida xabardorligini oshirishning eng samarali usullari keltirilgan; Inklyuziv ta'lim markazlari faoliyati samarali tashkil etilganda nogironligi bo‘lgan yoshlarni kasbga yo‘naltirish mashg‘ulotlari natijasida hayotda o‘z o‘rinlarini topishlari, halol mehnati bilan daromadga chiqqanligi yoritib berilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «INKLYUZIV TA’LIM MARKAZI-MEHR MANZILI»

INKLYUZIV TA'LIM MARKAZI-MEHR MANZILI

1Yuldasheva Feruza Elamasovna, 2Nazarova Muxlisa Kuchqar qizi

1Toshkent viloyati inklyuziv ta'lim markazi kasb koordinatori "Xalq ta'limi a'lochisi",

"Sog'lom turmush" medali sohibasi 2Toshkent viloyati inklyuziv ta'lim markazi ta'lim koordinatori https://doi.org/10.5281/zenodo.11183351 Annotatsiya. Maqolada mamlakatimizda nogironligi bo'lgan yoshlar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar, Yoshlar ishlari agentligi tomonidan tashkil etilgan inklyuziv ta'lim markazlari faoliyati, o'qituvchilar va ota-onalarning inklyuziv ta'lim hamda nogironligi bo'lgan o'quvchilarning umumiy ta'lim muhitida xabardorligini oshirishning eng samarali usullari keltirilgan; Inklyuziv ta'lim markazlari faoliyati samarali tashkil etilganda nogironligi bo'lgan yoshlarni kasbga yo'naltirish mashg'ulotlari natijasida hayotda o'z o'rinlarini topishlari, halol mehnati bilan daromadga chiqqanligi yoritib berilgan.

Kalit so'zlar: Imkoniyati cheklangan bolalar, inklyuziv ta'lim, nogironligi bo'lgan bolalar, ta'lim muhiti, kasbga yo'naltirish.

Farzand dunyoga kelar ekan, ota-onalar uni tarbiyalab, komil insonlar safiga qo'shishni niyat qiladi. Har bir bola - bir olam, har bir bola - o'zgacha olam!

Biroq, bu farzand atrofda bo'layotgan voqea-hodisalarga befarq, fikrlash qobiliyati o'z tengdoshlariga emas, 2-3 yosh kichik bolaning fikrlariga hamohang bo'lsa, aqliy yoki jismoniy jihatdan tengdoshlaridan orqada qolsa, o'qish va yozishga qiynalsa, og'zaki nutqida kamchiliklar kuzatilsa, unga qanday yordam bera olasiz? Bunday bolalarning ota-onalari tushkunlikka tushishadi, farzandining hayotda o'z o'rnini topib ketishlaridan xavotirlanishadi. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 11.05.2022 yildagi PF-134-son "2022 — 2026 yillarda maktab ta'limini rivojlantirish bo'yicha milliy dasturni tasdiqlash to'g'risida"gi Farmonida "Alohida ta'lim ehtiyojlari bo'lgan bolalarning maktabgacha va maktab ta'limi tizimiga integratsiyasini kuchaytirish hamda inklyuziv ta'lim jarayonlarini jadallashtirish" nazarda tutilgan. So'nggi yillarda nogironligi bor yoshlar uchun "Inklyuziv ta'lim"ni rivojlantirishga e'tibor qaratilmoqda. Yoshlar ishlari agentligi direktorining 2021-yil 25-avgustdagi 01-10/175-son buyrug'iga asosan Qoraqalpog'iston Respublikasi, viloyatlar hamda Toshkent shahar Yoshlar markazlarida "Inklyuziv ta'lim markazi"lari tashkil etildi. Jumladan, Yoshlar ishlari agentligi Toshkent viloyati boshqarmasi ham Ohangaron tuman "Yoshlar markazi"da 2021-yilning sentabr oyidan boshlab nogironligi bo'lgan yoshlarning jamiyatda ijtimoiy moslashuvini ta'minlash, ularning ijodiy qobiliyatlarini namoyish etish maqsadida barcha imkoniyatlarga ega "Inklyuziv ta'lim markazi" faoliyatini yo'lga qo'yildi. Unda hozirgi kunga qadar 120 nafardan ziyod nogironligi bo'lgan, salomatligi tufayli uy sharoitida ta'lim oluvchi hamda ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarning 5 yoshdan 30 yoshgacha bo'lgan tuman hamda shahar yoshlari qamrab olingan. (1-rasm)

1-rasm.

Inklyuziv ta'lim markazi ishtirokchilari bir oila vakillari kabi ahil va inoq!

Inklyuziv ta'lim markazida ishtirokchilar bilan korreksion mashg'ulotlar olib borish, kasb-hunar o'rganishlari uchun zarur sharoitlar yaratilgan. Hozirgi kunda markazga eshitishida nuqsoni bor, imkoniyati cheklangan, tayanch-harakat a'zolari shikastlangan, Daun sindromli, ko'rishida nuqsoni bo'lgan, uy sharoitida ta'lim oluvchi va ijtimoiy himoyaga muhtoj oila farzandlari tashrif buyurib, psixologik, logopedik ko'mak olish bilan birga hayoti davomida zarur bo'ladigan kasb-hunarlarni ham o'rganmoqdalar.

Markaz ishtirokchilarini kasb-hunarga yo'naltirish maqsadida 3 turdagi to'garak tashkil etilgan bo'lib, bular "Biserchilik", "Mohir qo'llar", "Dekorativ bezak" to'garaklari. Ta'lim yo'nalishida esa "Psixologik ko'mak" va "Logopedik yordam" to'garaklari faoliyat olib bormoqda.

Ishtirokchilarni to'garaklarga jalb qilishda ularning rivojlanishidagi nuqsoni, yoshi, imkoniyatlari, va albatta, qiziqishlarini inobatga olamiz.

Mavzularni tanlashda ham ishtirokchilarning fikrlariga tayanamiz. Mashg'ulotlarda qo'l mayda muskullarining harakatchanligi ortadi, bu esa o'z navbatida ishtirokchilarimizning nutqi ravon bo'lishiga yordam beradi. Markazda ishtirokchilar birgalikda yasagan buyumlarini ota-onalar va mehmonlar havas bilan sotib olishmoqda, tushgan daromadga ishtirokchilarning yangi buyumlar yasashni o'rganishi, o'rganganlarini mustahkamlashi uchun xomashyo sotib olishga erishdik. Bu yo'nalishda hozirda ishtirokchilarimiz mahsulotlarni mustaqil yasab, daromad ola boshlashdi. (2-3-rasmlar)

22-rasm 3-rasm

Inklyuziv ta'lim markazi ishtirokchilari mashg'ulotlar jarayonida

Markazda shu vaqtga qadar kasbga yo'naltirish mashg'ulotlari bilan birgalikda ishtirokchilarning intelektual rivojlanishi, jamiyatga moslashishlari, o'z mahoratlarini namoyish etishlari maqsadida turli ko'ngilochar tadbirlar tashkil etildi.

Yoshlar ishlari agentligi tashabbusi bilan ichki turizmni rivojlantirish va aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamini qo'llab-quvvatlash, yshlariizni yurtimizning diqqatga sazovor, tarixiy maskanlari bilan tanishtirish maqsadida tashkil etilgan "Inklyuziv O'zbekiston" loyihasi doirasida 150 nafar yoshlar uchun qadimiy Shahrisabz va Samarqand viloyatiga sayohat uyushtirildi. Ishtirokchilarimiz o'zlari uchun yaratilgan sharoitlar, tashkil etilgan sayohatdan juda mamnun bo'lishdi, jumladan zamonaviy, barcha qulayliklarga ega avtobus, shinam mehmonxona, tajribali gid xizmati, mazali taomlar sayohatimizning esda qolarli va maroqli o'tishiga sabab bo'ldi. Sayohatlar inklyuziv ta'lim markazi ishtirokchilariga nima berdi, degan savol tug'ilishi mumkin. Sayohatlar, avvalo, bolalarning Vatanimizga, uning betakror tarixiy obidalariga bo'lgan qiziqishlarini yanada ortishiga sababchi bo'ldi, ko'plab o'zlari kabi bolalar bilan tanishib, bir-birlariga yordam berishga harakat qilishdi, o'zlariga bo'lgan ishonchlari ortib, kelajaklarini yaratish uchun dadil odimlashga undadi. Ayniqsa, birinchi marta bunday sayohatga borgan bolalarning ko'zlaridagi hayrat va hayajonlarini ta'riflash qiyin!

Toshkent viloyatida "Yangi O'zbekiston yoshlari, birlashaylik!" shiori ostida o'tkazilgan bayram tadbirida Toshkent viloyatining yoshlari qatorida Inklyuziv ta'lim markazi ishtirokchilari ham ishtirok etishdi. Tadbirda inklyuziv ta'lim markazining 25 nafar ishtirokchilari o'zlarining markazda o'rgangan hunarlari natijasi bo'lgan ijod namunalari bilan ishtirok etishdi (4-5-rasmlar). Xususan, Absalomova Dilnoza Shavkat qizi izolondan yasalgan dekorativ gullari,

Tavbayeva Munojat ipdan to'qilgan do'ppilari, Jumaboyeva Nargiza va Sarsenboyeva Dilnozalar munchoqdan yasalgan taqinchoqlari, Eshdavlatov Bunyod va Jumaqulov Akmallar foamiran matosidan gullar yasash bo'yicha mahorat darslari o'tib, tashrif buyurgan mehmonlarga hunar sirlari bilan bo'lishdilar. Ishtirokchilarimizning o'z qo'llari bilan yasagan buyumlari sotuvi ham yo'lga qo'yildi va sotuvdan tushgan mablag'lar hisobidan yangi buyumlar yasash uchun xomashyo xarid qilindi.

4-rasm.

"Yangi O'zbekiston yoshlari, birlashaylik!" shiori ostida o'tkazilgan bayram tadbiridan

Inklyuziv ta'lim orqali alohida ta'limga ehtiyoji bo'lgan bolalar qanday natijalarga erisha oldilar?

- birgalikda, hamkorlikda ishlash imkoniyati orqali mustaqil harakatlanish

yuzaga keldi;

- o'z imkoniyatlarini o'zlari uchun kashf eta olishdi;

- dunyoqarashlari kengaydi, hayotiy tajribalari oshdi;

- bilim olish va kasb-hunar o'rganishga bo'lgan ehtiyoji va qiziqishlari ortdi;

- o'zini barcha bilan bir xil his qila boshlashdi;

- yotsirash, yakkalanish kabi xususiyatlari yo'qoldi.

X. Jaskuin: «Mehrga bo 'lgan ehtiyoj qancha bo'lishidan qat'iy nazar, uning miqdori hisob-kitob qilinmaydi. Kam miqdorda bo'lsa-da, mehr berilmagan bola o'z qobig'iga berkinib oladi, yo'ldan adashadi va xudbinga aylanib qoladi. Bola toza havoga qanchalik muhtoj bo'lsa, mehrga ham shunchalik muhtojdir»,-deydi.

Markazimiz ishtirokchisi Baxtiyorov Azizbek izolondan gullar yasashga qiziqadi.

Bolajonlarimizning qaysidir jihatdan imkoniyatlari cheklangan bo'lishiga qaramay, har bir bolaning o'z iqtidori, o'z iste'dodi bor. Biz ishtirokchilarimizni o'z qiziqishlari va imkoniyatlariga ko'ra kasb-hunarga yo'naltirishga harakat qilamiz, bu o'z navbatida, hunarning chuqur egallanishi va bu orqali daromad topishlariga zamin yaratmoqda.

Respublikadagi Onkologik va gematologik kasalliklarga chalingan bolalarni qo'llab-quvvatlash, ularga va ota-onalariga ruhiy ko'mak berish maqsadida tashkil etilgan "Sen kuchlisan!" loyihasi bilan hamkorlikda ish olib boryapmiz, markazimiz ishtirokchilari o'zlari yaratgan ijod namunalari bilan respublika va viloyat miqyosidagi ko'rgazmalarda faol ishtirok etishoqda, bu, o'z navbatida, markazimiz ishtirokchilarining o'z-o'ziga ishonch hissi ortib, yanada ijod qilishga undamoqda.

Xulosa qilib aytadigan bo'lsak, Inklyuziv ta'lim markazlari alohida ta'lim ehtiyojlari bo'lgan bolalarning jamiyatda ijtimoiy moslashuvini ta'minlash, ularning ijodiy qobiliyatlarini namoyish etishlari uchun zamin yaratmoqda. Lekin bunday markazlar faoliyatining ayrim tumanlardagina yo'lga qo'yilgani bois, barcha nogironligi bo'lgan yoshlarimizni qamrab olish imkoniyati mavjud emas. Yoshlarimiz doimo o'z kelajaklarini yaratishlari, kasb-hunar o'rganib, ijtimoiy maishiy hayotga tayyorlanishlari, sog'lom tengdoshlari kabi o'zlari uchun davlatimiz tomonidan yaratilgan imkoniyatlardan to'laqonli foydalanishlariga zamin yaratish uchun, biz pedagoglar, mas'ulmiz!

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO'YXATI

1. O'zbekiston Respublikasining 2020-2025-yillarda Xalq ta'limi tizimida inklyuziv ta'limni rivojlantirish Konsepsiyasi (https://lex.uz/docs/-5044711).

5-rasm.

2. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "Alohida ta'lim ehtiyojlari bo'lgan bolalarga ta'lim-tarbiya berish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi PQ-4860-son qaror.

3. http://lex.uz//ru/docs/6008663 O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni, 11.05.2022 yildagi PF-134-son "2022 — 2026 yillarda maktab ta'limini rivojlantirish bo'yicha milliy dasturni tasdiqlash to'g'risida", 2-band, 7-xatboshi

4. "Inklyuziv ta'limning dolzarb masalalari: muammo va ularning yechimlari" xalqaro ilmiy amaliy konferensiya materiallar to'plami. Toshkent shahri -2021-yil, 33-bet

5. "Alohida ehtiyojlari bo'lgan o'quvchilarni psixologik qo'llab-quvvatlash usullari" nomli metodik tavsiya. S. Mo'minov, M. Kasimova, G. Alimova, Sh. Axmedova, Toshkent-2022, 6-бет

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.