Научная статья на тему 'INKLYUZIV TA’LIM JARAYONIDA BOLALAR NUTQINI RIVOJLANTIRISHDA ART-TEXNOLOGIYALARIDAN FOYDALANISH'

INKLYUZIV TA’LIM JARAYONIDA BOLALAR NUTQINI RIVOJLANTIRISHDA ART-TEXNOLOGIYALARIDAN FOYDALANISH Текст научной статьи по специальности «Экономика и бизнес»

CC BY
374
62
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
interfaol metodlar / art-texnologiyalar / psixologik struktura / inklyuziv ta’lim / aqliy tarbiya.

Аннотация научной статьи по экономике и бизнесу, автор научной работы — Gulboyev Akbar To’Xtayevich

maqola eshitishida nuqsoni bo’lgan bolalarning ta’limi, ularni maktab ta’limiga tayyorlash va nutqini rivojlantirishda art-texnologiyalaridan foydalanish usullari haqida fikrlar bayon etilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «INKLYUZIV TA’LIM JARAYONIDA BOLALAR NUTQINI RIVOJLANTIRISHDA ART-TEXNOLOGIYALARIDAN FOYDALANISH»

INKLYUZIV TA'LIM JARAYONIDA BOLALAR NUTQINI RIVOJLANTIRISHDA ART-TEXNOLOGIYALARIDAN FOYDALANISH Gulboyev Akbar To'xtayevich

Pedagogika fanlari nomzodi, BuxDPI "Pedagogika" kafedrasi dotsenti https://doi.org/10.5281/zenodo.10113200

Annotatsiya. maqola eshitishida nuqsoni bo'lgan bolalarning ta'limi, ularni maktab ta'limiga tayyorlash va nutqini rivojlantirishda art-texnologiyalaridan foydalanish usullari haqida fikrlar bayon etilgan.

Kalit so'zlar: interfaol metodlar, art-texnologiyalar, psixologik struktura, inklyuziv ta'lim, aqliy tarbiya.

Respublikamizda umuminsoniy qadriyatlarni o'sishi, jamiyatimizning yuksalish sari rivojlana borishi yordamga muxtoj bolalar ta'limiga alohida e'tibor qaratishni taqozo etmoqda. Umum ta'lim va maxsus maktab orasidagi to'siqlarni yo'qotish, nogiron bolalarni qanday turdagi maktablarda ta'lim olishidan qat'iy nazar, ularni ma'naviy kamol toptirish va ularga qulay shart-sharoitlar yaratish bugungi kun talablaridan biridir.

Hozirgi kunda imkoniyati cheklangan bolalarni jismonan sog'lom, ma'naviy va axloqiy pok inson qilib voyaga yetkazish barchamizning burchimizdir. So'nggi yillarda Respublikamizda bunday ishlarni amalga oshirish jarayonida nafaqat davlat muassasalri, balki nodavlat tashkilotlar, ayniqsa xalqaro tashkilotlar ham o'z yordamlarini berib kelmoqda. O'zbekistonda ko'p yillardan biyon faoliyat ko'rsatib kelgan maxsus maktablardagi ta'lim jarayonida alohida yordamga muxtoj bolalarni barcha qatori ma'naviy yetuk, estetik didli, axloqiy pok, jismoniy sog'lom, insonparvar qilib tarbiyalashga alohida e'tibor berib kelingan. Bolalar ongiga miliy g'oyalarimiz, umumbashariy qadriyatlarini singdirishimiz natijasida maxsus ta'lim tizimida ham imkoniyati cheklangan bolalar sportda, mehnatda, san'atda o'z qobiliyatlarini sinab, yaxshi natijalarga erishganligining guvohi bo'lyapmiz.

Nogironlikka ega bo'lgan bolalarni ijtimoiy hayotda faol ishtirok etishini ta'minlash bo'yicha respublikamizda "Aholini ijtimoiy himoya qilish, nogiron va aholining boshqa ehtiyojmand toifalari davlat tomonidan qo'llab quvvatlash"ni kuchaytirishga alohida e'tibor berilgan.

Ushbu islohatlarni bajarilishi natijasida turli toifali bolalikdan nogironlikka ega bo'lgan bolalarni to'laqonli ijtimoiy moslashuvi, ularga huquqiy, tibbiy-pedagogik, ijtimoiy-psixologik yordam ko'rsatish tizimi yanada takomillashtirilmoqda.

Mamlakatimizda rivojlanishida nuqsoni bo'lgan bolalarning ta'lim mazmunini takomillashtirish masalalariga juda katta e'tibor qaratilmoqda. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "O'zbekiston Respublikasi Xalq ta'limini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to'g'risida" 2019-yil 29-apreldagi PF-5712-son farmoniga muvofiq, O'zbekistonda inklyuziv ta'limni rivojlantirish, alohida ta'lm ehtiyojlari bo'lgan bolalarga ta'lim-tarbiya berish tizimini takomillashtirish hamda ularga ko'rsatiladigan ta'lim xizmatlari sifatini yaxshilash maqsadida belgilangan tadbirlarning 6-bandida o'quvchilarni kasb-hunarga yo'naltirish qayd etilgan.

So'nggi yillarda jahon tajribalari asosida bunday bolalarni integratsiya usulida va uyg'un ta'lim tizimida o'qitilishi hamda umumta'lim maktablarida inklyuziv ta'lim uchun shart-sharoitlar, keng imkoniyatlar yaratish, inklyuziv ta'lim berishning sifati va samaradorligini

oshirish yo'llarini aniqlash uchun turli ishlarni amalga oshirishimiz talab etilmoqda. Chunonchi bu toifadagi yoshlarni ijtimoiy hayotga, kasb-hunarga tayyorlash, ma'naviy shakllangan inson bo'lib yetishishi uchun barcha imkoniyatlarni yaratishga intilishimiz zarur. Jahon miqyosida keng qo'llanib kelayotgan uyg'un ta'lim tizimi hozirgi kunda O'zbekistonda ham mutaxasislar, olim va uslubiyotchilar, jamoatchilik tomomnidan keng targ'ib qilinmoqda.

Nogironlikka ega bo'lgan bolalarning milliy ma'naviyat va milliy istiqlol mafkurasi g'oyalari ruhida tarbiyalanishda o'zbek adabiyoti namunalari muhim omil hisoblanadi. Ularning adabiy tayyorgarligini tashkil etish, ularni badiiy asarni mustaqil tahlil qilishga o'rgatish vositasida ma'naviy, intellektual, estetik rivojlantirishning samarali usul va vositalarini aniqlash, kitobxonlik darajasini o'stirish tizimini ishlab chiqish, bosqichma-bosqich badiiy asar bilan ishlash malakasini shakllantirishning metodik talablarini belgilashga qaratilgan kompleks pedagogik tizimni ilmiy-metodik jihatdan asoslash, undan foydalanish metodikasini yaratish tadqiqotning dolzarbligini belgilaydi. Keyingi yillar maxsus ta'lim tizimi, jumladan kar va zaif eshituvchi bolalarni badiiy asarlar vositasida tarbiyalash yuzasidan to'plangan tajribalarni o'rganish hamda tahlil etish shuni ko'rsatdiki, maxsus maktablarda bolalarni badiiy asarlar vositasida tarbiyalash jarayonida ayrim jiddiy kamchiliklar kuzatiladi.

Nogironlikka ega bo'lgan bolalarni badiiy asarlar vositasida tarbiyalash jarayonini ilmiy asoslangan holda tashkil etish zarur. Badiiy va ilmiy-ommabop adabiyotlar, insonlarning ruhiy boyligi sifatida, bolalarning bilim doirasini kengaytirish, hayotiy va axloqiy tajribalarini to'ldirishga yordam beradi. O'qish darsi orqali bolalar o'zlarida mujassam bo'lgan tasavvur va tushunchalarni yangi fakt, ma'lumot va obrazlar bilan boyitadilar. O'qish darslarida olgan dastlabki bilimlar boshqa fanlarni (geografiya, tarix, adabiyot, tabiatshunoslik, tasviriy san'at) o'zlashtirishda poydevor sifatida xizmat qiladi. Kitoblarni o'qish ahamiyati kitobxonlarni insonlarning xulq-atvori, xatti-harakati, hayotiy yo'li, sodir bo'lgan voqealar, ularga baho berishda ularning his-hayajon doirasini kengaytirish bilan ifodalanadi. O'qish mashg'ulotlari orqali o'quvchilarda yetik tushunchalar, axloqiy e'tiqodlar, estetik ideallar tarbiyalanadi. O'qish darslarida kitobga nisbatan emotsional munosabatlar va kitob bilan ishlash bilimlari shakllanadi.

Nogironlikka ega bo'lgan o'quvchilarning asarni idrok qilishdagi kamchiliklari nafaqat ularning yetarlicha nutqiy rivojlanishidagi o'ziga xosliklar va bilishga qiziqishning rivojlanmaganligi, balki pedagogik jarayonda yo'l qo'yilayotgan kamchiliklar bilan ham izohlanadi. Bu kamchiliklar sirasiga quyidagilarni kiritish mumkin:

- o'qish darslarida o'quv ishlarining an'anaviy tashkil qilinishi ta'lim metodlarini tanlashda bir xillikka olib keladi, bu esa o'quvchilarning fikrlash va nutqiy faolligiga salbiy ta'sir o'tkazadi;

- pedagogning haddan ortiq faolligi o'quvchilarni passiv tinglovchi (kuzatuvchi) maqomiga tushirib qo'yadi;

- o'quvchilar nutqini rivojlantirishga yo'naltirilgan rejali maxsus ishlarning mavjud emasligi;

- yagona metodik asosning yo'qligi tufayli o'quv fanlarining fanlararo aloqadorligi yetarlicha ta'minlanmaganligi;

- pedagoglarning kompetentligi yetarli emasligi va ota-onalar bilan maxsus ta'lim muassasalari o'rtasida bolalar kitobxonligi masalalarida o'zaro hamkorlikning deyarli yo'lga qo'yilmaganligi.

O'qish darslari mazmuni o'quv fanlari, aynan nutq o'stirish, atrof-olam bilan tanishtirish, tasviriy faoliyat, eshitib idrok qilishni rivojlantirish va talaffuzni shakllantirish, estetik did bilan muvofiqlashtirish maqsadga muvofiq.

Zamonaviy art-texnologiya usullari, bugungi kunda maxsus maktab uchun o'quv jarayonining zaruriy va asosiy komponentiga aylanib bormoqda. Chunki pedagogik texnologiya o'qitishga o'ziga xos yangicha yondashuvdan iborat bo'lib, o'yin yangicha, ilg'or, shu bilan birga samarador usullarini ta'lim tizimiga dars jarayonida tatbiq etilishi muhim ahamiyat kasb etadi. Interfaol usullarni maxsus maktab ta'lim tizimiga kiritish, tatbiq etish, qiziqarli usullardan foydalanish, o'zining samarasini bermoqda. Shulardan biri - art-texnologiyalardir. Art-texnologiyalar kar va zaif eshituvchi bolaning, sensorikasini, eshituv idrokini, bilish jarayonlarini, tafakkurini va nutqini rivojlantirishga yordam beradi. Bilamizki, Art-texnologiyalarning bir necha turi bor, jumladan, musiqa terapiyasi, art-terapiya, qum-terapiya, izo-terapiya va boshqalar. Bu texnologiyalar yordamida, kar va zaif eshituvchi bolalarning mayda va umumiy motorikasi bevosita rivojlanadi.

O'qituvchilarining ta'limiy maqsadlariga erishishda yordam beradigan faol yo'nalish va texnologiyalarni izlashdan maqsad - ma'naviy boy, ijodiy fikrlaydigan, barkamol rivojlangan fuqaro shaxsini tarbiyalash bo'lib, bu muammoga ijtimoiy va pedagogik jihatdan muhim va mohiyatli deb qarashimizga imkon beradi. Art-pedagogika ilmiy va pedagogik amaliyotlarda nisbatan yangi yo'nalish texnologiya sanaladi. Matbuot va axborot materiallariga murojaat qilganimizda art-pedagogika resurslaridan to'liq foydalanilmayotganining guvohi bo'lamiz. Art-pedagogika psixolog va psixoterapevtlar tomonidan qo'llanilib kelinayotgan art-terapiya o'rnida ishlatilib kelinmoqda, ya'ni o'quvchilarning xulqi, ularning shaxsi va xarakterini korreksiyalashda, dars jarayonida yaxshi munosabat muhitini o'rnatishda, bolalar va kattalar munosabatini korrektirovka qilish va hokazolarda. Ko'pincha, art-terapiya san'atning vizual doirasi, ya'ni ko'z bilan ko'riladigan narsa deb tushiniladi. Ushbu texnikaning samaradorligi shundaki, u hissiyotlar bilan tajriba o'tkazishga, ularni ramziy darajada o'rganishga va ifoda etishga imkon beradi. Art-terapiya bu sizning ongsizligingizga sayohat. Tushlar singari, u odamga qalbining yashiringan narsalarni ochib beradi. Art-terapiya jarayonida odamning o'z travmatik tajribasi, tajribasi va kasalliklariga va kasalliklarga munosabati o'zgaradi.

Zamonaviy art-texnologiya usullari, bugungi kunda maxsus maktab uchun o'quv jarayonining zaruriy va asosiy komponentiga aylanib bormoqda. Chunki pedagogik texnologiya o'qitishga o'ziga xos yangicha yondashuvdan iborat bo'lib, o'yin yangicha, ilg'or, shu bilan birga samarador usullarini ta'lim tizimiga dars jarayonida tatbiq etilishi muhim ahamiyat kasb etadi. Faoliyatimiz davomida olib borilgan ta'limiy eksperiment natijalari shuni ko'rsatdiki, yakka mashg'ulotlarni noan'anaviy tarzda tashkil etish va ularni interfaol o'yinlar, art-texnologiyalarning turli shaklida olib borish yaxshi samara beradi. Bu faoliyatga bolaning o'zi faol qatnashib borganligi sababli, oldimizga qo'yilgan maqsadga erishish oson kechadi. Mana shu omillarni inobatga olgan holda tovushlar talaffuzidagi kamchiliklarni bartaraf etishda interfaol o'yinlardan, art-terapiyadan unumli foydalanishni tavsiya etamiz.

REFERENCES

1. R.M. Boskis. Gluxie i slaboslыshaщie deti. M., 1983 g.-34-.b.

2. L.M. Bbikova, E.E. Vishnevskaya. Metodika razvitiya rechi gluxix

3. shkolnikov v mladshix klassax. - L., 1979.-67.b.

4. M.V. Kiseleva. "Art terapiya- v rabote s detmi". Sankt-Peterburg.,

5. 2006g.- 19.b.

6. I.Q.Sayfullayeva. Eshitishda nuqsoni bo'lgan boshlang'ich sinf o'quvchilariga axborot kommunikatsiya texnologiyalarining o'rni. Maktab va hayot. 2020 y.-26 b.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.